Zakirova Muxabbat Sabirovna,
Farg'ona davlat universiteti psixologiya kafedrasi katta o'qituvchisi
MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA BOLA SHAXSINI SHAKLLANISHIDA OZ-OZINI ANGLASH XUSUSIYATLARI
УДК: 37.018.11+372.4 (072) DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_4_6
ZAKIROVA M.S. MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA BOLA SHAXSINI SHAKLLANISHIDA O Z-O ZINI ANGLASH XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada maktabgacha yosh davrida bolaning o'zi haqidagi tasavvurlarning, ya'ni "Men" konsepsiyasini shakllanish xususiyati, bu borada turli nazariyalar nuqtai-nazardan yondashuvlar va olimlarning qarashlari haqida ma'lumot berilgan, shaxsni o'zini anglab yetilish jarayoni va "Men konsepsiyasi"ni shakllanishida maktabgacha yosh davriga xos xususiyatlarini o'rganish bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar tahlil etilgan.
Tayanch so'z va tushunchalar: shaxs, "Men" konsepsiyasi, o'z-o'zini anglash, "Men"- ego, o'z-o'zini baholash, o'zini-o'zi tasdiqlash.
ЗАКИРОВА М.С. ОСОБЕННОСТИ САМОСОЗНАНИЯ В ФОРМИРОВАНИИ ЛИЧНОСТИ РЕБЕНКА В ДОШКОЛЬНОМ ВОЗРАСТЕ
В данной статье представлена информация о характере формирования у ребенка образа «Я» в дошкольном возрасте, о подходах и взглядах ученых на данную проблему с точки зрения различных теорий, в процессе формирования самореализации личности дошкольника. Также проанализированы исследования, проведенные по изучению особенностей дошкольного возраста в период формирования самосознания.
Основные слова и понятия: личность, концепция «Я», самосознание, «Я»-эго, самооценка, самоутверждение.
ZAKIROVA M.S. CHARACTERISTICS OF SELF-CONCEPTION IN THE FORMATION OF THE CHILD'S PERSONALITY IN THE PRESCHOOL PERIOD
This article provides information on the nature of the formation of the child's self-image, that is, the concept of «I» in preschool age, the approaches and views of scientists from the point of view of various theories, the process of self-realization of the individual and the «I» the researches conducted on the study of the characteristics of the preschool age period in the formation of the «concept» were analyzed.
Keys words and concepts: personality, «I» concept, self-awareness, «I»-ego, self-evaluation, self-affirmation.
Kirish. Mavzuning dolzarbligi.
Bugungi jadal rivojlanib kelayotgan yurtimizda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashab-buslari bilan ta'lim sohasida ko'plab islohot-lar olib borilmoqda. Xususan, yurtboshimizning ilg'or ish tajribalari hamda tashabbuslari asosida yurtimizda maktabgacha ta'lim tizimida ko'plab qonun va farmonlar qabul qilindi. Jumladan,
O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi "Ta'lim tog'risida"gi O'RQ-637-son Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Preziden-tining 2020-yil 6-noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilmfan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108-son, 2019-yil 9-okta-brdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tiz-imini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmonlari bunga yaqqol dalil bo'la oladi.
Ayniqsa, ta'lim borasida Yurtboshimiz avvalo maktabgacha ta'lim tizimini yanada rivo-jlantirishga alohida e'tibor qaratdilar. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi O'RQ-595-son Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30 sentya-brdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaru-vini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5198-son Farmoni, hamda 2017-yil 30 sentyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-3305-son, 2022-yil 14-iyuldagi "Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-322-son qarorlariga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8 maydagi PQ-4312-son qarori bilan "Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" tasdiqlandi.
Yurtboshimiz: "...aynan maktab-
gacha ta'lim sohasiga bo'lgan e'tibor mam-lakatning ertangi taraqqiyoti uchun mustahkam zamin yaratadi", degan so'zlari bilan bu sohani yanada rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratdilar. ''Biz yurtimizda Uchinchi Renessan-
sni barpo etish masalasini strategik vazifa sifat-ida oldimizga qo'yib, uni milliy g'oya darajasiga ko'tarmoqdamiz".
Biz maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi, oliy ta'lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassas-alarni bo'lg'usi Renessansning to'rt uzviy halqasi, deb bilamiz", deya ta'kidlaydilar muhtaram yurtboshimiz o'z nutqlarida1.
Uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo'g'ini hisoblangan maktabgacha ta'lim sohasi har tomonlama sog'lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari O'zbekiston Respublikasi Davlat musta-qilligining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: "Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bog'cha yoshidagi bola-larni maktabgacha ta'lim muassasalariga to'liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta eri-shamiz", - deb ta'kidlagan2. Darhaqiqat, o'tgan qisqa vaqt mobaynida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillash-tirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi farmon va qaror-lari, shuningdek, Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha 2017-2021 yil-larga mo'ljallangan Dasturi hamda respublikada maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" asosida misli ko'rilmagan ishlar amalga oshirildi.
Jamiyat - bu insonlar, shu jumladan bolalar muammosining majmuidir. Demokratik jamiyat-ning rivojlanishi va salohiyati ko'p jihatdan ana shu bolalarga beriladigan psixologik, tarbiya-viy ta'lim mazmuniga bog'liqdir. Har bir bola jamiyatda yashar ekan, unda o'ziga xos o'rin va mavqe egallashga intiladi. Shuning uchun o'ziga xos intilish, layoqat va faollik intellektual mehnat
1 https://kun.uz/uz/news/2022/11/15/sarflangan-investitsiyalar-ortigi-bilan-qaytishiga-shubha-yoq-shavkat-mirziyoyev-maktabgacha-talim-sohasiga-etibor-haqida
2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Miromonovich raisligida 19 oktabr kuni maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilishda.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 4 (125)
namunalarini namoyish etadi. Har bir bola jami-yatda o'z o'rnini topish uchun albatta, birinchi o'rinda o'z "Men"ini topa olishi zarurdir. Bugungi kunda "Men" muammosi tobora dolzarb muam-molardan biriga aylanib bormoqda. "Men" kon-sepsiyasi insonning ahamiyati darajasini, uning zamonamizning muammolarini hal qilish qobili-yati, zamonaviy inson qadriyatlari, muammolari bilan belgilash zarurati va nihoyat o'zini jamiya-tning bir qismi sifatida ta'rifi bilan chambarchas bog'liqdir.
Ilmiy muammoning qo'yilishi.
Asrimizning birinchi o'n yilliklarida "Men" konsepsiyani o'rganish psixologiyaning an'anaviy kanalidan vaqtincha sotsiologiya sohasiga o'tdi. Bu yerda asosiy nazariyotchilar C.Kuli va D.Mid bo'lib, ular shaxsga yangicha qar-ashni -uni ijtimoiy o'zaro munosabatlar doiras-ida ko'rib chiqishni taklif qildilar1. 1912 yilda Kuli shaxsning boshqalar uni qanday baholashi haqidagi g'oyalari uning "Men"konsepsiyasiga sezilarli ta'sir ko'rsatishini ta'kidlab, "ko'zgu o'zini o'zi" nazariyasini taklif qildi. Kuli birinchi bo'lib o'z "men"imiz haqidagi ma'lumotlarning asosiy manbai sifatida biz boshqa odamlardan oladigan "mulohazalar" muhimligini ta'kidladi. Jorj Mid ham insonning "Men"ining yaxlit psixik hodisa sifatida shakllanishi, mohiyatiga ko'ra, shaxsning "ichida"sodir bo'ladigan ijtimoiy jarayondan boshqa narsa emas, deb hisoblagan, uning ichida birinchi Jeyms tomonidan "Men ongli" va "Men-obyekt sifatida"gi rollar aniqlan-gan. Bundan tashqari Mid madaniyatni assimily-atsiya qilish orqali (jamiyatning barcha a'zolari uchun umumiy ma'noga ega bo'lgan ramzlarn-ing murakkab to'plami sifatida) inson boshqa odamning xatti-harakatlarini ham va boshqa odam bizning xatti-harakatlarimizni qanday bashorat qilishini ham taxmin qila oladi, deb taklif qildi. D. Mid shaxsning muayyan rolning tashuvchisi sifatida o'zini o'zi belgilashi boshqa odamlarning ushbu shaxsga nisbatan mavjud bo'lgan g'oyalarini amalga oshirish va qabul qil-
1 Тертель А. Л. Психология. Курс лекций : учеб. пособие. - М. : ТК Велби, Изд-во Проспект, 2006. - 248 с.
