Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING HAYOTINI MUHOFAZA QILADIGAN RAQAMLI INNOVATSION TA’LIM TEXNALOGIYALARNI AMALIYOTGA TADBIQ QILISH.'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING HAYOTINI MUHOFAZA QILADIGAN RAQAMLI INNOVATSION TA’LIM TEXNALOGIYALARNI AMALIYOTGA TADBIQ QILISH. Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
78
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarbiyachi / tarbiyalanuvchi / pedagogik mahorat / pedagog / integratsiya / taʼlim jarayoni / raqamli texnologiyalar / axborot-kommunikatsiya texnologiyalari / zamonaviy taʼlim / pedagogik texnologiyalar / multimedia vositalari.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Muratova Munavvar O’Rol Qizi, Yakubova Zilola Zikirovna, Qayumova Dilsora Nurali Qizi

Ushbu maqolada Maktabgacha ta’lim tashkilotida raqamli innovatsion ta’lim texnalogiyalarni amaliyotga tadbiq qilish, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berish, , ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, ularni har tomonlama rivojlantirish, hayot xavfsizligini ta’minlash, sog‘ligiga g‘amxo’rlik qilish, sog‘lom, yetuk shaxs qilib tarbiyalash qonuniyatlarini, o‘rgatish uchun xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING HAYOTINI MUHOFAZA QILADIGAN RAQAMLI INNOVATSION TA’LIM TEXNALOGIYALARNI AMALIYOTGA TADBIQ QILISH.»

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING HAYOTINI MUHOFAZA QILADIGAN RAQAMLI INNOVATSION TA'LIM TEXNALOGIYALARNI

AMALIYOTGA TADBIQ QILISH.

1Muratova Munavvar O'rol qizi, 2Yakubova Zilola Zikirovna, 3Qayumova Dilsora Nurali

qizi

1,2,3Nizomiy nomidagi TDPU Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchilari

https://doi.org/10.5281/zenodo.10143384

Annotatsiya. Ushbu maqolada Maktabgacha ta'lim tashkilotida raqamli innovatsion ta'lim texnalogiyalarni amaliyotgatadbiq qilish, maktabgachayoshdagibolalarga talim-tarbiya berish, , ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, ularni har tomonlama rivojlantirish, hayot xavfsizligini ta'minlash, sog'ligiga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, yetukshaxs qilib tarbiyalash qonuniyatlarini, o'rgatish uchun xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: Tarbiyachi, tarbiyalanuvchi, pedagogik mahorat, pedagog, integratsiya, ta'lim jarayoni, raqamli texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, zamonaviy ta'lim, pedagogik texnologiyalar, multimedia vositalari.

Abstract. in this article, digital innovative education in the preschool educational organization serves to introduce technologies into practice, educate preschool children , introduce digital technologies into the educational process, develop them comprehensively, ensure life safety, take care of their health, educate them as healthy, mature individuals, teach.

Keywords: educator, educator, pedagogical skill, educator, integration, educational process, digital technologies, information and communication technologies, modern education, pedagogical technologies, multimedia tools.

Mustaqillikka erishganimizdan keyin hozirgi davrning eng muhim vazifalaridan biri ushbu jarayonlarga mos keladigan, yangicha fikrlovchi avlodni tarbiyalashdan iborat bo'lmoqda. Eng aniq muammolar - moddiy-texnik bazaning zaifligi, ta'lim muhiti loyihalarining yo'qligi, yuqori sifatli pedagoglar tarkibining kamligi, mansabdor shaxslarning ta'limga bo'lgan munosabati va boshqalar.

Maktabgacha ta'limda ham ushbu muammolar yetarlicha o'rganilmagan, uning yechimi ekologiya, madaniyatshunoslik, pedagogika va psixologiya chorrahasida joylashgan. Yoshning o'ziga xos xususiyatlari va bolaning rivojlanish xususiyatlari tufayli erta va maktabgacha bolalik inson hayoti xavfsizligi madaniyatini, uning sog'lig'ini shakllantirishda ham baholanadi. Shu sababli pedagogik texnologiyalarning samaradorligini pedagog tomonidan ularning qo'llanilishiga ko'ra ham baholash mumkin. Ular quyidagilardir:

- ta'lim, tarbiya va shaxsni rivojlantirish vazifalarining o'zida yaxlit aks ettira olishi;

- o'zida zamonaviy fan va texnika darajalarini ifodalay olishi;

- g'oyaviy jihatdan tarbiyalanuvchilarning yosh va psixologik xususiyatlariga mos kelishi;

- o'quv materialining zarur axborotlar bilan to'liq ta'minlanganligi;

- ta'lim berish jarayonida rang-barang metod va vositalarni qo'llash imkoniyatini ta'minlaganligi;

- ko'p funksiyali ta'lim vositalaridan foydalanish va ularni oson ekspluatatsiya qilish imkoniyatining mavjuligi;

- pedagogning tarbialanuvchilarning mustaqil bajarayotgan ishlarni samarali tashkil etishga ko'malashish darajasi.

