Научная статья на тему 'O‘QUVCHI QIZLARNI KASBGA YO‘NALTIRISH YO‘LIDAGI OLIB BORILAYOTGAN ISLOHATLAR'

O‘QUVCHI QIZLARNI KASBGA YO‘NALTIRISH YO‘LIDAGI OLIB BORILAYOTGAN ISLOHATLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
364
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
intellektual salohiyat / innovatsion rivojlanish / ilm-fan taraqqiyoti / ayol ma’naviyati / optatsiya / kasb-hunar ta’limi / situatsion xonalar / ijtimoiy faollik / iqtisodiy erkinlik / kelajak tarbiyachisi. / intellectual potential / innovative development / scientific development / female spirituality / optology / vocational education / situational rooms / social activism / economic freedom / future educator

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Yuldashev Sobirjon Haqnazarovich, Niyetova Gulchexra Bazarbayevna

Ushbu maqolada mualliflar mamlakatimizning ilm-fan taraqqiyoti va innovatsion rivojlanishida ayollarning o‘rin dolzarb ekanligini, o‘quvchi-qizlarni kasb-hunarga tayyorlab borishning muhim jihatlarini ilmiy nuqtay nazardan taxlil etish zaruriyatini aspektda yoritgan. Masalaning ushbu jixati shu paytga qadar xalqaro nashr etilgan ishlarga qo‘shimcha material bo‘lib xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROFESSIONAL REFORM OF STUDENT GIRLS

In this article, the authors highlight the importance of the role of women in the development of science and innovation in our country, the need for a scientific analysis of important aspects of preparing students for the profession. This aspect of the issue serves as additional material for international publications to date.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHI QIZLARNI KASBGA YO‘NALTIRISH YO‘LIDAGI OLIB BORILAYOTGAN ISLOHATLAR»

O'QUVCHI QIZLARNI KASBGA YO'NALTIRISH YO'LIDAGI OLIB

BORILAYOTGAN ISLOHATLAR

Annotatsiya: Ushbu maqolada mualliflar mamlakatimizning ilm-fan taraqqiyoti va innovatsion rivojlanishida ayollarning o 'rin dolzarb ekanligini, o 'quvchi-qizlarni kasb-hunarga tayyorlab borishning muhim jihatlarini ilmiy nuqtay nazardan taxlil etish zaruriyatini aspektda yoritgan. Masalaning ushbu jixati shu paytga qadar xalqaro nashr etilgan ishlarga qo'shimcha material bo'lib xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: intellektual salohiyat, innovatsion rivojlanish, ilm-fan taraqqiyoti, ayol ma'naviyati, optatsiya, kasb-hunar ta'limi, situatsion xonalar, ijtimoiy faollik, iqtisodiy erkinlik, kelajak tarbiyachisi.

Аннотация: В статье авторы подчеркивают важность роли женщин в развитии науки и инноваций в нашей стране, необходимость научного анализа важных аспектов подготовки студентов к профессии. Этот аспект номера на сегодняшний день служит дополнительным материалом для международных публикаций.

Ключевые слова: интеллектуальный потенциал, инновационное развитие, научное развитие, женская духовность, оптология, профессиональное образование, ситуационные комнаты, социальная активность, экономическая свобода, будущий педагог.

Abstract: In this article, the authors highlight the importance of the role of women in the development of science and innovation in our country, the need for a scientific analysis of important aspects of preparing students for the profession. This aspect of the issue serves as additional material for international publications to date.

Keywords: intellectual potential, innovative development, scientific development, female spirituality, optology, vocational education, situational rooms, social activism, economic freedom, future educator.

