Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-451-459
BO'LAJAK MUTAXASSISLARNI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA
PEDAGOGIK AMALIYOTINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY
ASOSLARI
Mukaddas Otajonovna Karimova
Farg'ona davlat universiteti dotsenti mukaddaskarimova58@gmail .com
Diloromxon Akramjonovna Sharipova
Farg'ona davlat universiteti magistranti [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada bo'lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlashga tayyorlovchi jarayon, pedagogik innovatsiya, innovatsion yondashuv, talabalarining pedagogik amaliyot maqsadi, vazifalari, bosqichlari, oliy ta'lim tizimida malakaviy amaliyotni tashkil etish va o'tkazishga doir muammolar bayon etigan.
Kalit so'zlar: bo'lajak mutaxassislar, pedagogik innovatsiya, innovatsion yondashuv, pedagogik amaliyot.
THEORETICAL FUNDAMENTALS OF ORGANIZATION OF
PEDAGOGICAL PRACTICE ON THE BASIS OF INNOVATIVE APPROACH OF FUTURE SPECIALISTS
ABSTRACT
This article describes the process of preparing future professionals to work in new conditions, pedagogical innovation, innovative approach, the goals, objectives, stages of pedagogical practice of students, the organization and conduct of internships in higher education.
Key words: future professionals, pedagogical innovation, innovative approach, pedagogical practice.
KIRISH
Bugun mamlakatimiz ta'lim tizimida innovatsion texnologiyalarga asoslangan ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash,
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-451-459
ijtimoiy faol va malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni jahon andozalari darajasiga chiqarish masalalarida tadqiqotlar olib borilmoqda. Ta'lim sohasidagi sifat o'zgarishlari va yuqori samaradorlik ularning jahon ta'lim talablari bilan mosligi va pedagoglarning kelgusi mehnat faoliyatlarida o'zlashtirgan kompetentsiyalari qay darajada amaliyotga tatbiq qilinayotganligiga bog'liq. Ta'lim-tarbiyadagi sifat o'zgarishlari va yuqori samaradorlik esa mazkur sohaga ijobiy yangilik kiritish natijasida ta'limda sifat va samaradorlik ta'minlanib, pedagogik innovatsion jarayon vujudga keladi.
Pedagogik innovatsiya - bo'lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo'lib, u oldingi egallangan bilimlar asosida ta'limda sifat jihatidan o'zgarishlar qilib, yuqori samaradorlikka erishishga yangicha yondashuv qilishdan iboratdir.
"Innovatsion yondashuv" tushunchasining pirovard maqsadi ta'lim sohasida o'quv-tarbiya jarayoni natijasini kafolatlaydigan o'zgarish, yangilanishlar kiritishdan iboratdir. Pedagogik innovatsiyalar tegishli sohada ijobiy o'zgarishlarni sodir etish, sifat jihatdan yuqori natijalarga erishish maqsadida qo'llaniladi. Pedagogik oliy ta'lim muassasalari talabalarining pedagogik amaliyoti professional pedagogik kadrlar tayyorlashning muhim omili hisoblanadi. Zero, bilim xazina bo'lsa, shuhbasiz, uning eshigini ochadigan kalit bu - amaliyot, amaliy ta'limdir. Hozirgi vaqtda pedagogika yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasalarida amaliy tayyorgarligi yuksak, professional pedagogik kadrlar tayyorlash muammosi eng dolzarb masalalardan biridir.
