Научная статья на тему 'O‘QUVCHI-QIZLAR TARBIYASIDA SHARQONA TARBIYANING O‘RNI'

O‘QUVCHI-QIZLAR TARBIYASIDA SHARQONA TARBIYANING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2074
152
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila tarbiyasi / oila muhiti / ibo-xayo / or-nomus / tejamkorlik / oqila qiz / ibrat-na’muna / ayolga e’tibor. / family upbringing / family environment / modesty / honor / thrift / smart girl / role model / attention to woman.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ergasheva, Obod Norqulovna

Ushbu maqolada o‘zbek oilalaridagi qiz bolalarga nisbatan alohida e’tibor, ularni milliy qadriyatlar asosida iboli-xayoli, or-nomusli, tejamkor, oqila qilib tarbiya berish hamda oilalarda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar bayon etilgan. Shuningdek, oilada onaning o‘rni va jamiyatning rivojlanish taraqqiyotiga mosligi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF EASTERN EDUCATION IN THE EDUCATION OF SCHOOLGIRLS

It contains information on how to create a family-oriented, family-oriented, balanced and intellectual way of thinking about a girl in Uzbek families and how to manage her family. The role of the mother and her role in the development of the team are an integral part of success

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHI-QIZLAR TARBIYASIDA SHARQONA TARBIYANING O‘RNI»

O'QUVCHI-QIZLAR TARBIYASIDA SHARQONA TARBIYANING

O'RNI

Ergasheva Obod Norqulovna

Termiz davlat universiteti tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek oilalaridagi qiz bolalarga nisbatan alohida e'tibor, ularni milliy qadriyatlar asosida iboli-xayoli, or-nomusli, tejamkor, oqila qilib tarbiya berish hamda oilalarda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar bayon etilgan. Shuningdek, oilada onaning o 'rni va jamiyatning rivojlanish taraqqiyotiga mosligi yoritib berilgan.

Tayanch so'zlar: oila tarbiyasi, oila muhiti, ibo-xayo, or-nomus, tejamkorlik, oqila qiz, ibrat-na 'muna, ayolga e'tibor.

РОЛЬ ВОСТОЧНОГО ВОСПИТАНИЯ В ОБУЧЕНИИ ДЕВОЧЕК

Эргашева Обод Норкуловна

Научный сотрудник Термезского государственного университета

АННОТАЦИЯ

В стате содержится информaтsия о воспитании роли девушки в узбекской семе, взяты в основе нatsiоналных ценностей нравственности и морали, гордости, скромности, мудрости, семейно-ориентированной. А также место матери и ее роли в обществе являются неотъемлемой частю развития.

Ключевые слова: семейное воспитание, семейное окружение, скромность, честь, бережливость, умная девушка, образец для подражания, внимание к женщине.

THE ROLE OF EASTERH EDUCATION IN THE EDUCATION OF

SCHOOL-GIRLS

Ergasheva Obod Norqulovna

Researcher of Termez State University

ABSTRACT

It contains information on how to create a family-oriented, family-oriented, balanced and intellectual way of thinking about a girl in Uzbek families and how to manage her family. The role of the mother and her role in the development of the team are an integral part of success.

Keywords and concepts: family upbringing, family environment, modesty, honor, thrift, smart girl, role model, attention to woman.

KIRISH

Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o'z qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so'zsiz rioya qilinishini ta'minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ham har bir ma'ruzalarida xotin-qizlar roliga alohida e'tibor berib, ularning jamiyatdagi faoliyatlarini rivojlantirib, iste'dod va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratishni aniq belgilab berdilar. Shu sababli O'zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo'mitasining roli yanada oshirildi.

Ayniqsa, ayollarimizning jamiyatdagi o'rnini takomillashtirish maqsadida, so'nggi ikki yilda O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitalari va uning hududiy bo'linmalarining faoliyati tubdan o'zgartirilib, aniq vazifalari belgilab olindi. Qabul qilingan farmon doirasida Xotin-qizlar qo'mitasi faoliyatini tashkiliy-huquqiy jihatdan mustahkamlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 4 ta qaror, 4 farmoyish va 12 ta chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi. Yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning barcha sohalarda teng huquqli mehnat qilishi borasida huquqiy asoslar yaratilgan.

