Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARI RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNING TARKIBIDA TA’LIM SIFATI OMILINING ROLI'

OLIY TA’LIM MUASSASALARI RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNING TARKIBIDA TA’LIM SIFATI OMILINING ROLI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsion / strategiya / moddiy – texnika / PEST / demografiya / inson kapitali.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Babayeva Nargiza Muzafarovna, Po’Latova Dilnozaxon Xasanovna

Ushbu maqola bugungi kunda oliy o’quv yurtining rivojlanishi ilmiy tadqiqotlar va tajriba – konstruktorlik ishlanmalardan boshlab innovasion mahsulotni ommaviy ishlab chiqarish yoki innovasion texnologiyalar qo’llash bilan yakunlanadigan innovasion jarayonni tezlashtiruvchi sharoitlar va omillar kompleksining tizimli o’zaro ta’siriga bog’liq.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARI RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNING TARKIBIDA TA’LIM SIFATI OMILINING ROLI»

OLIY TA'LIM MUASSASALARI RIVOJLANISHIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLARNING TARKIBIDA TA'LIM SIFATI

OMILINING ROLI

1Babayeva Nargiza Muzafarovna, 2Po'latova Dilnozaxon Xasanovna

1Qoqon DPI, Ta'lim menejmenti kafedrasi, DSc, dots.

2Qo'qon DPI, TMB yo'nalishi magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.11181852 Annotatsiya. Ushbu maqola bugungi kunda oliy o'quv yurtining rivojlanishi ilmiy -tadqiqotlar va tajriba - konstruktorlik ishlanmalardan boshlab innovasion mahsulotni ommaviy ishlab chiqarish yoki innovasion texnologiyalar qo'llash bilan yakunlanadigan innovasion jarayonni tezlashtiruvchi sharoitlar va omillar kompleksining tizimli o'zaro ta'siriga bog'liq.

Kalit so^zlar: innovatsion,strategiya, moddiy - texnika, PEST, demografiya, inson kapitali.

Oliy ta'limning rivojlanishi bo'yicha tadqiqotlar omillar va ularning OTM rivojlanishga ta'sir etish yo'nalishlari xilma-xilligini o'rganish zarurligini taklif qiladi.

Shuni ta'kidlash kerakki, omillarni samarali boshqarish OTMning innovasion rivojlanish sifati va samaradorligiga bog'liq bo'lib, aniq va dalillarga asoslangan omillar tizimining yo'qligi ishlanmalar va OTMda innovasion strategiyani amalga oshirish natijadorligini pasaytiradi. Kelib chiqish manbalari ko'ra omillarni tasniflash tizimli yondashuv nuqtai - nazaridan diqqatga loyiqdir. Oliy ta'lim muassasalari innovasion faoliyati jarayonida innovasion rivojlanishning tashqi va ichki omillarini inobatga olish kerak.

Oliy ta'lim muassasasi innovasion rivojlanishining tashqi omillariga OTM innovasion faoliyati tashkil etishda bevosita ishtirok etadigan va uning uyg'unligi hamda samaradorligini ta'minlashga ta'sir etadigan kuchlar va omillar kiradi. Tashqi omillarning o'ziga hos eng muhim jihati turli omillar ta'sirida o'zgaruvchi tavsiflar va atrof-muhit xususiyatlaridadir. atrof-muhit mulki ijobiy ta'sir ko'rsatadi

Atrof muhitning bunday hususiyati oliy ta'lim muassasasi faoliyati va uning innovasion rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. O'z navbatida, tashqi muhitda zaruriy o'zgarishlarning yo'qligi oliy ta'lim muassasasiga salbiy ta'sir qilib, uning innovasion rivojlanishini sekinlashtiradi.

