Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING IJODIY FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISHDA “STEAM” ZAMONAVIY YONDOSHUVI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING IJODIY FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISHDA “STEAM” ZAMONAVIY YONDOSHUVI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3765
187
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Zamonaviy yondoshuv / markaz / rivojlanish / STEAM / tanqidiy fikrlash / mustaqil fikrlash / faol muloqot / yakka tartib. / Modern approach / orientation / development / STEAM / critical thinking / independent thinking / active communication / individual mode

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shokirova Muxtasarxon Jaxongir Qizi

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar tadqiqotlarida rivojlanish markazlarini zamonaviy yondoshuv asosida tashkil etish masalalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODERN APPROACH "STEAM" TO THE FORMATION OF CREATIVE ACTIVITY OF PRESCHOOL CHILDREN

This article discusses the creation of development centers in preschool educational organizations in the field of children's research based on a modern approach.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING IJODIY FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISHDA “STEAM” ZAMONAVIY YONDOSHUVI»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING IJODIY FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISHDA "STEAM" ZAMONAVIY YONDOSHUVI Shokirova Muxtasarxon Jaxongir qizi

Farg'ona davlat universiteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti https:/doi.org/ 10.5281/zenodo.6582213 Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar tadqiqotlarida rivojlanish markazlarini zamonaviy yondoshuv asosida tashkil etish masalalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Zamonaviy yondoshuv, markaz, rivojlanish, STEAM, tanqidiy fikrlash, mustaqil fikrlash, faol muloqot, yakka tartib.

СОВРЕМЕННЫЙ ПОДХОД «STEAM» В ФОРМИРОВАНИИ ТВОРЧЕСКОЙ

АКТИВНОСТИ ДОШКОЛЬНИКОВ Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы создания центров развития в дошкольных образовательных организациях в области детских исследований на основе современного подхода.

Ключевые слова: Современный подход, центр, Развитие, STEAM, критическое мышление, независимое мышление, активное общение, индивидуальный подход.

MODERN APPROACH "STEAM" TO THE FORMATION OF CREATIVE ACTIVITY OF PRESCHOOL CHILDREN Annotation. This article discusses the creation of development centers in preschool educational organizations in the field of children's research based on a modern approach.

Key words: Modern approach, orientation, development, STEAM, critical thinking, independent thinking, active communication, individual mode.

KIRISH

Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi - bola shaxsining har jihatdan rivojlanishini ta'minlash, qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish, o'qishga, doimiy ta'lim olish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni shakllantirish va maktabda muvaffaqiyatli o'qish uchun tayyorlashdan iborat. «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari» va «Ilk qadam» o'quv dasturining ishlab chiqilishi uzluksiz ta'lim tizimida maktabgacha ta'limni samarali amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. O'quv dasturida maktabgacha ta'lim muassasasida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o'ziga xos belgilarga ega bo'lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahmiyat kasb etishi qayd etiladi. SHu bilan birga rivojlantiruvchi muhit mazmuniga quyidagilar ko'rsatiladi:

- maktabgacha ta'lim muassasasining ko'rgazmali-rivojlantiruvchi muhiti mazmuni madaniy-tarixiy qadriyatlar: milliy va mintaqaviy an'analar; tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo'lishi lozim[1];

- muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim.

Albatta, maktabgacha ta'limni ham shaklan, ham mazmunan yangilashga qaratilgan bu kabi innovatsiyalar ota-onalardan tortib barcha pedagoglar bola tarbiyasi, uning ta'lim olishga tayyorgarligiga zamon talablaridan kelib chiqqan holda yondashuvini talab etadi. Maktabgacha ta'lim muassasalari guruhlarida tashkil etiladigan rivojlanish markazlaridagi jarayonlar

bolalarning doimiy ravishda yangi bilimlarni o'zlashtirishga, mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarni o'z bilimini mustaqil ravishda to'ldirib borish, kechayotgan yangilanish jarayonlariga munosib moslashib borishga o'rgatish rivojlanish markazlarining asosiy maqsadidir. Dastur asosida tashkil etiladigan rivojlanish markazlari bolalarda quyidagilarni tarkib topdiradi:

- o'zgarishlarni qabul qilish va amalga oshirish;

- tanqidiy fikrlash;

- tanlashni amalga oshirish;

- muammolarni bartaraf eta olish;

- ijodiy, tafakkur va ixtirochilik imkoniyatlarini namoyon etish;

- odamlar, jamiyat, mamlakat, atrof-olam to'g'risida g'amxo'rlik qilish[1].

