MADANIYAT SOHASIDA INTEGRATSION TA'LIM KLASTERI
KONSEPSIYASI
Zohidjon Shuxrat o'gli Komilxo'jayev
Namangan davlat universiteti talabasi
Annotatsiya: ushbu maqolada madaniyat ta'lim sohasida bugungi kunda kadrlar tayyorlashdagi fan , ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasida tizimli integratsiya hosil qilish,mehnat bozoriga yetarli malakali madaniyatshunos mutaxasislarni yetkazib berish uchun integratsion ta'im klasterlarini tashkil qilish haqidagi takliflar hamda muammolar keltirib o'tilgan.
Kalit so'zlar: madaniyat, integratsiya, konsepsiya, mehnat bozori, xalq xo'jaligi.
THE CONCEPT OF INTEGRATED EDUCATIONAL CLUSTER IN
CULTURE
Abstract: in this article , proposals and problems on the establishment of integrated training clusters for the creation of systematic integration between science,education and production in the field of Culture Education Today, delivery of qualified specialists to the labor market have been discussed.
Key words: culture, integration, concession, Labor Market, national economy.
КОНЦЕПЦИЯ ИНТЕГРИРОВАННОЙ КУЛЬТУРЫ В ОБЛАСТИ
КУЛЬТУРЫ
Аннотация: в данной статье рассмотрены предложения и проблемы по созданию интегрированных учебных кластеров для создания системной интеграции науки , образования и производства в сфере образования культуры Сегодня,доставки квалифицированных специалистов на рынок труда.
Ключевые слова: культура, интеграция, концепция, рынок труда, народное хозяйство.
Bugun O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar provard natijasi ong-tafakkuri ozod inson shaxsini tarbiyalash ekan bu o'z o'zidan integratsion ta'lim klasterlari tuzishni taqazo etadi.
Integratsion ta'lim klasteri zarurati: O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish Harakatlar strategiyasining "Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari" deb nomlangan 4-qismi 4.1. bandida yaqin besh yilda aholini ish bilan bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, buning uchun esa "yangi ish o'rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlari bitiruvchilari bandligini ta'minlash" [1.] kabi vazifalarni hal etish ko'zda tutilgan. Bu masalalarni bugungi mehnat bozor tamoyillari asosida hal etishda "ta'lim-fan-ishlab chiqarish" innovasion hamkorligini amalga oshirish muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyulda "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3151-son qarori [2.] madaniyat sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari oldiga madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarda nafaqat malakaviy amaliyoti balki, ta'lim jarayonining amaliy, labaratoriya mashg'ulotlarini ijodiy ishlab chiqarish bilan birgalikda tashkil etish, shuningdek, ta'lim yo'nalishlari davlat ta'lim standartlari mazmunini madaniyat tizimidagi dolzarb muammolar yechimiga qaratish vazifasini qo'yadi.
Uchinchidan, jahon amaliyotida fan va ishlab chiqarish integrasiyasining eng asosiy texnik jihatlaridan biri texnopolislar, ilmiy parklar va texnoparklar hisoblanadi. Bularni o'zaro hamkorligi innovatsion jarayonlarni tashkil etishi uchun zaruriy sharoitlarni yaratishda, yangi turdagi sinov mahsulotlarini hamkorlikda ishlab chiqishga xizmat qiladi. Chunki, innovatsion loyihalarni amalga oshirishga kerakli jihozlar va moliyaviy resurslar bilan ta'minlashda fan va ishlab chiqarish integratsiyasi muhim omil hisoblanadi. Natijada, ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi innovatsion klasterlarni shakllanishiga xizmat qiladi.
Integratsiya - (lotincha. Integration -tiklash, to'ldirish, integer -butun so'zidan olingan ) sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining o'zaro bog'liqlik holatini hamda shunday holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushunchadir. Buni madaniyat ta'limiga tatbiqi bevosita talim va madaniy ishlab chiqarish uyg'unligini ifodalaydi.[3.]
Madaniyat sohasida integratsion ta'lim klasteri fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida amaliy ta'lim jarayonlarini tashkil etish, madaniyat sohasida ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish asosida etnoregional xususiyatlarni o'rganish, ta'lim mazmunini boyitish, o'quv adabiyotlarini yangi avlodini yaratish
hamda hududiy madaniyat muassasalariga metodik yordam ko'rsatishni nazarda tutuvchi institutsional tuzilma hisoblanadi.
Madaniyat sohasida integratsion ta'lim klasterining asosiy vazifasi madaniyat sohasida samarali vorisiylikni ta'minlash va yoshlarni madaniyat sohasiga bo'lgan qiziqishlarni rag'batlantirib borish, madaniyat sohasidagi ixtisoslashtirilgan maktab, oliy ta'lim muassasasalari pedagoglarini kasbiy tayyorgarligini amaliyotga tayangan holda va manfaatdor sub'yektlar bilan samarali aloqasini intensiv ta'minlagan holda olib borish, bo'lajak madaniyat muassasalari mutaxassislarini innovatsion tajribaga ega bo'lgan amaliyotlar bazasida tayyorlash muhitini yaratish, yosh mutaxassislarning kasbiy ko'nikmalarni egallash davrini qisqartirish, talabalarni bugungi jadal rivojlanish jarayonlarida bevosita ishtirok etishini ta'minlash, pedagogik ta'limda yangi avlod o'quv, o'quv-metodik, ilmiy adabiyotlar, vositalar va didaktik materiallar majmuasini yaratish, shuningdek, yaratilgan adabiyotlarni turlari bo'yicha ekspertizadan o'tkazish, madaniyat sohasidagi oliy ta'lim muassasalari ilmiy salohiyatini oshirish, madaniyat ta'limini rivojlantirishning dolzarb masalalari atrofida intellektual resurslarni integrasiyalash, ta'lim, fan va amaliyotning turli shakl va turlarini izlab topish va ta'limga tatbiq etish, madaniyat sohasida tarbiyaviy faoliyat uzviyligini ta'minlovchi mexanizmlarni takomillashtirish, madaniyat muassasalarining hamkorlikdagi faoliyati, jumladan ta'lim bilan aloqadorlik, bog'liqlik va hamkorlik zaruriyatini ilmiy asoslashdir.