Tadqiqot maqsadi. O'quvchi-qizlarni tarbiyalashda Sharqona tarbiya an'nalaridan foydalanish, ularda ayollarga xos sifatlarni shakllantirish mazmunini o'rganish. Shuningdek, Sharqona tarbiyaning tarixiy ildizlarini va uning ilmiy-pedagogik imkoniyatlarini tadqiq etish hozirgi kunda alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Tadqiqot usullari. Kuzatish, adabiyotlar va ilmiy-tadqiqot ish natijalarini pedagogik-psixologik tahlil qilish, taqqoslash, anketa, so'rovnoma.

Asosiy qism. Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy folligini

oshirish masalalariga katta e'tibor qaratilib, ayollar masalasi ko'tarilgan. 2017-2021

yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi

bo'yicha Harakatlar strategiyasida "Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini

oshirish", ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi o'rnini kuchaytirish, xotin-

qizlar, kasb-hunar umumiy o'rta ta'lim maktablarini bitiruvchi qizlarning bandligini

ta'minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada

719

Scientific Journal Impact Factor

mustahkamlash vazifasi belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish buyicha kushimcha chora-tadbirlar tugrisida" 2019 yil 3 maydagi PK-4307-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2019 yil 31 dekabrda Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi1 qabul qilindi: Konsepsiyada "Qiz bolalarda ona Vatanga muhabbat, milliy g'oyaga sadoqat, mehnatsevarlik, jonkuyarlik, oilaparvarlik, ibo, xayo, nafosat, did-farosat, qanoat, vafodorlik, mehribonlik, raxmdillik, kamtarlik, ziyraklik, mehmondo'stlik, bolajonlik, murosalilik, orastalik, saranjomlik, xushmuomalalik, pazandalik kabi malakalarni shakllantirishga qaratilgan treninglar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish" vazifalari belgilangan.

2019-yil 24-yanvar O'zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida qizlarni oliy ta'limga jalb qilish masalasiga alohida e'tiborni qaratish zarurligi aytib o'tildi. O'quvchi-qizlarni yoshligidanoq hayotda o'z o'rnini topish uchun fan sirlarini yaxshi o'rganish zarurligini ular ongiga singdirish, qizlarning o'qimishli, ziyoli bo'lishi uchun shart-sharoitlar yaratish har bir ota ona va o'qituvchilarning vazifasidir.

Bugun biz o'zbeklar ulug' bir millat bo'lib tiklanish, vatanimiz qudratini oshirib, buyuk kelajak yaratish imkoniga ega bo'ldik. Bu shu vatanda yashayotgan har bir inson zimmasiga tarixiy burch va mas'uliyat yuklaydi. Avvalo, biz har birimiz shu mas'uliyatni anglamog'imiz va uning qudratini his etmog'imiz kerak. Bu ulug' vazifaning zamirida tarbiya yotadi. Ayol esa tarbiyachidir. U nafaqat bolalarning balki erkaklarning ham tarbiyachisidir. Donishmandlar "Har qanday buyuk shaxs ortida ayol turadi", deb aytgan hikmat bejiz emas. Bu borada Payg'ambarimiz hadislarida ham "Har bir erkak xotinining dinidadur", - deb ta'kidlanadi. Xalqimizda "Yaxshi xotin o'zdiradi, yomon xotin to'zdiradi", "Erni er qiladigan ham xotin, qaro er qiladigan ham xotin" degan maqollar bejiz aytilmagan. Bu hikmatli so'zlar zamiridagi haqiqatni dastlab ayollarning o'zlari mag'zini chaqib, bu ulkan mas'uliyatni anglab yetishlari kerak. Erkaklar oilani boqish va boshqarishni yana o'z yelkalariga olib oilada bolalarga ayol, mehri-muhabbatidan qoniqib yashashlari uchun imkon yaratib berishlari lozim. Hukumat va jamiyat esa ayollarga millatning tarbiyachilari, deb qarab ularni ham moddiy, ham ma'naviy tomondan ijtimoiy himoya eta olsagina, biz zimmamizdagi ulug' vazifani ko'ngildagidek ado etgan bo'lamiz.

1 Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi 2019 yil 3 maydagi PK-4307-son karori ijrosini ta'minlash maqsadida 2019 yil

31 dekabr. 4 b.

Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, odob-axloq, tarbiya xotin-qizlar, ona va ayol haqidagi g'oyalar eramizdan oldingi birinchi ming yillik boshlarida shakllanganligi haqidagi ma'lumotlar bor. Eng qadimgi yozma manbalarda odob-axloq g'oyalari zardushtiylik ta'limotining muqaddas kitobi "Avesto"da qimmatli fikrlar talqin etilgan. Muqaddas Qur'oni-Karim va Hadisi-shariflarda musulmon ahlining dunyoqarashi, falsafasi, ma'naviyati, axloqi, e'tiqodi, har tomonlama barkamolligi kabi insoniy sifatlarni shakllantirishda ayol va xotin-qizlarga bag'ishlangan qimmatli fikrlari bayon qilingan. Hadislarda "qizlarni turmushga chiqarish to'g'risida onalar bilan maslahatlashing" deb ta'kidlangan2.

Insoniyat paydo bo'libdiki, farzand tarbiyasi eng dolzarb masalalardan biri bo'lib kelmoqda. Har qanday jamiyat, tuzumda kelajak avlod tarbiyasi, istiqboli birlamchi vazifalardan hisoblanadi. Zero, Vatan taraqqiyoti, millat istiqboli shu zaminda voyaga yetayotgan o'g'il-qizlar kamoli bilan chambarchas bog'liq.

Turli xil davrlarda farzand tarbiyasiga bo'lgan e'tibor turli darajada bo'lgan. Qaysi jamiyat o'z naslining istiqbolini o'ylamas ekan ana o'sha jamiyat inqirozga uchrashi, parokandalikka yuz tutishiga tarix sahifalari ko'p bor guvohlik bergan.

Bugun O'zbekiston aholisining ko'pchiligini yoshlar tashkil etadi. Ular manfaatini himoya qilish, barkamol bo'lib voyaga yetishlari va qulay shart-sharoitlarda o'qishlari, mehnat qilishlari va imkoniyatlarning yaratilishi yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo'nalishidir. Yoshlarning dunyoqarashi, hayotiy maqsadlari, ijtimoiy mo'ljallari, o'zlarini qanday tuta bilishlari mamlakatimizning kelajak taqdiri bilan juda uyg'un.

O'zbekona qarashlarda qadimdan qiz bola tarbiyasiga alohida e'tibor bilan qaraladi. O'zbekchilikda qizlarning yurish-turishi, gap-so'zi, o'zini tutishiyu, epchil-chaqqonligi u ko'zga ko'ringan paytdan boshlab odamlarning og'ziga tushadi. Elimizda qiz bolaning chiroyidan ko'ra uning husni xulqi, epchil, chaqqon, pazandayu chevarligiga ko'proq ahamiyat beriladi.

Shuning uchun hamki qizning tug'ilganidan boshlab, unga muomala madaniyati, kiyinish madaniyati, ozodalik va tozalik, oilada odob-axloq qoidalarini qat'iy o'rgatib boriladi. Har bir qiz - ana shu oilaning yuzi deb baho beriladi.

Umuman olganda, qiz farzandimiz dunyoga kelgan kundan boshlab uni har tomonlama yetuk, komila etib tarbiyalashga va sog'lom bo'lib voyaga yetishiga jiddiy e'tibor qaratamiz. Dunyo go'zallari qaddu-qomati, tiniq yuziyu va hokazo shunga o'xshagan diqqatni tortadigan tashqi chiroyi bilan latofatli sanalsada, bunday sifatlar ikkinchi darajali xisoblanadi. Albatta, birinchi o'rinda yuqorida aytib

2 Xudoyqulov X.J. O'zbek qizining g'ururi - uning or-nomusi va odobidadir. - T.: "Dizayn-Press", 2011. - 5 b.

721

o'tilganidek qiz bolaning odob-axloqi, o'zida ibo-hayo va ozodaligi kabi zebo xislatlarni mujassam etgan fe'l-atvori bilan to'kis husnga ega hisoblangan. O'tmish avlodlarimiz hayotiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ko'z oldimizga Oybarchin, To'maris, Qutlug'nigorxonim, Gavharshodbegim, Zebiniso, Uvaysiy, Nodira - yana yuzlab nomlarini keltirish mumkin - bo'lgan ayollarimiz borki, ular shiddatkorligi, oqilaligi, sabr-toqatliligi bilan birga ibo, hayosi bilan ham o'rnak bo'lishgan.

