Научная статья на тему 'TARBIYALANUVCHI PORTFOLIOSI VA MTTDA BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVLAR'

TARBIYALANUVCHI PORTFOLIOSI VA MTTDA BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3183
193
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bola / kompetensiya / tarbiyachi / pedagog / keys stadi / texnologiya / metod / ota-onalar / hamkorlik / maktab / mtt / ta'lim sifati / mashg‘ulot / markazlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Umirova Rano Nematovna

Bugungi kunda maktabgacha ta’limning sifat va samaradorligiga erishishga kompentensiyaviy yondashuv, guruhlarni har bir yosh guruhiga mos adabiyotlar bilan boyitib borish, bolalarning kundalik faoliyatini mazmunli va qiziqarli tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish, qobiliyatlarini aniqlash va shunga qarab jarayonga ijodiy yondashish, o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar va manbalarni bolalar va jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan holatga keltirish maqsadida ratsional va tizimli tahlil qilishni ko‘zda tutadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARBIYALANUVCHI PORTFOLIOSI VA MTTDA BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVLAR»

TARBIYALANUVCHI PORTFOLIOSI VA MTTDA BOLALARNI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVLAR

Umirova Rano Nematovna

Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on shahar 15 - MTT https://doi.org/10.5281/zenodo.7311585

Annotatsiya: Bugungi kunda maktabgacha ta'limning sifat va samaradorligiga erishishga kompentensiyaviy yondashuv, guruhlarni har bir yosh guruhiga mos adabiyotlar bilan boyitib borish, bolalarning kundalik faoliyatini mazmunli va qiziqarli tashkil etish, ularning bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanish, qobiliyatlarini aniqlash va shunga qarab jarayonga ijodiy yondashish, o'tkaziladigan mashg'ulotlar va manbalarni bolalar va jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan holatga keltirish maqsadida ratsional va tizimli tahlil qilishni ko'zda tutadi.

Аннотация: Сегодня грамотный подход к качеству и эффективности дошкольного образования, обогащение групп литературой, подходящей для каждой возрастной группы, содержательная и интересная организация повседневной деятельности детей, эффективное использование их свободного времени, выявление способностей и творческий подход к процессу, обеспечивает рациональный и систематический анализ сессий и ресурсов для удовлетворения потребностей детей и общества.

Tayanch so'zlar: bola, kompetensiya, tarbiyachi, pedagog, keys stadi, texnologiya, metod, ota-onalar, hamkorlik, maktab, mtt, ta'lim sifati, mashg'ulot, markazlar.

Ключевые слова: ребенок, компетентность, педагог, педагог, тематическое исследование, технология, метод, родители, сотрудничество, школа, качество образования, обучение, центры.

Siz odatda tarbiyachilarning portfolio yig'ishlariga guvoh bo'lgansiz. Tarbiyalanuvchi portfoliosi ortiqcha ish degan fikrga borishingiz ham mumkin. Ammo aynan tarbiyalanuvchi portfoliosi tarbiyachi mehnatining yuzaga chiqaradigan ko'zgu desak mubolag'a bo'lmaydi. Bu portfolioni yig'ish jarayonida tayyorlov guruhining bolasi o'zi mehnat qiladi, shuningdek bu jild unga bog'chasini eslatib turadigan bir umrlik esdalik bo'ladi deyishimiz mumkin. Tarbiyachidan bu o'rinda talab qilinadigani yo'nalish ko'rsatish xolos.

Tarbiyalanuvchi portfoliosi - unda asosan bolaning ijodiy ishlari yig'indisi jamlanadi va u faqat tayyorlov guruhi bolalari o'rtasida qilinadi. Portfolio yig'ishdan ko'zlangan maqsad - bolaning o'zi yasagan, chizgan ijodiy ishlarini yig'ish va shu asnosida unda MTT xotiralarini o'zi bilan olib ketishiga imkoniyat yaratish,

tarbiyalanuvchining o'ziga bo'lgan bahosini oshirish. Portfolio yig'ish jarayonida bola faollik ko'rsatadi, maqsad qo'yish va uni bajarishni o'rganadi, ma'lum qiyinchiliklarga dosh beradi va bu uning fe'lida qat'iyatlilik va sabr qilish tuyg'usini rivojlantiradi. Portfolio yig'ish jarayonida ma'lum shartlarga rioya qilish majburiy hisoblanadi.

