Научная статья на тему 'OLIY O’QUV YURTLARIDA TA’LIM TIZIMINING ILMIY VA INNOVATSION JARAYONLAR BILAN UZVIYLIGINI TA’MINLASH'

OLIY O’QUV YURTLARIDA TA’LIM TIZIMINING ILMIY VA INNOVATSION JARAYONLAR BILAN UZVIYLIGINI TA’MINLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
142
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TA'LIM / INNOVATSIYA / TEXNOLOGIYA / ILMIY / UZVIYLIK / NAZARIY-USLUBIY / SIFAT / TAVSIYA / GLOBALLASHUV

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ruziyev E.A., Kenjayev B., Ruziyev J.E.

Ushbu maqolada oliy o’quv yurtlari o’quv jarayonini tashkillashtirishda ilmiy va innovatsion ta’lim texnologiyalaridan hamda ularning uzviyligidan foydalanish orqali ta’lim sifatini oshirishga bag’ishlangan. Ishda bugungi globallashuv jarayonida mamlakatimiz oliy ta’lim dargohlarida innovatsion ta’lim texnologiyalarining ilmiy va o’quv jarayoniga bog’liq holda tashkillashtirishning nazariy-uslubiy asoslari hamda oliy ta’lim sifatini oshirish bo’yicha tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ENSURING CONSISTENCY OF THE EDUCATION SYSTEM IN SCIENTIFIC AND INNOVATIVE PROCESSES IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS

This article is about improving the quality of education through the use of scientific and innovative educational technologies and their integration in the organization of the educational process in higher education. The work presents the theoretical and methodological basis of the organization of innovative educational technologies in higher education institutions of the country in today’s globalization in relation to the scientific and educational process, as well as recommendations for improving the quality of higher education.

Текст научной работы на тему «OLIY O’QUV YURTLARIDA TA’LIM TIZIMINING ILMIY VA INNOVATSION JARAYONLAR BILAN UZVIYLIGINI TA’MINLASH»

Ruziyev E.A. kimyo fakulteti dotsenti Samarqand davlat universiteti Kenjayev B. kimyo fakulteti dotsenti Samarqand davlat universiteti Ruziyev J.E. kimyo fakulteti doktoranti Samarqand davlat universiteti

OLIY O'QUV YURTLARIDA TA'LIM TIZIMINING ILMIY VA INNOVATSION JARAYONLAR BILAN UZVIYLIGINI TA'MINLASH

Annotatsiya: Ushbu maqolada oliy o'quv yurtlari o'quv jarayonini tashkillashtirishda ilmiy va innovatsion ta'lim texnologiyalaridan hamda ularning uzviyligidan foydalanish orqali ta'lim sifatini oshirishga bag'ishlangan. Ishda bugungi globallashuv jarayonida mamlakatimiz oliy ta'lim dargohlarida innovatsion ta'lim texnologiyalarining ilmiy va o'quv jarayoniga bog'liq holda tashkillashtirishning nazariy-uslubiy asoslari hamda oliy ta'lim sifatini oshirish bo'yicha tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, innovatsiya, texnologiya, ilmiy, uzviylik, nazariy-uslubiy, sifat, tavsiya, globallashuv.

Ruziyev E.A. assistant professor department of chemistry Samarkand State University Kenjayev B. researcher faculty of chemistry Samarkand State University Ruziyev Jamshid Erkinovich doctoral student in chemistry Samarkand State University

ENSURING CONSISTENCY OF THE EDUCATION SYSTEM IN SCIENTIFIC AND INNOVATIVE PROCESSES IN HIGHER EDUCATION

INSTITUTIONS

Abstract: This article is about improving the quality of education through the use of scientific and innovative educational technologies and their integration in the organization of the educational process in higher education. The work presents the theoretical and methodological basis of the organization of innovative educational technologies in higher education institutions of the country in today's

globalization in relation to the scientific and educational process, as well as recommendations for improving the quality of higher education.

Keywords: education, innovation, technology, scientific, consistent, theoretical-methodical, quality, recommendation, globalization.

Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining o'sish sur'atlari dunyo hamjamiyati tomonidan e'tirof etilmoqda. Bu bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tishning puxta o'ylangan strategiyasi, ayni paytda ilm-fanni rivojlantirish, ta'lim sohasini isloh etish, ilmiy va innovatsion faoliyatni har tomonlama qo'llab quvvatlashga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar samarasidir. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida ilm-fan hamda ishlab chiqarish sohalarini ilmiy-innovatsion integratsiyasini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda mamlakatimizning tezkor rivojlanish davrida fa n, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida yaratilgan innovatsion g'oya texnologiya va loyihalar ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini kengaytirish, sarf-harajatlarni kamaytirish, texnik jarayonlarni avtomatlashtirishga xizmat qilmoqda. Oliy ta'lim tizimida intellektual, keng fikrli, boy dunyoqarashga, mukammal bilimga ega mutaxassislar tayyorgarligini ta'minlash, ularning salohiyatini yuksaltirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga yo'naltirish, yosh olimlar iqtidorini yuzaga chiqarish kabi ezgu maqsa dlar ustuvor vazifalarimizdan biri hisoblanadi.

Qayd etilgan ulug' maqsadlarni amalga oshirishda ta'lim va ilmiy faoliyatimizda sifat ko'rsatgichlarini yuksak darajada ta'minlab berishga erishish lozim. Ta'lim tizimining barcha quyi bo'g'inlari qatorida bizning oldimizga qo'yilgan ijtimoiy mas'uliyatni to'la his qilgan holda mutaxassislar raqobatbardoshligini kafolatlash muhim vazifalarimizdan biri hisoblanadi [1].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo'yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to'g'risida" gi farmonida: "mamlakatni innovatsion rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylari asosida ustuvor soha va tarmoqlarni ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalar asosida rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish; hududlarning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish, ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish; ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish; yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etishning samarali mexanizmlarini joriy qilish va ular tashabbuslarini har tomonlama qo'llab quvvatlash; ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, innovatsiyalar va texnologiyalar transferi bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish" dan iborat muhim vazifalar belgilandi [2].

O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yuritishda ham milliy an'analar va azaliy qadriyatlarimiz ham, jahonning ilg'or tajribasiga tayanilmoqda, desak, adashmaymiz [3]. Bunda, birinchidan, yoshlar bilan ishlarni tashkil etish bevosita fan va ta'limdan boshlanishi, bu ishlar esa innovatsiyalar, texnologiyalar, sport, sog'liqni saqlash tizimlari bilan uyg'un holda olib borilishi zarur. Ikkinchidan, oliy ta'lim tizimi jamiyatda "lokomotiv" bo'lishi lozimligini aynan oliy ta'lim kadrlar iste'molchilari va buyurmachilari uchun mutaxassis tayyorlovchi bo'g'in ekanligini

inobatga olib, tizimda bu boradagi ishlarni yanada jonlantirish zarur. Bunda fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyalashuvini chinakamiga yo'lga qo'yish soha oldidagi dolzarb vazifalardan biridir. Fan dasturlarini takomillashtirish, ta'lim jarayonidagi me'yoriy hujjatlarni sifat jihatidan monitoring qilish, ortiqcha qog'oz va yuklamalarni kamaytirish o'z samarasini beradi.

Ma'lumki, 2-blok va qisman 3-blok fanlarining asosiy vazifasi, ixtisoslik fanlarini tegishli fan asoslari bilan qurollantirib, mutaxasislik fanlarini yaxshi o'zlashtirishga, istiqbolda, mehnat faoliyati davomida mutaxassisligi va kasbi -kori doirasida vujudga keladigan masalalarni yecha olish imkoniyatini kuchaytiradi. Bundan tashqari, aksariyat talabalar 2-blok fanlari mavzularining (ayniqsa matematikadan) ma'ruza darslarini muayyan darajada mavhum qiladi, undan amalda o'z ixtisosligida qanday foydalanishni sayoz tushunadi [4]. Faqat shu fanning amaliyot darslarida, maqsadli tuzilgan masala-misollar yoki labaratoriya ishlarini bajarish jarayonida talaba ushbu fanni ongli ravishda o'rganadi va qabul qila oladi.

Universitetlarning kimyo ta'limi yo'nalishida talabalarning labaratoriya -amaliy ishlarini bajarishdan olgan natijalarini fan o'qituvchisi va guruh talabalari ishtirokida og'zaki ravishda, ma'ruza shaklida hisobot qilishlari ta'lim texnologiyasiga ijobiy yondashilganligidan dalolatdir. Bunda:

- talabalar o'zi bajargan ishlari to'g'risida o'qituvchilar va kursdoshlari oldida hisobot berish ko'nikmalarini shakllantirishga erishadilar;

- talabalar savollarga javob berishda o'zini tutib olgan holda, erkin muloqotga kirishish ko'nikmalarini hosil qiladilar;

- talabalar hisobot ma'ruzasini havola qilish jarayonida bajargan ishini og'zaki nutqi asosida bayon qilish bilan o'zining shu yo'nalishdagi kommunikativ faoliyatini shakllantirib oladi, bu esa, ayniqsa, aniq va tabiiy fanlar yo'nalishida yetakchi mutaxassislar bo'lib yetishishlarida juda katta ahamiyat kasb etadi.

