Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION MENEJMENT VA UNING TA’LIM SIFATIGA TA’SIRI'

OLIY TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION MENEJMENT VA UNING TA’LIM SIFATIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
innovatsiya / texnalogiya / oliy ta’lim / innovasion menejment / ta’lim innovatsiyasi / pedagogik innovatsiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Saidova Xilolaxon Rashidjon Qizi

Ushbu maqolada innovatsion menejment tushunchasi uning mohiyati, Innovasion nazariyani asosiy rivojlanish bosqichi hamda oliy ta’lim tizimida ta’lim jarayonini tashkil etishda innovatsion menejmentning ahamiyati bayon etilgan. Shu bilan birgalikda Respublikamizda oliy ta’lim muassasalarida innovasion faoliyatni tashkil etish mexanizmlari va ta’lim tizimini boshqarishda, pedagogik faoliyatni tashkil etishda innovasion texnalogiyalarning o‘rni xaqida atroflicha bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION MENEJMENT VA UNING TA’LIM SIFATIGA TA’SIRI»

OLIY TA'LIM TIZIMIDA INNOVATSION MENEJMENT VA UNING TA'LIM SIFATIGA TA'SIRI

Saidova Xilolaxon Rashidjon qizi

Qo'qon davlat pedagogika institute, Ta'lim menejmenti kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11181774

Annotatsiya. Ushbu maqolada innovatsion menejment tushunchasi uning mohiyati, Innovasion nazariyani asosiy rivojlanish bosqichi hamda oliy ta'lim tizimida ta'lim jarayonini tashkil etishda innovatsion menejmentning ahamiyati bayon etilgan. Shu bilan birgalikda Respublikamizda oliy ta'lim muassasalarida innovasion faoliyatni tashkil etish mexanizmlari va ta'lim tizimini boshqarishda, pedagogikfaoliyatni tashkil etishda innovasion texnalogiyalarning o'rni xaqida atroflicha bayon etilgan.

Kalit so'zlar: innovatsiya, texnalogiya, oliy ta'lim, innovasion menejment, ta'lim innovatsiyasi, pedagogik innovatsiya.

Аннотация. В статье рассмотрено понятие инновационного менеджмента, его сущность, основной этап развития инновационной теории, а также значение инновационного менеджмента в организации образовательного процесса в системе высшего образования. При этом подробно описаны механизмы организации инновационной деятельности в высших учебных заведениях нашей Республики, роль инновационных технологий в управлении системой образования и организации педагогической деятельности.

Ключевые слова: инновации, технологии, высшее образование, инновационный менеджмент, образовательные инновации, педагогические инновации.

Annotation. The article examines the concept of innovation management, its essence, the main stage of development of innovation theory, as well as the importance of innovation management in the organization of the educational process in the higher education system. At the same time, the mechanisms of organizing innovative activities in higher education institutions in our Republic, the role of innovative technologies in managing the educational system and organizing pedagogical activities have been described in detail.

Keywords: innovation, technology, higher education, innovation management, educational innovation, pedagogical innovation.

Butun dunyoda ilm-fan iqtisodiyotning yangi tarmoqlari keng suratlar bilan rivojlanib borishi barcha sohlar singari ta'lim sohasi rivojiga ham hissa qo'shib kelmoqda. Mamlakatimizda oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, kadrlar tayyorlashni zamonaviy talablar asosida tubdan qayta ko'rib chiqish, raqobatbardosh oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash, hamda soxani jaxon standartlari darajasida rivojlantirishda oliy ta'lim tizimida innovasion faoliyatni boshqarishni takomillashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Bu borada ta'lim tizimi sifatini oshirishda innovasion faoliyat, innovasion texnologiyalar muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Shu jihatdan ham innovasion faoliyatni samarali qo'llash va boshqarish va ularni o'quv jarayoniga intensiv ravishda tatbiq etilishi ta'lim tizimida tom ma'nodagi ijobiy o'zgarishlarga olib kelmoqda. Mazkur o'zgariishlar ta'lim tizimi tuzilmasi, o'qitish jarayoni metodologiyasi va texnologiyasigagina emas, balki uning strategik yo'nalishiga ham ta'sir ko'rsatmoqda. Ta'lim tizimiga innovasion menejmentni samarali qo'llash, yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish, masofaviy ta'limni yo'lga qo'yish, o'z navbatida, ta'limga yangicha yondashishni, standart va

talablarga o'zgartirishlar kiritishni, o'qitish usullari va strategiyasini takomillashtirishni talab qiladi.

