0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
GENDER YONDASHUV ASOSIDA MAKTAB O'QUVCHILARINI KASBGA
YO'NALTIRISH MASALALARI Gulxayo Samandarova Abdukarim qizi
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining "Umumiy bo'lim va arxiv" bo'limi devonxona mudiri, mustaqil
izlanuvchi
[email protected] (+99899) 911-13-31 https://doi.org/10.5281/zenodo.10138498
Annotasiya. Ushbu maqolada gender yondashuv asosida o'quvchi-yoshlarni kasbga yo'naltirish borasidagi masalalari o'rganilgan hamda dunyodagi ilg'or tajribalarni mamlakatimizga tatbiq etish bo'yicha fikr-mulohaza, tahlillar va amaliy ishlar yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: gender tenglik, xotin-qizlar, ota-ona, gender yondashuv, o'g'il bolalar va qizlar, maktab, ta'lim, kabs, mehnat bozori, o 'quv dasturi.
Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы профориентации студентов на основе гендерного подхода, а также освещаются комментарии, анализ и практическая работа по внедрению лучших мировых практик в нашей стране.
Ключевые слова: гендерное равенство, женщины, родители, гендерный подход, мальчики и девочки, школа, образование, образование, рынок труда, учебная программа.
Abstract. This article discusses issues of career guidance for students based on a gender approach, and also highlights comments, analysis and practical work on introducing the best world practices in our country.
Keywords: gender equality, women, parents, gender approach, boys and girls, school, education, education, labor market, curriculum.
Kirish. Bugungi kunda jamiyatda tenglik tamoyilini singdirish va erishishdagi harakatlar faqatgina xotin-qizlarning huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash uchungina "Gender tenglik" tushunchasi kiritilgan degan qarashlar mavjud. Vaholanki, bu borada Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil sentabr oyida bo'lib o'tgan Barqaror rivojlanish bo'yicha sammitida qabul qilingan 70-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq hamda BMTning 2030-yilgacha mo'ljallangan Global kun tartibi Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo'yicha 2018-yilning 20-oktabrida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2030-yilgacha bo'lgan davrga mo'ljallangan Barqaror rivojlanish sohasidagi 16 ta milliy maqsad va ular bilan bog'liq bo'lgan 127 ta vazifa tasdiqlangan. Shu bilan birga, jamiyat hayotidagi turli jabhalarda ayollarning o'rni va mavqeyini oshirish, yosh olimalarning ta'lim va ilm-fan sohasida istiqbolli loyihalarini rag'batlantirish O'zbekiston ichki siyosiy konsepsiyasining ustuvor yo'nalishlari qatoriga kiradi.
Qolaversa, "O'zbekiston - 2030" strategiyasining 25-maqsadida: xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta'minlash vazifasi belgilab qo'yilgan.
Bugungi kunda ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish butun dunyoda gender tengligi va teng huquqlilik masalalariga nisbatan e'tibor kuchayib borayotgani bilan ifodalanadi. Har bir jamiyatning o'z andozasi, ya'ni erkak va ayollarning tutgan o'rni, imkoniyatlari, o'ziga xos xususiyatlar asosida tushuncha mavjud. Ayni paytda ko'pgina davlatlarda hali hamon saqlanib kelinayotgan erkak va ayol munosabati o'rtasidagi tafovut, ya'ni gender tengsizligi asosiy muammolardan biri hisobladi. Bu esa odamlar salohiyatidan foydalanishni cheklaydi. Ayniqsa,
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
bola yoshligidanoq bunday tengsizlik ta'sirida ulg'ayadi. Ko'rinib turibdiki, shaxsni shakllantirishda, ta'lim berishda, kasb tanlashida gender yondashuv tajribasi yetishmaydi.
