Научная статья на тему '“UMUMIY PEDAGOGIKA” FANINI O‘QITISHDAGI INNOVATSIYALAR'

“UMUMIY PEDAGOGIKA” FANINI O‘QITISHDAGI INNOVATSIYALAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1162
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / ta’lim innovatsiyalari / novatsiya / faoliyat / innovatsion faoliyat / grafik organayzeri / pedagogik texnologiyalar. / innovation / educational innovations / innovation / activity / innovative activity / graphic organizer / pedagogical technologies.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sattorov, Vaxob Nakshbandovich

Ushbu maqolada ijtimoiy fanlar, globallashuv sharoitida o‘qituvchilarni tayyorlash darajasi, Pedagogik jarayonda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar, ta’lim innovatsiyalari, ta’lim innovatsiyalari bir necha turi, Pedagogning innovatsion faoliyati, uning kasbiy va shaxsiy fazilatlari, o‘z tafakkurining kasbiy rivojlanishi, ko‘nikma va malakasi shakillantirishi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INNOVATIONS IN TEACHING THE SCIENCE OF "GENERAL PEDAGOGY".

In this article, social sciences, the development of specialists in the process of globalization, additional research in the pedagogical process, innovative technologies, educational innovations, several types of educational innovations, the innovative activity of a teacher, his professional and personal characteristics, the professional development of his thinking , formation of skills and qualifications.

Текст научной работы на тему «“UMUMIY PEDAGOGIKA” FANINI O‘QITISHDAGI INNOVATSIYALAR»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

"UMUMIY PEDAGOGIKA" FANINI O'QITISHDAGI INNOVATSIYALAR

Sattorov Vaxob Nakshbandovich

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti P.f.n., dotsent [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ijtimoiy fanlar, globallashuv sharoitida o 'qituvchilarni tayyorlash darajasi, Pedagogik jarayonda qo 'llaniladigan innovatsion texnologiyalar, ta'lim innovatsiyalari, ta'lim innovatsiyalari bir necha turi, Pedagogning innovatsion faoliyati, uning kasbiy va shaxsiy fazilatlari, o'z tafakkurining kasbiy rivojlanishi, ko'nikma va malakasi shakillantirishi.

Kalit so'zlar: innovatsiya, ta'lim innovatsiyalari, novatsiya, faoliyat, innovatsion faoliyat, grafik organayzeri, pedagogik texnologiyalar.

АННОТАЦИЯ

В данной статье общественные науки, уровень подготовки учителя в условиях глобализации, инновационные технологии, используемые в педагогическом процессе, образовательные инновации, несколько видов образовательных инноваций, инновационная деятельность учителя, его профессиональные и личностные качества, профессиональный развитие его мышления, формирование умений и навыков.

Ключевые слова: инновации, образовательные инновации, инновации, деятельность, инновационная деятельность, графический органайзер, педагогические технологии.

ABSTRACT

In this article, social sciences, the development of specialists in the process of globalization, additional research in the pedagogical process, innovative technologies, educational innovations, several types of educational innovations, the innovative activity of a teacher, his professional and personal characteristics, the professional development of his thinking, formation of skills and qualifications.

Key words: innovation, educational innovations, innovation, activity, innovative activity, graphic organizer, pedagogical technologies.

KIRISH

Pedagogik jarayonda qo'llaniladigan innovatsion texnologiyalar o'z mohiyatiga ko'ra shaxsga individual yondashuv masalasini ilgari suradi. Shaxsning

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

individualligiga asoslanish uning faolligini oshirish, qobiliyatlarining to'laqonli namoyon bo'lishini ta'minlash, ma'naviy-axloqiy va shaxsiy sifatlarini rivojlantirish sanaladi. Shu bilan birga innovatsion xarakterdagi pedagogik texnologiyalar har bir shaxs uchun tanlash va erkin rivojlanish imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi. Innovatsion pedagogik texnologiyalar yordamida o'qitish tizimiga rivojlantiruvchi ta'lim g'oyalarini to'laqonli tatbiq etilishini asoslaydi. Mazkur ta'lim asosida shaxsni mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlashga o'rgatish, individual rivojlantirish maqsadi ilgari suriladi. Natijada ta'lim jarayoni o'z-o'zidan ko'p darajali, tabaqalanishga asoslnib boradi.

An'anaviy ta'lim g'oyalariga ko'ra talabalarga bir xil talab qo'yilgan va uning bajarilishi majburiylik kasb etgan bo'lsa, endilikda har bir talabaning imkoniyati, qobiliyatiga tayangan holda "o'z rivojlanish hududi"ni yaratish ta'minlanadi. Buning mohiyati shundan iboratki, har bir talabaning imkoniyati, qobiliyati har tomonlama, chuqur o'rganilgan holda uning uchun istiqbol individual rivojlanish dasturi ishlab chiqiladi.

Innovatsion texnologiyalar ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning mahsuli bo'lib, ular "pedagogika" va "texnologiya" tushunchalarining o'zaro integratsiyasi asosida paydo bo'lgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanishga nisbatan katta talab qo'yilmoqda. O'zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da bayon etilganidek, bugungi kunda jamiyatda yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga bo'lgan ehtiyoj mavjud bo'lgan, uni qondirish masalasi tobora dolzarblik kasb etayotgan bir vaqtda kafolatlargan ta'lim xizmatlarini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Kafolatlangan, samarali natijaga asoslangan ta'lim tizimigina malakali kadrlarni tayyorlab bera oladi.

Shu sababli ayni vaqtda pedagogik texnologiyalarni yanada takomillashtirish, innovatsion xarakterdagi texnologiyalarni yaratish va ularni ta'lim amaliyotida samarali, faol qo'llash talab etilmokda. O'rni kelganda aytib o'tish lozim, tarbiya jarayonining mohiyatini yoritadigan, shaxs tarbiyasini tashkil etishda samarali bo'lgan innovatsion texnologiyalar hali yetarli darajada ishlanmagan. Mavjud texnologiyalarning ayrimlarida esa aniqlik yetishmaydi. Qolaversa, pedagogning mahoratiga, yuksak darajada kasbiy kompetentlikka ega bo'lishiga nisbatan talablar keskin oshib bormoqda. Shu sababli bugungi kun o'qituvchisi nafaqat o'zini ruhan boshqara olishi, notiqlik mahorati va boshqara olish qobiliyatiga ega bo'lishi bilan birga talabalarninig ruhiy holatini to'g'ri baholay olish iqtidoriga ham ega bo'lishi zarur. Mazkur zaruriyat o'z-o'zidan har bir o'qituvchining o'z ustida izchil mehnat qila olishini taqozo etadi.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Innovatsion xarakterga ega pedagogik texnologiyalarning amaliy-didaktik va texnik imkoniyatlari haqida so'z yuritish dastlab "innovatsiya" tushunchasi mohiyatini anglab olishni taqozo etadi.

Lug'aviy jihatdan "innovatsiya" ('Innovation") tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda "yangilik kiritish" degan ma'noni anglatadi. Mazmunan esa tushuncha negizida "innovatsiya" tushunchasi muayyan tizimning ichki tuzilishini o'zgartirishga qaratilgan faoliyatni ifodalaydi.[ 1-67b]

Innovatsiyalarning asosiy ko'rinishlari quyidagilar sanaladi:

- yangi g'oyalar;

- tizim yoki faoliyat yo'nalishini o'zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;

- noan'anaviy yondashuvlar;

- odatiy bo'lmagan tashabbuslar;

- ilg'or ish uslublari.

Ta'lim innovatsiyalari - ta'lim sohasi yoki o'quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo'llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar.

Ta'lim innovatsiyalari "innovatsion ta'lim" deb ham nomlanadi. "Innovatsion ta'lim" tushunchasi birinchi bor 1979 yilda "Rim klubi"da qo'llanilgan.