Birinchisi, bu rostgo'ylik bo'lib, bunda faqat bolaning o'z qo'li bilan yasalgan ijod namunalaridan jamlanishi shart. Chunki bola bu jamlanmani maktabga chiqqanida o'qituvchisiga ko'rsatishi va lozim bo'lsa o'sha o'yinchoqni yana yasay olishi kerak. Har bir portfolio albatta bir yo'nalishda bo'lishi shart emas. Chunki har bir bolaning o'ziga yarasha iqtidori bor va o'sha yo'nalishda qobiliyatini aks ettiradigan narsalar yig'gani ma'qul.

Quyidagi bo'limlar har bir portfolio asosini tashkil qiladi:

"Men bilan tanishing"

Bu bo'limda har bir bolaning ismi, bolaligida tushgan suratlari, qaerda yashashi haqidagi ma'lumot yoziladi. Tarbiyalanuvchining ismi nima va bu ismni unga kim nima maqsadda qo'ygan, ushbu ism qanday ma'noni bildirisha haqida ham ma'lumotlar yozish mumkin.

"Men o'sayapman".

Bu bo'limda bolaning o'sishi bilan bog'liq ma'lumotlar hamshiradan olib yoziladi. Unda bolaning qanday kasalliklar bilan kasallangani, surunkali kasalligi bor yo'qligi haqidagi ma'lumotlarni ham ilova qilish mumkin.

"Mening oilam".

Bu bo'limda oila a'zolari haqida qisqacha ma'lumot beriladi, ular qaysi sohada ishlaydi, sevimli mashg'uloti nima, ularning qanday yaxshi fazilatlari bor kabi savollarga javob berish ham mumkin.

"Men yordamchiman".

Bolaning oilada uy ishlarida yordam berayotgani tasvirlangan fotosuratlar ilova qilinadi.

"Oltin qo'llar"

- Bolaning o'z qo'li bilan yasagan ijodiy ishlari ilova qilinadi.

"Mening yutuqlarim".

Tarbiyalanuvchining shu kungacha qo'lga kiritgan yutuqlari, olgan diplomlari, faxriy yorliqlari ilovaqilinadi.

"Men haqimda".

Bu bo'limga tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning aynan shu portfolio egasi haqidagi fikrlari yoziladi. Portfolio birdaniga bir kun yoki bir haftada tayyor bo'lmaydi. Uni o'quv yili boshidan boshlab rejalab tayyorlab borish bola uchun ham tarbiyachi uchun ham ortiqcha qiyinchilik tug'dirmaydi. Bir haftada bir marta porfolio uchun topshiriqni bajarish me'yor sanaladi. Faqat uni yig'ayotganda

judayam ko'p material bilan ko'paytirib yubormaslikka, uning tashqi ko'rinishi va ko'tarish uchun qulay bo'lishiga ham alohida e'tibor qaratish lozim.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o'sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo'lgan, ahloqiy me'yor va qadriyatlarni o'zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, unda "men"obrazini qurish bilan bog'liq bo'lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko'zda tutadi.

Boshlang'ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va ahloq subyekti sifatida yaxlit rivojlanishini talab etadi. Ijtimoiy-tarixiy tajribani o'zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga hos xususiyatdir. Tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xir turlari shakllanadi. Ulardan asosiylari: munosabatda bo'lish faoliyati, bilish, buyumlar bilan bo'ladigan faoliyat, o'yin, oddiy mehnat va o'quv faoliyatlaridir. Ta'lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o'zlashtirib olmaydilar, aksincha ularni tarbiyachi rahbarligida sekin-asta egallab boradilar.

