Научная статья на тему 'OLIY O‘QUV YURTLARIDA ILMIY-TA’LIM KLASTERLARINI SHAKLLANTIRISHNING XUSUSIYATLARI'

OLIY O‘QUV YURTLARIDA ILMIY-TA’LIM KLASTERLARINI SHAKLLANTIRISHNING XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

42
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / ta’lim sifati / menejment / klaster dasturlari / ta’lim klas teri / ta’lim tizimini modernizatsiya qilish / klaster yondashuvi. / education / quality of education / management / cluster programs / educational cluster / modernization of the education system / cluster approach.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — A. N. Alikariyeva

Ushbu maqola ta’limni klasterlash tajribasi muammosiga bag‘ishlangan. Maqol aning maqsadi ta’lim tizimini modernizatsiya qilish muammosi nuqtai nazaridan klast er yondashuvi va xorijiy mamlakatlar tajribasini ko‘rib chiqishdir. Nazariy qoidalar v a xulosalar umumiy ilmiy va maxsus uslubiy yondashuvlarga asoslangan: tizimli yon dashuv, ekspert va mantiqiy tahlil usullari. Shu bilan birga, muallif rivojlangan va riv ojlanayotgan mamlakatlarning xorijiy tajribasini tahlil qilib, oliy ta’lim muassasalarin ing raqobatbardoshlik darajasini oshirishga, shuningdek, ular asosida iqtisodiy rivojla nishning yangi klasterlarini shakllantirishga hamda ta’lim sifatini menejmenti tizimin i rivojlantirishga klasterli yondashuv yordam beradi, degan xulosaga keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article is devoted to the problem of studying the clustering experience. The purpose of the article is to consider the cluster approach and the experience of foreign countries from the point of view of the problem of modernization of the education system. Theoretical positions and conclusions are based on general scientific and special methodological approaches: a systematic approach, methods of expert and logical analysis. At the same time, the author, analyzing the foreign experience of developed and developing countries, comes to the conclusion that the cluster approach contributes to increasing the level of competitiveness of higher education institutions, as well as the formation of new clusters of economic development on their basis and the development of the quality management system of education

Текст научной работы на тему «OLIY O‘QUV YURTLARIDA ILMIY-TA’LIM KLASTERLARINI SHAKLLANTIRISHNING XUSUSIYATLARI»

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-116-123

OLIY O'QUV YURTLARIDA ILMIY-TA'LIM KLASTERLARINI SHAKLLANTIRISHNING XUSUSIYATLARI

A. N. Alikariyeva

O'zbekiston Milliy universiteti "Sotsiologiya" kafedrasi doktoranti

sots.f.n., dotsent alohonaliqorieva@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola ta'limni klasterlash tajribasi muammosiga bag'ishlangan. Maqol aning maqsadi ta'lim tizimini modernizatsiya qilish muammosi nuqtai nazaridan klast er yondashuvi va xorijiy mamlakatlar tajribasini ko'rib chiqishdir. Nazariy qoidalar v a xulosalar umumiy ilmiy va maxsus uslubiy yondashuvlarga asoslangan: tizimli yon dashuv, ekspert va mantiqiy tahlil usullari. Shu bilan birga, muallif rivojlangan va riv ojlanayotgan mamlakatlarning xorijiy tajribasini tahlil qilib, oliy ta'lim muassasalarin ing raqobatbardoshlik darajasini oshirishga, shuningdek, ular asosida iqtisodiy rivojla nishning yangi klasterlarini shakllantirishga hamda ta'lim sifatini menejmenti tizimin i rivojlantirishga klasterli yondashuv yordam beradi, degan xulosaga keladi.

Tayanch so'zlar: ta'lim, ta'lim sifati, menejment, klaster dasturlari, ta'lim klas teri, ta'lim tizimini modernizatsiya qilish, klaster yondashuvi.

This article is devoted to the problem of studying the clustering experience. The purpose of the article is to consider the cluster approach and the experience of foreign countries from the point of view of the problem of modernization of the education system. Theoretical positions and conclusions are based on general scientific and special methodological approaches: a systematic approach, methods of expert and logical analysis. At the same time, the author, analyzing the foreign experience of developed and developing countries, comes to the conclusion that the cluster approach contributes to increasing the level of competitiveness of higher education institutions, as well as the formation of new clusters of economic development on their basis and the development of the quality

ABSTRACT

management system of education.

2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-116-123

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

Keywords: education, quality of education, management, cluster programs, educational cluster, modernization of the education system, cluster approach.

Hozirgi vaqtda klaster yondashuvi oliy ta'lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirish, ta'limni rivojlantirish bo'yicha bir qator vazifalarni hal qilish vositasi sifatida davlat boshqaruvi amaliyotiga faol joriy etilmoqda. Klasterli yondashuv asosida uzluksiz ta'lim tizimini modernizatsiya qilish, uzluksiz ta'lim tizimining klaster rivojlanish modeliga o'tishini rivojlantirish doimiylik, uzluksizlik, va izchillik tamoyillarini amalga oshirish va rivojlantirishni ta'minlashga qodir va shu bilan raqobatbardosh va professional mobil mutaxassislarni yanada samarali tayyorlash uchun sharoit yaratadi.

Klaster nazariyasi XIX asrda dastlab nemis iqtisodchisi Iogan Genrix fon Tyunen va uning izdoshlari V.Launxard hamda A.Veberlar tomonidan ilgari surilgan. A.Marshall o'zining "Iqtisodiyot fani printsiplari" ishida tadqiqot ob'ekti tarzida shahar aglomeratsiyasi va industrial hududlarni tanlab, o'tkazgan tadqiqotlarida samaradorlik va ishlab chiqarish geografik lokalizatsiyasi o'zaro bog'liqligini bayon etgan. U korxona va tashkilotlar samaradorligi ularning iqtisodiy zonalar yaqinida geografik joylashuviga bog'liqligini isbotlagan. B.Lundval va B.Yonsonlar esa klaster nazariyasi bilan bog'liq "rivojlanish bloklari" kontseptsiyasini taklif etganlar hamda soha yoki hududiy ishlab chiqarish birlashmalari, butun mamlakat aholisini uzluksiz o'qitish jarayoni milliy iqtisodiy yuksalish va raqobatbardoshlik manbai ekanligini ta'kidlaganlar [1, 2].

Rossiya olimlari ilmiy nashrlarida sanoat va innovatsion klasterlarni shakllantirish muammolariga katta e'tibor beriladi [3, 4, 5, 6]. Ta'lim klasterlari, qoida tariqasida, o'rta ta'lim muassasalari (maktablar, litseylar), texnik maktablar, oliy o'quv yurtlari, shu jumladan, kichik guruhlar, deb qabul qilinadi. Bu xususiyatni Klaster kontseptsiyasini ishlab chiquvchi etakchi xorijiy mutaxassislarning ishlarida ham kuzatish mumkin [12,13]. Biroq, A.V.Smirnova, O.A.Ryabkova, G.I.Grekova va o.A.Fixtner asarlarida ta'lim klasterini mustaqil tuzilmalar sifatida shakllantirishga yondashuvlarni, shu jumladan, grafik vizualizatsiyani taqdim etadilar [7,8].

Mamlakatimizda klasterlar bilan bog'liq ilmiy izlanishlar boshlanishi 2000-yillarga [9,10] to'g'ri keladi, bu boradagi ilmiy-amaliy ishlar esa O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar

2023

117

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-116-123

Strategiyasida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, etakchi tarmoqlarni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish asosida mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish borasida barcha sohalarda keng ko'lamli islohotlar olib borish bilan boshlandi. Mazkur jarayonlar bilan bog'liq texnopolis, texnopark, klaster kabi qator tushunchalar turmush tarzimizga kirib keldi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son, 2019-yil 8-oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2909-son, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-apreldagi "Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3682-son, 2020-yil 6-noyabrdagi "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4884-son qarorlari hamda mazkur faoliyat bilan bog'liq boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash buyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda [11].

