Научная статья на тему 'TА’LIM -TАRBIYA JАRАYONIDА PEDАGOGIK OʼYINLАR VА ULАRNING SHАXS RIVOJLАNISHIGА PSIXOLOGIK TА’SIRI'

TА’LIM -TАRBIYA JАRАYONIDА PEDАGOGIK OʼYINLАR VА ULАRNING SHАXS RIVOJLАNISHIGА PSIXOLOGIK TА’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6035
267
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
shaxs / rivojlanish / oʼrganish / taʼlim / tarbiya / oʼyin / pedagogik oʼyinlar / bilim / malaka / koʼnikma / sezgi / diqqat / idrok / xotira / tafakkur / nutq / ijtimoiy hayotga tayyorlash. / personality / development / learning / education / upbringing / play / pedagogical games / knowledge / skills / abilities / intuition / attention / perception / memory / thinking / speech / preparation for social life.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mohira Juraqulovna Turdiyeva

Ushbu maqolada oʼyin faoliyatining bola rivojlanishidagi ahamiyati va pedagogik oʼyinlarning shaxsni tarbiyalash, rivojlantirish, unga taʼlim berish, uni ijtimoiy hayotga tayyorlashdagi oʼrni haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL GAMES AND THEIR PSYCHOLOGICAL INFLUENCE ON PERSONAL DEVELOPMENT IN THE EDUCATION PROCESS

The article examines the importance of play in the development of a child and the role of pedagogical games in the upbringing, development, education and preparation of a person for social life.

Текст научной работы на тему «TА’LIM -TАRBIYA JАRАYONIDА PEDАGOGIK OʼYINLАR VА ULАRNING SHАXS RIVOJLАNISHIGА PSIXOLOGIK TА’SIRI»

TA'LIM -TARBIYA JARAYONIDA PEDAGOGIK O'YINLAR VA ULARNING SHAXS RIVOJLANISHIGA PSIXOLOGIK TA'SIRI

Mohira Juraqulovna Turdiyeva

Buxoro davlat universiteti Maktabgacha ta'lim kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'yin faoliyatining bola rivojlanishidagi ahamiyati va pedagogik o'yinlaming shaxsni tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta'lim berish, uni ijtimoiy hayotga tayyorlashdagi o'rni haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: shaxs, rivojlanish, o'rganish, ta'lim, tarbiya, o'yin, pedagogik o'yinlar, bilim, malaka, ko'nikma, sezgi, diqqat, idrok, xotira, tafakkur, nutq, ijtimoiy hayotga tayyorlash.

PEDAGOGICAL GAMES AND THEIR PSYCHOLOGICAL INFLUENCE ON PERSONAL DEVELOPMENT IN THE EDUCATION PROCESS

ABSTRACT

The article examines the importance of play in the development of a child and the role of pedagogical games in the upbringing, development, education and preparation of a person for social life.

Keywords: personality, development, learning, education, upbringing, play, pedagogical games, knowledge, skills, abilities, intuition, attention, perception, memory, thinking, speech, preparation for social life.

Kishilik tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ham o'yin sub'ekt ijtimoiylashuvi, rivojlanishi va faoliyatining eng birinchi shu bilan birga muhim turi sifatida tan olingan. Binobarin, shaxs faoliyatining muhim turlari - mehnat, o'qish bilan birga o'yin ham uning shakllanlanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O'yinlar vositasida katta avlod tomonidan to'plangan hayotiy tajriba, o'zlashtirilgan bilim, turmush tarzi va ijtimoiy munosabat asoslari, madaniy qadriyatlar yosh avlodga izchil uzatib kelingan va kelinmoqda.

O'yin shaxsni tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta'lim berish, uni ijtimoiy hayotga tayyorlash xususiyatlariga ega. Mavjud xususiyatlari tufayli o'yinlar qadim-qadimdan xalq pedagogikasining muhim asoslaridan biri bo'lib kelmoqda. Bevosita o'yinlar bolalarda sezgi, diqqat, idrok, xotira, tafakkur, nutqni rivojlantirishga yordam berish orqali ularni ma'naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy va estetik jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi bola o'yin faoliyatida o'qish va mehnatga tayyorlanadi.

Yosh ulg'aygan sari bola hayotida o'yinning roli ma'lum darajada kamayib boradi. O'yinlarning tarbiyaviy ahamiyati bolaning butun hayoti davomida saqlanib qoladi.

