Научная статья на тему 'XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA BО‘LAJAK О‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA GENDER OMILLARNING ROLI'

XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA BО‘LAJAK О‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA GENDER OMILLARNING ROLI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
4
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
xorijiy tajriba / bо‘lajak о‘qituvchini tayyorlash / gender / omil / immunitet / trayektoriya / pedagogik jarayon / pedagogik faoliyat.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Tojiboyeva Xilolaxon Maxmutovna

Mazkur maqolada xorijiy tajribalar tahlili asosida bо‘lajak о‘qituvchilarni tayyorlashda gender omillarning roli kо‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA BО‘LAJAK О‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA GENDER OMILLARNING ROLI»

XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA GENDER OMILLARNING ROLI Tojiboyeva Xilolaxon Maxmutovna

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо'yicha о'rinbosari, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor

https://doi.org/10.5281/zenodo.10676618

Annotatsiya. Mazkur maqolada xorijiy tajribalar tahlili asosida bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda gender omillarning roli ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: xorijiy tajriba, bo'lajak o'qituvchini tayyorlash, gender, omil, immunitet, trayektoriya, pedagogik jarayon, pedagogik faoliyat.

Jahon ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida gender yondashuv asosida talaba-qizlarda "ommaviy madaniyaf'ga qarshi immunitetni shakllantirish bilan bog'liq chora-tadbirlarni tizimli tarzda tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirish, talaba-qizlarning ijobiy harakat trayektoriyalarini shakllantirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu bilan birga talaba-qizlarga shaxsga yo'naltirilgan ta'lim, individual va differensial yondashuvlar asosida ularning madaniy immunitetlarini shakllantirish, darsdan tashqari tashkil etiladigan pedagogik jarayonlarni isloh qilish, bu borada pedagoglarning faoliyatini takomillashtirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida e'tibor berilmoqda.

Bugungi kunda psixologiya, sotsiologiya kabi pedagogikada ham gender asosiy tushunchalardan biri hisoblanadi. Gender tushunchasi fanga ingliz tilidan kirib kelgan bo'lib, grammatik nuqtai nazaridan jins, tur kategoriyasiga to'g'ri keladi. Ushbu atama ijtimoiy, biologik jins tushunchasini farqlash maqsadida qo'llanilgan. Biologik farqlar bilan bir qatorda erkaklar va xotin-qizlarning ijtimoiy rollari ham mavjud. Mazkur farqlar xulq-atvor va xis-tuyg'ularda ham yaqqol namoyon bo'ladi. Ijtimoiy munosabatlarning ifodalanishi uchun gender tushunchasi qo'llanilmoqda.

Erkaklar va ayollar faqat anatomik xususiyatlari bilan farqlanib qolmaydilar, balki ular gender xususiyatlariga mos keladigan ijtimoiy rollarni ham bajaradilar. Xotin-qizlar va erkaklar orasidagi biologik farqlar muhim emas, bu farqlarga jamiyat tomonidan taqdim etiladigan madaniy hamda ijtimoiy munosabatlar muhim ahamiyatga ega. Uch guruhdagi xususiyatlar genderning tavsifini oydinlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega: biologik mansublik, jinsga xos rolli stereotiplar, jamiyat talablari asosida erkaklar va ayollar amal qiladigan xulq-atvor hamda o'zaro munosabat meyorlari.

Gender maskulinlik va feministlik rollarga bo'linadi. Gender rollar xotin-qizlar va erkaklarning o'ziga xosligini namoyon qiluvchi ko'rsatkich hisoblanadi. Turli davrlarda hamda turli madaniyatlarda gender rollarning namoyon bo'lishi uning madaniyat mahsuli ekanligini ko'rsatadi.

Xovstedning [1] ta'kidlashicha, gender rollardagi farqlar turli madaniyatlarda gender rollarning farqlanishi orqali namoyon bo'lib, ular muayyan madaniyatdagi maskulistik va feministik darajalar orqali ifodalanadi. Maskulistik madaniyatdagi shaxslar yutuqlarga erishishning yuqori motivatsiyasiga ega bo'ladilar. Ular hayot mazmunini ko'plab ishlarni bajarish, doim band bo'lishda ko'radilar. Feministik madaniyatga mansub shaxslar esa, oilaviy hayot bilan ko'proq band bo'lib, o'zlari bajaradigan rollarda tenglikka erishishni istaydilar. Buni Daniya, Finlyandiya, Norvegiya, Shvetsiya kabi davlatlarning fuqarolari misolida ko'rish mumkin.

Xovstedning [1] fikriga ko'ra, erkaklik - bu milliy madaniyatning atributi bo'lib, u ijtimoiy qadriyatlarning qat'iyatlilik (ishonch) va materializm bilan tavsiflanadigan darajasini ifodalaydi [1; 39-b.]. Ayollik esa, milliy madaniyatning tarkibiy qismi bo'lib, boshqalarga nisbatan munosabat va e'tibor darajasini namoyon qiladi. Erkaklar xotin-qizlar va erkaklarning ijtimoiy rollari sezilarli darajada farqlanadigan jamiyatlarda etakchi kuch hisoblanadi. Aksincha, xotin-qizlar bilan erkaklarning ijtimoiy rollari teng bo'lgan jamiyatlarda ayollikka ustuvor o'rin ajratilib, ular qadriyatlar tizimida hayot sifati etakchi o'rin egallab, atrofdagilar bilan ijobiy munosabat tajribasi hosil bo'ladi, ma'naviy-axloqiy yo'nalishlar ustivorlik qiladi. Aql-idrok va xayrixohlik qadrlanadi, intellektual rivojlanish jadallashadi. Qulaylikka ustuvor o'rin ajratiladi. Uydagi va oiladagi qadriyatlar ishdagi muvaffaqiyatni ta'minlaydi. Bunday madaniyatlarda maskulinlik va feministlik asosiy faoliyat uslubi sifatida gender olamning manzarasini ifodalaydi. Maskulinlik va feministlik omillarining ajratilishida biologik va ijtimoiy jinsdagi farqlar etakchi o'rin egallaydi. Jinslarning farqlanishi tabiiy hamda ijtimoiy taraqqiyotning asosiy rivojlanish ko'rsatkichidir. U o'zining maqsadga yo'naltirilgan funksiyalariga ega.

