INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
BO'LAJAK TARBIYACHILARDA TARBIYALANUVCHILARNING O'Z O'ZINI BAHOLASH KO'NIKMASINI SHAKLLANTIRISH KOMPETENSIYASINI
TAKOMILLASHTIRISH Dilshoda Atabayeva
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti «Ijtimoiy va gumanitar fanlarni masofadan
o'qitish» kafedrasi stajyor- o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10014229 Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining o'z o'zini baholashi, ularning intellektual rivojlanishi jarayonida amalga oshadi. O'z o'zini baholashga oid dastlabki ko'nikmalar bolalarda maktabgacha ta'lim yoshida vujudga keladi. O'z o'zini baholash o'ta murakkab jarayon bo'lib, ongli tarzda amalga oshadi. Buning uchun bolalarda odam va olam haqidagi dastlabki tasavvurlar, bilimlar shakllangan bo'lishi lozim. Shu bilan birqatorda bolaga o'ziga nisbatan emotsional qadriyatli munosabat va atrofdagilarni o'rgaish qiyoslash ko'nikmalari shakllangan bo'lishi lozim. Bolalar har doim o'z o'zlarini baholashda dastlabki qadamni qo'ygandan keyin ularda mazkur ko'nikma tizimli tarzda rivojlanadi. O'z o'zini baholash bolalarda murakkab tizimli harakatlarni amalga oshirish natijasida boshlanadi. Buning uchun ularda o'zi o'zini anglash, o'z «men»ini namoyon etish ko'nikmalari shakllangan bo'lishi lozim. Bola o'zini baholashi uchun o'zining xarakterli xususiyalari haqida tasavvurga ega bo'lishi kerak. O'z o'zini anglash, o'zi haqida tasavvurga ega bo'lish kattalar yordamida amalga oshiriladi.
Tarbiyachilar va ota onaning erkalishi, tabassumi bolada o'zining sevimligi, betakrorligi yoqimtoyligi, iqtidorligi haqida tasavvur uyg'otadi. Biroq bu bolaning o'zi o'zini baholashi uchun etarli emas. bolada dastlab o'z obrazi haqidagi tushunchani shakllantirish lozim. Chunki bola yoshligida har qanday buyumga o'z e'tiborini qaratadi, ularni o'rganishga intiladi. O'z o'zini baholash bolada kattalarning u haqidagi fikrlaridan ozod bo'lganidagina boshlanadi. Chunki bu davrda unda o'zi haqidagi tasavvurlar hosil bo'ladi.
Pedagoglar va psixologlarning ta'kidlashicha bolada o'z o'zini baholashga oid dastlabki fikrlar 3 yoshdan boshlanadi. Chunki bu davrga kelib ular maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qatnab mashg'ulotlada ishtirok eta boshlaydilar. Ularda o'zlari va atrofdagilar haqidagi dastlabki tushuncha va tasavvurlar, elementar bilimlar shakllanadi. Ular o'zlarini atrofdagilar va tengdoshlari bilan qiyoslay boshlaydilar. Maktabgacha ta'lim tashkilotlariga dastlabki kunlarida bola o'zi haqida juda keam ma'lumotga ega bo'ladi. Lekin u ota onasi, tarbiyachilari va atrofdagi kattalardan maqtov so'lari, erklashlarni tinglaydi. Bunday maqtovlar unda ijobiy his tuyg'ular, o'zi haqidagi tasavvurlarni hosil qiladi. Natijada bola o'zini tengdoshlari bilan qiyoslay boshlaydi. Kattalar tomonidan ta'kidlangan sifatlarni bola o'ziga qabul qilib, rivojlantirib borishga harakat qiladi. Natijada bola o'zi haqida tasavvur va bilimga ega bo'la boshlaydi o'z qiyofasini yarata boshlaydi. Shunday qilib unda o'z o'zini baholashga asos bo'ladigan bilimlar, shaxsiy sifatlar shakllanadi.
