Научная статья на тему 'TARBIYAVIY FAOLIYATNI TASHKIL ETISHDA INNOVATSION YONDASHUVLARGA OID AYRIM MULOHAZALAR'

TARBIYAVIY FAOLIYATNI TASHKIL ETISHDA INNOVATSION YONDASHUVLARGA OID AYRIM MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
435
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
o’qituvchi / tarbiya / faoliyat / tayyorgarlik / tizim / takomillashtirish / muammo / yechim / ilm / fan / tizim / takomil / innovatsiya / texnologiya / ta’lim / standart / samara / maxsus / uslubiy / natija / imkoniyat / tarbiyaviy faoliyat.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Norposhshaxon Xabibullayevna Voxidova

Maqolada innovatsiya, innovatsion yondashuv, uni tashkil etishda sub’ektlarning roli va o’rni, bo’lajak o’qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashda innovatsion yondashuvning avzallik jihatlari bayon etilgan. SHuningdek, maqolada innovatsion yondashuv, innovatsion faoliyatni tashkil etishning samarali jihatlari respublika, hamdo’stlik davlatlari olimlari hamda xorij tadqiqotchilarining fikrlari asosida tahliliy nuqtai nazardan o’rganilgan tegishli xulosalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARBIYAVIY FAOLIYATNI TASHKIL ETISHDA INNOVATSION YONDASHUVLARGA OID AYRIM MULOHAZALAR»

TARBIYAVIY FAOLIYATNI TASHKIL ETISHDA INNOVATSION YONDASHUVLARGA OID AYRIM MULOHAZALAR Norposhshaxon Xabibullayevna Voxidova

Toshkent davlat pedagogika universiteti Pedagogika kafedrasi professori https://doi.org/10.5281/zenodo.8051651

Annotatsiya. Maqolada innovatsiya, innovatsion yondashuv, uni tashkil etishda sub'ektlarning roli va o'rni, bo 'lajak o'qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashda innovatsion yondashuvning avzallik jihatlari bayon etilgan. SHuningdek, maqolada innovatsion yondashuv, innovatsion faoliyatni tashkil etishning samarali jihatlari respublika, hamdo'stlik davlatlari olimlari hamda xorij tadqiqotchilarining fikrlari asosida tahliliy nuqtai nazardan o'rganilgan tegishli xulosalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: o'qituvchi, tarbiya, faoliyat, tayyorgarlik, tizim, takomillashtirish, muammo, yechim, ilm, fan, tizim, takomil, innovatsiya, texnologiya, ta'lim, standart, samara, maxsus, uslubiy, natija, imkoniyat, tarbiyaviy faoliyat.

Innovatsion yondashuvlar asosida bo'lajak o'qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash xususida fikr yuritishda, biz avvalo innovatsiyaning o'zi nima, uning ta'lim -tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishdagi mazmun-mohiyatini aniqlash, uni mazmun va sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarish davr talabi ekanligini ta'kidlagan holda, "innovatsiya" termini dastlab XX asrning 1900 boshlarida Avstriyalik iqtisodchi Y.Shumpeter tomonidan iqtisod sohasida qo'llanilganligi, keyinchalik bu tushuncha boshqa sohalar mazmunidan o'rin olganligini qayd etib o'tamiz.

Adabiyotlarni o'rganish mobaynida "Innovatsiya", "innovatsion yondashuv", "innovatsion faoliyat" kabi tushunchalarga turlicha yondashuvlar mavjudligi aniqlandi.

Aslida «Innovatsiya» (lotincha inovatis) - yangilik, yangi tartib-qoida, o'zgarish degan ma'noni anglatib, biror bir jarayonga, faoliyat mazmuniga yangi narsa, tartib -qoidaning kiritilishini nazarda tutadi. U (innovatsiya) pedagogik kategoriya sifatida ta' limga yangilik kiritishni ifodalaydi. Jarayonga yangilik kiritish esa, mazkur jarayonda yangi usul, vosita, yangi konsepsiya, dastur kabilarni qo'llash bilan xarakterlanadi.

"O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi"da innovatsiya tushunchasi quyidagicha ta'riflanadi: "Innovatsiya bu inglizcha "innovationas" so'zidan olingan bo'lib, ixtiro, kiritilgan yangilik kabi ma'nolarini anglatgan holda, - texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta'minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag'lar; - ilg'or tajribalarga va ilmiy-texnika yutuqlariga asoslangan texnologiya, texnika, mehnatni tashkil etish va boshqarish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning faoliyat doiralarida, turli sohalarda qo'llanishi" [1] tushuniladi.

