Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA`LIMDA MARKAZLAR FAOLIYATINING PEDAGOGIK INNOVATSION KLASTERI'

MAKTABGACHA TA`LIMDA MARKAZLAR FAOLIYATINING PEDAGOGIK INNOVATSION KLASTERI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
10846
438
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
“Ilk qadam” / rivojlantiruvchi markazlar / faoliyat / klaster / raqobatbardoshlik / pedagogik ta’lim innovatsion klasteri. / Educational program "Ilk qadam" / development centers / activity / cluster / competitiveness / innovative cluster of pedagogical education.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sh. Sadikova, D. Azamatova

Ushbu maqolada “klaster”, pedagogik ta’lim innovatsion klasteri tushunchalariga ta’rif berilgan va uning zarurati Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida markazlar faoliyatida uni amalga oshirish mexanizmi, tamoyillari hamda shakllari ko’rsatib berilgan. Maktabgacha ta`lim tashkilotida rivojlantiruvchi markazlarni klaster orqali uyg`unlashtirilgan holda yoritilib berilgan. Shuning bilan birga, pedagogik ta`lim innovatsion klasteri haqida tushuncha, muhokama va natijalar ko`rsatib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL INNOVATION CLUSTER OF ACTIVITY OF CENTERS IN PRESCHOOL EDUCATION

This article defines the concept of "cluster", an innovative cluster of teaching education, shows its necessity, mechanism, principles and forms of implementation in the activities of centers in organizations of preschool education. Development centers in the preschool educational organization are allocated in a coordinated way through the cluster. At the same time, the comprehension, discussion and results of the innovative cluster of pedagogical education are shown.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA`LIMDA MARKAZLAR FAOLIYATINING PEDAGOGIK INNOVATSION KLASTERI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MAKTABGACHA TALIMDA MARKAZLAR FAOLIYATINING PEDAGOGIK

INNOVATSION KLASTERI Sadikova Shoista Akbarovna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi, professo

Azamatova Dildora Shuxrat qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta'lim) 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7297840

Annotatsiya. Ushbu maqolada "klaster", pedagogik ta'lim innovatsion klasteri tushunchalariga ta'rif berilgan va uningzaruratiMaktabgacha ta'lim tashkilotlarida markazlar faoliyatida uni amalga oshirish mexanizmi, tamoyillari hamda shakllari ko'rsatib berilgan. Maktabgacha ta 'lim tashkilotida rivojlantiruvchi markazlarni klaster orqali uygunlashtirilgan holda yoritilib berilgan. Shuning bilan birga, pedagogik ta 'lim innovatsion klasteri haqida tushuncha, muhokama va natijalar ko 'rsatib berilgan.

Kalit so'zlar: "Ilk qadam", rivojlantiruvchi markazlar, faoliyat, klaster, raqobatbardoshlik, pedagogik ta'lim innovatsion klasteri.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ ИННОВАЦИОННЫЙ КЛАСТЕР ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ЦЕНТРОВ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ

Аннотация. В данной статье определено понятие «кластер», инновационный кластер педагогического образования, показаны его необходимость, механизм, принципы и формы реализации в деятельности центров в организациях дошкольного образования. Центры развития в дошкольной образовательной организации выделены скоординировано через кластер. При этом показаны осмысление, обсуждение и результаты инновационного кластера педагогического образования.

Ключевые слова: Учебная программа «Илк кадам», центры развития, активность, кластер, конкурентоспособность, инновационный кластер педагогического образования.

PEDAGOGICAL INNOVATION CLUSTER OF ACTIVITY OF CENTERS IN

PRESCHOOL EDUCATION

Abstract. This article defines the concept of "cluster", an innovative cluster of teaching education, shows its necessity, mechanism, principles and forms of implementation in the activities of centers in organizations of preschool education. Development centers in the preschool educational organization are allocated in a coordinated way through the cluster. At the same time, the comprehension, discussion and results of the innovative cluster of pedagogical education are shown.

