Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TIZIMLI YONDASHUV ASOSIDA PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TIZIMLI YONDASHUV ASOSIDA PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
899
89
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tizim / obyekt / subyekt / innovatsiya / nazariy-metodologik / motivlashtirish / boshqaruv strategiyasi / kommunikatsiyalar / loyiha. / система / объект / субъект / инновация / теоретико-методологическая / мотивация / стратегия управления / коммуникации / проект.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Hasanova, Gulnoz Qosimovna, Toirova, Gullola Akmal Qizi

MTT da tashkil etiladigan pedagogik jarayonlarni ilmiy asosda tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishda fan-texnika yutuqlariga asoslangan eng samarali metodlar va uning mazmun-mohiyati tarbiyachilar o‘z faoliyatida afzal bilgan va ilmiy asoslangan barcha usullardan tashkil topgan tizim sifatida qaraladi. Bunda bir tomondan tarbiyachilar bilan tarbiyalanuvchilarning faoliyati mazmuni, boshqa tomondan bu tizimning o‘zi pedagogik jarayonlarni takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tizimli yondashuv asosida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishdagi faoliyatlar ilgari surilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ОРГАНИЗАЦИЯ И УПРАВЛЕНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИМ ПРОЦЕССОМ НА ОСНОВЕ СИСТЕМНОГО ПОДХОДА В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

Наиболее эффективными методами, основанными на научно-технических достижениях, являются методы совершенствования организации и управления педагогическими процессами в ОДО на научной основе, а его содержание рассматривается как система, состоящая из всех научно-обоснованных методов, предпочитаемых воспитателями. При этом, с одной стороны, содержание деятельности воспитателей и учащихся, с другой стороны, сама система играет важную роль в совершенствовании педагогического процесса. В данной статье речь пойдет об организации и управлении педагогическими процессами в дошкольных образовательных учреждениях на основе системного подхода.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TIZIMLI YONDASHUV ASOSIDA PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA TIZIMLI YONDASHUV ASOSIDA PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISH VA

MTT da tashkil etiladigan pedagogik jarayonlarni ilmiy asosda tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishda fan-texnika yutuqlariga asoslangan eng samarali metodlar va uning mazmun-mohiyati tarbiyachilar o'z faoliyatida afzal bilgan va ilmiy asoslangan barcha usullardan tashkil topgan tizim sifatida qaraladi. Bunda bir tomondan tarbiyachilar bilan tarbiyalanuvchilarning faoliyati mazmuni, boshqa tomondan bu tizimning o'zi pedagogik jarayonlarni takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tizimli yondashuv asosida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishdagi faoliyatlar ilgari surilgan.

Kalit so'zlar: Tizim, obyekt, subyekt, innovatsiya, nazariy-metodologik, motivlashtirish, boshqaruv strategiyasi, kommunikatsiyalar, loyiha.

Наиболее эффективными методами, основанными на научно-технических достижениях, являются методы совершенствования организации и управления педагогическими процессами в ОДО на научной основе, а его содержание рассматривается как система, состоящая из всех научно-обоснованных методов, предпочитаемых воспитателями. При этом, с одной стороны, содержание деятельности воспитателей и учащихся, с другой стороны, сама система играет важную роль в совершенствовании педагогического процесса. В данной статье речь пойдет об организации и управлении педагогическими процессами в дошкольных образовательных учреждениях на основе системного подхода.

Ключевые слова: система, объект, субъект, инновация, теоретико-методологическая, мотивация, стратегия управления, коммуникации, проект.

Pedagogik jarayonlarda tarbiyachilar bilan tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish, ya'ni subyekt-subyekt munosabatlarini

840

BOSHQARISH

Hasanova Gulnoz Qosimovna

BuxDU maktabgacha ta'lim kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi

Toirova Gullola Akmal qizi

BuxDU ta'lim va tarbiya nazariyasi (maktabgacha ta'lim) 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

shakllantirish o'zaro ta'sir jarayonida amalga oshiriladi va mazkur jarayonda o'zaro ta'sir etish madaniyati shakllanib, rivojlanib boradi. O'zaro ta'sir etish madaniyatining rivojlanishi ta'limiy muhitda innovatsion o'zgarishlar bilan uzviy bog'liq bo'ladi.