O'zbek ayoli hamisha ham niyatini ochiq aytavermaydi. Dilidagisini pardalab gapirishga urinadi. Buni bosh milliy dostonimiz ««Alpomish»dagi bir qator tasvirlarda yaqqol ko'rish mumkin. Chunonchi, qalmoqlarning to'qson alpi zug'umida qolgan Oybarchinning Alpomishga yozgan xatida bu holat yorqin ko'zga tashlanadi. Qizning bitgan xati sof o'zbekcha: «Oltoychalik yo'lga keldim, to'qson alpga toytalashda qoldim, olti oyga muhlat oldim, mendan umidi bo'ls a, Alpomish kelsin, bo'lmasa javobimni bersin"3. Kichikkina bu maktubda ham xavotir, ham noz, ham iddao, ham istig'no, ham g'urur, ham umid, ham ko'ngil mayli aks etgan. O'zbekning qizi haqiqiy maishiy vaziyat bilan emas, ko'ngli holati bilan yashaydi. Birovga atashtirilgan qiz javobini olmasa, qaerda va qancha bo'lsa ham, o'zini boshi bog'liq sanaydi, egali deb biladi. Chunki unga egalisan, deyilgan! Chun-ki u Yaratganni o'rtaga qo'yib so'z bergan! O'zbekning qizi uchun so'z shunday qudratli kuch hisoblanadi. U «Ha, endi, vaziyat shunday bo'lib qoldi, boshqaning etagini tutishimga to'g'ri keldi», demaydi. Deyolmaydi. U o'zini o'qilgan fotiha, atashtirilgan odam oldida mas'ul sezadi. Ming yilcha oldin yaratilgan dostonda o'zbek ayolining ma'naviyati,ibosi yorqin ko'rinib turibdi.

Kaykovus ota-onaning yana bir muhim vazifasi farzand balog'atga yetgach, o'g'il bo'lsa uylantirib, qiz bo'lsa uzatib, o'z burchini ado etishi kerak, deb ko'rsatadi. Ayniqsa qiz bola tarbiyasiga e'tibor berish, unga g'amxo'rlik qilish kerakligini alohida qayd etadi: "Agar qizing bo'lsa, uni mastura doyalarga topshirg'il, toki yaxshi parvarish qilg'aylar va kattaroq bo'lg'andin so'ng muallimga topshirg'il ... Balog'atga yetgandan so'ng harakat qilib erga berg'il, unga shafqat va marhamat ko'rguzg'il, nedinkim qiz otaning asiri bo'lur"4.

Bizda ayol tavozesi, ayol itoatkorligi oliy fazilat hisoblanadi. O'zbek ayoli deganda eri qarshisida bosh egib turgan go'zal siymo tasavvur etiladi va qizlar juda yoshligidanoq umr yo'ldoshini hurmat qilishga o'rgatiladi. Itoatkorlikning juda muhim tomonlari borki, uni nazardan qochirsak katta hato qilgan bo'lamiz. Itoatkor ayollar ikki toifaga bo'linadi, birinchi toifa erining zulmidan, jabr-jafosidan qo'rqib,

3 Xudoyqulov X.J. Odob-axloq durdonalari. -T.: TTYMI, 2010. - 2 b.

4 Kaykovus. "Qobusnoma". Yangi avlod, 2018. - 86-bet

uning har qanday istagi, amr va farmonlarini so'zsiz bajaradi; ikkinchisi esa o'zini tanigan o'z haq-huquqlarini anglagan, o'zini qadrlagan holda eriga o'zaro hurmat va muhabbat bilan itoat etadi. Bu esa momolarimizdan qolgan katta ma'naviy merosdir.

Biz tariximizga nazar solar ekanmiz yurtimiz juda ko'p marta istelochilar qo'lidan-qo'liga o'tib kelganini ko'ramiz, buning sababi, avvalo, tabiatimizning boyligi bo'lsa, keyingisi esa ma'lum tarixiy davrlarda noto'g'ri siyosat oqibatida xalqimizning xaddan tashqari itoatkorlikka moyil bo'lib qolganidur. Bugun biz mustaqilligimizni mustahkamlash, abadiy o'zimizniki qilib saqlashimiz, uchun xurlikka, ozodlikka intilib yashaydigan farzandlarni dunyoga keltirishimiz va tarbiyalashimiz shart. Demak bunda jamiyatimizda yashayotgan har bir ayol o'zini tanishi, qadr-qimmatini, burchi va haq-huquqlarini anglab yetishi lozim. Erkaklar va ayollar Olloh taolo tomonidan ularga omonat qilib berilganini, omonatni ehtiyotlab asrash farz ekanini, zulmkorlik, zo'ravonlikni olloh qattiq la'natlaganini va uning oqibati yomon bo'lishini his etib yashasa, qolaversa, ular o'z farzandlari va millat taqdiri uchun ayollarni barkamol qilish yo'lida qayg'ursa, biz ko'zlagan maqsadlarimizga erisha olamiz.

