Научная статья на тему 'OILADA VOYAGA YETAYOTGAN QIZLARNI IJTIMOIY FAOLLIGINI KASB-HUNAR VOSITASIDA OSHIRISHDA USTOZ-SHOGIRD MUNASABATLARINING AHAMIYATI'

OILADA VOYAGA YETAYOTGAN QIZLARNI IJTIMOIY FAOLLIGINI KASB-HUNAR VOSITASIDA OSHIRISHDA USTOZ-SHOGIRD MUNASABATLARINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
39
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
Shaxsiy fazilatlar / Ijtimoiy fazilatlar / oilaviy burch / o‘zlikni anglash / did-farosat / ma’suliyat / tanlov erkinligi / iqtisodiy erkinlik / tadbirkorlik / muloqotchanlik / o‘zini-o‘zi ob’ektiv baholash

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Meliboyeva Sarvinoz Sobirjon Qizi

Ushbu maqolada oilada voyaga yetayotgan qizlarni ijtimoiy faolligini kasb-hunar vositasida oshirishning ijtimoiy-pedagogik ahamiyati, Oilada voyaga yetayotgan qizlarni milliy hunarmandchilik vositasida ijtimoiylashtirish jarayonida qizlardagi shaxsiy va ijtimoiy fazilatlar, oilada voyaga yetayotgan qizlarni ijtimoiy faolligini rivojlantirish tamoyillarga asoslanish kabilar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILADA VOYAGA YETAYOTGAN QIZLARNI IJTIMOIY FAOLLIGINI KASB-HUNAR VOSITASIDA OSHIRISHDA USTOZ-SHOGIRD MUNASABATLARINING AHAMIYATI»

OILADA VOYAGA YETAYOTGAN QIZLARNI IJTIMOIY FAOLLIGINI KASB-HUNAR VOSITASIDA OSHIRISHDA USTOZ-SHOGIRD MUNASABATLARINING

AHAMIYATI Meliboyeva Sarvinoz Sobirjon qizi

Qo'qon DPI Mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10114448

Annotatsiya. Ushbu maqolada oilada voyaga yetayotgan qizlarni ijtimoiy faolligini kasb-hunar vositasida oshirishning ijtimoiy-pedagogik ahamiyati, Oilada voyaga yetayotgan qizlarni milliy hunarmandchilik vositasida ijtimoiylashtirish jarayonida qizlardagi shaxsiy va ijtimoiy fazilatlar, oilada voyaga yetayotgan qizlarni ijtimoiy faolligini rivojlantirish tamoyillarga asoslanish kabilar berilgan.

Kalit so'zlar: Shaxsiy fazilatlar, Ijtimoiy fazilatlar, oilaviy burch, o'zlikni anglash, did-farosat, ma'suliyat, tanlov erkinligi, iqtisodiy erkinlik, tadbirkorlik, muloqotchanlik, o'zini-o'zi ob'ektiv baholash

Аннотация. В данной статье рассматривается социально-педагогическая значимость повышения социальной активности девочек-подростков в семье средствами профессии, личностных и социальных качеств девочек в процессе социализации девочек-подростков в семье средствами народных промыслов и даны принципы развития социальной активности девочек-подростков в семье.

Ключевые слова: Личностные качества, Социальные качества, семейный долг, самосознание, вкус, ответственность, свобода выбора, экономическая свобода, предприимчивость, коммуникабельность, объективная самооценка.

Abstract. In this article, the socio-pedagogikal importance of increasing the social activity of girls coming of age in the family by means ofprofession, the personal and social qualities of girls in the process of socialization of girls coming of age in the family by means of national handicrafts, and the principles of the development of social activity of girls coming of age in the family are given.

Keywords: Personal qualities, Social qualities, family duty, self-awareness, taste, responsibility, freedom of choice, economic freedom, entrepreneurship, sociability, objective self-evaluation.

Kirish. Bugungi kunda respublikamizda qizlarni mamlakatimiz konstitutsiyaviy tuzumi, suverinitetini himoya qilish ruhida tarbiyalash, barcha ta'lim muassalarida ularni oila va jamiyatni asrashga o'rgatish bo'yicha tegishli fanlar va mashg'ulotlarni joriy etish, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda iste'dodini qo'llab-quvvatlash, jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ko'maklashish, ularni mustaqil hayotga tayyorlash uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Shu bilan birga umumiy o'rta ta'lim maktablarida qizlarni mustaqil hayotga tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini yaratish, oilalarda voyaga yetayotgan qizlarning milliy hunarmandchilik vositasida ijtimoiy faolligini takomillashtirishning zarurati yuzaga keldi. Bu esa qizlardagi faollikni ijtimoiylashuvida dastlabki tayanch vazifasini bajaradi.

