Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIMDA INTEGRAL DARSLAR – INNOVATSION LOYIHA SIFATIDA'

MAKTABGACHA TA’LIMDA INTEGRAL DARSLAR – INNOVATSION LOYIHA SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
645
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
modellar / integratsiya / integral yondashuv / intelekt / texnologiya / ijodiy qobilyat / shaxs. / models / integration / integrated approach / intellect / technology / creativity / personality.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Boltayeva Feruza A’zam Qizi, Ibrohimova Nigora Nodirjon Qizi

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’limiy faoliyatini integral loyihalash asosida olib borish usulining ahamiyati yoritilgan. Tarbiyalanuvchilarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlashda ushbu usul mohiyati haqida muhim tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTEGRATED LESSONS IN PRESCHOOL EDUCATION AS AN INNOVATIVE PROJECT

The article highlights the importance of the method of conducting children’s educational activities in preshool education organizations on the basis og integrated design.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIMDA INTEGRAL DARSLAR – INNOVATSION LOYIHA SIFATIDA»

MAKTABGACHA TA'LIMDA INTEGRAL DARSLAR - INNOVATSION

LOYIHA SIFATIDA Boltayeva Feruza A'zam qizi

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi Ibrohimova Nigora Nodirjon qizi

Farg'ona davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6626043

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'limiy faoliyatini integral loyihalash asosida olib borish usulining ahamiyati yoritilgan. Tarbiyalanuvchilarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlashda ushbu usul mohiyati haqida muhim tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: modellar, integratsiya, integral yondashuv, intelekt, texnologiya, ijodiy qobilyat, shaxs.

ИНТЕГРИРОВАННЫЕ УРОКИ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ КАК ИННОВАЦИОННЫЙ ПРОЕКТ

Аннотация. В статье раскрывается важность методики проведения воспитательной работы детей в дошкольных организациях на основе комплексного проектирования.

Ключевые слова: модели, интегратсия, интегральное направление, интеллект, технологии, креативност, личность.

INTEGRATED LESSONS IN PRESCHOOL EDUCATION AS AN INNOVATIVE

PROJECT

Abstract. The article highlights the importance of the method of conducting children's educational activities in preshool education organizations on the basis og integrated design.

Key words: models, integration, integrated approach, intellect, technology, creativity, personality.

KIRISH

Ta'lim jarayoniga yangicha ko' rinishdagi modellarni olib kirishdan maqsad har bir boladagi o'ziga xos individual qobilyatlarni aniqlash va to'g'ri yo'naltirishdan iborat. Yangi modellar ta'lim sohasida o'ziga xos yutuqlarni qo'lga kiritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Natijada ja'miyatda bilimli shaxslar salmog'ining ko'payishiga olib keladi.[1] Jadal sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan XXI asrda faqatgina o'z mustaqil fikr va dunyoqarashiga ega bo'lgan shaxslargina ja'miyatda o'zining munosib o'rnini topa oladi. Shaxsning ijtimoiy tizim tarkibiga kirib borishining dastlabki bosqichi bo'lgan maktabgacha ta'limning bu boradagi o'rni takrorlanmas ahamiyat kasb etadi.

Maktabgacha ta'lim bolani yangi hayot pog'onasiga tayyorlashdek muhim vazifani bajaradi. Bolaning ijtimoiy hayotga kirib borishining dastlabki bosqichi tabiiyki, oson kechmaydi. Chunki bola faqatgina ota-onadan iborat bo'lgan tor doiradan tashqariga chiqadi va jamoa hayotiga kirib boradi. Bu jarayon turlicha individual xususiyatli bolalarga turli xil ta'sir ko'rsatadi. Tarbiyachi bolaning jismoniy va ruhiy xususiyatlaridan kelib chiqib, uni ijtimoiy hayot tarziga ko'niktirish va jamoada erkin yashash malakasini shakllantirishdir. Jamoaviy muhit bolada ijobiy xislatlarni vujudga kelishiga turtki bo'ladi.

Ta'lim tizimida maktabgacha ta'lim sohasini takomillashtirishdan maqsad bu - bolani

maktab ta'limiga har tomonlama tayyorlash bilan birga hayotiy ko'nikmalarni tarkib toptirishdan iborat. Bolalarning intelektual-madaniyatli shaxs bo'lib shakllanishida maktabgacha yosh davri muhim o'rinni egallaydi. Bolani maktabga tayyorlik darajasi deganda, uning aqliy, axloqiy hamda psixologik rivojlanish ko'rsatkichlari nazarda tutiladi. Boladagi intelekt ma'lum bilim doirasini hosil qilgan, nutqi o'sgan holatda va fikrlab javob qaytarish, maktab o'quv dasturiga qo'yilgan talablarni ortiqcha qiyinchiliklarsiz o'zlashtirish darajasida bo'lishi lozim. Axloqiy sifatlarida o'z xulq-atvorini idora qilish, nojo'ya hatti-harakatlardan o'zini tiya bilish, xulq-atvor qoidalariga bo'ysinish kabi xususiyatlar mujassamligi zarur. Psixologik ko'rsatkichlarda ixtiyoriy idrok, barqaror diqqat, obrazli, so'z-mantiqiy, mexanik turlardagi xotira shakli, analiz-sintez, taqqoslovchi va umumlashtira oluvchi xususiyatli tafakkur, tiklovchi xayol va ravon nutqning rivojlangan bo'lishi talab qilinadi. Bu ko'rsatkichlarning barchasi maktabga tayyorlov guruhi bolalarida yaqqol ko'zga tashlanadi. Ayrim sabablar natijasida bu xususiyatlar barcha bolalarda bir maromda rivojlanmasligi mumkin. Shuning uchun ta'lim samaradorligini oshirishda va bolalar savodxonligini yuksaltirishda ta'limga noan'anaviy metodlarni joriy etish takomillashib bormoqda.