Globallashuv, ayniqsa, pedagogik ta'limdagi keyingi islohotlar jarayonining tezlashishi, zamonaviy o'qitish texnologiyalar paydo bo'lishi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan amaliyotda keng foydalanish bilan bog'liq holda, ushbu muammo yanada keskinlashdi. Oliy ta'lim tizimida mutaxassislarni tayyorlash asosan ikki muhim bo'g'in: ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarlikdan iborat. Amaliy tayyorgarlik nazariy bilim va ko'nikmalarni qo'llashni uzluksizligi va uzviyligidan iborat bo'lib, ko'p jihatdan ta'lim jarayonida tashkil etiladigan malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti samaradorligiga bog'liq.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Innovatsion yondashuv asosida talabalarning pedagogik amaliyotini Rus pedagoglari N.V.Kuzmina, M.B.Klarin, VASlastenin hamda o'zbek olimlaridan B.A.Abdullaev, B.Ziyomuxamedov, M.Tojiev, A.Alimov, N.Muslimov kabi
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-451-459
tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish, innovatsion g'oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tatbik etish tadqiq qilingan. O'zbekistonlik olimlardan N.Saidahmedov, N.Azizxo'jaeva, Sh.Shodmonov, G.Baubekova, G.Xalikova, va boshqalar pedagogik yangilanishlarga ilg'or tajribaning xususiy shakli tarzida qaraydi [111].
Ma'lumki, bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kadrlar tayyorlashning muhim qismi bo'lgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti - fan-texnika, texnologiya va ishlab chiqarishdagi zamonaviy usullar, tajribalarni o'rgangan xolda, kasbiy ko'nikma va amaliy malakalarni shakllantirishga asoslanadi.
Pedagogik kuzatishlar natijalari oliy ta'lim tizimida malakaviy amaliyotni tashkil etish va o'tkazishda bir qancha kamchiliklar mavjudligini ko'rsatadi.
Oliy ta'lim jarayonida nazariya va amaliyot yaxlitligi ta'minlanmaganligi, talabalarning malakaviy amaliyotlarini ishlab chiqarish korxonalarida o'tkazish samarali tashkil etilmagani oqibatida bitiruvchilarning aksariyat qismi tayyor mutaxassis bo'lib chikish o'rniga, ishga joylashgandan keyin qaytadan o'z kasbini, mutaxassisligini o'rganayotganligi, shuningdek, ta'lim sifatini nazorat kilish mexanizmi zamonaviy talablarga javob bermasligi, ta'lim muassasalarida malakali pedagog va boshqaruv kadrlarining yetishmasligi kabi kamchiliklar qayd etilgan.
Amaliyotni o'tkazish bo'yicha dasturiy ta'minotning zamonaviy talablarga mos emasligi; amaliyotni tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning samarali metodlaridan yetarli darajada foydalanilmayotganligi; amaliyot natijalarini baholash tizimi yetarli darajada ishlab chikilmagani kabi muammolar uni tashkil etish va o'tkazishga innovatsion yondashuv zarurligini takozo etadi.
Zamonaviy ta'lim taraqqiyotida paydo bo'layotgan "Innovatsion yondashuv", "Innovatsion faoliyat", "Innovatsion pedagogika" tarzdagi tushunchalar ehtiyojlar asosida kelib chiqqan bo'lib, ularning maqsadi ta'lim sohasida o'quv-tarbiya jarayoni natijasini kafolatlaydigan o'zgarish, yangilanishlar kiritishdan iborat.
Innovatsion texnologiyalar sharoitida talabaning amaliy-kasbiy tayyorgarligi mazmunini yangilash, malakaviy amaliyotlarni tashkil etishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish yo'llarini ishlab chiqish dolzarb pedagogik muammolaridan biri sanaladi.
Ma'lumki, innovatsion ta'lim texnologiyalari - ta'lim sohasi yoki o'quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo'llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-451-459
texnologiyalardir [2.275].
Mazkur texnologiyalar talabalarning kasbiy bilim va ko'nikmalarini shakllantirishda mustakil ishlash va ikki tomonlama muloqot muhitini yaratadi, xar bir talabaning bilish imkoniyatlarini hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
MUHOKAMA
Pedagogik amaliyotni o'tashda talabalarning kasbiy qiziqishlari va istaklarini inobatga olgan holda, talabalar bilan propedevtik ish olib borish, o'quvchilarning pedagogik madaniyat darajasini oshirish maqsadida zamonaviy ta'lim muammolari bo'yicha turli ilmiy-metodik tadbirlar tashkil etish, ularning moyilliklari va qiziqishlarini aniqlash.
