Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARINI BOSHQARUV VAZIFALARI'

OLIY TA’LIM MUASSASALARINI BOSHQARUV VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
346
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ta’lim tizimini boshqarish vazifalari va tamoyillari / Kadrlar tayyorlash milliy dasturi umumkasbiy / ixtisolik / integratsiya / innovatsion ta’lim.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Umedulloyev Munirbek Mirzoqul O‘g‘li

Oliy ta’lim boshqaruv sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishda umumkasbiy va ixtisolik fanlari orasidagi integratsiyani ta’minlagan holda ta’lim berish natijasida innovatsion ta’lim beruvchi maxsus pedagogik, psixologik va mutaxassislik ma’lumotiga metodik tayyorgarligiga kasbiy faoliyatga tayyorlash amalga oshiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARINI BOSHQARUV VAZIFALARI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

OLIY TA'LIM MUASSASALARINI BOSHQARUV VAZIFALARI Umedulloyev Munirbek Mirzoqul o'g'li

Termiz muhandislik-texnologiya instituti assistenti email: munirbeku93 @mail .ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10156102

Annotasiya. Oliy ta 'lim boshqaruv sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishda umumkasbiy va ixtisolikfanlari orasidagi integratsiyani ta'minlagan holda ta'lim berish natijasida innovatsion ta'lim beruvchi maxsus pedagogik, psixologik va mutaxassislik ma'lumotiga metodik tayyorgarligiga kasbiy faoliyatga tayyorlash amalga oshiriladi.

Kalit so'zlar: Ta'lim tizimini boshqarish vazifalari va tamoyillari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi umumkasbiy, ixtisolik, integratsiya, innovatsion ta'lim.

Аннотация. При совершенствовании системы подготовки кадров в сфере управления высшим образованием в результате обеспечения образования с интеграцией общепрофессиональных и специальных дисциплин осуществляется подготовка к профессиональной деятельности, в результате специальных педагогических, психологических и специализированные знания инновационного учителя.

Ключевые слова: Задачи и принципы управления системой образования, Национальная программа подготовки кадров общего профессионального, специалитета, интеграционного, инновационного образования

Abstract. In the improvement of the system of personnel training in the field of higher education management, as a result of teaching, providing integration between general professional and specialized sciences, the special pedagogical, psychological and specialized knowledge of the innovative teacher, methodological preparation for professional activity is carried out.

Keywords: Tasks and principles of management of the educational system, National program of personnel training, general professional, specialization, integration, innovative education.

Ta'lim muassasalarida davlat jamiyat boshqaruvining psixologik - pedagogik asoslari "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" g'oyalarini amaliyotga tatbiq etish respublika ta'lim tizmida olib borilayotgan islohatlar muvaffaqiyatini ta'minlash ta'lim muassasalarida faoliyat olib borilayotgan islohatlar muvaffaqiyatini ta'minlash ta'lim muassasasida faoliyat olib borayotgan ta'lim beruvchi - tarbiyachi, ishlab chiqarish ustlarining ma'naviy qiyofasi ham kasbiy mahoratlariga ham bog'liqdir.

Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab va qiyin faoliyat jarayoni bo'lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Xususan, qadimgi Gretsiya va Rim tarixidan yaxshi bilamizki, miloddan avvalgi davrlarda ham yosh avlod tarbiyasi o'zining ma'naviy qiyofasi va aqliy qobiliyati bilan jamiyat a'zolari o'rtasida yuksak hurmat - ehtiromga sazovor bo'lgan kishilar, donishmandlar zimmasiga ishonib topshirilgan. Ushbu holat yosh avlod tarbiyasi uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamolotini balki jamiyat taraqqiyotini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.

O'zbekiston Respublikasida ham ta'lim beruvchi kadrlar ma'naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo'yilmoqdi. Chunonchi, bu borada

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

O'zbekiston Respubikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sessiyasida so'zlagan nutqida bildirilgan fikrlarga diqqatini qaratish maqsadga muvofiqdir: "Tarbiyachining o'zi zamonaviy bilim berish, ularning ma'lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo'lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. ta'lim beruvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin deb talab qilamiz, ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo murabbiyning o'zi ana shunday bilimga ega bo'lishi kerak. Maktablardagi jarayonlarda ta'lim beruvchi hukmron. U boladan faqat o'zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi. Prinsip ham tayyor: "Menining aytganim aytgan, deganim degan".

