Научная статья на тему 'XOTIN-QIZLARNINGNING BOSHQARUV KOMPETENSIYALARI RIVOJLANTIRISH ZARURIYATI'

XOTIN-QIZLARNINGNING BOSHQARUV KOMPETENSIYALARI RIVOJLANTIRISH ZARURIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

102
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rahbar ayollar / xotin-qizlar / boshqaruv kompetensiyalari / boshqaruv mahorati / boshqaruv ko‘nikmasi / malaka oshirish / Women leaders / women / management competencies / management skills / management experience / professional development.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Javohira Akbarovna Xaydarova

Mazkur maqolada xotin-qizlarning boshqaruv kompetensiyalari rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, rahbar ayollarda shakllantirish uchun zarur ko‘nikma va malakalar tasniflangan, hamda mazkur sohani rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article analyzes the issues of women's management competence development. Also, the necessary skills and qualifications were classified for the formation of guidelines, furthermore, proposals and recommendations were developed for the growth of this field.

Текст научной работы на тему «XOTIN-QIZLARNINGNING BOSHQARUV KOMPETENSIYALARI RIVOJLANTIRISH ZARURIYATI»

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-232-236

XOTIN-QIZLARNINGNING BOSHQARUV KOMPETENSIYALARI RIVOJLANTIRISH ZARURIYATI

Javohira Akbarovna Xaydarova

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi stajyor-tadqiqotchisi [email protected]

Mazkur maqolada xotin-qizlarning boshqaruv kompetensiyalari rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, rahbar ayollarda shakllantirish uchun zarur ko'nikma va malakalar tasniflangan, hamda mazkur sohani rivojlantirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar. rahbar ayollar, xotin-qizlar, boshqaruv kompetensiyalari, boshqaruv mahorati, boshqaruv ko'nikmasi, malaka oshirish.

This article analyzes the issues of women's management competence development. Also, the necessary skills and qualifications were classified for the formation of guidelines, furthermore, proposals and recommendations were developed for the growth of this field.

Keywords. Women leaders, women, management competencies, management skills, management experience, professional development.

Bugun O'zbekistonda Prezidentimiz Sh.Mirziyoev boshchiligida olib borilayotgan islohotlar rahbarlarni o'z xizmat vazifasiga professional yondashuvi, kerakli bilim va ko'nikmalarni egallab, xalqimizga sidqidildan xizmat qilishiga undashi lozim. Vatanimizning yangi imijini shakllantirish rahbarlarning eng oliy maqsadlaridan biriga aylanishi shart. Professional moslashuv bu, albatta, hududlarda, tashkilotlarda, jamoada professional muhitni shakllantirish, mehnat unumdorligi va sifatini oshirish, o'zaro munosabatlar va hamkorlik, natijadorlikka erishish orqali amalga oshiriladi. Buning uchun rahbardan aholi uchun cheksiz imkoniyatlarni yaratib berish, insonni qadrlash, muammolarni hal qilishda har bir

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

masalaning yechimiga professional yondashish kerak bo'ladi.

2023

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-232-236

Hozirgi kunda xotin-qizlarning, shu jumladan rahbar ayolllarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularda jamiyatdagi mavqeni oshirish, ularning bevosita boshqaruv jarayonidagi ishtirokini oshirish bilan bog'liq. Hozirgi kunda xotin-qizlarning boshqaruv faoliyatiga jalb etish borasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan sungi yillarda qator normativ-huquqiy hujjatlarda xotin-qizlarni, rahbar ayollarning kasbiy va boshqaruv malakalarini oshirish, ularda boshqaruv kompetensiyalarni shakllantirish bo'yicha qator vazifalar belgilandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi TyrpncHga» 60-son, 2022 yil 7 martdagi "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 87-son farmonida Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar xotin-qizlarni tayyorlash bo'yicha alohida o'quv kurslarini tashkil etish hamda har yili kamida 100 nafar xotin-qizlarni o'qitish, barcha davlat organlari va tashkilotlari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan tashkilotlar hamda ularning tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining kamida 1 nafar o'rinbosarini xotin-qizlar orasidan tayinlash, Xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish uchun Xalq banki tizimida rahbarning xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha o'rinbosari lavozimi joriy etish, iqtidorli yosh xotin-qizlarni rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimini yaratish kabi vaziflar belgilangan [1].