Pedagogik amaliyotning har bir bosqichi yakunida talabalar stajyor-talabaning kundaligini tuzadilar va tekshirishga topshiradilar, yakuniy konferensiyalarda talabalar pedagogik amaliyotdan o'tganligi to'g'risida hisobot taqdim etadilar; tadqiqot ishlari, ijodiy loyihalar. natijalarini e'lon qiladigan hisobotlarni tuzadilar. Pedagogik amaliyot - bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda o'quv- pedagogik jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Pedagogik amaliyot namunaviy va ishchi o'quv rejasiga mos ravishda amalga oshiriladi. Pedagogik amaliyotning mazmuni amaliyot turiga qarab, kafedrada ishlab chiqilgan dasturiga mos bo'ladi.
Pedagogik amaliyot o'quv mashg'ulotlaridan ajralgan holda tashkil etiladi. Pedagogik amaliyotni talabalar oliy ta'lim muassasasi bilan shartnoma tuzilgan ta'lim muassasalarida o'tashlari mumkin. Ayrim hollarda bitiruvchi kurs talabalari o'zi ishlashni rejalashtirayotgan ta'lim muassasalarida faol pedagogik amaliyotni o'tashlariga ruxsat beriladi.
Pedagogik amaliyot bo'lajak mutaxassisni kasbiy tayyorlash tizimining asosiy va muhim bo'g'inidir. Pedagogik amaliyot talabaning nazariy ta'limi va bo'lajak mustaqil faoliyatini bog'laydigan hamda kasbiy ko'nikma va malakalarni shakllantirishni ta'minlovchi jarayon bo'lib, dastlabki tajriba maktabi hisoblanadi. Pedagogik amaliyotning maqsadi - bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash, olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko'rish, pedagogik faoliyat mas'uliyatini his etish va o'z ustida ishlash ko'nikmasini shakllantirish, shuningdek, tajribali o'qituvchilarning ish faoliyatini o'rganishdan iboratdir.
Pedagogik amaliyot maqsadini aniqlashda biz umumdidaktik maqsadlardan, shuningdek, o'quv-pedagogik faoliyat mazmunining o'ziga xosligidan kelib chiqdik.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-451-459
O'quv-pedagogik amaliyotning umumdidaktik maqsadini quyidagicha ta'riflash mumkin: pedagogik ta'limning hamma bosqichlarida amaliyotning barcha turini tashkil etish talabalarning amaliy kasbiy-pedagogik faoliyatni (oliy ta'lim muassasasi bitiruvchilarining amaliy tayyorgarligi darajasiga qo'yilgan talablardan kelib chiqqan holda) uzluksiz va izchil egallashlarini ta'minlashga yo'naltirilmog'i kerak.
Maqsadlarga muvofiq holda talabalarda maxsus nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarni, amaliy tayyorgarlikni talab etilgan darajada shakllantirish zaruratidan kelib chiqib, asosiy masalalar ifodalanadi. Egallangan nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalar o'quv-pedagogik faoliyatni mustaqil amalga oshirishga imkon berishi lozim.
Pedagogik amaliyot vazifalari:
Talabalarda o'qituvchi kasbiga qiziqishni tarbiyalash;
Pedagogik faoliyat haqida bir butun tushunchani shakllantirish;
Pedagogik ko'nikma va malakalarni shakllantirish;
Pedagogik faoliyat bo'yicha tajribani yaratish.
Amaliyot turlari (o'quv amaliyoti, pedagogik amaliyot, tashkiliy-pedagogik amaliyot, ishlab chiqarish amaliyoti, diplom oldi amaliyoti) ning maqsad va hajmi Davlat ta'lim standartlari orqali "Pedagogika va psixologiya" ta'lim yo'nalishi bo'yicha belgilanadi.
