Научная статья на тему 'RESPUBLIKA OLIY TA'LIM MUASSASALARINI XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA O‘RNINI YAXSHILASHDA INNOVATSIYALAR TRANSFERINING ROLI'

RESPUBLIKA OLIY TA'LIM MUASSASALARINI XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA O‘RNINI YAXSHILASHDA INNOVATSIYALAR TRANSFERINING ROLI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
89
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
reyting / innovatsiya / innovatsiyalar transferi / oliy ta’lim.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ibragimov Botir Dastamovich, Shodiyev Kamoliddin Shamsiddin O‘g‘li

Shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytingning yuqori o‘rinlarini egallashda innovatsion faolligini oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda innovatsion faoliyatning muhim qismi bo‘lgan transfer jarayonini samarali tashkil etish zarur. Muallif o'z ishida induktiv va grafik yondashuvlar kabi bir qancha tadqiqot metodologiyalaridan foydalangan. Muallif mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida yaratilgan innovatsiyalarni o‘tkazish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini beradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RESPUBLIKA OLIY TA'LIM MUASSASALARINI XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA O‘RNINI YAXSHILASHDA INNOVATSIYALAR TRANSFERINING ROLI»

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

RESPUBLIKA OLIY TA'LIM MUASSASALARINI XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA O'RNINI YAXSHILASHDA INNOVATSIYALAR TRANSFERINING

ROLI

1Ibragimov Botir Dastamovich, 2Shodiyev Kamoliddin Shamsiddin o'g'li

1Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti tin.. dotsent 2Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti mutaxassisi, 1 [email protected] 2shodiyevkamoliddin91@ gmail.com Orcid 0000-0002-2035-8427 +97-406-92-00 https://doi.org/10.5281/zenodo. 10138586

Annotatsiya. Shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda oliy ta'lim muassasalarining xalqaro reytingning yuqori o'rinlarini egallashda innovatsion faolligini oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda innovatsion faoliyatning muhim qismi bo'lgan transfer jarayonini samarali tashkil etish zarur. Muallif o'z ishida induktiv va grafik yondashuvlar kabi bir qancha tadqiqot metodologiyalaridan foydalangan. Muallif mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarida yaratilgan innovatsiyalarni o'tkazish jarayonini takomillashtirish bo'yicha o'z tavsiyalarini beradi.

Kalitso'zlar: reyting, innovatsiya, innovatsiyalar transferi, oliy ta'lim.

Abstract. In a period of rapid development, it is important to increase the innovative activity of higher education institutions in order to occupy the top places of the international rating. For this purpose, it is necessary to effectively organize the transfer process, which is an important part of innovative activity. The author used several research methodologies in his work, such as inductive and graphical approaches. The author gives his recommendations on improving the process of transferring innovations created in higher education institutions of our country.

Keywords: rating, innovation, innovation transfer, higher education.

Аннотация. В период бурного развития важно повысить инновационную активность высших учебных заведений, чтобы занять верхние места международного рейтинга. Для этого необходимо эффективно организовать трансферный процесс, который является важной частью инновационной деятельности. В своей работе автор использовал несколько исследовательских методологий, таких как индуктивный и графический подходы. Автор дает свои рекомендации по совершенствованию процесса трансфера инноваций, созданных в высших учебных заведениях нашей страны.

Ключевые слова: рейтинг, инновации, трансфер инноваций, высшее образование.

KIRISH

So'nggi yetti yilda O'zbekiston hukumati Oliy ta'lim muassasalarini xalqaro reyting va indekslarda o'rnini yaxshilashga katta e'tibor qaratmoqda, sababi milliy universitetlarning reytingdagi yuqori o'rni butun mamlakat imidjini yaxshilaydi va chet ellik talabalarni jalb qiladi. Buning uchun universitetlar yanada shaffof bo'lishi, shuningdek, ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash bo'yicha jahonda qabul qilingan standartlarni joriy etishi kerak. Ko'pgina davlatlar o'z universitetlarini xalqaro reytinglarda e'tirof etilishi uchun maxsus dasturlarni ishlab chiqadilar. Masalan 2019-yilda "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi prezident farmoni imzolangan edi. Unga ko'ra 2023 -yilga qadar mamlakatimizdagi kamida 10 ta oliy ta'lim muassasasini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o'rindagi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga kiritish vazifasi belgilandi. Natijada 2023-yilga kelib Times Higher Education Xalqaro reytingining Top-1000 ro'yxatida bir nechta universitetlarimiz qayd etildi. Umuman olganda o'zi bu reytinglarga kirish uchun innovatsion texnologiyalar va fanni rivojlantirish masalalarini davlatning eng muhim ustuvor vazifasi sifatida ilgari surmoqda. Shu munosabat bilan mamlakatimizda so'nggi yillarda fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish va innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni yanada takomillashtirish, fan va ishlab chiqarish o'rtasidagi bog'liqlikni yanada kengaytirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, ta'limga bog'liq iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish davlat dasturlari qabul qilinib, ularni amalga oshirish davom ettirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi uchun innovatsion va texnologik jihatdan rivojlanish juda muhim bo'lib, aynan shu yo'l bilan zamonaviy texnologik asosni shakllantirish, raqobatdosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish, qishloq xo'jaligida samaradorlikni oshirish, shuningdek, xalqaro raqobatdoshlikni mustahkamlash mumkin.