Ta'lim beruvchi va o'quvchi munosabatlariga majburiy itoatkorlik o'rnini ongli intizom egallashi judav qiyin kechyapti. Ta'lim beruvchining bosh vazifasi o'quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko'pincha yaxshi tushunamiz, lekin afsuski, amalda, tajribamizda unga rioya qilmaymiz"

Yuqorida qayd etilgan fikrlardan bugungi kun ta'lim beruvchisi shaxsiga nisbatan qo'yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy ta'lim beruvchi qanday bo'lishi lozim?

Ta'lim beruvchi maxsus pedagogik, psixologik va mutaxassislik ma'lumotiga metodik tayyorgarligiga, shuningdek, yuksak axloqiy fazilatlarga ega shaxs sanaladi.

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning 5 - moddasi 3-bandiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta'lim muassasalarida faoliyat olib borishlariga yo'l qo'yilmaydi.

Bizning nazarimizda zamonaviy ta'lim beruvchi qiyofasida quyidagi fazilatlar namoyon bo'la olishi kerak:

1. Ta'lim beruvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro'y berayotgan o'zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohatlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu bora o'quvchilarga to'g'ri, asosli ma'lumotlarni berib borishi lozim.

2. Zamonaviy ta'lim beruvchi ilm - fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo'lishi talab etiladi.

3. Ta'lim beruvchi o'z mutaxassisligi bo'yicha chuqur, puxta bilimga ega bo'lishi, o'z ustida tinimsiz ishlashi va izlanishi lozim.

4. Ta'lim beruvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, ta'lim -tarbiya jarayonida o'quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi kerak.

5. Ta'lim beruvchi ta'lim - tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va vositalardan unumli foydalana olishi imkoniyatiga ega bo'lmog'i darkor.

6. Ta'lim beruvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo'lishi

shart.

7. Ta'lim beruvchi yuksak darajadagi pedagogik mahoratga, chunonchi, kommunikativlik layoqatiga ega bo'lishi, pedagogik texnika nutq, yuz, qo'l - oyoq va gavda harakatlari (mimika, jest, pantomimika) qonuniyatlarini chuqur o'zlashtirib olishga erishishi lozim.

8. Ta'lim beruvchi nutq madaniyatiga ega bo'lishi uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o'zida aks ettira olishi kerak:

• nutqning ravonligi;

• nutqning aniqligi va mantiqiyligi;

• nutqning ifodaviyligi;

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA lGl3-yil, ll - noyabr

• nutqning sofligi uning turli sheva so'zlaridan holi bo'lib, faqat adabiy tilda ifoda etilishi: jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassislariga xos so'zlar), vorvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o'ziga millatlarga xos so'zlarning o'rinsiz qo'llanilishi), vulgarizm (haqorat qilish, so'kishda qo'llaniladigan so'zlar) hamda konselyarizm (o'rin bo'lmagan vaziyatlarda rasmiy nutqda so'zlar) so'zlaridan holi bo'lishi, ta'lim beruvchi nutqi sodda, ravon va tushunarli bo'lishi kerak;

• nutqning ravonligi;

• nutqning boyligi (so'zlash jarayonida maqsadga muvofiq tarzda hikmatli so'zlar maqollar hamda ko'chirma gaplardan foydalana olish).

9. Ta'lim beruvchi kiyinish madaniyatiga (sodda, ozoda, bejirim kiyinish; ta'lim - tarbiya jarayonida ta'lim beruvchining turli xil diqqatni tez jalb etuvchi bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar) dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishni o'zlashtirishga erishish) ega bo'lishi lozim.

10. Ta'lim beruvchi shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o'rnak bo'la olishi lozim.

Ta'lim beruvchi shaxsining mazkur talablarni o'zida aks ettira olgan qiyofasi uning

o'quvchilar, hamkasblar hamda ota - onalar o'rtasida obro' - e'tibor qozonishini ta'minlaydi.