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

"Innovatsiya" tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi. "O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi"da ko'rsatilishicha, innovatsiya quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega:

"Innovatsiya (ingl. "innovationas" - kiritilgan yangilik, ixtiro) -1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta'minlash uchun iqtisodiyotga sarfangan mablag'lar;

2) ilmiy- texnika yutuqlari va ilg'or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo'llanishi" dan iborat.

Amerikalik psixolog E.Rodjers o'z tadqiqotlarida innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari, ijtimoiy munosabatlarga yangilik kiritish, bu jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning toifalari, ularning yangilikka bo'lgan munosabatlari, yangilikni qabul qilish, mohiyatini anglashga bo'lgan tayyorlik darajasi hamda muayyan shaxslar toifalari o'rtasidagi innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning tasnifi masalalarini o'rgangan.

Innovatsiya - muayyan tizimning ichki tuzilishini o'zgartirishga qaratilgan faoliyat Innovatsion ta'lim jarayonida qo'llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta'lim texnologiyalari yoki ta'lim innovatsiyalari deb nomlanadi. Ta'lim innovatsiyalari "innovatsion ta'lim" deb ham nomlanadi. "Innovatsion ta'lim" tushunchasi birinchi bor 1979 yilda "Rim klubi"da qo'llanilgan.

L.V. Zankovning "Ta'limni rivojlantirishning pedagogik tizimi" nomli kitobida kelajakdagi va allaqachon ishlayotgan mutaxassislarga har bir bolaning umumiy rivojlanishiga qaratilgan keng tarqalgan tizim misolida shaxsga yo'naltirilgan ta'lim rivojlanishning ma'nosi va xususiyatlarini tushunishga yordam beradi deya takidlab o'tilgan. [2] Darhaqiqat shaxsga yo'naltirilgan ta'lim keng qamrovli tushuncha bo'lib, ta'lim tarbiya jarayonida har bir bolaning shaxsi yuksak baholanadi va qadrlanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning hayot havfsizlik madaniyatini shakillantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Xavfsiz turdagi shaxsni shakllantirishning asosiy elementi sifatida ta'lim turadi. Ta'lim hayotimizga tahdid soladigan xavflarni kamaytiradi, qo'rquv sabablarini qisqartiradi va xavfni o'lchash va uning oqibatlarini aniqlash imkoniyatini beradi, bu xavflarni hisobga olgan holda qo'rquvning kuchlanishini kamaytiradi degan g'oyalarni ilgari surgan. [3] Bolalar salomatligi va hayoti xavfsizligini ta'minlash, yo'llar va ko'chalarda bolalarni xavfsiz harakatlanish qoidalariga o'rgatish, tashkilotda bola hayotiga xavf soluvchi omil va vositalardan bolani har tomonlama himoya qilish Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Maktabgacha ta'limni tashkil etishda bolalarni nafaqat xavfsizlik qoida me'yorlar bilan tanishtirish, balki ular bilan tashqi muhit va begona xavfdan birgalikda himoyalanishni amaliyotda qo'llash rejalashtirilgan.

Innovatsion ta'lim texnalogiylarini amaliyotda qo'llagan holda bolalar salomatlgini mustaxkamlash, tashqi zo'ravonlliklardan himoya qilish, xavfli vaziyatdan qanday chiqib ketish yechimlarini bolaga o'rgatish va uni amalda qo'llash usullarini ishlab chiqish lozim.

Ta'lim tizimida yoki o'quv faoliyatida innovatsiyalarni qo'llashda sarflangan mablag' va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko'zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o'zgaruvchan mexanizmga ega bo'lishi zarur. Barcha sohalarda bo'lgani kabi ta'limda ham "novatsiya", "innovatsiya" hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to'g'risida so'z yuritiladi. Ilmiy adabiyotlarda "novatsiya" (yangilanish, yangilik) hamda "innovatsiya" (yangilik kiritish)

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

tushunchalarining bir-biridan farqlanishiga alohida e'tibor qaratiladi. Pedagogning innovatsion faoliyati quyidagilar bilan belgilanadi:

- yangilikni qo'llashga tayyorgarligi;

- pedagogik yangiliklarni qabul qilishi;

- novatorlik darajasi;

- kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi;

- ijodkorligi Innovatsion faoliyat

- yangi ijtimoiy talablarning an'anaviy me'yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g'oyalarning mavjud g'oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni echishga qaratilgan faoliyat.