Gender tushunchasi Evropada vujudga kelgan feministik ayollar harakati bilan bog'liq tarzda shakllangan. Mazkur ayollar harakati vujudga kelgach, uni tahlil qilishga yo'naltirilgan ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Ushbu tadqiqotlarda xotin-qizlar bilan bir qatorda erkaklarning muammolari ham ijtimoiy voqelik bilan bog'liq holda tahlil qilingan.

Tadqiqotlarda [2] o'g'il va qiz bolalarga nisbatan mutaxassislarning nuqtai nazarlari o'z ifodasini topgan. Ushbu izlanishlarda nafaqat gender tenglik tushunchasining vujudga kelganligi, balki ular orasidagi jinsga xos mutanosiblikning shakllanishi haqida fikr yuritilgan. Bunda nafaqat erkaklarning tajribasi va qiziqishlari, balki ular orasidagi teng huquqlilik nazarda tutilgan [2; 167-b.]. Genderning ijtimoiy konstruksiyasi shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida vujudga keladi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, gender stereotip va rollar o'zgaruvchan xarakterga ega. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, gender rollar turli tarixiy sharoitlarda turli madaniyatlar ta'siri ostida o'zgaradi. Shu jumladan, gibrid xarakterdagi ommaviy madaniyat ham shaxsning ijtimoiy rollarini o'zgartirishga muvaffaq bo'lmoqda. Chunonchi, M.Mid [3] ham o'g'il va qiz bolalarning rollari muayyan jamiyatdagi ijtimoiy voqelik bilan bog'liq holda o'zgarishini ilmiy jihatdan asoslab bergan. Uning ta'biricha, har bir jinsga xos bo'lgan rollar tabiiy tarzda shakllanadi. Ushbu shakllanish ijtimoiy madaniy omillar yordamida jadallashadi.

Taniqli olimlar N.Smelzer [4] va E.Giddenslarning [5] ushbu yo'nalishdagi ishlari ham muammoning nazariy talqinini yaratishda alohida ahamiyat kasb etgan. Ular shaxsning jinsiga ko'ra, ijtimoiy rollarini belgilashning fundamental asoslarini yaratganlar.

Erkaklar va ayollar orasidagi ko'plab biologik-psixologik farqlar genderning biotsentrik konsepsiyalaridan biri hisoblanadi. O'tgan davr mobaynida gender muammosiga sotsiologiya, aksiologiya, psixologiya hamda pedagogika fanlarida muayyan darajada murojaat qilinib, uning o'ziga xos modeli shakllantirildi. Turli-tuman yondashuvlarga qaramasdan gender talqinining sotsiologik, aksiologik, psixologik, pedagogik, biologik talqinlari orasida umumiylik mavjud. Gender muammosiga nisbatan turli yondashuvlarning tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, ularning asosini shaxs madaniyatining alohida jihatlariga e'tibor qaratish va ta'lim jarayonida uni rivojlantirish muammosi tashkil etadi.

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida fuqarolar uchun jinsidan qat'iy nazar teng huquqlilik kafolatlangan. Shu bilan bir qatorda ta'lim jarayonida o'g'il va qiz bolalarning teng huquqliligini hisobga olgan holda ularning har biriga xos bo'lgan milliy

madaniyat va xulq-atvor shakllantiriladi. Bunday yondashuv ko'p asrlar davomida vujudga kelgan bo'lib, o'zining ijobiy jihatlarini davr sinovidan o'tkazgan.

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida xotin-qizlarga nisbatan gender diskriminatsiyasi mavjud emas. Jumladan, madaniy boyliklarni o'zlashtirish va o'z xulq-atvorida namoyon qilishda ham qizlar va ayollarning huquqlari cheklanmagan. Darsliklar va o'quv qo'llanmalarda o'g'il va qiz bolalarga xos bo'lgan gender stereotiplar turli o'quv materiallari yordamida mustahkamlangan. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarning har birida o'ziga xos xulq-atvor ko'rinishlarini shakllantirishdan iborat. Madaniy boyliklarni egallashda yigit va qizlar orasidagi o'zaro munosabatlarni tizimlashtirish alohida ahamiyatga ega. Talaba-qizlarda gender madaniyatni shakllantirish ularni muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirish va jamiyat madaniy hayotini barqarorlashtirish uchun alohida ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. Hofstede G. Masculinity and femininity: the taboo dimension of national cultures, 1998. SAGE Publications Inc. 238 p.

2. Гри^нш E.C. Язык. Гeндeр. Дискурс. - Н.Нoвгoрoд, 2005. - 267 с.

3. https://ru.wikipedia.org/wiki/M^,_MaprapeT

4. https://www.yaneuch.ru/cat_08/gendernye-stereotipy-n-smjelzer/9817.579399.page1.html

5. Гиддeнс Энтони. Сoциoлoгия. - Л., 1999. - 704 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.