Научная статья на тему 'Причины и факторы негативных изменений в поведении у детей 3-7 лет'

Причины и факторы негативных изменений в поведении у детей 3-7 лет Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
189
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Общество и инновации
ВАК
Область наук
Ключевые слова
воспитание / образование / семья / адаптация / кризис / наследственность / поведение. / upbringing / education / family / adaptation / crisis / heredity / behavior.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Нодима Орипова, Сурайё Неъматова

В статье рассматриваются причины негативных изменений в поведении детей дошкольного возраста (3-7 лет) и особенности развития детей в этом возрасте.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Causes and factors of negative change in children 3-7 years old

The article examines the reasons for negative changes in the behavior of preschool children (3-7 years old) and the peculiarities of the development of children at this age.

Текст научной работы на тему «Причины и факторы негативных изменений в поведении у детей 3-7 лет»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Causes and factors of negative change in children 3-7 years old

Nodima ORIPOVA1 Surayyo NE'MATOVA2

Karshi State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2021 Received in revised form 20 March 2021 Accepted 15 April 2021 Available online 20 May 2021

The article examines the reasons for negative changes in the behavior of preschool children (3-7 years old) and the peculiarities of the development of children at this age.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

upbringing,

education,

family,

adaptation,

crisis,

heredity,

behavior.

7 yoshli bolalar xulq atvoridagi salbiy o'zgarishlarning kelib chiqish sabablari va omillari

ANNOTASIYA

Kalit soZlar:

tarbiya,

ta'lim,

oila,

adaptatsiya, inqiroz, irsiyat, xulq-atvor.

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi (3-7 yoshli) bolalar xulq-atvoridagi uchraydigan salbiy o'zgarishlarning kelib chiqish sabablari hamda bu yoshdagi bolalar rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari haqidagi fikrlar keltirib o'tilgan.

1 Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor, Karshi State University. Karshi, Uzbekistan. E-mail: [email protected].

2 Master's degree student, Karshi State University. Karshi, Uzbekistan. E-mail: [email protected]

Причины и факторы негативных изменений в поведении у детей 3-7 лет

Ключевые слова:

воспитание,

образование,

семья,

адаптация,

кризис,

наследственность, поведение.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматриваются причины негативных изменений в поведении детей дошкольного возраста (3-7 лет) и особенности развития детей в этом возрасте.

Mamlakatimizning rivojlangan davlatlar safiga qo'yayotgan shaxdam qadamlari har bir sohada, jumladan, ta'lim sohasida ham kuzatilmoqda. Uzluksiz ta'limning boshlang'ich bo'g'ini hisoblangan maktabgacha ta'limga bo'lgan e'tiborning yuqoriligi kelajakda mamlakatimizni yanada rivojlantirishga imkon yaratadi. Yosh avlodning ta'lim sohasida ilk qadamlarining qamrovlni oshirish maqsadida "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari" sonini oshirish va bolalarning tashkilotga qamrovlni kengaytirish muhim vazifa etib belgilanganligi buning yaqqol dalilidir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3955 son qaroriga ko'ra respublikamizda maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilib, shu asosda qator ishlar jadal sur'atda olib borilmoqda. Bolalarning maktabgacha ta'limga qamrab olinishi har tomonlama foydali va samarali vazifadir. Chunki buning ortida bolaning ta'lim-tarbiya olishi bilan birga ota-onasining erkin faoliyat olib borishi ham yotadi. Odatda bolalarning yangi muhitga moslashib olishlari biroz qiyinchilik tug'diradi. Shu sababli bugungi kun tarbiyachi pedagoglarining zimmasidagi dolzarb muammolaridan biri maktabgacha yoshdagi bolalar xulq-atvoridagi qator salbiy o'zgarishlarni o'z vaqtida bartaraf etish hisoblanadi

[1-3].

