OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA "INTEGRATSIYA UCHBURCHAGI" VA INNOVATSION-KORPORATIV HAMKORLIKNING O'ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
A.X.Alinazarov D.A.Qayumov O.I.Dadamirzayev Namangan muhandislik-qurilish instituti
Annotatsiya: Maqolada O'zbekistonda ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi hamda innovatsion-korporativ hamkorlikning rivojlanishi o'ziga xos xususiyatlari ko'rib chiqilgan. Fan, ishlab chiqarish integratsiyasi va innovatsion hamkorlikni rivojlantirishda innovatsion uslublardan foydalanishni ta'minlash muhim ahamiyat kasb etishi ko'rsatilgan.
Kalit so'zlar: Integratsiya, innovatsiya, korporativ hamkorlik, oliy ta'lim, fan, ishlab chiqarish, sifatli ta'lim.
CHARACTERISTICS OF THE INTEGRATION TRIANGLE AND INNOVATIVE-CORPORATE COOPERATION IN HIGHER EDUCATION
INSTITUTIONS
A.X.Alinazarov D.A.Qayumov O.I.Dadamirzayev Namangan engineering constraction institute
Abstract: The article discusses the specifics of the integration of education, science and industry in Uzbekistan, as well as the development of innovation-corporate cooperation. It is shown that the use of innovative methods is important in the development of science, production integration and innovation cooperation.
Keywords: Integration, innovation, corporate cooperation, higher education, science, manufacturing, quality education.
Mavzuning dolzarbligi: Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning "YANGI O'ZBEKISTON STRATEGIYASI" nomli asarida sifatli ta'lim - inson kapitalini rivojlantirishning xal qiluvchi omili to'g'risida gapirib, bunda uzluksiz ta'lim tizimi uchun milliy o'quv dasturini joriy etish, ta'lim sifatini oshirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e'tibor berib o'tgan [1].
Bizga ma'lumki, taraqqiyot va yuksalishlarni ta'lim, fan va ishlab chiqarish o'rtasidagi integratsiya hamda innovatsion jarayonlarsiz tasavvur etish qiyin. Innovatsiya, innovatsion markazlar, innovatsion muhit, uning shakllanishi, rivoji bilan bog'liq texnologiya hamda qonuniyatlar borasida fikr yuritar ekanmiz, avvalambor bevosita rivojlangan davlatlar tajribasiga nazar tashlash joizdir.
Shu bois ham davlat shaxsni shakllanishi va kamol topishida muhim ahamiyatga ega bir qator vazifalarni bajarishni o'z zimmasiga oladi. Shaxsni ta'lim olishi bepul ta'minlanishi masalasi asosiy qomusimizning 41 - moddasida ham belgilab qo'yilgan.
Chunki millat bilimining sifat darajasi mamlakatni kelgusidagi strategik rivojlanishini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Millat bilimining darajasi esa ta'lim xizmati natijasida shakllanadi. Mamlakatning dunyo bozoridagi raqobatbardoshligi millatning intellektual va ilmiy potentsiali darajalariga chambarchas bog'liqdir.
Shu bois davlatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining negizida ta'limga muhim ahamiyat berib kelinmoqda. Ta'lim olish bo'yicha davlat tomonidan yaratilgan shart-sharoit, imkoniyatlar asosida shaxsning shakllanishi, kamol topishi va o'z maqsad hamda manfaatlarini ruyobga chiqarilishini ta'minlashi:
- davlatning shaxsni konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirish borasidagi vazifasi ijrosini ta'minlaydi;
- shaxsning davlat, jamiyat va o'zi uchun foydali sub'ekt sifatida shakllanishiga;
- jamiyat a'zosi sifatida shaxsda davlat va xalqning umumiy manfaatlari asosida birlashish immunitetini paydo bo'lishiga;
- oilani moddiy jihatdan ta'minlash va oila a'zolarini jamiyat hamda davlat uchun zarur sub'ekt sifatida shakllantirishda ishtirok etishi kabi bir qator vazifalar ijrosi samarali bo'lishiga xizmat qiladi.
Shuning uchun ta'lim sifati va uni shaklantirishni doimiy ravishda takomillashtirib borish ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega dolzarb masala hisoblanadi. Shu sababli mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan ta'lim va tarbiya, uni tashkil etish hamda huquqiy tartibga solish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Birinchi prezidentimiz I.Karimov ta'lim va tarbiya masalalariga to'xtalib, «Farzandlarimiz-bizning kelajagimiz. Xalqimiz ertasining qanday bo'lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liq», deb ta'kidlaganlarida aynan davlat, jamiyat va shaxs manfaatlarini barcha jabhalardagi uyg'unligi hamda uni ta'minlash mexanizmi negizida ta'lim-tarbiyaning sifati birinchi o'rindaligi nazarda tutilgan.
