Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNING MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI'

MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNING MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5528
314
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha tarbiya / matematika / matematik tasavvur / maktabgacha yoshdagi bola / maktabgacha ta’lim tashkiloti / preschool education / mathematics / mathematical imagination / preschool child / preschool education organization

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shoira Oltiboyevna Achilova, Mirzoali O’razaliyevich Xudoyberganov

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta‘lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonida: “Uzluksiz ta‘lim tizimining muhim bo’g’ini bo’lgan maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, MTMlari davlat va nodavlat tarmog’ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta‘minlash, MTMlariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta‘lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma‘naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash1” alohida muhim vazifa sifatida ko’rsatib o’tildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF FORMATION OF MATHEMATICAL IMAGES OF PRESCHOOL CHILDREN

The Decree of the President of the Republic of Uzbekistan "On measures to radically improve the management of the preschool education system" states: creation of a system of public administration, expansion of the state and non-state network of MTCs, strengthening the material and technical base, providing them with qualified teaching staff, dramatically increasing the coverage of children in MTCs, the introduction of modern programs and technologies in educational processes All-round intellectual, spiritual-aesthetic, physical development and radical improvement of the quality of their preparation for school1 ”was highlighted as a particularly important task.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNING MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI»

MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNING MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI

Shoira Oltiboyevna Achilova

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti

Ilmiy rahbar: Mirzoali O'razaliyevich Xudoyberganov

ANNOTATSIYA

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmonida: "Uzluksiz ta'lim tizimining muhim bo'g'ini bo'lgan maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, MTMlari davlat va nodavlat tarmog'ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, MTMlariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash1" alohida muhim vazifa sifatida ko'rsatib o'tildi.

Kalit so'zlar: maktabgacha tarbiya, matematika, matematik tasavvur, maktabgacha yoshdagi bola, maktabgacha ta'lim tashkiloti

PROBLEMS OF FORMATION OF MATHEMATICAL IMAGES OF

PRESCHOOL CHILDREN

Shoira Oltiboevna Achilova

National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

Research advisor: Mirzoali Urazalievich Khudoyberganov

ABSTRACT

The Decree of the President of the Republic of Uzbekistan "On measures to radically improve the management of the preschool education system" states: creation of a system of public administration, expansion of the state and non-state network of MTCs, strengthening the material and technical base, providing them with qualified teaching staff, dramatically increasing the coverage of children in MTCs, the introduction of modern programs and technologies in educational processes All-round intellectual, spiritual-aesthetic, physical development and radical improvement of the quality of their preparation for schooll "was highlighted as a particularly important task.

Keywords: preschool education, mathematics, mathematical imagination, preschool child, preschool education organization

Maktabgacha yosh davrining xususiyati shundan iboratki, aynan shu davrda turli xil ijtimoiy bilimlar, ko'nikma va malakalarni egallashda zamin bo'lib xizmat qiluvchi umumiy rivojlanish ta'minlanadi.

Maktabgacha ta'lim- bolaning individual, yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uning jismoniy va psixik rivojlanishini, uzluksiz ta'limning keyingi bosqichi -maktabga o'z vaqtida va to'laqonli o'tishini ta'minlovchi har tomonlama, maqsadga yo'naltirilgan ta'lim va tarbiya jarayonidir.

1 Узбекистан Республикаси Президентининг «Мактабгача таълим тизими бошкдрувини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тугрисида»ги Фармони. 2017 йил 30 сентябрь, ПФ-5198-сон.

Ta'lim tizimi rivojlanishining zamonaviy davri-maktabgacha birinchi bosqichida quyidagilarda namoyon bo'luvchi o'zgarishlar yuz bermoqda:

- maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining huquqiy-me'yoriy asosi takomillashib bormoqda;

- muassasalar moliyaviy-xo'jalik faoliyatining yangi shakllariga o'tmoqda;

- nodavlat tashkilotlar tarmoqlari kengaymoqda; ta'limning ilg'or texnologiyalari tatbiq etilmoqda;

- kadrlar malakasini oshirish tizimi takomillashmoqda; maktabgacha ta'lim muassasalarining alternativ shakllari tatbiq etilmoqda.