Tadqiqot metodologiyasi va obyekti. Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatning muhim bo'g'inlaridan biri xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish, qizlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning salomatligini mustahkamlash, iqtidorli va bilimli qizlarni tarbiyalash hamda ularning

ilmiy salohiyatini yuksaltirish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda, xususan, davlat boshqaruvida ularning rolini mustahkamlash hamda gender tenglikni ta'minlashdan iborat ekanligi "2022 - 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo'yicha Milliy dastur"da o'z aksini topgan.

Tadqiqot natijalari va muhokamasi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida yoshlarning ijtimoiy faolligini ta'minlash vosita, shakl va metodlarni takomillashtirish muhim ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Jamiyatimiz a'zolarining yuksak ma'naviyat-ma'rifatga ega bo'lishida ayniqsa, xotin-qizlarning o'rni beqiyosdir. Chunki xotin-qizlar millat tarbiyachisi. Millat va mamlakatning ravnaqi esa ta'lim-tarbiya bilan belgilanadi.

Respublikamizda ijtimoiy tarbiyaga qaratilgan e'tibor o'z navbatida oilada voyaga yetayotgan qizlarda ijtimoiy-faol shaxs sifatlarini tarbiyalash bugungi kunda mamalakatimizda olib borilayotgan ma'naviy islohotlarning muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Chunki, donishmand xalqimizda qizlarni parvarishlash, ularga ta'lim-tarbiya berish, oila hamda yurt sha'ni deb ardoqlash hamisha ustuvorlik kasb etgan. Ana shunday an'analarimizdan biri oilada voyaga yetayotgan qizlarga mehnat tarbiyasini berish bo'lib, o'zbek xalqining boy tarixiy merosi hisoblangan milliy hunarmandchilikka oid kasb-hunarga o'rgatish orqali ularda ham shaxsiy fazilatlar, ham ijtimoiy faollik ko'nikmalarini shakllantirish hisoblanib kelingan.

Bugungi kunda O'zbekistonda ta'limning bepul va majburiy ekanligi, bitta o'quvchining taqdiri bilan o'nlab tashkilotlar shug'ullanishi, davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan qizlarning ta'limi va tarbiyasiga jiddiy e'tibor qaratilayotganligi muhim ahamiyatga egadir. Qizlar tarbiyasiga bunday e'tibor qaratilishi boy pedagogik tajriba hisoblanib, qizlar tarbiyalanayotgan oilalar millat kelajagiga ma'sul eng katta tarbiyachilar hisoblanadi. Chunki, voyaga yetayotgan qizlarning fazilatlari, ijtimoiy sifatlari, jamiyatdagi o'rni, avvalo oilada shakllanadi. Agar qizlar ilk yoshdan boshlab, kasb-hunarga qiziqib, uni egallashda faol bo'lib, ijtimoiy faol shaxs sifatlarini egallasa, u o'z navbatida komila ona, barkamol shaxs, ijtimoiy hayotda faol, oilaparvar, zamon bilan hamnafas bo'lib yashashga intiladi.

Ijtimoiylashuv deganda- jamiyatning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo'lgan psixologik mexanizm, ijtimoiy me'yor va qadriyatlarni individ tomonidan o'zlashtirish jarayoni tushuniladi. (Ma'naviyat. Asosiy tushunchalar izohli lug'ati. "G'.G'ulom".- T.:2016.-B 82-85)

Faollik- lotincha "actus" - harakat "actuvus"- faol so'zlaridan olingan bo'lib, shaxsning hayotidagi barcha xatti-harakatlarini namoyon etishini ifodalovchi tushuncha. Qizlarning ijtimoiy faollashuvi deganda ularning ijtimoiy jarayonlarda ongli ravishda, mustaqil ishtirok etishlari tushuniladi.

