Научная статья на тему 'FAN-TAʼLIM-ISHLAB CHIQARISHDA INTEGRATSIYON YONDASHUV'

FAN-TAʼLIM-ISHLAB CHIQARISHDA INTEGRATSIYON YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

1180
173
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
integratsiya / inovatsiyon texnalogiyalar / Ilm-fan / texnologik va korporativ pozitsiyalar / integratsion ta’lim klasteri

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Avazbek Abdurashid Oʻgʻli Yoʻldoshev

Fan-taʼlim-ishlab chiqarishni integratsiya qilishda uchrayotgan muammolarni bartaraf qilish va integrasiyalash jarayoni yakunida ko‘zda tutilgan istiqbollar haqida mulohaza qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FAN-TAʼLIM-ISHLAB CHIQARISHDA INTEGRATSIYON YONDASHUV»

FAN-TA'LIM-ISHLAB CHIQARISHDAINTEGRATSIYON YONDASHUV

Avazbek Abdurashid o'g'li Yo'ldoshev

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti, Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi kafedrasi magistranti [email protected]

ANNOTATSIYA

Fan-ta'lim-ishlab chiqarishni integratsiya qilishda uchrayotgan muammolarni bartaraf qilish va integrasiyalash jarayoni yakunida ko'zda tutilgan istiqbollar h aqida mulohaza qilinadi.

Kalit so'zlar: integratsiya, inovatsiyon texnalogiyalar, Ilm-fan, texnologik va korporativ pozitsiyalar, integratsion ta'lim klasteri.

KIRISH

Hozirgi vaqtda yurtimiz iqtisodiyoti va uning ishlab chiqarish salohiyati jahon talablariga mos ravishda shakillanib bormoqda. Iqtisodiyot tarmoqlarini o'zaro integratsiyalash jahon talablariga mos ravishda faoliyat yurishning asosi hisoblanadi.

Nafaqat iqtisodiy sohani balki ilm-fan va ta'limni ham bevosita iqtisodiyotimiz ishlab chiqarish salohiyatimiz bilan bog'liq holatda amalga oshirish uni jahon talablarga mos ravishda shakilantrish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi kunda integratsiya atamasi jahonda turli sohalarni, masalan, ijtimoiy, mintaqaviy, iqtisodiy, diniy, irqiy, tashkiliy integratsiya kabi sohalarni qamrab oladigan ijtimoiy tushuncha sifatida ishlatilinmoqda.

So'ngi vaqtlarda ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar provard natijasi ong-tafakkuri ozod inson shaxsini tarbiyalash ekan bu o'z o'zidan integratsion ta'lim klasterlari tuzishni taqazo etadi. Shu o'rinda yuqoridagi barcha jarayonlarni tahlil qilgan holatda maqolada fan-ta'lim-ishlab chiqarish integratsiyasi va istqbollari haqida fikir yuritamiz. Quyida:

> Integratsiya o'zi nima?

> Ta'lim tizimidagi ahamiyati nimada?

> Ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarishda integratsiya qanday amalga oshiriladi? Kabi savollarga javob olishingiz mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Integratsiya lotincha integratio - tiklash, to'ldirish hamda integer - butun so'zlaridan kelib chiqqan bo'lib, qismlarni bir

December, 2022

668

butunga aylantirish uchun ularni birlashtirish, qo'shish yoki bir-biriga almashtirish harakatidir[1].

Ta'limda integratsion yondashuvning zarurati: O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish to'g'risidagi Harakatlar strategiyasining "Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari" deb nomlangan 4-qismini 4.1. bandida yaqin besh yilda aholini ish bilan bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, buning uchun esa "yangi ish o'rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlari bitiruvchilari bandligini ta'minlash"[2] kabi vazifalar belgilab qo'yilgan edi.