Maktabgacha ta'lim muassasalarining innovatsion va eksperimental faoliyati kengaymoqda.

O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida bolalarni intellektual taraqqiyotini rivojlantirishga to'sqinlik qiluvchi quyidagi muammolar ko'rsatib o'tildi:

- maktabgacha yoshdagi bolalarning to'liq qamrab olinishini ta'minlash uchun maktabgacha ta'lim muassasalari sonining yetarli emasligi;

- maktabgacha ta'lim muassasalarining malakali pedagog kadrlar bilan ta minlanmaganligi;

- ota-onalarning bola shaxsining shakllanishida maktabgacha ta'limning ijobiy jihatlari va foydasi haqida yetarlicha ma'lumotga ega emasligi;

л

- zamonaviy o'quv-metodik materiallar va ko'rgazmali qurollarning yetishmasligi . Ma'lumki, iste'dodli bolalar va iqtidorli yoshlar davlatning intellektual salohiyatini oshirib boruvchi va aniq maqsadlar yo'lida samarali foydalanishi uchun zarur bo'lgan «oltin zahirasi» dir. Bu-davlatimiz qudrati, mamlakatimiz kelajagi bilimli, dono va ma'naviy barkamol, iste'dodli, ijodkor, qobiliyatli kadrlarga bog'liq ekanini chuqur anglagan holda faoliyat yuritish demakdir. Bu esa asosan maktabgacha ta'lim

muassasalari oldida turgan muhim vazifalaridan biridir. Bolalarni intellektual taraqiyotini jadallashtirishda ularning qiziqishlari, moyilligi, layoqati va qobiliyatlarini bilish katta ahamiyatga ega.

2 v *

"Y3ÔeKHCTOH PecnyönHKacn MaKTaörana TatnHM TH3HMHHH 2030 önnrana pHBO^naHTHpnm концепцнaсн". Y3ÖeKHCTOH PecnyönHKacn npe3HgeHTHHHHr 2019 hhh 8 Maögarn n^-4312-coH ^apopnra 1-nnoBa.

"Ilk qadam" davlat o'quv dasturida «Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari» berilgan bo'lib, uning 4 bo'limi «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari deb ataladi. Bu sohada aynan matematik bilimlarni shakllantirish nazarda tutilgan. Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o'quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga etganidan so'ng 6-7 yoshli bola:

• bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi;

• o'quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan foydalanadi;

• predmetlar, voqealar va ko'rinishlar o'rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi;

• raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo'llaydi;

• makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi;

• elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi;

• atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko'rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq qiladi;

"5

• atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g'amxo'r munosabatni namoyon etadi . Matematika mashg'ulotlarida bolalar eng sodda geometrik shakllar bilan, ularning

ba'zi xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan taqqoslash asosida ularning (buyumlarni) shaklini tahlil qilish va baholashni o'rganadilar. Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o'zlashtirish uchun asos bo'ladi. Predmetlarning shaklini aniqlashda geometrik shakllar etalon bo'lib xizmat qiladi. Shakl xuddi razmerga o'xshab bir predmetni ikkinchi predmetdan farqlashga yordam beradi. Bolalarda shakl haqidagi tasavvurlarini shakllantirish sensor tarbiyaning bir muammosi deb hisoblanadi. Kam tanish bo'lgan predmetlar shaklini hech narsa bilan o'xshata olmaydi, shuning uchun shaklning belgisiga ko'ra ularni umumlashtira olmaydilar. Predmet shaklini aniqlashda geometrik shakllarning roli katta. 5 -6 yoshli bolalar odatda albatta qo'l bilan ushlab ko'radi. Demak shunday xulosa qilamiz: bolalarni yoshligidan geometrik shakllar shaklini qo'liga ushlab ko'rib, eshitib, ko'zlari

3 v '

Y30eKHCTOH PecnyönHKacHHHHr hhk Ba MaKTaörana ëmgara öonanap pHBO^naHHmnra KynnnagnraH gaBnar Tanaönapn. Y3ÖeKHCTOH PecnyönHKacn

MaKTaörana TatnHM Ba3npHHHHr 2018 hhh 18 HMHgara 1-MX,-COH Synpyrnra KHOBA. https://nrm.uz.

bilan ko'rib to'g'ri xulosa chiqarishga o'rgatishimiz kerak.