Zamonaviy sharoitda ta'lim-tarbiya jarayonlarini texnologiyalashtirish kam kuch va vaqt sarfagan holda kutilayotgan natijani qo'lga kiritishga imkon beradi, o'qitish sifatini yaxshilab, samaradorligini oshiradi. Pedagogik innovatsiyalar pedagogik faoliyatga yangiliklarning izchil olib kirilishini tavsiflaydi. Pedagogik innovatsiyalarning didaktik imkoniyatlariga ko'ra ta'lim tizimi va jarayoni rivojlanib boradi. O'qituvchining innovatsion faoliyati pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg'a undovchi, bunyodkorlikka rag'batlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo'lib, ta'lim jarayonining sifatini kafolatlaydi. SHu sababli har bir o'qituvchi innovatsiyalarning mohiyatini to'la tushungan holda o'z faoliyatiga izchil tatbiq eta olishi zarur.

Yuqoridagi muammolarni tushunib, xulosa qilishimiz mumkin: faqat yuqori sifatli ta'lim orqali biz kerakli bilim, ko'nikma va malakalarga, kerakli ma'lumotlarga ega, o'z xavfsizligi va boshqalarning xavfsizligini ta'minlaydigan yuksak shaxsni tarbiyalashimiz mumkin. Bunday sharoitda oliy ta'lim tashkilotlari hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ichki ta'lim muhiti ushbu yo'nalishda maktabgacha ta'lim sifatini ta'minlash uchun asos bo'lib xizmat qilishi lozim.

Vatanga sodiq, xalqiga fidoyi, o'z mustaqil fikriga ega, har qanday muammoni ongli ravishda, mas'uliyat bilan hal qila oladigan, izlanuvchan, yangilikka intiluvchi, milliy istiqlol g'oyalariga sadoqatli avlodni tarbiyalash zamon talabi bo'lib turibdi.

REFERENCES

1. Muratova, M. (2022). MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA OTA-ONALARNI TA'LIM TARBIYAVIY JARAYONDA FAOL ISHTIROKINI TA'MINLASHNING AMALIYOTDAGI HOLATI. Science and innovation, 1(B7), 10911096.

2. Muratova, M. O. R., & Dekhkambaeva, Z. (2022). Maktabgacha Ta'lim Muassasasida Bolalarning Hayot Faoliyati Xavfsizligi. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities, 13, 111-113.

3. Muratova, M. O. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA AKT NING SALBIY TASIRI. In ПРОБЛЕМЫ НАУЧНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ И ПУТИ ИХ РЕШЕНИЯ (pp. 7-11).

4. Muratova, M. (2023). NEGATIVE CONSEQUENCES OF BULLYING IN RELATION TO PRESCHOOL CHILDREN. International Journal of Pedagogics, 3(10), 43-47.

5. Khasanova, S. T., & Vasila, T. (2023, May). DEVELOPMENT OF IMAGINARY-CREATIVE COMPETENCES IN THE PROCESS OF PREPARING FUTURE TEACHERS FOR PROFESSION. In Next Scientists Conferences (pp. 84-91).

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

6. Махмудова, Д. А. (2023). ПРОБЛЕМЫ ЦИФРОВОЙ ПЕДАГОГИКИ И РАЗВИТИЕ ЦИФРОВОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ОБУЧАЮЩИХСЯ. Лучшие интеллектуальные исследования, 8(1), 143-147.

7. Yakubova, Z. Z. (2022, October). MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILO TIDA BOLANING RIVOJLANISHI VA TARBIYASIGA PROFESSIONAL YORDAM KO 'RSATISHDA OILA, MAHALLA VA MAKTAB BILAN HAMKORLIK ISHLARI. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 8, pp. 68-73).

8. Yakubova, Z. Z. (2023). MILLIY TARBIYA ASOSIDA BOLA SHAXSINI RIVOJLANTIRISHDA OILA, MAXALLA VA MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLAR HAMKORLIGI. GOLDEN BRAIN, 7(15), 141-147.

9. Nuraliyevna, Q. D. (2021). Approaches to the development of inclusive competence in preparation of future teachers for professional activity. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 2314-2320.

10. Ramozonova, B. (2023). PEDAGOGICAL-PSYCHOLOGICAL FACTORS OF IMPROVING THE METHODOLOGY OF DEVELOPING PROFESSIONAL COMPETENCES OF FUTURE EDUCATORS DURING THE PROCESS OF QUALIFIED EDUCATIONAL PRACTICE. Science and innovation, 2(B4), 228-230.

11. Ramozonova, B. S., & Gafforova, D. A. (2022). TECHNOLOGIES FOR DEVELOPING CREATIVITY AND COMPETENCIES OF FUTURE PEDAGOGUES IN THE PROCESS OF PRACTICE. Экономика и социум, (10-2 (101)), 158-161.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.