Madaniyat sohasida integratsion ta'lim klasteri to'rt muhitni o'z ichiga oladi. Birinchi muhit bu madaniyatda vorisiylik: madaniyat sohasida samarali vorisiylikni ta'minlash va yoshlarni madaniyat sohasiga bo'lgan qiziqishlarni rag'batlantirib borishni qamrab oladi.
Ikkinchi muhit bu madaniyat sohasida sifatli integratsion ta'lim muhiti bo'lib, madaniyat sohasidagi ixtisoslashtirilgan maktab, oliy ta'lim muassasasalari pedagoglarini kasbiy tayyorgarligini amaliyotga tayangan holda va manfaatdor subyektlar bilan samarali aloqasini intensiv ta'minlagan holda olib borish, bo'lajak madaniyat muassasalari mutaxassislarini innovatsion tajribaga ega bo'lgan amaliyotlar bazasida tayyorlash muhitini yaratish, yosh mutaxassislarning kasbiy ko'nikmalarni egallash davrini qisqartirishni qamrab oladi.
Uchinchi muhit bu o'quv adabiyotlari yangi avlodini yaratish muhiti bo'lib, bu pedagogik ta'limda yangi avlod o'quv, o'quv-metodik, ilmiy adabiyotlar, vositalar va didaktik materiallar majmuasini yaratish, shuningdek, yaratilgan adabiyotlarni turlari bo'yicha ekspertizadan o'tkazishni qamrab oladi.
To'rtinchi muhit bu madaniyat sohasida ilmiy tadqiqot markazi bo'lib, madaniyat sohasidagi oliy ta'lim muassasalari ilmiy salohiyatini oshirish, madaniyat ta'limini rivojlantirishning dolzarb masalalari atrofida intellektual resurslarni integrasiyalash, ta'lim, fan va amaliyotning turli shakl va tur larini izlab topish va ta'limga tatbiq etish, madaniyat sohasida tarbiyaviy faoliyat uzviyligini ta'minlovchi mexanizmlarni takomillashtirishni qamrab oladi.
Beshinchi muhit bu metodik xizmat bo'lib, hududiy madaniyat muassasalariga metodik xizmatni tashkil etishni qamrab oladi.
• Loyihani amalga oshirish mexanizmi quyidagicha bo'ladi:
• Klaster konsepsiyasini ishlab chiqish;
• Klaster uchun etakchi muassasani tanlash;
• Klaster subyektlarini shakllantirish;
• Klaster faoliyati yo'nalishini belgilash;
• Klaster tadqiqot ishlari;
• Qo'llab-quvvatlash.
Madaniyat ta'limidagi talabalar, magistrantlar va doktorantlar amaliyot o'taydigan, ta'limiy, ilmiy tadqiqotchilik, innovatsion va loyihalashtirish faoliyatini olib boradigan o'quv va tajriba eksperimental baza vazifasini o'taydigan madaniyat muassasalari; hamkorlikdagi ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug'ullanayotgan va uni belgilaydigan ilmiy va ilmiy-metodik tuzilmalar, markazlar, ilmiy tadqiqot institutlari; madaniyat sohasidagi tashabbuskor jamoalar, jamoat birlashmalari, davlat va nodavlat tashkilotlari; madaniyat sohasidagi xorijiy oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlar klaster tizimida ishtirok etuvchi sub'ektlar hisoblanadi.
Integratsion ta'lim klasteri ishtirokchilarini rag'batlantirish integratsion ta'lim faol ishtirokchisi bo'lgan va fanlarni a'lo baholarga o'zlashtirgan talabalar uchun rektor stipensiyasini joriy qilish hamda ularni o'z mutaxassisligi bo'yicha magistraturaga imtiyozli qabul qilish, integratsion ta'lim jarayonida ishlab chiqilgan ishlanmalarni chop etish va targ'ib qilish uchun oliy ta'lim muassasalarida nashriyotlar tashkil etish, integratsion ta'limda ishtirok etgan ishlab chiqarish muassasasi hodimlarining amaliyotga rahbarlik va boshqa turdagi o'quv faoliyati uchun haq to'lash tizimini joriy qilish shaklida rag'batlantirilishi mumkin.
Xulosa sifatida shuni alohida qayd etish joizki, integratsion ta'lim klasteri nafaqat milli madaniyatni rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish, balki madaniyat sohasida samarali ta'limning ham kafolati bo'la oladi. O'z navbatida aholi turmush madaniyatining o'sishiiga ham salmoqli hissa qo'shadi.
REFERENCES
1. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi PF-4947-son farmoni // Xalq so'zi, 2017 yil 8 fevral 2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyulda "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3151-son qarori// Xalq so'zi, 2017 yil 28 iyul
3.Nazarova G. Xalqaro iqtisodiyot integratsiya -Toshkent: Tafakkur-2010.-B.36.
4. O'zbekiston Respublikasida Ijtimoiy madaniy faoliyatning dolzarb muammolari va istiqbollari// Respublika ilmiy- amaliy konferensiya materiallari - Namangan 2018.