Keywords: Educational program "Ilk qadam", development centers, activity, cluster, competitiveness, innovative cluster of pedagogical education.

KIRISH

Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'limni sifatli tashkil etish, maktabgacha ta'lim sohasini kadrlar bilan ta'minlashda tizimlararo manfaatli hamkorlik hamda ijtimoiy buyurtma talablarini ta'minlashning mutlaqo yangi yondashuvlari, xususan, pedagogik ta'lim innovatsion klasterini keng joriy etishga bo'lgan ehtiyoj yanada ortmoqda. Shu sababli bolalarning shaxs va sub'ekt sifatida shakllanishi, aqliy rivojlanishi,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2I8I-3337

ma'naviy-axloqiy tarbiyalanishida hamkorlik muhitini yaratish dolzarb masalalar qatoridan o'rin egallagan.

Respublikamizda maktabgacha yoshdagi bolalarning innovatsion fikr va tasavvurlarini samarali shakllantirish, ta'lim mazmuni, shakl va vositalarini optimallashtirish, ta'lim-tarbiya jarayonlarni tashkil etishning me'yoriy asoslari yaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonunida "bolalarga ta'lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini yaratish hamda har tomonlama rivojlantirish maqsadida zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish" kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Maktabgacha ta'lim jarayonida bolalarni pedagogik innovatsion klasteri yordamida ularni boshlang'ich maktab ta'limiga sifatli tayyorlash mazmuni va texnologiyasini takomillashtirish dolzarb yo'nalishlardan biri hisoblanadi.

METOD VA METODOLOGIYA

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev so'nggi yillarda maktabgacha ta'limni rivojlantirishning 20I7-yil 30 sentabrdagi PF-5I98-sonli "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni, 20I9-yil 8-maydagi PQ-43I2-sonli "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori, 20I9 yil I3 maydagi 39I-son «Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi, 2019 yil 11 iyundagi 487-sonli "Maktabgacha ta'lim tizimiga ilg'or axborot va pedagogika texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qaroriga muvofiq yangi tizim yaratildi. [2]

Maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan mazkur hujjatlarning barchasida sohaga innovatsiya kiritish, xorijiy tajribalarni o'rganish va o'zlashtirish ta'lim va tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intelektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktab ta'limiga sifatli tayyorlash bilan bog'liq umumiy jihatlar mavjud. TADQIQOT NATIJASI

Shuningdek Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh sonli "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari", "Ilk qadam" dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim va tarbiya jarayonini tashkil etish va amalga oshirish, bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va mahalliy jamoatchilik o'rtasida o'zaro hamkorlikni tashkil etish va amalga oshirish, MTTda o'quv faoliyatini rivojlantiruvchi markazlarda tashkil etish kabi vazifalar belgilangan.

Turli guruhlarda markazlar to'plami har xil bo'lishi mumkin, ammo davlat o'quv dasturi guruhdagi beshta asosiy rivojlanish markazlarini tavsiya qiladi: fan va tabiat; til va nutq; syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish; san'at; qurish, konstruksiyalash va matematika. Guruhda boshqa rivojlanish markazlarini ham tashkil etish mumkin, ularni tashkil etish bolalarning manfaatlariga, guruhning bo'sh makoniga va maktabgacha ta'lim tashkilotining moddiy-texnik imkoniyatlariga bog'liq. Bunday markazlar vaqtinchalik yoki faqat bolalar faoliyatining maxsus turlari (qum va suv markazi; pazandachilik markazi; musiqa markazi) uchun tashkil etilishi mumkin. Ta'lim muhitini yaratishda pedagoglar bolalar faol bo'lishi mumkin bo'lgan joylar mavjudligini ta'minlashi kerak.

