O'SMIR YOSHDAGI O'QUVCHILARDA O'Z-O'ZINI ADEKVAT BAHOLASH KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK HAMKORLIKNING
IMKONIYATLARI Hamidov Akmal Amrulloyevich
O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10115736 Annotatsiya. Ushbu maqolada o'smir yoshdagi o 'quvchilarda o'z-o 'zini adekvat baholash ko'nikmalarini rivojlantirishda pedagogik hamkorlikning imkoniyatlari, pedagogik omillari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, o'z-o'zini baholash - o'smirning o'z imkoniyatlari, qobiliyatlari, shaxsiy sifatlariga bo'lgan obyektiv munosabati ekanligi ta'kidlangan.
Kalit so'zlar: pedagogik hamkorlik, o'smir yoshdagi o'quvchi, o'z-o'zini baholash, o'z-o'zini anglash, ijtimoiylashuv, shaxsiy sifatlar, o'g'il bolalar, qiz bolalar, pedagogik omillar, maskulinlik va feministlik rollar, gender rollar.
Аннотация. В данной статье рассматриваются возможности педагогического сотрудничества и педагогические факторы в развитии навыков адекватной самооценки у школьников-подростков. Также отмечается, что самооценка - это объективное отношение подростка к своим возможностям, способностям и личностным качествам.
Ключевые слова: педагогическое сотрудничество, студент-подросток, самооценка, самосознание, социализация, личностные качества, мальчики, девочки, педагогические факторы, маскулинность и феминистские роли, гендерные роли.
Abstract. This article discusses the possibilities of pedagogical cooperation and pedagogical factors in the development of adequate self-assessment skills in adolescent students. It is also noted that self-assessment is an objective attitude of a teenager to his capabilities, abilities, and personal qualities.
Keywords: pedagogical collaboration, adolescent student, self-evaluation, self-awareness, socialization, personal qualities, boys, girls, pedagogical factors, masculinity and feminist roles, gender roles.
Ma'lumki, shaxslararo munosabatlar chiziqli emas. Deviant xulq-atvor holatlari yuzaga kelganda, eski mavjud tamoyillar samarali ishlay olmaydi, faqat sinergetik yondashuv bu muammoni hal qilishga yordam beradi. Ta'lim tizimi chiziqli emas, o'quvchilar va o'qituvchilar chiziqli bo'lmagan munosabatlarga ega. Ammo imkoniyatlar cheklanganligi sababli, bu jarayon har doim ham individual rivojlanish dinamikasini qo'llab-quvvatlamaydi. O'quvchilar bilan samarali muloqot katta ahamiyatga ega. O'qituvchilar sinergetik yondashuvga asoslangan o'ziga xos individual dasturlarni, o'rganish traektoriyalari va uslublarini, yangi usullarni yaratishlari kerak. Barcha kerakli fazilatlardan eng muhimi tizimli fikrlash va bilish, jamoada ishlash qobiliyatidir. Hozirgi sharoitda tadqiqot ko'nikmalarin i shakllantirish tizimi quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak: muammoni shakllantirishga umumiy qarash; sinergetik refleksni rivojlantirish; til bilimlarini tizimlashtirish; mumkin bo'lgan mavzularni muhokama qilish; amaliy ko'nikmalarni o'rgatish; ilmiy uslubni o'rganishda amaliy ishlar.
Zamonaviy olimlar o'z ishlarida juda ko'p turli xil yondashuvlardan foydalanadilar. Buning uchun turli metodologik asoslarni tanlaydilar. Ushbu yondashuvlarning barchasini sinergetik tarzda birlashtirish mumkin, chunki u fanlararo va madaniyatlararo xususiyatga ega. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, o'quvchi-yoshlarning yangi dunyoqarashini shakllantirishning sinergetik mexanizmlari o'z-o'zini tarbiyalash, o'z-o'zini tarbiyalash usullarini egallash, bilim va xulq-atvorning yangi o'zgartirilgan tuzilmalariga o'tish, dialogik fikrlash va hayot tarzini qayta qurish hisoblanadi.
O'smirlarda 10-12 yoshdan boshlab o'zining kichik olamiga qiziqish boshlanadi. Asta sekin o'z-o'zini bilish jarayoni bosqichma-bosqich murakkablashadi. O'smir o'zi uchun ichki dunyosini kashf etadi. Yangi munosabatlar bilan bog'liq holda yangi kechinmalar, shaxsiy sifatlar, xatti-harakatlar rivojlanib o'z-o'zini tahlil qilish ko'nikmalari barqarorlashadi. O'smir o'zining qanday bo'lishini tasavvur eta boshlaydi, xarakterli jihatlarini namoyon etadi.
