Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI PEDAGOGINING INNOVATSION FAOLIYATI TUZILISHI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI PEDAGOGINING INNOVATSION FAOLIYATI TUZILISHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
5264
369
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
texnologiya / o‘yin / innovatsiya / kreativ pedagog / kompetensiya / interfaol metodlar / globallashuv / ijtimoiylashuv / jamiyat / integral yondashuv / loyihali ta’lim / rivojlantiruvchi ta’lim / shaxs. / technology / game / innovation / creative pedagogue / competence / interactive methods / globalization / socialization / society / integrated approach / project education / developmental education / personality

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Yuldasheva Xilola Shokirjon Qizi

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagogning innovatsion texnologiyalarni qo‘llashining samaradorlik xususiyatlari va ulardan foydalanishda e’tibor berish zarur bo‘lgan jihatlar haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE STRUCTURE OF THE INNOVATIVE ACTIVITIES OF THE PEDAGOGUE OF THE PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION

The article talks about the efficiency characteristics of the pedagogue's use of innovative technologies in the preschool educational organization and the aspects that need to be paid attention to in their use.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI PEDAGOGINING INNOVATSION FAOLIYATI TUZILISHI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI PEDAGOGINING INNOVATSION

FAOLIYATI TUZILISHI Yuldasheva Xilola Shokirjon qizi

Farg'ona viloyati, Oltiariq pedagogika kolleji, Maxsus fanlar o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6788293 Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotida pedagogning innovatsion texnologiyalarni qo'llashining samaradorlik xususiyatlari va ulardan foydalanishda e 'tibor berish zarur bo'lgan jihatlar haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: texnologiya, o'yin, innovatsiya, kreativ pedagog, kompetensiya, interfaol metodlar, globallashuv, ijtimoiylashuv, jamiyat, integral yondashuv, loyihali ta'lim, rivojlantiruvchi ta'lim, shaxs.

СТРУКТУРА ИННОВАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПЕДАГОГА ДОШКОЛЬНОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ Аннотация. В статье говорится об особенностях эффективности использования педагогом инновационных технологий в дошкольной образовательной организации и аспектах, на которые необходимо обратить внимание при их использовании.

Ключевые слова: технология, игра, инновация, творческий педагог, компетентность, интерактивные методы, глобализация, социализация, общество, комплексный подход, проектное обучение, развивающее обучение, личность.

THE STRUCTURE OF THE INNOVATIVE ACTIVITIES OF THE PEDAGOGUE

OF THE PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION Abstract. The article talks about the efficiency characteristics of the pedagogue's use of innovative technologies in the preschool educational organization and the aspects that need to be paid attention to in their use.

Key words: technology, game, innovation, creative pedagogue, competence, interactive methods, globalization, socialization, society, integrated approach, project education, developmental education, personality.

KIRISH

Mamlakatimizda yurtboshimiz boshchiligida ta'lim sifati va samaradorligini oshirish bo'yicha qilinayotgan barcha islohotlardan ko'zlangan maqsad - barkamol insonni voyaga yetkazish, yurt istiqbolini porloq qilishdan iboratdir. Bu borada maktabgacha ta'lim tashkilotlarining faoliyatini har tomonlama rivojlantirish orqali ta'limning keyingi bo'g'inlari salohiyatni mustahkamlash mumkinligi aniq belgilab berildi. Xususan, yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev maktabgacha ta'lim tizimi haqida quyidagi fikrlarni bejizga bildirmagan edilar: "Aslida, farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo'g'in hisoblangan maktabgacha ta'lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi o'rni va ahamiyatini hech narsa bilan o'lchab bo'lmaydi. Aynan maktabgacha ta'lim sohasiga bo'lgan e'tibor mamlakatning ertangi taraqqiyoti uchun mustahkam zamin yaratadi". [1]

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning asosini o'yinli texnologiyalar tashkil qiladi. Bu yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati o'yin bo'lganligi bois - u ta'lim texnologiyasi sifatida tatbiq etilgan. O'yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini bolalarning faolligi va tasavvuri tashkil etadi. O'yin olimlar tadqiqotlariga ko'ra mehnat va

o'qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. O'yin ijtimoiy tajribalarni o'zlashtirish va qayta yaratishga yo'nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o'z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi. [2]

ADABIYOTLAR SHARHI

Zamonaviy ta'limga xos muhim sifatlardan biri - pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish masalasi o'tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o'rganila boshlangan. Xususan, X.Barnet, J.Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M.Mayz, A.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem, F.N.Gonobolin, S.M.Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kalik, N.V.Kuzmina hamda V.A.Slastenin kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish, innovatsion g'oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy mamlakatlar hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabardor bo'lish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy harakatlar mazmuni yoritilgan.[3]

Innovatsion faoliyatning umumiy jihatlarini K.Angelovskiy, G.I.Gorskaya, V.A.Kan-Kalik, S.I.Kuzmina, V.A.Slastyonin, L.M.Fridman kabi olimlar o'zlarining ilmiy tadqiqot ishlarida yoritib berdilar. I.Shumpatter va N.Kondratevlar esa innovatsiya tushunchasining ilk va ulkan nazariyotchilari hisoblanadilar. K.Angelovskiy, V.A.Slastyonin va V.I.Slobotchikovlar o'z ilmiy tadqiqotlarida innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatning alohida shakli ekanligini isbotlashga harakat qildilar.

