O'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA FAN, TA'LIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISHNING ASOSIY
YO'NALISHLARI
Alisher Xaydaraliyevich Alinazarov Dilshod Abdug'ofur o'g'li Qayumov Ulug'bek Inomiddin o'g'li Jo'rayev Namangan muhandislik-qurilish instituti
Annotatsiya: Maqolada O'zbekiston oliy ta'lim tizimida fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqilgan. Fan, ishlab chiqarish integratsiyasi va innovatsion hamkorlikni rivojlantirishda innovatsion uslublardan foydalanishni ta'minlash muhim ahamiyat kasb etishi, ilg'or xorijiy tajribalar asosida ilmiy tadqiqot samaradorligini fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi orqali takomillashtirishning samarali yo'llari ko'rsatilgan.
Kalit so'zlar: takomillashtirish, yo'nalish, integratsiya, innovatsiya, korporativ hamkorlik, oliy ta'lim, fan, ishlab chiqarish, sifatli ta'lim
THE MAIN DIRECTIONS OF IMPROVING THE INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND WORK IN THE HIGHER EDUCATION
SYSTEM OF UZBEKISTAN
Alisher Xaydaraliyevich Alinazarov Dilshod Abdug'ofur o'g'li Qayumov Ulug'bek Inomiddin o'g'li Jo'rayev Namangan engineering-construction institute
Abstract: The main directions of improving the integration of science, education and production in the higher education system of Uzbekistan are considered in the article. The importance of ensuring the use of innovative methods in the development of science, production integration and innovative cooperation, effective ways of improving the effectiveness of scientific research through the integration of science, education and production based on advanced foreign experiences are shown.
Keywords: improvement, direction, integration, innovation, corporate cooperation, higher education, science, production, quality education
Mamlakatimizda Oliy ta'lim tashkilotlarining pedagogik bo'lmagan bakalavriat ta'lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalari uchun ixtiyoriy ravishda o'zlashtiriladigan pedagogik tayyorgarlik modullarini ishlab chiqsin va amaliyotga
I icclT^^^^H 234 http://oac.dsmi-qf.uz
kiritish, barcha oliy ta'lim tashkilotlarida axborot-resurs markazlari bazasida mavjud darslik, o'quv-uslubiy va boshqa qo'llanmalar raqamli formatga o'tkazilib, ularning elektron platformasi shakllantirilishini ta'minlash hamda ular bo'yicha raqamli yagona axborot qidiruv tizimini joriy qilish, har bir fan kesimida ma'ruza, amaliy (seminar) va laboratoriya mashg'ulotlari, mustaqil ishlar bo'yicha elektron modullarni ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etish, davlat oliy ta'lim tashkilotlariga xorijiy talabalarni jalb etish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida ta'lim xorijiy tillarda olib boriladigan guruhlar salmog'ini bosqichma-bosqich oshirib borish choralarini ko'rish, xorijiy talabalarni davlat oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilishni yilda ikki marta semestrning boshida tashkil qilish vazifalari yuklatilgan [1].
Bugungu kunda yuqoridagilarni hisobga olib fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirish borasida quyidagi asosiy omillarni ajratib ko'rsatish mumkin:
- olimlar, professor-o'qituvchilar tarkibi, doktorantlar, izlanuvchilar, injener-texnik xodimlar, magistrant va talabalar ishtirokida bajarilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari;
- OTMda ilmiy tadqiqot natijalarini tadbiq etish strategiyasini ishlab chiqish;
- OTM uchun ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish hamda innovatsion faoliyatni tizimli tarzda takomillashtirib borish uchun trenerlar tayyorlash;
- OTMning xususityati, mintaqa muammolaridan kelib chiqqan holda innovatsion faoliyati istiqbolini aniqlash;
- Amaliyotda lisenzion shartnomalar tuzish tizimini joriy etish;
- OTMda ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish fondini tashkil etish;
- OTMda ilmiy tadqiqot faoliyatiga yoshlarni keng jalb etish bo'yicha alohida chora-tadbirlar ishlab chiqish;
- Korporativ hamkorliklarni rivojlantirish;
- Xalqaro aloqalarni rivojlantirishga alohida e'tibr berish;
- Tayanch OTM va ITI imkoniyatlaridan foydalanish;
- Yosh olim, KIXI va barcha tadqiqotchilar uchun ilmiy loyihalar tayyorlash va tadqiqot natijalarini impakt faktorli jurnallarga maqola yozish bo'yicha alohida kurslarni tashkil etish;
- Talabalar amaliyotlarini soxalar bo'yicha ishlab chiqarish va boshqa tashkilotlarda tashkil etish;
- Ish beruvchi tashkilotlarni talablari asosida maxsus kurslarni tashkil etish.