O'z-o'zini anglash - bu o'smirning o'z-o'zi, o'z shaxsiy sifatlarini anglash jarayoni bo'lib, u ong muammosi bilan uzviy bog'liqdir. O'z-o'zini anglash faqat o'zini bilish emas, balki o'ziga nisbatan muayyan munosabat hamdir: o'zining sifat va holati, imkoniyatlari, jismoniy va irodaviy kuchlariga munosabat, ya'ni o'z-o'zini baholashdir.
O'z-o'zini baholash - o'smirning o'z imkoniyatlari, qobiliyatlari, shaxsiy sifatlariga bo'lgan ob'ektiv munosabatini ifodalovchi tushuncha. O'z-o'zini baholash shaxsning bilish faoliyati, atrofdagi odamlar va moddiy borliqqa munosabatining ifodasi hamdir [2].
O'zbekiston Milliy ensiklopediyasida bahoga quyidagicha ta'rif berilgan: "Baho - ijtimoiy hodisalararo inson faoliyati, xulqiga bo'lgan munosabat, ularning ahamiyatini, muayyan axloq me'yorlari va tamoyillariga mosligini ko'rsatish, ma'qullash yoki qoralash, rozi bo'lish yoki tanqid qilishdan iborat. Shuningdek, insonning ijtimoiy mavqei, dunyoqarashi, madaniy saviyasi, aqliy va axloqiy kamoloti bilan belgilanadi. Boshqa tomondan esa, qilingan harakat sabablari, vositalari va maqsadlarini, uning qanday sharoitda bajarilganligini, shaxs xulqidagi o'rnini hisobga olish bu shaxsga to'g'ri baho berishning muhim shartidir"[3; 663-b.].
O'z-o'zini baholash qobiliyatining to'g'ri shakllanganligi nafaqat o'zini-o'zi anglash yoki individual xususiyatlar yig'indisi sifatida emas, balki o'ziga nisbatan ma'lum bir munosabat sifatida ham harakat qilishga undaydi. Bu murakkab psixologik hodisa.
O'z-o'zini baholash qobiliyatining tarkib topishi erta bolalikdan boshlanadi va uning rivojlanishi va takomillashishi inson hayoti davomida sodir bo'ladi. Hozirgi vaqtda o'smir yoshdagi o'quvchining o'z-o'zini baholashi uning xatti-harakati va shaxslararo munosabatlariga ta'siri masalasi tobora aniq bo'lib bormoqda.
O'g'il va qiz bolalar o'zlarining ruxiy sifatlarini baholashga nisbatan turlicha munosabatda bo'ladilar. O'g'il bolalar o'zlarini kuchli, qo'rqmas, jasur deb biladilar. Qizlar esa o'zlariga ko'proq tanqidiy munosabatda bo'ladilar. O'g'il va qiz bolalarning har birida etuklik maromi turlichadir.
14 yoshli o'smir qizlar o'zlari va o'g'il bolalar orasida ko'proq mavqega ega bo'lishni xohlaydilar. Jismoniy jihatdan zaif bo'lgan o'g'il bolalar o'zlarini to'laqonli shakllangan deb hisoblamaydilar. Ularda o'zlariga nisbatan salbiy munosabat, tobelik hissi kuchli bo'ladi. Rivojlanishdan orqada qolayotgan qizlarda esa, ruxiy kechinmalar boshqacha tarzda namoyon bo'ladi. Yaxshi rivojlanayotgan tengdoshlariga nisbatan ularda xavotir xissi kuchli bo'ladi. Bunday xavotirlilik ularning jismoniy rivojlanishi bilan bog'liq tarzda vujudga keladi. Shunday rivojlanishga ega bo'lgan o'g'il bolalar esa, qiyinchiliklarga duch kelmaydilar.
Shunday qilib, o'z-o'zini baholash - bu o'z-o'zini anglashning namoyon bo'lish shakllaridan biri, "men" konsepsiyasining tarkibiy qismi, shaxsning o'zi haqidagi g'oyasini affektiv baholash hisoblanadi. O'z-o'zini baholashning rivojlanishi insonning butun hayoti davomida sodir bo'ladi va bu o'smirlik davridagi o'z-o'zini baholash ko'rsatkichlari insonning butun hayoti davomida amal qiladi.