2. Ta'lim tizimini boshqarish vazifalari va tamoyillari

Ta'lim tizimini boshqarish pedagogika fanining muhim tarmog'i bo'lib, O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimi organlari va ularning vazifalari, ish faoliyatining mazmuni va metodlarini belgilab beradi, shuningdek, ta'lim muassasalariga rahbarlik qilish tizimini asoslaydi.

O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimini boshqarishga umumiy rahbarlikni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi olib boradi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ta'lim tizimini boshqarish bo'yicha quyidagi vakolatlarga egadir:

1. Ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

2. Ta'lim sohasida davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish;

3. Ta'limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishni amalga oshirish;

4. Ta'lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugutish tartibini belgilash;

5. Ta'lim muassasalarini akkreditatsiyadan, pedagogik, ilmiy kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish tartibini belgilash;

6. Boshqa davlatlarning ta'lim muassasalariga O'zbekiston Respublikasi hududida ta'lim faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;

7. Qonun hujjatlari talablariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta'lim to'g'risidagi hujjatlarni tan olish va bu hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini belgilash;

8. Davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash;

9. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma'lumot to'g'risidagi hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash;

10. Davlat grantlari miqdorini va ta'lim muassasalariga qabul qilish tartibini belgilash;

11. Oliy ta'lim muassasalarining rektorni tayinlash;

12. Ta'lim oluvchilarning akkreditatsiya qilingan bir ta'lim muassasalaridan boshqasiga o'tkazish tartibini belgilash, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.

Respublika ta'lim tizimini boshqarishda bir qator davlat organlariga tegishli vazirliklar, chunonchi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, shuningdek, markazlar xususan, Respublika ta'lim Markazi, akademik litsey, kasb - hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi markaz, viloyat, shaar, tuman xalq ta'limi bo'limlari ham ishtirok etadilar.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

Ta'limni boshqarish bo'yicha vakolatli davlat organlarining huquqlari doirasiga quyidagilar kiradi:

1. Ta'lim sohasidagi yagona davlat siyosatini ro'yobga chiqarish;

2. Ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy masalalarda ularga rahbarlik qilish;

3. DTS, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga bo'lgan talablarning bajarilishini ta'minlash;

4. O'qitishning ilg'or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, tav'limning texnik va axborot vositalarini o'quv jarayoniga joriy etish;

5. O'quv va o'quv uslubiy adabiyotlarni yaratish va nashr etishni tashkil etish;

6. Ta'lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta'lim muassasalarida eksternet to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlash;

7. Davlat oliy ta'lim muassasalarining rektorlarini tayinlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasiga takliflar kiritish;

8. Pedagog xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish, qayta tayyorlashni tashkil etish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.

Respublika ta'lim tizimini boshqarishda mahalliy davlat hokimiyati organlari ham ishtirok etadi. Ularning Respublika ta'lim tizimini boshqarishdagi o'rni va roli quyidagilar bilan belgilanadi:

1. Ta'lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar (respublika tasarrufida bo'lgan muassasalar bundan mustasno) ularning ustavlarini ro'yxatga oladilar;

2. O'z hududlaridagi ta'lim muassasalarini vakolat doirasida moldiyalash miqdorlarini va imtiyozlarini belgilaydi;

3. Ta'lim sifati va darajasiga, shuningdek, pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bo'lgan talablariga rioya etilishini ta'minlaydilar. Shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq bosh vakolatlarni ham amalga oshiradilar.

Ta'lim tizimini boshqarish sohasida ta'lim muassasasi faoliyatini boshqarish ishlarini tashkil etishga ham alohida e'tibor beriladi. Ta'lim muassasasi uning rahbari (direktor yoki rektor) tomonidan boshqariladi.

