INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
BO'LAJAK PEDAGOGLARNI KASBIY KOMPETENTLIGINI OSHIRISHDA
GENDER YONDASHUV Saydullayeva Aziza Raximovna
Fargona davlat universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11058993
Annotasiya. Mazkur maqolada gender yondashuv asosida bo'lajak pedagoglarni tayyorlash tizimini takomillashtirish zarurati va istiqbollari, xotin-qizlar imkoniyatlarni ta'minlash rivojlantirish dolzarb aloqador bilim va ko'nikmalarini muntazam takomillashtirishga qaartilgan fikr-mulohazalar bayon qilingan.
Kalit so'zlar: Xotin-qizlarni, pedagogik-psixologik, gender tenglik, globallashuv sharoit, gender farqlar, ijtimoiy zarurat, uzluksiz ta'lim, individual sifatlar, ilmiy faoliyatga, ta'lim standartlari, ta 'lim va tarbiya, ijtimoiy himoyaga.
Аннотация. В данной статье описаны необходимость и перспективы совершенствования системы подготовки будущих педагогов на основе гендерного подхода, высказываются мнения о регулярном совершенствовании знаний и навыков, связанных с развитием возможностей женщин.
Ключевые слова: Женщины-девушки, педагогико-психологические, гендерное равенство, условия глобализации, гендерные различия, социальная необходимость, непрерывное образование, индивидуальные качества, научная деятельность, образовательные стандарты, образование и воспитание, социальная оборона.
Abstract. In this article, the necessity and prospects of improving the system of training future pedagogues based on the gender approach, the opinions on the regular improvement of knowledge and skills related to the development of women's opportunities are described.
Keywords: Women-girls, pedagogical-psychological, gender equality, globalization conditions, gender differences, social necessity, continuous education, individual qualities, scientific activity, educational standards, education and upbringing, social to the defense.
Bugungi kunda pedagogika fanida erishilayotgan eng muhim yutuqlardan biri gender tenglik va farqlar asosida ta'lim berish imkoniyatlarining kengayib borayotganligidir. Bu hodisa ta'limni gumanitarlashtirish nuqtai nazaridan ham alohida qimmatga ega. Mazkur maqsadni amalga oshirish jarayonida mavjud o'quv dasturlarini yangi pedagogik texnologiya va zamonaviy usullarni qo'llagan holda takomillashtirish eng birinchi vazifa hisoblanadi. Takomillashtirilgan o'quv dasturlarida yigit va qizlar tengligi, qolaversa, barcha fanlar bo'yicha o'quv materiallarining gender tenglik va farqlar asosida belgilab berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday ta'lim jarayoni yangi o'quv vositalari - metodik materiallar va didaktik ishlanmalar yaratishni talab qiladi. O'z navbatida, o'quv-metodik materiallar nazorat vositalari bilan bog'liq ravishda tanlanishi lozim.
"Gender" tushunchasi jinslar, jinslararo munosabatlar ma'nolarini anglatsa-da, u keyingi yillarda deyarli barcha fanlarga taalluqli ijtimoiy voqelikka aylanmoqda. "Gender atamasi ilk bor ilmiy adabiyotga amerikalik tadqiqotchi-olima J.Skott tomonidan kiritilgan bo'lib, bundan kutiladigan maqsad sotsiumdagi erkaklar va xotin-qizlarning o'zaro munosabatini ijtimoiy tomondan sharhlashdan iborat bo'lgan. Olima 1986 yilda "Gender: a Useful Category of Historical Analysis" ("Gender: tarixiy tahlilning ahamiyatli kategoriyasi") nomli maqolasini e'lon qildi.
Ta'lim tizimi jamiyatni yaxlit tarzda aks ettiruvchi ko'zgu bo'lib, unga o'z ta'sirini o'tkazadi va o'z navbatida ta'limda kechayotgan yangilanishlar ham jamiyat taraqqiyotiga ta'sir
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
o'tkazmay qolmaydi. Shu bois, ta'lim tizimi jamiyatda gender tenglikni joriy etishdagi o'zgarishlarning tashabbuskori bo'lishlari kerak. Bu esa o'z navbatida, oliy ta'lim tizimiga gender yondashuvni tatbiq etish va va boshqarishning nazariy-metodologik asoslari ishlab chiqilishini talab etadi. Chunki har bir davlatning barqaror taraqqiyoti hamda rivojlanishi - inson omili, xususan, yosh avlodning ilmiy, ijodiy va ma'naviy salohiyatiga bog'liqdir.