Bolalarning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan davri maktabgacha davr deb nomlanib bu davr asosan oila va maktabgacha ta'lim tashkilotida kechadi. Bu davrda bolada jadal rivojlanish jarayonlari bo'lishini inobatga olib, uniuch davrga kichik maktabgacha (3 yosh), o'rta maktabgacha davr (4-5 yosh), katta maktabgacha davr (6-7 yosh) larga ajratish mumkin. Maktabgacha davrda bolalarda turli mustaqil faoliyatlar shakllanadi. Chunki maktabgacha davr bolalikning katta bir qismini tashkil etadi va bola hayotiga qator yangiliklarni olib kiradi. Bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotiga chiqqach, ko'plab yangi do'stlar orttiradilar, yangi bilimlar o'zlashtiradilar, kishilar bilan munosabatlarning yangi bosqichini egallay boshlaydilar. Shu sababli bolalar xulq-atvorida qator o'zgarishlarga duch kelamiz. Bugungi kunda bunday o'zgarishlarga sabab qilib, quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

1. 3 yosh inqirozi (inson hayotidagi ikkinchi krizis);

2. Oilaviy munosabatlardagi kamchiliklar (notog'ri tarbiya, ota-onalarning uquvsizligi);

3. Fiziologik hususiyatlar (kasalliklar, nuqsonlar);

4. Yangi ijtimoiy munosabatlar (kattalar, tengdoshlar);

5. Tashqi faktorlar (OAV, telefon, internet va boshq).

Bolaning ulg'ayishi, maktabgacha davrning boshlanishida ya'ni bolalikning 4-yilida (3yosh) inson hayoti davomidagi ikkinchi inqiroz yuz beradi. Bizga ma'lumki boladagi "Ilk inqiroz" uning tashqi muhitga moslashishi bilan kechib, chaqaloqqa qaratiladigan katta e'tiboruning bu jarayonga oson adaptatsiya qilishi bilan yakunlanadi. Bolaning

3 yoshga to'lishi unda ilk bolalik davrining yakunlanishi hisoblanadi [4-7]. Psixologlar inson psixikasi rivojlanishining o'ta ahamiyatliligini inobatga olgan holda, inson tug'ilgandan to yetuklik davrigacha sodir bo'ladigan murakkab psixik rivojlanishni