Bizning nuqtayi nazarimizcha, maqsadning bunday tarzda ifodalanishi, birinchidan, yetarlicha amaliy xarakterga ega emas, ikkinchidan, amaliyotning har bir turi uchun maqsad alohida-alohida belgilanishi kerak.
Zamonaviy ta'lim sharoitida amaliyotchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangicha mazmun kasb etishi lozim. Amaliyotchining o'zlashtirishini baholashni har bir modulni o'rganish jarayonida tashkil etish maqsadga muvofiq. Amaliyotchining amaliyotda o'zlashtirish natijalarini aniqlashda har bir modul yakuni bo'yicha nazarat topshiriqlarini turli variantlarda berish mumkin.
Amaliyotni yakuniy baholashda esa modullar bo'yicha to'plangan ballarning o'rtacha qiymati hamda hisobot davridagi amaliyotchining faolligi, kasbiy sifatlarini namoyon eta olganligini e'tiborga olish maqsadga muvofiqdir.
NATIJALAR
Bo'lajak mutaxassislarni innovatsion yondashuv asosida pedagogik amaliyotini takomillashtirish texnologiyasi bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-451-459
Bulajak mutaxassislarning ta'limni samarali tashkil etish malakasi avvalo pedagogik amaliyot jarayonida shakllanadi. Didaktik tizimning komponentlari, ya'ni o'quv-pedagogik amaliyotni o'tkazish mazmuni va shakli haqida shuni aytish mumkinki, ular ta'lim standartlari orqali umuman aniq belgilab berilmaydi. Bir tomondan, bunday holni maqbul deb hisoblash mumkin. Chunki, o'quv-pedagogik amaliyotni o'tkazish shart-sharoitlari bir-biridan keskin farq qiladi. Shu bois ham, oliy ta'lim muassasalarida o'quv-pedagogik amaliyotni o'tkazish mazmuni va shaklini mus-taqil belgilash huquqi berilgan. Boshqa tomondan esa, o'quv-pedagogik amaliyot dasturi uchun ma'lum me'yoriy talablarning mavjud emasligi, ularni bir-biriga qiyoslashda va demak, ularning didaktik samaradorligini baholashda bir oz qiyinchilik tug'diradi [3.91]
Bizning tadqiqot ishimizning maqsadi o'quv-pedagogik amaliyot dasturini didaktik jihatdan to'g'ri loyihalash, rejalashtirish va amalga oshirish metodikasini ishlab chiqish hamda amalda tatbiq etishdan iborat. Bunday o'quv-pedagogik amaliyot dasturi yuqorida ko'rsatib o'tilgan ziddiyatlarni bartaraf etishga imkon beradi.
Pedagogik amaliyot uch bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich - tanishuv-pedagogik amaliyoti. U ikkinchi 2 hafta davomida amalga oshiriladi. Amaliyot davomida talabalar asosan ta'lim muassasasining ish faoliyati bilan tanishadilar va belgilangan tartibda hisobot topshiradilar.
2-bosqich - o'quv-pedagogik amaliyoti. Bu ham 2 hafta davomida ta'lim muassasasida amalga oshiriladi. Unda talabalar ta'lim muassasasida yuritiladigan barcha huquqiy-me'yoriy hujjatlar va mutaxassislik fan o'qituvchilarining ish faoliyati bilan tanishadi.
3-bosqich - faol pedagogik amaliyot. Bu 4 hafta davom etadi. Faol pedagogik amaliyot jarayonida talabalar o'quv mashg'ulotlariga tayyorlanish bilan birgalikda, ma'naviy-axloqiy tarbiyaviy ishlar rejasini tuzadi va suhbatlar tashkil etadi. O'ziga biriktirilgan guruhda pedagogik-psixologik tashxis o'tkazadi.
