Научная статья на тему 'BOLA FAOLIYATIDA POZITIV-KOMUNIKATIV SIFATLAR TUSHUNCHASINING MOHIYATI'

BOLA FAOLIYATIDA POZITIV-KOMUNIKATIV SIFATLAR TUSHUNCHASINING MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

107
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pozitiv / pozitivizim / pozitiv sifat / komunikativ / komunikatsiya / komunikativ sifat / kayfiyat / kechinma / emotsiya. / positive / positivism / positive adjective / comunicative / comunicative / comunicative adjective / mood / supposition / emotion.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sojida Baxromovna Ashirova

Maqola mazmunida pozitiv, pozitivizim, pozitiv sifat, komunikativ, komunikatsiya, komunikativ sifat, kayfiyat tushunchalarining O’zbek tilining izohli lug’atidagi va O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasidagi tahlillari keldirilgan bo’lib ularga asoslangan ma’noda maktabgacha yoshdagi bolalarda pozitiv-komunikativ sifatlarning yosh davrlariga bog’liqligi hamda ularning bolalar emotsiyasi va kechinmalarida aks etishi haqidagi fikrlar yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In the content of the article, the analysis of the concepts of positive, positivism, positive quality, comunicative, communion, comunicative quality, mood in the Explanatory Dictionary of the Uzbek language and the National Encyclopedia of Uzbekistan is brought to light, based on them, thoughts about the dependence of positive-comunicative qualities in preschool children on age periods and their reflection in children's emotions and evenings

Текст научной работы на тему «BOLA FAOLIYATIDA POZITIV-KOMUNIKATIV SIFATLAR TUSHUNCHASINING MOHIYATI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

BOLA FAOLIYATIDA POZITIV-KOMUNIKATIV SIFATLAR TUSHUNCHASINING MOHIYATI

Sojida Baxromovna Ashirova

SHDPI " Maktabgacha ta'lim" kafedrasining katta o'qituvchisi sojidaashirova@mailuz

Maqola mazmunida pozitiv, pozitivizim, pozitiv sifat, komunikativ, komunikatsiya, komunikativ sifat, kayfiyat tushunchalarining O'zbek tilining izohli lug'atidagi va O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasidagi tahlillari keldirilgan bo'lib ularga asoslangan ma'noda maktabgacha yoshdagi bolalarda pozitiv-komunikativ sifatlarning yosh davrlariga bog'liqligi hamda ularning bolalar emotsiyasi va kechinmalarida aks etishi haqidagi fikrlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: pozitiv, pozitivizim, pozitiv sifat, komunikativ, komunikatsiya, komunikativ sifat, kayfiyat, kechinma, emotsiya.

In the content of the article, the analysis of the concepts of positive, positivism, positive quality, comunicative, communion, comunicative quality, mood in the Explanatory Dictionary of the Uzbek language and the National Encyclopedia of Uzbekistan is brought to light, based on them, thoughts about the dependence of positive-comunicative qualities in preschool children on age periods and their reflection in children's emotions and evenings.

Keywords: positive, positivism, positive adjective, comunicative, comunicative, comunicative adjective, mood, supposition, emotion.

В содержании статьи представлен анализ понятий позитив, позитивизм, позитивное качество, коммуникатив, коммуникация, коммуникативное качество, настроение в толковом словаре узбекского языка и национальной энциклопедии Узбекистана, на основе которого можно установить связь позитивно-коммуникативных качеств дошкольников с возрастными периодами и их отражение в детских эмоциях и переживаниях.

Ключевые слова: позитив, позитив, позитив«^

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

качество,

коммуникативное качество, настроение, эмпатия, эмоция.

коммуникативное,

коммуникатив!

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

vechimlar

muammo va

ye

Maktabgacha yoshidagi bolalar nutqining rivojlanishi ularning muloqot faoliyati bilan uzviy bogliqdir. D. B. Elkoninning ko'rsatishicha, bolaning hayot sharoitlari va tarbiyalanish bevosita muloqot xususiyatlariga bog'liq. So'nggi yillarda u yoki bu yoshdagi bolalar nutqining lug'at tarkibini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlarda avvalgi tadqiqotlarga nisbatan yuqoriroq miqdoriy ko'rsatkichlar aniqlangan.

V. Loginaning malumotlariga ko'ra 3 yoshga kelib, bola lug'atida 1200 ta so'z mavjud bo'ladi, 6 yoshli bolaning aktiv lug'ati esa 3000-3500 so'zni oz ichiga oladi. Vaholanki, 40-60 yil oldin o'tkazilgan tadqiqotlarda 3 yoshli bolaning lug'ati 400600 so'zdan, 6 yoshli bolaning aktiv lug'ati esa 2500-3000 so'zdan iborat deb ko'rsatilgan. Bolalar nutqning komunikativ sifatlariga quydagilar kiradi.