O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida» gi Qonunining asosiy maqsadi «Ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan demokratik
davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratish» hisoblanadi [2].
Milliy dastur ijrosini ta'minlash chora-tadbirlaridan biri ta'limning fan hamda ishlab chiqarish bilan integratsiyasi ta'sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan muhim omildir. Shu bois Yevropa va rivojlangan boshqa barcha davlatlarda ta'lim sifatini oshirishda fan va ishlab chiqarish integratsiyasi masalasiga jiddiy e'tibor qaratib kelmoqda.
Muhokama: Mamlakatimizda ham ta'lim sifatini oshirishda fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini asosiy omil sifatida foydalanishga e'tibor kuchaydi. Shuning uchun kadrlar tayyorlashning uchinchi bosqichida ta'lim sifatini oshirish va unda fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasining roli, uning xalqaro tajribasini o'rganish hamda ilg'or xorijiy tajribadan foydalanish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish dolzarb masaladir.
Fan va ishlab chiqarishning integratsiyasi hamda o'zaro hamkorligi masalasini tadqiq etish xorijiy olimlar tomonidan o'rganilib kelinmoqda. Lekin ular tadqiqotlari bilan tanishish mazkur masalaga turli yondoshuv va qarashlar mavjudligini kursatadi. Moddiy mahsulotdan farqli ravishda oliy ta'lim mahsulotini tayyorlash jarayoni va uning sifatini aniqlash juda ko'p o'ziga xos xususiyatlarga ega.
Ta'lim xizmatlari mahsulotini tayyorlash va uning sifatini oshirish masalalarini tadqiq etgan mahalliy hamda xorijiy olimlar asosan mavzuga sotsiologik va pedagogik nuqtai-nazardan yondoshganlar. Fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi va uning ta'lim sifati hamda mehnat bozori talabiga moslashuvchan kadr tayyorlashdagi roli va uning samaradorligini oshirishda iqtisodiy-huquqiy mexanizmlardan foydalanish masalalari o'rganilmagan.
Oliy ta'limda fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasining ta'lim sifatiga ta'sirini baholash va ushbu mexanizmdan samarali foydalanish yo'llarini belgilashga oid tavsiyalar berish maqsadida avvalo ta'lim sifati tushunchasi mazmuni to'g'risidagi qarashlarni o'rganish zarur. Ta'lim sifati, uning mazmuni va fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi to'g'risidagi qarashlarni o'rganish asosida ta'lim sifatini yaxshilashdagi rolini oshirishga oid taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish mamlakatimizda ta'lim-tarbiya sohasidagi ishlar bo'yicha belgilangan ustuvor vazifalar maqsadga muvofiqdir.
Shuning uchun avvalo ta'lim sifati tushunchasi, uning mazmuni, uning komponentlari nimalardan iborat, ta'lim sifatiga qanday omillar ta'sir etadi, degan masalalar to'g'risida to'xtalib o'tamiz.
Ta'lim sifati keng qamrovli tushuncha bo'lib, uni ta'minlash bir qator omillarga bog'liqdir. Ushbu tushuncha mazmuni bilan chuqurroq tanishish uchun xorijiy va mamlakatimiz olimlarining ushbu atama to'g'risidagi qarashlar, ularning mazmuni, umumiy hamda farqli jihatlarini o'rganamiz.
Akademik A.Novikov fikricha, «Ta'lim sifati deganda - me'yoriy talablar, ijtimoiy va shaxs ehtiyojlariga mos keladigan ta'lim natijasi darajasini ifodalovchi kursatkichlar tizimi tushiniladi» [3].
Demak, olimning fikricha ta'lim sifati komponentlari me'yoriy talablar, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojdan iborat. Uni baholash uchun esa ushbu komponentlar darajasini ifodalovchi kursatkichlar tizimini aniqlash zarur.
A.M.Katsning fikricha "Ta'lim sifati shaxs, jamiyat va davlatning belgilangan talablarini qondirish darajasini ifodalovchi ta'lim elementlari yig'indisi" hisoblanadi
[4].