ish orqali amalga oshiriladi, deb hisoblagan2. Freyd konsepsiyasining rivojlanishi bo'lgan Erik-son yondashuvi shaxsning ongli "Men"- ego shakllanishining ijtimoiy-madaniy kontekstiga qaratilgan. "Men-konsepsiya" muammosi Erik-son tomonidan biologik asosda paydo bo'lgan ma'lum bir madaniyat mahsuli sifatida tushu-nilgan ego-o'ziga xoslik prizmasi orqali ko'rib chiqiladi3. "Men konsepsiya" tadqiqotchilari orasida R.Byornsning nazariyasi E.Erikson, J.Mid, K.Rojers kabi olimlarning qarashlariga asosla-nadi. R.Byornsning fikricha, "Men konsepsiya-man"- bu o'zini o'zini o'zi kuzatish va o'z-o'zini baholash obyekti sifatida tasvirlash. Bu tasav-vurlar haqiqiy "men"ga bo'linadi - men hozirgi paytda o'zimni qanday ko'raman; dinamik "men"- men kim bo'lishga intilaman; fantas-tik "men"- kim bo'lishni xohlardim; ideal "men" bu, uning fikricha, axloqiy me'yorlarga e'tibor qaratgan holda, sub'ekt nima bo'lishi kerak4. V.B.Swann va S.Still bo'lgan K.Rodjers g'oyalari ta'sirida shakllangan yo'nalishlardan biri mulo-qotda "men" konsepsiya ning tashkiliy roli kabi muammolarni o'rganishga qaratilgan ko'plab asarlar, kognitiv jarayonlarni tizimlashtirish, mavjud "men konsepsiya"ni saqlash mexanizm-larini o'rganganlar. Tekshiruv nazariyasi mual-lifi W. B. Swann ta'kidlaydiki, "Men-konsepsiya" boshqa odamlar tomonidan tasdiqlanishi kerak, bu esa dunyoni oldindan aytib bo'ladigan va boshqariladigan qiladi, yaqin munosabatlar va qurilish faoliyatining asosi hisoblanadi. Swan Shunga qaramay, o'zini-o'zi tasdiqlash kon-sepsiyasi muallifi, shaxsning xatti-harakatlarini belgilovchi omillardan biri sifatida o'zini o'zi tasdiqlash motivini ajratib ko'rsatadi. L. Festingern-ing kognitiv dissonans nazariyasida shaxs o'zini o'zi bilish jarayonida, o'zini o'zi tadqiq qilib, ichki kognitiv izchillikka erishadi. Ch.Osgurd va P.Tannenbaumning muvofiqlik nazariya-sida shaxsning kognitiv strukturasi doirasidagi ikki ob'yekt - axborot va kommunikatorni sol-
2 Эриксон Э. Г. Детство и общество / Пер. [с англ.] и науч. ред. А. А. Алексеев. -- СПб.: Летний сад, 2000. - 60 b.
3 O'sha manba. 65 b.
4 Бернс Р. Развитие Я-концепции и воспитание. - М.: Прогресс, 1996. - 220 с.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 4 (125)
ishtirishda yuzaga keladigan munosabatlar o'rganiladi1.
N.I. Nepomnyashaya, V.S. Muxina Rus olimlari N.I Nepomnishaya 1984-yil o'z tajribalari asos-ida bola bir qancha xati harakartlarni mustaqil bajarish orqali o'z ehtiyojlarini qondirib boradi deb ta'kidladilar. Bu jarayon bolaning o'z men-ing ajratish va anglashga tayyorlash bosqich-lardan biridir.
Bunda shaxsning baholash tizimida rivojlanib borishida e'tiborini qaratib baholash shaxsning o'z-o'zini namoyon qilish mexanizmi, degan xulosa keladi. Bolaning "Men" va boshqa tushun-chalarni anglashi shaxs sifatlarini tarkib topishini asosi bo'lib bolaning 6-7 yoshga borganda boshqalarga yordam berish xayrixoh bo'lish kabi fazilatlarining mohiyatini tushuna boshlashini ta'kidlaydi. Bola "Men"ini anglash mexanizmlar tizimlaridan biri bu shaxslar aro munosabatlar tizimi ekanligini ko'rsatib turadi. Shu bilan birga maktabgacha yosh davrida bola shaxsi bilim-larini o'zlashtirish xulq me'yorlarini va usullari tanlash munosabat va faoliyat turlari jarayonida faol o'zlashtirish yangilikni mustaqil izlashga intilish mobaynida bola shaxsini tarkib topishini ta'kidlaydi2. Shaxsning shakllanishi jarayonini rus olimlari L.A.Venger va V.S.Muxinarlar nazariy o'rganib chiqib shaxsning tug'ilishini ikkiga ajratganlar. Shaxsning birinchi "tug'ilishi" bolaning o'z-o'zini anglaganing shakllanishi: O'zini alohida bir kishi sifatida ajratishi bu ilk bolalik davrida yuzaga keladi. Bola o'zini ismi va jis-moniy qiyofasini bir biri bilan bog'lashni bosh-laydi3.