MUHOKAMA

Hozirgi rivojlanish bosqichida barkamol shaxsni tarbiyalash, ularga zamonaviy ta'lim berish masalalari birinchi hal qilinishi kerak bo'lgan vazifalardan hisoblanadi. Bugungi kunda MTTda markazlarda o'quv-tarbiya faoliyatini tashkil qilish uchun turli xil usullar, uslublar innovatsiyalardan foydalanish ta'lim samaradorligiga ijobiy ta'sir qiladi. Ta'kidlangan vazifalar ijrosi sifatida tadqiqotning ustuvor konsepsiyasi MTTda markazlar faoliyatining pedagogik innovatsion klasteri tushunchasiga, uning tarixiy taraqqiyoti va davriy o'zgarishlar mazmuni bo'yicha keltirilgan tavsiflarni tahlil etish maqsadga muvofiq.

MTTda innovatsiyalarni joriy qilish mavjud ish uslublariga nisbatan yangicha yondoshuvlarni talab qiladi. Ana shunday innovatsiyalardan biri klaster modeli bo'lib, bugungi kunda ta'lim sohasiga ham kirib kelmoqda.

Klaster (cluster) so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, tarjima qilinganda "to'plam", "to'p", "guruh", "konsentratsiya", "guruhlarga to'plash", "to'plamlarda o'sish" kabi ma'nolarni anglatadi.

Klaser atamasi dastlab statistika va kompyuter sohasida, keyinchalik iqtisodiyot va sotsiologiyada ham keng qo'llanila boshlangan.

Garvard biznes maktabi professori, iqtisodiyotdagi klaster nazariyasining asoschisi M.Porter tomonidan klasterning shakllanish mexanizmini o'zaro raqobatbardoshlikning o'sishiga sabab bo'ladigan bevosita bog'liq sohalarning jamlanishi deb tushuntiradi. [3]

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi G'.I.Muxamedovning tadqiqot ishida mamlakatning hududiy tuzilmalari o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikning strategik va pedagogik imkoniyatlari ochib berilgan.

Ta'lim klasteri milliy pedagogikamizda innovatsion yondashuv bo'lib, o'zida nafaqat ta'lim turlari o'rtasidagi, balki fan, ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi integratsiyalashuv jarayonlarini, shuningdek, ta'limni boshqarish, ta'lim vositalari va shakllari bilan bog'liq sohalarni ham jamlaydi. Klaster yondashuvi ta'lim berish, o'quv adabiyotlarini yaratish, pedagog kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ta'lim va tarbiya uzviyligi bilan bog'lik umumiy yo'nalishlarda faoliyat olib boradi. Bu esa muammoning umumiy metodologik xarakterga ega ekanligini ko'rsatadi. [10]

Bizningcha, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tashkil etilgan rivojlanish markazlari bolaning o'sish va rivojlanish taraqqiyotida muhim o'rin egallaydi. Chunki maktabgacha ta'limning umumiy maqsadi bolani maktab ta'limiga sifatli tayyorlashdan iborat.. Barkamol shaxs sifatlari maktabgacha ta'limdan boshlanadi. Bola ijtimoiy hayotda o'z o'rniga ega bo'lishi uchun ijtimoiy va bilish kompetensiyasini egallab boradi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridamarkazlar faoliyatining pedagogik innovatsion klasteri quyidagicha ko'rinish kasb etadi:

Maktab

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Oila ^MTT ^ Maktab ^ Oliy ta'lim

Endi pegagogik klaster tuzilishiga izoh beramiz:

Bola tug'ilganidan uch yoshgacha oilada ta'lim tarbiya oladi. Ijtimoiy hayotga moslashadi. Bu yoshda barcha informatsiyani oila a'zolaridan o'rganib, o'zlashtiradi.

Uch yoshdan yetti yoshgacha bo'gan davr bola hayotining eng asosiy rivojlanish davri hisoblanadi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha bola hayoti davomida oladigan barcha informatsiyaning 70% ini aynan maktabgacha yosh davriga to'g'ri kelar ekan. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalar o'sishi va rivojlanishida tarbiyachining o'rni muhim ahamiyat kasb etadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning o'quv - tarbiyaviy faoliyati beshta rivojlantiruvchi markazlarda tashkil etiladi. Ular quyidagilar:

N

Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi.