Innovatsion iqtisodiy taraqqiyotga asoslangan bugungi iqtisodiy munosabatlar sharoitida oliy o'quv yurtlari iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi eng asosiy resurslardan biri sifatida qaralmoqda. Oliy o'quv yurtlari tomonidan olib borilayotgan chuqur ilmiy tadqiqot ishlari natijasida olingan ilmiy yutuqlar va innovatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish orqali yangi tovar va xizmatlar ishlab chiqarilmoqda, yangi korxonalar tashkil etilib, ish o'rinlari tashkil etilmoqda, iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarini texnik-texnologik jihatdan modernizatsiyalash imkoniyati yaratilmoqda, umuman yangi bo'lgan tarmoq yo'nalishlari vujudga kelmoqda. Shu sababli, oliy o'quv yurtlarini xalqaro reytinlarda yuqori o'rinlarni egallashda innovatsion faoliyatni yanada takomillashtirish, innovatsion faoliyatning eng muhim qismi bo'lgan transfer jarayonini samarali tashkil etish mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

Oliy ta'lim muassasalarining innovatsiyalar transferi sohasida samarali faoliyat yuritishi nafaqat xalqaro reytinglardagi yuqori o'rinlarni, hamda yuqori pul daromadlariga ega bo'lish asosida yuksak malakali kadrlarni o'ziga jalb qilish, mavjudlarini o'zida saqlab qolish, balki, oliy o'quv yurtlari va korxonalar o'rtasidagi texnologiyalar transferi sohasidagi hamkorlik davlat va jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti uchun eng muhim omil bo'lganligi uchun ham zarurdir.

Oliy o'quv yurtlarida innovatsiyalar transferini samarali tashkil etish ushbu jarayonga ta'sir etuvchi omillarni aniqlashni, ushbu jarayonni tashkil etishda aniqlangan omillarni hisobga olishni talab etadi.

Tadqiqotlar natijasida oliy o'quv yurtlarida transfer jarayonlarini samarali tashkil etishga ta'sir etuvchi qator omillar o'rganilib, ularni quyidagi guruhlarga umumlashtirish mumkin.

1. Davlat tomonidan innovatsiyalar transferini amalga oshirish va rag'batlantirish bilan bog'liq chora-tadbirlar (innovatsion faoliyat bilan bog'liq me'yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, innovatsion faoliyat sub'ektlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, innovatsiyalar transferini nazarda tutuvchi dasturlarning qabul qilinishi va h.k.).

Oliy o'quv yurtlarida innovatsiyalar transferini samarali tashkil etish bevosita davlat tomonidan ushbu jarayon bilan bog'liq me'yoriy-huquqiy asosni shakllantirish, innovatsion faoliyat sub'ektlariga innovatsion faoliyatni amalga oshirishda turli imtiyozlar berish, ilmiy xodimlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va shu kabi chora-tadbirlar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ko'plab iqtisodchilar AQShning hozirgi kunda innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish bo'yicha dunyoda yetakchi o'rinni egallab turishini 1980 yilda Bey- Doul qonunining qabul qilinishi bilan bog'laydilar. Shu sababli, boshqa davlatlarda ham ushbu qonunga o'xshash

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

qonunlar qabul qilindi va bu qonunlar innovatsiyalar transferida samarali vosita bo'lib xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda ham innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishda qator me'yoriy-huquqiy asoslar qabul qilingan bo'lib, ular innovatsiyalar transferi jarayonini samarali tashkil etishda muhim rol o'ynamoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagidagi PF-5847- sonli "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmonida oliy ta'lim tizimini keng miqyosda modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ularni eng zamonaviy yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlash, sanoat tarmoqlarida zamonaviy ilmiy yutuqlar va ilg'or innovatsiya texnologiyalarini jadal tatbiq etish, sanoat uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni kengaytirish ustuvor yo'nalish etib belgilandi [1]. Shundan kelib chiqib, mamlakatimizda ilmiy tadqiqot sohasidagi asosiy e'tiborni sanoat tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqib amalga oshirish belgilandi.

