INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA MARKAZLAR FAOLIYATI
Babayeva D.R
Nizomiy nomidagi TDPU Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi professori
G'afforova D.A
Nizomiy nomidagi TDPU Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7297882
Аннотация. Ushbu maqolada Maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish yo'llari, maktabgacha ta'lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish mazmuni, maktabgacha ta'lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish usullaridan foydalanish haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, pedagog, innovatsiya, faoliyat, takomillashtirish, texnologiya, malaka, jarayon, zamonaviy, rivojlanish, usullar.
ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ ЦЕНТРОВ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ
ОРГАНИЗАЦИЯХ
Аннотация. В статье рассматриваются пути совершенствования системы дошкольного образования, содержание внедрения инновaционных педагогических технологий в дошкольное образование, использование инновaционных педагогических технологий в дошкольном образовании.
Ключевые слова: дошкольное образование, педагогика, инновaция, деятельность, совершенствование, технология, навыки, процесс, современное, развитие, методы.
ACTIVITY OF CENTERS IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS
Abstract. This article discusses ways to improve the preschool education system, the content of the implementation of innovative pedagogical technologies in preschool education, the use of innovative pedagogical technologies in school and preschool education.
Key words: preschool education, pedagogy, innovation, activity, improvement, technology, skills, process, modern, development, methods.
KIRISH
Bolani har tomonlama rivojlantirish uning insoniyat tajribasi, bilimlari, qobiliyati va madaniyatining saqlovchisi bo'lgan kattalar bilan muloqoti tufayli insoniyatning ko'p asrlik tajribasini o'zlashtirish asosidagina amalga oshiriladi. Bu tajribani faqat insoniy muloqotning eng muhim vositasi - til orqaligina berish mumkin. Til - hayotimizning ajralmas qismi bo'lib, biz unga o'z-o'zidan bo'lishi shart bo'lgan narsa sifatida qaraymiz. Tilning o'zi nima, biz unda qanday so'zlayapmiz, biz qanday qilib so'zlashni o'rganishimiz haqida esa unchalik ko'p o'ylab ham o'tirmaymiz.
Zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlari - bola o'z rivojlanishi uchun eng ahamiyatli sohalarda va jihatlarda kattalar va tengdoshlar bilan keng hissiy-amaliy o'zaro muomala tajribasini oladigan joydir, maktabgacha ta'lim muassasalarida bola o'z ehtiyojlari, qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq holda individual rivojlanishiga bo'lgan huquqini shu jarayon uchun tashkiliy-pedagogik sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiradi; pedagog o'zining kasbiy va shaxsiyat fazilatlarini rivojlantiradi, rahbar, bolalar va pedagoglar faoliyatining muvaffaqiyatli bo'lishini ta'minlaydi; muassasa ota-onalarning o'z bolalari uchun ko'zda tutgan kelajagi yuzasidan fikrlari xususiyatlarini inobatga oladi va ularni bolalar bilan, hamda ta'limiy
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
jarayonning barcha ishtirokchilari bilan konstruktiv-hamkorlik munosabatlarini ro'yobga chiqarishga yo'naltiradi. Bugungi kunda ta'lim sohasida turli xususiyatdagi, yo'nalishdagi va ahamiyatdagi nihoyatda ko'p innovatsiyalar mavjud, katta yoki kichik ko'lamli davlat islohotlari o'tkaziladi, ta'limning tashkil etilishiga, mazmuniga, uslubiyotiga, texnologiyasiga yangiliklar kiritiladi. Maktabgacha ta'lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiya bu bolalarni vositalar yordamida ta'lim materiallarini o'rganish orqali nutqini rivojlantirish, o'z fikrk erkin bayon eta olish, o'zaro muloqot, tevarak-atrof bilan tanishish jarayonini yangicha talqin etishdir. Ma'lumki, Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishdan asosiy maqsad ularn sog'lom, barkamol shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta'limiga tayyorlashdan iboratdir.