Zamonaviy ta'lim tizimining bosh maqsadaridan biri ham ta'lim jarayonining fan va ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan integratsiyasini tashkil etishdan iborat. Universitetlarda labaratoriya - amaliy darslarni zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etilayotganligi tayyorlanayotgan analitik mutaxassislarning tanlagan yo'nalishlarida qiynalmasdan ishlab keta olishlariga mustahkam zamin tayyorlashiga ishonamiz.

Barcha tizimlar kabi ta'lim jarayonining rivojlanishi mamlakatning iqtisodiy jihatdan rivojlanganligi va ta'minlanganligiga bog'liq. Bugungi kunda ta'lim tizimining barcha bosqichlarida ham darslarni zamonaviy o'lchov vositalari asosida ko'rgazmali tarzda o'tkazishga katta e'tibor qaratilmoqda. Tajriba va tadqiqot tushunchalari bilim va ilmning mohiyatini, ahamiyatini va istiqbolini belgilab beruvchi jarayondir. Shu bois hamisha ilm-fan jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan innovatsiyalar ustidagina tadqiqotlar o lib borilsa u bilimli va mahoratli mutaxassislar tomonidan o'tkazilgan tajriba natijalariga ko'ra hayotga, insoniyat jamiyatiga foydasi tegishini ko'zda tutgan holda tatbiq etiladi. [5]

Universitet ta'limida zamonaviy talablarga mos keladigan mutaxassis-kadrlar tayyorlashni amalga oshirish uchun ta'lim tizimiga ilg'or pedagogik

texnologiyalarni joriy etish orqali talaba va magistrantlarning faol bilim olishlarini tashkil etish va faol ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda ta'lim tizimining demokratik tamoyillariga tobora keng yo'l ochib berish lozim [6]. Hozirgi kunda faqat pedagogning mehnati va mahoratiga asoslanib tashkil etilgan ta'lim tizimi yaxshi samara bermasligi sir emas. Endi pedagogning asosiy vazifasi talabalarga tayyor bilim berish emas, balki bilimlarni mustaqil egallashlariga ko'maklashishdan iborat. Buning uchun esa talabalarning o'z qobiliyati va imkoniyatlarini to'la-to'kis namoyon etishlari va butun kuch-g'ayratlarini bilim olishga sarflashlari uchun imkon beradigan darajada ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish zarur.

Adabiyotlar:

1. S.E. Axmedov. Ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasida intellektual salohiyatli yoshlar - mamlakat taraqqiyotining kafolati " ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasida intellektual salohiyatli yoshlar - mamlakat taraqqiyotining muhim omili".// XIII respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. -Samarqand: SamDAQI, 2016. -b. 3-4.

2. O'zbekison Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. "Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo'yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to'g'risida"// Toshkent shahri, 2021 -yil 1-aprel.

3. M. Xodjiyev. Fidoyi va vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, uchinchi renessans poydevorining tamal toshi.// "Xalq so'zi" gazetasi. Toshkent. -b. 4.

4. R.I. Xalmuradov. Kasbga yo'naltirilgan ta'lim haqida.// Ta'limda innovatsiyalar: strategiya, nazariya va amaliyot. Xalqaro ilmiy maqolalar to'plami. 1 -qism. -Samarqand: SamDU, 2018. -b. 3-5.

5. E.A. Ruziyev, J.E. Ruziyev. Amaliy-labaratoriya ta'limida innovatsion jarayonlar.// Ta'limda innovatsiyalar: strategiya, nazariya va amaliyot. Xalqaro ilmiy maqolalar to'plami. 1-qism. - Samarqand: SamDU, 2018. -b. 181-184.

6. M.I Mamadiyeva, E.A. Ruziyev, M.A. Mamirzayev. Analitik kimyoni o'qitishda mustaqil ta'limni tashkil etish.// " O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanishida kimyoning o'rni" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari, III qism. -SamDU. 2018. -124 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.