Davlat tomonidan oliy o'quv yurtlarida yaratilgan intellektual mulk ob'ektlarini amaliyo tga joriy etish asosida faoliyat olib boruvchi korxonalarni soliqqa tortishda turli imtiyozlarning berilishi innovatsiyalar transferini jonlantirishda muhim omillardan biri hisoblanadi. Berilgan imtiyozlar asosida korxonalar ixtiyorida qolgan mablag'lar ularga ehtiyoj yuqori bo'lgan sharoitda muhim moliyaviy manbaa bo'lib xizmat qiladi.

2. Oliy o'quv yurtlari innovatsion potentsiali(ilmiy salohiyati, ularning innovatsion biznes sohasida bilimlarga egalik darajasi, ilmiy tadqiqotlarga jalb qilingan talabalar soni, oliy o'quv yurtida zamonaviy jihozlar bilan ta'minlangan laboratoriyalarning mavjudligi va h.k.);

Oliy o'quv yurti ilmiy salohiyati unda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot natijalarining sifati va soniga ta'sir etuvchi eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. Professor-o'qituvchilarning o'z sohalari bo'yicha chuqur bilimga, zamonaviy fan-texnika yutuqlarini tezkorlik bilan o'zlashtira olish qobiliyatiga egaligi, turli sohalarda mavjud muammolarni aniq ko'ra bilishi va o'z bilimlarini ana shu muammolarni hal etishda qo'llay olishi oliy o'quv yurti innovatsion faolligini, yaratilgan innovatsiyalarning ishlab chiqarishga joriy etilish imkoniyatini oshiradi.

Innovatsion biznes sohasida bilimlarga egalik darajasi deganda innovatsiya yaratuvchi-ixtirochilarning ushbu innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish bo'yicha kichik korxonalarni tashkil etish va boshqarishda yetarli bilimga ega ekanligi tushuniladi. Respublikada mikrofirma va kichik korxonalarning innovatsion faoliyati sezilarli darajada emas. Oxirgi besh yilda oliy o'quv yurtlarining 40 foizida, ilmiy tadqiqot institutlarining 20 foizida hech bo'lmaganda bitta kichik innovatsion korxona shakllantirilgan .

Ilmiy tadqiqotlarga talabalarni jalb etish ularda ilmiy tadqiqot olib borish bo'yicha bilim, malaka va ko'nikmalarni shakllantirib, oliy o'quv yurti innovatsion potentsialini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Oliy o'quv yurtlarida zamonaviy texnik jihozlar bilan ta'minlangan laboratoriyalarning mavjudligi ilmiy tadqiqotlarning mavjud real holatga maksimal darajada yaqinligini ta'minlash, murakkab ilmiy hisob-kitoblarni o'ta yuqori aniqlik bilan amalga oshirish imkonini beradi.

3. Oliy o'quv yurtlarida yaratilgan innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish bo'yicha turli tashkiliy tuzilmalarning mavjudligi va ularning samarali faoliyati.

NOVEMBER 17

2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Srtategik maqsadlar

Iste'molchilar

Mahsulot

innovatsiyalari

Texnologik

innovatsiyalar

Resurslar

Vaqt

1-rasm. Innovatsiyalar transferi jarayoni

Bunda: Strategik maqsadlar: M1-jahon bozoriga chiqish; M2-tashkilot imijini oshirish; M3-tarmoqda liderlik.

Iste'molchilar: H1-qo'shma korxonalar; H2-kichik biznes va xususiy tadbirkorlar; H3-davlat korxonalari.

Bozorlar: E1-tashqi bozor; E2-mintaqaviy bozor; E3-ichki bozor.

Mahsulot innovatsiyalar: ni-yangi mahsulot yaratish; ü2-mahsulotni differentsiyatsiyalash; ü3-mahsulotni brendlash;

Texnologik innovatsiyalar: T1-yangi texnologik liniyalar yaratish; T2-joriy liniyalarni modernizatsiyalash; T3- nou-xau texnologiyalarini yaratish.

Resurslar: Pl-ilmiy-texnik xodimlar; P2-moddiy resurslar; P3-moliyaviy resurslar.