Mazkur vazifalardan kelib chiqib xozirgi kunda bu borada respublika va viloyat darajasida alohida belgilangan dasturlar doirasida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, lekin tuman darajasida xotin-qizlarni, shuningdek, rahbar ayollarning kasbiy va boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish borasida ishlar samarali tashkil etilgani yo'q. Sababi barcha xotin qizlarni viloyat markazida o'quvlarga muntazam jalb qilish imkoniyati cheklangan. Shuning uchun tuman darajasida maxsus o'quvlar va xotin-qizlar hamda rahbar ayollar uchun maxsus onlayn platforamalarni (boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan) ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Shuningdek, xorij tajribasini o'rganish asosida qo'yi bo'g'inda faoliyat yuritayotgan rahbar ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularda boshqaruv kompetensiyalarni rivojlantirish asosida boshqaruvning o'rta va yuqori bo'g'inidagi rahbarlik lavozimlariga zaxira kadrlarni shakllantirish maqsadga muvofiq.

Bu borada xorij tajribasiga tayanadigan bo'lsak, Amerikalik

2023

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-232-236

va ayol rahbar kadrlar boshqaruv funksiyalari (rejalashtirish, tashkilashtirish, muvofiqlashtirish, nazoart va rag'batlantrish)ni bajarishda o'xshashlikni namoyish etadilar; 2) Boshqaruv qarorlari ijrosini ta'minlashda erkak va ayol rahbar kadrlar o'rtasida farqlar mavjud [2].

Sungi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlarda xotin-qizlarda boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish, ularning nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy faolligi balki, siyosiy faolliginini ham oshirib, ularni boshqaruvdagi nufuzini, ishtirokini oshiradi degan yondashuv ilgari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Rossiyalik tadqiqotchilar YE. A. Smirnov va M. V. Roslyakovaning 2020 yilda chop yetilgan "Boshqaruv jamoasida gender omili" nomli maqolasida ayol va erkak rahbarlarning ishbilarmonlik fazilatlarining bir-birini to'ldirishiga urg'u berish, boshqaruv jamoasining (tashkilot xodimlarining) jipslashuviga, ularni o'zaro xamjihatligini ta'minlash imkoni beradi degan farazani ilgari so'radi [3].

Hozirgi kunda davlat siyosatini shakllantirishda va qarorlar qabul qilishda rahbar alyollar faol ishtirok etmoqda. "O'rganish natijalari mamlakatimizda tuzilmaviy va institutsional o'zgarishlar izchil davom etayotganini, gender tenglik sohasidagi qonunchilik takomillashtirilayotganini, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o'rni va mavqei ortib borayotganini tasdiqlaydi. Siyosiy partiyalarda xotin -qizlar ulushi 47 foizga, oliy ta'limda 40 foizga, tadbirkorlik faoliyatida esa 37 foizga yetdi. Rahbar lavozimlarda ishlayotgan ayollar ulushi — 33 foiz. Bugungi kunda 2 mingga yaqin davlat va jamoat tashkilotlariga ayollar rahbarlik qilmoqda" [4].

Rahbar ayollarning boshqaruv kompetensiyalari rivojlantirishni tizmli tashkil etish har bir viloyatda rahbar ayollarning boshqaruv kompetensiyalarini baholavchi "Assessment markaz"lar tashkil qilish hamda har chorakda rahbar ayollarning boshqaruv kompetensiyalarini baholash asosida ularni maxsus modullar (boshqaruv kompetensiyalari shakllantirishga qaratilgan) bo'yicha o'qitish maqsadga muvofiq.

