Научная статья на тему 'XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA GENDER MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MOHIYATI'

XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA GENDER MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
7
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Saydullayeva Aziza Raximovna

Bugungi kunda bo‘lajak pedagoglarni tayyorlash tizimini modernizatsiyalash bilan birga pedagoglar tayyorlashga gender yondashuvni keng tadbiq etish vazifalari dolzarblik kasb etmoqda. Chunki gender yondashuv ma’lum bir ijtimoiy stereotiplarni bartaraf etish asosida erkak va ayollarning imkoniyalarini tenglashtirish va ulardan teng foydalanishga qaratilgan munosabat hisobalanadi. Gender madaniyat ijtimoiylashishning asosiy shartlaridan biri bo‘lib, ijtimoiy madaniy jarayonda o‘g‘il va qiz bolalarning ishtirok etishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham mutaxassislar gender madaniyat tushunchasiga ehtiyotkorlik bilan yondoshadilar. Mazkur tushuncha ko‘p jihatdan shaxsning ijtimoiy madaniy jarayonda ishtirok etib, madaniy boyliklarni o‘zlashtirishiga bog‘liq bo‘lgan maskulinlik va femininlik har doim gender tadqiqotlar mohiyatini birday anglash imkoniyatini bermaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA GENDER MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MOHIYATI»

XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA BO'LAJAK PEDAGOGLARDA GENDER MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MOHIYATI Saydullayeva Aziza Raximovna

FarDU tayanch doktaranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10695929

Bugungi kunda bo'lajak pedagoglarni tayyorlash tizimini modernizatsiyalash bilan birga pedagoglar tayyorlashga gender yondashuvni keng tadbiq etish vazifalari dolzarblik kasb etmoqda. Chunki gender yondashuv ma'lum bir ijtimoiy stereotiplarni bartaraf etish asosida erkak va ayollarning imkoniyalarini tenglashtirish va ulardan teng foydalanishga qaratilgan munosabat hisobalanadi. Gender madaniyat ijtimoiylashishning asosiy shartlaridan biri bo'lib, ijtimoiy madaniy jarayonda o'g'il va qiz bolalarning ishtirok etishini ta'minlaydi. Shuning uchun ham mutaxassislar gender madaniyat tushunchasiga ehtiyotkorlik bilan yondoshadilar. Mazkur tushuncha ko'p jihatdan shaxsning ijtimoiy madaniy jarayonda ishtirok etib, madaniy boyliklarni o'zlashtirishiga bog'liq bo'lgan maskulinlik va femininlik har doim gender tadqiqotlar mohiyatini birday anglash imkoniyatini bermaydi.

Pedagogika, psixologiya, sosiologiyaga oid zamonaviy yondashuvlar, ilmiy qarashlar gender madaniyatining o'ziga xos jihatlarini ochish, ijtimoiy madaniy muhitda shaxsning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvini ta'minlashga yo'naltirilgandir. Shunga qaramasdan, bo'lajak pedagoglarda gender yondashuv asosida ommaviy madaniyatga qarshi immunitetni shakllantirish yo'nalishida yetarlicha ilmiy izlanishlar amalga oshirilmagan. Gender yondashuv asosida talabalarda "ommaviy madaniyat"ga qarshi immunitetni shakllantirish sifatli gender tafakkurni taqozo etadi. Bunday gender tafakkur esa, emperik materiallar yetarli bo'lgan vaziyatda vujudga keladi. Gender yondashuv asosida talabalarda "ommaviy madaniyat"ga qarshi immunitetni shakllantirish ularni muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirish, xalqning ijtimoiy tajribasini o'zlashtirish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Bunday vaziyatda talabalar ijtimoiylashtirish jarayonining faol subyektiga aylanadilar. Qizlarda xotin-qizlarga, o'g'il bolalarda esa, erkaklarga xos sifatlar shakllanib, o'z-o'zini anglash ko'nikmalari rivojlanadi. Talaba yigit va qizlarning har birida jamiyat hayoti uchun zarur bo'lgan jinsga xos rollar, munosabatlar va muomala madaniyatini shakllantirish, bunda xalqning ko'p asrlik ijtimoiy tajribasiga tayanish, ularning jamiyat hayotiga muvaffaqiyatli moslashishlari uchun zarur hisoblanadi [1, 28-b.]. N.I.Andreyevaning ta'biricha, gender madaniyat - bu mazkur jamiyatda jinsning ijtimoiy-madaniy rollarini shakllantiruvchi yo'nalishlar, gender rollar, gender munosabatlar, gender stereotiplar, oilaviy nikox qoidalari hamda amal qilinadigan nuqtai nazarlar, ustanovkalar, prinsiplar, xulq-atvor matritsalari tizimini ifodalaydi. Jinslar ijtimoiy madaniy xodisa kabi bir turga mansub emas [1, 28-b.]. Talabalarning gender madaniyati o'ziga xos pedagogik xodisa hisoblanadi. Ma'lumki, ommaviy madaniyat bilan milliy madaniyat orasida o'ziga xos farqlar mavjud. Shuning uchun ham har bir madaniyatda ayollar va erkaklarning xulq-atvorini belgilab beruvchi qoidalar amal qiladi. Erkaklar va ayollarning jinsiy xususiyatlarga xos bo'lgan rollar o'zaro farqlanadi. Bunda shaxsning madaniy jihatlarini farqlashga xizmat qiladigan belgilarga alohida e'tibor qaratiladi. Shu bilan bir qatorda gender rollar nafaqat ijtimoiy madaniy balki fiziologik asoslarga ham ega. Islom dini tamoyillariga ko'ra ayollar va erkaklarga xos bo'lgan stereotiplar mavjud. Jinslarga xos xatti-harakatlarning aksariyati asrlar davomida qadriyat darajasiga ko'tarilib, bugungi kunga qadar yetib kelgan.