METODLAR

Bugungi dunyo kechagi kabi emas, ertangi kun ham bugungi kabi bo'lmaydi. Inson faoliyati barcha sohalarida dinamik rivojlanayotgan texnologiyalar joriy etilmoqda. Zamonaviy bolalarning 65 foizi bugungi kunda mavjud bo'lmagan kasblarni egallaydi. Kelajakdagi mutaxassislar texnologiya, ilm-fan va muhandislikning turli xil sohalaridan kompleks ta'lim va bilimlarga muhtoj bo'ladi. Bu kabi vazifalarni maktabgacha ta'limda keng qo'llanilayotgan STEAM dasturi orqali amalga oshirishimiz mumkin.

STEAM farzandlarimizga - ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi, olim sifatida tadqiqotlar olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida loyihalash, rassom sifatida yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr yuritishni o'yin orqali yuzaga keltiradi. Bugungi kunda STEAM-ta'lim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qo'llashda beshta sohani yagona o'quv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta'limning shartlari uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda o'zaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish bo'lib, bunda ular fikrlarni to'plashi va fikrlar almashadi. SHuning uchun, asosiy ta'lim dasturiga quyidagilar; Lego- texnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modullari kiradi.

STEAM (S-fan, T-texnologiya, E-muhandislik, A-san'at, M- matematika) - ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san'at va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy yondashuv. STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko'nikmalarni rivojlantirishga quyidagicha yordam beradi[2]:

- Muammolarni keng qamrovli tushunish;

- Ijodiy fikrlash;

- Muhandislik yondashuv;

- Tanqidiy fikrlash;

- Ilmiy metodlarni tushunish va qo'llash;

- Dizayn asoslarini tushunish.

STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o'rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o'z-o'zini namoyon qilish asoslarini o'rganishadi, o'z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta'minlaydi. Quyida dastur mazmuniga to'xtalamiz:

2G22 № 2

O'z-o'ziga ishonchni shakllantirish. Bu yondashuvda bolalar o'z qo'llari bilan yaratgan ko'prik va yo'llar, samolyotlar va avtomobillarni "ishga tushirib", suv osti va havo tuzilmalarini "rivojlantirib", sinovdan o'tkazib, har safar ular maqsadga yaqinlashib borishadi. YAxshi natija bermagan "mahsulot"ni qayta-qayta sinovdan o'tkazib, takomillashtirib borishadi. Natijada barcha muammolarni o'zi hal qilish, maqsadga erishish bolalar uchun ilhom, g'alaba, adrenalin va quvonch olib keladi. Har bir g'alaba, o'zlarining qobiliyatlariga ko'proq ishonch uyg'otadi [3].

Faol muloqot va jamoaviy ish. STEAM dasturlari ham faol muloqot va guruh ishi bilan ajralib turadi. Muhokama bosqichida ular fikr bildirishga qo'rqmaslikka o'rganadilar. Ko'pincha, stol atrofida o'tirmaydi, o'zlarining dizaynlari asosidagi "mahsulot"larni sinovdan o'tkazadi va rivojlantiradi. Ular hamma vaqt hamkorlikni ta'minlaydigan jamoada tarbiyachilar va ularning do'stlari bilan muloqot qilish bilan band bo'lishadi.

NATIJALAR

Texnik fanlar bo'yicha qiziqishlarni rivojlantirish. Maktabgacha va boshlang'ich maktab yoshidagi STEAM ta'limi vazifasi qiziqishning rivojlanishi uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratishdir. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnik fanlar bo'yicha, qilgan ishni yaxshi ko'rish, qiziqishni rivojlantirish uchun asosdir. STEAM - bolalar uchun juda qiziqarli va dinamik bo'lib, bolalarning zerikishlariga to'sqinlik qiladi. Ular vaqt o'tayotganini sezmaydilar, lekin ham charchamadilar. Raketalar, avtoulovlar, ko'priklar, osmono'par binolarni qurish, elektron o'yinlar, fabrikalar, logistika tarmoqlarini yaratish, dengiz osti kemalari, ilm-fan va texnologiyaga qiziqishi ortib borada.