Sh.M.Mirziyoyevning "YANGI O'ZBEKISTON STRATEGIYASI" nomli asarida sifatli ta'lim - inson kapitalini rivojlantirishning xal qiluvchi omili to'g'risida gapirib, bunda uzluksiz ta'lim tizimi uchun milliy o'quv dasturini joriy etish, ta'lim sifatini oshirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e'tibor berib o'tgan[3]. Bu masalalarni bugungi mehnat bozori tamoyillari asosida hal etishda "fan-ta'lim-ishlab chiqarish" innovasion hamkorligini amalga oshirish muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Xususan, davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev raisligida joriy yilning 16 iyun kuni oliy ta'lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida 4 ta ustuvor vazifani ko'rsatib o'tdi:

Birinchisi - oliy ta'lim muassasalari boshqaruv kengashlarining rolini oshirish va kafedralar vakolatlarini kengaytirish.

Ikkinchisi - o'quv jarayonini bozor talablariga moslashtirib, ishlab chiqarish bilan uzviyligini ta'minlash va talabaning o'z ustida ishlashi uchun muhit yaratish.

Uchinchisi - oliy ta'lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish.

To'rtinchisi - professor-o'qituvchilar va talabalar uchun qog'ozbozlikni kamaytirish, sohani raqamlashtirish orqali byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish. Bu vazifalarni samarali bajarish uchun oliy ta'lim muassasalariga akademik va tashkiliy-boshqaruv bo'yicha mustaqil qaror qabul qilish vakolati berilishi ta'kidlandi va amalyotga tadbiq etilmoqda.

Shuningdek, integratsiyalashgan ta'lim-tarbiya, fanlararo aloqalaming ayrim jihatlari mashhur pedagoglaming (Y. Komenskiy, O. Lokk, I. Gerbart, M. Pestalossi, K. Ushinskiy va boshq.), didaktiklarning (Zverev, MA Oanilov, V.N. Maksimova, S.P. Baranova, M.N. Skatkin va boshq.), psixolog olimlarning (E.N. Kabanova, Meller, N.F. Talizina, Y.A. Samarina, G.1. Vergeles), medist olimlaming (M.R. Lvov, V.G. Goreskiy, N.N. Svetlovskaya, Y.M. Kolagin, G.N. Pristupova) ishlarida ko'rib chiqilgan[4, 215-217].

December, 2022

669

TAHLIL VA NATIJALAR

20-asrda avtonom ilmiy-tadqiqot institutlari mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tizimi tahlilini yuritgan holatda unga mos ravishdagi nazaryalarni amalyotga joriy etish bilan shug'ulangan. Mutaxassislar tayyorlash bilan shug'ullanadigan universitet va institutlar keng ko'lamli tadqiqotlar bilan shug'ullanmagan. Shuningdek, 21-asr boshlarida ta'lim va tadqiqot bir-biridan ajralib turgan mamlakatlar oliy ta'lim muasasalaridan yetishib chiqgan kadrlarining raqobatbardoshligi va innovatsion texnologik ishlanmalarning rivojlanishi bilan bog'liq jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechira boshladilar. Shu vaqtdan ayrim malakatlarda ilm-fan va boshqa ta'lim muassasalar o'rtasidagi integratsiya jarayonlarini kuchaytirish boshlandi. Innovatsion tipdagi iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida ushbu sohadagi vaziyat sezilarli darajada o'zgardi.

Tadqiqot mehnat bozorida talabga ega bo'lgan mutaxassislarni tayyorlash uchun asos bo'lishi kerak. Shunday qilib, ilmiy tadqiqot markazlari nafaqat ilmiy bilimlarni yaratish va tarqatish, balki ishlab chiqarishda kadrlar, texnologik va korporativ pozitsiyalarni shakllantiradi hamda amalyotda uzviy qo'llab boradi.

MUHOKAMA

Mamlakatimizda ta'lim sifatini oshiгishda fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini asosiy omil sifatida foydalanishga e'tibor kuchaydi. Shuning uchun kadrlar tayyoгlash sifatini oshirish va unda fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasining roli, uning xalqaгo tajгibasini o'гganish hamda ilg'or xoгijiy tajгibadan foydalanish bo'yicha tavsiyalaг ishlab chiqish dolzarb masalaga aylanmoqda.