C

c

Situatsion sifat

Nosituatsion sifat

Nosituativ sifat\yugt

Situatsion sifat - ishchan muloqot shaklidagi bolalar leksikasi (nutqi) konkret predmetli vaziyat bilan bog'liq. Bu holat shunda ko'rmadiki, bolaning nutqida ot so'z turkumiga oid so'zlar ko'p bo'ladi. Ularning nutqida sifat turkumidagi so'zlar umuman uchramaydi, yoki buyumlarning faqat tashqi xususiyatlari: ranggi, o'lchami (barcha sifatlarning 96,4%) ni ifodalaydi. 98% fe'llar faqatgina konkret predmetli harakatlarga nisbatan

ishlatiladi.

Nosituatsion sifat - bilishga yo'naltirilgan (vaziyatga-situatsiyaga bog'liq bo'lmagan) muloqotida ular kattalardan har xil narsa va hodisalar haqida axborot olishga bog'liqlikdan ozod bo'ladi. Asta-sekin atrof-olamdagi narsalaming turli xususiyatlarini aks ettiruvchi so'zlar zahirasi kengayib boradi. Jumladan:

-estetik xususiyatlarni ifodalovchi sifat turkumiga oid so'zlar (11,25%) -emotsional xususiyatlarni ko'rsatuvchi so'zlar (5%) paydo bo'ladi, -irodaviy va intellektuaal harakatlarni anglatuvchi fe'l turkumidagi so'zlar (6,24%)

vujudga keladi.

May 6

107

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

Nosituativ sifat - shaxsiy muloqot vaqtida bola odamlar o'rtasidagi munosabatlar haqida axborot olishga va o'zining fikrini kattalar fikri bilan solishtirishga harakat qiladi. Shu tariqa bola nutqida umumiy grammatik murakkablashish ro'y beradi. Sifat turkumidagi so'zlarni quyidagi holatlarga nisbatan qo'laydi:

-atributiv (tashqi xususiyatlarini ifodalovchi) - 69,80%. -estetik xususiyatlarni ifodalovchi sifatlar-14,65%. -ahloqiy xususiyatlarni ifodalovchi sifatlar-9,3%.

-irodaviy va intellektual harakatlarni ifodalovchi fe'llar ancha ko'payib, nutqida ishlatilayotgan barcha fe'llarning 9,76%ni tashkil qiladi.

Maktabgacha yoshidagi bolalarda pozitiv sifatlarning rivojlanishi-bola faoliyati, atrof olanmi va o'z-o'zini bilishi, kattalar va tengdoshlar bilan bo'lgan munosabat jarayonida xilma-xil emotsiyalar hamda hissiyotlarni o'zidan o'tkazadi. U atrofda ro'y berayotgan hamda o'zi foydalanayotgan narsalarga muayyan munosabatda bo'ladi. Ana shu munosabat bolada ma'lum bir emotsiyalar va hissiyotlami tug'diradi. Emotsiyalar va hissiyotlar ham voqelikni aks ettirishning o'ziga xos shakli hisoblanadi. U bolaning atrof olamga bo'lgan munosabati, biror bir ehtiyojning qondirilishi yoki qondirilmasligi tufayli vujudga keluvchi ichki kechinmalarida aks etadi va ular quydagi ko'rinishlarda namayon bo'ladi.

1. Bolada oddiy kechinmalarni ifodalovchi emotsiyalarning paydo bo'lishi. Oddiy kechinmalar tabiiy ehtiyojlarning qondirilishiga bog'liq ravishda vujudga keladi. (qondirilsa-ijobiy, qondirilmasa-salbiy emotsiyalar vujudga keladi). Bunday emotsiyalar aslida hayvonlarda ham mavjud. Biroq boladagi eng oddiy emotsiyalardan hayvonlardagi eng oddiy emotsiyalarning farqi shundaki insondagi emotsiyalarning namoyon bo'lish shakli sotsial xarakterga ega bo'ladi. 2 yoshdan boshlab bola uchun shodlik, hursandchilik kabi ijobiy emotsiyalarni ifodalovchi reaksiyalar hosil bo'la boshlaydi. Mavzu doirasida o'tkazilgan tajribalarning birida 29 yoshdagi bolalarga fotosuratlardan turli mimik reaksiyalarini (xayronlik, jaxl, qo'rquv, xursandchilik va boshqa hissiyotlarni ifodalovchi reaksiyalarni) aniqlab olib, so'ngra ko'rsatib berish topshirig'i berilgan. Tajriba yakunida shu narsa ma'lum bo'ldiki, bolalar birinchi bo'lib xursandchilikni ifodalovchi mimik reaksiyasini aniqlay olgan. Ko'rsatib berishda ham eng oldin xursandlikni ifodalovchi mimik reaksiyasini ifoda etib bergan. Demak, dasdab ijobiy emotsiyalarni ko'rsatib beravchi mimik reaksiyalarni aniqlash, boshqa reaksiyalar orasida tanish ~ namoyon eta bilish qobiliyati mavjud ekanligidan dalolat ber

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

Shubxasiz, ijobiy emotsiyalar maktabgacha yoshdagi bolaning pisixik va jismmiy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Biroq V.A.Suxomlinskiyning ta'kidlashiga ko'ra, agar bola shodlikni mehnatsiz, ruhiy kuchlarni ishga solmay qo'lga kiritaversa, ertami kechmi uning yuragi bir parcha "muz" ga aylanib qolishi mumkin. Unda sovuqqonlik paydo bo'lishi mumkin.

