Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA O‘YINLAR TEXNOLOGIYASI'

MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA O‘YINLAR TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
15048
1013
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / innovatsiya / ta’lim texnologiyasi / pedagogika / education / innovation / educational technology

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — D. Yuldasheva, Sh. Umarova

Hozirgi sharoitda maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatida pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar keng foydalanilmoqda. Bu texnologiyalarning mazmun-mohiyatini, asosiy tamoyillarini, qonuniyatlarini, ulardan samarali foydalanish yo‘llarini amaliyotchitarbiyachi va o‘qituvchilarga yetkazib berish pedagogika fani oldida turgan dolzarb muammolardan biridir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GAME TECHNOLOGY IN PRESCHOOL EDUCATION

In the current situation, pedagogical technologies, interactive methods are widely used in the preschool education system. One of the most pressing issues facing the science of pedagogy is to convey the essence, basic principles, laws of these technologies, ways of their effective use to educators and teachers.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA O‘YINLAR TEXNOLOGIYASI»

MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA O'YINLAR TEXNOLOGIYASI

D. Yuldasheva Sh. Umarova

Farg'ona davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Hozirgi sharoitda maktabgacha ta'lim tizimi faoliyatida pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar keng foydalanilmoqda. Bu texnologiyalarning mazmun-mohiyatini, asosiy tamoyillarini, qonuniyatlarini, ulardan samarali foydalanish yo'llarini amaliyotchi- tarbiyachi va o'qituvchilarga yetkazib berish pedagogika fani oldida turgan dolzarb muammolardan biridir.

Kalit so'zlar: ta'lim, innovatsiya, ta'lim texnologiyasi, pedagogika

GAME TECHNOLOGY IN PRESCHOOL EDUCATION

ABSTRACT

In the current situation, pedagogical technologies, interactive methods are widely used in the preschool education system. One of the most pressing issues facing the science of pedagogy is to convey the essence, basic principles, laws of these technologies, ways of their effective use to educators and teachers.

Keywords: education, innovation, educational technology

KIRISH

Ta'lim texnologiyasi tushunchasi ta'lim maqsadiga erishish quroli, ya'ni oldindan loyihalashtirilgan ta'lim jarayonini yaxlit tizim asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish va shu maqsadga erishishning metod, usul va vositalari tizimini, ta'lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi.

Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi bola shaxsini rivojlantirish orqali ta'lim maqsadiga erishishni ta'minlashdan iborat. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari quyidagilardir: kafolatlangan yakuniy natija, ta'limning samaradorligi, qaytuvchan aloqaning mavjudligi, ta'lim maqsadining aniq shakllanganligi.

O'yin texnologiyasi ham o'yin metodidan o'zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo'lgan jarayonlarning mantiqiy ketma- ketligi va o'zaro bog'liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi.

L.S. Vigodskiy o'yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o'zlashtirish vositasi sifatida ta'riflaydi.

Har qanday o'yin muayyan vazifalarni bajaradi:

•maftunkorlik;

• kommunikativlik;

• o'z imkoniyatlarini amalga oshirish;

•tashxis;

• o'yin ishtirokchilari o'rtasidagi muloqot;

• ijtimoiylashuvlik.

Ma'lumki, o'yinlar quyidagi to'rt asosiy xususiyatga ega:

- erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya'ni bola o'yinni o'zi tanlaydi, unda faol ishtirok etadi. Bunda birinchi navbatda yakuniy natija emas, balki o'yin jarayoni muhim ahamiyatga ega;

- ijodiy xarakter, ya'ni o'yin jarayonida bolalar uchun ijod qilishga katta imkoniyatlar mavjud;

- emotsional ta'sir — bola o'yinda markaziy o'rin egallashni xohlaydi, g'olib bo'lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshirishga yordam beradi;

- asosiy va qo'shimcha qoidalar o'yin mazmuni, uning mantiqiy ketma-ketligini belgilaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'yin tuzilishiga- maqsad, rejalashtirish, maqsadga erishish, natijalarni tahlil qilish kabi komponentlar kiradi. O'yinning eng asosiy xususiyati uning ijodiyligidadir. U o'zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo'ladi.

Ilmiy tadqiqod ishlari natijasi shuni ko'rsatadiki, nazariy jihatdan o'yinga faoliyat, jarayon va o'qitish metodi sifatida qarash mumkin.

O'yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subyekt sifatida o'z imkoniyatlarini to'la amalga oshiradi.