Pedagogik jarayonlarda innovatsiyalar o'zaro ta'sir madaniyatining eng muhim va asosiy vositalaridan biri sifatida namoyon bo'lib, ular innovatsion jarayonlarda nafaqat o'zining tavsifi va xususiyatlari bilan, balki pedagogik jarayonlarni takomillashtirishning eng muhim omillari sifatida ham belgilanadi. Bu o'z navbatida innovatsiyalarning sifatini va ahamiyatliligini belgilash bilan bir qatorda, vaziyatlarga ko'ra ularni tatbiq etish vaqtlarini ham oldindan belgilaydi.

O'zaro ta'sir madaniyati umumiy ijtimoiy madaniyatning tashkil etuvchi komponenti sifatida ma'lum bir ijtimoiy madaniyat kontekstida tushunchalar, shaxslararo munosabatlar va o'zaro ta'sir natijasida shakllanadi va unda qator kattaliklar - an'anaviylik, dolzarblik darajasi, motivlashtirish tizimi,rahbarlik uslublari, tashkiliy muhitning sifati, kommunikatsiyalar, personalni boshqarish,boshqaruv strategiyasi, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning kasbiy hamda shaxsiy madaniyati rasmiy jihatdan namoyon bo'ladi. O'zaro ta'sir ma daniyatining an'anaviyligi milliy-tarixiy ijtimoiy madaniyat bilan pedagogikaning o'zaro bog'liqligiga asoslanuvchi umumtaraqqiy va milliy ta'lim-tarbiya madaniyatining pedagogik tizimda barqaror namoyon bo'lishi, uning dolzarbligi ta'limiy muhitda qulay vaziyatlarning vujudga kelishi sifatida va ijtimoiy ehtiyojlarga mos kelishi bilan belgilanadi. Ta'limiy muhitning sifati uning holatining milliy-madaniy namunalar bilan mos kelishini hamda pedagogik jarayonning samaradorlik darajasi va subyektlar (tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar)ning imkoniyat darajasini belgilaydi. Ya'ni, vujudga kelayotgan vaziyatlarni ta'limiy muhitning asosiy tashkil etuvchi elementlari bilan muvofiqlashtirish o'zaro ta'sir madaniyatining asosiy ko'rsatkichi sifatida xizmat qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Pedagogik jarayonlarni takomillashtirish vositalarining nazariy-metodologik asoslari pedagogik jarayonlarning yangi shaklini vujudga keltiruvchi, ta'limning tarkibiy tuzilishining sifatlarini belgilovchi yangi g'oyalar hisoblanadi. Shunga ko'ra, MTT tarbiyachilarining pedagogik jarayonlarni takomillashtirishga ta'sir ko'rsatuvchi vositalarini tavsiflovchi integrativ xususiyatlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- innovatsion tartibda faoliyat ko'rsatishni tashkil etishning umumiy tamoyillari;

- pedagogik jarayonlarni rivojlantirish va takomillashtirish bilan bog'liq bo'lgan g'oyalarning mavjudligi;

- ijtimoiy organizm sifatida jamoani rivojlantirish va tarbiyalanuvchi -ixtirochilar jamoasini vujudga keltirish bo'yicha tashkiliy-metodik faoliyat;

- yangi tarkibiy tuzilishga ega va mazmunan rivojlantirilgan ta'lim dasturlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish asosida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish;

- pedagogik jarayon subyektlarining ijodiy qobiliyatlarini psixologik-pedagogik jihatdan rivojlantirish;

- pedagogik jarayonlarni takomillashtirishda subyektlarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olish;

- yagona ta'lim-tarbiyaviy maqsadni amalga oshirish va rivojlantirish uchun o'zaro birikkan tarbiyalanuvchi, tarbiyachi va ota-onalarning hamkorligini vujudga keltirish.

Bunday hollarda MTT tarbiyachilari pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish funkstiyalari bilan bir qatorda, boshqaruvchi, tarbiyachi va tadqiqotchi funksiyalarini ham bajarishi zarur. Chunki pedagogik jarayonlarni takomillashtirish asosida ko'zlangan natijalarga erishishda, eng avvalo, pedagogik jarayonlarda vujudga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni o'rganish va tahlil qilish va ularni bartaraf etishda bajarilishi zarur bo'lgan vazifalarni, maqsadni aniqlash, shuningdek, pedagogik jarayon subyektlaridan biri hisoblanayotgan tarbiyalanuvchilarning imkoniyati va ehtiyojlarini inobatga olish zarur.

Pedagogik jarayonlarni takomillashtirishda innovatsiyalarni pedagogik jarayon subyektlarining harakatlanishi va faolligini ta'minlovchi hamda maqsadga yo'naltirilgan ijodiy, sifatiy o'zgarishlar jarayonini vujudga keltiruvchi vosita sifatida belgilash mumkin. Boshqacha qilib aytganda, innovatsiya eskilikning yangilik bilan o'zaro o'rin almashinishini ta'minlovchi vosita deb aytishimiz mumkin.

Innovastiya tushunchasi tadqiqotlarda "yangilik kiritish" tushunchasi sifatida ko'rib chiqiladi, "innovastion jarayon" tushunchasi esa yangilik yaratish va ularni o'zlashtirish hamda ta'lim muassasasi amaliyotida samarali qo'llash jarayoni sifatida ifodalanadi.

Demak, pedagogik jarayonlarni takomillashtirishda innovatsiya (yangilik kiritish) - maqsadga yo'naltirilgan o'zgartirishlar vositasi, innovastion jarayon - pedagogik

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

jarayonlarga yoki pedagogik faoliyatga o'zgartirishlar ( yangilik) kiritish vositasi deb aytishimiz mumkin.

Bizning fikrimizcha, bu jarayonda quyidagi qator vazifalar pedagogik jarayonlarni takomillashtirish, yangiliklar kiritishni amalga oshirishda pedagogik innovatsiyalarni samaradorligining asosiy shartlari hisoblanadi:

- ta'lim tashkiloti jamoasi uchun yangilik kiritishning dolzarbligi mavjud muammolarni uzil-kesil hal qilish va pedagogik jarayon samaradorligini ta'minlashning asosiy omillari sifatida belgilanishi;

- tanlangan innovatsion vositalarni ta'lim tashkilotining imkoniyatlariga mos kelishi;

- innovatsiyalarning to'la ilmiy asoslanganligi;

- innovatsion jarayonlarning ahamiyatliligi va tizimliligi;

-yangilik yaratuvchi va undan foydalanuvchilarning shaxsiy-individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish;

-innovatsiyalarning ahamiyatini anglash har bir subyektning yuqori darajadagi mas'uliyati hamda javobgarligini ifodalashi;

- innovatsion jarayonlarda tavakkalchilikni minimal darajada bo'lishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish zaruriyati;

- tavakkalchilik darajasini tushunish va ularning asoslanganligi zaruriyati;

- ta'lim mazmunida, pedagogik loyihalarda o'zgartirishlar hamda rivojlanish tamoyillarining o'z ifodasini topishi.

MTTda pedagogik jarayonlarni innovatsion yondashuv asosida takomillashtirishga obyektiv va subyektiv omillar sabab bo'ladi.

Obyektiv omillarga davlatning yangi ta'lim siyosati, ta'lim sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlar, ta'lim tashkilotlarining innovatsion faoliyat yo'nalishidagi tajribalarini kiritishimiz mumkin.

Subyektiv omillarga ijtimoiy-hududiy ehtiyoj hamda ta'lim tashkilotlari faoliyatining rivojlanish jarayoni, tarbiyachilarning bilim, ko'nikma va malakalarini va ta'lim tashkiloti ilmiy-pedagogik salohiyatining rivojlanishi.

Pedagogik jarayonlarni takomillashtirish ilg'or pedagogik texnologiyalarni aniqlash va tatbiq etish muammolarini vujudga keltiradi va bular subyekt-subyekt munosabatlariga asoslanadi, bu munosabatlar shaxsning qiziqishlari, qobiliyatlari va sifatlarini anglashga yo'naltirilgan umumiy rivojlanish shartlarini belgilovchi asoslar hisoblanadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Pedagogik jarayonlarni takomillashtirish yo'nalishida amalga oshirilgan ishlarning samaradorligini aniqlash pedagogik jarayon subyektlari faoliyatini obyektiv baholashni talab etadi va bunga quyidagilar misol bo'ladi:

- pedagogik jamoaning kasbiy mahoratini o'sishi;

- jamoada barcha uchun qulay ijtimoiy-psixologik muhitni vujudga kelishi hamda uning mustahkam va ijobiy xususiyatlari;

- pedagogik jarayonlarni takomillashtirish va rivojlantirishga subyektlar moyilligi va jamoaning tayyorgarligi;

- ilmiy va ilmiy-metodik salohiyatni o'sishiga jamoadagi moyillik;

-tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar o'rtasida axborotlar almashinuvi sifatining

o'sishi;

- uzluksiz ta'lim tizimining navbatdagi bosqichlarida o'qishni davom ettirishlari uchun tarbiyalanuvchilarni tayyorlash darajasi va ta'lim muassasasida yaratilayotgan shart-sharoitlar sifati;

- umumiy maqsadlarning mavjudligi va manfaatlar uyg'unlashuvi;

-innovatsion jarayonlarda tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning samarali

ishtirokini ta'minlovchi chora-tadbirlarning mavjudligi.

MTTda tashkil etiladigan pedagogik jarayonlarda qulay ta'limiy muhitni shakllantirish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratishda tarbiyalanuvchilarning ehtiyojlari va imkoniyatlarini o'rganish asosida ularning faolligini rivojlantirish zarur bo'lib, ularning faolligini ta'minlashda motivlashtirish pedagogik jarayonlarni takomillashtirish vositalaridan biri sifatida maydonga chiqadi.

Amerikalik psixolog A. Maslou nazariyasi bo'yicha barcha ehtiyojlarni qat'iy iyerarxiya strukturasi bo'yicha joylashtirish mumkin. U quyi darajadagi ehtiyojlarni qondirishni talab qiladi, o'z navbatida inson xulqiga ta'sir ko'rsatadi, yuqori darajadagi ehtiyojlar esa asta-sekin ta'sir ko'rsatadi.

Maslou inson hayotidagi mavjud ehtiyojlardan beshta asosiylarini ajratib ko'rsatadi. Birlamchi ehtiyojlar - bu insonning hayotiy faoliyatini ta'minlash uchun zarur bo'lgan ehtiyojlar. A.Maslouning fikricha, inson, eng avvalo ana shu ehtiyojlarini qondirish uchun ishlaydi. Birlamchi ehtiyojlar hisoblangan oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, uy-joyga, uyquga bo'lgan ehtiyoj qondirilsa, boshqa darajadagi ehtiyojlar ham asta-sekin ahamiyat kasb etib boradi.

Yuqorida aytganimizdek, birlamchi ehtiyojlar qondirilgach, boshqa zaruriyatlar kishilarni yuqori darajadagi ehtiyojlarga qarab harakat qilishga majbur qiladi. Lekin, insonning barcha ehtiyojlarni hech qachon to'la-to'kis qondirish imkoniyati bo'lmaydi. Shu sababli ehtiyojlarga asoslangan motivlashtirish jarayoni mavjuddir.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Mak Klelland nazariyasida asosiy e'tibor yuqori darajadagi ehtiyojlarga qaratiladi, ularga hokimiyat, muvaffaqiyat, mansublik kiradi. Hokimiyat ehtiyoji -boshqa odamlarga ta'sir ko'rsatishga xohish, bu albatta hokimiyatga intilish emas, balki o'z ta'sirini ko'rsatish ehtiyoji. Muvaffaqiyatga bo'lgan ehtiyoj ma'lum bir vazifani muvaffaqiyat bilan bajarish orqali amalga oshiriladi.

Mansublik ehtiyoji Maslou nazariyasiga o'xshash bo'lib birga ishlaydigan xodimlar, tanishlar huzurida bo'lishi, do'stona munosabatlar o'rnatishdan manfaatdorlikni ifodalaydi.

Frederik Gertsbergning motivlashtirish nazariyasi boisiy tozalanish (motivastionnaya gigiena) deb yuritilib, uning asosida qoniqish keltiruvchi mehnat -ruhiy sog'lom bo'lishga ham hamkorlik ko'rsatadi degan fikr yotadi.

Agar ish joyi iflos, qorong'i, ko'rimsiz bo'lsa bu mehnatga intilishni kamaytiradi. Agar ish joyi toza, ergonometrik nuqtai nazardan benuqson bo'lsa, mehnatga aniq ifodalangan motivlar paydo bo'ladi. Gertsberg bu omillarni "gigienik" omillarga oid deb hisoblaydi.

Motivlashtirishda amerikalik psixolog V.Vrum tomonidan 1964 yilda ishlab chiqilgan kutish nazariyasi ham muhim ahamiyat kasb etib, mehnatning natijasini kutish, ya'ni mehnat xarajatlari bilan olingan natija o'rtasidagi farqni, foydani kutish, natija bilan rag'batlantirish o'rtasidagi farqni kutish, bu yerda rag'batlantirish mehnat natijasidan qoniqish yoki qoniqmaslikni bildiradi. Ya'ni, kutilgan natijaga erishish motivlashtirishning holatini belgilaydi, rahbarlar tomonidan mehnati natijalariga ko'ra xodimlarning o'z vaqtida rag'batlantirilib borishi motivlashtirishni kuchaytiradi va h.k. Umuman olganda ta'lim tashkilotlarida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlarda motivlashtirish subyektlarning (tarbiyachilar, tarbiyalanuvchilar) mazkur jarayonlarda keng miqyosda ishtirok etishiga asoslangan bo'lib, uni qo'llash orqali sog'lom ijtimoiy-ruhiy muhit yaratiladi. Bunda ijtimoiy-psixologik metodlar mehnat faolligini oshirishga qaratilgan bo'lib, u subyektlarning ma'naviy va ijtimoiy xulqiga ta'sir etish orqali amalga oshiriladi.

Psixologik adabiyotlarda motivlashtirish keng ma'noda inson hayotining (uning xulq-atvori, faoliyatining) murakkab, ko'p qirrali boshqaruvchisi deb keltiriladi. Tarbiyalanuvchilar faoliyati turli motivlar yordamida boshqarilishi mumkin. Motivlar yordamida irodaviy hatti-harakatlarni vujudga keltiruvchi va faoliyatni muvofiqlashtiruvchi ta'sir samarali hisoblanib, faoliyat natijalarining samaradorligi motivlarning xususiyatiga bog'liq bo'ladi, bu o'z navbatida motivlashtirish jarayonining samaradorligini ifodalaydi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga asoslanib aytish mumkinki, pedagogik jarayonlarni takomillashtirishda motivlashtirish bu pedagogik jarayon samaradorligini ta'minlash yo'nalishidagi mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, tarbiyalanuvchi faoliyatini psixologik ta'sir etish yo'llari bilan maqsadga muvofiq yo'naltirishdir. Motivlashtirish jarayonida pedagogik jarayon subyektlari ehtiyojlari yoki ularning umumiy manfaatlarini ifodalovchi ehtiyojlarni inobatga olish zarur hisoblanadi, chunki motivlashtirish ehtiyojlarning qondirilishi asosida amalga oshiriladi. Pedagogik jarayonlarda motivlashtirish ijtimoiy amaliyot va ta'lim ehtiyojlaridan kelib chiqib, subyektlarning qiziqishlarini, egallayotgan bilim, ko'nikma va malakalarini tahlil qilish orqali ularning faolligini rivojlantirishga yo'naltirilgan bo'lishi zarur. Mavjud ehtiyojlarni o'rganish asosida tarbiyalanuvchilar faolligini ta'minlashga va rivojlantirishga, ya'ni o'qish, o'rganish va bilim olishga yo'naltiruvchi motivlarni shakllantirish pedagogik jarayonlarda subyektlar faolligini ta'minlash va rivojlantirishga xizmat qilishi bilan bir qatorda, ularni jismoniy yoki aqliy mehnatga, shuningdek, dam olish, bilim olish, hunar o'rganish, umuman olganda yashash uchun kurashishga chorlaydi.

Motivlashtirishning samaradorligi pedagogik jarayonlarda erishish mumkin bo'lgan natijalar bilan erishilgan natija o'rtasidagi mutanosiblikni ifodalab, pedagogik jarayonlarni takomillashtirish va samaradorlikka erishish uchun quyidagi shartlarning bajarilish zaruriyatini belgilaydi:

- tarbiyalanuvchilarning boshlang'ich tushunchalariga ilmiy yondashish;

- pedagogik jarayonlarda motivlarning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olish;

- tarbiyalanuvchilarda bilim olishga bo'lgan ijobiy motivlarni shakllantirish;

- pedagogik jarayonlarda subyektlar faolligini ta'minlash uchun qulay vaziyatlarni vujudga keltiruvchi ijodiy muhitni tashkil etish;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- pedagogik jarayonlar komponentlarining o'zaro bog'liqligi va aloqadorligini inobatga olish;

- pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishga innovatsion tuzilishga ega bo'lgan murakkab pedagogik tizim sifatida yondashish;

- pedagogik jarayonlarda tarbiyalanuvchilar faolligini ta'minlovchi, tanqidiy va tahliliy fikrlashga undovchi reflekstiv yondashuvni joriy etish;

- pedagogik jarayonlarda shaxsga yo'naltirilgan ta'sirning o'ziga xos xususiyatlarini hamda tarbiyalanuvchilarning reflektiv faoliyatining ahamiyatini inobatga olish.

MTTda pedagogik jarayonlarni tashkil etish, boshqarish va takomillashtirishda alohida e'tibor qaratilishi zarur bo'lgan omillardan biri pedagogik jarayonlar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

samaradorligining motivlashtirishga bog'liqligi bo'lib, motivlashtirish pedagogik jarayonlarni takomillashtirish va samaradorligini ta'minlashda subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning faolligini ta'minlash va rivojlantirish vositasi sifatida zarur. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish, boshqarish va ularning samaradorligini ta'minlashda axborotlar bilan ishlash va ularning yangiligi va ishonchliligini ta'minlash o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Pedagogik jarayonlar to'g'risidagi hamda tarbiyalanuvchilarning tasavvuri, boshlang'ich tushunchalari, ularning dunyoqarashi, ehtiyoji va yashash sharoitlari bo'yicha axborotlar to'plash va ularni chuqur o'rganish, tahlil qilish hamda obyektiv baholash tarbiyachilarning eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Mazkur vazifalarni amalga oshirish asosida pedagogik jarayonlarni takomillashtirish va rivojlantirish yo'llari, tarbiyalanuvchilarda ijobiy motivlarni shakllantirish va rivojlantirish omillari va vositalari aniqlanadi hamda samaradorlik ta'minlanadi.

Axborot - pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda, shuningdek mazkur jarayon subyektlari hisoblangan tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar faoliyatini tashkil etish va ularni muvofiqlashtirishda, pedagogik jarayonlarni ilmiy asosda tashkil etish hamda samaradorligini oshirishda o'ziga xos, turli xil yangiliklarni o'z ichiga olgan ma'lumot va xabarlardan iborat bo'lib, yangi, ishonchli va zarur axborotlar pedagogik jarayon subyektlari faoliyatini muvofiqlashtirishda o'ziga xos ahamiyat kasb etadi.

Axborotlar bilan ishlash - turli ma'lumotlarni to'plash, qayta ishlash va uzatishdan iborat bo'lib, pedagogik jarayonlar subyektlari faoliyatini muvofiqlashtirish jarayonida qo'llaniladi. Bu jarayonda pedagogik jarayon tashkilotchilari hisoblangan rahbarlar va tarbiyachilar kelib tushayotgan asosiy ma'lumotlarning generatori sifatida faoliyat ko'rsatadi va ular uchun asosiy vosita axborotlar bo'lib, ular asosida pedagogik jarayon subyektlari faoliyati muvofiqlashtirib boriladi.

Axborotlar bilan ishlash tarbiyachilar bilan tarbiyalanuvchilar o'rtasidagi shaxsiy va texnologik axborotlar almashuvini tashkil etadi. Uning asosiy xususiyati tarbiyachilar tomonidan tarbiyalanuvchilarning faoliyatini muvofiqlashtirish, pedagogik jarayonlarda shaxsga yo'naltirilgan ta'sirni vujudga keltirish asosida ularning faolligini ta'minlash, tarbiyalanuvchilarning o'z o'quv faoliyatidan va tashkil etilgan pedagogik jarayonlarda yaratilgan shart-sharoitlardan qoniqish xosil qilishlari uchun ularda qiziqishlar vujudga keltirish bilan belgilanib, bu xususiyat

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tarbiyachilaming o'qitish funkstiyalari bilan bir qatorda, axborotlar bilan ishlash funksiyasining ko'rsatkichlari bilan bog'liq bo'ladi.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tizimli yondashuv asosida pedagogik jarayonni tashkil etish va boshqarish samaradorligiga erishish uchun pedagogic faoliyat subyektlarining yangi va zamonaviy axborotlar bilan ishlash ko'nikmasini shakllantirish va tarbiyalanuvchilarni ta'limiy va tarbiyaviy jihatdan motivlashtirishdan iborat .

REFERENCES

1. Turg'unov S.T., L.A. Maqsudova, H.M. Tojiboyeva, G.M. Nazirova, M.A.Umaraliyeva Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish,sifat va samaradorligini oshirish texnologiyalari Toshkent 2014 122 bet

2. Djuraeva B.R., Tojiboeva H.M., Nazirova G.M. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning zamonaviy tendenstiyalari Toshkent, - O'zPFITI. - 2015. 112 bet.

3. Djuraeva B.R., Umarova X.A., Tojiboeva H.M., Nazirova G.M. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim jarayonining sifati va samaradorligini takomillashtirishning pedagogik tizimi monografiya Toshkent, Real print. - 2017.

160 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.