2. Bola emotsiyalarining rivojlanishi ularning differensiyasi, kechinmalaming boyib borishi ko'rinishida shakllanib boradi. Ijobiy emotsiyalar yoki salbiy emotsiyalar bo'yoqdorlikka ega bo'lgan kechinmalar misol bo'ladi, ozuqaga bo'lgan elitiyojning qondirilishi yoki qondirilmasligi tufayli bola o'z boshidan o'tkazadigan kechinmalarini ko'rsatish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolada salbiy kechinmalar qo'rquv, jaxl, jirkanish, ijobiy kechinmalar shodlik, bola mehrining atrofdagilarga tovlanib ketishi, ota-onasiga qalban, yaqinlashishi ko'rinishlarida namoyon bo'lishi mumkin.

3. Bola hissiyotlarining rivojlanishi muayyan ob'ektga yo'naltirilgan emotsiyalarining umumlashgan ko'rinishida namayon bo'ladi. Emotsiya va hissiyotlarning shallangan tizimida emotsiyalar boshdan o'tkazilayotgan hissiyotning namoyon bo'lishi sifatida gavdalantiriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda, emotsiya va hissiyotlar tizimi endi-endi shakllanayotgan bo'ladi. Shuning uchun ularning emotsiyalari ular kechirayotgan hissiyotlarning namoyon bo'lishi emas, balki ko'proq oliy hissiyotlarning shakllanishi uchun umumlashtirilishi kerak bo'lgan materiallardir.

4. Maktabgacha yoshdagi bolalar emotsional sohasining rivojlanishi davomida emotsional kechinmalarni uyg'otuvchi ob'ektdan sub'ektga munosabat ajralib boradi. Bola qanchalik kichik bo'lsa, uning uchun ob'ekt tavsifi bilan sub'ektiv kechinmalari tavsifi shunchalik bir-biriga yaqin bo'ladi. 3 yoshli betob bola uchun unga ukol qilgan hamshira "yomon" odam bo'lib ko'rinadi. Bunda bola o'z emotsional holatining salbiy tavsifi (xarakteristikasi) ni bu holatning yuzaga kelishiga sababchi bo'lgan odamga ko'chirib o'tkazadi.

5. Maktabgacha yoshdagi bolalar emotsiyasi va xissiyotlarining dinamik va mazmuniy tomonlari ancha rivoj topadi. Mazmunan rivojlanishi atrof olam haqidagi bola bilimlarining kengayishi va chuqurlashishi bo'lsa, bola barqaror (doimo bir xil) munosabatda bo'ladigan predmet va hodisalarning ko'payib borishi bilan kifoyalanadi. Dinamik rivojlanishi bolada o'z emotsiyalarini nazorat qilish va boshqara olish ko'mkmalarining shakllanishi bilan ifodalan j:

Maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsiya va hissiyc

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

rivojlanishi ularning boshqa psixik jarayonlar, ayniqsa, komunikativ sifatlarning rivojlanishi bilan bog'liq.

REFERENCES

1. A.Madvaliyev tahriri ostida O'zbek tilining izohli lug'ati «K» harfi «Davlat ilmiy nashriyoti» T.: 2020-yil ikkinchi jild 671-bet umumiy 395-bet.

2. A.Madvaliyev tahriri ostida O'zbek tilining izohli lug'ati «P» harfi «Davlat ilmiy nashriyoti» T.:2020-yil uchinchi jild 687-bet umumiy 283-bet.

3. A.Madvaliyev tahriri ostida O'zbek tilining izohli lug'ati «X» harfi «Davlat ilmiy nashriyoti» T.: 2020-yil to'rtinchi jild 606-bet umumiy 384-bet.

4. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi «K» harfi 4-tom «Davlat ilmiy nashriyoti» T.:2002 703-bet umumiy 681-bet.

5. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi «P» harfi 7-tom «Davlat ilmiy nashriyoti» T.:2004-yil 703-bet umumiy 107-bet

6. 4. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi «X» harfi 11-tom «Davlat ilmiy nashriyoti» T.:2005 605-bet umumiy 317-bet.

5. Z.T.Nishanovaning «Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi» darslik T.:2017-yil 196 bet

6. Z. T. Nishanova «Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya» darslik «O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti T.: 2018-yil 600 bet.

7. E. G\ Goziyev «Psixologiya» darslik «O'qituvchi» nashriyoti 2008-yil 352 bet.

May 6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.