Tadqiqot maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini shakllanish-ida "Men"konsepsiyasining xususiyatini o'rganishdan iborat.
Ilmiy izlanishning mohiyati. Tadqiqot ishida shaxsni o'zini anglab yetilish jarayoni va "Men konsepsiyasi"ni shakllanishida maktabgacha
1 Колядин А.П. Подходы к изучению «Я-концепции» в психологической науке. [Электронный ресурс] http://<www.ncstu.ru>(20.04.20100).
2 Непомнящая Н.И. Становление личности ребёнка 6-7 лет. - Москва, "Педагогика", 1992. - 11 с.
3 Венгер А., Мухина В.С. Психология. - Москва: "Про-свешение", 1988. - 240 с.
yosh davriga xos xususiyatlarini o'rganish orqali bola shaxsini to'g'ri shakllantirib borishga erish-ish mumkin.
Tadqiqot predmeti. Maktabgacha yoshdagi bolalarda "Men" konsepsiyasining shakllanganlik darajasi tashkil etadi.
Tadqiqot obyekti. Uchko'prik tumani "Kichik kenagas" qishlog'ida joylashgan 17-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining 95 nafar tar-biyalanuvchilari tashkil etadi.
Tadqiqot metodi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishida "Men konsepsiyasi"ning xususiyatlarini o'rganish maqsadida I.V. Grosheva, L.G.Evstafeva, D.T.Maxmudova, Sh.B.Nabixanova, S.V.Pak, G.E.Djanpeisovalar muallifligida ishlab chiqilgan "Ilk qadam" davlat dasturida maktabgacha yosh-dagi bolalarda "Men" konsepsiyasining shakl-langanlik darajasini aniqlash talablari mezon qilib olindi va natijalar matematik statistic tahlil qilinib, Pirson usulida ishonchlilik darajasi aniq-landi.
Asosiy qism.
Biz o'z tadqiqotlarimizni ikki bosqichda olib bordik. Biz tadqiqotlarimiz uchun ob'yekt sifatida Uchko'prik tumani "Kichik kenagas" qishlog'ida joylashgan 17-sonli Davlat maktab-gacha ta'lim tashkilotining 75 nafar tarbiyalanu-vchilarini oldik.
Birinchi bosqichda maktabgacha yoshdagi bolalarda "Men" konsepsiyasining shakllangan-lik darajasini aniqlash maqsadida I.V. Grosheva, L.G.Evstafeva, D.T.Maxmudova, Sh.B.Nabixanova, S.V.Pak, G.E.Djanpeisovalar muallifligida ishlab chiqilgan "Ilk qadam" davlat dasturida makta-bgacha yoshdagi bolalarda "Men" konsepsiya-sining shakllanganlik darajasini aniqlash talab-lariga asoslanib savolnoma tuzib chiqdik. Ushbu savolnoma asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy-hissiy rivojlanish asosida "Men" konsepsiyasining yoshga qarab ortib borishini o'rgandik. Bitiruv malakaviy ishining obyekti sifatida Uchko'prik tumani "Kichik kenagas" qishlog'ida joylashgan 17-sonli Davlat makta-bgacha ta'lim tashkilotining 95 nafar tarbiya-lanuvchilari tanlab olindi. Ushbu ishlab chiqilgan
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 4 (125)
1-jadval. 3, 4 va 5 yoshli bolalarda "Men" konsepsiyasining shakllanganlik darajasini aniqlash bo' yicha olingan nati-
jalar tahlili
№ Mezonlar Bolalar yoshi
3 yosh 4 yosh 5 yosh
1. O'zi haqida gapiradi, birinchi shaxsda gapiradi - «Men" -2b 15 15 15
2. O'zi haqida gapiradi (ismi, familiyasi, yoshi, jinsi va h.k. biladi) - 4b 35 40 47
3. O'ziga yaqin insonlarga murojaat qiladi va ulardan yordam so'raydi -2b 13 25 19
4. O'ziga do'st tanlaydi va u bilan o'ynaydi -2b 15 23 20
5. O'z oilasi va qarindoshlik aloqalariga qiziqish bildiradi -2b 9 21 18