Innovasion menejment - O'zbekiston iqtisodiyoti uchun nisbatan yangi tushuncha bo'lib, fan-texnika taraqqiyotini boshqarish jarayonlari va ilmiytexnik yutuqlarni ishlab chiqarishga joriy etishning asosiy jihatlarini qamrab oladi. Innovatsiya - mavjud tizimlar rivojlanishini boshqarish jarayoni bo'lib, unda innovasion mahsulot amaliy qo'llanilish bosqichigacha olib kelinadi va bozor muvaffaqiyatini ta'minlaydi.

Innovatsiyalarni boshqarishda innovasion menejmentning eng muhim amaliy vazifalaridan biri -innovasion jarayonlarni boshqarishning samarali tizimini shakllantirishdir va u quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutadi:

- innovasion menejmentning tegishli nazariy bazasini ishlab chiqish;

- innovasion menejment sohasida mavjud muammolarni yechish uslublarini asoslash;

- innovasion jarayonlar samaradorligini baholash uslubiyoti va ularga ta'sir ko'rsatish vositalarini ishlab chiqish.

Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitlarida, innovatsiya faoliyatining ustuvor yo'nalishlarida turli xil resurslarni optimallashtirish, innovasion jarayonlarni majmuaviy boshqarish va innovasion rivojlanishning samarasiz variantini tanlash tavakkalchiligini pasaytirish uchun xaridorlarning o'zgaruvchan innovasion ehtiyojlarini hisobga olish lozim bo'ladi. Bunda innovatsiyalar va ularni boshqarish korxona rivojlanishining asosi va uzoq muddatli muvaffaqiyatining kafolati hisoblanadi.

Innovasion menejmentning asosiy qoida va kategoriyalarini o'rganish uchun «innovatsiya» tushunchasining iqtisodiy mazmuni va mohiyatini to'liq anglab yetishimiz lozim. Iqtisodiy adabiyotlarda innovatsiya (ingl. innovation) - potensial ilmiy-texnik taraqqiyotni (ITT) yangi mahsulot va texnologiyalar ko'rinishida real taraqqiyotga aylanishi, deb ta'riflanadi. Hozirgi zamonda «innovatsiya» tushunchasi biron bir turdagi faoliyatni tapkibiy jixatdan yangilanishini, tubdan o'zgartirilishini ifoda etadi. Innovatsiya tushunchasi - keng qamrovli bo'lib, u ishlab chiqarish jarayoniga mukammal, yangi, ilgari bo'lmagan texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutadi.

Innovasion faoliyat - bu ishlab chiqarishni, uning moddiy-texnika bazasini yangilashga va rivojlantirishga imkon beruvchi yangi g'oyalar va ishlanmalarni yaratish, o'zlashtirish va tadbiq etishga qaratilgan jarayonlar majmuasi [1].

Innovasion nazariyani asosiy rivojlanish bosqichi V.Zombart, V.Mitcherlix, Y.Shumpeter ishlariga to'g'ri kelgan. Innovatsiyalar nazariyasini shakllanishi va rivojlanishiga avstriyalik olim Y.Shumpeter katta hissa qo'shgan. Y.Shumpeter kon'yunktura siljishlari manbalarini tahlil qilish natijasida, ishlab chiqarish va bozor rivojlanishidagi o'zgarishlarning yangi omillarini ajratdi[2] va ularga quyidagilarni kiritdi:

- yangi xususiyatlarga ega mahsulotni ishlab chiqarish;

- yangi ilmiy kashfiyot yoki tijoratlashtirish usuliga asoslangan ishlab chiqarishning yangi uslubini joriy etish;

- sanoatning mazkur tarmog'i taqdim etilmagan, yangi savdo bozorlarini o'zlashtirish;

- xom-ashyo yangi manbasidan foydalanish;

- ishlab chiqarishni tegishli tarzda qayta tashkil etilishini amalga oshirish, masalan, monopollikni ta'minlash.

Muayyan yangilik darajasini baholash va kon'yuknktura siljishlarining amplitudasi va davomiyligini aniqlash uchun Y.Shumpeter yangilik mezonini kiritdi, va ushbu mezon mazkur turkumlashtirish asosini tashkil etdi.

Jahon iqtisodiy adabiyotida "innovatsiya" tushunchasi ilmiy-texnika salohiyatini real, yangi mahsulot va texnologiyalarni yuzaga chiqaradigan jarayon sifatida talqin etiladi[3]. Bugungi kunda oliy ta'lim tizimi juda ko'p innovatsiyalar tadbiq qilinadigan sohaga aylandi. Ta'limdagi innovatsiyalarni ikki guruhga bo'lish mumkin[4]: l.Bevosita ta'lim jarayoni innovatsiyasi;

2.Oliy ta'lim muassasalari va boshqa munosabatlar innovatsiyasi

Bevosita ta'lim jarayoni innovatsiyasiga dars jarayonini interfaol usullar bilan o'tkazishda kompyuter texnologiyalari, multimediya, elektron darslik, slayd taqdimotlar, talabalar bilimini elektron tarmoq orqali nazorat qilish, elektron test savollari o'tkazish kabi innovasion jarayonlar kiradi.