O'zi o'zini baholashni tashkil etiladigan ikkinta yo'nalish tartib topadi: konitiv hamda emotsional yo'nalishlar. Kognitiv tasavvurlar inson qanday bo'lishi haqidagi tayanch bilimlardan tashkil topadi va bolaning qanday bilimlar va sifvtlarga ega bo'ltshi kerakligi haqida bo'lajak tarbiyachilarda tasavvur hosil qiladi. Ushbu bilimlar tarkibiga axloqiy tavsiflar, faoliyatda erishiladigan yutuqlar, shaxsning muloqot jarayonida o'zini namoyon qilishi haqidagi tushuncha va tasvurlar kiradi. Masalan maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga insonning rahmdil, shavqatli va qahrli bo'lishi haqidagi tasavvur hosil qilinadi. 3 yoshi bola odamlar haqida
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
juda kam ma'lumotga ega bo'ladi. U asosan oila a'zolari bilan bo'ladigan suhbatlar oraqali atrofdagilar haqida ma'lumot oladi. Turli hayvonlar va odamlar qiyofvsidagi o'yinchoqlar ham bolalarga atrofdagilar haida bolalarga tasavvur hosil qilishga ko'maklashadi. Bola bilish jarayoni va dunyoqarashining rivojlanishi atrofdagi odamlar va o'z shaxsi haqida bilimlarga ega bo'lish imkonini beradi.
Maktabga tayyorlash jarayonida bolaga insonlar haqida har tomonlama haqida ma'lumot beriladi. Shuning uchun ham bo'lajak tarbiyalchilarni shaxs vau ni taraqqiyoti, shaxs qiyofasi, bolaning bilish jarayonlari taraqqiyoti haqidagi bilimlar bilan qurollantirishga kuchli ehtiyoj mavjud. Bola arofdagilar haqida bilim va tasavvurga ega bo'lgan sari o'zini muayyan vaziyatda o'rganishga kirishadi.
O'z o'zini baholashning emotsional komponenti atrofdagilar bilan muloqot jarayonida to'plangan tajribalar asosida rivojlanadi. Bolaning ijtimoiy aloqalari rivojlanadi, o'z qiyofasi haqidagi tasavvurlari kengayadi. Bu davrga kelib bola ongida o'zining yangi tavsifi vujudga keladi. Bir muddatdan keyin bola o'zini qaysi vaziyatda o'zini qanday tutishni o'ylay boshlaydi. Kattalarning baholovchi fikrlari o'zida emotsional munosabatni mujassamlashtiradi. Bu o'z navbatida tarbiyalanuvchilarning e'tiborini o'z xulq atvoriga qaratishga undaydi. Natijada bola o'z o'zini baholash modelini o'zlashtiradi.
Maktabgacha ta'lim yoshida bolalarda o'z o'zini baholash ko'nikmasini shakllantirish ko'nikmasini egallash uchun bo'lajak o'qituvchilar ularning yosh xususiyatlari haqidagi zamonaviy bilimlarga ega bo'lishlari lozim. Shu bilan bir qatorda tarbiyalanuvchilarda o'z o'zini baholash ko'nikmasini muvaffaqiyatli shakllantirish uchun pedagogik muloqot texnikasini ham egallashlari taqozo qilinadi.
Bolaning o'zi o'zini baholashga oid dastlabki ko'nikmalari his tuyg'ularga to'la, pozitiv xarakterga ega bo'ladi. Har bir bola o'ziga uni sevib ardoqlovchi, muntazam erkalovchi ota-ona va yaqinlari k^i bilan qaraydi. Tarbiyalanuvchilar o'zlariga kattalarning talablari asosida yondashadilar. Bola tanbexlarga nisbatan ta'sirchan bo'ladi. Bu yaxshi yoki bu yomon degan bahoga o'z hissiyotlari doirasida munosabat bildiradi.
Mahsuldor faoliyat hamda mehnatga oid harakatlar yordamida bolalar o'z shaxsiyatlari uchun zarur bo'lgan imkoniyatlarni ochadilar. Bu esa o'z navbatida ularda o'z o'zini baholash ko'nikmalarining shakllanishiga ko'maklashadi. Mustaqil faoliyat jarayonida o'z o'zini baholash qo'lga kiritilgan natijalarga muvofiq tarzda shakllangan ko'nikma darajasida namoyon bo'ladi. Agar ularning o'zlariga bergan baholari daslabki fikrlariga muvofiq kelmasa, bolalar ranjiydilar va ijobiy his tuyg'ular o'rnini qaysarlik egallaydi. Shunga qaramay aksariyat bolalar o'zlariga topshirilgan vazifani muvaqqiyatli bajarib, muvaffaqiiyat qozonishga intiladilar. Har ikki holatda ham bolalar o'z o'zlarini baholashga itiladilar. Bolalarda o'z kuchi va layoqatlariga ishonch ikkinchi holatda namoyon bo'ladi.