Loyihalar uchun ijodiy va innovatsion yondashuvlar. STEAM ta'limi oltita bosqichdan iborat: savol (vazifa), muhokamalar, dizayn, qurilish, test va takomillashtirish. Ushbu bosqichlar muntazam ravishda loyiha yondashuvining asosidir. O'z navbatida hamkorlik yoki turli imkoniyatlardan birgalikda foydalanish ijodkorlik asosi hisoblanadi. SHunday qilib, bir vaqtda bolalarda fan va texnologiyalarni qo'llash, yangi innovatsiyalarni yaratishi mumkin. Oqilona tashkil etilgan sog'lom ijtimoiy-ma'naviy muhit bolalarda izlanishga, tashabbus ko'rsatishga va ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etishga rag'bat uyg'otadi. Bunda tarbiyachilar bola rivojlanishi qanday kechayotganligi to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'lishlari, buning uchun esa ularni doimiy rav^da nazorat qilib borishlari zarur bo'ladi.

Tarbiyachi o'quv materialini bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ularga munosib tarzda etkazadi. Maktabgacha ta'lim muassasalari pedagogik jamoasining o'rni shundan iboratki, ular har bir bolaning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojini inobatga olgan holda mos keladigan maqsadlar qo'yishlari, bolalardagi tabiiy qiziqishlarni qo'llab-quvvatlashlari, ularda borliqni birgalikda o'zlashtirish ko'nikmalarini shakllantirishlari kerak.

Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi. Ko'pgina rivojlangan davlatlarda, jumladan AQSH, YAponiya, Isroil, Singapur, Rossiyada maktabgacha ta'lim muassalarida bolalarni ijodiy va ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida mazkur yondashuv metodlaridan samarali foydalanib kelinmoqda.

Bola rivojlanishining o'ziga xosligini inobatga olishda, avvalo shuni tushunib etish kerakki, barcha bolalar rivojlanishning ma'lum bosqichlarini bosib o'tadilar, biroq bunda har bir bola noyob va takrorlanmasdir. Tarbiyachilar bolalarni aynan bir xil, o'xshash narsalar va

faoliyat turlari bilan ta'minlashlari uchun ularning o'ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan rivojlanish ko'rsatkichlari to'g'risida to'liq tasavvurga ega bo'lishlari lozim. SHuningdek, tarbiyachilar bir xil yoshdagi turli bolalarning qobiliyatlari va qiziqishlaridagi farqlarga e'tibor bilan munosabatda bo'lishlari kerakligini mutaxassislar alohida ta'kidlashadi.

Bunda bola rivojlanishining o'ziga xosligiga doir, bolalar qiziqishlariga javob beruvchi faoliyat turlari, ya'ni ularning aqliy, ijtimoiy va ma'naviy etuklik darajasi nazarda tutiladi. Bunday faoliyat turlari bolalarning tabiatga qiziqishlariga, tajribadan qoniqish hosil qilishlariga va o'z g'oyalarini tajribada sinab ko'rish xoxish-istaklariga qaratilgandir[4].

MUNOZARALAR

Rivojlanish markazlaridagi ta'lim jarayonida bolalarning o'zlari tegishli rivojlanish markazini ixtiyoriy tanlay boshlaydilar. Bolalarni mustaqil guruhlarda ishlashi, individuallashtirishda tarbiyachi shunday faoliyat turlarini o'ylab topadiki, unda barchaga birdek ko'rsatma berilsa-da, biroq har bir bola undan kelib chiqqan holda o'zi mustaqil ravishda muvaffaqiyatga erishishiga imkon beriladi. Individuallashtirish darajasini optimallashtirish mumkin. Epchillik va topqirlik talab etiladigan faoliyat turini tanlagan va bolalarni diqqat bilan kuzatgan holda tarbiyachi zaruriyat tug'ilib qolsa topshiriq va materiallarni o'zgartirishi yoki moslashtirishi mumkin.

