Научная статья на тему 'BO‘LAJAK GEOGRAFIYA FANI O‘QITUVCHILARINING PEDAGOGIK INNOVATSION FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI'

BO‘LAJAK GEOGRAFIYA FANI O‘QITUVCHILARINING PEDAGOGIK INNOVATSION FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

26
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogik innovatsiya / ta‟lim texnologiyalari / axborot-kommunikatsiya texnologiyalari / didaktik vositalar / geografiya ta‟limi / oliy t‟lim sifati / ta‟lim metodikasi / innovatsion yondoshuvlar. / pedagogical innovation / educational technologies / information and communication technologies / didactic tools / geography education / higher education quality / educational methodology / innovative approaches.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Kaxramon Bektursun O‘G‘Li Sabirov

Maqola bo„lajak geografiya fani o'qituvchilarining pedagogik innovatsion faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari haqida mufassal ma‟lumot beradi. Unda zamonaviy ta‟lim paradigmalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va didaktik vositalar orqali o„qitishning samarali mexanizmlari, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarida sifatni yaxshilash yo„llari muhokama qilingan. Ta‟limda innovatsiya va novatsiyaning ahamiyati, ularning farqlari va ta‟lim tizimiga ta‟siri tahlil qilingan. Pedagogik faoliyatda innovatsion yondashuvlarni qo„llash orqali ta'lim sifatini oshirish va ta‟lim oluvchilarni zamonaviy jamiyat talablariga javob beradigan mutaxassislar sifatida tayyorlash zaruratini ta‟kidlangan. Maqolada, shuningdek, oliy o„quv yurtlarida pedagogik innovatsiyalarni joriy etishning turli yondashuvlarini, jumladan gnostik-dinamik, individual, ko„p subyektli (dialogik), insonparvarlik va individual-ijodiy yondoshuvlarni tahliga tortilib, pedagoglar tomonidan yangi pedagogik texnologiyalarni qabul qilish hamda qo„llash imkoniyatlari, shu jumladan ta‟limning innovatsion metodlari, texnologiyalarining dars jarayonlariga integratsiyasi ham muhokama qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK GEOGRAFIYA FANI O‘QITUVCHILARINING PEDAGOGIK INNOVATSION FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI»

BO'LAJAK GEOGRAFIYA FANI O'QITUVCHILARINING PEDAGOGIK INNOVATSION FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

Kaxramon Bektursun o'g'li Sabirov

Alfraganus university katta o'qituvchisi, Chirchiq davlat pedagogika universiteti erkin izlanuvchisi

ANNOTAT SIYA

Maqola bo'lajak geografiya fani o'qituvchilarining pedagogik innovatsion faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari haqida mufassal ma'lumot beradi. Unda zamonaviy ta'lim paradigmalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va didaktik vositalar orqali o'qitishning samarali mexanizmlari, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarida sifatni yaxshilash yo'llari muhokama qilingan. Ta'limda innovatsiya va novatsiyaning ahamiyati, ularning farqlari va ta'lim tizimiga ta'siri tahlil qilingan. Pedagogik faoliyatda innovatsion yondashuvlarni qo'llash orqali ta'lim sifatini oshirish va ta'lim oluvchilarni zamonaviy jamiyat talablariga javob beradigan mutaxassislar sifatida tayyorlash zaruratini ta'kidlangan.

Maqolada, shuningdek, oliy o'quv yurtlarida pedagogik innovatsiyalarni joriy etishning turli yondashuvlarini, jumladan gnostik-dinamik, individual, ko'p subyektli (dialogik), insonparvarlik va individual-ijodiy yondoshuvlarni tahliga tortilib, pedagoglar tomonidan yangi pedagogik texnologiyalarni qabul qilish hamda qo'llash imkoniyatlari, shu jumladan ta'limning innovatsion metodlari, texnologiyalarining dars jarayonlariga integratsiyasi ham muhokama qilingan.