Adabiyotlarni o'rganish mobaynida ma'lum bo'ldiki, ta'lim-tarbiya jarayonidagi innovatsiya tushunchasi tadqiqotchilar tomonidan turlicha talqin etilgan. N.Muslimov innovatsiyani jarayonga yangilik olib kiradi degan g'oyani ilgari sursa, G.M.Kodjaspirova, A.Yu.Kodjaspirovlar innovatsiya so'zlari bir-biriga sinonim "yangilik, yangi tartib-qoidalar, degan ma'noni anglatadi deb ta'riflaydilar, M.M.Potashnik, O.G.Xomerikilar "yangi yangilik", "innovatsiya - yangilik kiritish" so'zlarining sinonimi deb hisoblaganlar. Aslida yangilik bu -aynan vosita, metod, usul va uslubning yangiligi bo'lsa, innovatsiyalar esa jarayonga, uning

tarkibiy qismlariga, muhitga yangiliklarni kiritish asosida tizimni bir holatdan ikkinchisiga o'tishini bildiradi.

Amerikalik psixolog E.Rodjersning [2] innovaitsyaga ta'rif berib, uni yanglikni anglash va qabul qilish deb shunday tasniflaydi: "Innovatsiya - bu ijtimoiy-psixologik jarayonda ishtirok etuvchi sub'ektlarning toifalari va o'zaro munosabatlarning jihatlari, ishtirokchilarni yangilikka bo'lgan qarashlari, yanglikni anglash va qabul qilish, mazmun va mohiyatini tushunish va boshqalar"dir.

I.L.Balabanov [3] innovatsiyani boshqaruvning yangi shakli, yangicha nazorat va hisob shakli deb tushunadi va yozadi: "Innovatsiya - kapitalni yangi texnika yoki texnologiyaga, ishlab chiqarishni tashkil qilish, mehnat, xizmat ko'rsatish va boshqaruvning yangi shakllariga, jumladan, yangicha nazorat va hisob shakllari, rejalashtirish va tahlil usullariga kiritishdan olingan, moddiy tus olgan natijadir.

T.Brayn innovatsiyani nou-xau deb baholab, uni ijodiy jarayonga qiyoslaydi: "Innovatsiya - intelektual mahsulot-ixtiro, axborot, nou-xau yoki g'oya iqtisodiy mazmunga ega bo'ladigan jarayon" deb ta'riflaydi. Uning fikr-mulohazalarini ta'lim-tarbiya jarayonlariga tadbiq qilish asosida innovatsiyani intelektual dars - ta'limiy hamda tarbiyaviy mazmunga ega bo'ladigan ijodiy jarayondir deb baholash mumkin[4].

L.V.Kantarovich innovatsiyalarning samaradorligiga urg'u berib yozadi: "Innovatsiya -amaliyotda qo'llanadigan hamda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy talablarni qoniqtiradigan, mos keluvchi sohalarda samara beradigan ilmiy ixtiro yoki kashfiyotdir [5]. L.V.Kantarovich fikriga pedagogik jihatdan yondashilsa, innovatsiyadan pedagogik amaliyotda foydalanish pedagogik jarayon talablarini qoniqtirish bilan birga, sohada samara beruvchi yondashuvdir.

D.Yunusova "Bo'lajak matematika o'qituvchisini innovatsion faoliyatga tayyorlash nazariyasi va amaliyoti nomli tadqiqot ishida "Innovatsiya"ni maqsadga qaratilgan o'zgarish bo'lib, qo'llanilish sohasidagi tizimning sifatini ko'tarish, sermahsul natija olish, uni tubdan takomillashtirish"dir deb tasniflaydi [6]. Shu ma'noda, asosiy e'tibor nafaqat innovatsiyalarga, balki innovatsion faoliyatga qaratilishi, uni rivojlantirishga urg'u berilishi maqsadga muvofiqdir.

Ta'limdagi yangilik, ta'lim jarayoniga alohida e'tibor berish, yangi bilimlarni fanlar asosiga tayanib aniqlash, ularni ixtirochilik va mohirlik bilan topish yoki fanlarning sintezlashuvi va integrallashuvi orqali yaratish tushunilib, ta'limning innovatsiyalashuvi ta'limning ilmiy bilimlar, ilmiy metodologiya va innovatsiyalarni rivojlanuvchanligiga asoslanish demakdir. Pedagogik va axborot texnologiyalari ham ta'limdagi innovatsiyalardir [7].

N.Mamadov [8;17-b.] ayni muammoga oid izlanishlarini umumlashtirar ekan, innovatsiya boshqaruv ob'ektini o'zgartirish bilan birga yuqori darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik samaradorlikka xizmat qiluvchi muayyan sohalarga yangilik kiritish natijasi ekanligini ta'kidlaydi. N.Mamadov innovatsiyani faqatgina ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik jihatlarini ko'ra bilgan, aslida innovatsiya ta'lim-tarbiya jarayonida ham yuqori darajadagi natijani olish omilidir.