"Ilk qadam" o'quv dasturi asosida maktabgacha ta'lim muassasalarida quyidagi rivojlanish markazlari faoliyati yuritilishi nazarda tutiladi:

- Qurilish va konstruksiyalash markazi

- Syujet-rolli o'yinlar va dramalashtirish markazi

- Til va nutq

- Ilm-fan va tabiat markazi

- San'at markazi

- Musiqa va ritmika markazi [1].

Rivojlanish markazlari bolalarga o'zlarining shaxsiy ko'nikmalari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta'lim-tarbiya jarayonini mustaqil individuallashtirish imkoniyatini beradi. Masalan, san'at markazida bir bola qog'oz qirqadi, boshqa bola esa shu qog'ozdan qaychi bilan o'zi o'ylagan shaklchani kesib oladi. Stol ustida o'ynaladigan o'yinlar markazida bir bola to'rtta yog'och kubikdan shakl yasaydi, boshqa birovi esa yigirma besh bo'lakli karton qog'ozli tasvirni tuzishni ma'qul ko'radi. Tarbiyachi jarayonda bolalarni kuzatadi va ularning rivojlanishiga daxldor fikrlarni yozib boradi. Ancha vaqtdan so'ng u bolalarga vazifani murakkablashtiruvchi materiallarni taklif etadi yoki vaziyatga qarab ana shu vazifalarni bajarishda bolaga to'g'ridan to'g'ri yordam beradi. Bunday yo'l tutish tufayli bola yaxshi sur'atda o'sib-ulg'ayishi mumkin [6].

Tarbiyachilar rivojlanish markazlarida bolalarning yordamchilari rolini o'ynaydilar, mashg'ulotlar olib boriladigan joyda imkoniyatlar kengligini ta'min etadilar va har bir bola individual rivojlanishi darajasini egallay olgan holda faoliyat turlarini rejalashtiradilar. Kun tartibi turli mashg'ulot turlarini o'zida qamrab olishi lozim: kichik guruhlarda birgalikda va tarbiyachi hamkorligida yakka tartibda (individual) yoki mustaqil (ular tomonidan tanlagan mashg'ulotlarga vaqt ajratish kerak, chunki bolalar ongli tanlab olishni o'rganadilar, o'z qiziqish va qobiliyatlarini amalga oshiradilar). Bolalarning o'z tanlovlarini amalga oshirishi,

muammolarni hal etishi, atrofdagi kishilar bilan birgalikda harakat qilishi, indivdual maqsad qo'yishi va unga erishishni bilishlari lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. "Ilk qadam". Maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o'quv dasturi. T.: 2018.

2. Asqarova O'.M. Pedagogika: Oliy o'quv yurtlari uchun darslik / O'.M. Asqarova, M. Xayitboyev, V.S. Nishonov; O'zR oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi. - T.: "Talqin", 2008. - 288 b.

3. Ф.Уринова, Ж.Отажонов. К проблеме ситуационно-позитционного обучение педагогов системы повышения квалификации.«Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук». Журнал научных публикаций. Москва. 2015. 171 -172 стр.

4. Didactic games in preschool educational system. F.U. Urinova- Problembi sovremennoy nauki i obrazovaniya, 2020-elibraru.ru

5. F.U.Urinova. The development logical thinking of primary school students in mathematics. European journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Vol.8/No 2, 2020.Part II/ISSN. 2056-5852. AQSH

6. Дубровина И.В. "Зависимость развития позновательных интересов детей от характера их подготовки к школе", "Некоторые актуальные психолого-педагогические проблемы воспитания и воспитывающего обучения". М., 1976. С. 291300.

7. Urinova Feruza Uljaevna, Sharofutdinova Rano Shavkatovna. DOI: 10.5958/2249-7137.2021.00358.X "Development and education of preschool children" ACADEMICIA. An International Multidisciplinary Research Journal. (Double Blind Refereed & Peer Reviewed Journal).ISSN: 2249-7137 Vol. 11, Issue 2, February 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.