Ta'lim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi. Ular:

1. Faoliyat yo'nalishiga ko'ra: pedagogik jarayonda yoki ta'lim tizimini boshqarishda qo'llaniladigan innovatsiyalar.

2. Kiritilgan o'zgarishlarning tavsifiga ko'ra: radikal, modifikatsiyalangan hamda kombinatsiyalangan innovatsiyalar.

3. O'zgarishlarning ko'lamiga ko'ra: tarmoq (lokal), modul va tizim innovatsiyalari.

4. Kelib chiqish manbaiga ko'ra: jamoa tomonidan bevosita yaratilgan yoki o'zlashtirilgan innovatsiyalar.

Ta'lim tizimida yoki o'quv faoliyatida innovatsiyalarni qo'llashda sarflangan mablag' va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko'zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o'zgaruvchan mexanizmga ega bo'lishi zarur.

Barcha sohalarda bo'lgani kabi ta'limda ham "novatsiya", "innovatsiya" hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to'g'risida so'z yuritiladi.

Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo'lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o'zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi. Bordi-yu, faoliyat ma'lum konseptual yondashuv asosida amalga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o'zgartirishga xizmat qilsa, u holda u innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi.

Asosiy farqlar

Novatsiya Innovatsiya

1) amaldagi nazariya doirasida qo'llaniladi; 2) ko'lam va vaqt bo'yicha chegaralanadi; 3) metodlar yangilanadi; natija avvalgi tizimni takomillashtiradi 1) tizimli, yaxlit va davomli bo'ladi; 2) ma'lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi; 3) sub'ektlarning faoliyati to'la yangilanadi; 4) yangi texnologiyalar yaratiladi; 5) faoliyatda yangi sifat natijalariga erishiladi; 6) amaliyotning o'zi ham yangilanadi

Ta'lim innovatsionlari quyidagi o'zgarishlarga olib keladi (I.P.Podlasiy):

- pedagogik tizimning tamomila o'zgarishi;

- o'quv jarayonining o'zgarishi;

- pedagogik nazariyaning o'zgarishi;

- o'qituvchi faoliyatining o'zgarishi;

- talaba faoliyatining yangilanishi;

- pedagogik texnologiyaning o'zgarishi;

- ta'lim mazmunining yangilanishi;

- o'qitish shakl, metod va vositalarining o'zgarishi;

- ta'lim tizimi boshqaruvning o'zgarishi;

- ta'lim maqsadi va natijalarning o'zgarishi.

Pedagogning innovatsion faoliyati. Innovatsion faoliyat - yangi ijtimoiy talablarning an'anaviy me'yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g'oyalarning mavjud g'oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat.

Innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratishdan iborat.

Pedagogning innovatsion faoliyati: yangilikni qo'llashga tayyorgarligi; pedagogik yangiliklarni qabul qilishi; novatorlik darajasi; kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi; ijodkorligi bilan belgilanadi.

Innovatsion faoliyat pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma'lum maqsadga yo'naltirish asosida nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarni

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

egallash, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to'ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchilik mahoratini rivojlantirishni talab etadi.

V.Slasteninning fikriga ko'ra innovatsion yondashuv: ijodiy faollik; faoliyatga yangilik (o'zgartirish) kiritishga texnologik va metodologik tayyorgarlik; yangicha fikrlash; yuksak muomala madaniyatiga ega bo'lishni ifodalaydi.[ 2-127b]

Ta'lim innovatsiyalarini pedagogik jarayonga tatbiq etish bir necha bosqichlarda kechadi. Ular quyidagilardir:

1. Muammoni tahlil asosida aniqlash.

2. Mo'ljallanayotgan ta'lim tizimini loyihalash.

3. O'zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish.

4. O'zgarishlarni amalga oshirish.

Bugungi kunda pedagoglarning innovatsion faoliyat ko'nikma, malakalariga ega bo'lishlari muhim ahamiyatga ega. Pedagoglar tomonidan innofatsion faoliyat ko'nikma, malakalarini o'zlashtira olishlarida ularning innovatsion yondashuvga ega bo'lishlari talab etiladi. O'z mohiyatiga ko'ra pedagoglar tomonidan innovatsion faoliyat ko'nikma, malakalarining o'zlashtirilishi ularda innovatsion yondashuvni qaror topishi asosida kechadi. Pedagoglarda innovatsion yondashuvning qaror topishi ham murakab jarayon bo'lib, u bir necha bosqichda kechadi. Ya'ni:

1-bosqich: tayyor metodik tavsiyanoma (mavjud innovatsiya)lardan foydalaniladi.