Agarda jismoniy xatti-harakatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan o'yinlar bolalarda chaqqonlik, epchillik, chidamlilik, qat'iylikni tarbiyalasa, intellektual, konstruktsiyali o'yinlar ularni o'ylashga, fikrlashga, mantiqiy tafakkur yuritishga o'rgatadi. Zamonaviy pedagogikada o'yinlar ta'lim jarayonining samaradorligini oshirish, ta'lim oluvchilarning o'quv-bilish faolligini kuchaytirish maqsadida quyidagi tarzda qo'llaniladi:

> tushuncha, mavzu va alohida bo'lim mohiyatini o'zlashtirishda alohida

texnologiya sifatida;

> pedagogik texnologiyalarning elementi sifatida;

> o'quv mashg'uloti shakli yoki uning bir qismi sifatida;

> darsdan tashqari ishlardan biri sifatida.

O'yinning mohiyati va tuzilishi ma'lum ko'nikma, malaka, qobiliyat va sifatlarning har bir ishtirokchida butun o'yin davomida shakllanishini ta'minlaydi. Ta'lim jarayonda o'yin texnologiyalaridan foydalanishda o'qituvchi pedagogik vazifalarini stsenariyda aniq ifodalay olishi zarur.

O'yin faoliyatining psixologik mexanizmlari shaxsning o'zini namoyon qilish, o'zining hayotdagi o'rnini belgilash, o'zini o'zi boshqarish, o'z imkoniyatlarini amalga oshirishdan iborat asosiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini beradi. O'quv faoliyatining asosiy motivi - bu o'quv-bilish motivi bo'lsa, o'quv faoliyatining eng muhim motivatsiyasi esa tarbiyalanuvchida o'zi tanlagan va asoslarini o'zlashtirayotgan bilimga bo'lgan qiziqishi sanaladi. Tarbiyalanuvchi o'quv jarayonidagi egallagan bilimlaridan, kasbiy malakalari va ko'nikmalaridan hissiy jihatdan qoniqa olishi lozim. Bu vazifani hal qilishda o'qitish jarayonida o'yinli texnologiyalardan foydalanish, tarbiyalanuvchilarning ijodiy qobiliyati va kreativ tafakkurini o'stiradi.

Pedagogik maqsadda foydalanilayotgan o'yinlar o'yin texnologiyalari deb nomlanadi.

O'yinli texnologiyalar - ijtimoiy tajribalarni o'zlashtirishning barcha ko'rinishlari: bilim, ko'nikma, malaka hamda hissiy-baholovchi faoliyat jarayonini hosil qilishga yo'naltirilgan shartli o'quv vaziyatlarini ifodalovchi shaxsga yo'naltirilgan ta'lim (pedagogik texnologiya) turlaridan biri hisoblanadi.

O'yin shunday faoliyatki uning natijasigina emas, balki jarayonning o'zi ham bolaga zavq bag'ishlaydi. O'yin faoliyati ijod uchun imkon beradi, his-tuyg'ularini kuchaytiradi. Quyida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qo'llaniladigan o'yinli texnologiyalarining maqsadlari keltiramiz.

1. Didaktik o'yin: dunyoqarashni kengaytirish, bilimlarni amaliyotda qo'llash, ma'lum ko'nikma va malakalarni shakllantirish.

2. Tarbiyaviy: ta'lim oluvchida mustaqillikni, irodani tarbiyalash, ma'lum munosabatlar, axloqiy-estetik qadriyatlami shakllantirish, hamkorlik, jamoa bilan birlashish tuyg'ularini tarbiyalash.

3. Rivojlantiruvchi: diqqat, xotira, nutq, tafakkur, taqqoslash ko'nikmalari, empatiya, refleksiya, optimal yechimlami izlab topish ko'nikmalari, o'quv faoliyatiga nisbatan motivatsiyani rivojlantirish.

4. Ijtimoiylashtiruvchi: ta'lim oluvchilar ongiga jamiyatda qabul qilingan axloqiy me'yorlarni, milliy va umuminsoniy kadriyatlarni singdirish, muhitga moslashish, o'z-o'zini boshqarish, muloqotga o'rgatish, psixoterapevtik ta'sir.

O'yinli texnologiyalarning ba'zi konseptual asoslari:

1.O'yinli texnologiyalarning psixologik mexanizmi shaxsning o'z-o'zini namoyish qilish, jamoada o'z o'rnini egallash, o'z-o'zini boshqarishga bo'lgan ehtiyojga asoslanadi.

2. Mashg'ulot jarayotnida o'yin ta'lim oluvchilarni o'quv jarayoniga undovchi vosita vazifasini bajaradi.

Bunda ta'lim maqsadi o'yin sharti sifatida qo'yiladi:

- o'quv faoliyati o'yin qoidalariga bo'ysunadi;

- o'quv materiali o'yin orqali taqdim etiladi;

- bellashuv elementi olib kiriladi;

- didaktik masalaning yechilishi o'yin natijasi bilan bog'lanadi.

