SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021 ISSN: 2181-1601
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA BILIM BERISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI
(Nutq o'stirish mashg'ulotlari misolida)
Zarifaxon Yuldasheva
Andijon viloyati Buloqboshi tumani, 14-DMTT tarbiyachisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga bilim berishda, ularning mustaqil faoliyatga o'rgatishda va ularning ijodiy fikrlashlarini shakllantirish va rivojlantirishda pedagogik texnologiyalarning tutgan o'rni tavsiflab berilgan
Kalit so'zlar: innovatsion texnologiyalar, ta'lim-tarbiya, samardorlik, ijodkorlik, ijtimoiy faollik.
THE ROLE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE EDUCATION OF
PRESCHOOL CHILDREN
ABSTRACT
This article describes the role of pedagogical technologies in educating preschool children, teaching them to work independently and shaping and developing their creative thinking.
Keywords: innovative technologies, education, efficiency, cpeativity, social activism.
Ta'limning globallashuvi, innovatsion texnologiyalarning joriy etilayotgani, ayni paytda keng ko=lamli axborotlar oqimi ta'lim mazmunini muntazam yangilab, takomillashtirib borishni taqozo etadi. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatini ro'yobga chiqarish, kadrlar tayyorlashda yagona davlat talablari asosida o'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, o'quv-adabiyotlari bilan ta'minlash, pedagoglarga uzluksiz metodik xizmat ko'rsatish vazifasini amalga oshirish muhim vazifalardan biridir. Bugungi tez o'zgaruvchan iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy hayot bolalar va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish yangi pedagogik interfaol metodlardan keng foydalanishni taqozo qiladi. Bilim qanchalik mustahkam bo'lsa, bola dunyoqarashi, intellektual salohiyati shunchalik rivojlanadi va kamol topadi. Uzluksiz ta'lim tizimining birinchi bo'g'ini bo'lgan maktabgacha ta'lim oldiga qo'yilgan davlat talablariga muvofiq, maktabgacha ta'lim tashkilotlari ta'lim - tarbiya jarayonining samardorligini oshirish, ilm - fanning so'ngi yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma'naviyatli, kasb - hunarli, Ona Vatanga sadoqatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ardoqlaydigan, ijodiy va mustaqil
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021 ISSN: 2181-1601
fikr yurita oladigan, davlat, jamiyat va oila oldida o'z burchi va javobgarligini his etadigan barkamol bolani kamolga yetkazish, ularning ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Ta'lim tizimini modernizatsiyalashda ta'limning barcha bo'g'inlarida tobora faol qo'llanilayotgan ilg'or pedagogik texnologiyalarning turli yo=nalishi bolalarning ma'naviy kuchi, qobiliyatlarini ochish uchun maqbul sharoit yaratib bermoqda. Ta'lim tizimida yil sayin rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta'lim jarayonini sifat va mazmun jihatdan yanada yuqori bosqichga ko'tarishga xizmat qilayotganligi barchamizga ma'lum. Ayniqsa, ta'lim jarayonini mazmunli tashkil etish uchun zamonaviy texnik vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Har bir pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi pirovard natijaga erishish yo'llarini bandma-band aniqlash va unga so'zsiz erishishdan iborat.
Pedagogik texnologiyani har tomonlama puxta o'ylangan pedagogik loyihalashtirish, ta'lim jarayonini tashkil qilish bola va pedagog uchun erkin, qulay shart-sharoit yaratish orqali xamjihatlikda ishlab chiqilgan model desak bo'ladi.
Ta'lim jarayonida bolaga murojaat qilmaslikning iloji yo'q. Bola bu jarayonda qanday vazifani bajarishi kerak - maqsad vazifasinimi yoki unga erishish uchun vosita vazifasinimi? Bolaga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyasi bolani butun bir ta'lim tizimining markaziga qo'yadi va unga tabiatan berilgan o'z qobiliyatini ro'yobga chiqarishi uchun har tomonlama qulay, xavfsiz, erkin shart-sharoit yaratadi. Pedagogik texnologiyaning muhim tarafi ta'lim jarayonidagi bolaning o'rni va unga kattalarning munosabatidir.