R.N.Yusufbekova innovatsiyalarni pedagogik nuqtai nazardan ko'rib chiqqan bo'lsa, rossiyalik olimlar A.I.Prigojin, B.V.Sazonov, V.S.Tolstoy, N.P.Stepanov va boshqalar innovatsion jarayon hamda uning tarkibiy qismlarini o'rganishga e'tiborlarini qaratdilar.

Mamlakatimizda pedagogik innovatsiyalarni rivojlantirish muammolari ustida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ularga pedagog olimlardan N.Azizxodjayeva, B.Farbemon, N.Sayidahmedov, K.Zaripov, M.Ochilov, O'.Tolipov, M.Usmonboyeva, M.Jumaniyozova va boshqalarni keltirish mumkin.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Shuning uchun maktabgacha ta'limdagi innovatsion texnologiyalar o'yinli texnologiyalar bilan bog'lanib ketgan. Ammo ularni bir xil qarash deb bo'lmaydi. Chunki innovatsiyalar turlicha yo'nalishda foydalaniladi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagogi o'z faoliyatini prinsipial amalga oshirish uchun: samarali (mavzuga yo'naltirilgan), tejamkor (shaxsga yo'naltirilgan), hamkorlik texnologiyalariga ega bo'lishi lozim. Tajribali kreativ pedagog ushbu uslublar asosida o'zining "mualliflik" texnologiyasini yaratishi mumkin. Bunda, unga avval egallangan bilimlari va tarkib topgan dunyoqarashi turtki bo'ladi. Innovatsion pedagogik texnologiyalar yuzaga chiqishi ta'rixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ularning ta'lim jarayoniga kirib kelishida g'oyalar banki muhim ahamiyat kasb etgan. Masalan, italiyalik shifokor Mariya Montessori asli kasbi tarbiya bilan bog'lanmasada, o'zining boy tafakkuri orqali o'ziga xos ta'lim usulini tadbiq etdi. "Usul har bir bolaning noyobligi aksiomaga asoslanadi va ta'lim-tarbiya uchun maxsus yondashuvni talab qiladi. Ta'lim tizimi uch qismdan iborat: o'qituvchi, bola va atrof-muhit" deyiladi uning ta'limotida. Uning nazariyasi uch asosiy tamoyilga asoslangan:

• bolaning maksimal erkinligi, rivojlanish va ta'lim taraqqiyoti va imkoniyatlarini tanlash;

• individual trening dasturini yaratish;

• o'qituvchining minimal aralashuvi va o'quv natijalari bo'yicha an'anaviy avtoritar nazoratning yo'qligi.[4]

Maktabgacha yoshdagi bolalar ko'rgazmali tasavvur orqali anglash davrida bo'lganligi bois, barcha yangi bilimlar ko'rgazmalilikka asoslanadi. Bu yoshdagi bolalar bilan innovatsion pedagogik texnologiyalar sifatida interfaol metodlardan tarbiyachilar unumli foydalanadilar. Chunki mazkur metodlardan foydalanish orqali har bir bola o'zining individual qobilyatlarini namoyon eta oladi; mantiqiy o'yinlar o'ynash bolaning aqliy rivojlanishiga katta ijobiy ta'sir ko'rsatadi; atrof-muhit hodisalari haqida aniq tasavvurlar shakllanishiga yordam beradi; bolani ham ruhan, ham jismonan rivojlantirishda xizmat qiladi; bolalarni o'z oldiga maqsad qo'yib, uni amalga oshirishga o'rgatadi; qiyin vaziyatlar tu'g'ilganda musta'qil ravishda muammoga yechim topishga o'rgatadi. Shu bilan birgalikda bolalarning nutqini ravon bo'lishida, o'z fikrini erkin bayon eta olish ko'nikmasini shakllantirish imkoni yaratiladi.