O'yinlar qoidasi "qat'iy" yoki" qat'iy bo'lmagan", oldindan qabul qilingan yoki o'yin

davomida tuziladigan bo'lishi mumkin.

O'yin strukturasi quyidagi bosqichlardan iborat:

- maqsad qo'yish;

- rejalashtirish;

- maqsadni amalga oshirish;

- natijalar tahlili.

Tarbiyachilarning vazifasi bolaning boy imkoniyatlaridan to'laroq foydalanish va mazkur yoshdagi bolalar uchun hammadan muhim, hammadan zarur narsani to'g'ri tanlab olishdir. Bola faoliyatining tabiati va mazmuni aqliy rivojlanishning ob'ektiv, ya'ni xolisona mezonlari bo'lib hisoblanadi. Tarbiyachi bolalaning yosh xususiyatlari, rivojlanishiga qarab, bolaning aqliy va ma'naviy tarbiyasiga yordam beradigan har xil mantiqiy harakatli o'yinlar tashkil qilishi, bu o'yinlar asta-sekin murakkablashib borishi, o'yinlar orqali bolalarda ijobiy malakalar mustahkamlanib borishi kerak. Ana shundagina bolalarni aqliy faoliyatga tayyorlash bir muncha oson kechadi.

O'yinli ta'limni MTTda to'g'ri shakllantirish uchun pedagog salohiyati va rahbarligi katta rol o'ynaydi.

Bunda tarbiyachi quyidagi talablarga rioya qilishi shart.

1. Didaktik materiallar mazmuni va har bir bolaga uni yetkazish mahorati.

2. Rejalashtirish jarayonini faoliyatga mos faoliyat turi bilan tashkil etish.

3. Tarbiyachilar o'z vaqtida yordamga kelishi, eslatish va topshiriq g'oyasini aniqlab berish mahorati.

4. Bolalarning bilimga intilishini rag'batlantirish orqali faollashtirish.

5. Faoliyat jarayonida har bir bolaning faolligini qo'llab quvvatlash.

6. Metodik usullarni to'g'ri qo'llash.

7. O'yinli usullardan foydalanish.

8. Ko'maklashish va yordam berishni to'g'ri tashkil qilish usullaridan foydalanish.

9. Nutqning ravonligi va grammatik to'g'riligi (aniq va tushunarli) bo'lishi.

10. O'zaro hamkorlik xarakterini bolalar xulqiga tarbiyachining qo'ygan talab va rahbarligi.

Kuzatuvlardan kelib chiqqan holda yuqorida ko'rsatilgan mezon va talablarni tarbiyachi tomondan bosqichma-bosqich tizimli bajarib borish MTTda o'yinli ta'lim faoliyatini to'g'ri shakllantirish, natijasida ijodiy qobiliyatlari shakllangan bolalar tarbiyalanishiga asos bo'ladi, deya olamiz.

Xulosa qilib aytganda, o'yin faoliyatining bola hayotida tutgan o'rni beqiyos va u kichkintoyning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi bebeho vosita sifatida tan olinadi. O'yin faoliyati bola hayotida, uning jismoniy, ruhiy, aqliy kamolotga yetishida muhim vositalardan biri hisoblanadi. O'yin orqali bolalarda tafakkur, tasavvur, xotira, diqqat,idrok, sezgular va nutq kabi barcha psixik jarayonlar rivojlanadi va atrof-muhit haqidagi bilimi yanada kengayib boradi. Ta'limiy o'yinlar yordamida bolalarda mustaqillik, faollik, ijodkorlik, masalaga ongli yondoshish malakasi shakllantirib, o'stirib boriladi. O'yin ko'rgazmalilik, oddiydan murakkabga o'tish usullari orqali olib borilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

REFERENCES

1. Turdieva M. PRESCHOOL AGE IS AN IMPORTANT TIME TO FOCUS ON CREATIVITY //Макали конференщй МЦНД. - 2021.

2. Turdiyeva M. J., Islomova M. I. Q. A MODEL FOR DEVELOPING THE CREATIVE ABILITIES OF PRESCHOOL CHILDREN BASED ON A PERSON-CENTERED APPROACH //Builders Of The Future. - 2021. - С. 10-14.

3. Турдиева М. Д. ИННОВАЦИОННЫЙ ПОДХОД К ДОШКОЛЬНОМУ ОБРАЗОВАНИЮ //Проблемы науки. - 2021. - С. 71.

4. Juraqulovna T. M. et al. TYPES OF PERSON-CENTERED TECHNOLOGY IN THE EDUCATIONAL PROCESS //E-Conference Globe. - 2021. - С. 105-107.

