Научная статья на тему 'RAQOBATBARDOSH KADRLARNI KASBIY TAYYORLASHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

RAQOBATBARDOSH KADRLARNI KASBIY TAYYORLASHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
123
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
innovatsiya / kasbiy moslashuvchanlik / kreativ faoliyat / pedagogik madaniyat / tashabbuskorlik / ilg’or g’oyalar / optimallik / innovatsion kasbiy faoliyat / kasbiy tayyorgarlik / namoyish qilish / tasvirlash / mutaxassis kadr / shaxsiy sifat / innovatsion texnologiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Adizova Sevara Yusupovna

Ushbu maqolada zamonaviy kadrlar tayyorlashda talabalarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonining о‘ziga xos pedagogik, psixologik xususiyatlari haqida fikr yuritilib, mutaxassislik fanlarini o’qitishda talabalarning innovatsion kasbiy moslashuvchanligini takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQOBATBARDOSH KADRLARNI KASBIY TAYYORLASHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

RAQOBATBARDOSH KADRLARNI KASBIY TAYYORLASHNING O'ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI Adizova Sevara Yusupovna

Buxoro Muhandislik -Texnologiya Instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.10159306

Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy kadrlar tayyorlashda talabalarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonining o'ziga xos pedagogik, psixologik xususiyatlari haqida fikr yuritilib, mutaxassislik fanlarini o'qitishda talabalarning innovatsion kasbiy moslashuvchanligini takomillashtirish masalalariga e 'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: innovatsiya, kasbiy moslashuvchanlik, kreativ faoliyat, pedagogik madaniyat, tashabbuskorlik, ilg'or g'oyalar, optimallik, innovatsion kasbiy faoliyat, kasbiy tayyorgarlik, namoyish qilish, tasvirlash, mutaxassis kadr, shaxsiy sifat, innovatsion texnologiya.

Аннотация. В данной статье размышляются об уникальных педагогических и психологических особенностях процесса подготовки студентов к инновационной профессиональной деятельности в современной подготовке кадров, акцентируя внимание на вопросах повышения инновационной профессиональной гибкости студентов при преподавании профильных предметов.

Ключевые слова: инновации, профессиональная гибкость, творческая деятельность, педагогическая культура, инициатива, передовые идеи, оптимальность, инновационная профессиональная деятельность, профессиональная подготовка, демонстрация, представительство, экспертный состав, личностные качества, инновационные технологии.

Abstract. This article reflects on the unique pedagogical and psychological features of the process ofpreparing students for innovative professional activities in modern personnel training, focusing on the issues of increasing the innovative professional flexibility of students when teaching specialized subjects.

Keywords: innovation, professional flexibility, creative activity, pedagogical culture, initiative, advanced ideas, optimality, innovative professional activity, professional training, demonstration, representation, expert composition, personal qualities, innovative technologies.

Kirish. Mamlakatimizda ta'lim sifatini oshirishda fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini asosiy omil sifatida foydalanishga e'tibor kuchaydi. Shuning uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va unda fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasining roli, uning xalqaro tajribasini o'rganish hamda ilg'or xorijiy tajribalardan foydalanish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish dolzarb masalaga aylanmoqda.

So'nggi vaqtlarda ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar pirovard natijasi ong-tafakkuri ozod inson shaxsini tarbiyalash, zamonaviy yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ekan bu o'z - o'zidan integratsion ta'lim klasterlarini innovatsion yondashuvlar asosida tuzishni taqazo etadi.

Bo'lajak mutaxassis kadrlar kasbiy mahorati va kasbiy moslashuvchanligi raqobatdosh kadrlarning oliy ta'limga samarali tayyorlash imkonini beradi. Pedagoglarning faoliyatini pedagogik, psixologik, tashkiliy-metodik jihatdan o'rganish natijalari talabaning o'quv faoliyati samaradorligini oshirishda pedagogning shaxsiy sifatlari va uning kasbiy tayyorgarligi katta ahamiyat kasb etadi. Shunga ko'ra, pedagogning kasbiy mahoratga ega bo'lishi, bilimdonligi va

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

kreativligi talabalarda ongli faollik hamda mustaqillikni tarkib toptirishning asosiy omili hisoblanadi.