[1.87.] Maktabgacha ta'lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish usullaridan foydalanish ijobiy natija beradi. Ta'lim-tarbiya tizimi markazida bola shaxsi turib, uning rivojlanishi va tabiiy salohiyatini tatbiq etish uchun qulay, bexatar va nizosiz sharoitlar yaratilishi ko'zda tutiladi. Insonparvar shaxs texnologiyalari bu texnologiyalar bolaga hurmat va muhabbatni, uning ijodiy kuchlariga optimistik ishonchni targ'ib qiladi, majburlashni man etadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida markazlar faoliyatini yuqori saviyada tashkil etish va uning samaradorligini oshirish maqsadida tarbiyachi mashg'ulot uchun berilgan vaqtdan unumli foydalanishi, turli texnologiyalar, usul va metodlardan foydalanib turli mashg'ulotlarni o'tishi, tarbiyachi bu tajribalarni puxta o'zlashtirishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababali ham tarbiyachi mashug'lotlarni o'qitishda zamonaviy yondashuvlar qilish va turli mashg'ulotlarning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda innovatsiyalardan foydalaninib ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish talab etiladi va tavsif beriladi. [2.97.] METOD VA METODOLOGIYASI
Tarbiyachi o'quv materialini bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ularga munosib tarzda yetkazadilar. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagogik jamoasining o'rni shundan iboratki, ular har bir bolaning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojini inobatga olgan holda mos keladigan maqsadlar qo'yishlari, bolalardagi tabiiy qiziqishlarni qo'llabquvvatlashlari, ularda borliqni birgalikda o'zlashtirish ko'nikmalarini shakllantirishlari kerak. Bola rivojlanishining o'ziga xosligini inobatga olishda avvalo shuni tushunib yetish kerakki, barcha bolalar rivojlanishning ma'lum bosqichlarini bosib o'tadilar, biroq bunda har bir bola noyob va takrorlanmasdir. Tarbiyachilar bolalarni aynan bir xil, o'xshash narsalar va faoliyat turlari bilan ta'minlashlari uchun ularning o'ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan rivojlanish ko'rsatkichlari to'g'risida to'liq tasavvurga ega bo'lishlari lozim. Shuningdek, tarbiyachilar bir xil yoshdagi bolalarning qobiliyatlari va qiziqishlaridagi farqlarga e'tibor bilan munosabatda bo'lishlari kerakligini mutaxassislar alohida ta'kidlashadi.
Masalan:
Quvnoq matematika: Xon qizini sanaymiz!
Buning uchun siz hovlingizdan bir nechta yapaloq shakldagi toshlarni bolangiz bilan birga to'playsiz. Ularning bir nechtasiga Xon qizlarini rasmini chizib, ularning hollarini sanagan holda joylashtirasiz va boshqa toshlarga aynan usha sonlarni yozasiz. Qo'shish, ayirish va barobar belgilarini ham yozib olasiz. Tayyorlagan xonqizlaringizning qo'yilgan hollarini soni bo'yicha arifmetik ishlanmalar tayyorlab farzandingiz bilan birga hisoblaysiz. Mantiqiy o'yin: Raqamli moychechak
Kerak bo'ladigan jihozlar: A4 formatdagi oq qog'oz, flamaster, rangli stiker qalamchalari. Oq qog'ozga flamaster orqali moychechak tanasini chizib olamiz va o'rtasiga istaganizcha sonlarni
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
yozamiz. Alohida rangli stiker qalamchalariga shu sonlarni biron belgilar yordamida joylashtiramiz. Farzandingizdan aynan shu rangli stikerlar orqali moychechak yaproqlarini shakllantirishini so'rang (belgilar va sonlar mos kelgan holda) Rasm chizamiz: Barmoqlarimiz bilan chizamiz.
Kerak bo'ladigan jihozlar: A4 formatdagi oq qog'oz, rangli bo'yoqlar, flamaster. Kerakli rang tanlanib uni barmoqlarimizga botiramiz va qog'ozga bosib tushiramiz. Tayyor shakllarga flamaster yordamida ishlov beramiz. Xarakatli o'yin o'ynaymiz: To'pni yumalat!