O'z-o'zini baholash jamiyatda shaxsiy insoniy munosabatlarni boshqarishning o'ziga xos majmui. O'z-o'zini baholash jarayonida o'zaro bir-birini to'ldiruvchi quyidagi faoliyatlarni ajratish mumkin:
1. O'z-o'zining bahosi boshqalar qo'ygan baho bilan mutanosib bo'lishini e'tiborga olish.
2. O'smirning atrofdagilar e'tirofiga ko'rsatadigan faol munosabati.
3. O'zaro aloqadorlikda baholash - o'smirlar bir-birlarining xatti-harakatlarini o'zaro hamkorlikda baholashlari.
4. Shaxsiy ishlarni baholash, o'zlarining xatti-harakatlariga munosabat bildirish va boshqalarning munosabati asosida qayta baholash.
5. Shaxsiy tanqid va tengdoshining tanqidiy qarashlari asosida qo'yilgan baholarni qiyoslash.
6. O'smirlarning o'z ishlari va o'rtoqlarining ishlariga qo'yilgan baholarini taqqoslash.
Shundan kelib chiqqan holda, gender yondashuv asosida o'smir yoshdagi o'quvchilarda
o'z-o'zini adekvat baholash qobiliyatini rivojlantirish ota-onalar, pedagoglarning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Gender yondashuvda maskulinlik va feministlik rollar farqlanadi. Gender rollar xotin-qizlar va erkaklarning o'ziga xosligini namoyon qiluvchi ko'rsatkich hisoblanadi. Turli davrlarda hamda turli madaniyatlarda gender rollarning namoyon bo'lishi uning madaniyat mahsuli ekanligini ko'rsatadi.
Gender tushunchasi Evropada vujudga kelgan feministik ayollar harakati bilan bog'liq tarzda shakllangan. Mazkur ayollar harakati vujudga kelgach, uni tahlil qilishga yo'naltirilgan ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Ushbu tadqiqotlarda xotin-qizlar bilan bir qatorda erkaklarning muammolari ham ijtimoiy voqelik bilan bog'liq holda tahlil qilingan. Tadqiqotlarda o'g'il va qiz bolalarga nisbatan mutaxassislarning nuqtai nazarlari o'z ifodasini topgan. Ushbu izlanishlarda nafaqat gender tenglik tushunchasining vujudga kelganligi, balki ular orasidagi jinsga xos mutanosiblikning shakllanishi haqida fikr yuritilgan. Bunda nafaqat erkaklarning tajribasi va qiziqishlari, balki ular orasidagi teng huquqlilik nazarda tutilgan [4; 167-b.].
Xovstedning [5] ta'kidlashicha, gender rollardagi farqlar turli madaniyatlarda gender rollarning farqlanishi orqali namoyon bo'lib, ular muayyan madaniyatdagi maskulistik va feministik darajalar orqali ifodalanadi. Maskulistik madaniyatdagi shaxslar yutuqlarga erishishning yuqori motivasiyasiga ega bo'ladilar. Ular hayot mazmunini ko'plab ishlarni bajarish, doim band bo'lishda ko'radilar. Feministik madaniyatga mansub shaxslar esa, oilaviy hayot bilan ko'proq band bo'lib, o'zlari bajaradigan rollarda tenglikka erishishni istaydilar. Buni Daniya, Finlyandiya, Norvegiya, Shvesiya kabi davlatlarning fuqarolari misolida ko'rish mumkin.
Xovstedning fikriga ko'ra, erkaklik - bu milliy madaniyatning atributi bo'lib, u ijtimoiy qadriyatlarning qat'iyatlilik (ishonch) va materializm bilan tavsiflanadigan darajasini ifodalaydi[5; 39-b.].
Genderning ijtimoiy konstruksiyasi shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida vujudga keladi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, gender stereotip va rollar o'zgaruvchan xarakterga ega.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, gender rollar turli tarixiy sharoitlarda turli madaniyatlar ta'siri ostida o'zgaradi. Chunonchi, M.Mid[6] xam o'g'il va qiz bolalarning rollari muayyan jamiyatdagi ijtimoiy voqelik bilan bog'liq holda o'zgarishini ilmiy jihatdan asoslab bergan. Uning ta'biricha, har bir jinsga xos bo'lgan rollar tabiiy tarzda shakllanadi. Ushbu shakllanish ijtimoiy madaniy omillar yordamida jadallashadi.