• qobiliyatlarini rivojlantirish;

• geometrik shakllarni oddiy xossalarini aniqlashga;

• so'z yordamida turli belgilarga va o'lchamlarga ko'ra har xil geometrik shakllarni tanlashga;

• turli belgilarga (shakli, rangi, o'lchamiga ko'ra geometrik shakllarni gruppalashtirishga;

• atrofimizdagi predmetlarni ma'lum geometrik shakllarga uxshatish; predmetlarning modelini yasab shakllarning turlarini o'zlashtirishga o'rgatish.

Takomillashtirilgan «Bolajon» tayanch dasturida katta guruhda «Elementar matematik ko'nikmalar va bilimlarni rivojlantirish4» bo'yicha quyidagi bilimlarni shakllantirish ko'zda tutilgan. Son va sanoq. Bolaning 1, 2, 3, 4, 5 sonlari haqidagi tasavvurini aniqlash va 5 gacha sanash ko'nikmasini mustahkamlash. Bolani 6, 7, 8, 9, 10 sonlarining hosil bo 'lishi bilan tanishtirish (har bir son alohida mashg 'ulotda o 'rgatiladi). Bu sonlar doirasida sanashni o'rgatish: bir qator qo'yilgan buyumlarni sanab, sonni tartib bilan aytish, sonni ot bilan moslashtirib, oxirgi sonni sanalgan buyumlarga taalluqli qilib umumlashtirib aytishga o'rgatish. Masalan, "Bir, ikki, uch, to=rt, besh, olti - hammasi bo'lib oltita kitob"

Bolaga buyumlarning ikki guruhini qiyoslashni mashq qildirish ("Bir, ikki, uch, to 'rt, besh, olti, etti - hammasi bo 'lib ettita sabzi, ikkinchi guruhda bir, ikki, uch, to 'rt, besh, olti - hammasi bo'lib oltita quyon. Ettita sabzi ko'p, oltita quyon kam. Agar quyonlarga sabzilarni berib chiqsak, bitta sabzi ortib qoladi").

"Nechta?", "Nechanchi?", "Sanoq bo'yicha nechanchi", "Qancha?", "Qaysi?", "Nechanchisi?", "Jami qancha?" savollariga javob berib, 10 gacha bo'lgan sanoq va tartib sonlardan to'g'ri foydalanishni o'rgatish.

Soni 10 gacha bo'lgan ikki guruhdagi buyumlar sonini taqqoslash tenglashtirish, bittaga kamaytirish va bittaga orttirish. Buyumlarning kam guruhiga etishmagan buyumni qo'shishni yoki ko'p guruhdan bitta ortiqcha buyumni olishni va guruhlar o'rtasida bir xil miqdordagi har xil buyumlardan

4"Bolajon" takomillashtirilgan tayanch dasturi. Toshkent 2016 yil. iborat tenglik hosil qilishni o'rgatish. ("Kartochkaning yuqori qatorida oltita olma, pastki qatorida ettita nok, noklar olmalardan bitta kam. Agar yana bitta nok qo 'ysak olmalar va noklar soni teng bo 'ladi").

Turli holatda joylashgan (doira, kvadrat, uchburchak ichida, bir qator) buyumlarning sonini aniqlashni mashq qilish orqali son buyumning joylashishiga bog'liq emasligi haqida tasavvurni shakllantirish.