Bundan tashqari, oliy ta'lim muassasalari ilmiy-tadqiqot natijalarining eng asosiy
jabhalaridan biri - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishdir.
Respublikamizda fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirish yo'llarini ishlab chiqish maqsadida ilmiy tadqiqot faoliyatining SWOT tahlilini o'tkazamiz.
I [ccñ^^BI 235 http://oac.dsmi-qf.uz
S - (strength) - mamlakatimizda fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimining kuchli tomonlari
W - (weakness) - mamlakatimizda fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi
tizimining zaif, kuchsiz tomonlari
O - (opportunitu) - mavjud tizimni yaxshilash uchun imkoniyatlar T - (tnreat) - tizimni yaxshilash uchun to'siqlar
1. Oliy ta'lim, fan va ishlab chiqarish 1. Ish beruvchilar bilan o'zaro hamkorlikni yaxshi
innovatsion hamkorlikni amalga oshirishni yo'lga qo'yish;
tashkil etish to'g'risidagi yangi Nizomning 2. Berilayotgan bilimlarni amaliyot bilan
,£3 ishlab chiqilganligi; itu muvofiqligini ta'minlash;
If 2. Davlat tomonidan nazorat qilinishi. 3. Ish beruvchi vakillari ishtirokida ta'lim jarayonida
g o a master-klasslar o'tkazish;
m a O 4. Dars mashg'ulotlarida loyihaga asoslangan
topshiriqlardan keng foydalanish.
5. Ilmiy tadqiqoqtlarga ajratiladigan mablag'larni
oshirish.
1. "Oliy ta'lim, fan va ishlab chiqarish 1. Ishlab chiqarish korxonalariga ta'lim muassasasi
innovatsion hamkorlikni amalga oshirishni olimlari va talabalarini kirishiga imkoniyatlar
tashkil etish; yo'qligi;
m m 2. Amaliyotlarni yetakchi ta'lim va ilmiy ta 2. OTMning moddiy -texnika bazasini yaxshilash va
C muassasalarda talab darajasida tashkil I ilmiy-tadqiqotlarni o'tkazish uchun zamonaviy
<D £ etilmayotganligi va fan bilan ishlab chiqarish laboratoriya jihozlari bilan ta'minlanmaganligi;
o'rtasidagi integrasiyaning yetarli emasligi; 3. Malakaviy amaliyotlarni samaradorligini oshirish
3. Mutaxassislik fanlari bo'yicha tor sohada maqsadida tarmoq tashkilotlariga tajriba o'tkazish
chuqurlashtirilgan bilimlarni yetarli emasligi. uchun yuborishni yo'lga qo'yilmaganligi.
Fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi samaradorligiga oid SWOT tahliliga ko'ra quyidagi tavsiyalarni berish mumkin.
Bajarilgan loyiha ishida ilg'or xorijiy tajribalar asosida ilmiy tadqiqot samaradorligini fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi orqali takomillashtirishning samarali yo'llari sifatida quyidagilarni e'tirof etish mumkin.
Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-noyabrdagi "Oliy ta'lim, fan va ishlab chiqarish innovatsion hamkorlikni amalga oshirishni tashkil etish masalalari to'g'risida"gi 47-sonli majlisi bayonida Oliy ta'lim, fan va ishlab chiqarish innovatsion hamkorlikni tashkil etish mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga, fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor istiqbolli yo'nalishlariga mos kelishi zarurligi e'tirof etilgan holda, OTM va ITIlarda bugungi kunda bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari uchun eksperiment o'tkazishga zarur bo'lgan laboratoriya jihozlari hozirgi zamon talablariga javob bermaydi. Ayniqsa viloyatlardagi ilmiy tadqiqotchilar uchun yaratilgan moddiy texnika bazalari ancha eskirgan. Fan va ta'lim ishlab chiqarishdan orqada qolib ketgan. Yangi natijalar olish uchun ba'zan uzoq muddatli vaqt talab etiladi. Buning uchun, albatta qo'shimcha mablag'lar talab etiladi.
Oliy ta'limda mavjud salohiyatning asosiy qismi faqat o'quv jarayoni bilan bog'lanib qolgan, bunday vaziyatda ilmiy faoliyat bilan shug'illanishga vaqt qolmaydi.
I icclT^^^^H 236 http://oac.dsmi-qf.uz
Oliy ta'lim muassalari perofessor-o'qituvchilarining vaqt me'yorlarini ko'rib chiqish va ilmiy tadqiqotlar olib borishga alohida e'tibor qaratish lozim.
Professor-o'qituvchilar mutaxassisligi yo'nalishlari bo'yicha ishlab chiqarish korxonalari va muassasalardagi mavjud muammolar haqida yetarli ma'lumotlarga ega emas. Rspublikamizda ishlab chiqarish korxonalari va boshqa tashkilotlarning muammolari bazasini shakllantiruvchi va doimiy yangilab boruvchi internet tarmog'ini tashkil etish kerak.
Mintaqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda oliy ta'lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarini ishlab chiqarish va boshqa tashkilotlarda sinov tajribalari olib borishlariga sharoitlar yaratish lozim.
Fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi talablarini oliy ta'lim muassasasidagi kafedralarning xususiyatidan kelib chiqqan holda shakllantirish va amalga oshirish zarur.
Respublikamizda fan, ta'lim va ular orqali ishlab chiqarishda innovasiyalarni yaratish uchun integrasiyani eng yaxshi mexanizmini ishlab chiqish kerak.
1-rasm. Uch tomonlama integrasiya
Oliy ta'limda fan soxasining xususiyatidan kelib chiqqan xolda integrasiyani amalga oshirishi mumkin.
Ilmiy-tadqiqot ishlarni ta'lim muassasalarida, ilmiy markazlarda, xorijiy davlatlarning korxonalari va tashkilotlarida ikki taraflama yoki boshqa bitimlar asosida o'tkazishga ruxsat etilib, ilmiy tadqiqoqtlar mavzulari ta'lim soxalarining rivojlanish istiqboli va fan, ta'lim, texnika, texnologiya, iqtisodiyotdagi zamonaviy yutuqlar hamda kadrlar buyurtmachilarining talablarini hisobga olgan holda oliy ta'lim muassasasining mutaxassislar tayyorlovchi kafedrasi tomonidan belgilash maqsadga muvofiq bo'ladi.
Oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizasiyalash, ularni zamonaviy o'quv va ilmiy-laboratoriya jihozlari bilan ta'minlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo'nalishlari va mutaxassisliklarini maqbullashtirish, ta'lim standartlarini takomillashtirish hisobiga ta'lim jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarish, ilg'or pedagogik texnologiyalar va o'qitish
I ibiSi^^Bl ^37 http://oac.dsmi-qf.uz
shakllarini joriy etish, o'qituvchi kadrlar mehnatini rag'batlantirishni kuchaytirish asosida iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab qilinadigan oliy ma'lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga qaratish lozim. Shu bois ilmiy izlanuvchilarning kasbiy kompetentligini oshirish maqsadida institutning moddiy -texnika bazasini yaxshilashga harakat qilish va ularni qo'shimcha ravishda tegishli tarmoq tashkilotlariga tajriba o'tkazish uchun yuborish choralarini ko'rish kerak.
Ta'limda ilmiy tadqiqotni tashkil etishning zamonaviy uslublari bo'yicha so'nggi yutuqlarni o'rganish va tahlil etish asosida ta'lim tizimini modernizasiyalash, oliy ta'lim tizimini samaradorligini oshirishning muhim yo'nalishlari, o'quv-uslubiy jarayonga innovasiyalarni joriy etish, pedagoglarni zamonaviy bilim va amaliy ko'nikmalar bilan qurollantirish, ta'lim sifatini ta'minlashga nisbatan zamonaviy yondashuvlarni ta'lim amaliyotiga tatbiq etish bilan bog'liq masalalarni hal etishga alohida e'tibor qaratish zarur. Malaka oshirish markazlariga soxalarga mos ravishda ishlab chiqarish tashkilotlaridan ma'ruzachilarni jalb etish kerak.
Ilmiy-tadqiqot va innovasiya faoliyatini rag'batlantirish, ilmiy va innovasiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o'quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish orqali ilmiy tadqiqotni rivojlantirish va malakali kadrlarni tayyorlash mumkin.
Oxirgi yillarda Osiyo davlatlarining oliy ta'lim muassalari dunyo reytingida yuqorilab borishiga fan va ta'limga sarflanayotgan mablag' sabab bo'lmoqda. Osiyoning rivojlangan davlatlari ilmiy tadqiqot tajriba konstruktorlik ishlariga 2015 yilda 166 milliard dollar sarflagan bo'lsa 2022-yilga kelib 350 milliard dollar sarflagan.
Dunyo bo'yicha 2015-yilda sarflangan mablag'ning 35% ni tashkil etgan bo'lsa, bu kursatgich 2022-yilga kelib 42% ga yetdi va natijada Osiyo davlatlaridagi Oliy ta'lim muassasalari dunyo reytingida yuqoriga ko'tarila boshladi. Masalan: Tokio universiteti, Seul milliy universiteti, Kiyoto universiteti, Pekin universiteti, Tokio texnologiya instituti, Osaka universiteti, Poxang texnologiyalari universiteti va boshqalar kuchli 100 talikdan o'rin egallashgan. Demak, davlat byudjetidan mablag'larni ajratishni ko'paytirish va maqsadli ishlatishni tashkillashtirish fan va ta'limni rivojlanishiga asos bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108-son.