Asosiy qism. "Gender" so'zi termin sifatida yuridik maqomni 1995-yili Pekin konferensiyasidan so'ng olib, erkak va ayol ijtimoiy tenglik holati butun dunyo vakillari tomonidan tasdiqlandi. Gender tenglik
1. Teng huquqlilik
2. Teng javobgarlik
3. Teng imkoniyat
4. O'zaro hamkorlik tamoyillariga asoslanadi. Gender tenglik deganda turli jamiyatlarda yashovchi erkak va ayollar xulqini belgilovchi ijtimoiy va madaniy vazifalar me'yorlari majmuasi tushuniladi. An'anaviy urf-odatlar ta'siri kuchli bo'lgan jamiyatlarda tug'ilish bilan bog'liq turli udumlarga rioya etish, masalan, chaqaloqqa tanlanayotgan kiyimning rangidan boshlab, o'yinchoqlargacha e'tiborni qaratish, bu insonni yoshlik chog'idanoq gender tizimiga kiritadi, oilada farzandlarga bo'lgan munosabatlarda ham gender farqlar ko'zga tashlanadi. O'g'il va qiz bolaning ta'lim olishi hamda kasbga yo'naltirishda, ayniqsa, Sharq oilalarida qiz bolani o'qitib, uzatib yuborsang rohatini boshqalar ko'radi, o'qigani bilan shahar olib berarmidi, hayot maktabida o'qitish kerak degan qarashlar bugungi kunda ham uchrab turadi. Tabiiyki bunday fikrlovchi jamiyatda qizlarning kelgusi taqdiri belgilab qo'yilgan bo'ladi. Maktab yoshidagi bitiruvchi qizlarning aksari oliy ta'limga hujjat topshirish orzusida emas balki, ko'pchiligi unashtirilgan va tezroq maktabni bitirib uzatilishi haqida o'ylaydi. Bu nafaqat oilaning ilmsizligiga, balki ish izlab boshqa mamlakatlarga ketayotgan aksar erkaklarning ortida qolayotgan qizlar, ayollar bo'lib, ular mutlaqo savodsiz, erta oila qurgani uchun ko'p farzand tug'ib, ularni tarbiyalash va qornini to'ydirishga qurbi yetmay ro'zg'or tashvishida mehnat bozoriga hech qanday ko'nikmasiz qolib ketayotgani yetmaganidek, butun boshli avlodlar rivojlanishi uchun qulay sharoit yo'qligi sabab ularning marginallashuvi va qashshoqligiga olib kelmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Ta'lim indeksi"ga ko'ra 187 ta mamlakat orasida ta'lim ko'rsatkichlari bo'yicha Mustaqil davlatlar hamdo'stiligidagi Qozog'iston 70-o'rinda, Turkmaniston 103-o'rinda, O'zbekiston 116-o'rinda, Qirg'iziston 125-o'rinda, eng past ko'rsatkich bilan Tojikiston 133-o'rinni egallaydi. Ta'limda o'g'il bolalar va qizlar o'rtasidagi gender tafovutning ortib borayotganini ko'rsatgichlardan bilish mumkin. Past ko'rsatkichni qayd etgan Tojikistonda 9 yillik ta'lim majburiyligiga qaramay, ko'p hollarda qizlar maktabga bormay qo'yadi. Shuningdek, UNESKO ma'lumotlarida 5-sinfdan boshlab qizlarning taxminan 10 foizi maktabga bormay qo'yishi, o'g'il bolalarning ushbu ko'rsatkichi esa 2 foizga teng bo'lishi, yuqori bosqichda esa qizlarning 48 foizi va o'g'il bolalarning 30 foizi maktabga qatnamay qo'yishi keltiriladi.
"Ota-onalar o'g'illari uchun yuqori darajadagi ta'lim beradilar, shuning uchun ayollar nufuzli kasblarni kamdan kam hollarda o'zlashtirishi mumkin. Ta'lim va ayollarning kasbiy tajribasi o'rtasidagi bog'liqlik ikki tomonlama - ta'lim va kasb tanlashda teng huquqlarga qaramay, ayollarning mehnat bozoridagi imkoniyatlari cheklangan",-deydi Richard Anker o'z tadqiqotlarida.
O'spirinlarning gender xususiyatlari ularning kasb tanlashlariga ta'sir etishi olimlarning kasbiy manfaatlaridagi gender farqlar sohasiga oid izlanishlarida qayd etilgan. Xususan, Sergeyevaning o'smirlar ixtisoslashtirilgan ta'limni tanlashga motivatsion tayyorgarligining gender xususiyatlarini o'rganish bo'yicha olib borgan tadqiqotlarida qizlar va o'g'il bolalarning
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
kasb turlarini afzal ko'rishda o'ziga xos xususiyatlar mavjudligi aniqlandi. Jumladan, o'g'il bolalarning "inson-texnika" turdagi kasblarga, qizlarning esa "inson san'at" turiga nisbatan kasbiy qiziqishlari yuqori bo'lar ekan. Odatda ta'lim tizimiga gender yondashuvini joriy etishda jamiyatda va o'qituvchilarning kasbiy muhitida noaniq munosabatlar, maktab o'qituvchilarining gender pedagogika sohasida maxsus bilimga ega emasligi to'sqinlik qilishi mumkin degan tahlillarga yondashadigan bo'lsak, bu borada O'zbekistonda bugungi kunda o'g'il bolalar va qizlar uchun alohida darslar tashkil qilinmasligi, barcha tengligi ta'minlangan holda darslarda birdek qatnashish huquqiga ega ekanligi belgilab qo'yilgan. Mamlakatimizda ma'muriy islohotlar natijasida maktabgacha va maktab ta'limi tizimi birlashtirilib, bugungi kunda tizimda 10 mingdan ortiq maktablarda jami 6 336 933 nafar o'quvchilar ta'lim olishadi. Shundan, 3 158 277 nafarini o'g'il bolalar, 3 178 656 nafarini qizlar tashkil etadi.