Ta'lim muassasasi direktori o'quvchilarni ma'naviy barkamol, jismonan sog'lom bo'lishlari, fan asoslarini puxta o'zlashtirishlari, umumiy ta'lim muassasalarining bugun faoliyati uchun javobgar shaxs sanaladi. Tashkilotchi oliy ma'lumotli, kamida 3 yillik pedagog ish stajiga ega bo'lgan eng yaxshi ta'lim beruvchi tuman xalq bo'limi tavsiyasiga binoan viloyat xalq ta'limi (Toshkent shahrida shahar xalq ta'limi) bo'limi tomonidan direktor tayinlanadi. Bir maktabdan ikkinchi maktabga ko'chiriladi. Ishdan bo'shatiladi. Viloyat xalq ta'limi bo'limi bu haqda O'zbekiston Respublikasi XTB ga ma'lum qiladi.

Ta'lim muassasasi rahbarining buyrug'ini ta'lim muassasasi xodimlari bajarishi shart. Rahbarning ta'lim muassasasidagi vazifalari asosan quyidagilardan iborat: o'quv muassasasining pedagogik jamoasiga rahbarlik qilish; kadrlarni to'g'ri tanlash; joy - joyiga qo'yish; xodimlarning ijtimoiy - g'oyaviy saviyasi malakasini oshirish uchun zarur shart - sharoitni yaratish, o'quvchilar bilimi va tarbiyasi sifatli bo'lishini ta'minlash, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkil etilishiga rahbarlik qilish va tegishli nazorat o'rnatish. O'quvchilarning to'g'ri kasb tanlashini ta'minlashni yo'lga qo'yish, ota - onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan ishlarni tashkil

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

etish. Maktabda ichki intizom, sanitariya - gigiyena, umumiy rejim, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etishni ta'minlash va hokazolar.

Ta'lim muassasasining ilmiy kengash ta'lim muassasasi rahbari huzuridagi maslahat organlari bo'lib, uning qarorlari jamoaning yagona va umumiy fikrini aks ettiradi. Pedagogik kengash "Ilmiy kengash" qilgan ayrim qarorlar ta'lim muassasasi jamoasi uchun ham rahbar ham mas'ul hisoblanadi. Chunonchi, ta'lim - tarbiya ishlarining holati, yutuq va kamchiliklari, ta'lim beruvchi xodimlarni davlat mukofotlariga tavsiya etish, (maktablarda o'quvchilarni sinfdan sinfga ko'chirish) o'quvchini haydash kabi masalalar pedagogik Ilmiy kengashda hal qilanadi, pedagogik kengash ilmiy yig'ilishlarida respublika hukumati qarorlari, Prezident farmonlari, yuqori organlarning ko'rsatmalari masalan, XTV va Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining amalga oshirishga doir tadbirlarni belgilash, ta'lim jarayonini amalga oshirish, ta'lim - tarbiya ishlarini yaxshilash, innovatsion va axborotli texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish, ilg'or ish tajribalarini ommalashtirish, oila, jamoatchilik bilan ta'lim muassasasi o'rtasidagi hamkorlikni yuzaga keltirish, uni mustahkamlash va hokaza masalalar ko'rib chiqiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturida"gi Qonuni // Oliy ta'lim: Meyoriy - huquqiy va uslubiy hujjatlar to'plami. - Toshkent: 2022

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 08.11.2022 yildagi PQ-416-son

3. R.Mavlonova, O.To'raeva, K.Xoliqberdiev. Pedagogika. Darslik. Toshkent. "O'qituvchi" 2001.

4. Azizxo'jaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. O'quv qo'llanma. O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi "Adabiyot jamg'armasi" nashriyoti. Toshkent, 2006.-160 b

5. Avlaev O.U., Jo'raeva S.N., Mirzaeva S.P. "Ta'lim metodlari" o'quv-uslubiy qo'llanma, "Navro'z" nashriyoti, Toshkent, 2017.-226 b.

6. Hasanboyev J., Sariboyev H., Niyozov G., Hasanboyeva O., Usmonboyeva M. Pedagogika. O'quv qo'llanma. - Toshkent: Fan, 2006. - 282 b.

7. Hasanboyeva O., Hasanboyev J., Hamidov H. Pedagogika tarixi. - Toshkent: O'qituvchi, 2004. - B. 11-12.

8. Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Hasanov R. Pedagogika tarixi. - O'quv qo'llanma. - Toshkent: O'qituvchi, 1996. - 488 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.