2-bosqich: mavjud tizimga yangi g'oyalarni, metodlarni kiritadi.

3-bosqi: yangi g'oyani amalga oshirish mazmuni, shak va metodlarini tizimlashtiiadi.

4-bosqich: pedagog o'qitish va tarbiyalashga oid o'z konsepsiyasi yoki metodikasini yaratadi.[3-98,]

zamonaviy texnologik jarayonlar har qanday sohaga o'z ta'sirini o'tkazmoqda. Ayniqsa, axborot uzatish tizimida tobora yangi o'zgarishlar va texnologoyalar rivojlanib, kuchayib bormoqda. Insonlarda axborot va kommunikatsion texnologiyalar hamda komptyuter texnologiyasidan foydalanishga bo'lgan ehtiyoj kuchaymoqda va ular takomillashmoqda.

Respublikamiz ta'lim sohasida ulardan foydalanish o'qitish sifatini oshirishga, o'quvchilarning fikrlash doirasini oshirish va kengaytirishga, ularda mustaqil o'zlashtirish faoliyatini kuchaytirish hozirgi zamonning dolzarb masalasiga aylanib qoldi.

Ta'lim jarayonida suhbat quyidagi shaxslar o'rtasida tashkil etiladi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Zamonaviy texnologik jarayonlar har qanday sohaga o'z ta'sirini o'tkazmoqda. Ayniqsa, axborot uzatish tizimida tobora yangi o'zgarishlar va texnologoyalar rivojlanib, kuchayib bormoqda. Insonlarda axborot va kommunikatsion texnologiyalar hamda kompyuter texnologiyasidan foydalanishga bo'lgan ehtiyoj kuchaymoqda va ular takomillashmoqda.

Respublikamiz ta'lim sohasida ulardan foydalanish o'qitish sifatini oshirishga, o'quvchilarning fikrlash doirasini oshirish va kengaytirishga, ularda mustaqil o'zlashtirish faoliyatini kuchaytirish hozirgi zamonning dolzarb masalasiga aylanib qoldi.

"Interfaol" tushunchasi ingliz tilida "interact" (rus tilida "interaktiv") tarzida ifodalanib, lug'aviy nuqtai nazardan "inter" - o'zaro, "act" - harakat qilmoq kabi ma'nolarni anglatadi.[4- 54b.]

Ta'lim jarayonida suhbat quyidagi shaxslar o'rtasida tashkil etiladi: Mashg'ulotlar jarayonida metoddan foydalanishda quyidagi savollarga javob topgan holda mavzuni samarali o'zlashtirish imkonini beradigan omillarning ro'yxatini tuzib olish maqsadga muvofiqdir:

Mavzuni o'zlashtirishda qaysi omillar hisobga olindi

Mavzuni o'zlashtirishda qanday omillar hisobga olinmadi

Ro'yxatga yana qanday omillarni kiritish mumkin

Masalaning yana qaysi jihatlariga e'tibor berish zarur

?

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Har qanday o'yin o'z mohiyatiga ko'ra har bir shaxsda qiziqish uyg'otadi. O'yinning bu xususiyati hamda musobaqalashish elementlariga egaligi talabalarni o'quv-bilish faoliyatiga bo'lgan qiziqishlarini uyg'otishga imkon beradi. Qolaversa, o'yinlar o'quvchilarning o'z-o'zini ifoda etish, ro'yobga chiqarish kabi ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi [6-164b.].

Ayni vaqtda darslarning quyidagi shakllaridan ta'lim amaliyotida keng foydalanilmoqda: ishchanlik o'yinlari; rolli o'yinlar; musobaqalar; KVN darslari;komptyuter darslari; sinov darslari; ko'rik (tanlov) darslari;juftlikka asoslangan darslar; guruhda ishlash darslari; seminar darslari; talabalarning hamkorligiga asoslangan darslar; suhbat darslar; "Internetdagi mashg'ulot" darslari;"Mo''jizalar maydoni" darslari; Bu turdagi darslarda talabalar mavjud bilimlarni mustaqil, faol o'zlashtiradi.