Bunday ta'lim jarayonida talabalar tomonidan darsni o'zlashtirish darajasi, darsga qiziqish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uzviy bog'lash, amaliy misollar asosida taqdimotlar tayyorlash orqali ularda ma'lum ko'nikmalar hosil qilinadi. Ma'ruzachi monoton ma'ruza o'qish sub'yektidan talabalar bilan faol ishlaydigan, ularni mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradigan, nutq qobiliyatini oshiradigan dars jarayonining boshqaruv sub'yektiga aylanadi. Oliy ta'lim muassasalariaro munosabatlar integratsiyasi bugungi kunda zamonaviy axborot vositalaridan keng foydalanilgan holda amalga oshirilmoqda.

Ta'limda innovasion menejment - ta'lim muassasasini zamonaviy menejment nazariyasiga axborot-kommunikatsiya, pedagogik va boshqa innovasion texnologiyalari vositalarini qo'llagan holda tashkiliy boshqaruv tizimining o'ziga xos turidir. Unga ko'ra, boshqaruv, iqtisodiy, psixologik va ilmiy-texnik faoliyatning alohida yo'nalishlari belgilanadi.

Respublikamizda oliy ta'lim muassasalarida innovasion faoliyat quyidagi mexanizm asosida amalga oshiriladi. OTMda har qanday yangilik kiritish asosiy maqsadi ta'lim sifatini yaxshilash deb ta'kidlash lozim. Ta'lim sifati qoidalariga emas mavzu sifatida baxolash xos usullari bor toifadir, texnik yangiliklar qo'llaniladi. Zamonaviy ta'lim muhiti 2 turdagi pedagogik jarayondan iborat - an'anaviy va innovasion.

Pedagogik innovatsiyalar - ta'lim xizmatlarida makro, mikro va mezodarajada qo'llaniladigan nazariy asosga ega, maqsadli, amaliy asoslangan yangi ta'lim berish usullaridir Ta'lim xizmatlarida innovatsiyalar 5 bosqichda rivojlanadi[5]:

Birinchi bosqich - ta'lim xizmatlarini taqdim etishda ma'lum turdagi innovatsiyalarni qo'llash tao'abbusi va yoki yangiliklarni qo'llash zarurati yuzaga chiqadi. Bunda OTM rahbariyati, yoki jamiyat ta'lim xizmatlarini yangi turlariga extiyoj sezganda, tashkilotni istiqbolli rejalari tuzilganda yoki modernizatsiya qilish dasturi asosida 1-bosqich yuzaga keladi. Ikkinchi bosqich - nazariy bo'lib, u ko'pincha pedagogik-psixologik taxlil asosida innovatsiyalarni o'zlashtirish yoki asoslash asosida boradi. Ushbu bosqich eng qiyin va ma'suliyatli bo'lib, aynan shu bosqichda innovatsiyalarni qo'llash yoki qo'llamaslik masalasi hal bo'ladi. Shu bilan birga bu bosqich qo'llash rejalashtirilayotgan innovatsiyalarni axborotiy ta'minotini ta'minlab beradi. Aynan shu bosqichdagi muhim qarorlar pedagogik faoliyatga innovatsiyalarni qo'llashning muvaffaqqiyatini ta'minlab beradi.

Uchinchi bosqich - tashkiliy-amaliy bosqich bo'lib, unda oliy ta'limda innovatsiyalarni qo'llash uchun kerakli tashkiliy va amaliy muhitni shakllantirish va yangilikni qo'llash imkonini

beradi. Bunda tashkiliy ishlardan ko'pincha tajriba guruxlari, laboratoriya va eksperimental xonalar, kerakli asbob-uskunalar, o'quv jixozlari va texnika vositalari bilan ta'minlanadi. To'rtinchi bosqich - taxliliy bosqich bo'lib - qo'llanilayotgan yoki tajriba qilinayotgan innovasion loyixa yoki modelni taxlil qiladi va dastlabki natijalarni taxlilini qiladi. Ushbu bosqichda innovasion jarayon qanday amalga oshayotgani, uni qaysi darajada - bir fan darajasida, yo'nalish yoki butun bir OTM o'quv jarayonida qo'llash ishlari aniqlanadi.