Fan va ishlab chiqarishning integгatsiyasi hamda o'zaгo hamkoгligi masalasini tadqiq etish xorijiy olimlaг tomonidan o'rganilib kelinmoqda. Lekin ular tadqiqotlari bilan tanishish mazkur masalaga turli yondoshuv va qarashlar mavjudligini kursatadi. Moddiy mahsulotdan farqli гavishda oliy ta'limda kadrlar tayyoгlash jaгayoni va uning sifatini aniqlash juda ko„p o'ziga xos xususiyatlarga ega.

Kadrlar tayyorlash va uning sifatini oshirish masalalarini tadqiq etgan mahalliy hamda xorijiy olimlar asosan mavzuga sotsiologik va pedagogik nuqtai-nazardan yondoshganlar. Fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi va uning ta'lim sifati hamda mehnat bozori talabiga moslashuvchan kadr tayyorlashdagi roli va uning samaradorligini oshirishda iqtisodiy-huquqiy mexanizmlardan foydalanish masalalari o'rganilmagan.

Oliy ta'limda fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasining ta'lim sifatiga ta'sirini baholash va ushbu

December, 2022

6?0

mexanizmdan samarali foydalanish yo'llarini belgilashga oid tavsiyalar berish maqsadida avvalo ta'lim sifati tushunchasi mazmuni to'g'risidagi qarashlarni o'rganish zarur. Ta'lim sifati, uning mazmuni va fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi to'g'risidagi qarashlarni o'rganish asosida ta'lim sifatini yaxshilashdagi rolini oshirishga oid taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish mamlakatimizda ta'lim-tarbiya sohasidagi ishlar bo'yicha belgilangan ustuvor vazifalar maqsadga muvofiqdir.

Akademik A.Novikov fikricha, «Ta'lim sifati deganda - me'yoriy talablar, ijtimoiy va shaxs ehtiyojlariga mos keladigan ta'lim natijasi darajasini ifodalovchi kursatkichlar tizimi tushiniladi»[5]. Olimning fikricha ta'lim sifati komponentlari me'yoriy talablar, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojdan iborat. Uni baholash uchun esa ushbu komponentlar darajasini ifodalovchi kursatkichlar tizimini aniqlash zarur.

A.M.Katsning fikricha "Ta'lim sifati shaxs, jamiyat va davlatning belgilangan talablarini qondirish darajasini ifodalovchi ta'lim elementlari yig'indisi" hisoblanadi [6].

V.A.Malkova "Ta'lim sifati - o'quvchining mavjud ijtimoiy sharoitlarga moslashishini ifodalovchi munosabatlar tizimi", degan qarashni ilgari surgan [7]. Fikrlar va qarashlarni umumlashtiradigan bo'lsak, ta'lim sifatida shaxs, jamiyat hamda davlat manfatlari uyg'unligini ta'minlanishi muhim jihat hisoblnmoqda.

Demak, bu borada yetarlicha tariflar va nazaryalar mavjud. Bu muammolarni yo'qotish va ta'lim orqali fanni, fan orqali ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun integratsiyani amalga oshirish zarur.

V.A.Slastyoninning fikricha, "innovatsiya" maqsadga qaratilgan o'zgarish bo'lib, qo'llanish sohasidagi tizimni bir holatdan sifat jihatdan yangi holatga o'tkazish, uni tubdan takomillashtirishni, innovatsion jarayon-yangilikni yaratish, o'zgartirish, qo'llash va tarqatishdagi kompleks faoliyatni anglatadi [8]. Innovatsiyalar nafaqat ta'limni balki, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida ham ijobiy o'zgarishlarga olib keladi.