Interfaol metodlar mazmuniga ko'ra bolalar faol o'zaro ta'sir qilish sharoitida o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Birgalikdagi faoliyatdan zavq oluvchi bolalar uchun bunday usullar yangi bilimlarni egallashda qiziqarli va tassurotga boy bo'lishini ta'milaydi. Faqatgina tarbiyachi ushbu usullarni bolalarning o'ziga xos xususiyatlari va yosh jihatlariga moslashtirgan holda foydalanishi lozim. Bolalarning rivojlanishiga qo'yilgan "Davlat talablari" va "Ilk qadam" davlat dasturida bolaning umumiy va rivojlanish sohasi kompetensiyalarining muhim yo'nalishlari belgilab berilgan. Unga ko'ra maktabgacha 6-7 yoshdagi bolaning umumiy kompetensiyalari sifatida quyidagilar ajratib ko'rsatildi:

> Kommunikativ kompetensiya - muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko'nikmasi.

> O'yin kompetensiyasi - bolaning o'yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko'nikmalardan ijodiy foydalanishi o'quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

> Ijtimoiy kompetensiya - hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan axloq-odob normalari va me'yorlariga rioya qilgan holda o'zini tutish mahorati.

> Bilish kompetensiyasi - atrof-muhitni ongli ravishda idrok qila olish va bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatlardan o'quv va amaliy vazifalarni hal qilishda foydalanish.[5] Innovatsion pedagogik texnologiyalarni bolalar ta'limiy jarayonida qo'llashda avvalo

yuqoridagi bola kompetensiyalarini shakllantirishning qay birida maqbulligini aniqlash hamda ustuvor jihatlarini hisobga olish kerak. Masalan, mantiqiy o'yinlar va tajribalar ustida ishlash bolaning bilish jarayonida xizmat qilsa, so'z o'yinlari kommunikativlikni oshiradi. Shu bois usullarni saralash va muvofiqlashtirish asosida olib borish zarur. Hozirgi davrdagi inqilobiy hodisalarga nazar tashlaydigan bo'lsak, ijtimoiy munosabatlardagi nomutanosibliklar global muammolardek jamiyat ravnaqiga aks ta'sir etmoqda. Agarda erta yosh davridan bolalarda ijtimoiy hayot qadriyatlari shakllantirib borilsa, kelajakda sog'lom hayot tarzini yaratishda zamin bo'lib xizmat qiladi. NATIJALAR

Ta'lim innovatsiyasi deyilganda avvalo mashg'ulotlarda pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutiladi. Texnologik yondashuv asta-sekin takomillashib innovatsion xarakterga ega bo'ldi. Masalan, maktabgacha ta'lim tizimida an'anaviy yo'nalishdagi mashg'ulotlar sistemasiga e'tibor berilganda, bu faoliyatda tarbiyachi obyekt bola subyekt rolini o'ynagan edi. Ya'ni, bola faqatgina tinglovchi, tarbiyachi notiq sifatida gavdalangandi. Ammo barcha tajribalar ta'lim berishdagi bunday harakatlar samarali bo'la ololmasligini tasdiqladi. Natijada ta'limni samaraliligini belgilay oladigan yondashishlarni yuzaga keltirish zarurati tug'ildi. Shuning uchun texnologik nazariyaning vujudga kelishi uchun turtki bo'ldi. Har qanday yangilik ehtiyoj natijasida yuzaga keladi. Ehtiyoj qanchalik yuqori bo'lsa, uning samaradorlik darajasi ham ko'tarilaveradi.

Ta'lim innovatsiyalari deyilganda, ko'z oldimizda albatta yangi pedagogik texnologiyalar gavdalanadi. Pedagog ta'lim jarayonini innovatsiyalashda texnologiyalarni qo'llashni nazarda tutadi. Innovatsiya yangilik kiritish bo'lsa, texnologiya - mahorat, san'at sifatida gavdalanib, innovatsion texnologiyalar yuzaga keladi. Demak, tarbiyachining innovatsion faoliyati, bu uning pedagogik mahorati belgisidir. Mahorat qanchalik yuksalishda bo'lsa, novatorlikka aylanib boradi. Innovatsion texnologiyalardan foydalana olish uchun tarbiyachi-pedagog quyidagi bilimlarni o'zida mujassamlantirishi lozim:

- AKT bo'yicha bilim, ko'nikma va malakaga ega bo'lishi;

- Yangi pedagogik texnologiyalar bo'yicha xorijiy tajribalardan boxabar bo'lishi;

- Ta'lim jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalar yoshiga mos keladigan didaktik

o'yinlar, interfaol usullarni tanlay bilish qobilyati;

- Ilg'or pedagogik yangilanayotgan g'oyalar bilan tanishib borish;

- Bilimlarning ko'nikma va malakaga aylantirish asosida o'z kasbiy pozitsiyasini

shakllantirib borish;

- Ta'limiy faoliyatlarda harakatli o'yinlardan foydalana olish;

- Turli yo'nalishdagi bilimlarni integratsiyalashgan holda amaliyotda o'rgatishga erishish.