Beshinchi bosqich - tatbiq etish bosqichi bo'lib, bu balki tajribaviy bo'lishi, so'ng dastlabki natijalardan so'ng to'liq amalga oshirilishi mumkin.

Ta'limdagi innovatsiyalar deganda pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish jarayoni, metodlar, uslublar va o'quv vositalari majmuasi tushuniladi. Innovatsion faoliyat o'qituvchilar va o'quv tadqiqot talabalarining ilmiy va uslubiy faoliyati bilan uzviy bog'liqdir. Ba'zi hollarda innovatsiya, deyarli ma'lum bo'lgan usuldan biroz yangilik kiritish natijasida undan foydalanish deb qaraladi.

Innovatsion pedagogik texnologiyalar insoniyat rivojlanishining asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lib, ular o'ziga xos va juda murakkab, maxsus bilim, ko'nikma va qobiliyatlarni talab qiladi Hozirgi vaqtda innovatsion pedagogik faoliyat har qanday ta'lim muassasasi ta'lim faoliyatining muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Innovatsion faoliyat nafaqat ta'lim xizmatlari bozorida muassasaning raqobatbardoshligini yaratish uchun asos yaratadi, balki o'qituvchining kasbiy o'sishi, ijodiy izlanish yo'nalishlarini belgilaydi va talabalarning shaxsiy o'sishiga yordam beradi. Innovatsion faoliyat o'qituvchilar va o'quv va tadqiqotchilarning ilmiy-metodik faoliyati bilan uzviy bog'liqdir.

Demak, ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning rivojlanishi ta'lim tizimida ham tub o'zgarishlar sodir bo'lishiga olib keladi. Ta'lim tizimining modernizatsiyasi davlat va jamiyat malakali kadrlarga, shaxsning esa sifatli ta'lim olishga bo'lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ro'y beradi. Ta'lim amaliyotida pedagogik texnologiyalarning qo'llanilishi ta'lim tizimi modernizatsiyasining tarkibiy elementi hisoblanadi. Zamonaviy sharoitda ta'lim-tarbiya jarayonlarini texnologiyalashtirish kam kuch va vaqt sarflagan holda kutilayotgan natijani qo'lga kiritishga imkon beradi, o'qitish sifatini yaxshilab, samaradorligini oshiradi. Pedagogik innovatsiyalar pedagogik faoliyatga yangiliklarning izchil olib kirilishini tavsiflaydi. Pedagogik innovatsiyalarning didaktik imkoniyatlariga ko'ra ta'lim tizimi va jarayoni rivojlanib boradi. O'qituvchining innovasion faoliyati pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg'a undovchi, bunyodkorlikka rag'batlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo'lib, ta'lim jarayonining sifatini kafolatlaydi. Shu sababli har bir o'qituvchi innovatsiyalarning mohiyatini to'la tushungan holda o'z faoliyatiga izchil tatbiq eta olishi zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Д.В. Соклов, А.Б. Титов, М.М. Шабанова. Предпосылки анализа и формирования инновационной политики. — 2015

2. Шумпетер Й. Теория экономического развития, М.: Прогресс, 2002. - С.255

3. Ковалёв Г.Д. Основы инновационного менеджмента. -М.: 1999. -С. 192.

4. Уткин Э.А., Морозова Г.И., Морозова Н.И. Инновационный менеджмент. - М.: АКАЛИС, 1996. - -С.192.

5. М.А.Махкамова, ДжДушарбаев "Таълим сифати инновацион менежменти" Укув услубий мажмуа 196 б

6. Устаджалилова, Х. А. (2020). Методическое обеспечение учебного процесса в кредитно-модульной системе. In Образование как фактор развития интеллектуально-нравственного потенциала личности и современного общества (pp. 43-46).

7. Устаджалилова, Х. А. (2020). Формирование компетенций и развитие личности в условиях непрерывного профессионального образования. Образование как фактор развития интеллектуально-нравствен-ного потенциала личности и современного общества: материалы, 43.

8. Umarovna, Radjabova Gavkhar. "Increasing the competitiveness of universities in the market of educational services." Open Access Repository 9.11 (2022): 269-273.

9. Umarovna Rajabova Gavkhar "Improving the performance management of the higher education system in the republic of uzbekistan." Open Access Repository 8.11(2022):81-86.

10. Ergashev, Eminjon Aliyevich, and Rashidovna Madaminova Xusnida. "Pedagogical and psychological aspects of the use of modern information technologies in the educational process." Актуальные научные исследования в современном мире 4-3 (2021): 148-151.

11. Muammolari, keltirish va mustahkamlash. "maktabgacha ta'lim tashkilotining moddiy bazasini vujudga." наманган давлат университета-2021 1: 587.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.