Bugungi kunda oliy o'quv yurtlari nafaqat yuqori malakali mutaxassislar ishlab chiqarishi, balki kadrlar kapitali - mamlakatning hozirgi va kelajakdagi ehtiyojlarini qondiradigan mutaxassislar zaxirasini shakllantirishi kerak. Ta'lim klasteri - bu sanoat va sanoat korxonalari bilan hamkorlik bilan birlashtirilgan o'zaro bog'liq oliy, o'rta va boshlang'ich kasb-hunar ta'limi muassasalari to'plamidir. Ta'lim klasterining o'ziga xos xususiyatlari turli darajadagi kasb-hunar ta'limiga ega mutaxassislarni shakllantirish uchun sharoit yaratish; ta'limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi; yuqori malakali ishchi kasblarning nufuzini ko'tarishdir.

Ta'lim klasterlari modellarining afzalliklari va kamchiliklarini aniqlash nuqtai nazaridan qiyosiy tahlil natijalari quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.

2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-116-123

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

Ta'lim klasterini shakllantirish modellarining qiyosiy tahlili

1-jadval

Klaster modeli

R.Kulataning innovatsion ta'lim klasteri A.V.Smirnovning ta'lim klasteri O.A.Ryabkovning ta'lim klasteri G.I.Grekov va O.A.Fixtnerlarning ta'lim klasteri

« — £ £ « ь s 'J 'Z с 5 Klasterning o'zaro bog'liq ta'lim, tadqiqot va tijorat sheriklarining ko'p bosqichli tarmog'i sifatida namoyon bo'lishi; klaster faoliyati ta'lim aamuhitida innovatsion jarayonlarni faollashtirishga niqaratilgan; klasterda sanoat hamkorligini amalga oshirish imkoniyati; klasterning yadrosi ta'lim va tadqiqot tashkilotlari bo'lishi mumkin. Klasterning o'zaro bog'liq o'quv, ilmiy-tadqiqot va innovasion tashkilotlar, korxonalar, hokimiyatlarning mintaqaviy tizimi sifatida namoyon bo'lishi; klasterdagi tashkiliy va institutsional tuzilmaning o'zaro bog'liqligi; klasterda sanoat hamkorligini amalga oshirish imkoniyati. Klaster talabalarni o'qitishda innovatsion yo'nalishga ega bo'lgan o'rta va oliy kasbiy ta'lim manfaatlari birligi sifatida namoyon bo'ladi; klasterning sub'ekt tarkibi biznes-inkubator bilan to'ldiriladi; uzluksiz ta'lim tizimi doirasida Klaster loyihalari amalga oshiriladi; "Maktab-kollej-oliy o'quv yurti" zanjiri kelajakdagi kasbni tanlashda motivatsiyani shakllantirish imkonini beradi. Ta'lim klasterini shakllantirish Boloniya jarayoni tamoyillariga muvofiq ta'lim sub'ektlarining tarmoq o'zaro hamkorligi asosida amalga oshiriladi; model ta'lim jarayoni sub'ektlari o'rtasidagi hamkorlik shakllarini belgilaydi; Klaster tashkil etilgan, ya'ni model loyihani muvofiqlashtiruvchi maxsus organni yaratishni nazarda tutadi.

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-116-123

Volume 4 | NUU Collection | 2023

Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

«

Tj n<

•"E v;

«

6.

s

'J

c

:rm

Hokimiyat va tartibga soluvchi davlat tuzilmalari klasterga kirmaydi; aslida Klaste odeli ta'lim, fan a biznes

integratsiyasi shaklit sifatida taqdim etilgan.