Bu o'yinda bolalarga to'pni yumalatish va ilib olish o'rgatiladi, ularda harakatchanlik xususiyatlari tarbiyalanadi. Bolalar polda doira bo'lib o'tiradilar (oyoqlarini kerib, oldinga uzatadilar yoki chordana qurib o'tirib oladilar). Ota-onalar qo'lida to'p ko'tarib doiraning o'rtasida o'tiradi. U to'pni navbat bilan har bir bolaga qarab yumalatadi, bolalar ilib olgan to'pni yana ota-onasiga yumalatadilar va mana shu harakatlarni o'zlashtirib olganlaridan so'ng, doira markazida o'zingizning o'rningizga bolalardan birontasi o'tirishi mumkin.
Hikoya aytib bering: Tulki bilan chumoli Tulki bilan Chumoli do'st bo'lib bug'doy sepishibdi. Ayyor Tulki har kuni qornim og'riyapti, boshim zirqirayapti degan bahona bilan dalaga chiqmabdi. Chumolining bir o'zi ertadan-kechgacha ishlab suv quyar, o'toq qilar ekan. Nihoyat, bug'doy pishibdi. Tulki xirmonning bug'doyga to'lib ketganini ko'rib, Chumolini aldab, hosilning barini o'zi olmoqchi bo'libdi. Chumoli do'stim, shuncha bug'doyni taqsimlab o'tirishning nima keragi bor? Kel, yaxshisi, quvlashmachoq o'ynaymiz. Xirmonga kim birinchi bo'lib yetib kelsa, hamma hosil o'shaniki bo'lsin, — debdi. Chumoli biroz o'ylanib, nihoyat, rozi bo'libdi. Yonma-yon turishibdi. Qani, bo'lmasa boshladik! — deya Tulki qichqiribdi-da, xirmon tomon yugurib ketibdi. Lekin chumoli ham bo'sh kelmabdi. U Tulkining dumiga yopishib olibdi. Tulki xirmon oldiga yetib kelibdi-da, silkinibdi. Shunda Chumoli sirg'alib tushibdi-da, bug'doy ustiga chiqib olib, o'sha yerdan gap boshlabdi: Hoy, Tulki, namuncha imillamasang? Tulki sarosimaga tushib qolibdi: Qachon kela qolding? Allaqachon! Men dam olishga ham ulgurdim, sen bo'lsang, hali ham hansirab turibsan. Shunday qilib Tulki yengilib, boshqa hiyla o'ylab topolmay jo'nab qolibdi. Chumoli barcha hosilni omborga tashib olib, qishda uni bir chekkadan yeb yotaveribdi. Dangasa Tulki bo'lsa butun qish och qolibdi. Faollik markazlarini tashkil etishning mazmun-mohiyati «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari» va «Ilk qadam» davlat o'quv dasturining ishlab chiqilishi uzluksiz ta'lim tizimida maktabgacha ta'limni samarali amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Albatta maktabgacha ta'limni ham shaklan, ham mazmunan yangilashga qaratilgan bu kabi innovatsiyalar ota-onalardan tortib barcha pedagoglar bola tarbiyasi, uning ta'lim olishga tayyorgarligiga zamon talablaridan kelib chiqqan holda yondashuvini talab etadi. Bunda tarbiyachilar bola rivojlanishi qanday kechayotganligi to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'lishlari, buning uchun esa ularni doimiy rav^da nazorat qilib borishlari zarur bo'ladi. Bunda bola rivojlanishining o'ziga xosligiga doir, bolalar qiziqishlariga javob beruvchi faoliyat turlari, ya'ni ularning aqliy, ijtimoiy va ma'naviy yetuklik darajasi nazarda tutiladi. Bunday faoliyat turlari bolalarning tabiatga qiziqishlariga, tajribadan qoniqish hosil qilishlariga va o'z g'oyalarini tajribada sinab ko'rish xoxish-istaklariga qaratilgandir. Bunda bolalarda paydo bo'lgan savollarga o'zlari javob topishiga yordam berish muhim ahamiyatga ega. Negaki, savolga javob izlash barobarida bolada qiziqish, dalillash va e'tibor berish avtomatik tarzda faollashadi. Bunda tarbiyachining roli savolni soddalashtirmasdan va
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
bolani ko'p axborot bilan chalg'itmasdan uni qoniqtiradigan javob topish yo'llarini birgalashib qidirishdan iboratdir. Faollik markazlaridagi ta'lim jarayonida bolalarning o'zlari tegishli rivojlanish markazini ixtiyoriy tanlay boshlaydilar. Bolalarni mustaqil guruhlarda ishlashi, individuallashtirishda tarbiyachi shunday faoliyat turlarini o'ylab topadiki, unda barchaga birdek ko'rsatma berilsada, biroq har bir bola undan kelib chiqqan holdaa o'zi mustaqil ravishda muvaffaqiyatga erishishiga imkon beriladi. Individuallashtirish darajasini optimallashtirish mumkin. Epchillik va topqirlik talab etiladigan faoliyat turini tanlagan va bolalarni diqqat bilan kuzatgan holda tarbiyachi zaruriyat tug'ilib qolsa topshiriq va materiallarni o'zgartirishi yoki moslashtirishi mumkin.