O'zbekiston Respublikasida gender yondashuv asosida uzluksiz ta'lim muassasalarida o'qitish sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish, kasbiy ta'limda gender

masalalari kabi yo'nalishlarda tadqiqotlar (O.Musurmonova, N.Egamberdiyeva, R.Samarov, U.Temirova va boshqalar) amalga oshirilgan. Mazkur tadqiqotlarda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalari gender yondashuv orqali tahlil etilgan, pedagogik ta'limda gender yondashuv masalalari o'rganilgan. Olimlarning fikricha, o'qituvchilarni tayyorlashda gender jihatlarni ishlab chiqish jarayoni va amalga oshirish tamoyillari ularni pirovard natijaga olib keluvchi asosiy bosqich hisoblanadi. Gender jihatlarni tushungan o'qituvchi gender muammolaridan xabardorligi va his qila olishi asnosida yosh avlodni ongli fikrlash va harakat qilishiga imkon yarata oladi. Shunday ekan, ta'limda gender tenglikni amalga oshirish harakati o'qituvchidan boshlanib, uning kasbga tayyorlash bosqichidan, to uzluksiz malaka oshirish bosqichigacha, butun faoliyatini qamrab olishi kerak. Shu bois, oliy ta'lim muassasalarida talabalarning kasbiy bilim va ko'nikmalardan tashqari, ularga muhim hayotiy ko'nikmalarni, shu jumladan, tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini, muammolarni hal qilish, moslashuvchanlik, shaxslararo muloqot ko'nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, mustaqil va hamkorlikda ishlashga o'rgatish gender kompetentlikni shakllantirish juda muhim hisoblanadi. Gender yondashuv -gender tengsizligining mavjudligini va ularning sabablari, oqibatlarini tushunish hamda ularning yechimini ta'minlash to'g'risidagi yondashuv. Gender yondashuv erkak va ayollar o'rtasidagi gender munosabatlaridagi o'zgarish bo'lib, erkaklar va ayollar uchun foydali ta'sir ko'rsatadigan vakolatlar va majburiyatlarni yanada teng taqsimlashga yordam beradi. Bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda gender yondashuv esa, ta'lim strategiyasini ishlab chiqishda, kasbiy tayyorgarlik mazmuni va texnologiyalarini belgilashda, o'qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda, ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishda gender masalalarini bevosita jalb qilishni o'z ichiga oladi. Fikrimizcha, oliy ta'lim tizimiga gender yondashuvni tatbiq etish ta'lim jarayonining barcha tarkibiy qismlari, ya'ni tarbiyaviy, ta'limiy (ta'lim mazmuni) va metodik (o'qitish metodlari, o'quv jarayonini tashkil etish, pedagogik hamkorlik) jihatlarini, shuningdek, tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini, ta'lim tizimini boshqarishni gender masalalariga ta'sirchanligini oshirishni ko'zda tutadi.