3 yoshda kechishini ta'kidlaganlar. Bolada barcha bilish jarayonlari o'sadi, sezgirlik, diqqat va xotiraning hajmi kengayadi, ko'rgazmali tafakkur o'rnini mantiqiy tafakkur egallaydi. Ammo bolalar psixikasida qator salbiy o'zgarishlar ham kuzatiladi. Shaxsiy "men"ni anglash bosqichi hisoblangan 3 yoshda ko'pchilik bolalar kattalar va tengdoshlari bilan munosabatlarni o'rnatishda qiylnchiliklarga duch keladi. Olimlarning fikricha bu bosqichda negativizm ya'ni bolalarning boshqa kishilar bilan munosabatlarida salbiy reaksiya kuzatilib bola kattalarga bo'ysunishni istamaydi. Shuningdek bu yoshda bolalarning yangi jamoaga yangi ijtimoiy muhitga tushib qolishi ham ularning ruhiyatida bir qator o'zgarishlarni yuzaga olib chiqadi. Bolalarda injiqlik, qaysarlik, o'zboshimchalik, kattalarni qadrsizlantirishga urinish, e'tiroz bildirishlar va bolalar zo'ravonligi kuzatilib, bunday bolalardan ko'pincha "men o'zim"i borasini eshitish mumkin. 6-7 yoshli bolalarda esa tishlarning almashishi, yuz qiyofasining o'zgarishi, bola tanasining tez o'sishi, organism chidamliligining ortishi, mushaklarning quvvatga to'lishi harakatlar muvozanatining takomillashuvi kuzatiladi. 3 yosh inqirozi davrida bolalar o'zining mavjudligini, "men"ini anglab yetgan bo'lsa bu yoshga kelib ijtimoiy munosabatlardagi o'z o'rnini topishga harakat qila boshlaydi. Ya'ni mavjudlikdagi "men"dan ijtimoiy "men" sari harakatlana boshlaydilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o'z o'ziga "men mehribonman" men qiynalyapman", "men yomon ish qilyapman" degan so'zlarni ayta oladi [5-8]. O'z harakatlariga nisbatan ongli yondashib, eski qiziqishlar o'rniga yangilari bilan shug'ullana boshlaydi. Biroq hali bolada hissyotlarni boshqarish qobiliyati shakllanmagan bo'ladi. Omadsizliklar zanjiri o'qish va kattalar bilan bo'lgan munosabatlardan orasolik, kamsitilish, o'ziga ishonchning susayishi, kompetentlik, o'ziga xosliklarning yo'qolishiga olib kelishi mumkin. Bola ongli ravishda qandaydir rolni bajarish, avvaldan tayyorlangan, biroq unchalik haqiqatga mos bo'lmagan qiyofaga kirishga harakat qila boshlaydi. Bu paytda bola tarbiyasi og'irlashib uni bosqarish birmuncha qiyinlashadi. Mazkur davrda bola uchun eng muhim narsa - hurmat. Agarda mazkur ehtiyoj qondirilmasa, u bilan o'zaro munosabatlarni o'rnatish qiyinlashadi. Shu bilan birga ota-onasining odatiy buyruq va talablarini hisoblab, muhokama qila boshlaydi, ayyorlik va o'jarlikka moyil bo'lib qoladi. Te-tez "nima uchun", "qanday", "nimaga" degan savollarni bera boshlaydi. Mazkur yosh samimiylikning yo'qolishi bilan ham harakterli bo'lib, bu bolaning har bir harakatiga ehtiyotkorlik va bosiqlik, sabr-toqat bilan javob berish lozimligini anglatadi. Boladagi bunday o'zgarishlar uning rivojlanishi bilan bog'liq holda kechadi. Inson rivojlanishi murakkab jarayon bo'lib, uning shaxs sifatida takomil topib borishiga bir qator omillar ta'sir etadi. Bunday omillar ichki va tashqi kuchlar hisoblanib, tashqi omillarga ma'lum faoliyat turlari va tabiiy ijtimoiy muhit kirsa, ichki omillarga esa biologik, irsiy omillar misol bo'ladi. Yuqoridagi ta'kidlaganimiz "inqiroz" ham aynan shu omillar ta'sirida vujudga keladi. Tashqi kuchlar haqida fikr yuritadigan bo'lsak bolaning aynan maktabgacha yosh davrida bo'ladigan qator o'zgarishlar aynan tashqi muhit yangi ijtimoiy jamoada yaqqol aks topadi. Chunki bolalarda dastlabki ijtimoiy munosabatlar kichik sotsium - oilada kechgan bo'lsa endi bu sotsium kengayib yangilanib boradi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti-bolaning hayoti davomidagi ilk katta jamoa bo'lib, bu yerda bola bir qator jamiyat a'zolari bilan bir vaqtda munosabatga kirishishi lozimligining o'zi bola uchun katta vazifa hisoblanadi. Bu vazifaning bajarilishi bola uchun qator qiyinchiliklarni tug'diradi. Ba'zi bolalarda bu jarayon sezilmasada, ularning psixikasida bu jarayonning ta'sirini kuzatish mumkin. Bugungi kunda bolaning maktabgacha ta'lim tashkilotiga chiqishi - undagi yakka hukmronlik davrining tugashi bilan boshlanadi. Oilaning kichkintoyi hisoblangan bizning bolajon endi o'z tengqurlari

bilan birgalikda teng muomala iste'molchisi bo'lib, asosiy e'tibor markazidan yiroqlashganligini his eta boshlaydi. Bolalardagi jismoniy rivojlanish ham bola xulq-atvoriga ta'sir etadi. Bolalardagi surunkali kasalliklar hamda fiziologik o'zgarishlarning normal kechmasligi, o'zini tengdoshlari bilan solishtirishi yoki kattalarning boshqa bolani unga o'rnak sifatida ko'rsatishi ham bola xulq-atvorida og'ir iz qoldiradi. Oila har bir inson shaxs sifatida kamolotga yetishida muhim vazifani bajaradi