Transfer jarayoni bu faqatgina yaratilgan ixtirolar uchun patent olish va ulardan foydalanish uchun litsenzion kelishuvlar asosida amaliyotga foydalanish uchun berishdangina iborot emas. Texnologiyalar transferi ilmiy tadqiqot muassasalari tomonidan turli korxonalar, uyushmalar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, intellektual mulkni litsenziyalash yoki sotish, texnik yordam ko'rsatish, axborot almashinuvi bilan bog'liq barcha faoliyat turlarini o'z ichiga oladi.

Rivojlangan mamlakatlar ilmiy tadqiqot institutlarida innovatsiyalar transferi jarayoni turli funktsiyalarni bajaruvchi bo'limlarni o'z ichiga oluvchi ofislar, maxsus tashkil etilgan institutlar, tadbirkorlik markazlari, notijoriy ilmiy tadqiqot fondlari va shu kabi tuzilmalar tomonidan amalga oshiriladi. Transfer jarayonining strategik maqsadlari, iste'molchilar, bozorlar, yangi mahsulot innovatsiyasi va yangi jarayon (texnologik) innovatsiyalari resurslar ta'minoti bilan bog'liq xolda tizim deb qaraladi.

Shu sababli, oliy o'quv yurtlarida bunday keng ko'lamdagi faoliyat turlarini tashkil etish, ularni boshqarish va ushbu faoliyatning samarali bo'lishi oliy o'quv yurtlari tarkibida transfer jarayonini tashkil etish bilan shug'ullanuvchi, ushbu yo'nalish bo'yicha bilim, ko'nikma va malakaga ega professional xodimlar faoliyat olib boruvchi maxsus tuzilmalarni shakllantirishni talab etadi.

4. Oliy o'quv yurtlari joylashgan hududlar iqtisodiy potentsiali (mintaqaning iqtisodiy sog'lomligi, unda joylashgan korxonalar turlari, faoliyat yo'nalishlari, soni, ular o'rtasida raqobat muhitining shakllanganligi, ularning innovatsiyalarni o'zlashtira olish imkoniyatlari, mintaqada yangi korxonalarni qo'llab-quvvatlash borasida yaratilgan infratuzilma va h.k.).

Innovatsiyalar transferi jarayoniga oliy o'quv yurtlari joylashgan mintaqa iqtisodiy potentsiali ham ta'sir ko'rsatadi. Mintaqada faoliyat yurituvchi korxonalar sonining ko'pligi va ular o'rtasida raqobat kurashining kuchayib borishi foydani maksimallashtirishda raqobatning

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

narxsiz usulidan foydalanish, innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish zaruratini keltirib chiqaradi.

Innovatsiyalarning ishlab chiqarishga joriy etilishi korxonalarda yuqori bilim darajasiga ega yangiliklarni tez o'zlashtira oladigan kadrlar mavjudligini talab qiladi. Bu esa, fkrimizcha, oliy o'quv yurtlari va ishlab chiqarish korxonalari o'rtasida kadrlar malakasini oshirish, kadrlar almashinuvi bo'yicha hamkorlikning kuchayishiga olib keladi. Korxonalarning innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog'liq harajatlarni amalga oshirish uchun yetarli moliyaviy mablag'ga ega bo'lishi innovatsiyalarga talabning oshishiga xizmat qiladi.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma'lumki, ilmiy tadqiqot muassasalari tomonidan yaratilayotgan aksariyat ixtirolarning tayyor tovar holatiga keltirilishi yirik korxonalar tomonidan amalga oshirilmaydi. Bu asosan kam xarajat va nisbatan kichik bo'lgan foyda hisobiga faoliyat yurituvchi, o'zgaruvchan sharoitlarga tez moslashuvchi kichik korxonalar tomonidan amalga oshirilib, kelgusida ushbu yangi tovar yirik korxonalarga ishlab chiqarish va bozorga taklif qilish uchun o'tkaziladi. Bu esa, o'z navbatida, innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish bilan shug'ullanuvchi kichik korxonalarni rag'batlantirish mexanizmining mavjudligini, yangi o'sib boruvchi biznesni qo'llab-quvvatlovchi infratuzilma shakllanganligini talab qiladi.

5. Oliy o'quv yurtlarida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot faoliyati yo'nalishlari, oliy ta'lim muassasasi professor-o'qituvchilari tomonidan intellektual mulk ob'ektlariga olingan patentlar to'g'risida ma'lumotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga yetkazish vositalaridan samarali foydalanish ((oliy o'quv yurti yoki transfer bo'yicha tashkil etilgan tuzilmaning Internetdagi rasmiy veb-sahifasi), bukletlar, axborot varaqalari va h.k.).