Kalit so'zlar: pedagogik innovatsiya, ta'lim texnologiyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, didaktik vositalar, geografiya ta'limi, oliy t'lim sifati, ta'lim metodikasi, innovatsion yondoshuvlar.

OPPORTUNITIES FOR DEVELOPING THE PEDAGOGICAL INNOVATIVE ACTIVITY OF FUTURE GEOGRAPHY TEACHERS

The article provides detailed information on the opportunities for developing the pedagogical innovative activity of future geography teachers. It discusses modern educational paradigms, the effective mechanisms of teaching through information and communication technologies and didactic tools, as well as ways to improve quality in higher education institutions. The significance of innovation and novelty in education, their differences, and their impact on the educational system are analyzed. The author emphasizes the necessity of applying innovative approaches in pedagogical activity to improve the quality of education and prepare learners as specialists who can meet the demands of modern society.

Furthermore, the article analyzes various approaches to implementing pedagogical innovations in higher education institutions, including the gnostic-dynamic, individual, multi-subject (dialogic), humanistic, and individual-creative approaches. The possibilities for educators to adopt and apply new pedagogical

March, 2024

46

technologies, including the integration of innovative educational methods and technologies into teaching processes, are discussed.

Keywords: pedagogical innovation, educational technologies, information and communication technologies, didactic tools, geography education, higher education quality, educational methodology, innovative approaches.

Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalari sifatini bitiruvchilarning kompetensiya darajasi asosida baholash va pedagoglarda innovatsion kopetentlikni ta'limning zamonaviy texnologiyalari vositasida rivojlantirish, ta'limning yangi paradigmalarini ishlab chiqish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturlari orqali o'qitishning an'anaviy va zamonaviy usullaridan kompleks foydalanish hamda didaktik vositalarning integrallashgan interfaol ta'lim texnologiyalari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning samarali mexanizmlari yo'lga qo'yilmoqda.

Shu sababli, mustaqil fikrlovchi va qaror qabul qila oluvchi, o'zgalar fikrini tinglab, uni e'tiborga olgan holda xulosa chiqara oluvchi shaxsni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jamiyatda sodir bo'layotgan bugungi kunning yangiliklari va iqtisodiy o'zgarishlari ta'lim tizimi mazmunini ilg'or xorijiy tajribani keng joriy etgan holda loyihalash hamda standartlashtirishni taqazo etmoqda. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish vazifasi belgilab qo'yilga n[1]

Ta'lim berish jarayonida innovatsiyalardan foydalanish bugungi kuda davr talabiga aylanmoqda. Tadqiqotimizda qisqacha innovatsion ta'lim texnologiyalari tushunchasini yoritib beramiz. "Innovatsion ta'lim texnologiyalari" va "ta'lim innovatsiyalari" tushunchalarining mazmuni. Lug'aviy jihatdan "innovatsiya" tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda ("innovation") "yangilik kiritish" degan ma'noni anglatadi. "Innovatsiya" tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi.

Innovatsiya - muayyan tizimning ichki tuzilishini o'zgartirishga qaratilgan faoliyat

"O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi"da ko'rsatilishicha, innovatsiya quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega:

"Innovatsiya (ingl. "innovationas" - kiritilgan yangilik, ixtiro) - 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta'minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag'lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va

ilg'or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va

March, 2024

mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo'llanishi"[2].

A.I.Prigojinning fikriga ko'ra, innovatsiya maqsadga muvofiq ravishda muayyan ijtimoiy birlik - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga nisbatan munosabatga yangicha yondashish, bu munosabatni bir qadar turg'un elementlar bilan boytib borish tushunilishi lozim. Bu o'rinda anglanadiki, muallifning qarashlari bevosita ijtimoiy munosabatlar, ularga nisbatan iinovatsion yondashish mohiyatini ifodalaydi. Shundan kelib chiqqan holda har bir shaxs fuqaro, mutaxassis, rahbar, xodim, qolaversa, turli ijtimoiy munosabatlar jarayonining ishtirokchisi sifatida o'ziga xos innovator faoliyatni tashkil etadi.