Bolaga yangi mavzu haqida tushunchalar berilib, markazlardagi faoliyatlar orqali ularning bilimlari rivojlantirilib boriladi. Markazlarda ishlash har bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda eng samarali rivojlanishiga imkon beradigan tarzda, uning individual qobiliyatlari, qiziqishlari, faoliyat darajasini inobatga olgan holda tashkil etiladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda rivojlanish markazlarini tashkil etishning asosiy sharti pedagogdan tayyor bilim olishdan ko'ra, bolaga rivojlanish markazlarida faoliyatni tanlash imkonini berish, bunda u atrofdagi dunyo haqida bilimlarni mustaqil ravishda egallashi, ko'nikmalari va qobiliyatlarini rivojlantirish, bolaga qiziquvchanlik, mustaqilizlanish, tadqiqot jarayoniga qo'shilish imkoniyatini berishdir.

Rivojlantirish markazlarida o'quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun turli xil usullar, uslublar va o'yin shakllaridan foydalanish: suhbat, hikoya, axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish, video namoyishlari, ijodiy faoliyat, tajribalardan foydalanib faoliyat olib borish ta'lim samaradorligiga ijobiy ta'sir qiladi.

Bola yeti yoshga to'lganda maktab ta'limiga boradi va ayni markazlar faoliyati maktabda quyidagi fanlar kesimida davom etadi:

1. Alifbe

2. Ona tili va o'qish savodxonligi.

3. Matematika

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

4. Tabiiy fanlar

5. Musiqa, tasviriy faoliyat, texnologiya

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida markazlar faoliyati to'g'ri tashkil etilsa bola maktab ta'limiga tayyor holda boradi va maktabdagi fanlarni o'zlashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmaydi.

Pedagogika yo'nalishidagi Oliy ta'lim muassasalarining Maktabgacha ta'lim yo'nalishi o'quv rejasiga "Markazlar faoliyati va uslubiyoti", "Rivojlantiruvchi markazlarda ta'lim -tarbiya berish" kabi fanlar kiritilgan Oliy ta'limda bo'lajak tarbiyachilarni zamonaviy, xorijiy davlatlar bilan raqobatbardosh, innovatsion bilimlar bilan qurollantirilsa ular o'z kasbiy faoliyatlarini samarali tashkil eta oladilar.

Klasterni muayyan xamkorlikka asoslangan tizim deyish mumkin, ammo uning oddiy tizimdan farqli jihatlari mavjud. Bu maxsus, o'ziga xos tizim bo'lib, elementlarni qo'shish bilan uning ishi yaxshilanadi, ammo olib tashlash bilan halokatli oqibatlar kuzatilmaydi. Tadqiqotlarimiz natijasida klaster bilan tizimning farqi bo'yicha quyidagi xulosalarga kelindi:

1. Tizim elementlarining xar biri alohida vazifani bajarsa-da, ammo ular muhimlik darajasiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Klaster tarkibidagi elementlar esa teng hukuqli komponentlardan tashkil topadi.

2. Tizim tarkibidagi elementlardan birining ishlamasligi butun tizimning nuqsonli ishlashiga yoki ishlamasligiga sabab bo'ladi. Klaster tarkibidagi elementlardan birlgaing ishlamasligi samaradorlikni pasaytirishi mumkin, ammo qolgan elementlarning faoliyatini to'xtatib ko'ymaydi.

3. Tizimni mexanik alokadorlik asosida ham tashkil qilish mumkin, ammo klaster tarkibidagi elementlar ongli, tabiiy va maqsadli aloqadorlikka asoslanadi.

4. Tizimni tashkil qiluvchi elementlarda har doim ham xususiy manfaatdorlik talab qilinmaydi, ammo klasterda xususiy manfaatdorliksiz sub'yektlar ishlamaydi.