Bundan tashqari, pedagogik amaliyot doirasida amaliyotchi talaba nafaqat o'quv va ma'naviy-axloqiy tarbiyaviy ishlar bilan bir qatorda fanni o'qitish metodikasi nuqtai nazardan ham bir qator quyidagi yo'nalishlarda ijodiy-tadqiqiy ishlarni olib boradi:
- mutaxassislik fan xonalarining jihozlanishi, ko'rgazmali qurollarning mavjudligi va joylashuvi, fan bo'yicha o'quv- metodik majmuaning mavjudligi;
- mutaxassislik fanlaridan o'quv amaliyoti xonalarining mavjudligi, ularning
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-451-459
jihozlanishi; stend va plakatlarning mazmuni, o'quv xonasining texnika havfsizligi va estetik talablar javob berishi;
- mutaxassislik va o'quv amaliyoti xonalarida o'qitishning texnik vositalarining mavjudligi va saqlanishi;
- mutaxassislik va o'quv amaliyoti xonalarida mavjud bo'lgan o'quv-uslubiy majmualarning tahlili, dars va darsdan tashqari mashg'ulotlarining saviyasi bilan tanishadi.
Shuningdek, mutaxassislik fanlaridan namunaviy va ishchi o'quv dasturlari hamda o'quv qo'llanma va darsliklarni tahlil qiladi, mutaxassislik fan o'qituvchilarining dars o'tish uslubini o'rganadi. Har bir pedagogik amaliyot yakunida talabalar amaliyot davrida bajargan ishlari yuzasida hisobot yozadilar va uni himoya qiladilar.
Modulli ta'lim texnologiyasi pedagogik ta'limning kuyidagi zamonaviy masalalarini har tomonlama yechish imkoniyatlarini yaratadi:
- o'qitishni individuallashtirish;
- ta'lim oluvchilarni nazariy bilimlardan amaliyotga samarali, faol foydalanishga o'rgatish;
- amaliy faoliyatga o'rgatish va kuzatiladigan harakatlarni baholash darajasida o'qitish samaradorligini nazorat qilish;
- kasbiy motivatsiya asosida, o'qitish jarayonini faollashtirish, mustaqillik va o'qitish imkoniyatlarini to'la ro'yobga chiqarish va xokazolar [3].
Modulli ta'limning ahamiyatli jihatlari, uning talabalarni modulni mustaqil o'rganishlari va o'z bilimlarini o'zlari nazorat qila olishlari hamda kamchiliklarini qisqa muddatda aniqlashlari va xatolarini qayta o'rganib, bartaraf etishlari mumkinligida namoyon bo'ladi.
Bilim, ko'nikma va malakalarni mustaxkamlash hamda takomillashtirishni to'g'ri yo'lga quyilishi, o'z-o'zini baholash imkoniyatlari - talabalarda mehnat madaniyatini, amaliyotga mas'uliyatli munosabatni tarkib toptiradi, fikrlashni, muammolarni mustaqil yechish qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Fikrimizcha, modulli ta'limning ayni shu xususiyatlari, taptdagogik amaliyoti samaradorligini yuqori bo'lishini ta'minlaydi.
Odatda, amaliyotning birinchi kunida har bir talabaga amaliyot uchun kerakli hujjatlar: amaliyot rejasi, kundalik daftar, yakka tartibdagi topshiriqlar tarqatiladi. Kunlik amaliyot rejasiga asosan talabalar guruhlarga bo'linib, belgilangan ta'lim muassasasini o'rganadilar. Amaliyot rahbarlari talabalar guruhini 1-2 soat mobaynida
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-451-459
kunlik belgilangan ob'ektda bajariladigan ishlar mazmuni, jihozlar va muammolar bilan umumiy tanishtiradilar. Qolgan vaqtda talabalar rejalashtirilgan jarayonlarni mustaqil o'rganishlari, texnologik jarayon, jihozlarning turlari, ularning ish faoliyatini kuzatishlari va kunlik bajarilgan ishlarni kundalik daftarga yozib borishlari talab etiladi [4].