O'zbekiston Respublikasida gender yondashuv asosida uzluksiz ta'lim muassasalarida o'qitish sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish, kasbiy ta'limda gender masalalari kabi yo'nalishlarda tadqiqotlar (O.Musurmonova, N.Egamberdiyeva, R.Samarov, U.Temirova va boshqalar) amalga oshirilgan. Mazkur tadqiqotlarda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalari geder yondashuv orqali tahlil etilgan, pedagogik ta'limda gender yondashuv masalalari o'rganilgan. Olimlarning fikricha, o'qituvchilarni tayyorlashda gender jihatlarni ishlab chiqish jarayoni va amalga oshirish tamoyillari ularni pirovard natijaga olib keluvchi asosiy bosqich hisoblanadi. Gender jihatlarni tushungan o'qituvchi gender muammolaridan xabardorligi va his qila olishi asnosida yosh avlodni ongli fikrlash va harakat qilishiga imkon yarata oladi. Shunday ekan, ta'limda gender tenglikni amalga oshirish harakati o'qituvchidan boshlanib, uning kasbga tayyorlash bosqichidan, to uzluksiz malaka oshirish bosqichigacha, butun faoliyatini qamrab olishi kerak. Shu bois, oliy ta'lim muassasalarida talabalarning kasbiy bilim va ko'nikmalardan tashqari, ularga muhim hayotiy ko'nikmalarni, shu jumladan tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini, muammolarni hal qilish, moslashuvchanlik, shaxslararo muloqot ko'nikmalarini rivojlantirish, shuningdek mustaqil va hamkorlikda ishlashga o'rgatish gender kompetentlikni shakllantirish juda muhim hisoblanadi. Buning uchun oliy ta'lim tizimiga gender yondashuvni tatbiq etish va uni boshqarishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish talab etiladi.
Gender yondashuv - gender tengsizligining mavjudligini va ularning sabablari, oqibatlarini tushunish hamda ularning yechimini ta'minlash to'g'risidagi yondashuv. Gender yondashuv erkak va ayollar o'rtasidagi gender munosabatlaridagi o'zgarish bo'lib, erkaklar va ayollar uchun foydali ta'sir ko'rsatadigan vakolatlar va majburiyatlarni yanada teng taqsimlashga yordam beradi. Bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda gender yondashuv esa - ta'lim strategiyasini ishlab chiqishda, kasbiy tayyorgarlik mazmuni va texnologiyalarini belgilashda, o'qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda, ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishda gender masalalarini bevosita jalb qilishni o'z ichiga oladi. Fikrimizcha, oliy ta'lim tizimiga gender yondashuvni tatbiq etish ta'lim jarayonining barcha tarkibiy qismlari, ya'ni tarbiyaviy, ta'limiy (ta'lim mazmuni) va metodik (o'qitish metodlari, o'quv jarayonini tashkil etish, pedagogik hamkorlik) jihatlarini, shuningdek, tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini, ta'lim tizimini boshqarishni gender masalalariga ta'sirchanligini oshirishni ko'zda tutadi.
Gender o'xshashlik - «Men» hamda boshqalar o'zaro hamkorligi jarayoni natijasida yuzaga kelgan holda erkaklarga va ayollarga xos xususiyatlarning psixologik-pedagogik adaptatsiyasiga xizmat qiladi. Gender yondashuv asosida talabalarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishga ko'mak beradi. Oliy ta'limda o'qitiladigan fanlar talabalarning ijtimoiy faolligini oshirishga imkoniyat yaratib, jamiyatga adaptatsiya jarayonini mukammallashtiradi. Hozirgi davrda oila, ta'lim, din, madaniyat kabi ijtimoiy institutlarning talabalar ijtimoiy faolligini rivojlantirishdagi tarbiyaviy ahamiyati mazkur jarayon samaradorligi-ni oshiradi.
Hozirgi zamon ta'limining qadriyatli oriyentatsiyalari, maqsadlari va normalari jamiyatda ma'lum va umuqabul qilingan sifatlar bilan bir qaorda «ayollik», «erkaklik» kabi sifatlar ham kiritilsa, bu biror ma'noda yangi genderli asosda ko'rilgan maktab bo'lishi anglandi va ko'rsatildi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS" April 2б, 2024
Bu qadriyatlar, maqsadlar va normalarni ta'lim muassasasi faoliyatining «oxirgi natijasiga» kiritilganida bu tushuncha ma'nosining kengayishi, talabalarning yangi «xos xarakteristikalari» kiritilishi va shuningdek, ta'lim jarayonining korreksiyalanishi to'g'risida gapirish mumkin.