0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 raqamlari yozilgan kartochkalar yordamida raqamlar bilan tanishtirish, ularni yozib, bu qanday raqam ekanligini bolaga aytib berish. 10 gacha bo'lgan sonlarni birliklardan iborat tarkibi bilan tanishtirish, masalan: 4 bu - 1, 1, 1 va yana 1; 9 bu - 1, 1, 1, 1, 1, 1, 1, 1 va yana 1.

10 gacha bo'lgan sonlarni o'zidan kichik bo'lgan 2 ta sondan hosil qilishni o'rgatish, masalan: 4 bu - 3 va 1; 1 va 3; 2 va 2 kabi.

Oldin 5 dan 1 gacha, so'ng 10 dan 1 gacha teskari sanashni o'rgatish.

10 soni ichida sonlarning qo'shnilarini - oldingi va keyingisini topishni mashq qilish. Masalan, "5 dan oldin 4, 5 dan keyin 6 soni keladi. 4 va 6 sonlari 5 sonining qo'shnilari".

Yonma-yon turgan 10 gacha bo'lgan sonlarni qiyoslashga o'rgatish.

Tengsizlikdan tenglikni (yoki tenglikdan tengsizlikni) hosil qilish - kam buyumga bitta buyumni qo'shib yoki ko'p buyumdan bitta buyumni olib, tenglikka va tengsizlikka erishishga o'rgatish, masalan: "Sakkiz - sakkizga teng, sakkizta buyumga bitta buyum qo'shilsa, to'qqizta bo'ladi, bitta buyumga ko'payadi.", "O'n o'nga teng: agar o'nta buyumdan bitta buyum olinsa, to'qqizta qoladi, bittaga kamayadi"

Berilgan son bo'yicha guruhlar tuzishga o'rgatish, masalan: 8 tadan, 9 tadan, 10 tadan. Arifmetik masala (sanashga asoslangan) tuzilishi bilan, qo'shish va ayirishga doir masalalarni yechishda bittalab qo'shib va bittalab ayirib hisoblash usuli bilan tanishtirish.

O'zbek milliy so'mlari (100 so'm, 200 so'm, 500 so'm, 1000 so 'm) bilan tanishtirish. Bolaning o'z manzili va uyining raqamini yodlab olish istagini qo'llab-quvvatlash va aytishni o'rgatish.

10 ichida barmoq, sanoq cho'pi va buyumlar yordamida sanash, qo'shish va ayirish kerak bo'lgan turli o'yinlarni o'ynash.

Miqdor, kattalik. Uzunligi, kengligi har xil bo'lgan bir nechta buyumni (10 tagacha) bir-birining ustiga uzunligi, kengligiga, qalin yupqaligiga ko'ra ortib va kamayib boradigan tartibda qo'yib qiyoslashni o'rgatish.

Turli uzunlikka, kenglikka, balandlikka ega buyumlami ko_payib borish yoki kamayib borish tartibida (10 tagacha bo 'lgan buyumlardan foydalanib) terib chiqishga o'rgatish, masalan: baland, past, pastroq, yanada pastroq, eng past.

Butunni 2 ta, 4 ta teng qismga bo'lishni, butun bilan qismni taqqoslashni o'rgatish. Shartli o'lchov bilan tanishtirish. Taqqoslanayotgan buyumlardan biriga teng bo'lgan o'lcham yordamida ikkita buyumni uzunligi (kengligi, balandligi)ga qarab taqqoslashga o'rgatish.

Narsalarni ko'z bilan chamalab, uning miqdori, kattaligi, o'lchamini uzun qisqa, keng-tor, enli-ensiz, baland-past, qalin-yupqaligini aniqlashga o'rgatish.

Geometrik shakllar. Shakllar har xil o'lchamda bo'lishi mumkinligi haqida tasavvur hosil qilish (katta doira - kichik doira, katta kvadrat - kichik kvadrat, katta uchburchak - kichik uchburchak).