O'yinli faoliyatni motivatsiyalash o'yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o'zini namoyon qila olishi, o'z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi.

Jarayon sifatida o'yin tuzilmasi quyidagilarni qamrab oladi:

• o'ynash uchun olingan rollar;

•bu rollarni ijro etish vositasi bo'lgan o'yin harakatlari;

•haqiqiy narsalarni shartlilarga almashtirish;

• o'yinda ishtirok etuvchilarning real o'zaro munosabatlari;

• o'yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun).

Har qanday texnologiyada, jumladan, o'yin texnologiyalarida ham, o'quv maqsadi aniq belgilanishi zarur. Bu texnologiyaning asosiy negizidir. Maqsad to'g'ri qo'yilishi uchun tarbiyachi bolaga nimani o'rgatmoqchi bo'lganligini bilishi kerak. Bitta mashg'ulotda bitta maqsad qo'yilishi maqsadga muvofiq. Masalan, bolalarni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida tushuncha berish va h.k.

NATIJALAR

O'yin texnologiyalari (ayniqsa, bog'cha bolalari uchun) rivojlantiruvchi maqsadlarni (bolaning idrok, xotira, diqqat, tafakkurini rivojlantirish) amalga oshirishi ham mumkin. Bunda o'yin jarayonida yakuniy natija muhimroq bo'ladi.

Pedagogik ijrochilik o'yinlarini bola uch yoshdan boshlab o'zlashtira boshlaydi. Shu yoshga kelib bola odamlar o'rtasidagi munosabatlar bilan tanisha boshlaydi, hodisalarning ichki va tashqi tomonlarini ajrata boshlaydi, o'zida ichki kechinmalarni seza boshlaydi. Ularga munosabat bildiradi.

Maktabgacha yoshda bolalar o'yin faoliyatini o'zlashtira borib ijtimoiy qadrli va ijtimoiy baholanuvchi faoliyatga tayyorlana boshlaydilar. Maktabgacha ta'lim tizimida qo'llaniladigan pedagogik o'yinlarning quyidagi turlari mavjud:

1. Bolalar kayfiyatini ko'taruvchi.

2. Hamkorlikka chorlovchi.

3. Bolalarni o'zligini namoyon etishga chorlovchi.

4. Bolalarda o'ziga ishonch hissini shakllantiruvchi, jismoniy va intellektual muammolarni yo'qotishga qaratilgan.

5. Maktabgacha bolalar xatti-harakatidagi cheklanishlarni tavsiflovchi (diagnostika).

6. Bolalar shaxsi strukturasiga ijobiy korreksiyalar beruvchi.

7. Millatlararo bag'rikenglikni shakllantiruvchi.

8. Bolalarda ijtimoiy, jamoaviy munosabatlarni shakllantiruvchi o'yinlar.

MUHOKAMA

Pedagogik o'yinlarni quyidagicha tasniflash mumkin.

Faoliyat turlariga qarab: ijtimoiy intellektual, mehnat, ijtimoiy va psixologik o'yinlar.

Pedagogik jarayonlarning xarakteriga qarab: ta'lim-tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, mahsuldor, ijodiy, psixotexnik o'yinlar.

O'yinlar metodlariga qarab: predmetli, sujetli, badiiy rolli, hodisalarni tasavvur etuvchi va drammalashtiruvchi o'yinlar.

Predmetlar asosidagi o'yinlar: matematik, biologik, ekologik, musiqali, texnikaviy, jismoniy tarbiyalovchi, iqtisodiy tejamkorlik va ishbilarmonlik, tadbirkorlikni rivojlantiruvchi o'yinlar.

O'yin vositalari bo'yicha: o'yin vositalari (koptok, piramida, kub va boshq.) bilan amalga oshiriladigan o'yinlar va o'yin vositalarisiz amalga oshiriladigan o'yinlar xontaxta ustida, xonada va dalada o'ynaladigan o'yinlar, kompyuter va televizor o'yinlari kabi texnik vositalar.

Maktabgacha ta'limda yoshi kattalarning to'plagan tajribasini kichik yoshdagilarga singdirish jarayonida o'yinlar ta'lim metodi sifatida namoyon bo'ladi. O'yin metodlariga qarab maktabgacha ta'lim vazifalaridan kelib chiqib, predmetli, sujetli-ishchan, drammalashtirilgan o'yinlardan keng foydalaniladi.

Maktabgacha ta'limda rivojlantiruvchi pedagogik o'yinlarni o'quv tarbiya jarayonida qo'llash quyidagi o'ziga xos xarakterga ega bo'ladi. Birinchidan, rivojlantiruvchi pedagogik o'yinlar maxsus topshiriqlar majmuasidan iborat bo'ladi. Ikkinchidan, o'yin faoliyatidagi topshiriqlar rangli kublar, g'ishtchalar, kvadratlar, plastilin, karton qog'ozlar, konstmktor-mexanik majmualarida turli ornament, rasm va jimjimador predmetlar vositasida amalga oshiriladi. Uchinchidan, topshiriqlar mustaqil bajarilishini ta'minlash maqsadida ulrni osondan qiyinga tomon, aniq vaqt oralig'ida sifatli bajarilishini ta'minlash darkor.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida interfaol o'yinlardan foydalanish ijobiy natijalarga olib keladi. Bu o'yinlar jarayonida bola passiv obyektdan faol subyektga aylanadi. Tarbiyachining asosiy vazifasi esa o'yinni tashkil etish, bolalar ijodiga sharoit yaratishdan iborat.

Interfaol usul:

1. Pedagogik texnologiyaning ajralmas bir qismi sifatida ta'lim tarbiyaning umumiy mohiyatini aks ettiruvchi yahlit jarayondir .

2. Ta'lim tarbiya jarayonini takommilashtiruvchi, optimallashtirishga bo'lgan ijtimoiy ehtiyoj.

3. Didaktik hamda tarbiyaviy xarakterdagi ta'lim tarbiya jarayonini samarali mohorat tarza tashkil etishdur .

4. Yo'naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, yani shaxsni rivojlantirish tarbiyalash shakillantirish uchun xizmat qiladi,

5. Shaxsiylik xususiyatga ega bo'lib muayyan ta'lim tarbiya jarayonida qo'llashga nisbatan yagona, qat'iy, me'yorlar talab etilmaydigan jarayon.

Interfaol usullar o'z navbatida maktabgacha yoshdagi bolalarda quidagi psixologik xususiystlarini shakillantirish bilan ajralib turadi,Ya'ni ;

■Fikrlash : - mantiqiy tafakkur ko'rgazmali, tasvirli jarayon asosida rivojlanadi.

■Nutq:- ichki nutqning rivojlanishiga ma'lum tasir etadi.

■Ixtiyoriy bilish jarayoni;- o'zlashtirish jarayonida ixtiyoriy ravishda o'z fiktini jamlashga kirishadi.

■Fiziologik sezgirlik: - individual ravishda aksariyat, xolda past darajada.

■Bilim orttirish obyekti:- predmet va hodisalar o'rtasidagi sabab - oqibatli bog'liqlik .

■Bilim ortirish usuli:- mustaqil faoliyat, kattalar va tengdoshlar bilan bilim orttirish muloqot qilish.

■Muvaffaqiyatli o'zlashtirish shartlari:- shaxsiy dunyoqarashning kengligi, xar bir ishda bilimdonlik.

■Muloqot yuritish sharti:- vaziyatdan tashqari shaxsiy muloqot.

■ Tengdoshlari bilan munosabatlar:- hissiy ko'mak manbai.

■His-hayajonlar:- yuqori darajadagi his- tuyg'ularga egalik.

O'yin faoliyati:- o'zini zimmasiga olgan ro'lga muofiq tutish shakillanadi Interfaol o'yinlar jarayonida bola mustaqil fikrini to'g'ri bayon etishga, boshqalarni tinglashga o'rganadi, boshqacha qilib aytganda interfaol o'yinlar orqali kelajakda har bir bola uchun zamir bo'lgan ijobiy sifatlar shakllantiriladi. Interfaol o'yinlarni samarali o'tkazish uchun quyidagi qoidalarga e'tibor berish lozim:

1. Mashg'ulot oldidan bolalar o'yin qoidalari va mazmunini qay darajada tushunganliklarini aniqlash.

2. Bolalarning yosh xususiyatlari va bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini hisobga olish.

3. Har bir bolaning qobiliyati va psixologik xususiyatlarini e'tiborga olish.

4. O'yin jarayonida bolalarga qiziq bo'lgan materiallardan foydalanish.

5. Diqqat va e'tiborni jalb etadigan uslublarni izlab topish.

6. Bolalarga rohami to'g'ri taqsimlash.

7. O'yindan qanday maqsadda foydalanish mumkinligini bilish.

8. O'yinning asosiy bosqichlari haqida tasavvurga ega bo'lish va natijalarini prognoz qilish.

Pedagogik nuqtayi nazardan to'g'ri tashkil etilgan o'yin bolaning axloqiy, irodaviy xususiyatlarini shakllantirish bilan birga unda bilim olishga, atrofdagi olam sirlarini ochishga qiziqish uyg'otadi. Shuning uchun maktabgacha ta'lim muassasalarida o'yin texnologiyalaridan keng foydalanish kerak.