Milliy pedagogika fanida qizlar tarbiyasi asosan, oilaviy hayotga tayyorlash nuqtayi nazaridan o'rganish bilan, cheklanib qolgan bo'lib, ushbu jarayonda qizlarni kasb-hunarga yo'naltirish orqali ularning ijtimoiy faolligini rivojlantirish, bu orqali tadbirkorlik malaka , ko'nikmalariga ega bo'lishi va oilaning moddiy faravonligini oshirishga hissa qo'shishga yo'naltirish muhim ijtimoiy pedagogik muammolardan hisoblanadi.

Oilada voyaga yetayotgan qizlarning ijtimoiy faol sifatlariga ega bo'lishi murakkab pedagogik jarayon bo'lib bo'lib, unda umuminsoniy, milliy, ijtimoiy gender, individual rivojlanishi birlashadi. Ushbu fikrlarning mohiyati va tabiati, jinsiy ong ijtimoiylashuv hamda tarbiya ta'sirida shakllanadi. Masalan, qizlar jismonan va psixologik jihatdan o'g'il bolaga

qaraganda jadal rivojlanadi. Qizlar odatda o'g'il bolalarga qaraganda tirishqoqroq, tejamkor, saranjom-sarishtali, ish-harakat faoliyatda samaraliroq bo'ladilar. Qizlar psixikasining sezgirligi o'gil bolaga nisbatan yuqori bo'lib, qizlar ko'proq ta'sirchan, o'ziga e'tiborli, maqtov va tanqidga ta'sirchan munosabatda bo'ladilar. Qizlarda ixtiyoriy diqqat kuchliroq rivojlanganligi sababli ish harakatlarni ular asosida esa mehnat qilish ko'nikmalarini osonroq egallaydilar, o'zlarini kasb-hunar o'rganishga safarbar qilib o'zlarini kuchliroq his qiladilar. Qizlarning qiziqish doirasi o'g'il bolanikiga qaraganda kamroq bo'lib, ko'pincha adabiyot, tarix, chet tillarini o'rganish, san'at, milliy hunarmandchilik bilan shug'ullanishni afzal ko'radilar. Bu voyaga yetayotgan qizlarda ijtimoiy faollikni maqsadga muvofiq yo'naltirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Bugungi kun talablaridan kelib chiqib milliy hunarmandchilik vositasida qizlarning ijtimoiylashuvida ilmiy asoslangan tayanch kompetentsiyalar asosida shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o'rinda oilada voyaga yetayotgan qizlarni milliy hunarmandchilik vositasida ijtimoiy faolligini ta'minlash qancha erta boshlansa, uning samarasi shuncha yuqori bo'ladi. Shuni inobatga olib, oilada voyaga yetayotgan qizlarni milliy hunarmandchilik vositasida ijtimoiy faolligini oshirishda ularda oilaviy burch, mehnatsevarlik, ma'suliyatlilik, tirishqoqlik, tejamkorlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik, did, farosat, sabr-qanoat, saranjom-sarishtalik, ijodkorlik kabi kompetentsiyalarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega.

Oilada voyaga yetayotgan qizlarni milliy hunarmandchilik vositasida ijtimoiylashtirish jarayonida qizlarda bir qator shaxsiy va ijtimoiy fazilatlar tarkib topadi.

1-ilova Oilada voyaga yetayotgan qizlarni milliy hunarmandchilik vositasida ijtimoiylashtirish jarayonida qizlarda kamol topadigan shaxsiy va ijtimoiy fazilatlari

^ r

Shaxsiy fazilatlar

1

Oilaviy burch, o'zlikni anglash, did-faros at, ma'suliyat, tirishqoqlik, maqsadga intiluvchanlik, sabr-qanoat, irodalilik, saranjom-sarishtalik, ijodkorlik, mehantsevarlik tejamkorlik, yaratuvchanlik

Ijtimoiy fazilatlar

i

Ishbilarmonlik, mustaqillik, jamoaga erta moslashish, intizomga, tartib qoidaga itoat etish, tanlov erkinligi, iqtisodiy erkinlik, tadbirkorlik, muloqotchanlik, o'zini-o'zi ob'ektiv baholash, o'z kuchiga bo'lgan ishonchning mustahkam bo'lishi, hamkorlikda ishlash malakasiga ega bo'lishi