Shakllar va uning ayrim belgilari haqida tasavvur hosil qilish: Masalan, to'rtburchakning 4 ta burchagi va 4 ta tomoni (to'rtburchakning turli ko'rinishlari misolida) bor. Bolaning shar, kub, silindr haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash va ular yordamida turli mavzularda loyihalar yaratish. Konus bilan tanishtirish. Doira va oval shaklini farqlashga doir turli mashqlarni bajartirish.

Atrofdagi narsalar orasidan tanish bo'lgan geometrik shakllarni topa olishga o'rgatish: Masalan, lagan, non doiraga o'xshaydi; stolning usti, devor, eshik va derazalar to'g'ri to'rtburchakka, ro'molcha kvadratga, stakan silindrga o'xshaydi va hakozo. Uchburchak va to'rtburchaklardan turlicha katta o'lchamdagi narsalar va shakllar tuzish.

Turli geometrik shakllar to'plamidan har xil o'yinlar o'ynash, maxsus shakllar to'plamidan foydalanib, namunadagi narsalarni yasashni o'rgatish. Tayoqchalardan hosil bo'lgan geometrik shakllardan bir nechta tayoqchani olish usuli bilan ko'rinishini o'zgartirishga doir muammoli vazifalarni hal etishni mashq qilish.

Labirintlar bilan tanishtirish va ularning yechimini topishga o'rgatish.

Fazoda mo'ljal olish. Bolaning atrofdagi narsalarning o'ziga nisbatan vaziyatini so'z bilan ifodalash ko'nikmasini mustahkamlash: o'ngda, chapda, oldinda, orqada, uzoqda, yaqinda. Bolani ko'rsatilgan yo'nalishda mo'ljal olishga, berilgan shart bo'yicha o'z joyini belgilashga o'rgatish (shunday turginki, mashina o'ng tomoningda, koptok oldingda bo'lsin). U yoki bu buyumni boshqa bir buyumga nisbatan joylashganligini so'z bilan ifodalashga o'rgatish (kuchukchaning chap tomonida - quyon, kuchukchaning o 'ng tomonida - ayiqcha). Bolani qog'oz varag'i sathini mo'ljalga olishga, qog'ozning o'ng, chap, yuqori, past, o'rtasini aniqlashga o'rgatish.

Vaqt bo'yicha ilk tushunchalar. Bolaning vaqt haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish. "Ertalab", "Kechqurun", "Kunduz", "Tun", "Kecha", "Bugun", "Ertaga" tushunchalarini farqlash va bu so'zlardan to'g'ri foydalanish ko'nikmasini mustahkamlash.

Bolani hafta kunlari bilan tanishtirish va hafta kunlari nomlarini izchillik bilan aytishni, kecha haftaning qaysi kuni bo'lganligi, bugun qanaqa kun, ertaga qaysi kun bo'lishini aniqlashni o'rgatish. Yil fasllarining nomini ketma-ketlikda aytish ko'nikmasini mustahkamlash. Bola bilan ko'proq suhbatlashish, undan ertalabdan kechqurungacha qanday o'tganligini aytib berishni so'rash.

Qurish-yasash. Lego jihozlaridan loyihalar yaratishni, 8-10 qismdan kam bo'lmagan pazllarni yig'ishni va qog'ozlarni bukib (origamiyo'li bilan) shakllar yasashni, qurilish materiallari to'plamlaridan turli mavzulardagi loyihalarni amalga oshirishni o 'rgatish.

Bola egallagan bilim va ko'nikmalar quyidagi o'yinlar orqali mustahkamlanadi: "Kun qismlari", "To'g'ri joylashtir", "Teskari sanoq", "Qayerga borasan, nimani topasan?", "Kecha, bugun, ertaga", "Topgan-topaloq", "Butun va qismlar", "Rangli doiralar va ovallar", "Hafta", "Bayroqchaga qarab yur", "Kim bilsa davomini sanasin", "Bir xilini top", "Ha-yo'q", "Yil fasllari", "Toping nechta o'yinchoq?", "O'ngda-chapda, oldindaorqada", "Qo'ng'iroqcha qayerda jiringlayapti?", "Men qanday son o'yladim?", "Garaj", "Etadimi?", "Ko'p, oz, shuncha", "Shartli belgilar asosida harakat qilamiz", "Zinapoya", "O'z soningizni eslab qoling", "Darvozadan o'ting", "Boshqa qo'limda nechta?", "Bu kimning qutisi?", "Kim birinchi?", "Kim eng topqir?", "Kim ziyrakroq?", "Harakatdagi hafta kunlari". O'quv yili oxirida bola:

- 10 ichida to'g'ri va teskari tartibda sanay oladi;

- 10 gacha bo'lgan sonni o'zidan kichik bo'lgan ikkita songa ajratadi;

- yonma-yon turgan sonlar orasidagi munosabatlarni tushunadi;

- 10 ichida barmoq, sanoq cho'pi va buyumlar yordamida qo'shish va ayirishni biladi;

- soni 10 gacha bo'lgan ikki guruhdagi buyumlar sonini taqqoslash tenglashtirish, bittaga kamaytirish, bittaga orttirishni biladi;

- o'z uyining raqamini biladi;

- doira, kvadrat, uchburchak, to'g'ri to'rtburchak, ovallarni farqlaydi;

- maxsus shakllar to'plamidan foydalanib, namunadagi narsalarni yasay oladi;

- shar, kub, konus va silindrlarni taniydi;

- labirintlarni biladi va ularning yechimini topadi;

- buyumlarni qanday qismlardan tashkil topganligini, ularning xususiyatlarini (kattaligi, shakli, nomi) farqlaydi,

- butunni 2 ta, 4 ta teng bo'lakka bo'lishni biladi, butun bilan qismni taqqoslaydi va farqlaydi;

- buyumlarni (10 tagacha) uzunligi, eni, qalin-yupqaligiga ko=ra qiyoslaydi, "bir xil", "keng", "kengroq", "eng keng", "tor", "torroq", "eng tor"; "qalin", "qalinroq", "eng qalin"; "yupqa", "yupqaroq", "eng yupqa"; "baland", "balandroq", "eng baland"; "past", "pastroq", "eng past" so'zlarini nutqda to'g'ri qo'llaydi;

- buyumlarni o'ziga nisbatan o'rnini aniqlay oladi (tepada-pastda, o'ngda- chapda, oldinda-orqada), ishora bo'yicha turli yo'nalishda harakatlanadi (oldinga - orqaga, chapga - o 'ngga);

- qog'oz varag'ining o'ng, chap, yuqori, past, o'rtasini aniqlaydi;

- sutka qismlari - ertalab, kunduzi, kechqurun, tunni farqlaydi;

- kecha, bugun, ertani biladi;

- hafta kunlarining nomini, ketma-ketligini, bugun haftaning qaysi kuni ekanligini aytadi;

- yil fasllarining nomini biladi;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- pul va uning ko'rinishi, undagi raqamlar va qiymatni taniydi;

- "lego" jihozlaridan loyihalar yaratadi;

- 8-10 ta qismli pazllarni yig'adi;

- qog'ozdan buklash yo'li (origami) orqali sodda shakllarni yasaydi.

Ta'lim tizimining bu yo'nalishida ya'ni MTM tarbiyalanuvchilarining mantiqiy fikrlash - matematik tasavvurlarini o'stirish uchun hali qilinishi kerak bo'lgan ishlar ko'pligini ko'rsatmoqda....

Katta guruh tarbiyalanuvchilarini aqliy tarbiyasidan asosiy maqsad inson shaxsining ma'naviy va intellektual salohiyati negizida ularning dunyoqarashini yuksaltirish, e'tiqodini mustahkamlash va ezgulik hamda aqliy go'zallik kabi ko'nikmalarini shaxs sifatiga aylantirishdan iboratdir.

Tavsiyalar: Katta guruh tarbiyalanuvchilarining intellektual salohiyatlarini to'laqonli shakllantirish uchun pedagoglar va ota - onalar quyidagilarga e'tibor berishlari zarur:

1. Taraqqiyot va uning muhim omili bo'lgan intellektual salohiyat va qobiliyat, eng avvalo, sog'lom avlod tarbiyasiga tayanadi va uni rivojlantirishga qaratilgan bo'lishi talab etiladi.