Rus va chet el adabiyotlarida "innovatsiya" tushunchasi xususida turli xil talqinlar mavjud bo'lib, ular orasida quyidagilar e'tiborlidir:

1. Innovatsiya ijodiy jarayonlarning natijasi.

2. Innovatsiya muayyan sohada innovatsion jarayonlarni tashkil etish.

Ko'rinadiki, innovatsiyalar nazariy jihatdan asoslangan, biron-bir sohada aniq maqsadga qaratilgan hamda amaliy tatbiq etishga yo'naltirilgan yuqori samaradorlikka ega yangilik hisoblanadi [9].

"Innovatsiya"ni mazmunan "yangi", "yangilik" tushunchalarini jarayonga kiritish emas, balki u yoki bu yangilik kutilgan natijaning yuqori samarasini ta'minlasa hamda keng ko'lamli ehtiyoj ob'ekti bo'lsagina, tom ma'nodagi innovatsiya deyish mumkin.

Keltirilgan ta'riflarning har bir o'ziga xos mazmun kasb etishini qayd etgan holda, biz "innovatsiya"ga mualliflik ta'rifini berdik. Innovatsiya bu g'oya bo'lib, uning natijasi foydalanishga kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot yoki jarayondir.

Shunga ko'ra, innovatsiyalarning asosiy negizi - pedagog va ta'lim oluvchilarning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun ta'lim-tarbiya jarayonini oldindan loyihalashdir.

Demak, innovatsion yondashuv bo'lajak o'qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash natijali bo'lishida tarbiya jarayonini ilmiy asosida tashkil etish hamda munosabalardagi kreativ yondashuv tarbiya jarayonining samaradorligini ta'minlashga xizmat qiladi.

Ta'lim-tarbiyani samarali tashkil qilish yangi ta'lim yondashuvlariga o'tish uchun ob'ektiv asos yuzaga keltirish, iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi innovatsion jarayonlar ta'limda tub o'zgartirishlarni taqozo etmoqda. O'qituvchining an'anaviy ish usullari fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi yoki o'qitishni kompyuterlashtirish sifatlarini o'zlashtirish zaruriyati bularni ilmiy asoslash ehtiyojining tug'ilishida ob'ektiv omil bo'lib qolmoqda [10].

M.Umaraliyeva innovatsion yondashuvlar asosida umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilari kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari xususidagi tadqiqotida mutaxassis kasbiy kompetensiyaga ega bo'lishi hamda innovatsion yo'naltirilishi kerakligini shunday izohlaydi: "Zamonaviy mutaxassis yangi ijtimoiy-kasbiy texnologiyalarga moslashishi, turli axborot-kommunikatsion tizimlar va ularning sub'ektlari bilan uddaburonlik asosida o'zaro ishlashni bilishi kerak. Zamonaviy jamiyatda muvaffaqiyatli va talabchan bo'lish uchun inson umummadaniy va kasbiy kompetensiyaga, shuningdek, innovatsion yo'naltirganlikka ega bo'lishi kerak" [ 11]

I.G'.Mamajonov talabalarni kasbiy innovatsion faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirishga oid ilmiy tadqiqot ishida mazkur faoliyatga tayyorlashning muhim jihatlari sifatida: professional yo'nalish, professional tajriba, psixik jarayonlarning xususiyatlari va biopsixik xususiyatlarni keltiradi hamda innovatsion faoliyatga tayyor bo'lishi uchun talabalar akademik; perseptiv; nutqiy; tashkilotchilik; kommunikativ qobiliyatlarni ro'yobga chiqarishni ta'minlovchi ko'nikma va malakalarni egallashlari kerakligini aytadi. Bunda tadqiqotchi innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorgarlikdagi muhim jihatlardan biri, bu faoliyatni amalga oshirishdagi shaxsiy faollikni nazardan chetda qoldiradi [12; 35-b].

Talabalarning bilish faoliyatini shakllantirishda innovatsion yondashuvlar, talabalarning bilish faoliyatini shakllantirishnig ijtimoiy-psixologik, pedagogik xususiyatlarini yoritib berish, innovatsion yondashuvlarning pedagogik imkoniyatlarini asoslash orqali talabalarning bilish faoliyatini shakllantirish mezonlari va ko'rsatkichlarini aniqlashtirish, talabalarning bilish faoliyatini shakllantirish modeli va uni amalga oshirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish, talabalarning bilish faoliyatini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish va samaradorligini baholash masalalari G. Baxodirova tomonidan o'rganilgan [13].