Bizningcha, innovasion rivojlanishning tashqi omillariga quyidagilarni kiritish mumkin:

- OTMning hukumatning davlat, hududiy va mintaqaviy organlari bilan o'zaro aloqasi;

- OTMning sanoat tashkilotlari bilan o'zaro hamkorligi;

- Mintaqa, mamlakat va umuman dunyo OTMlari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;

- Yoshlar bilan o'zaro munosabatlar va ularning innovasion faoliyatga jalb etish; Universitetlarning davlat organlari bilan hamkorligi shahar, viloyat va mintaqaviy masalalarni hal etishda uzoq muddatli sheriklik aloqalarini o'rnatish va rag'batlantirish orqali amalga oshiriladi. Boshqa sheriklar bilan o'zaro munosabatlar ham alohida mintaqa va umuman mamlakatni rivojlantirish hamda ishlanmalar va innovasiyalarni joriy etish uchun manfaatli qulay shart-sharoitlar yaratadi. Xamkorlikni kuchaytirish ilmiy tadqiqot natijalari va nou-xau lardan o'zaro manfaatli foydalanishga ko'maklashadi.

Tashqi muhit omillarini PEST - tahlili yordamida, ya'ni siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik omillar tahlili orqali tasniflash maqsadga muvofiqdir. Ushbu omillar ichidan OTM

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INNOVATIVE MANAGEMENT IN THE EDUCATION SYSTEM: INTERNATIONAL AND NATIONAL

CONCEPTS", MAY 16, 2024

innovasion rivojlanishiga bevosita ta'sir ko'rsata oladigan omillarni ajratib olamiz. Bundan tashqari, fikrimizcha, omillarning anbanaviy guruxlarini innovasion infratuzilma omillari bilan to'ldirish zarur, chunki infratuzilmani rivojlanganligi darajasi OTM innovasion faolligiga ta'sir etadi. Ushbu omillarga axborot omillari, global omillar kiradi.

Fikrimizcha, qo'yida keltirilgan omillar tizimi oliy ta'lim muassasasiga tashqi muhit ta'sirini to'laqonli aks ettiradi.

Jadval 2

Oliy ta'lim tizimi rivojlanishiga ta'sir etuvchi tashqi omillar tizimi Siyosiy

OTM innovasion faoliyatiga xukumat munosabati OTM faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy va boshqa xujjatlar OTM innovasion faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish darajasi (siyosat maqsadlari bilan muvofiqligi) Iqtisodiy

Inson kapitali, fan va innovasion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi va qo'llab-quvvatlanishi

OTM faoliyatiga investisiyalar

Xududning yuqori texnologik kompaniyalari faoliyati

Texnologik

Fan - texnika taraqqiyoti holati va darajasi Xududdagi tashkilotlarning tadqiqot faolligi darajasi Xududdagi kompaniyalarning innovasion faolligi darajasi Texnologiyalarni rivojlanish tendensiyalari Ijtimoiy

Hudud aholisining innovasion faolligi ko'rsatkichlari

Oliy ta'lim tizimi hizmatlariga talab va abiturientlar kontingentini shakllanishiga ta'sir etadi Infratuzilmaviy

Xududdagi innovasion infratuzilmaning rivojlanish darajasini tavsiflaydi Global

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INNOVATIVE MANAGEMENT IN THE EDUCATION SYSTEM: INTERNATIONAL AND NATIONAL

CONCEPTS", MAY 16, 2024

OTM o'quv jarayonida ta'lim muassasasini bilimlar iqtisodiyotiga o'tish zararligi bilan ifodalanadi Axborot

Axborot xajmini o'sishi va internet tarmoqlarini rivojlanishi axborot texnologiyalarni o'quv jarayonga joriy etish zaruratini yuzaga keltiradi

Oliy ta'lim muassasasining ichki innovasion muhitini rivojlanishi masalasida ham, ichki muhitni ham o'zgarishlarga moyilligini qayd etish mumkin. Buning uchun ichki omillarni o'rganib chiqish zarur bo'ladi. Oliy ta'lim muassasa rivojlanishining ichki omillari deb OTM tomondan yaratilgan va nazorat qilinadigan omillar va sharoitlarga aytiladi. OTMning asosiy maqsadi tashqi muhit omillarnini taxlil qilish asosida ichki omillarni ta'lim muassasasining raqobatbardosh ustuvoliklariga aylantira bilish hisoblanadi.