б. O'z ehtiyojlarini bildiradi -1b 9 17 17
7. Oshib borayotgan ishonchni namoyon etadi -2b 10 23 20
8. O'z istaklari, qiziqishlarini ifodalaydi -2b 12 21 19
9. O'z his-tuyg'ulari va kechinmalarini ifodalaydi- 2b 12 20 17
10. O'yinlarda O'ziga rol olishi mumkin -1b 8 15 15
11. O'z xatti-harakatlariga baho berishga qodir («buni men qildim») -1b 10 15 15
12. Kattalarning iltimosi (topshirig'i)ni bajaradi -1b 10 15 15
13. Mashg'ulotlar vaqtida e'tiborni saqlashga qodir -1b 9 7 15
14. Muvaffaqiyat sari harakatni namoyon etadi-1b 9 9 15
15. Turli hissiyotlar va kayfiyatni namoyon etadi -2b 17 9 17
Umumiy ball 193 275 284
1-rasm. 3, 4 va 5 yoshli bolalarda "Men" konsepsiyasining yoshga qarab ortib borishining grafik tahlili.
savolnomamizning birinchi qismida 3, 4, 5 yoshli bolalarda o'tkazildi,
Biz "Men" konsepsiyasini shakllanib borish xususiyatini aniqlash maqsadida dastlabki bos-qichida 3,4,5 yoshli bolalarda o'tkazdik. Har bir yosh davridan 15 nafardan bolalar qatnashdilar. Savolnomamizda "Men" konsepsiyasining shakllanganlik darajasini aniqlash uchun "Ilk qadam" davlat dasturida belgilangan talablarni mezon qilib belgilab oldik.
Ushbu mezonlar bo'yicha 3,4,5 yoshli bolalar bilan o'tkazilgan tadqiqot natijalarini quyidagi jadvalda ko'rish mumkin.
Mezonlar bo'yicha to'plangan ballardan ko'rinib turibdiki, 3, 4 va 5 yoshli maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchi bolalarda "Men" kon-sepsiyasi yoshga qarab ortib borgan. Ushbu so'rovnomamizda 3, 4 va 5 yoshli bolalar uchun alohida jadvallar shakllantirdik, jadvallarga bola-larning ismi, familiyasi hamda otasining ismini qayd etgan holda, har bir bolaning har bitta mezon bo'yicha olgan ballarini alohida- alohida qayd etib chiqdik. Buning natijasida esa bolalarning har bir mezonlar bo'yicha to'plagan umumiy ballari hamda har bitta mezonning 15 nafar bolada qayd qilingan umumiy natijalari
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ I СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 4 (125)
2-jadval. 6 va 7 yoshli bolalarda "Men" konsepsiyasining shakllanganlik darajasini aniqlash bo'yicha olingan natijalar
№ Mezonlar Bolalar yoshi
6 yosh 7 yosh
1 Unga yuklanayotgan majburiyatlarni qabul qiladi va ularga rioya etadi -2b 22 30
2 O'zininq milliy mansubligini biladi-lb 20 15
3 O'z istaklari, manfaatlarini aniq ifodalaydi -3b 23 30
4 O'z hissiyotlarini ifodalaydi -lb 14 15
5 O'z-o'zini baholash qobiliyatini namoyon etadi -lb 14 15
6 Mustaqil ravishda o'zi uchun mashg'ulot turini tanlaydi -lb 11 15
7 G'oyalar taklif etadi, tashabbuskorlik ko'rsatadi -3b 25 30
8 Samimiy va ochiq -2b 15 29
9 O'z his-tuyg'ulari va kayfiyatini ifodalaydi -2b 29 30
10 Mustaqillikka intiladi -lb 15 15
11 O'zining gender, oilaviy mansubligi borasida ijobiy hissiyotlarni boshdan kechiradi -2b 29 29
12 O'z millati, tili va madaniyatini biladi -3b 30 41
13 Yuklanayotgan majburiyatlarni qabul qiladi va faollikka tashabbus ko'rsatishi-2b 30 31
14 Shaxsiy qarorlar qabul qilish qobiliyatini namoyon etadi -lb 14 15
15 Boshqalar uchun namuna bo'lishga intilish ko'rsatadi -lb 14 15
Umumiy ballar 291 357
2-rasm. 6 va 7 yoshli bolalarda "Men" konsepsiyasining yoshga qarab ortib borishi.
