Modern Trends of Social Sphere Development
Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work
in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-16-21
NOGIRONLIGI BO'LGAN O'QUVCHILAR BILAN IJTIMOIY ISH FAOLIYATIDA EKOLOGIK TIZIMLAR NAZARIYASINING AHAMIYATI
Mansur Bobomuradovich Bekmurodov
sotsiologiya fanlari doktori, professor O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Boshqaruv sotsiologiyasi va psixologiyasi kafedrasi mudiri [email protected]
Manzura Manafovna Abduraxmonova
Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Farg'ona davlat universiteti, Ijtimoiy ish
Maqola umumta'lim maktablarida nogironligi bo'lgan bolalar bilan ishlashda ijtimoiy ish kasbining faoliyat jixatlariga bag'ishlangan. Mazkur maqolada inklyuziv ta'limning ahamiyati, maktablarda nogironligi bo'lgan o'quvchilarni himoyasini ta'minlashda ijtimoiy ish kasbining nazariyasi, ijtimoiy ishning ekologik tizimlar nazariyasini o'rni hamda funksiyalushuvi haqida so'z yuritilgan.
Tayanch so'zlar: inklyuziv ta'lim, nogironligi bo'lgan bola, ijtimoiy ish, maktab, ekologik tizimlar nazariyasi, oila-maktab va jamoatchilik hamkorligi, ehtiyoj, sifatli ta'lim.
The article is devoted to the aspects of the social work profession in working with children with disabilities in general education schools. This article talks about the importance of inclusive education, the theory of the social work profession in ensuring the protection of students with disabilities in schools, the role and functioning of the ecological systems theory of social work.
Keywords: inclusive education, child with disabilities, social work, school, theory of ecological systems, family-school and public cooperation, needs, quality education.
kafedrasi manzura.abdurahmonova@mail .ru
ANNATATSIYA
ABSTRACT
2023
National University of Uzbekistan
Modern Trends of Social Sphere Development
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-16-21
Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work
in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari
Mamlakatimizda inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ayniqsa, nogironligi bo'lgan shaxslar masalalari doimiy diqqat-e'tiborda bo'lib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, to'siqsiz insonparvar muhit yaratish, jamiyatda samarali integratsiya qilish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Nogironligi bo'lgan bolalarning umumta'lim maktablariga integratsiyalashuvi inklyuziv ta'lim tizimining rivojlanishidagi tabiiy bosqichdir. Bu jamiyat va davlat tomonidan nogironligi bo'lgan bolalarning huquqlari tengligini tan olish, jamiyatning bunday bolalarga turli sohalarda, shu jumladan, ta'limda ham keng imkoniyatlar taqdim etish majburiyati bilan bog'liq. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni 5-moddasiga asosan ta'lim olishda barcha teng huquqlidir. [1] Bu qonun ta'limga inklyuziv (uyg'unlashgan) tushunchasini kiritilganligi bilan ham avvalgisidan farqlanib turadi.