Oliy ta'lim muassasasi rivojlanishining ichki omillari tizimi 3-rasmda tasvirlangan.

tashkiliy - texnologik

moddiy -texnik

motivatsion - psixologik

ilmiy - innovatsion

OTM innovatsion rivolanishining ichki omillari

innovatsion faoliyat

xalqaro faoliyatda ishtirok

ta'lim sifati

inson kapitali sifati (PO' va talabalar)

OTM faoliyatini boshqarish tizimi sifati

Rasm-3. Oliy ta'lim tizimi rivojlanishiga ta'sir etuvchi ichki omillar tizimi Yuqoridagi rasmlarda ko'rib turganimizdek, oliy ta'lim muassasasi rivojlanishiga ta'sir etuvchi tashqi va ichki omillarning aksariyati ta'lim sifatini tashkil etuvchilari bo'lib, ularning bevosita ijobiy ta'siri natijasida oliy ta'lim sifati ham ta'minlanadi.

Ko'pgina omillar o'zaro ham ta'sir ko'rsatib, OTM ta'lim hizmatlari samaradorligini kuchaytirishi yoki zaiflashtirishi mumkin. Ushbu omillarning ta'sirini yanada aniqroq tasavvur qilish uchun ularni SWOT-tahlil usuli yordamida o'rganib chiqamiz. (jadval -4 )

Jadval 4

OTM ta'lim hizmatlari sifati va samaradorligining SWOT-tahlili

Kuchli tomonlar Zaif tomonlar

■ Tayyorgarlik yo'nalishlarining keng ■ O'quv maydonlarining etishmasligi

spektri ■ Moddiy bazani eskirishi

■ SHartnoma va grantlar bo'yicha ITIning ■ PO' konservatizmi

katta hajmi ■ Intelektual mulk sohasidagi faoliyatning

■ Moddiy - texnik bazaning yuqori darajasi past samaradorligi

■ PO' va ma'muriy hodimlar tarkibining ■ Pedagog kadrlar etishmovchiligi

kompetentligi ■ O'qitishning interfaol usullaridan

■ Uzluksiz ta'lim olish imkoniyatlari etarlicha foydalanmaslik.

■ Pulli hizmatlarni ko'rsatish orqali ■ Mehnat va ta'lim hizmatlari bozorining

byudjetdan tashqari mablag'larni jalb etish muntazam monitoringi tizimining mavjud

imkoniyati emasligi

■ O'quv jarayonida ahborot ■ Qo'shni hududlarda etarlicha faol

texnologiyalaridan keng foydalanish bo'lmagan ish olib borish

imkoniyati ■ Professor - o'qituvchilarning past

■ Filiallar keng tarmog'i pedagogik tayyorlovi natijasida

■ Ta'lim sifati va OTM faoliyati kompetent yondashuvga o'tishning

samaradorligini baholashning zamonaviy maqsadga muvofiqligini tushunmasligi

usullaridan foydalanish ■ Belgilangan maqsadlarga erishishning

■ OTMning hududdagi ijobiy imidji aniq mezonlari mavjud emasligi

■ Hududdagi korxona va tashkilotlar bilan

hamkorlik

■ Horijiy OTMlar bilan xamkorlik

■ Hodimlar va professor - o'qituvchilarda

motivasiyaning mavjudligi

■ Strategik yondashuv

Imkoniyatlar Tahdidlar

■ Ta'lim dasturlari va hizmatlar diapazonining Ta'lim hizmatlari bozoridagi yuqori raqobat

kengligi ■ Bir qator ta'lim yo'nalishlari

■ Hudud uchun yangi bo'lgan ta'lim bitiruvchilariga talabning mavjud emasligi

yo'nalishlarining ochilishi YUqori malakali mutahassislarni ketib

■ O'quv - laboratoriya bazalarining kapital qolishi

qurilishi ■ Byudjet moliyalashtirishining qisqarishi

■ Doktoranturani rivojlantirish

■ Malakali kadrlarni jalb qilish va ushlab qoshish Mamlakatdagi ijtimoiy va demografik

maqsadida o'y-joylarni qurish inqiroz va uning oqibatlari

■ Qo'shimcha ta'lim hizmatlarini ko'rsatish Ta'lim olish narhlarining oshishi

tizimini rivojlantirish va konsalting faoliyatni Oliy ta'lim, harbiy hizmat va demografiya

kengaytirish orqali qo'shimcha byudjetdan masalalari bo'yicha konunchilik bazasini

tashqari mablag'larni jalb etish o'zgarishi.