kelib chiqdi. Ushbu jadvaldan bilishimiz mumkin bo'ldiki, 3, 4 va 5 yoshli bolalarda "Men" konsepsiyasining shakllanishi yoshga qarab o'sib borgan.
Biz ushbu tadqiqotimizning ikkinchi bosqi-chini "Men" konsepsiyasini yoshga qarab o'sib borishini aniqlash maqsadida 6 va 7 yoshli bola-larda o'tkazdik. 6 va 7 yoshli bolalardan jami 15 nafardan tarbiyalanuvchilar tadqiqot uchun tan-lab olindi. Bu yoshda "Men" konsepsiyasini shak-llanishida qo'yilgan talablar murakkablashganini ko'rish mumkin. Ikkala yoshlar guruhi uchun ham umumiy ball 26 ni tashkil etadi
Natijalar tahlil qilinib jadval hamda grafik holatida shakllantirildi.
6 va 7 yoshli bolalarda "Men" konsepsiyasining shakllanganlik darajasini aniqlash bo'yicha
o'tkazilgan tadqiqot natijalarini quyidagi jad-valda ko'rish mumkin.
6 va 7 yoshli maktabgacha yoshdagi tarbiya-lanuvchi bolalarda "Men" konsepsiyasi yoshga qarab ortib borgan.
Demak, bizning grafik holatdagi tahlillarim-izga ko'ra 6 va 7 yoshli bolalarda "Men" konsepsiyasining yoshga qarab ortib borishini kuza-tishimiz mumkin.
Olingan natijalarni ishonchliligini aniqlash uchun Pirson usulidan foydalandik.
X = yoshi;
Y = ko'rsatilgan ballar;
N = qatnashayotgan yosh davrlari.
s-
52
ч_
3-jadval. Umumiy natijalar formula uchun jadval holatda shakllantirildi
X Y x2 y2 Xy
3 193 9 37249 579
4 275 16 75625 1100
5 284 25 80656 1420
6 291 36 84681 1746
7 357 49 127449 2499
£x=25 £y-1400 Zx2-135 Zv2-405660 Zw-7344
3-rasm. 3, 4, 5, 6 va 7 yoshli bolalarda "Men" konsepsiyasiningyoshga qarab ortib borishining grafik holatdagi tahlili.
Sn =
VI36600 369,594372 1-у2 1-0.932 1-Ш
2.23
1-Y
sv = J
J n - 2
1 - 0.9307S01042
5-2
Ishonchlilk darajasi 1,21 ni tashkil etdi. Umumiy natijalarni grafik holatida shakllantirildi
1 — 0.866295756
Ixy
Лх*Ту
7344 -
2£*ldOO
0.13370424.4
У =
•n
\l
= 0,211111538
= 0,930750104
V10 * 13660
Biz ushbu grafigimizda ham "Men" konsep-siyasining yoshga qarab ortib borishini kuza-tishimiz mumkin.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 4 (125)
Xulosalar.
1. Bolaning o'zini - o'zi anglashi 1,2-1,5 yoshlarda yuzaga kelib, u dastlab ismi va jis-moniy qiyofasini tanish va ularni baholashdan iborat bo'ladi.
2. Bola yoshi ortgan sari atrofdagi kishi-lar yordamiga o'zini anglash, tanish, xulq-atvori, shaxsiga xos sifatlarning anglash orqali bola taraqqiyoti yuzaga keladi. Bola 2-3 yosh oralig'ida o'zini anglash shaxs fazilatiga aylanadi. Bola endi o'zi haqida fikr yuritganda o'z fazi-latlariga murojaat qila boshlaydi. Bolada shax-sga xos fazilatlar tarkib topa boshlaydi. Demak, bolaning keyingi shaxs taraqqiyotida o'zini anglashi muhim bo'lib, bu maktabgacha yosh davrdan boshlab yuzaga kela boshlaydi.