Bugungi zamonaviy va ilm-fan innovatsion rivojlanib kelayotgan bir vaqtda insonlar juda ko'p axborot almashishi orqali fikr mulohazalarini yangilab boradi. Bu davrda xotin qizlar o'zlarining faolliklari, intellektual salohiyati bilan ustun bulib kelishgan, ayniqsa, bilimli va ma'rifatli ayollarning yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ilm-fan taraqqiyoti va innovatsion rivojlantirish jarayonlaridagi o'rni

Yuldashev Sobirjon Haqnazarovich Yuqori Chirchiq tuman kasb-hunar maktabi direktori Niyetova Gulchexra Bazarbayevna O'quv ishlari bo 'yicha direktor o 'rinbosari

KIRISH

beqiyos. SHarq ayollari azaldan ibo-hayosi bilan birga mehnatsevar va oilaparvar bo'lib kelishgan. Ular hardoim oilasi va farzandlari, ularning farovonligi uchun bor kuch qudrati bilan, har qanday ishchi kasbni egallab ma'suliyatni o'z zimmasiga olganlar. Ayolning ilmiy salohiyati va maxoratli kasb egasi bo'lishi oilada, ijtimoiy hayotda - jamiyatda barqarorlik, xamjixatlikning mustaxkam bo'lishining asosidir. Kelajagimiz bo'lgan yoshlarimizning kim bo'lib etishishi millatimiz tarbiyachilariga bog'liq. Buyuk mutafakkirlar e'zozlaganidek "Ayol ilmli bo'lsa-millat ilmli bo'ladi"

Mamlakatimizda mazkur masalaga alohida va davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, maxalla institutini yanada qullab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari tug'risida"gi 2020 yil 18 fevraldagi PF 5938-son Farmoni bunga misol bo'ladi.

Jamiyatimizning aksariyat qismini yoshlar tashkil etadi va o'spirin yoshlar fe'l atvorining o'ziga xos tomonlaridan biri ular bugunni va ertangi kunni kelajak nuqtai nazardan qabul qiladi. Bu davr 11-12 yoshdan 14-18 yoshga tug'ri keladi va ilmiy tilda "Optatsiya" (lotincha so'z: tanlov, xoqish) deb nomlanadi va bunda uspirin bilimga chanqoqligi, xar xil kasblarga qiziqa boshlaydi va o'zini professinal sifatida tasavvur qiladi. davrining sodir yuqori darajasi sodir buladi. Demak bu davrda yoshlarimizni vaqtini bekor o'tkazmasdan ularni biror foydali kasbga yo'naltirish lozim bo'ladi. SHu o'rinda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohatlarning yana bir asosini keltirib o'tish joizdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. O'quvchi qizlarni kasbga yo'naltirish yo'lidagi olib borilayotgan islohatlar haqida qisqacha tahlil olib borildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari metodoligik jihatdan olindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 6 - noyabrdagi PF-6108 son "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim - tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlar tug'risida" gi Farmonida umumta'lim muassasalari bitiruvchilari o'z iqtidori va qiziqishlariga mos kasbni tanlab olishi, mehnat bozorida munosib o'rnini topishi, kasbiy faoliyatida muvofaqqiyatga erishishi uchun "Kasbga yo'naltirish tizimi" ni joriy etish asosida o'quvchilarni kasb-hunarga bo'lgan qiziqishlar bazasini yaratish, ularni ma'lum kasbga yo'naltirishga alohida e'tibor berilgan. Kasb-hunar maktablarida umumta'lim muassasalari o'quvchilari uchun kasbga yo'naltirish bo'yicha "situatsion xonalar" tashkil etilishi yoshlarning kasb egallashda tug'ri yo'lni tanlashiga dasturi amal bo'lib xizmat qiladi. Ayniqsa kasb-

310

hunar maktablarida dual tizimini joriy etish natijasida ishlab chiqarish amaliyotini o'tayotgan o'quvchilarga ish beruvchi bilan tuzilgan muddatli shartnomaga muvofiq ish haqi to'lanishi bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikka yo'l ochiladi va ularning iqtisodiy erkinligini ta'minlab boradi.

Mazkur Farmonda aynan 15-16 yoshdagi ug'il-qizlarni ishchi kasbga yo'naltirib o'qitish hozirgi shiddat bilan o'tib ketayotgan zamonda farzandlarimiz katta hayotga ertaroq tayyorlab borish nazarda tutilgan.