■ Tovar va narh siyosatlarini shakllantirishning Bitiruvchilar kompetensiyasiga

zamonaviy mexanizmlaridan foydalanish iste'molchilar talablarining bir - biridan

■ O'rta mahsus kasb - hunar ta'limi muassasalari farq qilishi

bilan hamkorlikni kengaytirish Professor - o'qituvchilar

■ Innovasion rivojlanish yo'liga o'tish kompetensiyalarini texnika taraqqiyotidan

orqada qolishi

Yuqoridagi jadval ma'lumotlariga ko'ra qo'yidagilarni qayd etish mumkin: OTMning kuchli tomonlari bu ta'lim yo'nalishlarining ko'pligi, moddiy - texnika bazasining yuqori darajasi, ta'limdagi axborot texnologiyalari, strategik yondashuv, ijobiy imidj va PO'larda motivasiyani mavjudligi. SHular bilan bir qatorda OMlarda zaif tomonlar ham mavjud bo'lib, ularga intelektual mulk sohasidagi past samaradorlik, o'qitishda interfaol usullardan foydalanish darajasining pastligi va eng asosiysi, OTM rahbariyati hamda o'qituvchilarda belgilangan maqsadlarga erishishning aniq mezonlarining yo'qligini kiritish mumkin. Oliy ta'lim muassasasi davlat va jamiyat hozirda talab etayotgan innovasion rivojlanish yo'lida o'sishi uchun ushbu zaifliklarni birinchi navbatda bartaraf etishi lozim.

Hulosa sifatida shuni aytish mumkinki, kamchiliklarni bartaraf etish va ta'lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish uchun oliy ta'lim muassasasi barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etishi kerak. Ulardan foydalanish hozirgi kunda ko'pgiga OTMlarda yuzaga kelayotgan tahdidlarni yumshatish yoki to'liq bartaraf etish imkonini beradi. Ammo zamonaviy oliy ta'limi olida turgan eng katta tahdidlardan biri bu byudjet tomonidan moliyalashtirishni qisqarishi va oliy ta'lim tizimi, xarbiy xizmat va demografiya masalalari bilan bog'liq muammolardir. Ushbu omillarga OTM o'zi mustaqil ta'sir eta olmaydi, lekin foydalanayotgan imkoniyatlarning ijobiy ta'siri natijasida ushbu tahdidlar oqibatlarini kamaytirish imkoniyati yuzaga keladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Ustadjalilova, X. (2023). PEDAGOGIK TADQIQOTLAR METODLARI VA STATISTIK GIPOTEZALARNING NAZARIY JMATLARI. Scientific journal of the Fergana State University, (6), 21-21.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Umarovna, Radjabova Gavhar. "FEATURES OF THE MARKET OF EDUCATIONAL SERVICES AND THE PROBLEM OF INTERACTION OF HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS WITH EMPLOYERS." E Conference Zone. 2022.

3. Saidova Hilolaxon Rashidjon Qizi. "Quality of school education and factors of its modernization." Current Research Journal of Pedagogics 2.06 (2021): 43-50.

4. Rahmonova, Manzura. "THE UNDERSTANDING OF HUMAN CAPITAL INDEX AND ANALYSIS OF ITS SITUATION IN UZBEKISTAN." Interpretation and researches 1 (2023).

5. Shokirovna, Rakhmonova Manzura. "ORGANIZATIONAL AND ECONOMIC MECHANISMS OF ADMINISTRATIVE ACTIVITY IN THE FIELD OF EDUCATION." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.11 (2023): 1041-1044.

6. Xusnida, Madaminova. "SPECIFIC ASPECTS OF THE DEVELOPMENT OF TEACHERS'PROFESSIONAL DEVELOPMENT IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS." Open Access Repository 9.12 (2023): 176-181.

7. Rashidovna, Madaminova Khusnida. "DEVELOPMENT OF INDEPENDENT THINKING SKILLS OF CHILDREN IN A PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.11 (2023): 44-47.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.