2. Юлдашев, Ж., Каюмов, Д., & Жураев, У. (2021). Олий таълим муассасаси профессор укитувчисининг маъруза утиш услуби ва узини тутиши. Экономика и социум, (1-2 (80)), 813-817.
I ПяЗ^^^^В] 238 http://oac.dsmi-qf.uz
3. Алиназаров, А. Х., Каюмов, д. д., & Худайбердиев, Н. Т. (2022). Олий таълим муассасаларида интеграция учбурчаги шаклланишининг халкаро тажрибаси. Oriental Art and Culture, 3(2), 278-283.
4. Alinazarov, A. X., Qayumov, D. A., & Dadamirzayev, O. I. (2022). Oliy ta'lim muassasalarida "integratsiya uchburchagi" va innovatsion-korporativ hamkorlikning o'ziga xos xususiyatlari. Oriental Art and Culture, 3(1), 191-196.
5. Юлдашев, Ж., Каюмов, Д., & Жураев, У. (2021). Укув жараёнини илмий асосда ташкил этишда талабаларнинг мустакил таълимини ривожлантиришнинг услубий асослари. Экономика и социум, (1-2 (80)), 802-806.
6. Yuldashev, J. G. (2021). Causes of decrease in pump performance. Theoretical & Applied Science, (5), 155-157.
7. Шукуриллаееич, М. А., Каюмов, Д. А. У., Абелкасимова, М. Х., & Насибжоиов, Ш. Ш. У. (2018). Проверка несущей способности изгибаемых железобетонных изделий по наклонному сечению. Science Time, (6 (54)), 42-44.
8. Мартазаев, А. Ш., Цаюмов, Д. А. У., & Исоцжонов, О. Б. У. (2017). Статический расчет грунтовых плотин. Science Time, (5 (41)), 226-228.
9. Алиназаров, А. Х., Каюмов, Д., & Дадамирзаев, О. (2021). Оптимизации режимов гелиотеплохимической обработки золоцементных композиций. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science, 2(5), 133-138.
10. Алиназаров, А. Х., Каюмов, Д. А., & Жалолдинов, А. А. (2020). Исследование эксплуатационных свойств золоцементных материалов с модифицированно-пластифицирующими добавками полифункционального действия. Экономика и социум, (3 (70)), 183-187.
11. Алиназаров, А., Атамов, А., & Хайдаров, Ш. (2021). Гелиотеплохимическое воздействие с учётом экзотермии в многокомпонентных цементных материалах. Annali d'Italia, (17-1), 55-59.
12. Алиназаров, А. Х. (2017). Энерго-и ресурсосбергаюшая технология получения строительных материалов и изделий методом гелиотеплохимической обработки. Монография, Москва: Русайнс, 118.
13. Алиназаров, А. Х., Мажидов, Н. Н., & Жураев, Х. А. (2017). Методика исследования по оптимизации режимов гелиотеплохимической обработки для высоконаполненных золоцементных композиций. Академическая публицистика, (5), 8-15.
14. Alinazarov, A. K., Alinazarova, M. A., & Gulyamov, A. G. (2002). Control over the thermal properties of fine composite materials in solar thermochemical treatment. Applied solar energy, 38(3), 75-77.
15. Алиназаров, А. Х., & Гулямов, А. Г. (2002). Свойства золоцементных композиций при механохимической активации. Проблемы механики, (5), 48.
239
http://oac.dsmi-qf.uz
16. G Jo'Rabek, Dilshod Abdug'ofur o'g'li, Abduvohid Abduvali o'g'li Abdusamatov (2022). Talabalarni o'z kuchiga ishonchini mustahkamlashda pedagogik ta'sirning ahamiyati. Oriental Art and Culture, 3(2), 724-728.
17. Рахимов, А. М., Абдурахмонов, С. Э., Мамадов, Б. А., & Каюмов, Д. А. У. (2017). Некоторые аспекты тепловой обработки бетона в районах с жарким климатом. Вестник Науки и Творчества, (3 (15)), 110-113.
18. Чулпонов, О., Каюмов, Д., & Усманов, Т. (2022). Марказдан кочма икки томонлама "Д" турдаги насосларни абразив емирилиши ва уларни камайтириш усули. Science and Education, 3(4), 304-311.
19. Дилшод Абдугофур Угли Каюмов (2021). Способы обработки глинистого сырья. Вестник Науки и Творчества, (6 (66)), 45-47.
20. Kh, A. A. (2021). Atamov AA Khaidarov Sh. E., Mathematical modeling of heliothermal processes in physico-chemical interaction with liquid media. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research, (7-5), 200-208.
21. AA Atamov, DA Qayumov, OI Dadamirzaev (2022). Oliy ta'lim muassasalarida iste'dodli talabalarni tanlash va ular bilan samarali ishlash yo'llari. Oriental Art and Culture, 3(4), 518-522.
240
http://oac.dsmi-qf.uz