Innovatsiyaga oid adabiyotlar tahlili asosida, innovatsion yondashuv asos ida bo'lajak o'qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimining asosiy vazifasi bo'lajak o'qituvchilarda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish madaniyatini rivojlantirish (ularda tarbiyaviy faoliyat maqsadi, mazmuni, mohiyati va ularning o'zaro bog'liqligi haqida adekvat tasavvurlar shakllantirish, tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish bo'yicha asosli mulohazalar yuritish, ma'lum bir tashkil etilgan tarbiyaviy faoliyat jarayonidagi vaziyatlarni tahlil etish malakasini rivojlantirish, amaliy tajribasini orttirish); Yangi O'zbekistonnni quruvchilarini mamlakatimizda bo'layotgan startegik o'zgarishlarga ijtimoiy moslashuvi va unda to'g'ri yo'l tanlash, qaror qabul qilish ko'nikmasini shakllantirish, shu bilan birga ular uchun kelajakda kerak bo'ladigan zaruriy tayanch kompetensiyalarni bilimlarini oshirish; ularda ma'lum bir hayotiy vaziyatlarda to'g'ri tanlovni amalga oshirish, qaror chiqara olish bo'yicha amali yko'nikmalar shakllantirish; o'z -o'zini tarbiyalash, tashabbuskor va faol hayot tarziga o'rgatish.

Adabiyotlar tahlili, olib borilgan tadqiqot asosida biz bo'lajak o'qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashda innovatsion yondashuv bu - tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishda zamonaviy me'yorlar va talablar, texnik ko'rsatmalar, sifat ko'rsatkichlariga mos holda yangilanilishidir.

Bizning tadqiqotimizda mazkur yangilanish, yangiliklarni, innovatsion yondashuvni amalga oshiruvchilar pedagog-innovatorlar ya'ni bo'lajak o'qituvchilar bo'lib, ular tarbiyaviy faoliyat jarayonida innovatsiyalarni tatbiq etish va tarqatishda hal qiluvchi rolni bajaradilar. Bu esa, mazkur sub'ektlardan pedagogik hamjamiyatida o'z o'rniga egalikni, innovatsion jarayonlarni boshqarish malakalarini talab etadi.

REFERENCES

1. Aminov M.N. Tarbiya: ota-onalar va murabbiylar uchun entsiklopediya / Mas'ul muharrir: A.Majidov. - T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2010. - 432 b.

2. Роджерс К. Взгляд на психотерапию. Становление человека. - М.: НТ Прогресс, 1994.

- 480 с.

3. Балабанов И.Л. Инновационный менеджмент: Учебное пособие для вузов. - СПб.: Питер, 2001. - 303 с.

4. Брайн Т. Управление научно-техническими нововедениями./ Managing technogical innovation - Москва: Экономика, 1989. -271 с. М.: Ekonomika, 1989

5. Кантарович Л.В. Системный анализ и некоторые проблемы научно-технического прогресса. - Москва.: Наука., 1986. -151 с.

6. Yunusova D. Bo'lajak matematika o'qituvchisini innovatsion faoliyatga tayyorlash na'kmzariyasi va amaliyoti: Ped. fanl. d-ri ... dis. Avtoref. - T., 2012. - B.13-14.

7. Тожиев М. ва бошкалар. Укитувчи фаолиятини лойихалаш: Узлуксиз таълимда модулли технология// Монография. -Т.: "Турон-Икбол", 2017 й. - 280 б.

8. Mamadov N.S. Umumiy ta'lim maktablarini innovatsion boshqarish: Ped. fanl. nomz. ... Dis. - T., 2009.

9. Doniyorov B. Xalq ta'limi tizimida pedagogik innovatsiyalar // Uzluksiz ta'lim. - T., 2014.

- 4-son

10. Тожиев М. ва бошкалар. Укитувчи фаолиятини лойихдлаш: Узлуксиз таълимда модулли технология// Монография. -Т.: "Турон-Икбол", 2017 й. - 280 б.

11. Umaralieva M. Innovatsion yondashuvlar asosida umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilari kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi. Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya avtoreferati. - T.: 2019.: 14-bet.

12. Mamajonov I.G'. Talabalarni kasbiy innovatsion faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish: Ped. fanl. fals. d-ri (PhD)......Dis. - T., 2021. - 151 b.

13. Баходирова Г. Талабаларнинг билиш фаолиятини шакллантиришда инновацион ёндашувлар (билим ва таълимнинг педагогик сохалари мисолида). Педагогика фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. Самарканд -2019. 56 бет.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.