Mamlakatimizda o'zbek qizlarining ko'rkam xulqli bo'lishi milliy tarbiyaning asosiy talablaridan birini tashkil qiladi. Yaxshi xulq qizlarning faqat axloq-odob, go'zallik, mehnat va boshqa tarbiyasining nazariy asosini emas, balki ana shu tarbiyalanganlik darajasini o'z shaxsiy hayotida qo'llashi bo'lib hisoblanadi. Bunda esa, eng katta mas'uliyat ota va ona zimmasiga tushadi. Shu o'rinda shuni alohida ta'kidlash kerakki, qiz bolalar tarbiyasida asosiy ta'sirchan kuch-qudrat bu onadir. Ota ko'pchilik xalqlarda oilaning moddiy ehtiyojlarini qondirish va ta'minlash, qolaversa, oilaning xo'jalik ishlari bilan band bo'ladi. Bu o'zbek oilalarining tarixidan ma'lum bo'lgan haqiqat va ota-bobolarimizdan meros bo'lib qolgan an'anadir. Shunga ko'ra, bola bilan ko'proq ona birga bo'ladi [2, 14-b.]. Bugun mamlakatimizda gender madaniyatni rivojlantirishning bosh omiliga aylantirish masalasi bo'yicha alohida vazifalar belgilab olingan edi. O'zbekistonning ilg'or yoshlari davlat, ota-onalarining maqsadli, uzluksiz tarbiyalari tufayli turli sohalarda, dunyo miqyosida yutuqlarni qo'lga kiritayotganligi, hozirgi davr talabi ta'lim-tarbiyaga o'zining aniq, qat'iy talablarini qo'yishni taqozo etmoqda. Ta'lim va tarbiyani bir-biridan alohida ajratib bo'lmasligi, bu ikki jarayon o'zaro uyg'un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqli, yuksak ma'naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog'lom, keng dunyoqarash hamda tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo'lgan vatanparvar yoshlarni voyaga yetkazish aytib o'tilgan [3].

Shu bilan birga O'zbekistonda yoshlar tarbiyasining integratsiyalashuviga, ya'ni ta'lim va tarbiya hamohangligiga, hozirgi kun ehtiyojlariga tayangan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirish, ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish, zamonaviy kadrlar tayyorlashning bosh omiliga aylantirish ishlariga katta ahamiyat berilmoqda [4, 7-b.].

O'zbekistonda gender madaniyat tarbiyasini milliy asosda ilmiy-texnologik modernizatsiyalash bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda. Tarbiyaga innovasion yondashuv yoshlarda tayanch fazilatlarni kafolatli shakllantirishda oila, maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlaridan kelib chiqib, ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yuksak pog'onaga ko'tarishni taqozo etadi.

Bugungi kunda yoshlarning turli salbiy guruhlarga qo'shilib qolish holatlari ham uchrab turayotganligiga alohida e'tibor berish lozim. Bunday holatlarning oldini olish uchun oilada sog'lom psixologik iqlim yaratish, oila a'zolarining munosabatlarida o'zaro ishonch va ularning muomalasi, oiladagi yigit-qizlar hamda ayollarga nisbatan o'zaro hurmatning mavjudligi, albatta, ijobiy ta'sirini ko'rsatadi. Shiddat bilan o'zgarayotgan dunyo miqyosida yigit va qizlarni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlashda mas'uliyat, majburiyat, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, teran dunyoqarash, sog'lom e'tiqodlilik, ma'rifatlilik, diniy va milliy bag'rikenglik, ma'naviy, fuqaroviy, madaniyatlararo, ijtimoiy faollik kabi fazilatlarni shakllantirish kun tartibidagi asosiy masalalarga aylanib bormoqda. Gender tarbiyasida dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarga to'g'ri baho bera olmaslik, ijtimoiy muammolarni hal etishda to'g'ri qaror qabul qila olmaslik, hayotda o'z o'rnini topish bilan bog'liq bo'lgan aniq maqsadlarning shakllantira olmaslikka sabab bo'ldi. Bular, o'z navbatida, oila-jamiyat o'rtasidagi munosabatlarning uzilib qolishi, loqaydlik, huquqbuzarlik, "ommaviy madaniyat"ning turli ko'rinishlarini osonlikcha qabul qilinishi kabi illatlarning keng miqyosda tarqalishiga zamin yaratdi.