TADQIQOT NATIJASI
"Ilk qadam" davlat o'quv dasturi asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida quyidagi rivojlanish markazlari faoliyati yuritilishi nazarda tutiladi: - Qurilish va konstruksiyalash markazi - Syujet-rolli o'yinlar va dramalashtirish markazi - Til va nutq - Ilm-fan va tabiat markazi - San'at markazi - Musiqa va ritmika markazi. Rivojlanish markazlari bolalarga o'zlarining shaxsiy ko'nikmalari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta'lim-tarbiya jarayonini mustaqil individuallashtirish imkoniyatini beradi. Tarbiyachi-pedagoglar rivojlanish markazlarida bolalarning yordamchilari rolini o'ynaydilar, mashg'ulotlar olib boriladigan joyda imkoniyatlar kengligini ta'min etadilar va har bir bola individual rivojlanishi darajasini egallay olgan xolda faoliyat turlarini rejalashtiradilar. Kun tartibi turli mashg'ulot turlarini o'zida qamrab olishi lozim: kichik guruhlarda birgalikda va tarbiyachi hamkorligida yakka tartibda (individual) yoki mustaqil (ular tomonidan tanlagan mashg'ulotlarga vaqt ajratish kerak, chunki bolalar ongli tanlab olishni o'rganadilar, o'z qiziqish va qobiliyatlarini amalga oshiradilar). Bolalarning o'z tanlovlarini amalga - oshirishi, muammolarni hal etishi, atrofdagi kishilar bilan birgalikda harakat qilishi, indivdual maqsad qo'yishi va unga erishishni bilishlari lozim. Faollik markazlarini tashkil etish va rahbarlik guruhlardagi markazlar shunday tarzda yaratilishi kerakki, u bolaga mustaqil tanlash imkonini bersin.[3.56.]
Har bir guruhda 5 ta markazlar bo'lib, ularning har birida izlanish va o'yinlar uchun yetarli miqdordagi materiallar saqlanadi. Qurilish va konstruksiyalash markazida turli xil va shakldagi qurilish elementlari mavjud bo'lib, bolalar ulardan o'z fantaziyasiga tayangan xolda inshootlar bunyod etadilar: misol uchun ko'rgan tarixiy obidalari, uylar, garajlar, ferma va shu kabilar. Qurilish bilan mashg'ul bo'lgan bolalar bu yerda juda ko'p narsalarni o'zlashtirib oladilar. U bolalarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirishga, ijtimoiy ko'nikmalarni egallashga yordamlashadi, muammolarni xal etish tajribasini beradi. Bu yerda, shuningdek, ijodiy yondashishni namoyon etish va bajariladigan ishga diqqatni jalb etishni o'rganish mumkin.