Boshlang'ich professional ta'limda tayyorlanadigan yo'nalishlarning aksariyati bizning jamiyatimizda e'zozlanadigan kasblar bo'lib yosh qizlarimizni tikuvchi, sartarosh, qandolatchi, bank nazoratchisi, toquvchi ishchi kasblariga o'qitib ular ma'lum bir mutaxassislikni egallab chiqadi

Mamlakat Prezidenti SH.M. Mirzieyov "Agar biz farzandlarimizni sog'lom va barkamol, Vatanga sodiq insonlar etib voyaga etkazish niyatida ekanmiz, avvalo, xotin-qizlar uchun ilm-fan va kasb-hunar yo'llarini keng ochib berishimiz kerak" deb ta'kidlaganidek, rivojlanib kelayotgan jamiyatimizda qizlarimiz yaxshi bir kasb egasi bo'lsa xayotida iqtisodiy va ma'naviy qaramlik tushunchasidan mutlaqo uzoq bo'ladi.

Taraqqiyparvar ma'rifatparvar alloma A.Avloniy "Tarbiyani kimlar qilur? Qayda qilinur?" degan savolga "Birinchi uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidur" deb javob bergan edi. Oilada farzand tarbiyasi bilan shug'ullanadigan onalarimiz avvalo o'zlari ilmli -bilimli va biror kasb egasi bulmog'i nazarda tutilgan. Dono xalqimiz "Ayol ilmli bo'lsa-ko'pchilik ilmli bo'ladi" deb bejiz aytmagan. Ilmli ona tarbiyasidagi bir necha farzandlar jamiyatimiz koriga yaraydigan etuk ma'rifatli, salohiyatli kadrlar bo'lib etishadi. Ayniqsa yurtboshimiz "Oilani ham, jamiyatni ham birlashtirib, unga fayzu barokat kiritadigan, xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mu'tabar ayollardir" deb ta'kidlagan.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda biz istiqomat qilayotgan jamiyatda aynan yuqoridagi g'oyalar ilgari surilib yosh qizlarimiz umuman yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratilib kelmoqda. Qabul qilinayotgan hukumat Farmon va qarorlarning ijrosi mamlakat xotin-qizlarining oilada, davlat va jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilganligi ko'p jihatdan ayollarning ongi, tafakkuri, intellektual salohiyati darajasini ko'tarayotganligi ko'rsatmoqda. Ularning ilm-fan sirlarini puxta egallashlari, shu tariqa o'z qobiliyat va imkoniyatlarini jamiyat taraqqiyoti yo'lida sarflanayotganliklari xalq, millat, mamlakat kelajagi uchun xizmat qilmoqda. Bizning oldimizda turgan muxim vazifa ularni tug'ri yo'naltirish, taqdim etilayotgan farmoyishlar, qarorlar, huquqiy - me'yoriy hujjatlardan o'z vaqtida va tug'ri foydalanishga o'rgatishdir. Zero, bugungi davlatimiz tomonidan olib borilayotgan har bir islohatda ularning manfaati aks ettirilgan.

XULOSA VA TAKLIFLAR

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 6 - noyabrdagi PF-6108 son "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim - tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlar tug'risida" gi Farmonida

2. "Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, maxalla institutini yanada qullab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari tug'risida"gi 2020 yil 18 fevraldagi PF 5938-son Farmoni

3. O'zbekiston Respublikasi PrezidentiSH.Mirzieyovning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq so'zi 2020 y. 30 dekabr

4. A.Avloniy -tanlangan asarlar 2 jildlik 2-jild.-T.:Ma'naviyat 1998.-B-37

5. Pulatov, Sh., Madalimov, T., Mullajonov, I., Qodirov, M., & Valiyev, L. (2020). Some Characteristics of Modern Indian Philosophy. International Journal of Multidisciplinary Research and Publications, 2(11), 47-49.

6. Pulatov Sh.N.Sankhya-ancient Indian philosophical school. //PUSTAK BHARATI RESEARCH JOURNAL// JAN-June. ISSUE Toronto, Canada. No: 1-2, 2020.

7.PULATOV SH.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1. 2020 468474 P.

8.Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

9.Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

10. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

11. Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

12. Sulaymonov J.B. Ibn Xaldun ijtimoiy-falsafiy qarashlarida axloqiy masalalar//Falsafa va huquq jurnali. 2019 yil 1-soni. 42-45 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.