Inklyuziv ta'lim alohida e'tiborga muhtoj bo'lgan, voyaga yetayotgan o'smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat'iy nazar, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo'naltirilgan, o'quv jarayoniga jalb qilishni ifodalovchi ta'lim tizimidir. Shunindek, inklyuziv ta'lim nogironligi bo'lgan o'quvchilarning, xilma-hil ehtiyojlariga xizmatlar uzluksizligi, jumladan, ular uchun eng qulay bo'lgan ta'lim muhiti bilan mos kelishini taklif qiladi. Bu tamoyil quyidagilarni anglatadi:
S barcha bolalar ular yashayotgan maktab ta'lim va ijtimoiy hayotga integratsiya qilinishi kerak;
S har bir bolaning ehtiyojlariga javob beradigan ta'lim-tarbiya muhitini shakllantirish lozim;
S inklyuziv maktablarda nafaqat nogironligi bo'lgan bolalarga, balki barcha bolalarga muvaffaqiyatga erishish, o'zini xavfsiz his qilishi, jamoada birga bo'lishni qadrlash imkonini beradigan majmuaviy ko'mak tizimini yaratish; tom ma'nodagi insonparvarlik bilan sug'orilgan bunday maktabning maqsadi barcha o'quvchilarga to'laqonli ijtimoiy rivojlanish muhiti yaratish; o'quvchilarga jamoada eng faol ishtirok etish imkoniyatini berish va o'zaro hamkorlikni ta'minlash, jamiyat a'zolari sifatida bir-biriga yordam berish. [2]
Nogironligi bo'lgan bolalarga ta'lim berish bo'yicha xorijiy tajribani sarhisob qilsak, ba'zi mamlakatlarda ushbu toifadagi bolalarni jamoaga integratsiya qilish muhimligi to'g'risida muayyan konsensus mavjud. [3, b-218 ] "Inklyuziv ta'lim" nafaqat ta'lim sohasi mutaxassislari, balki soha rahbarlari, siyosatchilar, iqtisodchilar, huquq himoyachilari,
2023
17
Modern Trends of Social Sphere Development
Volume 4 | NUU Collection | 2023
Actual Problems of Sociology and Social Work
in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-16-21
ijtimoiy ishchilar (ijtimoiy adolatni himoya qiladigan va jamiyatning himoyasiz a'zolariga teng rivojlanish imkoniyatini yaratuvchilar) faoliyatida ham ahamiyatli yo'nalishdir.
Umumta'lim maktablarida nogironligi bo'lgan o'quvchilarni samarali ijtimoiy himoyasini ta'minlashda ta'lim va nogironlikning ijtimoiy konteksti maktabda ijtimoiy ish kasbiy faoliyatining zarurligini anglatadi. Maktab ijtimoiy ishchisi o'quvchilarning akademik va ijtimoiy muvaffaqiyatlarini oshirish uchun to'g'ridan-to'g'ri bevosita yoki bilvosita, ya'ni ijtimoiy xizmatlarni taqdim etishda resusrlar bilan bog'lovchilik funksiyasini bajaradi. Chunki, maktabda ijtimoiy ish faoliyati inklyuzivlikni targ'ib qiladi va yordam beradi, nogironligi bo'lgan o'quvchi bolalarning individual ehtiyojlarini qondiradi. Bir so'z bilan aytganda, maktabdagi ijtimoiy ish hamma uchun teng ma'rifiy muhitni yaratishda namoyon bo'ladi. Xalqaro tajriba ham buni tasdiqlaydi. Xususan, Amerikalik olim L.Openshav maktab ijtimoiy ish xodimlarining asosiy maqsadi o'quvchilarga yordam berish va o'quv jarayonini optimallashtirish uchun ularga mos muhitni ta'minlashdir [4] deb ta'kidlaydi. Shu o'rinda qayd etish joizki, maktab ijtimoiy ishchilarining roli va mas'uliyati xilma-xil bo'lib, ba'zilari nogironligi bo'lganlarning maxsus ta'lim olish huquqini baholash sohasida ishlasa, ba'zilari davolash va aralashuv rejasini ishlab chiqish hamda amalga oshirish bilan shug'ullanadi. Shuningdek, inklyuziv ta'limni ta'minlash uchun maktab ijtimoiy ishchisi maktab, shahar va viloyat darajasidagi boshqaruv hamda tartiblarni o'zgartirish kabi turli xil sohalarda ishlashi mumkin bo'lib, individual ish, guruh ishi va maktab-jamoa hamkorligi kabi turli ijtimoiy ish amaliyotlarini hayotga joriy etishadi.