Klasterni yaratishda hududiy xususiya ustunlik qiladi; darajani ko'tarish uammosini hali qilishga ustuvo ahamiyat beriladi; a'lim, ishlab

chiqarishni innovatsion rivojlantirishga ikkinchi darajali rol beriladi; model ishtirokchilarning o'zaro ta'sirining asosiy shakllarini aks ettirmaydi.

Ta'lim klasteri tishtirokchilarining cheklangan doiralari; institutsional rrivojining pastligi; klaster elementlari; klaster a'zolarining hamkorlik yo'nalishlari belgilanmagan.

Klasterni tashkil

etishdan maqsad yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va bozorda faqat xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan ta'lim

xizmatlarini ilgari surish;

ishtirokchilarning innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va ularni keyinchalik tijoratlashtirish bo'yicha o'zaro hamkorligi

ta'minlanmagan.

Ta'lim xizmatlarini ko'rsatish uchun turli xil manbalardan foydalaniladi: moddiy, mehnat, xarajat, ma'lumot. Belgilangan yondashuvlar ta'lim klasterida oliy ta'lim muassasalarining ta'lim xizmatlari samaradorligini erishilgan va kutilayotgan natijalarga, shu jumladan, belgilangan me'yor va talablarga muvofiqlik darajasini tavsiflovchi integral ko'rsatkich shaklida taqdim etishga imkon berdi. Alohida parametrlar va ularning kombinatsiyasi shartlari, shu jumladan, kirishda hududiy ehtiyojlar mavjudligini baholash, xizmat ko'rsatishdagi klasterlar va abiturientlarning intellektual salohiyati darajasi, chiqishda - bitiruvchilarni ishga joylashtirish samaradorligini baholash, xizmatlar ko'rsatish jarayoni - o'quv jarayoni, uning resurs bilan ta'minlanishi, intellektual salohiyati va uni talabalar va ilmiy-pedagogik xodimlar o'rtasida oshirish.

Ta'lim xizmatlarining sifati va samaradorligi parametrlarini hisobga olgan holda, iste'molchi nuqtai nazaridan ta'lim xizmatlarining sifati eng katta ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Ammo, o'quv jarayonini bir xil tashkil etish bilan talabalar ta'lim xizmatlari sifatini har xil baholaydilar, bunga ularning shaxsiy yutuqlari muhim ta'sir ko'rsatadi. Ta'lim klasteri nuqtai nazaridan, eng muhimi, ta'lim xizmatlarining samaradorligini aniqlashdir, chunki bu samaradorlikni baholash bo'lib, Klaster respondentlarining o'z

2023

120

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023

Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-116-123

faoliyat yo'nalishlari bo'yicha sheriklik munosabatlarini rivojlantirishdagi zaxiralarni aniqlashga imkon beradi va shu bilan ta'lim xizmatlari sifatini oshirishga yordam beradi.

Oliy ta'lim muassasalarining ta'lim xizmatlarini klasterli rivojlantirish kontseptsiyasini shakllantirishga kompleks yondashuv har bir ta'lim klasteri uchun dolzarb bo'lgan quyidagi vazifalarni hal etish imkonini beradi:

hududiy klasterlarning ta'lim xizmatlariga joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini aniqlash;

hududiy iqtisodiyot talab qilayotgan, shu jumladan, hududiy klasterlar respondentlarining bevosita ishtirokida ta'lim xizmatlarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni shakllantirish;

ta'lim dasturlari mazmuniga va bitiruvchilarning vakolatlariga hududiy talablar asosida ta'lim xizmatlarining sifat xususiyatlarini shakllantirish;

ularning sifatini oshirish yo'nalishlarini aniqlash maqsadida ta'limni boshqarishning turli darajalarida, shu jumladan, alohida oliy o'quv yurtlarida ta'lim xizmatlari samaradorligini monitoring qilish tizimini shakllantirish.