"Faoliyatni yangilash 3 bosqichda, ya'ni tayyorgarlik, rejalashtirish va joriy etish

bosqichlarida amalga oshiriladi." - degan edi mashhur pedagog A.Nikolskaya.[6] Innovatsion texnologiyalardan asosiy maqsad tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o'rtasida do'stona muhitni yaratish, bolalarni yangiliklarga qiziqtirish; o'rganilgan bilimlarni ijtimoiy sharoitlarda qo'llay olish ko'nikmasiga ega bo'lish, AKT va didaktik materiallarni mavzu bilan uyg'unlashtira olish, ta'limiy faoliyatga nisbatan munosabatni o'zgartira olish kabilarni aytish mumkin.

Innovatsion texnologiyalarning turlari quyidagicha tasniflangan:

• bola shaxsiga yo'naltirilgan ta'lim;

• rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalari;

• o'yinli ta'lim texnologiyasi;

• loyihaviy ta'lim texnologiyasi;

• muammoli ta'lim texnologiyasi;

• axborot va aloqa vositalaridan foydalanish.[7]

Innovatsion texnologiyalarning har bir turi tarbiyalanuvchilarda faqatgina yangi bilim hosil qilishga xizmat qilibgina qolmasdan, balki ularda har tomonlama rivojlanish mexanizmlarini tarkib toptirishda xizmat qila oladi. Ma'naviy savodxonligi sust bo'lgan inson hayot davomida uchrashi mumkin bo'lgan qiyinchiliklar oldida esankirab qolishi mumkin.

Ayniqsa ommaviy madaniyat unsurlaridan saqlanishda ham ruhiy barkamollikning yoshlikdan shakllantirilishi g'oyatda zarur. Shuning uchun ta'lim innovatsiyalarida tarbiyaviy ta'sir elementlari uyg'unlashtirilishiga e'tibor beriladi.[8] Shuninhdek, innovatsion ta'limiy texnologiyalar qatoriga intégral loyihalashgan faoliyat turini kiritish zarur. Chunki bunday yondashuvga tayanib ko'p tomonlama yaxlit tasavvurlarni shakllantirish mumkin. [9]

XULOSA

Bugungi kunda maktabgacha ta'lim sohasida ommalashib borayotgan ta'limiy faoliyatlar innovatsion xarakter kasb etmoqda. Chunki maktabgacha yoshdagi bolalarga ma'naviy-axloqiy, aqliy va jismoniy tarbiya berishda innovatsion yangi texnologiya loyihalarini yaratish ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirmoqda.

Maktabgacha yosh davrida o'yin ustuvor ahamiyat kasb etganligi bois, bolalar bilan interfaol metodlar o'yin tarzida olib boriladi. Tarbiyachilarni innovatsion ta'limga kirib borishlarida eng maqbul o'yin texnologiyalarini ishlab chiqish va dastur sifatida joriy etish pedagogik muammo hisoblanadi. Bugungi kungacha eng ustuvor o'yinlar mazmuniga asoslanib, ularni takomillashtirish va ta'lim - tarbiyaviy xarakterdagi talablarga moslashgan innovatsion o'yinlar texnologiyasi tuzilib, qo'lanma sifatida barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlariga tatbiq etilishi lozim. Ana shunda barcha mutaxassislar bolalar bilan faoliyat olib borishda qiyinchilikka kamroq duch keladilar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

http://ma'rifat.uz O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning "O'qituvchi va murabbiylar" kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 30.09.2020 V.A.Slastenin i dr. «Pedagogika: Innovatsionnaya deyatel'nost'» - M. 1997 http://arxiv.uz referatlar Tarbiyachining innovatsion faoliyati 2019 yil https://uz.unistica.com Montessori metodikasi

I.V.Grosheva, L.G.Evstafyeva, D.T.Mahmudova, Sh.B.Nabixanova, S.B.Pak, G.E.Djanpeisova "Ilk qadam" Maktabgacha ta'lim muassasasining davlat o'quv dasturi Toshkent 2018 9-10 betlar

https://baxtiyor.uz Ta'limda innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish Abduqodirov A., Begmatova N., Maktabgacha ta'lim muassasalarida multimedia texnologiyasidan foydalanish uslubiyoti. -Qarshi, "Nasaf". 2011 y. 57 b. Boltayeva F. A. Esonaliyeva O. Yoshlar hayotida virtuallashuv sabablari va omillari. "Fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi" FTAI, Jild: 03, Nashr: 06, June 2022. 232 b https://bilig.academiascience.org/index.php/isepsmj/article/view/588 Boltayeva F. A., Ibrohimova N. N. Maktabgacha ta'limda integral darslar - innovatsion loyiha sifatida. "Science and Innovation". International sicentific journal. https://doi.org/ 10.5281/zenodo.6626043 2022 y., 2-son. 292 b.

1.

2.

3.

4.

5.

6. 7.

9.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.