Shu bilan birga, ta'lim muassasalarida amaldagi o'quv dasturlari doirasida gender tarbiyani o'quvchi-yoshlar ongiga singdirish borasida umumta'lim maktablarida "Tarbiya" faniga o'quvchi-yoshlar ongida sog'lom oilani shakllantirish maqsadida 1-4-sinflar uchun "Sog' tanda - sog'lom aql", "Salomatlik ulkan boylik", "Sog'lig'imiz boyligimiz", "Ozodalik inson ko'rki", 5-11-sinf uchun "Oila qadriyatlar beshigi", "Farzand - oila ko'zgusi", "Muomala uchun zarur odoblar", "Tushkunlik va besaranjomlikni boshqarish", "Oila - Vatan ichra Vatan", "Oila - baxt qo'rg'oni", "Oiladagi burch va mas'uliyat", "Baxt hayot poydevori", "Oila mas'uliyati, sha'ni va qadri" kabi mavzular 2021-2022-o'quv yilidan boshlab kiritilgan bo'lsa, 2023-2024-o'quv yili darsliklarida jinsiy va reproduktiv salomatlik hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo'yicha 10-sinfning Ona tili fani mavzular tarkibiga "Gender tengligi", Tarbiya faniga "Jamiyatda shaxsning huquqiy maqomi: Gender tenglik, Zo'ravonlikning oldini olish", 11-sinfning Tarbiya faniga "Nikoh, uni tuzish va tugatish asoslari" kabi mavzular kiritildi. Bunda o'quvchi-yoshlarga "Gender tenglik" inson huquqlarining erkaklar va ayollarga teng imkoniyatlar beruvchi, jamiyatda ulardan birining kamsitilishiga yo'l qo'ymaslikni ta'minlovchi hamda jamiyatlardagi urf-odat, qadriyatlarga qarab mazmunan farq qiluvchi ajralmas tamoyili ekanligi tushuntiriladi. Shuningdek, nikohni rasmiylashtirish, er-xotinning shaxsiy, mulkiy huquq va majburiyatlari, aliment majburiyatlari, bola huquqi, farzandlarning huquq va erkinliklari kabi munosabatlar huquqiy qoidalar bilan tartibga solinishida gender tenglikka amal qilinishi yuzasidan tushunchalar qamrab olinadi. Bundan tashqari, 7-11-sinf o'quvchi qizlari uchun axloqiy va jinsiy tarbiya (erta homiladorlikning oldini olish) bo'yicha "Kelajak qo'lingizda" dasturi doirasida 12 ta video trening hamda ota- onalarning tibbiy-psixologik bilimlarini oshirish uchun 12 ta "Sog'lom avlod" video dasturi ishlab chiqildi. "Sog'lom ona -sog'lom farzandni voyaga yetkazadi" shiori ostida umumta'lim maktab psixologlari uchun tashkil etilgan o'quv-amaliy seminarlarda 10 118 ta maktab 207 ta tuman (shahar) metodisti, 8 374 nafar maktab psixologi ishtirok etishdi. Psixologlar tomonidan o'quvchi-qizlar o'rtasida erta tug'ruq holatlarini oldini olish va erta aniqlash borasida 47 586 ta trening mashg'ulot va suhbatlar o'tkazildi.
"Maktabdagi o'smirlarning ehtiyojlarini, shuningdek, maktab muhitiga bog'liq omillar, ruhiy salomatligi va farovonligiga ta'sir qiluvchi omillarni har tomonlama o'rganish" bo'yicha tadqiqotlarga esa 14 ta hududidan 6, 9 va 11-sinflarning 22 854 nafar o'quvchilari, 299 ta maktab jalb etilgan.
"Ruhiy tushkunlikdan chiqish hamda munosib hayot formulasi" mavzusidagi 14 ta o'quv-amaliy seminarda 350 nafar psixologlar trener sifatida tayyorlanib, UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi ko'magida psixologlar bolalarning ruhiy salomatligi va
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
farovonligini mustahkamlash va doimiy malakasini oshirib borishlari uchun www.traininqspace-tashxis.uz platformasi yaratildi.