MUHOKAMA
Ushbu markazga tarbiyachilar va bolalar xoxish-istagiga ko'ra ko'plab turli narsalarni -o'yinchoq mashinalar, yuk mashinalari, samolyotlar, gazlama bo'laklarini qo'shib qo'yish mumkin. Syujet-rolli o'yinlar va dramalashtirish markazida bolalarda haqiqiy hayotdan olingan kichik napia ko'rinishlarini o'ynashga xoxish-istak uyg'otish uchun albatta kerakli kiyimlar va boshqa narsalar bo'lishi zarur. Bular ularda atrofda nimalar sodir bo'layotganini anglash, ularni ajrata olish hamda hayotda o'z o'rinlarini tushunib yetishlariga yordam beradi. Til va nutq markazida kitoblar va eshitish hamda yozish uchun o'quv qurollari mavjud bo'ladi. Bu tinch burchak bo'lib, unda bolalar kitoblarni qarab chiqishlari, bir-birlariga o'qib berishlari mumkin. Shuningdek, bu yerda tarbiyachi yoki ko'ngilli yordamchi bolalarga kitobni ovoz chiqarib o'qib
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
berishi mumkin. Unda bolalarga kitobchalarni o'z qo'llari bilan yasash, mavzu(syujet)larni o'ylab topish va ijro etish, hikoyalar eshitish taklif etiladi. Ilm-fan va tabiat markazida boshqotirma va konstruktor kabi bolalar yig'ishi va bo'laklarga ajratishi mumkin bo'lgan narsalar bo'lishi lozim. Bu yerda, shuningdek, bolalarning bir xilda taqqoslashlari, turlicha tasniflashlari, sanashlari uchun yordam beradigan o'yinlar ham bo'lishi kerak. Bolalarning tabiat hodisalari haqida bilib olgan tushunchalari va ko'chadan topilgan narsalar bilan mashg'ul bo'lishlari uchun foydalaniladi. San'at markazi bolalarning o'z ijodiy qobiliyatlarini sinovdan o'tkazish va amalga oshirishga rag'batlantiradi, ularga yangi materiallar bilan tanishishdan qoniqish olish imkoniyatlarini beradi, bolalarning sezish qobiliyatini boyitadi. Bu yerda bo'yoq, qog'oz, qaychi, bo'rchalar, qalamlar, gazlama bo'laklari va kesish hamda yelimlash uchun turli qiyqimlar mavjud. Shuningdek, tabiiy materiallar - yog'och, barg, qum-tuproqni ham qo'shib qo'yish foydadan xoli emas. Markazdagi mashg'ulotlar ijodiy qobiliyat, so'z orqali va so'zsiz muloqot, umumiy va nozik harakatlanish, aqliy qobiliyatni rivojlantirishga yo'naltirilgan. Pedagoglarning vazifasi - bolalarning muloqotga kirishishga bo'lgan qiziquvchanligini rag'batlantiruvchi muhitni yaratish va bolalarning o'zgaruvchan ehtiyojlariga qarab, o'z vaqtida kerakli sharoitlarni moslashtirgan xamda ularni kuzatishdan iborat. Individual yoki kichik guruhlar uchun topshiriqlar ota-onalar bilan suhbatlashgandan so'ng, qaysidir ko'nikmalarga alohida e'tibor berish uchun ishlab chiqiladi.[4. 97.] XULOSA
Xulosa qilib aytganda Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tashkil etiladigan rivojlanish markazlaridagi jarayonlar bolalarning doimiy ravishda yangi bilimlarni o'zlashtirishga, mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarni o'z bilimini mustaqil ravishda to'ldirib borish, kechayotgan yangilanish jarayonlariga munosib moslashib borishga o'rgatish rivojlanish markazlarining asosiy maqsadidir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib boriladigan rivojlanish markaz faoliyatlarida bolalarga quyidagilar o'rgatiladi - muammolarni eta olish; -ijodiy, tafakkur va ixtirochilik imkoniyatlarini namoyon etish; - odamlar, jamiyat, mamlakat, atrof-olam to'g'risida g'amxo'rlik qilishni. Oqilona tashkil etilgan sog'lom ijtimoiy-ma'naviy muhit bolalarda izlanishga, tashabbus ko'rsatishga va ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etishga rag'bat uyg'otadi.
REFERENCES
1. O'Q.Tolipov, M.Usmonboyeva. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari.-T.: «Fan»2006 yil, 298b.
2. Egamnazarova Sh. M. "Tarbiyaviy ishlar metodikasi" Ilim ziyo T.: 2016y.
3. O'quv qo'llanma.
4. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi. -T.: 2022 yil.
5. Sodiqova SH.A. Maktabgacha ta'limda markazlar faoliyati va uslubiyoti. T.: 2022yil.