O'yinlar texnologiyasi tushunchasi pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismidir. O'yin texnologiyasi an'anaviy tahimdagi o'yin metodidan o'zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo'lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o'zaro bog'liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi. XULOSA

Xulosa qilib shuni ta'kidlash lozimki, ta'lim tarbiya jarayonlariga pedagogik texnologiya va interfaol usullarni maqsadli qo'llash, maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual qobilyatlarini, ta'lim shakillarini o'ptimallashtirish, bolalarning mustaqil faoliyatini o'stirish va ta'lim samarodirligiga erishishga olib keladi.

REFERENCES

1. Sh.M.Mirziyoyev. "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - Har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak".T: O'zbekiston, 2017.

2. Sh.M.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T:, O'zbekiston, 2017.

3. F.R.Qodirova, Sh.K.Tashpulatova. Bolalar bog'chasida metodik ishlar - T.: Voris -2012 kasb-hunar uchun darslik.

4. O.Hasanboeva, M. Tadjieva, Sh. Toshpulatova va boshq. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. —T., «Ilm-ziyo», 2012 O'quv qo'llanma.

5. Karimov, U. U., & Karimova, G. Y. (2021). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN ACHIEVING EDUCATIONAL EFFECTIVENESS. Журнал естественных наук, 7(1).

6. Usmanov, N., Ganiev, B. S., & Karimova, G. Y. (2021). The Philosophical Basis For The Formation Of Spiritual Maturity Among Young People. Oriental Journal of Social Sciences, 33-37.

7. Каримова, Г., Акбарова, М., Акрамжонов, К., & Йулдашева, Г. (2021). ЖАМИЯТ ИЖТИМОИЙ ТАРАККИЁТИДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ АДАМИЯТИ. Интернаука, (10-3), 42-43.

8. Kipchakova, Y. (2021). METHODOLOGICAL AND DIDACTIC ASPECTS OF INFORMATION AND INTELLECTUAL CULTURE IN THE EDUCATION OF A DEVELOPED GENERATION. Экономика и социум, (6-1), 156-159.

9. Ташланова, Н. Д. (2019). Развитие критического мышления студентов в вузах. Проблемы современной науки и образования, (11-2 (144)).

10. Karimov A., Muxammadjonov X. INFORMATION TECHNOLOGIES: INFORMATION EDUCATION AND INFORMATICS //Экономика и социум. -2020. - №. 8. - С. 40-43.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

11. Karimov, U., & Abdurakhmon, A. (2017). INNOVATIVE INFORMATION TECHNOLOGY IN EDUCATION. Форум молодых ученых, (5), 9-12.

12. Кипчакова, Ё., Махмудова, М., & Умарова, З. (2021). МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАР МЕДНАТИНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТИ. Студенческий вестник, (22-7), 9-10.

13. Кипчакова, Ё., Соибжонова, Ш., & Абдукаюмова, С. (2021). МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА СОЕЛОМ ТУРМУШ ТАРЗИНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ АДАМИЯТИ. Студенческий вестник, (22-7), 11-12.

14. Yuldashov, I., & Goynazarov, G. (2021). A NEED TO IMPROVE THE INSTITUTIONAL SYSTEM FOR INCREASING THE SOCIAL ACTIVITY OF YOUNG PEOPLE AT THE STAGE OF DEVELOPMENT. Интернаука, (12-3), 1819.

15. Еойназаров, F. А. (2021). КИЧИК МАКТАБ ЁШДАГИ БОЛАЛАРГА БЕРИЛАДИГАН ДАРАКАТЛИ УЙИНЛАР. Scientific progress, 2(1), 202-211.

16. Yuldashev, I. A. (2020). PEDAGOGICAL BASES OF FORMATION OF SOCIAL ACTIVITY IN PEDAGOGICAL SCIENCES. Теория и практика современной науки, (5), 67-69.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.