Pedagogik jarayonda qo'llaniladigan o'yinlarning barchasi yagona nom bilan o'yin texnologiyalari deb yuritiladi

i ;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

O'yin texnologiyalari - o'quvchilarni muayyan jarayonga tayyorlash, ularda

ma'lum hayotiy voqelik va hodisalar jarayonida bevosita ishtirok etish uchun dastlabki ko' nikma-malakalarni hosil qilishga xizmat qiladigan ta'lim turi; pedagogik texnologiyalardan biri

O'yin darslari talaba (yoki talabalar, bir necha talaba, talabalar guruhi)da manbalar (darslik, yordamchi adabiyotlar, Internet materiallari) bilan mustaqil ishlash ko'nikma-malakasini shakllantirishga yordam beradi. Bunda o'qituvchining eng muhim vazifasi o'quvchini qanday manbalar bilan ishlashga to'g'ri yo'naltirishdan iborat.

f N

Pedagogik xarakterdagi imitatsion o'yinlar - o'quv faoliyatining real pedagogik jarayonda sodir bo'ladigan hodisalar misolida talabalar tomonidan kasbiy ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish maqsadida qo'llaniladigan shakli

V_)

Bu kabi darslarning afzalliklari, ta'lim jarayonida har bir talabaning faolligi ta'minlanadi, topshiriqlarning yechimi kichik guruhlarda topiladi, guruhlarning har bir a'zosi yechim yuzasidan o'z fikrini ilgari surishi, asoslashi zarur. Hech qachon talabaning fikri bo'linmaydi, inkor va tanqid qilinmaydi, aksincha, imkon qadar ko'proq javob, yechim variantlarini topishga e'tibor qaratilib, fikrlar xilma-xilligi ta'minlanadi va tahlil asosida eng maqbul yechim, javob tanlab olinadi.[5-97b]

V

R

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Zamonaviy sharoitda O'zbekiston ta'lim tizimida interfaol metodlardan faol, keng va samarali foydalanilmoqda. Quyida ularning ayrimlari xususida to'xtalib o'tiladi.

2. "Venn diagrammasi" grafik organayzeri. U talabalarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar asosida mavzuning umumiy mohiyatini o'zlashtirish (sintezlash) ko'nikmalarini hosil qilishga yo'naltiriladi. U kichik guruhlarni shakllantirish asosida aniq sxema bo'yicha amalga oshiriladi.

Grafik organayzer o'quvchi (talaba)lar tomonidan o'zlashtirilgan o'zaro yaqin nazariy bilim, ma'lumot yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Undan muayyan bo'lim yoki boblar bo'yicha yakuniy darslarni tashkil etishda foydalanish yanada samaralidir.

Uni qo'llash bosqichlari quyidagilardan iborat:

Talabalar to'rt guruhga bo'linadi

Yozuv taxtasiga topshiriqni bajarish mohiyatini aks ettiruvchi sxema chiziladi

Har bir guruhga o'zlashtirilayotgan mavzu (bo'lim, bob) yuzasidan alohida topshiriqlar beriladi

Topshiriqlar bajarilgach, guruh a'zolari orasidan liderlar tanlanadi

Liderlar guruh a'zolari tomonidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirib, yozuv taxtasida aks etgan diagrammani to'ldiradi

Yozuv taxtasi o'zaro teng to'rt bo'lakka ajratiladi va har bir bo'lakka quyidagi sxema chiziladi:

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Grafik organayzerni qo'llashda har bir guruh muayyan mavzuga oid topshiriqlarni bajaradi. Talabalarga quyidagi jadvalni taqdim etiladi:

Guruhlar Diagrammaning tartib raqami Topshiriqlar mazmuni

1- guruh 1-diagramma

2-diagramma

3-diagramma

2-guruh 1-diagramma

2-diagramma

3-diagramma

3-guruh 1-diagramma

2-diagramma

3-diagramma

4-guruh 1-diagramma

2-diagramma

3-diagramma

3. "Gugurt donalari" strategiyasi. U o'quv materiallarining talabalar tomonidan o'rganilgan qay darajada egallanganligini aniqlash maqsadida qo'llaniladi. Strategiya talabalarga o'quv materialining mavzusidan kelib chiqqan holda turli muammoli masala yoki vaziyatlarni yaratish, mavzuning asosiy tayanch tushunchalarini ajratib olish, ularni izohlash, tahlil qilish, ta'riflashda yordam beradi. Shuningdek, strategiya mashg'ulot davomida har bir talabaga turli topshiriqlarni individual bajarish, uning ustida mustaqil ishlash imkonini beradi. Bu strategiya o'quvchilarda bir qator tarbiyaviy xarakterdagi, ya'ni: mustaqil ishlay olish; muloqatga kirishuvchanlik; xushfe'llik; o'zgalar fikrini hurmat qilish; faollik; faoliyatga ijodiy yondashish; faoliyatning samarali bo'lishiga qiziqish va intilish; o'zini o'zi baholash kabi sifatlarni shakllantirishga yordam berdi.

Strategiya qo'llanilgan mashg'ulot o'quvchilarni o'rganilgan yoki o'rganilishi kerak bo'lgan mavzu bo'yicha yakka va kichik jamoa bo'lib fikrlash, o'zlashtirilgan bilimlarni yodga olish, to'plangan fikrlashni umumlashtirish, ularni yozma ravishda yoki rasm, chizma, tasvir, sxema, model ko'rinishida ifodalashga o'rgatadi. Mazkur strategiya juftlik, kichik guruhlar yoki jamoada tashkil etiladi. O'quvchi (talaba)lar tushunchalarni yozma ravishda ta'riflaydi va ularni taqdimot asosida jamoaga namoyish qiladi.

Mashg'ulotda strategiyani qo'llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Izoh: talabalar tomonidan tanlangan har bir gugurt donasi yoki oddiy cho'p bittadan tushunchani ta'riflash shartligini anglatadi. Shunga ko'ra talaba agarda ikkita gurut donasini tanlagan bo'lsa, u holda ikkita tushunchani ajratib ko'rsatib, ularni ta'riflaydi. Gururt donalari sonining ortib borishiga ko'ra tushunchalar soni va ularga beriladigan ta'riflar miqdori ham ko'payib boradi.

XULOSA

Demak, innovatsion faoliyat yangi ijtimoiy talablar bilan an'anaviy me'yorlarning mos kelmasligi yoki amaliyotning yangi shakllanayotgan me'yorining yuzaga kelgan me'yor bilan to'qnashuvchi natijasida vujudga kelgan qator muammolarni yechishga yo'naltirilgan faoliyat sanaladi. U shaxsning, xususan, pedagogning innovatsion jarayonni tashkil etishga tashkiliy-texnologik, metodik va ijodiy jihatdan tayyorligi hisobiga tashkil etiladi. Pedagogik innovatsiyalarning izchil ravishda pedagogik faoliyatga yangiliklarni olib kirishga imkon berish orqali ta'lim tizimi yoki jarayoni muntazam rivojlanib boradi. O'qituvchining innovatsion faoliyati pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg'a undovchi, bunyodkorlikka rag'batlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo'ladi hamda u ta'lim jarayonining sifatini kafolatlaydi. Shu bois har bir o'qituvchi innovatsiyalarning mohiyatini to'la tushungan holda o'z faoliyatiga izchil tatbiq eta olsa ta'lim jarayoni ham sifat ham samaradorlik nuqtai nazardan taraqqiy etadi. Bu esa o'z navbatida ta'lim tizimining rivojini ta'minlaydi.

REFERENCES

1. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. O'quvqo' llanma. - T.: TDPU, 2003. - 174 b.

2. Slastenin V.A., Podtimova L.S. Pedagogika - innovatsionnaya deyatelnost. -M.: Magistr, 1997. - 221 s

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

3. Suxomlinova M.V., Sobirova U. Pedagogik innovatsiyalar: oliy o'quv yurtlarida interaktiv-kommunikativ ta'lim uslublari. // j. Ta'lim menejmenti. - T., 2007. - №3. - B.98-107.