Asosiy qism. Hozirgi kunda texnika oliy ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, interfaol metodlar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan - kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha ananaviy ta'limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi.

Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir. Innovatsiyaning amaliyotga kiritilishi innovatsion jarayonlarda amalga oshiriladi. Innovatsion jarayon deb -innovatsion o'zgarishlarga tayyorgarlik ko'rish va uni amalga oshirish jarayoniga aytiladi. Innovatsion jarayon - bu pedagogik yangiliklar, bu yangiliklarning pedagogik hamjamiyat tomonidan o'zlashtirilishi va ulardan ilmiy asosda amaliyotda samarali foydalanishning o'zgarib boruvchi yaxlitligidir.

O'qituvchi faoliyatining innovatsiyalarga yo'nalganligi psixologik-pedagogik tadqiqotlar natijasini ta'lim amaliyotiga tatbiq etish imkonini beradi. Pedagogik tadqiqotlar natijasini ommalashtirish uchun amaliyotchilarni olingan natijalar bilan maxsus tanishtirish talab etiladi. O'qituvchilarni yangi tajribalarni ommalashtirish muhim ahamiyatga egaligiga ishontirish asosida ularda yangiliklarni o'zlashtirish ehtiyoji hosil qilinadi. "Yangi pedagogik g'oyalar va texnologiyalarning ommalashtiruvchisi va targ'ibotchisi kimlar bo'lishi kerak?" degan haqli savol tug'iladi. Alohida o'qituvchi yoki ta'lim muassasasi tajribasini o'rganish, ommalashtirish oliy ta'lim muassasasi professor - o'qituvchilari, umumta'lim muassasalarida ishlaydigan ilg'or pedagoglar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday guruhlarni tashkil etish zaruriyati bir qator holatlar bilan ifodalanadi:

1. Pedagogik yangilik muallifi uning istiqboli haqida zarur ma'lumotlar va aniq bahoni bera olmaydi.

2. Ilg'or g'oyalarni ommalashtirish pedagogdan qo'shimcha vaqt, kuch-quvvat va og'ir mehnatni talab qiladi.

3. Muayyan yangilik har doim ham uning muallifi tomonidan ilmiy-metodik jihatdan yetarlicha asoslanmaydi.

4. Mualliflar o'zlarining innovatsiyalari va ularni amaliyotga tatbiq etish yo'llari, yondashuvlarini bayon qilishda o'zlari va hamkasblarining shaxsiy xususiyatlari bilan bog'liq holda to'xtalishlarga va to'siqlarga duch keladilar.

5. Ijodiy guruh o'z zimmasiga nafaqat pedagogik innovatsiyalarni targ'ib qilish va ommalashtirish, balki ular asosida o'qituvchilar faoliyatiga tuzatishlar kiritish, talabalarning kasbiy bilimdonligi va mahoratini boyitish vazifasini ham oladi.

Tatbiq etishga yo'naltirilgan faoliyatni boshqarishda innovatsiya muallifining o'zi ishtirok etmaydi. Bunday yondashuv ijodkor o'qituvchining imkoniyatlarini kengaytirish va uni muayyan maqsadga yo'naltirishga xizmat qiladi. Shu tariqa pedagogik innovatsiyalar yaratuvchilari va ommalashtiruvchilarining quvvatlari bir nuqtaga jamlanib, muayyan maqsadga yo'naltiriladi. Pedagogik innovatsiyalar o'zining muayyan tavsifiga ega.

Pedagogik innovatsiyalarning talabalarning kreativ faoliyatini shakllantirishga xizmat qiladigan o'lchovlari quyidagilardan iborat:

-innovatsion usullarning yangiligi;

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

- optimalligi;

-yuqori natija berish imkoniyatiga egaligi;

-ommaviy tajribada ijodiy qo'llash imkoniyatiga egaligi.

Innovatsion usullarning asosiy o'lchovi ularning yangiligi, ilmiy tadqiqot natijalari hamda ilg'or pedagogik tajribalar bilan tengligidadir.

Shuning uchun ham innovatsion jarayonda faoliyat ko'rsatishni istovchi o'qituvchilar uchun yangilikning asosiy mohiyati nimadan iboratligini bilish muhim ahamiyatga ega. Agar bir o'qituvchi uchun mazkur tajriba tamoman yangi hisoblansa, ikkinchisi uchun yangi bo'lmasligi ham mumkin. Shuningdek, talabalar uchun ham ayni bir usulning yangilik darajasi turli-tuman bo'lishi mumkin. Bu, o'z navbatida, ularning shaxsiy o'ziga xosliklari, individual-psixologik xususiyatlari bilan bevosita bog'liqdir.

Bo'lajak kadrlarning kreativ funktsiyalarini shakllantirishga xizmat qiladigan innovatsion usullarning yangiligi bir necha darajalarda namoyon bo'ladi. Ular:

S absolyut daraja;

S lokal-absolyut daraja;

S shartli daraja;

S sub'ektiv daraja kabilar.

Bu farqlar ularning qo'llanish sohasi va aniqlik darajasi bilan bog'liqdir.

Pedagogik innovatsiyalar samaradorligining o'lchovi sifatida optimallik o'qituvchi va talabalarning kafolatlangan natijaga erishishi uchun kuch-quvvat sarflashlarini taqozo etadi. Ta'lim jarayoniga pedagogik innovatsiyalarni kiritish asosida imkon qadar kam kuch va vaqt sarflagan holda yuqori samaradorlikka erishish hamda kafolatlangan natija olish nazarda tutiladi. Xuddi mana shuning o'zi pedagogik innovatsiyalarning optimallik darajasini belgilaydi.

Innovatsion usullarning eng muhim belgisi sifatida natijalanganlik o'qituvchi faoliyatida ijobiy yutuqlarga erishilgandagina namoyon bo'ladi. O'lchovlardagi texnologiklik, kuzatuvchanlik, natijalarning qayd etilganligi o'qitishning yangi usullari, metodlarini baholash orqali namoyon bo'ladi.

Pedagogik tajribada pedagogik innovatsiyalarni ijodiy qo'llash alohida o'qituvchilar ish faoliyatining boshlang'ich bosqichida namoyon bo'ladi. Mazkur innovatsiyalar tajriba-sinovdan o'tkazilib, ob'ektiv baholangandan so'ng ommaviy tarzda qo'llash uchun taqdim etiladi. Keng ommalashgan, ijobiy natijalarga erishish imkonini beradigan innovatsion usullardan foydalangan holda talabalarning kreativ funktsiyalarini rivojlantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Innovatsiya natijasida ta'lim jarayonida quyidagilar namoyon bo'ladi:

1. Tizimli, yaxlit va davomli bo'ladi;

2. Ma'lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi;

3. Subektlarning faoliyati to'la yangilanadi;

4. Yangi texnologiyalar yaratiladi;

5. Faoliyatda yangi sifat natijalariga erishiladi;

6. Amaliyotning o'zi ham yangilanadi

Pedagogik innovatsiyalarni baholash mezonlarini bilish o'qituvchining pedagogik ijodning rang-barang shakllarini o'zlashtirishi uchun qulay sharoit yaratadi. Pedagogik madaniyatning oddiy esda qolgan bilimlarni takrorlash shaklidan boshlab, ilmiy pedagogik jamoatchilikka ma'lum bo'lgan g'oyalar, kontseptsiyalar, texnologiyalarni o'z shaxsiy faoliyatiga singdirishdan ularni evristik, kreativ ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishga qadar talabalarning kundalik

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

harakati mazmunini tashkil etishi lozim. Pedagogik innovatsiyalarning mazmuni, uni qo'llash metodlarini bo'lajak kadrlar tajribasiga singdirish muhim ahamiyatga ega.