Bugungi kunda maktabgacha ta'lim mazmunini takomillashtirishda o'ziga xos metodik, pedagogik, psixologik tayyorgarlik bilan ishlash davr taqazosiga aylandi. Chunki maktabgacha ta'lim mazmunini takomillashtirish keng ma'noli tushuncha bo'lib, uni samarali amalga oshirish maktabgacha ta'lim tashkiloti binosining holati, tarbiyachi-pedagoglar, tarbiyachi yordamchilari, ota-onalar hamda bolalarning ta'lim jarayonidagi ishtiroki innavatsion bo'lishi lozimligini talab etadi. "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari" hamda "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi asosida kompentensiyaviy yondashuv jarayonida pedagogik-psixologik, metodik, badiiy adabiyotlar soni va sifati, har bir yosh guruhiga mos va xos adabiyotlar bilan boyitib borish ham muhim masaladir. Bolalarni o'ynab turib o'ylashga undovchi muammoli vaziyatlarni o'yinlarda aks ettiruvchi ta'limiy rivojlantiruvchi o'yin markazlari tashkil etish va ular faoliyatini muvofiqlashtirishda ota-onalar va jamoatchilikning jalb qilinishi va boshqa shu kabi omillar maktabgacha ta'lim mazmunini oshiradi

Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari

Kommunikativ kompetensiya - muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko'nikmasi.

O'yin kompetensiyasi - bolaning o'yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko'nikmalardan ijodiy foydalanishi. O'quv-tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi.

Ijtimoiy kompetensiya - hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me'yorlariga rioya qilgan holda o'zini tuta olish mahorati.

Bilish kompetensiyasi - atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatlardan o'quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari

Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:

• jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi;

• ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

• nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari;

• bilish jarayonining rivojlanishi;

• ijodiy rivojlanish

Maktabgacha ta'limning sifat va samaradorligiga erishishda bolalarning kundalik faoliyatini mazmunli va qiziqarli tashkil etish, bo'sh vaqtlardan unumli foydalanish, qobiliyatlarini aniqlash va shunga qarab jarayonga ijodiy yondashish, bolalar uchun o'tkazilgan mashg'ulotlar va manbalarni bolalar va jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan holatga keltirish maqsadida ratsional va tizimli tahlil qilishni ko'zda tutadi. Buning uchun innovatsion usullardan biri bo'lgan "Keys-stadi" texnalogiyasidan maktabgacha ta'lim tashkilotida ham foydalanish bolalarni faol ta'lim olishga undaydi. Bu usulni qo'llash orqali tarbiyachi bolani berilgan savolga to'g'ri javob berishga o'rgatadi. Bolalarga ko'proq kitob o'qib berish yoki kitob sovg'a qilish ularni so'z boyligini oshirish bilan bir qatorda xotirasi va tafakkurini o'stiradi. Bu o'rinda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2019-yil 20-martdagi "Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi 5 muhim tashabbusning 4 -chisi "Kitobxonlikni keng targ'ib qilish"ni MTTdan boshlash zarurligini ta'kidlash lozim. Tarbiyachilar vazifasi bolalar uchun qiziqarli bo'lgan va ularning ijodiga keng erkinlik beradigan ta'lim imkoniyatlarini ta'minlashdan iborat bo'lib qoladi.

Adabiyotlar:

1. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018-yil 7-iyuldagi 4-sonli hay'at yig'ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr etilgan.

2. MaKTaôrana ëmgara ôonanap hhk pHBO^naHHmnra KyHnnagnraH ^aBnar Tanaônapn.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 20-martda "Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbus

4. Maktabgacha ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar faoliyatini tashkil etishda tarbiyachilarni tayyorlash bo'yicha trening moduli. T.: 2017-y.

5. "Bolangiz maktabga tayyormi?" O'z. Res. Xalq ta'limi vazirligi Respublika ta'lim markazi, Ma'rifat-Madadkor nashriyoti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.