Taniqli olimlar N.Smelzer va E.Giddenslarning ushbu yo'nalishdagi ishlari xam muammoning nazariy talqinini yaratishda alohida ahamiyat kasb etgan. Ular shaxsning jinsiga ko'ra, ijtimoiy rollarini belgilashning fundamental asoslarini yaratganlar.
Har bir jamiyatda mavjud bo'lgan qadriyatlar shaxsning gender rollarini belgilashda o'ziga xos ahamiyat kasb etgan. Smelzerning ta'kidlashicha, ayollar va erkaklarning jamiyatdagi rollari muntazam o'zgarib turadi va ushbu tendensiya saqlanib turadi. Shu bilan bir qatorda mutaxassis gender rollarni faollashtirish usullari va yo'llarini ham ko'rsatib o'tadi.
Shuning uchun ham genderga xos madaniy dunyoqarashni shakllantirish maqsadida o'quvchilarda ijtimoiy voqelik haqida aniq tasavvur hosil qilish talab qilinadi. Gender rollar jamiyatdagi muammolar bilan bog'liq holda shakllanadi va o'zaro muvofiqlashadi. Agar jamiyatdagi tizim o'zgarsa, gender bajaradigan rollarda ham o'zgarishlar vujudga keladi. Rollardagi nomutanosibliklar milliy madaniyat ta'sirida vujudga kelayotgan bo'lib, xotin-qizlar va erkaklarning farzand tarbiyasiga nisbatan mas'uliyatni to'g'ri taqsimlamaganliklari bilan ham izohlanadi.
Mustaqil fikrlovchi shaxsni rivojlantirish uchun jinsga ko'ra farqlarni hisobga olgan holda hamda umumiy xarakterdagi o'quv materiallarini taqdim qilishdan iborat. O'quvchilarda gender madaniyatini shakllantirishda ta'lim katta ahamiyatga ega ekanligini kuzatishlarimiz yaqqol ko'rsatdi. Ta'lim o'g'il va qiz bolalarning o'ziga xos tarzda ijtimoiylashuvini ta'minlashda haraklantiruvchi kuch hisoblanadi. O'quvchilarda o'z-o'zini adekvat baholash ko'nikmasini shakllantirish jarayoni o'zida umuminsoniy, madaniy qadriyatlar, tafakkurning nostandart stereotiplari, borliqni tahliliy idrok etish imkoniyatlarini mujassamlashtirishi kerak. Buning uchun ta'lim mazmunida milliy madaniyatga xos qadriyatlar hamda universal madaniy qadriyatlarni uyg'unlashtirish talab etiladi.
REFERENCES
1. Ibraimov X., Quronov M. Umumiy pedagogika (darslik). - T., "Sahhof", 2023, 416 bet.
2. Tojiboyeva X.M. "Gender yondashuv asosida o'smir yoshdagi o'quvchilarda "ommaviy madaniyat"ga qarshi immunitetni shakllantirishning pedagogik strategiyalari" // Monografiya. - Toshkent: "Tafakkur qanoti" nashriyoti, 2021. - 208 bet.
3. Узбекистан Миллий энциклопедияси. 1-жилд. А-бешбали;. Т.: «Узбекистан Миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2000.-736 бет. Б.663
4. Гри^нш Е.С. Язык. Гeндeр. Дискурс. Н. Нoвгoрoд, 2005. 267с.
5. Hofstede G. Masculinity and Femininity: The taboo dimension of national cultures, 1998. SAGE Publications Inc. 238 p.
6. Ibraimov Kh. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system." International journal of discourse on innovation, integration and education 1 (2020): 6-15.
7. Ibragimov, X., Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." T.: Fan va texnologiya 288 (2008).
8. Ibraimov X.I., M.Quronov. Umumiy pedagogika (darslik). -T., "Shaffof", 2023, 416-bet.
9. Ибрагимов Х. И. Педагогика и воспитание //Экономика и социум. - 2021. - №. 1-1 (80). - С. 608-611.
10. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Intensive methods of teaching foreign languages at university." Вопросы науки и образования 27 (39) (2018): 78-80.
11. Ибраимов Х. И. Педагогические и психологические особенности обучения взрослых //Academy. - 2019. - №. 10 (49). - С. 39-41.
12. Ibragimov, X. I., U. A. Yo'ldoshev, and X. Bobomirzayev. "Pedagogik psixologiya." O'quv qo'llanma. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiriyoti Toshkent (2009).
13. https://ш.wikipedia.org/wiki/Мид,_Мaрraрeт