[7-10]. Bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotiga chiqquncha oilada tarbiya oladilar va boshlang'ich malakalarni egallaydilar. Shu sababdan, bola xulq-atvoridagi salbiy o'zgarishlarga ota-onalarning yetarlicha tajriba ega emasligi, hamda nosog'lom (ichuvchi, janjalli) yoki to'liqsiz oilalar (otasiz yoki onasiz bolalar), ota-onalari ajrashgan yoki ikkinchi nikohdagi oilalardagi ijtimoiy munosabatlarning ta'siri bo'lmay qolmaydi. Bolalarda qator salbiy illatlar o'zini ko'rsata boshlaydi yuqorida aytganimiz, "irsiyat"ning ham bunga bevosita aloqasi bor. Biz rivojlangan texnologiyalar asrida yashayotganligimiz, bolajonlarning tug'ulishi bilanoq yangiliklar bilan bo'lishi, masalan, tinimsiz televizor ko'rishi, turli xil kompyuter va telefon o'yinlarini o'ynashi ham bolalar ongi va xulq-atvoriga o'z ta'sirini o'tkazadi. Ota-onaning farzndini shunchaki tinchitish uchun qiladigan, dastavval ularni quvontiradigan bu ishlari ham keyinchalik og'ir salbiy xulq-atvorni namoyon etadi. Bolalarda xudbinlik, janjalkashlik, e'tiborsizlik kabilar kuzatiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib maktabgacha ta'lim tashkilotiga tashrif buyurgan bolajonlarda qator salbiy o'zgarishlar kelib chiqadi:

- Ta'lim tashkilotiga qatnov istagining yo'qolishi;

- Ishtahaning pasayishi;

- Bolada turli kasalliklarning paydo bo'lishi;

- Bolaning nizo keltirib chiqarishga moyilligi;

- Bolada emotsional holatlarning buzilishi;

- Boladagi psixik jarayonlarning buzilishi va boshqalar.

Xulosa sifatida shuni ta'kidlash joizki, bunday muammolar bilan ishlash bugungi kunda ota-ona, tarbiyachi hamda psixologlar zimmasiga yuklangan. Bolalarning sog'lom ijtimoiy munosabatlarga kirishishi va kamol topishi uchun ularning ruhiyati sog'lom bo'lishi lozim. Buning uchun ota-onalar va tarbiyachi pedagoglar bola ruhiyatini yaxshi bilishlari va zarur hollarda kerakli vazifalarni bajarishni belgilab olishlari shart. Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'limning asosiy tashkiliy shakli mashg'ulot hisoblanib, tarbiyachi bolalar bilan ishlashda turli ish shakllaridan foydalanishni yo'lga qo'ysa bu bolani ta'limga qiziqtiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Alimardonova M. (2021). Systematization of the content of educational activities in the development of cognitive skills of preschool children. Збiрник наукових праць Л 'О Г OS.

2. Botirovna K.V. (2020). Formation of visual and imaginative thinking in preschool children through various playing activities. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8 (12).

3. Botirovna K.V. (2020). Methods of using oral folk creativity toshapethethinking of preschool children. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5). - PP. 608-612.

4. Орипова Н. (2021). Bo'lajak mutaxassislarda kasbiy e'tiqodni shakllantirish bosqichlari. Общество и инновации, 2 (2/S). - B. 525-529.

5. Turayev Y.S. (2014). Formation of ground eds kills in preschool children during familiarization with nature. The Way of Science. - P. 78.

6. Yolkin T. (2020). The educational process of the basic system-activity approach in the preschool educational organization. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II. - PP. 26-29.

7. Орипова Н.Х., &Ашурова С.Б. (2018). Аспекты формирования мировоззрения детей дошкольного возраста. Бюллетень науки и практики, 4 (2).

8. Орипова Н.Х., & Ашурова С.Б. (2018). Современные методы формирования мировоззрения детей дошкольного возраста. Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов, (7). - C. 46-48.

9. Орипова Н.Х., &Ашурова С.Б. (2018). Аспекты формирования мировоззрения детей дошкольного возраста. Бюллетень науки и практики, 4 (2).

10. Yarmanova Y.B. (2019). Нравственные качества личности дошкольника в его собственном развитии. In Методы и механизмы реализации компетентностного подхода в психологии и педагогике (C. 183-185).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.