Amerikalik psixolog E.Rodjers o„z tadqiqotlarida innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari, ijtimoiy munosabatlarga yangilik kiritish, bu jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning toifalari, ularning yangilikka bo'lgan munosabatlari, yangilikni qabul qilish, mohiyatini anglashga bo'lgan tayyorlik darajasi hamda muayyan shaxslar toifalari o'rtasidagi innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning tasnifi masalalarini o'rgangan.

Innovatsion ta'lim (ingl. "innovation" - yangilik kiritish, ixtiro) - ta'lim oluvchida yangi g'oya, meyor, qoidalarni yaratish, o'zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg'or g'oyalar, meyor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta'lim.

Innovatsion ta'lim jarayonida qo'llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta'lim texnologiyalari yoki ta'lim innovatsiyalari deb nomlanadi [3].

Ta'lim innovatsiyalari - ta'lim sohasi yoki o'quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondoshuv asosida yechish maqsadida qo'llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar. Ta'lim innovatsiyalari "innovatsion ta'lim" deb ham nomlanadi.

Innovatsiyalar turli ko'rinishga ega. Quyidagilar innovatsiyalarning asosiy ko'rinishlari sanaladi:

yangi g'oyalar

(< i »J** - tizim yoki faoliyat yo'nalishini o'zgatirishgi qaratilgan aniq maqsadlar

-~ noan'anaviy yondoshuvlar

v J -- odatiy bo'lmagan tashabbuslar

ilg'or ish uslublari

March, 2024

48

1-rasm. Innovatsiyalarning asosiy ko'rinishlari

Ta'lim tizimida yoki o'quv faoliyatida innovatsiyalarni qo'llashda sarflangan mablag' va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko'zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o'zgaruvchan mexanizmga ega bo'lishi zarur. Barcha sohalarda bo'lgani kabi ta'limda ham "novatsiya", "innovatsiya" hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to'g'risida so'z yuritiladi.

Ilmiy adabiyotlarda "novatsiya" (yangilanish, yangilik) hamda "innovatsiya" (yangilik kiritish) tushunchalarining bir-biridan farqlanishiga alohida e'tibor qaratiladi. Misol uchun, V.I. Zagvyazinskiyning e'tirof etishicha, "yangi", "yangilik" tushunchasi nafaqat muayyan g'oyani, balki hali amaliyotda foydalanilmagan yondoshuv, metod hamda texnologiyalarni ifodalaydi. Ammo bunda jarayon elementlari yaxlit yoki alohida olingan elementlaran iborat bo'lib, o'zgarib turuvchi sharoit va vaziyatda ta'lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etish g'oyalarini o'zida aks ettiradi. Darhaqiqat, yangilik - vosita sanalib, u aksariyat holatlarda yangi metod, metodika, texnologiya va b. ko'rinishida namoyon bo'ladi. Mohiyatiga ko'ra novatsiya va innovatsiya o'rtasida muayyan farqlar mavjud. Ular quyidagilardir (2-rasm):

Novatsiya

1) amaldagi nazariya doirasida qo'llaniladi;

2) ko'lam va vaqt bo'yicha chegaralanadi;

3) metodlar yangilanadi;

4) natija avvalgi tizimni takomillashtiradi

Novatsiya va L innovatsiya A

lar o'rtasidagi ^asosiy farqla»

Innovatsiya

1) tizimli, yaxlit va davomli bo'ladi;

2) ma'lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi;

3) subyektlarning faoliyati to'la yangilanadi;

4) yangi texnologiyalar yaratiladi;

5) faoliyatda yangi sifat natijalariga erishiladi;

6) amaliyotning o'zi ham yangilanadi

2-rasm. novatsiya va innovatsiya o'rtasida muayyan farqlar

Zamonaviy ta'limga xos muhim jihatlardan biri - pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish masalasi o'tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o'rganila boshlagan. Xususan, X.Barnet, J.Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M. Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem, F.N.