Tajribalarni tahlil qiladigan bo'lsak, pedagoglar auditoriyadagi har bir yigit va qizlarga hurmat asosida yondashsa, qizlarni psixologik jihatlarni puxta o'rganish asosida faoliyatlarini amalga oshirsa, har bir qiz bolaning ta'limga bo'lgan mehrli munosabatini oshira oladi. Qiz bolalar boshqalar ularning har birini qabul qilishlari, hurmat qilishlarini ko'rganlarida va sezganlarida o'zlarini qulay his qiladilar hamda erkin tutadilar, shu bilan birga o'zlarining shaxsiy qiziqishlarini faol fikrlash asosida amalga oshiradilar. Qizlar tarbiyasining zamonaviylashuvida bugungi kun ehtiyojlariga ko'ra, ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, shaxsiy, umummilliy fazilatlar asosida shakllantirish ishiga katta ahamiyat berilgan.

Gender ta'lim va tarbiya shaxsiy-ijtimoiy yondashuv uyg'unligini nazarda tutadi. Bu pedagogning har bir qiz bolaga individual yondashuvini, har bir qiz bolaning betakror va fenomenalligini ochish hamda rivojlantirishga yo'naltirilgan tarbiyaviy o'zaro ta'sir subyekti sifatida munosabatda bo'lishini anglatadi. Yigit va qiz bolalar bilan hayot subyektlari sifatida munosabatda bo'lish o'z mavqeini sferalarini hamda usullarini izlashda yordam berish, qo'llab-quvvatlash "adaptiv fenomenlikka" qobiliyatni egallashga hizmat qiladi. Negaki, islohotlarning muvaffaqiyati, davlatimizning dunyoda rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o'rin egallashi, eng avvalo, ta'lim taraqqiyoti rivoji bilan bog'liq bo'lsa, yana bir tomondan global o'zgarishlarga bog'liq. Bugun imkoniyatlar ko'lamining kengligi bilan birga, axborotlar makonining ham kengayganligi, turli maqsad va manfaatlarga yo'naltirilgan har xil g'oya,

qarashlar, uni targ'ibot qilish texnologiyalari, ijtimoiy ong hamda tafakkurga ta'sir ko'rsatish omillari kuchayganligidir.

Xulosa qilganda, yigit va qizlarning ongi, tafakkurini zararli ta'sirlardan himoyalash, ichki dunyosini komillik sari yo'naltirish orqali bo'shliqlarni to'ldirish zarurdir. Bu kabi barcha ezgu ishlarni amalga oshirish, albatta, yetarlicha bilim va malakaga ega bo'lgan o'qituvchi hamda murabbiylarimiz yana ham aniqroq aytadigan bo'lsak, ta'limning asosiy vazifalaridan biridir. Bu ta'lim jarayonida yigit va qiz bolalar o'rtasida ma'naviy qadriyatlarimiz, o'zbek xalqining o'ziga xos urf-odatlari, faoliyatlarini targ'ib qilish, ularning har birining o'ziga xos mavqeni egallashlari uchun zamin hozirlash lozimligini ko'rsatdi.

REFERENCES

1. Узбекистан Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-25-01-2020. www.dissercat.com

2. Сафарова Р.Г. ва бошк;. Укувчи-ёшларда "оммавий маданият"га карши курашчанлик куникмаларини шакллантиришнинг педагогик-психологик механизмлари: Монография. - Т.: Tafakkur qanoti, 2018.

3. Холматова З.Т. Таълим контекстида "гендер" тушунчасининг педагогик мох,ияти ва характеристикаси // Бошлангич таълимда интеграциявий-инновацион ёндашувлар Узбекистон Республикаси микиёсида: Республика илмий-амалий анжуман материаллари. 2019 йил 6 май. - Т., 2019. - Б. 271-273.

4. Узбекистон Республикаси Вазирлар Мах,камасининг 2019 йил 31 декабрдаги "Узлуксиз маънавий тарбия концепциясини тасдиклаш ва уни амалга ошириш чора-тадбирлар тугрисида"ги 1059-сонли карори: https://lex.uz/docs/4676839.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.