Innovatsion jarayonlarni o'rganish maqsadida qo'llaniladigan tashxislash metodlari quyidagilardan iborat ekanligini bo'lajak kadrlarning ongiga aniq yetkazish lozim. Ular:

-talabalarning kasbiy ehtiyojlari, qiziqishlari, alohida ahamiyatga ega bo'lgan yo'nalishlarini tizimli tarzda o'rganish, bunda ular faoliyatida uchraydigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish imkoniyatlarini aniqlash;

-talabalarning qiziqishlari va ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan g'oyalar, kontseptsiyalar hamda ilg'or innovatsion tajribalarni izlab topish va oliy ta'lim amaliyotiga joriy etish;

-talabalarning pedagogik innovatsiyalarni o'zlashtirish va qo'llash jarayonidagi o'ziga xoslik va ularning turli-tuman ko'rinishlarini aniqlash, bunda namoyish qilish, tasvirlash, ochiq darslar o'tkazish, yangi manbalar ustida ishlash, ma'ruzalar tashkil etish, tajriba-sinov ishlarida ishtirok etish kabi ish turlaridan keng foydalanish kabilar.

Raqobatbardosh mutaxassis kadrlar kasbiy moslashuvining o'ziga xos xususiyati ichki va tashqi shart-sharoitlarga bog'liq. Mutaxassisning kasbiy moslashuv jarayoniga ta'sir o'tkazuvchi tashqi sharoit va omillarga quyidagilar kiradi:

-kasbiy faoliyatning maqsadi, mazmuni, vositalari va tashkiliy texnologiya xususiyatlari. -kasbiy faoliyatni amalga oshiradigan ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlarning xususiyatlari. Talabaning kasbiy moslashuv jarayoniga ta'sir etuvchi ichki shart-sharoit va omillarga kasbiy moslashish imkoniyatining darajasi, shaxs organizmining moslasha olish sifati va kasbiy faoliyat motivlarining pedagogik faoliyat talablariga aynan mos kelishidir. Yosh mutaxassisning kasbiy moslashuvi muhit bilan kasbiy faoliyati o'zaro ta'sir ko'rsatadigan quyidagi asosiy predmetli sohalarda amalga oshiriladi:

1. Kasbiy-faoliyatli: pedagogik faoliyatga, uning maqsadlari, mazmuni, vositalari, texnologiyasi, ish tartibi va jadalligiga moslashish.

2. Tashkiliy-me'yoriy: ta'lim muassasasida belgilangan tartib-qoidalar, tashkiliy me'yorlar, mehnat intizomi va boshqa talablarni bajarishga ko'nikma hosil qilish.

3. Ijtimoiy-kasbiy: kasbiy-ijtimoiy vazifalar, pedagog shaxsi va kasbiga xos vazifalarni bajarishga moslashish.

4. Ijtimoiy-psixologik: ijtimoiy-psixologik vazifalar, pedagoglar jamoasida mavjud norasmiy, axloqiy me'yorlar, xulq qoidalari, qadriyatlar va muomala-munosabatlarga ko'nikma hosil qilish.

5. Ijtimoiy holatlar: pedagogik faoliyatda bajariladigan mavjud shart-sharoitlarga, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, milliy madaniy va boshqa muhitlarga moslashish hosil qilish. Yosh mutaxassis uchun kasbiy moslashuvda kasbiy-faoliyatli moslashuv yetakchi rol o'ynaydi.

Bugungi zamonaviy kadrning kasbiy-faoliyatli moslashuvining samarali kechishida zamonaviy innovatsion o'qitish uslubining o'ziga xos xususiyatlari hisoblangan quyidagi jihatlarga qat'iy amal qilish maqsadga muvofiqdir;

-ta'lim jarayonini ilmiy-g'oyaviy tamoyillarga moslab dasturlashtirish va rejalashtirish; -o'quv-uslubiy materialining murakkablik darajasi va o'rganish sur'atini ta'lim oluvchilarning yosh va individual psixologik xususiyatlariga moslash;

-ta'lim oluvchilar nazariy va amaliy tayyorgarliklarining o'zaro bog'liqligi va bir-biriga uyg'unlashuvini ta'minlash;

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

-ta'lim oluvchilarning faolligi va ta'lim jarayonining avtonomligini oshirish; - ta'lim oluvchilarning individual-amaliy va jamoaviy ishlarini birga qo'shib olib borish; -ta'lim jarayonini zamonaviy texnik vositalar hamda ko'plab pedagogik dasturiy vositalar yordamida jadallashtirish;

-ta'limni tabaqalashtirish va mutaxassislik o'quv fanlarini kompleks-kompyuter dasturlarining eng yangi loyihalarida birlashtirish.

Xulosa. Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, bo'lajak kadrlarning hosil qilgan kasbiy ko'nikma, malaka va tajribalarini tashxislash hamda ularni tashxislash metodlari bilan qurollantirish kasbiy pedagogik ta'lim jarayonini innovatsion g'oyalar asosida qayta qurish talabalarning kreativ faoliyatini samarali rivojlantirish imkonini beradi. Buning natijasida talabalarni ijodiy faoliyat ko'rsatish, tashabbuskorlikka undash imkoniyati vujudga keladi.

Agar mamlakat va jamiyat qanchalik rivojlangan bo'lsa unda har bir inson alohida qadrlanadi va o'z o'rniga ega bo'ladi. Talabalar bugungi kunda ro'y berayotgan voqealar, axborotlar oqimining jadallashuviga ongli munosabatda bo'lish tajribasini egallashlari kerak. Ularda axborotlarni saralash, voqea-hodisalarga obyektiv munosabatda bo'lish ko'nikmalarining hosil bo'lishi nihoyatda muhim. Bo'lajak mutaxassis kadrlar kundalik ijtimoiy-siyosiy voqeliklarni tahlil qilish asosida ularni munosib baholash, shu asosda atrofdagilarning xatti -harakatlariga tanqidiy munosabatda bo'lishlari lozim.

REFERENCES

1. Karimova G., Azamatova N. Bo'lajak pedagog kasbiy mahoratining shakllanish mezonlari. // "Xalq ta'limi" jurnali. T.: 2006, 3-son. -54-57-b.

2. Нишoналиев У. Иннoвациoнные педагогические теxнoлoгии o6y4eH^ и развития. / В сб. материалoв наyчнo-практическoй шнференции "Актуальные Bonpocbi прoфессиoнальнoгo BocnmaHra мoлoдежи". - Алма-Ата: Респ. издат. каб. Ka3axcK. акад. o6pa3oBaHra им. И.Алтынсарина, 2000. -С. 235-240.

3. Сластенин В.А., Пoдымoва Л.С. Педагогика: Иннoвациoнная деятельнoсть. - М.: "Издательствo Магистр", 1997. -С. 224.

4. Qodirov B.R., Qodirov K.B. Kasbiy tashxis metodlari to'plami: amaliyotchi psixologlar uchun metodik qo'llanma. -T.: O'zbekiston milliy universiteti, 2003. -94b.

5. Urinov U., Adizova S. Pedagogical conditions for the development of students in industrial practice. E3S Web of Conferences 284, 09017 (2021).

6. Adizova S.Yu. Innovation In Science, Education, And Production Integration As А Successor // International Journal of Advanced Science and Technology, Vol. 29, No. 8, 2020, pp. 31673172. http://sersc.org/journals/index.php/IJAST/issue/view/290

7. Aдизoва С.Ю. Машинашзлик йуналиши талабаларида касбий шмпетенциялар ва техник кфбилиятини ривoжлантириш имшниятлари //"Таълим ва иннoвациoн тад^ик^т-лар" xалкарo илмий методик журнал. (2021 йил №3) ISSN 2181-1709 (P).

8. Adizova S.Yu. Техnika oliy ta'lim muassasalari talabalarini yuqori texnologiyali korxonalardagi kasbiy faoliyatga tayyorlash muammosi holati tahlili // ^sb - hunar ta'limi. - Toshkent, 2021. №3.

9. Adizova S.Yu. Texnik sohada innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida dars berish jarayonida talabalar intellektual bilimining shakllanishi // "Yoshlarni qo'llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"ga bag'ishlangan professor - o'qituvchilar, ilmiy

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGIXALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

izlanuvchilar, magistrlar va talabalarning ilmiy -amaliy anjumani tezislar to'plami. Buxoro. 2021yil. 28-29 may.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.