Pedagogik texnologiyani loyihalashtirishda bolaning individual hamda yosh xususiyatlari, uning tayyorgarlik darajasi hisobga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, MTTlarda nutq o'stirish mashg'ulotini olib borishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish, olib borilayotgan mashg'ulotlarni, berilayotgan bilimlarni tushunarli va soda yetkazish yo'llarini loyihalashtirilgan pedago gik texnologiyalar asosida tashkil etish muhimdir. Buning uchun avvalo, tarbiyachi berilayotgan mazmunga mos metod, shakl, texnik jihozlar, o'yinlar hamda kutiladigan natijani oldindan rejalashtirmog'i lozim. Ma'lumki, bugungi kunda bolalar "texnika asri"da ulg'aymoqdalar. Bolalarning talabi bo'yicha mashg'ulotlarni loyihalashtirmoq juda muhimdir. Ayniqsa, ular uchun qiziqarli tarzda tayyorlangan multimedia dasturlarining mavzuga moslarini tizimli modulini yaratish, soddadan murakkabga, izchil, ketma-ket tashkil etish, har bir mashg'ulotga doir multimedialarni qo'llash tarbiyachidan ijodkorlik, izlanish hamda mas'uliyat bilan har bir mashg=ulotga yondashishni talab etadi. Albatta bunda, pedagogning diqqat markazida o'zining maksimal imkoniyatlarini ishga solib bilim olishga intilayotgan, yangi tajriba-sinovlarni qabul qila oladigan va hayotning har xil holatlarida mustaqil, ongli va mas'uliyat bilan qaror qabul qilishga qodir bo=lgan butun bir bola shaxsi
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021
ISSN: 2181-1601
turmog'i lozim. Bolaga ijtimoiy normalar asosida bilim beruvchi an' anaviy pedagogik texnologiyalardan farqli o'laroq bolaga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyasida yuqorida qayd qilingan yo'nalish(sifat)larni bola tomonidan zabt etilishi tarbiyaning asosiy maqsadi qilib qo'yiladi.
Nutqiy savodxonlikni bola ongiga tezroq va soddaroq yetkazishda multimedialardan foydalanish bola shaxsidagi mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlikni his etish, tanqidiy fikrlash kabi sifatlarini tarbiyalaydi. Bunda bolani ta'lim tizimiga moslashtirmay, balki bolaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlanishi uchun imkon beriladi, uning o'z-o'zini rivojlantirish, mustaqil o'qish, o'zligini namoyon etish, faollashtirish xususiyatlari asosida anglash, mushohada qilish, o'z amaliy faoliyatida sinab ko'rish, yangi g'oya va fikrlarni bildirish, mavjud muammolar yechimining samarali yo=llarini qidirish uchun erkinlik berish, bolaning ijodiy, tanqidiy tafakkurini rivojlantirish uchun sharoit yaratiladi. Har qanday bola o'ziga xos takrorlanmas tabiati, xarakter xususiyatini faollashtirishga, namoyish qilishga intiladi. Tarbiyachi mashg'ulot jarayonida bolalar tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiluvchi usullar (muammoli-izlanish, tadqiqot, dialog, evristik suhbat, munozara, guruhlarda ishlash) dan foydalanib, shunday shart-sharoitlarni tarkib toptirishi lozimki, natijada bola uchun dastlab neytral bo'lgan ob'ekt kutilmaganda sub'ektiv xususiyat kasb etsin. Buning uchun o'quv materiallari mazmuni tarbiyachi tomonidan bolani qiziqtiradigan, uning shaxsiy tajribasiga mos keladigan, fikrlashga undaydigan, ijodiy yondashgan holda qayta ishlanadi.
Pedagogik jarayon bu belgilangan maqsadga erishish hamda shaxsining xususiyat va sifatlarini ijobiy tomonga o'zgartirishga qaratilgan tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o'rtasidagi aniq bir muddat va ma'lum tarbiyaviy tizimda maxsus tashkil etilgan o'zaro munosabat. Shunday ekan, bolaning bilimni tez va oson o'zlashtirishida har bir mashg'ulotga pedagogik texnologiya yaratilishi juda muhimdir.
REFERENCES
1. Boboyorova G. Bolalarni maktabga tayyorlashda interfaol metodlardan foydalanish
2. Boymatova A.G., Djumabayeva M.B.Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari
3. Xusanboyeva O.U. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi