Научная статья на тему 'BО‘LAJAK PEDAGOGLARINI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING MEXANIZMI (ЧЕТ ТИЛЛАР МИСОЛИДА)'

BО‘LAJAK PEDAGOGLARINI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING MEXANIZMI (ЧЕТ ТИЛЛАР МИСОЛИДА) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
107
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zamonaviy usulda tayyorlash / ijodiy fikr / ta’lim konsepsiyasi / integrativ bilimlar / о‘qitish texnologiyalari va loyihalash / innovatsion metodlar / professional nutq / Pedagogika / Mutaxasislik / Ta’lim / Tarbiya. / Modern training / creative thinking / educational concepts / integrative knowledge / teaching technologies and design / innovative methods / professional speech / Pedagogy / Specialization / Education / Education.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Matkarimova Nargiz Muxamataminovna

Ushbu maqolada oliy о‘quv yurtlari talabalarini turli profildagi ta’limda ishlashga metodik tayyorlashning asosiy yо‘nalishlarini asoslash orqali bо‘lajak chet tili о‘qituvchisini metodik tayyorlashning tarkibiy va funksional modelini takkomillashtirishning mazmuni va darajalarini aniqlash ularni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlarini beradi. Bо‘lajak chet tili о‘qituvchilarini zamonaviy usulda tayyorlash masalalari, kreativ fikrlaydigan chuqur bilimga ega, murakkab ijtimoiy va ishlab chiqarish muammolarini hal etishga qodir mutaxassislarni tayyorlash haqida tо‘xtalib ilmiy jihatdan ochib berilgan. tezisimizda Olimlarning kasbiy tayyorlash to’g’risidagi fikrlari, bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy tayyorlashning pedagogik-psixologik jihatlariva kasbiy tayyorlash omillari va shart-sharoitlari haqida ma’lumot berishdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MECHANISM OF PREPARING FUTURE TEACHERS FOR PROFESSIONAL ACTIVITY (FOREIGN LANGUAGES AS AN EXAMPLE)

This article, determining the content and levels of improving the structural and functional model of systematic training of future foreign language teachers by justifying the main directions of methodical training of students of higher educational institutions to work in different profiles of education provides pedagogical opportunities for preparing them for professional-pedagogical activities. . The issues of training future foreign language teachers in a modern way, focusing on the training of specialists with deep knowledge who think creatively, and are able to solve complex social and production problems, are revealed scientifically. in our thesis on professional training of scientists opinions, to provide information about the pedagogical and psychological aspects of professional training of future teachers and the factors and conditions of professional training.

Текст научной работы на тему «BО‘LAJAK PEDAGOGLARINI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING MEXANIZMI (ЧЕТ ТИЛЛАР МИСОЛИДА)»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

BO'LAJAK PEDAGOGLARINI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING MEXANIZMI (HET THMAP MHCO^H^A)

Matkarimova Nargiz Muxamataminovna

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Xitoyshunoslik fakulteti stajor o'qituvchisi

ABSTRACT

This article, determining the content and levels of improving the structural and functional model of systematic training of future foreign language teachers by justifying the main directions of methodical training of students of higher educational institutions to work in different profiles of education provides pedagogical opportunities for preparing them for professional-pedagogical activities. . The issues of training future foreign language teachers in a modern way, focusing on the training of specialists with deep knowledge who think creatively, and are able to solve complex social and production problems, are revealed scientifically. in our thesis on professional training of scientists opinions, to provide information about the pedagogical and psychological aspects of professional training of future teachers and the factors and conditions of professional training.

Keywords. Modern training, creative thinking, educational concepts, integrative knowledge, teaching technologies and design, innovative methods, professional speech, Pedagogy, Specialization, Education, Education.

Ushbu maqolada oliy o'quv yurtlari talabalarini turli profildagi ta'limda ishlashga metodik tayyorlashning asosiy yo 'nalishlarini asoslash orqali bo 'lajak chet tili o 'qituvchisini metodik tayyorlashning tarkibiy va funksional modelini takkomillashtirishning mazmuni va darajalarini aniqlash ularni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlarini beradi. Bo 'lajak chet tili o 'qituvchilarini zamonaviy usulda tayyorlash masalalari, kreativ fikrlaydigan chuqur bilimga ega, murakkab ijtimoiy va ishlab chiqarish muammolarini hal etishga qodir mutaxassislarni tayyorlash haqida to 'xtalib ilmiy jihatdan ochib berilgan. tezisimizda Olimlarning kasbiy tayyorlash to'g'risidagi fikrlari, bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy tayyorlashning pedagogik-psixologik jihatlariva kasbiy tayyorlash omillari va shart-sharoitlari haqida ma 'lumot berishdir.

Kalit so'zlar. Zamonaviy usulda tayyorlash, ijodiy fikr, ta'lim konsepsiyasi, integrativ bilimlar, o'qitish texnologiyalari va loyihalash, innovatsion metodlar, professional nutq, Pedagogika, Mutaxasislik, Ta 'lim, Tarbiya.

ANNOTATSIYA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(9), September, 2023

KIRISH

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o'qitishning kompleks tizimi, ya'ni uyg'un kamol topgan, o'qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo'naltirilgan tizim yaratildi. Mustaqillik yillarida 51,7 ming nafardan ziyod chet tillar o'qituvchilari tayyorlandi, umumta'lim maktablarining 5 -9 sinflari uchun chet tillari bo'yicha zamonaviy multimedia darsliklari, boshlang'ich sinflarda ingliz tilini o'rganish bo'yicha elektron resurslar tayyorlandi, umumta'lim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda 8 mingdan ko'proq lingafon kabinetlari jihozlandi. Shu bilan birga, chet tillarni o'rganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini tahlil etish shuni ko'rsatmoqdaki, ta'lim standartlari, o'quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg'or zamonaviy axborot va media-texnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga to'liq javob bermayapti chunki bugungi kunning talabi tobora kundan kunga ortib bormoqda. Ta'lim asosan an'anaviy uslublarda olib borilmoqda. Ta'lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz o'rganishni tashkil qilish, shuningdek, o'qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy o'quv-uslubiy materiallar bilan ta'minlash yanada takomillashtirilishini taqozo etadi. Bugungi kunda mamlakatmizda ta'lim sohasida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo'llash ko'nikmalariga ega professional pedagog kadrlar tayyorlash, sohada ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarish uyg'unligini ta'minlash orqali ta'lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, ta'limga raqamli texnologiyalarni joriy etish, pedagogik va texnik bilimlarni mustahkam integratsiyasini ta'minlash pirovardida pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish asosiy maqsadlardan etib belgilangan. Jamiyatimizda ta'lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan islohotlar zamirida ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, rivojlangan davlatlar darajasidagi talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e'tiborda. Dunyoda ta'lim tizimini zamonaviy texnologiyalashtirish nazariyasi va amaliyotini takomillashtirish, bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashning metodik ta'minotini rivojlantirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Mazkur tadqiqot ishlari mazmunida bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy - pedagogik va ijtimoiy faoliyatlarida vujudga keladigan muammolarni hal etish maqsadida o'z huquq va majburiyatlarini chuqur anglagan holda mamlakat kelajagi yo'lidagi mas'uliyatni o'z zimmasiga olish kabi layoqatlarini shakllantirishga yo'naltirilgan ta'limni yo'lga qo'yish bo'yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirishda

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy faoliyatini rivojlantirish bugungi kunda pedagoglar oldida turgan muhim vazifalardan biri bo'lib, mazkur jarayon kompetensiyaviy yondashuvlarni ochib berishdan iboratdir.

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI

Mamlakatimiz prezidenti SH.M. Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati bilan birgalikda va jam oat tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar ishtirokida 2022-2026 -yillarda O'zbekistonni Taraqiyot strategiyasini ishlab chiqildi. Ushbu strategiyada davlat qurilishi, sud-huquq tizimini takomillashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va ijtimoiy sohani rivojlantirish, millatlararo do'stlik va hamjihatlikni mustahkamlash bo'yicha eng dolzarb vazifalar aniq belgilab berildi. Bo'lajak pedagogni kasbiy faoliyatga tayyorlashning muammoli modulli va maqsadli yondashuvlar integratsiyalashgan texnologiyasini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish, pedagogik-psixologik shart-sharoitlari va tamoyillarini SH.S.Sharipov tomonidan tavsiflab o'tilgan, N.A.Muslimovlarning ilmiy ishlarida o'quv jarayoni va bo'lajak o'qituvchining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish muammolari, SH.S.Sharipov, E.R.Yuzlikayeva tadqiqotlarida respublikamizda ta'lim muassasalarini bosharish moddellarini yaratish va joriy qilish masalalari o'rganilgan. Bo'lajak kasbiy ta'lim pedagogini loyihalash faoliyatiga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish pedagogning kasbiy kompetentligi tuzilmasida loyihalashtirish faoliyatining yangi bilimni loyiha ko'rinishida individual ma'sullashga yo'naltiradigan original fikrlash salohiyati rivojlanganligini ochib beradigan refleksiya va pedagogning mustaqilligini tavsiflovchi ijodiy darajalari aniqlandi. Bo'lajak pedagogni kasbiy tayyorgarlik esa - bo'lajak mutaxassisning psixologik, psixofiziologik, jismoniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarligini belgilaydi .

Zamonaviy pedagog uchun ta'lim jarayoni o'quvchilarning faoliyati bilan uzviy bog'langan va mazkur jarayonni tahlil qiladigan, umumlashtirib, tegishli hollarda o'zgartirishlar kiritiladigan ish jarayoni, kasbiy pedagogik faoliyati sanaladi. Oliy ta'lim muassasalari talabalarini real hayotiy va kasbiy vaziyatlarda muloqot ko'nikmalari va qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish, ularda jamiyatimizning ijtimoiy-kommunikativ sohasi uchun shaxsiy va ijtimoiy mas'ullik hissida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari aniqlangan. Mazkur imkoniyatlar bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy faoliyatga kirisha olishida muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.

Zamonaviy pedagogik-psixologik tadqiqotlarda ta'kidlanadiki, kommunikativ kompetentlik asosiy kompetensiyalar guruhiga kirib, kasbiy, ijtimoiy, ijtimoiy va shaxslararo faoliyatning muhim va ajralmas omili sifatida namoyon bo'ladi va shaxsning muvaffaqiyati hamda raqobatbardoshligini ko'p jihatdan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

belgilaydi.O'qituvchining kasbiy faoliyati muloqot madaniyatini rivojlanganligida aks etadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Bugundi kun talabalarning kasbiy - pedagogik faoliyatga tayyorlash muammosi keng o'rganilgan bo'lib, ular turlicha kasbiy faoliyatga tayyorlashga oid nazariyalar, konsepsiyalar, innovatsion yondashuvlar, faoliyat mexanizmlarga asoslangan holda tadqiq qilingan. Pedagogik ta'lim nazariyasida "faoliyat" tushunchasi bilan uzviy bog'langan va faoliyatning taxminiy variantlarini yaratish hamda uning natijalarini tashxislashdan iborat. Faoliyat shaxs tomonidan kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko'rinishi sanalib, insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko'ra belgilanadi. Talabalarning kasbiy pedagogik faoliyati - shaxs faoliyatida doimiy davom etuvchi serqirralikni o'zida namoyon etuvchi, pedagogik uddaburonligi, o'quvchilar ongining taraqqiy etib borishini istiqbolli ravishda rejalashtira olishi, o'quv maqsadlarini to'laqonli yorita olish metodikasini bilishi va ta'lim-tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira olishga bo'lgan layoqatiga aytiladi.

Oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashda "Chet tilini o'qitish metodikasi", "Chet tilini o'qitish texnologiyalari va loyiha", "Pedagogik nazariyasi" "Pedagogik mahorat" fanlari muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur fanlarni o'qitishda talabalarda kasbiy o'quv bilish faoliyatni rivojlantirish, biologik ta'lim mazmuni va tuzilmasi, zamonaviy yondashuvlar asosida biologik ta'lim mazmunini yangilash imkoniyatlari bilan tanishtiradi. Ushbu chet tilini fan asoslari bilan bog'liq bo'lgan o'quv, jarayonlar, prinsiplar va qonuniyatlarni bilish o'qituvchiga maktab chet tilini kursi bilan bog'liq o'quv-tarbiyaviy jarayonlarni zamon talablariga mos holda tashkil etish va boshqarish imkonini beradi. Bu esa chet tilini o'quv fanlarining mazmuni, uning o'qitish shakllari, metodlari, vositalarini o'zaro bog'liq holda joriy etishning maqsad qilib, biologik o'quv fanlar bo'yicha chuqur atroflicha bilim berish, ularning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida kamol topishiga ko'mak beruvchi innovatsion ta'lim texnologiyasidan unumli foydalanishni talab etadi. Bo'lajak chet tilini o'qituvchilarini kasbiypedagogik faoliyatga tayyorlashning pedagogik imkoniyatini beruvchi quyidagi vazifalarni belgilab olish maqsadga muvofiqdir: o'quvchi larning o'qitish va tarbiyalash, kamolga yetkazishda o'quv fanining o'rnini aniqlash; o'quvchilarning yoshiga mos ravishda o'quv fanlarining mazmuni, undagi mavzularning o'rganish izchilligini belgilash; biologik o'quv fanlarining o'ziga xos tomonlarini e'tiborga olgan holda, o'qitishning kollobrativ ta'lim texnologiyalari asosida tashkillash yo'llarini aniqlash va o'qitishning loyiha shakllarini ishlab chiqish;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

biologik bilim, ko'nikma va malakalarini tarkib toptirishda qo'llash uchun zarur bo'lgan fan mazmuniga oid jihozlarni aniqlash; chet tilini xonasi tirik burchak, tajriba yer maydonini tashkil yetish, tabiiy, tasviriy, dinamik, audio, video vositalarni belgilash; chet tilini o'quv fani bilan aloqador bo'lgan ta'lim-tarbiyaviy jarayonda o'quvchilarda sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini tarkib toptirish texnologiyalaridan (vitagen, salomatlikni saqlash ta'limi, salomatlik madaniyatini rivojlantirish va refleksiv ta'lim texnologiyalaridan) unumli foydalanishdan iboratdir.

TAHLIL VA NATIJALAR

Pedagogik innovatsiyalar muallif tomonidan ta'lim va tarbiya jarayonida avval ma'lum bo'lmagan, qayd qilinmagan holat yoki natijaga olib boruvchi pedagogik hodisaning o'zgarib turishi mumkin bo'lgan mazmuni ekanligi ta'kidlanadi. N.A.Moreva, V.A.Slastenin innovatsiyani yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanishga qaratilgan maqsadga muvofiq, yo'naltirilgan jarayoni majmui deb biladi. Muallifning fikriga ko'ra har qanday innovatsiya yangi vositalar yordamida ijtimoiy subyektlarning ehtiyojini qondirish va intilishlarini rag'batlantirish maqsadini ko'zlaydi. Oliy ta'lim muassasalarida innovatsion jarayonlarni tashkil etishda o'ziga xos yondashuvlar kuzatiladi.

- Innovatsion pedagogik yondashuv - mazkur jarayonda pedagoglar pedagogik innovatsiyalar, ularning turlari, yaratilishi, amaliyotga tatbiq etilishi, zamonaviy yondashuvlarga asoslangan pedagogik innovatsiyalar va ularni o'rganish, mahalliy shartsharoitlarni inobatga olgan holda amaliyotda ulardan foydalanishga doir bilim, ko'nikma, malakalarni izchil o'zlashtiradilar, o'z faoliyatlarida pedagogik innovatsiyalarni faol qo'llash borasidagi tajribalarni o'zlashtiradilar.

-Yakka tartibda ishlashga oid yondashuv -pedagoglar o'zlarining indiviual imkoniyatlari, qobiliyatlari, tajribalariga tayangan hola pedagogik innovatsiyalarni qo'llashda muayyan izchillikka erishadilar. Mazkur vaziyatda o'quvchilar bilan ishlashda psixologik yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Ularni ichki kechinmalarini his etish, mavjud muammolarni o'rganish va bartaraf etishga hamda o'quvchining bilish faoliyatini shakllantirishning pedagogik shart sharoitlarini yaratishning metodik imkoniyatini beradi.

-Ijodiy yondashuv - unga ko'ra har bir pedagog faoliyatini o'rganilayotgan mavzu, o'quv materialining mohiyati, shuningdek, o'z imkoniyatlari, salohiyati, mahorati, ish tajribasidan kelib chiqqan holda ta'lim va tarbiya jarayonlarini ijodiy ishlanmalar asosida intellektual his etishga asos bo'ladi.

Bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashning samarali metodlarini tanlash va amaliyotga tadbiq etish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, bo'lajak chet tilini o'qituvchilarining kasbiypedagogik faoliyatini

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

rivojlantirishda kompetensiyaviy yondashuv asosida biologik ta'lim mazmuni va strukturasi, zamonaviy muammolar, yondoshuvlar asosida biologik ta'lim mazmunini yangilash imkoniyatlari bilan tanishtiriladi. Chet tilini o'qituvchisini innovatsion faoliyatini o'ziga xos xususiyatlari, darajalari, o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo'llari, o'quvchilarga tavofutlab individual yondashish kabi masalalari muhim ahamiyatga egadir. Innovatsion muhit sharoitida chet tilini darslari, laboratoriya va amaliy mashg'ulot, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish, o'quvchilarning mustaqil bilim olish faoliyatini tashkil yetish va boshqarish ko'nikmalariga ega bo'lishi, mustaqil va ijodiy, tanqidiy-tahliliy fikr yuritish, turli pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish va ulardan chiqishning muqobil variantini tanlash, ilg'or tajribalarni o'zlashtirish va amaliyotga qo'llash, innovatsion faoliyatni amalga oshirish jarayonlarini loyihalashtirish uchun zarur bo'lgan malakalariga ega bo'ladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Bo'lajak chet tilini o'qituvchilarining kasbiy-pedagogik faoliyatini rivojlantirish muammosi xorijiy hamda respublika pedagogikasida keng o'rganilgan tadqiq qilingan bo'lib, ular turlicha nazariyalar, konsepsiyalar, yondashishlar, pozitsiyalar, yo'nalishlarga asoslangan holda tadqiq qilingan. Shuningdek, chet tilini o'qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetentligi innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish imkoniyatlari mavjud bo'lib, ularda pedagogik salohiyatini oshirishga zamin yaratadi. Darsda mashg'ulotlarda turli pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda, ingliz tilini o'qitish jarayoni butunlay yangi nuqtai nazardan qaralishi va shaxsni shakllantirishning yangi mexanizmlarini o'zlashtirish, qulay sharoitda sifatli natijalarga erishish mumkin. O'qituvchi ingliz tilini o'qitish uchun qaysi metodni tanlamasin, uning asosida talabaga ko'proq bilim berish va yoshlar tomonidan ingliz tilini yaxshi o'zlashtirilishiga yordam ko'rsatishga intilish yotishi lozim. Shundagina har qanday metod o'z samarasini .

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI (REFERENCES)

1. Yuzlikayeva E.R. Teoriya i praktika podgotovki uchitelya k diagnosticheskoy deyatelnosti: Avtoref. dis. ... doktora ped. nauk. - Tashkent: TGPU, 2012. - 42 s.

2. Heath SH.B. Bilingual Education and a National Language Policy // Perspectives on Bilingualism and Bilingual Education. -Washington, 2008.

3. Lado R. Language Teaching. -New York, San Francisco, Toronto, London,

4. Mamatqosimova V. 20-30 - yillar o'zbek marifatparlik adabiyotida badiiy tarjimaning o'rni (frantsuz adabiyotidan qilingan tarjimalar misolida). fil.fan.nom. disseratsiyasi. -T:2010. -145 b.

2010

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(9), September, 2023

5. Sidiqov Q. "Qutadg'u bilik" to'rtliklarining inglizcha badiiy tarjima xususiyatlari. - fil.fan.nom. disseratsiyasi. -T:2010. -151 b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.