5. Turdieva M. J. The essence of organizing the process of preschool education and education on the basis of an individual approach //International Engineering Journal For Research & Development. - 2021. - Т. 6. - №. SP. - С. 3-3.

6. Turdieva M. J., Olimov K. T. Game Technologies As An Innovative Type Of Student-Centered Education //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 02. - С. 183-187.

7. Turdieva M. J. The Role of the 'First Step'State Curriculum in the Preschool Education Sistem //International Journal Of Multidisciplinary Research And Analysis. Volime. - Т. 4.

8. Олимов К., Турдиева М. Maktabgacha ta'lim va tarbiya jarayonini amalga oshirishda innovatsion yondashuv va "ilk qadam" davlat o'quv dasturi //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 2/S. - С. 419-423.

9. Juraqulovna T. M. et al. TYPES OF PERSON-CENTERED TECHNOLOGY IN THE EDUCATIONAL PROCESS //E-Conference Globe. - 2021. - С. 105-107.

10. Ахмеджанов М. М., Турдиева М. Ж. Пути развития инновационных технологий //Молодой ученый. - 2017. - №. 8. - С. 321-323.

11. Гафурова Д. Х. Роль детской литературы в развитии детей дошкольного возраста //Academy. - 2020. - №. 12 (63).

12. Gafurova D. K. FORMATION OF FLUID SPEECH IN PRESCHOOLERS //International Engineering Journal For Research & Development. - 2021. - Т. 6. - №.

1. - С. 5-5.

13. Gafurova D. H. Development of skills and abilities of speech communication of students //International Engineering Journal For Research & Development. - 2020. - Т. 5. - №. 4. - С. 4-4.

14. Гафурова Д. Х. РОЛЬ УСТНОГО НАРОДНОГО ТВОРЧЕСТВА В РАЗВИТИИ РЕЧИ //Zbior artykulow naukowych recenzowanych. - С. 45.

15. Гафурова Д. Х., Курбанова М. Ф. ФОРМИРОВАНИЕ БЕГЛОЙ РЕЧИ У ДОШКОЛЬНИКОВ ПУТЁМ ЧТЕНИЯ ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ПРОИЗВЕДЕНИЙ //Проблемы науки. - 2021. - С. 81.

16. Gafurova D. K. AJMR //AJMR. - 2020.

17. Хамроева Н. Н. Комплимент как одна из форм фатического общения KOMPLEMENT AS ONE OF FATIC COMMUNICATION FORMS //М1ЖНАРОДНИЙ НАУКОВИЙ ЖУРНАЛ «1НТЕРНАУКА. - 2020. - С. 107.

18. Nizomiddinovna K. N. Compliment as one of the forms of Phatic Communication //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 10. - №. 1.

19. Hamroyeva N. ИЛТИФОТНИНГ ПРАГМАЛИНГВИСТИК ХУСУСИЯТЛАРИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т.

2. - №. 2.

20. Hamroyeva N. ИЛТИФОТ-ФАТИК МУЛОКОТНИНГ БИР КУРИНИШИ СИФАТИДА //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. -№. 2.

21. Toirova G., Hamroeva N. THE IMPORTANCE OF LINGUISTIC MODELS IN THE DEVELOPMENT OF LANGUAGE BASES //Sciences of Europe. - 2020. - №. 59-2 (59).

22. Хамроева Н. Н., Низомова Ш. Ш. Важные стороны уроков чтения в повышении культуры книгочтения //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46).

23. Рахмонова Г. Ш. ЗНАЧЕНИЕ ДУХОВНО-НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ В ВОСПИТАНИИ УЧАЩИХСЯ И МЕТОДЫ ЕГО РАЗВИТИЯ //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 3.

24. Камилова Г. А., Курбанова Г. Р., Джаббарова С. З. Особенности формирования педагогических навыков у воспитателей дошкольно-образовательных учреждений //Academy. - 2020. - №. 5 (56). - С. 25-27.

25. Жабборова С. З. Особенности труда в дошкольном возрасте //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 6 (51).

26. Джаббарова С. З. ЭТИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ ДЕТЕЙ В СЕМЬЕ ЧЕРЕЗ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ЦЕННОСТИ //Проблемы науки. - 2021. - С. 61.

27. Jabborova S. Z. Forms, methods and ways of moral education of children in the family by means of national values //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 3. - С. 820-823.

28. Rasulova L. G. Interactive methods of teaching mathematics in primary education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 4. - С. 374-380.

29. Rasulova L. G., Radjabova P. K. Theoretical foundations of interactive learning in mathematics lessons in primary school //ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH. - 2021. - Т. 10. - №. 4. - С. 819-823.

30. Gaybullaevna R. L. Information technology in primary school //Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 1. - С. 14981503.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.