March, 2024

49

Gonobolin, S.M. Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.KanKalik, N.V.Kuzmina hamda V.A.Slastenin kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish, innovatsion g'oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy mamlakatlar hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabaror bilish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy harakatlar mazmunini yoritilgan. Mohiyatiga ko'ra innovatsiyalar munosabat yoki jarayonga yangilik kiritishning dinamik tizimi sanaladi.

R.N.Yusufbekova innovatsiyalarni pedagogik nuqtai nazardan ko'rib chiqishga e'tiborni qaratadi. Xususan, pedagogik innovatsiyalar muallif tomonidan ta'lim va tarbiya jarayonida avval ma'lum bo'lmagan, qayd qilinmagan holat yoki natijaga olib boruvchi pedagogik hodisaning o'zgarib turishi mumkin bo'lgan mazmuni ekanligi ta'kidlanadi. Rossiyalik olimlar - A.I.Prigojin, B.V.Sazonov, V.S.Tolstoy, N.P.Stepanov va b. esa innovatsion jarayon hamda uning tarkibiy qismlarini o'rganishga e'tiborni qaratgan. [4]

Bu o'rinda ular innovatsion jarayonning tashkil etilishiga nisbatan quyidagi ikki yondoshuv mavjud ekanligini e'tirof etadi:

1) yangilikning individual mikro darajasi (unga ko'ra qandayir yangi g'oyaga amaliyotga joriy etiladi);

2) alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o'zaro ta'sirini ifodalovchi mikro daraja (bu o'rinda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o'zaro ta'sirlanishi, birligi, raqobati va birining o'rnini ikkinchisi tomonidan egallanishi ahamiyatli sanaladi).

Oliy ta'lim muassasalarida gegrafiya darslarida innovatsion jarayonlarni tashkil etishda o'ziga xos yondoshuvlar kuzatildi. Ular:

1. Gnostik-dinamik yondoshuv (unga ko'ra pedagoglar pedagogik innovatsiyalar, ularning turlari, yaratilishi, amaliyotga tadbiq etilishi, xorij mamlakatlarida yaratilgan ilg'or pedagogik (ta'limiy) innovatsiyalar va ularni o'rganish, mahalliy shart-sharoitlarni inobatga olgan holda amaliyotda ulardan foydalanishga doir bilim, ko'nikma, malakalarni izchil o'zlashtiradilar, o'z faoliyatlarida pedagogik innovatsiyalarni faol qo'llash borasidagi tajribalarni o'zlashtiradilar).

2. Individual faoliyatli yondoshuv (bunda pedagoglar o'zlarining indiviual imkoniyatlari, qobiliyatlari, tajribalariga tayangan hola amaliyo faoliyatda pedagogik innovatsiyalarni qo'llashda muayyan izchillikka erishadilar).

3. Ko'p subyektli (dialogik) yondoshuv (mazkur yondoshuv pedagogik jarayonda innovatsiyalarni hamkasblarning o'zaro,

xususan, ko'p yillik ish tajribasi, kasbiy maliorat va tajribaga ega

March, 2024

pedagoglarning faoliyatlari bilan tanishish, ularning ta'lim innovatsiyalarini samarali, maqsadli va uzluksiz qo'llashga doir tavsiya hamda ko'rsatmalaridan foydalanishlarini ifodalaydi).

4. Insonparvarlik yondoshuvi (ushbu yondoshuv pedagogik jarayonda innovatsiyalarni qo'llashda ta'lim oluvchilarning imkoniyatlari, xohish-istaklari, qiziqishlari, bilim, ko'nikma va malakalari darajasini inobatga olish maqsadga muvofiqligini yoritishga xizmat qiladi).