Mamlakatimizda o'zbek qizlarining ko'rkam xulqli bo'lishi milliy tarbiyaning asosiy talablaridan birini tashkil qiladi. Yaxshi xulq qizlarning faqat axloq-odob, go'zallik, mehnat va boshqa tarbiyasining nazariy asosini emas, balki ana shu tarbiyalanganlik darajasini o'z shaxsiy hayotida qo'llashi bo'lib hisoblanadi. Bunda esa eng katta mas'uliyat ota va ona zimmasiga tushadi. Shu o'rinda shuni alohida ta'kidlash kerakki, qiz bolalar tarbiyasida asosiy ta'sirchan kuch-qudrat bu onadir. Ota ko'pchilik xalqlarda oilaning moddiy ehtiyojlarini qondirish va ta'minlash qolaversa, oilaning xo'jalik ishlari bilan band bo'ladi. Bu o'zbek oilalarining tarixidan ma'lum bo'lgan haqiqat va ota-bobolarimizdan meros bo'lib qolgan an'anadir. Shunga ko'ra bola bilan ko'proq ona birga bo'ladi.[1] Xalqimizda "Sut bilan kirgan jon bilan chiqadi" degan naql bejiz aytilmagan. Ammo, keyingi vaqtlarda jamiyatimizdagi ba'zi oilalarda bola tarbiyasi borasida salbiy holatlarni ham uchratish mumkin. Masalaning pedagogik oqibatlariga qaralsa, bu ayrim ota-onalarning farzandlari bemehrligidan nolishida namoyon bo'ladi. Masalan, farzandlarning yomon yo'lga kirib ketganligiga munosabatda ko'pchilik ota-onalarning fikrlari bir xil: "o'z bilganidan qolmaydi, hurmat qilishni bilmaydi". Buning ijtimoiy sabablari sifatida ota-onalarning bola tarbiyasiga e'tiborsizligida namoyon bo'ladi. Ota-ona, qarindosh urug'lari bor bolalar ham "Mehribonlik uyi"ga topshirilmoqda. Bu esa, "O'nta bo'lsa o'rni boshqa" degan tamoyilga amal qilib kelgan ota-bobolarimizning qadriyatlariga ziddir.[2]
Ayniqsa, qizlar tarbiyasining izdan chiqishi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. O'zbek qizlarini tarbiyalashda oila hayotining, millat hayotining davomiyligini ta'minlashda bilimlar, tajribalar qizlarga o'tmas ekan, bilim, ko'nikma va malakalar ajdodlardan avlodlarga o'tkazilmas ekan, oila hayoti ham, ijtimoiy hayot ham degradatsiya(inqiroz)ga uchray boradi. Shu bois, onalarning qizlarga beradigan tarbiyalari, tajribalari oila va ijtimoiy hayotda o'z o'rnilarini topishning zaruriy ehtiyojlari talabi bo'lib kelgan hamda shunday bo'lib qoladi. Agar qizlar ilk yoshlardan boshlab, ijtimoiy faol shaxs sifatlarini egallasa, o'z navbatida komila onalar, barkamol shaxslar bo'lib yetishadilar. Shunday ekan, aslida har bir xalqning, taraqqiy etishida ijtimoiy faol sifatli qizlarning tarbiyalariga bog'liq, deb xulosa qilish mumkin.
O'zbek milliy ahloqiy qadriyatlari tizimiga oid tadqiqotlarida esa olimlar qizlar ma'naviyati, tarbiyasi muammolarini qamrab olgan muayyan masalalar bilan bog'liq holda qisman o'rganib chiqishgan. Shunday qilib, o'zbek milliy tarbiya tizimida gender differensiatsiyalangan tarbiyani tashkil etishning tarixiy pedagogik shart-sharoitlarini o'rganish "Uzluksiz ma'naviy tarbiya Konsepsiyasi"ni hayotga joriy qilish samaradorligini salmoqli darajada boyitadi va yoshlar tarbiyasining strategik muammolarini, shu jumladan pedagogik texnologiyalarning samaradorligini oshirishga hissa qo'shishi mumkin. Aksariyat mualliflar asosan, xalqning an'anaviy pedagogik merosi mazmunini o'rganadilar va shundan keyingina shaxsni o'quv jarayonining obyekti sifatida ko'rib chiqadilar. Biroq, biz ushbu tajribani rivojlanayotgan jamiyatning amaliy faoliyatida qo'llash usullarini, mexanizmlarini takomillashtirish kerak, deb hisoblaymiz. Bundan tashqari pedagogika fanida qizlar tarbiyasi asosan, oilaviy hayotga tayyorlash nuqtai nazaridan o'rganish bilan cheklanib qolganligini ta'kidlash lozim bo'ladi.