Shuningdek, 2023-yil 31-martdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiya va Kasaba uyushmalari Federatsiyasining qo'shma Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qollab-quvvatlash bo'yicha Respublika komissiyasining kengaytirilgan yig'ilishi bayoniga asosan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2023-yil 6-aprel kuni 06-75-sonli chora-tadbirlar rejasi muvofiq Xotin-qizlarning ta'lim masalasi, ularni kasb-hunarga o'rgatish va bandligini ta'minlash, tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni to'g'ri yo'naltirishda hamkorlik qilish masalalari yuzasidan hududlarda, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri, Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg'ona, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida "Ayollar huquqlari va gender tengligi masalalari" mavzusi doirasida seminar-treninglar o'tkazildi. Xotin-qizlarning ta'lim masalasi, ularni kasb-hunarga o'rgatish bo'yicha psixologlar tomonidan motivatsion treninglar tashkil etilib kelinmoqda.
O'quvchilarni kasbga yo'naltirish bo'yicha respublika bo'yicha tajriba sinov tariqasida 2023-yil 1-fevraldan boshlab, 42 ta tuman (shahar)da jami 126 ta maktabda 64 ta ishchi kasblar, 21 ta tadbirkorlik yo'nalishlari hamda 10 ta IT va "kreativ industriya" yo'nalishlari bo'yicha 9,8 ming nafar o'quvchilar kasbga o'rgatildi. Hududlarda maktab bitiruvchilari uchun "Ta'lim va kasb-2023" xalqaro ko'rgazmasini tashkil etilib, unda 50 dan ortiq xorijiy oliy ta'lim muasssasa vakillari, 80 mingga yaqin maktab bitiruvchilari jalb etildi.
"Xotin-qizlarga ko'rsatilishi mumkin bo'lgan ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni yuzasidan faoliyat yo'nalishlaridan kelib chiqib, reja va dasturlar ishlab chiqish" bo'yicha o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan "Oilaviy zo'ravonlikka uchragan ayollarni idenfikatsiya qilish va ularga psixologik xizmat ko'rsatishning asosiy tamoyillari" interfaol o'quv-amaliy seminarining dasturi ishlab chiqildi. Dasturda "Oilaviy zo'ravonlikka uchragan ayollarni qo'llab-quvvatlash to'g'risida me'yoriy-huquqiy hujjatlar", "Gender tengligi bo'yicha milliy huquqiy-me'yoriy hujjatlar", "Gender tengligi bo'yicha xalqaro me'yoriy hujjatlar", "Oilaviy zo'ravonlik", "Gender zo'ravonlikni aniqlash va gender zo'ravonlik jabrlanuvchisini identifikatsiya qilish", "Oilaviy zo'ravonlikka uchragan ayollarga psixologik xizmat ko'rsatishning asosiy tamoyillari" mavzulari qamrab olingan. Har bir mavzu doirasida tarqatma materiallar va videoroliklar tayyorlangan bo'lib, "Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat qo'mitasi" hamda "Dialog" nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda "Oiladagi zo'ravonlik ko'lamini, davlat va nodavlat tashkilotlarining jabrlanuvchilarga ko'rsatayotgan yordamlarni aniqlash borasida tadqiqot o'tkazish" loyihasini amalga oshirish bo'yicha hamkor tashkilotlar bilan yo'l xarita tasdiqlangan.
Xulosa qilib aytganda, Gender tengligi, yondashuvi masalasida O'zbekistonda har jabhada tizimli ishlar amalga oshirilayotganini har qadam va yangilanayotgan har bir qonunda ko'rish mumkin. Ta'lim tizimida xorijiy tajribalar almashinuvi asosida olib borilayotgan islohotlar yoshlarga kelgusida kasb tanlashga doir imkoniyatlar eshigini keng ochib bermoqda. Buning uchun maktab o'quvchilari turli xil ijtimoiy rollar va kasblarga tayyorlashdan voz kechish, har bir o'quvchi shaxsiga individual yondashgan holda ota-ona, psixolog, pedagog yoki kasb bo'yicha maslahatchi hamkorligida suhbat o'tkazish, ularning shaxsiy ehtiyojlariga qarab turlicha uyushtirilishi va yo'naltirilishi lozim.
REFERENCES
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi "O'zbekiston - 2023" strategiyasi PF-158-son Farmoni.
2. Мезенцева Е.Б. Гендер и экономика: мировой опыт и экспертиза российской практики. - Москва: ИСЭПН РАН-МЦГЫ «Русская панорама», 2002. - С. 299 - 328
3. Egamberdiyeva N.M., Xonturayev B. Gender yondashuv asosida yoshlarni kasbga yо'naltirishning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari - Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot elektron ilmiy jurnali. 2/2022. 8-b
4. http://oyina.uz/uz/article/1373