4. S.Manzanares, M.C.Garcia Osorio, C.I.Diez Pastor, J.F.Martin Anton. Information Discovery and Delivery. 47 (1) 53-63 pages

5. Sattorov.V.N., Mamarajabov SH.E Kasb ta'limi metodikasi. O'quv qo'llanma TTESI. T.-182b.

6. Ishmuhamedov R., Yuldashev M. "Ta'lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar". O'quv qo'llanma. - T.: 2013.237b.

7. Jobborova Gulnoza Kadamovna. (2022). Formation of Ecological Culture of Primary School Students. Eurasian Scientific Herald, 7, 240-242. Retrieved from https: //geniusj ournals.org/index.php/esh/article/view/1197

8. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Кушаков, Файзулла Абдуллаевич, Валиев, Л.А., & Хасанов, М.Н. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИ ТАРАВДИЁТ БОС^ИЧЛАРИ (УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТИ МИСОЛИДА). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (9), 606-

9. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Jurabayev, N., & Artikova, B. (2022, June). Constructive and optimal solutions for the formation of a stable ecological situation in the Aral Sea region of Uzbekistan. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030113). AIP Publishing LLC.

10. Baratov, R. (2021). Prospects of Higher Education System (on the Example of Uzbekistan). International Journal on Orange Technologies, 3(3), 128-131.

11. Баратов, Р. У. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА ТАЪЛИМ ИСЛОХ,ОТЛАРИ ВА ИСТЩБОЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 90-95.

12. Baratov, R. U. (2019). INTEGRATION OF A SCIENCE, FORMATION, AND MANUFACTURE IN THE COURSE OF PROFESSIONAL TRAINING. In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 51-54).

13. Baratov, R., & Uzbekova, S. (2022). INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING. World scientific research journal, 4(2), 7-11.

14. Baratov, Rashid, and Sadokat Uzbekova. "INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING." World scientific research journal 4.2 (2022): 7-11.

612.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

15. Журабоев, Н. Ю., Кушаков, Ф. А., Султанов, С. X,., & Хасанов, М. Н. (2022). КОНФУЦИЙЛИК ХУСУСИЯТЛАРИДАН ХИТОЙ ФАЛСАФАСИНИНГ КЕНГАЙИШИ. World scientific research journal, 9(2), 3742.

16. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Sultanov, S., & Khasanov, M. (2022). METHODS AND MEANS OF FORMATION OF SPIRITUAL MORAL CONSCIOUSNESS IN STUDENTS AND YOUTH OF UZBEKISTAN. World scientific research journal, 10(1), 257-262.

17. Ж. С. Раматов, Миршод Нумонович Хасанов, & Л. А. Валиев (2022). ШАРК УЙЕОНИШ ДАВРИ МУТАФАККИРЛАРИНИНГ СИЁСИЙ-ХУКУКИЙ ТАЪЛИМОТЛАРИ (АБУ НАСР ФОРОБИЙ, АБУ РАЙХОН БЕРУНИЙИНГ СИЁСИЙХУКУКИЙ КАРАШЛАРИ АСОСИДА). Academic research in educational sciences, 3 (6), 705-712.

18. Ж. С. Раматов, & М. Хасанов (2022). ОНТОЛОГИЧЕСКИХ И ГНОСЕОЛОГИЧЕСКИХ ВОЗЗРЕНИЙ АЛЬ-ФАРАБИ. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2 (6), 537-546.

19. Рахимова Машхура Иномжановна, & Хасанов Миршод Нумонович (2020). Роль среднеазиатской философии в развитии мировой и европейской науки. Вестник науки и образования, (4-1 (82)), 38-41.

20. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Кушаков, Файзулла Абдуллаевич, Валиев, Л.А., & Хасанов, М.Н. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИ ТАРАККИЁТ БОСКИЧЛАРИ (УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТИ МИСОЛИДА). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (9), 606612.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.