O'zbek etnopedagogikasi soxasida bir qancha tadqiqotlar mavjud, ammo qizlar tarbiyasi xususiyatlarini o'rganish, qiz bola shaxsini shakllantirish jarayonining nazariy va amaliy mazmunini tadqiq qilish, mamlakatimizning turli hududlarining milliy-madaniy xususiyatlaridan kelib chiqib, zamonaviy qizlar tarbiyasi xususiyatlari, an'analarini o'rganish, o'zbek xalqining urf-
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
odatlari asosida "Uzluksiz ma'naviy tarbiya Konsepsiyasi"ni hayotga joriy qilish dasturini modellashtirish hamda zamonaviy qizlarni shakllantirish jarayonida uni qo'llash samaradorligini oshirish imkoniyatlarini o'rganish zarurati mavjud.
O'zbek xalq milliy tarbiya tizimi xususiyatlarini o'rganish, umuminsoniy tarbiya tajribasini o'rganish va anglashning boy manbaini ochib beradi. Shu munosabat bilan yaqin vaqtlarga qadar, ilmiy pedagogik tadqiqotlar e'tiboridan chetda qolib kelayotgan o'zbek qizlari tarbiyasining tarixiy pedagogik tajribasi juda boy metodik yondashuvlarga ega. Dissertatsiyaning ushbu bandida o'zbek milliy pedagogik madaniyatidagi qizlar tarbiyasining xususiyatlari va undan zamonaviy o'qyv amaliyotida foydalanish imkoniyatlarini o'rganishga harakat qilindi.[3] Tadqiqotimizning asosiy maqsadini oydinlashtirish uchun gender farqlarni xisobga olgan holda "tarbiyani differensiatsiyalash" tushunchasini kiritish lozim, deb hisoblaymiz. Biz tadqiqotimizda "gender" va "gender differensiatsiyasi" tushunchalaridan foydalanamiz. Tarbiyaga gender yondashish bu - gender omilining ko'p qirrali ta'sirini hisobga olishdan iborat bo'lib, bu xususiyatning bir necha jihatlari: biologik jins, jinsiy rol stereotiplari, jinsiy meyorlar, gender rolning o'ziga xosligini o'z ichiga oladi. Biologik unsur bilan belgilanadigan psixologik va neyrofiziologik bilimlar o'g'il va qiz bolalarning o'ziga xos xususiyatlaridir. O'g'il va qiz, erkak va ayol shaxsining shakllanishi hamda rivojlanishida ijtimoiy muhit muhim omil hisoblanadi. "Gender", "gender farqlar", "gender differensiatsiyasi" tushunchalarining ijtimoiy-madaniy tarkibiy qismlari zamonaviy ilmiy-tadqiqotlarning so'nggi yo'nalishlari bo'lib, qizlar tarbiyasini rekonstruksiya(qayta qurish) qilish va gender differensiatsiya shartlari bo'lib xizmat qiladi. "Tarbiyaning gender differensiatsiyasi" tushunchasini "tarbiyaning jinsiy differensiatsiyasi", "gender farqlarni xisobga olgan holda differensiatsiyalash" va "tarbiyaning mazmuni, vosita, metodlarini o'g'il yoki qiz bolaning gender xususiyatlaridan kelib chiqib tanlash" tushunchalari mazmunida qo'llaniladi. "Gender" atamasi "jins" so'zidan kengroq tushunchaga ega bo'lgani va zamonaviy ilmiy tilning xolis terminiga aylangan. Shuni ta'kidlash kerakki, "jins" va "gender" tushunchalarining nisbati va ta'rifi hali to'liq ommalashmagan, shuning uchun biz "gender" tushunchasini biologik jinsning o'ziga xos milliy, madaniy psixologik hamda psixofiziologik xususiyatlari bilan belgilanishi mumkin, deb hisoblaymiz. Shunday qilib, mazkur tadqiqotda "gender differensiatsiyasi", "gender tafovut" va "gender farq"larni hisobga olgan xolda "ta'limni differensiatsiyalash" tushunchalari bir-biriga yaqindir.[4]
Gender madaniyatni rivojlantiruvchi o'quv materiallari, shu jumladan, ma'naviy-tarbiya sohasiga oid metodik qo'llanmalar, talabalar uchun zarur darsliklar yetarli emasligi ko'zga tashlanmoqda. Ushbu kamchiliklarni oldini olish va bartaraf etishda gender madaniyatni rivojlantirish orqali milliy-ma'naviy tarbiya tizimini yanada rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Farzandlarimizning iste'dod va qobiliyati, ezgu intilishlarini to'liq ro'yobga chiqarish, ijtimoiy faolligini oshirish, hayotda munosib o'rin egallashlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish bundan buyon ham bosh maqsadimiz bo'lib qoladi".[5] Prezidentimizning ushbu fikrlari borasida bugungi kunda mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni himoya qilish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlari, ayollarning mehnat va turmush sharoitini yaxshilash, gender tenglikni ta'minlash borasidagi ishlar ham izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, kam ta'minlangan oilalarda kamol topayotgan qizlarning bilim olishlari uchun shart-sharoitlarni takomillashtirish maqsadida yangi tizim joriy etildi. Ushbu tizimga muvofiq, o'quv yilida oliy ta'lim muassasalarining kunduzgi bo'limlariga bunday qizlarimiz uchun davlat granti asosida 940 ta qo'shimcha o'rin ajratildi". Albatta, bu mamlakatimizda gender madaniyatni rivojlantirish doirasida ta'lim sohasida amalga
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
oshirilayotgan islohotlar o'z navbatida mamlakatimizning kelgusidagi rivojlanishiga zamin yaratadi.