XULOSA

Ta'lim jarayonida yangi bilimlarning fanlararo sintez jarayoni juda sekin kechib, ba'zida u bir qancha o'n yilliklarga teng davrni qamrab oladi. O'quv jarayonida o'qituvchi bir yoki bir necha mashg'ulot, yoki hatto bir necha daqiqa ichida talabani ilgari turli fanlariga oid o'zlashtirilgan bilimlarga tayanuvchi sub'ektiv yangi bilimga — olib kelishi kerak bo'ladi. Ya'ni, bilimlarni tayyor holatida berish emas, balki ularning sintezi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Bu vazifani

December, 2022

6?l

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

amalga oshirishning texnologik usullaridan biri bir sohaga oid bilimlarni boshqasiga olib o'tish bilan bog'liq bo'lib, u fanlararo aloqalarni o'rnatishning asosiy mexanizmi hisoblanadi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda yashirin aloqadorlik va bog'lanishlarni aniqlay bilish, fanlararo bog'lanish, ya'ni uzviylikni ta'minlash bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan biridir. Chunki fanlararo aloqadorlik ta'minlangan holda, darsni tashkil qila olgan o'qituvchi o'quvchilarda o'zining faniga bo'lgan qiziqishini oshiribgina qolmasdan, mazkur fanni o'zlashtirishga yordam beradi.

Ilmit tadqiqot markazlari, oliy ta'lim muasasalari va ishlab chiqarish korxonalarida faoliyat yuritayotgan har bir shaxs, rahbar va ilmiy xodim integratsiya va innavatsion- korporativ hamkorlik yordamida sifatini ta'minlash uchun zamonaviy yondashuvlar asoslarini bilishlari maqsadga muvofiq.

Bunday yondashuvlar asosida o'quvchilarga ta'lim dargohlarida olgan bilimlarini limiy tadqiqot muasaslarida mustahkamklash, ishlab chiqarish soha va tarmoqlarida amaliy jihatdan ko'rib chiqish imkonyati yaratilgan bo'lar edi.

REFERENCES

1. Nazarova G. Xalqaro iqtisodiyot integratsiya -Toshkent: Tafakkur-2010.-B.36.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi PF-4947-son farmoni // Xalq so'zi, 2017 yil 8 fevral.

3. Sh.M.Mirziyoyev "YANGI O'ZBEKISTON STRATEGIYASI". -Toshkent. "O'zbekiston" nashriyoti, 2021. 464 bet.

4. Yo'ldoshev, A. (2022). Uyg'onish davri va uchunchi renessans poydevori: vorisiylik va o 'ziga xoslik. Markaziy osiyo uyg'onish davri ilm-fan va madaniyatini tadqiq etishning dolzarb muammolari xalqaro ilmiy anjumani.

5. Новиков А.М., Д.А. Новиков, «Как оценивать качество образования?», www.anovikov.ru, (Муаллиф таржимаси).

6. Кац А.М. www.mathnet.ru/at13796автор: АМ Кац. Теория и применение регуляторов скорости с упруго-присоединенным катарактом. А. М. Кац. Центральный научно-исследовательский дизельный.

7. Малькова В.А. studopedia.ru/11_140699_vnmalkova.html13 июн. 2015 г. -Новое понимание качества образования формируется в ответ на вызовы со стороны мирового сообщества, страны, области, города.

8. В.А. Сластёнин и др. Педагогика: учеб.пособие для студ.

высш. пед. учеб. Заведений. М.:, 2015 г. "Oriental Art and

December, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022 ISSN 2181-063X

9. G'afforova, G., & Yoldoshev, A. (2022). Klaster tushunchasining falsafiy mohiyati. International scientific and practical conference 'Modern psychology and pedagogy: problems and solutions'.

10. Berkinov, O. T. (2022). Changes in media cultureand human thinking. Инновации в технологиях и образовании: XV Международная научная конференция.

11. Berkinov O.T. (2022). Ijtimoiy tarmoq: yoshlar va "kelajak" // NamDU ilmiy Axborotnomasi, 3-son, -B.181-187.

12. Yo'ldoshev, A. (2022). Ta'limga e'tabor - kelajakka e'tibor. Barqaror rivojlanishda uzluksiz ta'lim: muammo va yechimlar xalqaro ilmiy-amaliy anjumani.

13. uz.wikipedia.org

14. yuz.uz

December, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.