Sotsiologiya fanlari doktori, professor T.Norboyeva "Ayol kishining boshqaruv uslubi xotirjamroq, muvozanatliroq, yumshoqroqdir. O'z ishida qat'iyatlilik, sabr-toqat va narsalarni oxiriga yetkazish qobiliyati yetakchi ayolga muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi. Agar kompaniya ayol tomonidan boshqarilsa, rivojlanish odatda izchil bo'ladi. Mas'uliyat va kichik masalalarga ham e'tibor qaratish birinchi o'ringa chiqadi. Qaror qabul qiluvchi tuzilmalarda ayollarning faoliyat olib borishi siyosatning ijtimoiy yo'naltirilishini ta'minlaydi" [5] deb ta'kidlaydi.

2023

National University of Uzbekistan

Modern Trends of Social Sphere Development

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-232-236

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

To'g'ri ayol rahbar kadrlarning boshqaruv jarayonidagi ishtiroki ularning ijtimoiy mavqeni va jamiyatdagi rolni oshirish bilan birgalikda, gender tenglikni taminlashga xizmat qiladi.

Xulosa kilib aytganda, rahbar ayollaring boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishda quyidagilarga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq:

Birinchidan, xotin-qizlar, shu jumladan rahbar ayollarda boshqaruv kompetensiyalarni shakllantirish maktab ta'limidan boshlanishi, maktab va oliy ta'lim timzimida milliy g'oya, milliy mafkura bilan bir qatorda maxsus liderlik ko'nikmalari bo'yicha amaliy, trening mashg'ulotlari joriy etilishi, yoshlarni kelgusida rahbarlikka tayyorlash bilan bir qatorda, xotin-qizlarimizning boshqaruv sohasida o'zida bo'lgan ishonchini ortiradi;

Ikkinchidan, barcha oliy ta'lim muassasalarida "Yosh lider qizlar" klubini tashkil etish orqali, ularda boshqaruv ko'nikmalarini shakllantirish, davlat tuzilmalari va tashkilotlaridagi rahbar ayollar tomomnidan ular uchun maxsus master-klass tashkil etish orqali ularni boshqaruv faoliyatiga qiziqishini uyg'otish maqsadga muvofiq;

Uchinchidan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi hududiy filliallarida ham "Rahbar ayollar" uchun maxsus o'quv kurslarini tashkil etish, xotin qizlarni boshqaruv kopetensiyalarini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirlayotgan ishlarni qamrovini oshiradi;

To'rtinchidan, har bir viloyatda xotin qizlarni, rahbar ayollarning boshqaruv kompetensiyalarni baholavchi va rivojlantirishga ixtisoslashgan "Assesment" markazlarini tashkil etish va ko'chma (sayyor) tadbir orqali maxsus testlar, so'rovnoma va intervyular orqali ularni boshqaruv salohiyatini baholab borish lozim.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni // https://lex.uz/docs/5899498

2. Теоретические аспекты деятельности женщины-руководителя [Электронный ресурс]. — URL: http://refbox.org/3630-teoreticheskie-aspektydeyatelnosti-zhenschiny-rukovoditelya.html

3. Смирнов Е. А., Рослякова М. В. Гендерный фактор в управленческой командной работе / Женщины в профессиях XXI века: тенденции, проблемы, перспективы: материалы

2023

235

National University of Uzbekistan

Modern Trends of Social Sphere Development

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-232-236

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

Всероссийской научной конференции с международным участием. Москва, 3 марта 2020 г. — Иваново: Ивановский государственный университет, 2020. — С. 32-39.

4. Davlat boshqaruvidagi TOP-40 rahbar ayollar reytingi // https: //www.xabar. uz/infografika/davlat-bo shqaruvidagi-top-40

5. Ayol rahbar qanday bo'lishi kerak? // https://xs.uz/uzkr/post/gender-tenglik-yangi-ozbekiston-ustuvor-jonalishining-ajhralmas-qismiga-aylandi-tanzila-narbaeva

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.