Tahlillar shuni ko'rsatadiki, ta'lim klasterlarining o'ziga xos xususiyatlari ta'lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyasi; mehnat bozorida talab qilinadigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun sharoit yaratish; klasterlarning tarmoq yo'nalishi, rivojlangan institutsional tuzilma, shu jumladan, davlat hokimiyati va mahalliy o'zini o'zi boshqarish, maxsus yaratilgan Klaster loyihalarini nazorat qiluvchi tashkilotlar va ta'lim-innovatsiya sohasini rivojlantirishning me'yoriy-huquqiy bazasidan iboratdir [12,13].

Yuqorida sanab o'tilganlarni umumlashtirib, biz quyidagi xulosaga keldik: ta'lim klasterlarini yaratish va faoliyat ko'rsatishi oliy o'quv yurtlarida ta'lim sifati menejmenti tizimni rivojdantirishga imkon beradi, ta'lim ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, korxonalar, ta'lim muassasalari, moliyaviy, konsalting va boshqa tuzilmalar o'rtasidagi integratsiyani kuchaytirish orqali mintaqaning ta'lim va innovatsion tizimining raqobatbardoshligini oshirishni ta'minlaydi.

REFERENCES:

1. Маршалл А. Принципы экономической науки. - М.: Прогресс, 1993.

2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-116-123

Volume 4 | NUU Collection | 2023

Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

2. Усмонов Б.Ш., Раджабов О. Изучение опыта инновациями в кластерах. - Т.: Fan va texnologiya, 2017.

3. Миролюбова Т.В., Карлина Т.В., Ковалева Т.Ю. Идентификация региональных кластеров (на примере Пермского края) // Проблемы теории и практики управления. 2012. № 6. - С. 8-19.

4. Вилицкий Д.А. Формирование кластерной политики как механизма развития экономики промышленных отраслей России // Вестн. Моск. гос. обл. ун-та. Сер. «Экономика». 2010. № 1. - С. 50-56.

5. Гафуров И.Р., Васильева В.Л., Кашбиева Р.Р. Инновационные кластеры и социально-экономическое развитие регионов: анализ методических подходов. М.: «Анкил», 2012. - 292 с.

6. Домбровский М.А. Выявление экономических кластеров в Пермском крае: результаты экспертной оценки // Вестн. Перм. ун-та. Сер. «Экономика». 2013. № 4 (19). - С. 48-55.

7. Рябков О.А. Образовательный кластер - инструмент управления системой непрерывного образования // Вестн. Моск. гос. ун-та приборостроения и информатики. Сер. «Социально-экономические науки». 2012. № 39. - С. 183190.

8. Грекова Г.И., Фихтнер О.А. Сете вые механизмы интеграции России в европейское образовательное про- странство // Вестн. Челяб. гос. ун- та. 2010. № 26 (207). Экономика. Вып. 28. - С. 11-17.

9. Бекмурадов А.Ш. и Янг Сон Бе. Стратегия развития текстильной промышленности Узбекистана. Кластерный подход. - Ташкент, 2006.

10. Солиев А., Кодиров Х. Кластеризация экономики - важнейший фактор стратегического планирования. Иктисодиёт: тахлиллар ва прогнозлар. -Тошкент, 2019. №1. - Б.104-108.

11. Ходжамкулов У.Н. Педагогик таълим инновацион кластерининг илмий назарий асослари. Педагогика фанлари доктори (DSc) диссертацияси автореферати. 2020. - 66 б.

12. Аликариев Н.С., Аликариева А.Н. Олий таълим сифати менежменти тизимини ривожлантириш концепцияси//"Социология фанлари" (www.tadqiqot.uz\soci) электрон журнали. №1. - Тошкент, 2020. - Б. 7-18. DOI http://dx.doi.org/10.26739/2181 -9297-2020-1

13. Alikariyev N., Alikariyeva A. Complex factors of increasing the efficiency of human labor//Neuro Quantology. November

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2023

122

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-116-123

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

2022. Volume 20. Issue 18. Page102-107.

doi: 10.14704/nq.2022.20.18.NQ880012.www. neuroquantology. com. eISSN-1303-5150.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.