Xo'sh, ayol bolalarning, erlarning, hattoki millatning tarbiyachisi ekan, uning o'zini kim tarbiyalaydi? Bu savol ta'bir joiz bo'lsa, jamiyatning maqsadini ifoda etadi. Axir bizning maqsadimiz yaxshi, baxtli kelajak qurish emasmi? Shu bois bugun o'zini ziyoliman, deb hisoblovchi, o'z taqdirini vatan, millat taqdiri bilan bog'lay oluvchi har bir fuqaro bu ulug' ishga bosh qo'shmog'i shart. Chunki, erkakni tarbiyalash - bir odamni tarbiyalash, ayolni tarbiyalash esa millatni tarbiyalash, demakdir. Buni hech qachon unutmaslik kerak. Faylasuflardan biri "Bizga yaxshi onalarni beringlar, biz yaxshi odamlar bo'lib yetishamiz", deya ta'kidlaganda haq edi.

Ayni vaqtda, ma'naviy poklanishimiz, milliy tiklanishimiz va kuch-qudratimizni oshirish uchun yaxshi odamlar kerak. Demak, yaxshi onalar kerak. Illo, yaxshi onalar millatimizning kelajagidir. Kelajak esa yonimizda e'tiborga, mehr-muhabbatga intizor bo'lib turibdi. Ertangi farovon kunimiz hurmati, ayolga shavkatli va muruvvatli bo'laylik! Zero insoniyatning baxti ham baxtsizligi ham ayolda mujassam bo'lgan. Adabiyot namoyondalaridan biri, Sharl' Bodler "Ayol - baxtga taklifnomadur"5, deb dilbar so'zlar bilan ayolni ulug'lagan edi. Bu ko'hna dunyoning qiyomatga qadar barhaq turadigan ilohiy kalomlaridan biridir. Prezidentimiz

"Qiz bolalarni hayotga tayyorlash, ularni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga o'rgatish, ilm-fan, madaniyat va san'at, sport sohalariga keng jalb etish orqali ularning qobiliyati va salohiyatini ro'yobga chiqarish muhim ahamiyatga ega ekanini,

5 Xudoyqulov X.J. O'zbek qizining g'ururi - uning or-nomusi va odobidadir. - T.: "Dizayn-Press", 2011. - 56 b.

723

o'ylaymanki, barchamiz yaxshi tushunamiz"6 deganlarida bugunning gapini aytgan edilar.

Hozirgi kunda bir qator ayollar qizlarning hayotga tayyorligini o'larning seplari bilan belgilamoqda. Sep, qalin va boshqa sarf-xarajatlarni haddan oshirib, oilalarning tezda buzilib ketishiga sabab bo'lmoqda. Ayrim joylarda hali ham qalin deb ko'p mol-mulk olish xurofotidan qutila olmagan kelin olish uchun ko'p miqdordagi pul, o'nlab mol-qo'y, kiyim-kechak va jihozlar berishga, kelin kelgach, undan narsalarni undirib olishga o'rgangan oilalar haligacha bor, bunday olish-berishlar qizlarimizning haq-huquqini kamsitish, ularni oldi-sotdi qilish emasmi. Hozirgi kunda qizlarning seplarida turli hashamdor ro'zg'or anjomlari o'rin olmoqda, agar bu qizlarimizning hayotda o'z o'rnini topishga xizmat qilsa nur ustiga a'lo nur bo'lar edi. Biroq, bu narsalar qizlar baxtini kafolatlay oladimi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 3-avgustdagi ijodkor ziyoliylar bilan uchrashuvda to'ylarni tartibga solish masalasi ko'rib chiqildi. Prezidentimiz dabdabali to'ylarni "dard"7 deb atagan edi. To'ylarga sarflanadigan nozu-ne'matlar bir tomon bo'lsa, ikkinchi dard ularning seplari, ota-onani toliqtirib qo'yayotgani ham rast gap. Onalarimiz qizlariga ro'zg'or tutish axloq-odob qoidalarini o'rgatish o'rniga, sep to'plash uchun tinmay mehnat qilmoqda .Bu esa qizlarimiz ma'naviyatining pasayib ketishiga sabab bo'lmoqda.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Qizlarimizning seplarida ularning ma'naviyatini ko'tarishga xizmat qiladigan turli mavzulardagi kitoblar, ma'naviy manbalar (onalar tomonidan tikilgan kashtalar, buvilari tomonidan qoldirilgan taqinchoqlar) bo'lsa juda yaxshi bo'lar edi. Shu sababli o'zbek oilalarida qizlarni tarbiyalashda quyidagi masalalarga e'tiborni qarotmoq lozim deb topdik:

- qizlarimizga yoshligidanoq o'zbek urf-odatlarini va udumlarini singdirib borish;

- avvalo ona, qolaversa, ota qiziga har tomonlama o'rnak, namuna bo'lishi lozim;

- oilada ayollar o'rnini, vazifasini, burchini, huquqini tushuntirib borish;

- oilada ayollar zimmasidagi yumushlarini puxta o'rgatib borish;

- qizlarning savollariga, tushunmagan narsalari bo'yicha so'rovlariga shoshilmay, mukammal javob berish;

- qarindosh -urug', mahalla-kuydagi obru-e'tiborli oilalarning ayollarini, qizlarini namuna qilib ko'rsatib borish;

6 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5325-son Farmoni, 2018 yil 02.03.

7 Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining navbatdagi sesiyasidagi ma'ruzasi. 2019 yil.07.03

724

Scientific Journal Impact Factor

- ortiqcha erkalatmaslik, ranjitmaslik, ayniqsa, yomon so'zlar bilan haqoratlamaslik kerak;

- qiz bolaga ota-ona, aka-ukalar tomonidan zulm o'tkazmaslik;

- noto'g'ri ish, hatti-harakatini tushuntirib, yengil koyish bilan birga yaxshi ishlarni rag'batlantirib borish;

- yoshi ulg'aya borgan sari qiz bolaga turmush, oila, turmush o'rtog'i, unga munosabat haqidagi tushunchalarni shakillantirish;

- qiz bolaning adabiyotga, san'atga she'riyatga havasini orttirib borish;

- odob-axloq, sharm-hayo, ibo, muloyimlik, yurish-turish va kiyinish madaniyati, tejamkorlik, sabr-toqatli bo'lish masalalarida tushuncha berib borish maqsadga muvofiqdir.

Jamiyatdagi har bir qiz millatning ertasi hisoblanada. Chunki, uning faoliyati, hech bo'lmaganda, bitta oilani qamrab oladi. Oiladagi muhitning ta'siri jamiyatning ildiziga borib tutashadi. Kelajak egalari sanaluvchi yoshlarni tarbiyalar ekan har bir qiz fan tomondan ham, din tomondan ham atroflicha, chuqur bilimga ega bo'lishi shart. Qolaversa, qizlarning ushbu jihatlarda ham savodxonligi ahamiyatlidir:

- meditsinaga oid boshlang'ich tushunchalar;

- matematik savodxonlik;

- ona tilini yaxshi bilishi;

- odob-axloq normalariga oid bilimlar;

- urf-odat, milliy qadriyatlar, an'analarga hurmat;

- o'zini shaxs sifatida tanish.

Asrlar oshib, o'zbekning tarjimai holiga aylangan mintalitetimiz qoidalari texnologiya asrida ham qizlarimizga ziynat bo'lib xizmat qilishi xalqning muddaosidir. Ayol xilqatining haqiqiy qiyofasini belgilovchi bu kabi hislatlar esa qizlarning sharqona tarbiya olib, hayotda o'z o'rnini topishiga, qolavesa, ijtimoiylashuviga yordam beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5325-son Farmoni, 2018 yil 02.03.

2. Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi 2019 yil 3 maydagi PK-4307-son karori ijrosini ta'minlash maqsadida 2019 yil 31 dekabr.

3. O'zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi 24-yanvar 2019-yil

Scientific Journal Impact Factor

4. Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining navbatdagi sesiyasidagi ma'ruzasi. 2019 yil.07.03

5. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - T.: "Ma'naviyat", 2008

6. Kaykovus. "Qobusnoma" Yangi avlod, 2018. - 86-bet

7. Xudoyqulov X.J. Odob-axloq durdonalari. -T.: TTYMI, 2010. - 124 b.

8. Xudoyqulov X.J. O'zbek qizining g'ururi - uning or-nomusi va odobidadir. - T.: "Dizayn-Press", 2011. - 142 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.