V.A.Malkova "Ta'lim sifati - o'quvchining mavjud ijtimoiy sharoitlarga moslashishini ifodalovchi munosabatlar tizimi", degan qarashni bildiradi [5].
Yuqoridagi fikrlar va qarashlarni umumlashtiradigan bo'lsak, ta'lim sifatida shaxs, jamiyat hamda davlat manfaatlari uyg'unligi ta'minlanishi muhim jihat hisoblanadi. Ta'lim sifati va unga ta'sir etuvchi omillar to'g'risida bayon etilgan qarashlarda aynan qanday kursatkichlar ta'lim sifatini baholovchi asosiy kursatkichlar hisoblanishi, ular ta'sirini baholash mezonlari hamda ta'lim sifatini baholashga yondoshishda qanday tamoyillarga asoslanish zarurligi to'g'risida aniq xulosaga kelinmaganligini ko'rish mumkin.
Mamlakatimizning ta'lim tizimi o'ziga xos bo'lib, bizda ta'limni tashkil etish bir qator xususiyatlariga ko'ra boshqa davlatlardan farq qiladi. Shuning uchun, ta'lim sifatini ta'minlash va uni baholashda boshqa davlat amaliyotini to'g'ridan-to'g'ri qo'llab bo'lmaydi. Bu holat esa mamlakatimizda ta'lim sifatini ta'minlash va uni baholash tizimiga o'ziga xos yondoshuv zarurligini talab etadi.
Ma'lumki, ta'lim natijasi bo'lgan mahsulot, ya'ni yosh kadrlar ist'molchisi ta'lim xizmatlaridan foydalanuvchilar bozori hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslardir. Dunyo va mamlakatimiz ta'lim xizmatlari bozori holati tahlilida nafaqat ta'lim sifati balki, ta'lim xizmatlarini tashkil etish, iste'molchi talablarini inobatga olish va ularni baholashga oid yondoshuvlarda ham turlicha qarashlar hamda mezonlar mavjudligini ko'rish mumkin. Jamiyat hayotining rivojlanish darajasi tezlashuvi esa ta'lim xizmatlari mahsulotga bo'lgan talab va taklifda nomuvofiqlar kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda.
Mamlakatimizda ta'lim sifati va bozor talablari o'rtasida yuzaga kelayotgan nomuvofiqliklar sababini quyidagilarda ko'rish mumkin:
- ta'lim xizmatlarini tashkil etishning bozor talablaridan ortda qolishi;
- ta'lim xizmatlari turlarini iste'molchi bilan o'zaro bog'lanmaganligi;
- ta'lim muassasalari va iste'molchilar o'rtasidagi korporativ hamkorlik masalalariga yetarli e'tibor berilmasligi;
- ta'lim muassasalarining o'zaro innovatsion korporativ hamkorligi samaradorligi pastligi va hisobotlar uchun tashkil etilishi.
Fikrimizcha, ta'lim sifatiga baho berishda unga ta'sir etadigan omillarni ta'lim tizimida ishtirok etuvchi sub'ektlar bo'yicha guruhlab o'rganish zarur. Bunda ta'lim tizimi sub'ektlari bo'yicha ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi omillarni quyidagicha guruhlab olish maqsadga muvofiq:
□ ta'lim siyosatini ishlab chiquvchi organga bog'liq omillar;
□ ta'lim muassasasiga bog'liq omillar;
□ ta'lim oluvchiga bog'liq omillar;
□ iste'molchilarga bog'liq omilar;
□ ta'lim muassasasi va iste'molchilar innovatsion korporativ hamkorligiga bog'liq omillar.
Qayd etilgan har guruhda ta'lim sifatiga bevosita va bilvosita ta'sir etadigan omillar mavjud bo'lib, ular ta'lim sifatining ijobiy yoki salbiy tarafga o'zgarishiga ta'sir etadi. Shuning uchun har bir guruh omilni ta'lim sifatiga ta'sirini alohida o'rganish maqsadga muvofiqdir.
Shu bois biz ushbu loyiha ishimizda ta'lim sub'etlari uchun umumiy manfaatdorlikni ta'minlash nuqtai-nazaridan amalga oshirilishi muhim hisoblangan "ta'lim muassasasi va iste'molchilar fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga bog'liq omillar" xususida va ularni tashkiliy, huquqiy va metodologik jihatdan takomillashtirishga oid o'z qarashlarimizni bayon etamiz.