5. Individual-ijodiy yondoshuv (unga ko'ra har bir pedagog faoliyatini o'rganilayotgan mavzu, o'quv materialining mohiyati, shuningdek, o'z imkoniyatlari, salohiyati, mahorati, ish tajribasidan kelib chiqqan holda ta'lim va tarbiya jarayonlarini ijodiy ishlanmalar asosida tashkil etadi).

Innovatsion faoliyat - yangi ijtimoiy talablarning an'anaviy meyorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g'oyalarning mavjud g'oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat

Mohiyatiga ko'ra innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish, fantexnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratishdan iborat. Pedagogning innovatsion faoliyati quyidagilar bilan belgilanadi:

- yangilikni qo'llashga tayyorgarligi;

- pedagogik yangiliklarni qabul qilishi;

- novatorlik darajasi;

- kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi;

- ijodkorligi

Innovatsion faoliyat pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma'lum maqsadga yo'naltirish asosida nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarni egallash, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to'ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchilik mahoratini rivojlantirishni talab etadi. M.Jumaniyozovaning e'tirof etishicha, pedagogik innovatsion faoliyati quyidagi belgilar asosida namoyon bo'ladi:

- ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish;

- pedagogik tadqiqot metodlarini egallash;

- mualliflik konsepsiyalarini yaratish qobiliyati;

- tajriba-sinov ishlarini rejalashtirish va amalga oshira olish;

- o'zidan boshqa tadqiqotchi-pedagoglar tajribalarini qo'llay olish;

- hamkasblar bilan hamkorlik; - fikr almashish va metodik yordam ko'rsata olishlik;

March, 2024

- ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish; - yangiliklarni izlab topish va ularni o'z sharoitiga moslashtirib borish

Pedagogik innovatsiyalar tegishli sohada ijobiy o'zgarishlarni sodir etish, sifat jihatdan yuqori natijalarga erishish maqsadida qo'llaniladi. Bu turdagi innovatsiyalarni asoslash muayyan bosqichlarda kechadi. Ular (3 -rasm):

I bosqich

Yangi g'oyaning tug'ilishi yoki yangilik mohiyatini yorituvchi konsepsiyaning ishlab chiqilishi (kashfiyot bosqichi)

II bosqich

Yangi g'oyaga tayangan holda yangilikning asoslanishi

III bosqich

IV bosqich

V bosqich

Yangilikning tegishli sohada hukmronlik qilishi (yangilik mo-hiyatini yo'qotadi, izlanishlar natijasida uning yanada samarali muqobili yaratiladi)

VI bosqich

Muqobillik, almashtirish orqali sohada yangilikni qo'llash doirasini qisqartirish

3-rasm. Innovatsiyalarni asoslash muayyan bosqichlarda

Bugungi kunda pedagoglarning innovatsion faoliyat ko'nikma, malakalariga ega bo'lishlari muhim ahamiyatga ega. Pedagoglar tomonidan innovatsion faoliyat ko'nikma, malakalarini o'zlashtira olishlarida ularning innovatsion yondoshuvga ega bo'lishlari talab etiladi. O'z mohiyatiga ko'ra pedagoglar tomonidan innovatsion faoliyat ko'nikma, malakalarining o'zlashtirilishi ularda innovatsion yondoshuvni qaror topishi asosida kechadi. Pedagoglarda innovatsion yondoshuvning qaror topishi ham murakab jarayon bo'lib, u bir necha bosqichda kechadi. Ya'ni (7-rasm): [3]

March, 2024

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

52

4-rasm. Pedagoglarda innovatsion yondoshuvning 4 bosqichi

Shuning uchun oliy o'quv yurtlari malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o'qitish metodlari-interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o'rni va roli benihoyat kattadir. Bunda pedagogik texnologiya va pedagogik maxoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar talabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon xamda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to'lik foydalaniladi.