Bugun mamlakatimizda gender madaniyatni rivojlantirishning bosh omiliga aylantirish masalasi bo'yicha alohida vazifalar belgilab olingan edi. O'zbekistonning ilg'or yoshlari davlat, ota-onalarining maqsadli, uzluksiz tarbiyalari tufayli turli sohalarda, dunyo miqyosida zalvorli yutuqlarni qo'lga kiritayotganligi, hozirgi davr talabi ta'lim-tarbiyaga o'zining aniq, qat'iy talablarini qo'yishni taqozo etmoqda. Ta'lim va tarbiyani bir-biridan alohida ajratib bo'lmasligi, bu ikki jarayon o'zaro uyg'un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqli, yuksak ma'naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog'lom, keng dunyoqarash hamda tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo'lgan vatanparvar yoshlarni voyaga yetkazish aytib o'tilgan. Shu bilan birga O'zbekistonda yoshlar tarbiyasining integratsiyalashuviga, ya'ni ta'lim va tarbiya hamohangligiga, hozirgi kun ehtiyojlariga tayangan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirish, ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish, zamonaviy kadrlar tayyorlashning bosh omiliga aylantirish ishlariga katta ahamiyat berilmoqda.
Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, yigit va qizlarni faol shaxs sifatida shakllantirishda oila, maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to'liq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko'tarishni oliy maqsad sifatida belgilaydi. Tarbiyani natijaviy amalga oshirish orqali ma'naviy tarbiyani yanada rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi.[6]
Xulosa qilganda, yigit va qizlarning ongi, tafakkurini zararli ta'sirlardan himoyalash, ichki dunyosini komillik sari yo'naltirish orqali bo'shliqlarni to'ldirish zarurdir. Bu kabi barcha ezgu ishlarni amalga oshirish, albatta yetarlicha bilim va malakaga ega bo'lgan o'qituvchi hamda murabbiylarimiz yana ham aniqroq aytadigan bo'lsak, ta'limning asosiy vazifalaridan biridir. Bu ta'lim jarayonida yigit va qiz bolalar o'rtasida ma'naviy qadriyatlarimiz, o'zbek xalqining o'ziga xos urf-odatlari, faoliyatlarini targ'ib qilish, ularning har birining o'ziga xos mavqeni egallashlari uchun zamin hozirlash lozimligini ko'rsatdi.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -Toshkent: O'zbekiston, 2017.
2. Xolmatova Z.T. Ta'lim kontekstida "gender" tushunchasining pedagogik mohiyati va xarakteristikasi. "Boshlang'ich ta'limda integratsiyaviy - innovatsion yondashuvlar O'zbekiston Respublikasi miqiyosida". // 2019 yil.
3. Raximovna, S. A. (2022). Development of Gender Culture. Academic Journal of Digital Economics and Stability, 16, 88-92.
4. Сайдуллаева, А. Р. (2022). НАЗНАЧЕНИЕ ТЕНДЕРНОГО ПОДХОДА В РАЗВИТИИ СОЦИАЛЬНОЙ- АКТИВНОСТИ СТУДЕНТОВ. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 2(18), 705-711.
5. AR Sadullayeva - BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ..., 2023 -sciencebox.uz Journal of Advanced Research and Stability Page 1 Journal of Advanced Research and Stability Volume: 03 Issue: 03 | Mar - 2023 ISSN: 2181-2608 www.sciencebox.uz