Nogironligi bo'lgan o'quvchilar bilan ijtimoiy ish faoliyatida turli nazariy yondashuvlardan foydalaniladi. Bunday yondashuvlardan biri, bolani va uning oilasini vaziyatini baholashda ekologik tizimlar nazariyasidan foydalanishadi. Ekologik tizimlar nazariyasi - maktab ijtimoiy ishiga nisbatan ekologik nazariyaning o'ziga xos xususiyatlari S. Apter tomonidan aniqlangan [5, b-78]. Ekologik tizimlar nazariyasi turli ijtimoiy vaziyatlardan olingan ma'lumotlarni sintez qilish va individual yondashuvlarning tizimga moslashuvini ta'minlashga qaratiladi, atrof-muhitga moslashtiruvchi yondashuv bolaga atrof-muhitning turli tomonlaridan olingan ma'lumotlarni "mos keladigan" muhitni tanlashga imkon beradi.
Amerikalik ijtimoiy ish sohasi mutaxassisi U.Bronfenbrenner (1917-2005 ) tomonidan ishlab chiqilgan
ekologik tizimlar nazariyasi (1979)" da bolaning rivojlanishi
2023
Modern Trends of Social Sphere Development
Volume 4 | NUU Collection | 2023
Actual Problems of Sociology and Social Work
in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-16-21
motivatsion tarzdagi turli xil ta'sirlarning ustuvorligi asoslanganligi [6] bilan e'tiborli. Ushbu nazariya bolaning hayotiga bevoita va bilvosita ta'sir ko'rsatuvchi omillarni qamrab oladi. Mikrosistema va mezosistemalar turli xil elementlarning o'zaro ta'sirini, masalan oila va maktab o'rtasidagi aloqani anglatadi. Ekzosistema-shaxsning to'g'ridan-to'g'ri rivojlanishiga ta'sir qiladigan turli xil ijtimoiy tuzilmalarni o'z ichiga oladi. Shaxsan bola ekzosistemaga jalb qilinmaydi, ammo unga bilvosita ta'sir qiladi. Makro tizim - mikro, mezo va ekzosistemalarining umumiy manzarasini o'z ichiga olgan kengroq kontekst [7,b- 98]. Xronosistema vaqt o'tishi bilan cho'zilib ketadi va bu turli tizimlarning o'zaro ta'siriga qanday ta'sir qilishini ko'rib chiqadi. (1-rasm)
O'quvchi shaxsini rivojlantirishga bevosita ta'sir etuvchi ijtimoiy omillar tizim elementlari orasidagi turli munosabatlar negizida tahlil etildi. Ijtimoiy omillar ta'siri tarkibida refleksiya obyekti sifatida nogironligi bo'lgan bolaning o'zi, uning xususiyatlari, o'zini o'zi baholash darajasi, akademik muammolari, ijtimoiy holati turadi.
Nogironligi bo'lgan bolaga ijtimoiy ta'sir tarkibidagi ikkinchi element mikrotizim elementi bo'lib, u shaxsiy
1-rasm. U.Bronfenbrennerning Ekologik tizimlar nazariyasini ta'sir
etuvchi omillari
2023
Modern Trends of Social Sphere Development
Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work
in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-16-21
munosabatlar, bolaning oilasi, maktabi, mahallasi, tengdoshlar kabi guruhni ifoda etadi.
Uchinchi muhim elementi mezotizim bo'lib, maktab va oila hamkorligi shakllantiriladigan va bunday mehr aloqalari qo'llab-quvvatlanadigan jarayonni o'zida mujassamlashtiradi. AQSh ijtimoiy ishni tashkil etish tizimi qoidalariga ko'ra, bunday aloqalarning yetishmasligi o'quvchining normal rivojlanishi uchun xavf omiliga aylanadi. [8, b-877] Zero, tizimlar o'rtasida o'zaro qo'llab-quvvatlovchi aloqalar qanchalik kuchli bo'lsa, sog'lom rivojlanish imkoniyatlari ham shuncha kengayadi.