Raqobat muhiti yetarli darajada shakllanmagan sharoitda, asosiy e'tibor oliy o'quv yurtlarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, ularning natijalari, yaratilgan innovatsiyalar to'g'risidagi axborotni ishlab chiqaruvchi korxonalarga yetkazish usullaridan samarali foydalanishga qaratilishi lozim. Chunki ishlab chiqarish korxonalarida innovatsiyalarga nisbatan qiziqishning pastligi, raqobatchi korxonalar sonining kamligi ularni innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog'liq qo'shimcha harajatlarni amalga oshirishga to'sqinlik qiladi.

O'tkazilgan tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda, mamlakatimiz oliy o'quv yurtlarida innovatsiyalar transferini yanada takomillashtirish bo'yicha quyidagi taklif va tavsiyalarni berish mumkin:

1. Respublikamizda tashkil etilayotgan erkin iqtisodiy hududlarda oliy o'quv yurtlarining filiallarini tashkil etish imkonini ko'rib chiqish. Bundan asosiy maqsad oliy o'quv yurti va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish korxonalari o'rtasidagi bog'liqlikni ta'minlash, professor- o'qituvchi va talabalarning universitet va korxonalar o'rtasidagi erkin harakati uchun sharoit yaratib berish, shuningdek, korxona xodimlarining universitetlar laboratoriyalarida birgalikda ishlashi uchun sharoit yaratish.

2. Oliy o'quv yurtlarida ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish, yoshlarni bu ishga keng jalb etish, innovatsiyalarni yaratish bilan shug'ullanuvchi professor-o'qituvchilarni yanada rag'batlantirish.

3. Innovatsiyalar transferini yanada jonlantirish, xususiy korxonalarning innovatsion faolligini yanada oshirish maqsadida ularga quyidagi soliq imtiyozlarining belgilanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi:

- tadqiqotchilik va investitsion soliq kreditini taqdim etish, ya'ni, foydaning innovatsion maqsadlar uchun sarflangan qismi bo'yicha soliq to'lovlarini kechiktirish.

- innovatsion xarajatlarning ortgan qismiga teng miqdorda soliqlarni kamaytirish;

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

- bir necha yil davomida innovatsion loyihalarni realizatsiya qilishdan (amalga oshirish) olingan foydani soliqqa tortish bo'yicha "soliq ta'tillari"ni taqdim etish;

- yuridik va jismoniy shaxslarning innovatsion korxonalar aktsiyalari bo'yicha olgan dividendlarini soliqqa tortishda ularga imtiyozlar berish;

- foydaning buyurtma asosidagi va hamkorlikdagi ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga yo'naltirilgan qismiga nisbatan soliq stavkalarini pasaytirish;

- bajarilayotgan loyihalar ustuvorligini hisobga olgan holda imtiyozlar taqdim etish;

- intellektual mulk tarkibiga kiruvchi patent, litsenziya, nou-xau va boshqa nomoddiy aktivlardan foydalanish natijasida olingan foydani imtiyozli soliqqa tortish;

- soliqqa tortilayotgan foydani oliy o'quv yurtlari va boshqa innovatsion tashkilotlarga o'tkazilgan asbob va uskunalar qiymati miqdoriga kamaytirish;

- soliqqa tortiladigan foyda summasidan innovatsiyalarni moliyalashtirish faoliyati bilan shug'ullanuvchi xayriya fondlariga badallarni chegirib tashlash.

XULOSA:

oliy o'quv yurtlarida innovatsiyalar transferi, nafaqat oliy o'quv yurtining ichki ilmiy potentsialiga, balki u faoliyat yuritayotgan mamlakatda transfer jarayoni va uning ishtirokchilarini qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq me'yoriy-huquqiy asoslarning shakllantirilganligi, u joylashgan mintaqaning iqtisodiy potentsiali, faoliyat yurituvchi korxonalarning yaratilgan innovatsiyalarni o'zlashtirish imkoniyati va shu kabi tashqi omillarga ham bog'liq.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagidagi PF-5847- sonli "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni.

2. Mamadaliyev, Boburjon Bahodirjon O'G'Li OLIY TA'LIM TIZIMIDA XALQARO TAN OLINGAN TOSHKILOTLAR REYTINGLARIGA KIRISH // ORIENSS. 2023. №8. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/oliy-ta-lim-tizimida-xalqaro-tan-olingan-tashkilotlar-reytinglariga-kirish (ma'lumotlar manzili: 10.11.2023).

3. https://trends.rbc.ru/trends/education/5d6965ba9a794773337665ff

4. https://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings

5. https://www.researchgate.net/publication/368830100 International Journal of Discoveries

and Innovations in Applied Sciences Innovation Transfer Management in Higher Ed ucation_Countries#fullTextFileContent

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.