Mazkur bosqichda amaliyotchining mustaqil faoliyatini tashkil etishda har bir modul uchun amaliyot rahbari tomonidan oldindan tuzilgan modul dasturi yaxshi samara beradi. Modul dasturi har bir modul uchun alohida tuzilib, o'quv faoliyati elementlari, ya'ni kichik modullar va har bir o'quv elementining maqsadi hamda amaliyotchi o'zlashtirishi lozim bo'lgan o'quv materialiga oid topshiriqlar va ularni bajarish bo'yicha ko'rsatmalar, har bir o'quv elementidagi topshiriqni bajarish uchun belgilangan bahoni o'z ichiga oladi.
Bu holatda har bir amaliyotchiga modul dasturi tarqatiladi, amaliyotchi o'zi uchun belgilangan ob'ektda amaliyot rahbarining umumiy tanishtiruvidan so'ng, modul dasturi va topshiriqlarni bajarish bo'yicha ko'rsatmalarga asosan belgilangan topshiriqlarni mustaqil hamda ayrim murakkab, muammoli vaziyatlarda amaliyot rahbarlari hamda ta'lim muassasidagi yetakchi o'qituvchlardan o'rgangan xolda bajaradi.
Shuningdek, pedagogik amaliyot jarayonida ta'lim muassasidagi yetakchi o'qituvchlar bilan birgalikga dars jarayolarini kuzatishlari orqali dars tahlillarini o'rganishlari maqsadga muvofiqdir.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, pedagogik ta'limda amaliyotni o'tkazish va baholashni innovatsion yondashuv asosida tashkil etish amaliyot natijalarining samarali bo'lishini ta'minlabgina qolmay, mehnat bozorida raqobatlasha oladigan yuqori malakali o'qituvchilarni tayyorlashga zamin yaratadi.
Pedagogik kuzatishlar va faoliyatimiz natijalari quyidagi xulosa va tavsiyalarni shakllantirishga imkon berdi [5.220]:
1. Innovatsion yondashuv asosida pedagogik amaliyotni modulli texnologiya asosida tashkil etish amaliyotchi faoliyatini to'g'ri rejalashtirilishini ta'minlaydi. Shuning uchun har bir modul uchun tuzilgan dastur sodda va amaliyotchi uchun tushunarli bo'lishi, o'rganilayotgan ob'ekt va jarayonning texnologiyasi, jihozlari va muammolarini o'rganishga imkon yaratishi lozim;
2. Modul dasturi asosida har bir moduldagi muayyan topshiriqlarni mustaqil
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-451-459
o'rganish va bajarish, amaliyotchida mustaqil ishlash, o'rganish, bilmaganini surash, boshqalar bilan munosabatga kirishish kabi ko'nikmalarni shakllanishiga yordam beradi.
3. Har bir modul bo'yicha o'rganilgan bilimlarni ta'lim muassasasi muammolari bilan bog'liq bo'lgan nazorat topshiriqlarini bajarganligi asosida baholanish orqali, amaliyotchilarning pedagogik sifatlarini shakllanishiga, kasbni o'zlashtirish jarayoniga moslashishiga, sohaga nisbatan qiziqish va ijobiy motivatsiyaning shakllantirishiga zamin yaratiladi.
REFERENCES
1.Очилов М. Янги педагогик технологиялар. -Кдрши: "Насаф", 2000. 11 -бет.
2.Каримова М. Мутахассисни касбий тайёрлаш жараёнини моделлаштириш //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 8/S. - С. 274-282. https://inscience.uz/index.php/socinov/index
3. Авлиякулов Н.Х., Мусаева Н.Н.Педагогик технологиялар. - Тошкент: "Фан ва технология", 2008. 91-бет.
4. Dilafruz RAFIKOVA, Mukaddas KARIMOVA O'zbekiston respublikasi oliy pedagogic ta'limidagi modernizasiya jarayonining me'yoriy - huquqiy ta'minoti. Society and innovatsions Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index 2021 yil sentyabr.214-226 b.
5.Муслимов Н.А., Усмонбоева М.Х,., Сайфуров Д.М., Тураев А.Б..Инновацион таълим технологиялари. Тошкент: «Sano-standart» 2015