Bugungi kunda ta'lim mazmunini modernizatsiyalash, ta'lim sifatini oshirish, ta'limda innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishga yo'naltirilgan ko'plab innovatsiyalar yaratilmoqda va amaliyotga joriy etilmoqda. Mazkur innovatsiyalarning samaradorligi ko'p jixatdan ta'lim muassasasida amalga oshirilayotgan innovatsion faoliyatning to'g'ri tashkil etilganligiga bog'liqdir.

Agar o'qituvchining tayyorgarligi ya'ni uning bilimdonligi hamda pedagogik maxorati doimo talab darajasida hamda talabaning qiziqishi, diqqatini jamlash va eslab qolishi doimo yuqori darajada bo'lganda edi, ta'lim-tarbiya jarayonida istalgan usuldan foydalanganda ham yuqori natijaga erishish mumkin bo'lar edi. Lekin bu ko'rsatkichlar tez o'zgaruvchan bo'lib, pedagogik jarayonni ana shu o'zgarishlarni hisobga olgan xolda olib borish eng zarur shartlardan hisoblanadi. Aks xolda ta'lim-tarbiya jarayonidan ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmaydi[5].

Oliy ta'lim muassasalarida geografiya ta'lim yo'nalishi Geografiya o'qitish metodikasi darslarida talabalarning texnik ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda o'qitishning innovatsion ta'lim texnologiyalar, interfaol ta'lim tenologiyalari, kreativ texnologiyalar, zamonaviy vositalar yordamida tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Dars jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo'llash talabalarda ilmiy izlanishga qiziqishni uyg'otadi, bunyodkorlik va ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Natijada egallangan bilim, malaka va ko'nikmalar amaliy faoliyatda tadbiq etiladi.

March, 2024

53

Geografiya darslarida kompyuter, geoaxborot tizimlari va texnologiyalaridan foydalanib o'qitish jarayonini qiziqarli olib borish, har bir talabaga individual yondashish imkonini beradi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining keng imkoniyatlari orqali talabalarga juda ko'p fakt, bilim va ma'lumotlarni yetkazish mumkin bo'ladi. Bundan tashqari talabaning innovatsion reja, o'y-fikr va g'oyalarini to'laqonli amalga oshirishlari yengil va samarali amalga oshiriladi. Bunday jarayonlar, ayniqsa, geografiya ta'limida asosiy o'rin tutadi.

Tadqiqot doirasida nafaqat ta'limning innovatsion vositasi, balki subyektlarning o'quv jarayonida o'zaro ta'sirlashuv xususiyati ham ko'rib chiqiladi. Ma'lumki axborotlashgan jamiyatda axborot hajmi ta'lim oluvchilar tomonidan ularni o'zlashtirish imkoniyatlaridan ancha yuqori, shu munosabat bilan, unda yashaydigan inson uchun muayyan muammoni hal qilish uchun zarur bo'lgan ma'lumotning hajmini mustaqil izlash va topish ko'nikmasi va undan foydalanish bo'yicha o'z faoliyatini to'g'ri tashkil etish, shuningdek natijalarning nazorati va tuzatishlarni amalga oshirishga asos bo'ladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-sonli Farmoni. Xalq so'zi gazetasi 09.10.2019 y.

2. O'zbekiston milliy ensiklopeiyasi. Zebuniso-Konigil / 4-tom. Bosh tahrir hay'ati a'zolari: M.Aminov va b. - T.: "O'zbekistan milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashrieti, 2002. - 169-bet.

3. Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To'rayev A.B Innovatsion ta'lim texnologiyalari /. - Toshkent: 2015. -208 bet

4. Meliyev X., Jamoldinova O.. Risqulova K..Tarbiyachining kasbiy kompetenti va mahorati: o'quv qo'llanma / Tuzuvchi mualliflar: - Тошкент: Zarvaraq nashriyoti, 2021 - 288 б.

5. Geografiya fanini o'qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar modul bo'yicha o'quv uslibiy majmua 4.1modul. Samarqand 2019. 80-bet

March, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.