Mamlakatimizda ijtimoiy siyosat muhim ahamiyat kasb etishi munosabati, davlat ta'lim siyosatini yaratuvchi va uning natijasidan bevosita hamda bilvosita manfaatdor hisoblanadi. Davlatning oliy ta'lim natijasidan bevosita manfaatdorligi bitiruvchi kadrlarning davlat funktsiya hamda vazifalarini bajaruvchi shaxsni ish beruvchisi ekanligida namoyon bo'ladi.
Bilvosita manfaatdorligi esa shaxsning ta'lim natijasida olgan bilimlarini jamiyat hayotidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda faol foydalanishi natijasida oila, yurt tinchligi, farovonligi va ravnaqi yo'lida amalga oshirayotgan faoliyati natijasida ifodalanadi.
Davlat ta'limni huquqiy, tashkiliy va metodologik ta'minotlari masalalarini takomillashtirish, ta'lim tizimiga innovatsion shakllarni joriy etish hamda ta'lim tashkiliy va sifat jihatlarini xalqaro me'yorlar talablariga moslashtirish bo'yicha islohotlarni amalga oshirmoqda.
Davlat ta'lim xizmatlarining natijasidan bevosita va bilvosita manfaatdor taraf sifatida o'z vazifalarini bajarib kelmoqda. Lekin ta'lim sifati va natijasidan manfaatdor taraflarning boshqa ishtirokchilarining ta'lim sifatini oshirishni ta'minlashdagi ishtiroki yetarli emas. Shuning uchun ta'lim muassasalari reytingini aniqlash bo'yicha mezonlardan biri sifatida iste'mochilardan o'tkazilayotgan so'rovlar natijalariga ko'ra ayrim yo'nalishlar va oliy ta'lim muassasalarida tayyorlanayotgan kadrlar sifati pasayishi kuzatilayotganiga guvoh bo'lish mumkin.
Demak, bu borada yetarlicha muammolar mavjud. Bu muammolarni yo'qotish va ta'lim orqali fanni, fan orqali ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun integratsiyani amalga oshirish zarur.
V.A.Slastyoninning fikricha, "innovatsiya" maqsadga qaratilgan o'zgarish bo'lib, qo'llanish sohasidagi tizimni bir holatdan sifat jihatdan yangi holatga o'tkazish, uni tubdan takomillashtirishni, innovatsion jarayon-yangilikni yaratish, o'zgartirish, qo'llash va tarqatishdagi kompleks faoliyatni anglatadi [6]. Innovatsiyalar nafaqat ta'limni balki, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida ham ijobiy o'zgarishlarga olib keladi.
Xulosa: OTMda Oliy ta'lim muassasalarida integratsiya "Uchburchagi" va innovatsion-korporativ hamkorlikning o'ziga xos xususiyatlarining ahamiyati tahlil qilindi. OTM, Fan muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarida faoliyat yuritayotgan har bir shaxs, rahbar va ilmiy xodim integratsiya va innovatsion-korporativ hamkorlik sifatini ta'minlash uchun zamonaviy yondashuvlar asoslarini bilishlari maqsadga muvofiq bo'lishi lozimdir.
Tavsiya: Har bir ta'lim yo'nalishlarining o'ziga xosligidan kelib chiqgan holda ishlab chiqarish korxonalarining muammolar bazasi ishlab chiqilishi va bu baza fanlar akademiyasining tegishli muassasalari bilan birgalikda tahlil qilinishi asosida yo'nalish bo'yicha maxsus laboratoriya, konstruktorlik byurolari va texnoparklar davlat byudjeti va ishlab chiqarish korxonalari mablag'lari hisobidan tashkil qilinishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sh.M.Mirziyoyev "YANGI O'ZBEKISTON STRATEGIYASI" -Toshkent. "O'zbekiston" nashriyoti, 2021. 464 bet.
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil. 11-12-son.
3. Новиков А.М., Д.А. Новиков, «Как оценивать качество образования?», www.anovikov.ru, (Муаллиф таржимаси).
4. Кац А.М. www.mathnet.ru/at13796автор: АМ Кац. Теория и применение регуляторов скорости с упруго-присоединенным катарактом. А. М. Кац. Центральный научно-исследовательский дизельный.
5. Малькова В.А. studopedia.ru/11_140699_vnmalkova.html13 июн. 2015 г. -Новое понимание качества образования формируется в ответ на вызовы со стороны мирового сообщества, страны, области, города.
6. В.А. Сластёнин и др. Педагогика: учеб.пособие для студ. высш. пед. учеб. Заведений. М.:, 2015 г.