Bolalarda o'z o'zini baholash ahamiyatli bo'lgan kattalar, ota onalari tarbiyachilarning baholovchi fikrlari yordamida shakllanadi. Agar bola o'z harakatlari haqida salbiy fikrni eshitsa, uning layoqatlari pasayadi, o'ziga bo'lgan ishonchi yo'qoladi. Natijada ular o'z ishlarini takomillashtirish va yaxshi natijaga erishishga harakat qilmay qo'yadilar. Kattalarning ijobiy bahosi bolalarda o'zida ishonch, o'z kuchini ob'ektiv baholash, imkoniyatlarini namoyo qilishga intilish kabi sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Kichik yoshdagi tarbiyalanuvchilarda o'z o'zini baholash ko'nikmasini shakllantirishga yo'naltirilgan faoliyat ham o'ziga xos pedagogik xususiyatlarga ega. Kichik makta yoshidayoq
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
tarbiyalanuvchilar o'z muvaffvqiyatlari haqida tasavvurga ega bo'ladilar. Ular turli bumlarni yasash jarayonida o'z faoliyatlari tarbiyachi tomonidan baholanishini kutadilar, chunki bu yoshdagi bolalar ko'proq maqtov eshitishga moyil bo'ladilar. Biroq bu yoshdagi bolalar o'z harakatlarini muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz ekanligini baholovchi mezonlardan xabardor bo'lmaydilar. Agar tarbiyachi yoki ota-ona bolaning harakatlarini maqtasa u o'zini muvaffaqiyatli deb hisoblaydi. Maqtovlar natijasida bola o'z ishini yaxshi bajarganligi haqida xulosa chiqaradi. Guruhdoshlarini uni bajargan ishinni maqtaganlaridan keyin esa bola o'z muvaffaqiyatidan ruhlanib, o'ziga topshirgan vazifani yanada yaxshiroq bajarishga intiladi. o'z yutuqlaridan faxlanish xissi kichik maktab yoshidagi bolalarda yangi faoliyat usullarini shakllantirib o'z o'zini baholash ko'nikmalarini hosil bo'lishiga ko'maklashadi.
Maktabgacha ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida tarbiyalanuvchilar o'z muvaffaqiyatlariga tayangan holda o'z o'zlarini baholashga intiladilar. Muvaffaqiyatsizlik esa ularda tushkunlik o'z kuchiga ishonchsizlik kabi sifatlarning shakllanishigi sabab bo'ladi. Bola o'z taraqqiyotining hr bir davrida o'zining ijobiy sifatlariga tayangan holda bajargan ishlarining yaxshiligiga ishonadi va o'z faoliyati natijalarini ijobiy aholaydi. 5 yoshga etganda tarbiyalanuvilar o'zlarini tengdoshlari bilan qiyoslagan holda baholashga harakat qiladilar. Bu ularning taraqqiyotida yangi bosqichning boshlanganligidan dalolat beradi. Bo'lajak tarbiyachilar bola taraqqiyotining har bir bosqichiga xos bo'lgan xususiyatlarni yaxshi bilgan holda ularda o'z o'zini baholash ko'nikmalarini shakllantirish kompetensiyasini egallashlari lozim.
REFERENCES
1. Safarova R.G. Mechanisms of applying the cultural science approach to the didactic process based on the integration of pedagogical subjects. International scientific journal volume 2 issue 9 september 2023 uif-2022: 8.2
2. Смирнова Е.О. Педагогические системы и программы дошколного воспитания. М.: Владос, 2006. 119 с.
3. Психология самосознания: хрестоматия. Самара, 2000. 672 с.
4. Masharipova N.R. Ajdodlarimiz pedagogik qarashlari vositasida o'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishning pedagogik mexanizmlari. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti tomonidan o'tkazilgan ""Yangi O'zbekiston - Uchinchi Renessans" shiyori ostida xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan o'quv materiallarini uzluksiz ta'lim tizimiga keng joriy etishni optimallashtirish" mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyasi. Nukus 2023 yil 15 aprel.