5. Tizimda yagona maqsad mavjud va har bir element o'sha maqsadga bo'ysundirilgan bo'ladi. Klasterda esa yagona maqsaddan (umumiy maqsaddan) tashqari har bir elementning xususiy maqsadi ham bo'ladi. Sub'yektlarning xususiy maqsadlari umumiy maqsaddan kam ahamiyatga ega emas.

6. Tizimni alohida qismlardan iborat butunlik, klasterni esa alohida butunliklardan iborat butunlik, deyish mumkin.[6]

XULOSA

Pedagogik ta'limga klaster yondashuvi sub'yektlar ehtiyojlari va oliy ta'lim dasturlarining kombinasiyasi hisoblanadi. Buning oqilona yechimlarini ishlab chiqish ilmiy-pedagogik muammo sifatida jiddiy o'rganishni talab qiladi.

Klasterni muayyan xamkorlikka asoslangan tizim deyish mumkin, ammo uning oddiy tizimdan farqli jihatlari mavjud. Bu maxsus, o'ziga xos tizim bo'lib, elementlarni qo'shish bilan uning ishi yaxshilanadi, ammo olib tashlash bilan halokatli oqibatlar kuzatilmaydi.

Tarbiyachilar barcha yosh guruhlarida rivojlanish markazlariga rahbarlik qilar ekanlar, bolalarni maqsadli yo'naltirib, ularni kuzatish va nazorat qilish talab etiladi. Shunday qilib, rivojlanish markazlarida to'g'ri tashkil etilgan ishlar har bir bolaga o'ziga yoqadigan narsani topishga, uning kuchi va qobiliyatiga ishonishga, kattalar va tengdoshlar bilan o'zaro munosabatlarni o'rganishga, tushunishga imkon beradi va ularning his-tuyg'ularini va xatti-harakatlarini baholashga imkon beradi va aynan shu rivojlanish ta'lim asosida olib boriladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash kerakki, bolalarni rivojlantiruvchi markazlarda faoliyat yuritishlari ularni maktab ta'limiga tayyorlashda har tomonlama yetuk aqliy va jismoniy barkamol bo'lib ulg'ayishlariga, ularda milliy qadriyatlar va urf-odatlarga sodiq bo'lib shakllanishlari uchun zamin yaratadi, ularning kasb-hunarga bo'lgan qiziqishlarini orttiradi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent "O'zbekiston" 2017 32-bet

2. "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2707-sonli qarori / "Xalq so'zi". 29.12.2016 y.

3. G' Muhamedov, U.Xodjamqulov, S.Toshtemirova Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri Toshkent "Universitet" 2020 9-bet

4. "Ilk qadam": davlat o'quv dasturi MTV ning 2018 yil 7-iyul 4-sonli hayat yig ilishi qarori bilan tasdiqlangan

5. Sh. Sodiqova Maktabgacha pedagogika Toshkent 2019 y.

6. Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv asosida ta'lim jarayonini rejalashtirish. Metodik qo'llanma Toshkent. 2020 21-bet

7. Aliqulova M.Sh. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim - bola imkoniyatlari poydevoridir. Oriental renaissance: innovate, educational, natural and social sciences 1/9 2021, 459-464-bet

8. G'.I.Muxamedov Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri: ehtiyoj, zarurat, natija Xalq so'zi 15.02.2019

9. Xodjamqulov U.N. Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri (O'zbekiston ta'lim tizimi misolida) Academic research in educational sciences 1/4 2020 537-547-bet

10. Botirova Sh.I. Pedagogik ta'lim innovatsion klasterivyangi ustuvor yo'nalish sifatida Academic research in educational sciences 1/3 2020 488-494-bet

11. U.Xodjamqulov "Pedagogik ta'lim innovatsion klasterining ilmiy-nazariy asoslari" DSc ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya Chirchiq 2020 19-20-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.