Oilada voyaga yetayotgan qizlarni milliy huna rmandchilik vositasida ijtimoiy faolligini takomillashtirish jarayonida, ushbu vazifalarning amaliyotda hal etilishiga doir mavjud axvolni o'rgamish va taxlil qilishga xarakat qildik. Tadqiqod ishini amalga oshirishda respublikamizning Farg'ona, Samarqand, Jizzax viloyatlaridagi ta'lim muassasalari bilan maxallalar o'rtasidagi yillik ish rejalar, ta'lim muassasalari o'quv kurslari bo'yicha ishlab chiqilgan dasturlar va o'quv qo'llanmalarini o'rganib chiqdik. Muammoning amaliyotdagi axvolini o'rganish ota onalarga farzandlari bilan o'zaro munosabatlarini mustahkamlashda mahalla va oilaning jamiyatdagi o'rni aloxida ekanligini tushuntirish, oilada voyaga yetayotgan qizlarni ijtimoiy faolligini rivojlantirishda quyidagi tamoyillarga asoslanish lozimligini ko'rsatdi:

► Yaxlit yondashuv--voyaga yetayotgan qizlarning biologik va ruhiy,axloqiy va ma'naviy, g'oyaviy-siyosiy jihatdan o'z-o'zini anglashi;

► Tabaqalashtirilgan yondashuv--ijtimoiy institutlarning asosiy funksiyalariga muvofiq, keladigan tarbiya jarayonidagi ob'yektlarnini individualligini hisobga olgan xolda, tarbiyaviy ish mazmuni, shakl va me'todlari, vositakari tanlab olinishi;

► Individual yondashuv-- voyaga yetayotgan qizlarga ijtimoiy muxofazaga ehtiyojmand, Individual munosabatda bo'lishni talab etuvchi shaxs deb qarash;

► Insonparvarlik yondashuvi-- oilada ota-ona,bobo-buvi va yaqin qarindoshlar o'rtasida o'zaro xurmat,voyaga yetayotgan qizlarni ham fikrini diqqat bilan tinglash, ularga mexrli va e'tiborli munosabatda bo'lish,qizlarni o'z haq huquqlarini bilishi va himoyalanganligi o'zini kerakli va ahamiyatli his etishi,oilada qulay psixologik iqlimni yaratilganligi;

► Tabiat bilan uyg'unlikda yondashuv-- voyaga yetayotgan qizlarning Individual,shaxsiy xususiyatlarini o'rganish va tarbiyalash,ularning qiziqish va extiyojlariga tayanish, psixologik-pedagogik tashxis, maslahat va korreksiyaning o'zaro aloqadorligini ta'minlash;

► Ta'limiy-tarbiyaviy yondashuv-- o'quv tarbiyaviy jarayonda "oila-mahalla-ta'lim muassasasi" hamkorligiga tayanish. Ushbu hamkorlikning samarali yo'lga qo'yilishi bu hamkorlik doirasida oilalarda voyaga yetayotgan qizlarni ham jismonan ham ma'naviy yetuk qilib tarbiyakash, oilalarni mustahkamlash, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish orqali qizlar misolida jamiyatda faol ijtimoiy shaxs siymosini qaror toptirishga erishish.

Xulosa. Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, voyaga yetayotgan qizlarni ijtimoiy faolligini oshirishda milliy hunarmandchilikka oid kasb-hunarlarning imkoniyatlari katta. Ushbu jarayonda voyaga yetayotgan qizlarning gender xususiyatlari, ijtimoiy faollikka bo'lgan intilishlarini inobatga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonda shaxsiy fazilatlari, ijtimoiy fazilatlarini takomillashtirishga oid zamonaviy yondashuvlarga ustuvorlik berish muxim ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. Ma'naviyat. Asosiy tushunchalar izohli lug'ati. "G'.G'ulom".- T.:2016.-B 82-85.

2. Sarvinoz, Meliboeva. "An innovative system of poverty prevention in neighborhoods through family craft values." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.12 (2022): 1259-1262.

3. Shomirzayev M.X. O'zbek milliy hunarmandchiligining shakllanish genezisi va rivojlanish texnologiyasi. O'quv-uslubiy qo'llanma. -T.: —Yangi nashr, 2016. -88 b.

4. Davronova D.S. Oilada voyaga yetmagan bolalarning ijtimoiy ongini tarbiyalash tizimini rivojlantirish. Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss avtoref. - T., 2018, - 55 b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.