2. Intellektual salohiyat deganda mantiqiy fikrlash tushuniladi. Shunday ekan MTM va oilada matematik "Ilk qadam" hamda "Bolajon" takomillashtirilgan tayanch dasturida ko'rsatib o'tilgan bilimlarni mustahkam egallashlariga e'tibor berish zarur.

3. Iqtidorli bolalarni aniqlash va ularni kamol toptirish uchun mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi axborot tizimi infologik modelini muvofiqlashtirish, belgilangan vazifalarni amalda ro'yobga chiqarish uchun iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.

4. Maktabgacha ta'lim muassasalarida elementar matematik mashg'ulotlarini zamonaviy texnik vositalar va pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish lozim.

5. MTMlarda bolalarning iqtidorini aniqlash va rivojlantirish, hozirgi davrning eng dolzarb mavzusi bo'lib, ijtimoiy-iqtisodiy talablarga ham bo'g'liqligini unutmaslik lozim.

Biz o'z o'rganishlarimizda maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilarida mantiqiy fikrlash tomonlarini tadqiq qilishda shunday xulosaga keldik. Shaxsning qiziqishlari ta'lim jarayonida inobatga olinsa, ularga individual yondashilsa, mashg'ulotdan tashqari alohida shug'ullanilsa, ko'rik-tanlov, sayohatlar tez-tez uyushtirilsa, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng miqyosda foydalanilsa, shuningdek, ta'lim turlarini qamrab oluvchi tizim - infologik model bo'yicha tadqiq qilinsa, uning ta'limiy-tarbiyaviy ahamiyati yuqori bo'ladi deb o'ylaymiz.

Demak, bugungi kunda MTM lari o'quv jarayonini mukammallashtirishga yo'naltirilgan o'quv -metodik - mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi axborot tizimi infologik modelini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Bu, birinchi navbatda,

maktabgacha ta'lim va boshlang'ich ta'lim bosqichlari o'rtasida uzluksizlik va uzviylikni ta'minlab, aqliy rivojlanish ko'rsatkichi, bilim saviyasi ortishiga olib keladi.

REFERENCES

1. Узбекистан Республикаси Президентининг «Мактабгача таълим тизими бошкарувини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тугрисида»ги Фармони. 2017 йил 30 сентябрь, ПФ-5198-сон.

2. "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Узбекистан Республикаси Президентининг 2017 yil 9 sentyabrdagi PQ-3261-sonli qarori.

3. Узбекистан Республикаси мактабгача таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш Концепцияси. Узбекистан Республикаси Президентининг "Узбекистан Республикаси мактабгача таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдикдаш тугрисида"ги 2019 йил 8 майдаги ПК-4312- сон Карорига 1-илова.

4. Узбекистан Республикаси Президентининг «Мактабгача таълим тизими бошкарувини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тугрисида»ги 2017 йил 30 сентябрдаги ПФ-5198-сонли Фармони.

5. Узбекистан Республикасининг илк ва мактабгача ешдаги болалар ривожланишига куйиладиган давлат талаблари. Узбекистон Республикаси Мактабгача таълим вазирининг 2018 йил 18 июндаги 1- мх,-сон буйругига ИЛОВА. https://nrm.uz.

6. "Bolajon" takomillashtirilgan tayanch dasturi. Toshkent 2016 yil.

7. Sodiqova SH. Maktabgacha pedagogika. To'ldirilgan qayta nashr. -T.: TDPU, 2017 y.

8. Sodiqova Sh.A. "Maktabgacha pedagogika". <<Tafakkur sarchashmalari>> T:. 2013 y. 54 10. Xasanboeva O. U. va boshq. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2012 y.

9. http: www.ziyo.net.uz.

10. http: www.pedagog.uz.

11. http: www.edu.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.