Keyingi element kengroq ijtimoiy guruh va institutlarning (masalan, maktab kengashi yoki jamoat markazlari) ta'sirini o'z ichiga oluvchi ekzotizimdir. Garchi bu tizimdagi ta'sirlar o'quvchi bola sotsiologik faktlar ruhiyati, intellekt va irodasiga bevosita ta'sir ko'rsatmasa-da, jamiyatda yuz beradigan hodisalar, oiladagi voqealar bilvosita ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Yakuniy ijtimoiy element o'ziga xalq marosimlari, an'analar, mafkuralar va madaniy xususiyatlarni o'z ichiga oluvchi makrotizimdir. Ushbu tizimdagi ta'sirlar yirik tarixiy voqealar (masalan,urushlar) yoki iqtisodiyotning globallashuvi kabi ijtimoiy-iqtisodiyo'zgarishlarning ta'sirini o'z ichiga oladi. Misol uchun, global iqtisodiy inqiroz davlat iqtisodiga ta'sir qiladi, bu holat ish joylarini yo'qotishi hamda maktab dasturlari uchun byudjetni qisqartirishga olib keladi. Bizning fikrimizcha, U.Bronfenbrenner nazariyasi mijozning atrof - muhit bilan o'zaro munosabatini, shuningdek, oilaga ta'sir etuvchi ijobiy va salbiy omillarni baholaydi. Maktab ijtimoiy ishchilari makro darajadagi aralashishda muhim rol o'ynashi mumkin.
Shunday qilib, ekologik tizimlar nazariyasi inklyuziv ta'lim sharoitida ijtimoiy ishchining roli haqidagi muhim istiqbolni taqdim etadi, bu jamiyatning yaxlit integratsiyalashgan yondashuvini o'z ichiga oladi, bunda ijtimoiy ishchi nogironligi bo'lgan o'quvchilarni asosiy resurslar bilan bog'lash orqali ularning ehtiyojlarini qondirish uchun yordam beruvchi subyekt sifatida ishlaydi.
REFERENCES:
1. Узбекистан Республикасининг "Таълим тугрисида"ги крнуни (янги тахрири).
https://lex.uz/docs/-5013007
2. Shea T.M., Bauer A.M. An Introduction to special Education. A Social systems perspective. 2nd edition. Madison, WI: Brown & Benchmark, 1997.
2023
Modern Trends of Social Sphere Development
Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work
in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-16-21
3. Ferguson D.L., Meyer G., Jeanchild L., Juniper L., & Zingo J. (1992) Figuring out what to do with groupings: How teachers make inclusion "work" for students with disabilities // Journal of the Association for Persons with Severe Handicaps. №17. 1992. P.218-226.
4. Openshaw, L. (2007). Social work in schools: Principles and practice. GuilfordPress. https://sng1lib.org/book/1223289/dcd3d4?dsource=recommend
5. Apter S. (1982). Troubled Children Troubled Systems. Pergamon Press, New York. -78 p.https : //booksc. org/book/202031/4dcaea
6. Wright, M. (2013). What is Bronfenbrenner's Ecological Systems Theory. Retrieved from https://www.social workhelper.com/2013/05/13/ecological-systems-theory-and-practice-visualizing-human-systems/
7. Bronfenbrenner, U. 1979. The ecology of human development. Cambridge: Harvard University Press. Jack, G. & Jack, D. 2000. Ecological social work: the application of a systems model of development in context. (In Howart, J., ed. The child's world: comprehensive guide to assessing children in need. London: Jessica Kingsley Publishers).-P.-92.https://booksc.org/book/19067487/7305c3
8. Weissberg, R. P., & Greenberg, M. T. (1998). School and community competence—enhancement and prevention programs. In W. Damon (Series Ed.) & I. E.Sigel & K. A. Renninger (Vol. Eds.), Handbook of child psychology: Vol. 4. Childpsychologyinpractice. (5thed) NewYork:Wiley.P. 877-954.
2023