3. Maktabgacha yosh davri shaxsning shak-llanishining boshlang'ich bosqichi hisoblanib, uning xulqida namoyon bo'ladi va bu shaxsn-ing keyingi taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsiy tajribani o'zgartirishga qaratilgan «men harakat qilaman». Ijobiy o'zini rivojlantirish g'oyalar, o'z-o'zini taassurotlar to'plash orqali amalga oshiri-ladi, keyinchalik ular yangi o'qlar va yadrolarga, so'ngra global o'ziga birlashadi.
Takliflar.
1. Maktabgacha yosh davrida shaxsning o'zini anglash jarayoni unda shaxsga xos xos fazilatlarni shakllanishida va bu insonning key-ingi yosh davridagi kamolotida muhim ekanligini
hisobga olib, maktabgacha yosh davrida bolaning o'zini anglash jarayoniga e'tiborni qaratish lozim.
2. Shaxs fazilatlarini shakllantirishda bolaning "Men" ligini tanish va keyinchalik anglay borish dastlabki bosqich ekanligini bolaning ta'lim- tarbiyasiga alohida e'tiborga olish kerak.
3. Bolaning o'zini-o'zi anglashi uning faoliyati jarayonida ayniqsa o'yinda namoyon bo'lishini hisobga olib unga e'tibor qaratish lozim.
4. Bolaning o'zini-o'zi anglashi shaxslararo munosabatlar jarayonida yuzaga kelishini va taraqqiy etishiga e'tibor qaratish lozim.
5. Bolaning o'zini anglab yetilish jarayonida uning xulqida axloqiy me'yorlarni shakllani-shi ro'y berishini hisobga olib, diqqat e'tiborni axloqiy me'yorlarni anglash va uning xulqida namoyon bo'lishiga qaratish lozim.
6. Shaxsining o'zini anglab yetilish jarayoni yoshga bog'liq yuzaga kelishi bilan birga individual xususiyatlarga ham bog'liqligi tufayli bolaning o'zini anglash va shaklini shakllanishini reja asosida, kundalik faoliyatining hamma jabhalar-ida bu e'tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir.
7. Bolaning o'zini anglash va shaxsning shakllanish darajasi bolaning aqliy taraqqiyoti, emotsional holatida ham namoyon bo'lishini shaxsning shakllantirishda hisobga olish zarur.
Adabiyotlar ro'yhati:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev raisligida 2017 yil 19 oktabr kuni o'tkazilgan maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3261-sonli qarori.
3. "Ilk qadam" Maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o'quv dasturi. Tuzuvchilar: I.V. Grosheva, L.G.Evstafeva, D.T.Maxmudova, Sh.B.Nabixanova, S.V.Pak, G.E.Djanpeisova. -Toshkent: 2018. - 74 b.
4. Венгер A., Мухина B.C. Психология. - Москва, "Просвешение" 1988. - 240 стр.
5. Бернс Р. Развитие Я-концепции и воспитание. - М.: Прогресс, 1996. - 420 с.
6. Колядин А.П. Подходы к изучению «Я-концепции» в психологической науке. [Электронный ресурс] // Северо-Кавказский государственный технический университет (СевКавГТУ), [web-сайт]. 23.06.2007. http://<www.ncstu.ru>(20.04.2010).
7. Закирова М.С. (2021). Роль узбекских и русских народных сказок в формировании личностных качеств ребенка. in проблемы психологического благополучия (pp. 325-331).
8. Непомнящая Н.И. Становление личности ребёнка 6-7 лет. - Москва: "Педагогика", 1992. - 11 с.
9. Sabirovna Z. M. (2022). Characteristics of the child's perception of the environment during the preschool age.
10. Sabirovna Z.M. & Vahobovna A.O. (2022). Characteristics of personality formation in the system of values. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(12), 16751679.
11. Тертель А.Л. Психология. Курс лекций : учеб. пособие. - М. : ТК Велби, Изд-во Проспект, 2006. - 248 с.
12. Эриксон Э. Г. Детство и общество / Пер. [с англ.] и науч. ред. А. А. Алексеев. -СПб.: Летний сад, 2000. - 300 c.
13. https://kun.uz/uz/news/2022/11/15/sarflangan-investitsiyalar-ortigi-bilan-qaytishiga-shubha-yoq-shavkat-mirziyoyev-maktabgacha-talim-sohasiga-etibor-haqida