METODLAR

Bugungi kunda maktabgacha ta'lim sohasida ommalashib borayotgan ta'limiy faoliyatlar innovatsion xarakter kasb etmoqda. Chunki maktabgacha yoshdagi bolalarga ma'naviy-axloqiy, aqliy va jismoniy tarbiya berishda innovatsion yangi texnologiya loyihalarini yaratish ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirmoqda. Ana shunday innovatsion ta'limiy texnologiyalar qatoriga integral loyihalashgan faoliyat turini kiritish zarur. Chunki bunday yondashuvga tayanib ko'p tomonlama yaxlit tasavvurlarni shakllantirish mumkin.

Integratsiya atamasi lotincha integratio - tiklash, to'ldirish, integer - butun so'zlaridan kelib chiqqan. Pedagogikada XIX-XX asrlar oralig'ida kichik yoshdagi bolalarni tabiiy muhit bilan tanishtirishning integratsiyalashgan kursi paydo bo'ldi. Bu fikr A.Y.Gerd, D.N.Kaygorodov, A.P.Pavlov nomlari bilan bog'liq. Ular bolaga atrof-muhitdagi jonli va jonsiz dunyo haqidagi bo'linmagan kursni joriy qilishni talab qilishgan. Hozirgi kunga kelib ta'limni integratsiyalash borasida ko'plab yutuqlar qo'lga kiritilgan. Maktabgacha ta'limni integratsiyalashning mohiyati bu - bolaga barcha elementlari bir-biriga bog'liq yaxlit olamni o'z tasavvurida yaratib borishiga yordam beruvchi dastlabki bilimlarni o'rgatishdan iborat. Bu uslub bolani ortiqcha zo'riqishdan asrash, uning vaqti va kuchini tejagan holda o'quv-bilish jarayonining samaradorlik darajasini orttirish imkoni beradi. Chunki bolalar bir vaqtning o'zida bir nechta faoliyatga jalb qilinadi va mashg'ulot uchun qo'yilgan maqsadga to'la erishish imkoniyati ta'minlanadi. Bugungi kunga kelib jahondagi mamlakatlarning 70 foizi ta'lim tizimida integrativ xarakterdagi o'quv dasturlaridan foydalanib kelmoqda. Bizda bu borada dastlabki qadamlar ayniqsa, maktabgacha ta'lim sohasida yaxshi yo'lga qo'yilmoqda. Bola o'ziga notanish dunyo hodisalari haqida eshitsa xayol suradi, ko'rgach esa unda tasavvur hosil bo'ladi, o'z tajribasida sinab ko'rsa musta'qil bilim egasiga aylanadi.

Integrallashtirilgan darsning maqsadi - bu asrning bolalari uchun ijodiy, badiiy, o'yinchoq, mavjud bo'lgan faoliyat turlari bilan konseptsiya, ob'yekt yoki hodisani keng qamrovli, ongli ravishda o'rganishdir.[3]

Maktabgacha ta'lim jarayonining quyidagi fa'oliyat shakllarida integral loyihalashga asoslangan ta'limni amalga oshirish mumkin:

•markazlardagi faoliyat •frontal mashg'ulotlar; •ta'limiy o'yinlar; •sayr;

Ushbu faoliyatlarda bolalarda motivatsiyaga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu o'rinda, integral mashg'ulotlar va integratsiyaning o'zaro farqi nimadan iborat degan savol tug'iladi. Integratsiyani bilimlarning o'zaro uyg'unlashuvi, bir-birini to'ldiruvchi va bir-birini tushuntiruvchi bilimlar yig'indisi, deb oladigan bo'lsak, uning tub mohiyatini aniqlash osonroq kechadi. Integratsiya ta'lim maqsadi sifatida olam tizimining alohida qismlari bog'liqligini ko'rsatuvchi bilimlarni berish emas, bolani barcha elementlari bir-biriga bog'liq yaxlit olamni tasavvur qilishiga birinchi qadamlarida o'rgatishi kerak. Integratsiya - predmetli bilimlar chegarasida yangi tasavvurlarni qabul qilish vositasi.[2]

Integral ta'limiy faoliyat integratsiyadan farqli ravishda yaxlit olamni tasavvur qilish bilan bir qatorda o'z-o'zini ijodiy rivojlantirish imkoniyatining yuzaga kelishidir. Bola atrof-olamni bilish jarayonida o'z imkoniyatlarini kashf etib boradi. Mustaqil ravishda o'zlashtirish qobilyati rivojlanadi. Integral loyihalash integratsion mashg'ulotlarni boyitish va sifatli ta'lim olishni ta'minlashga xizmat qiladi. Bola iqtidorini tarbiyachi emas o'zi aniqlab, shaxsiy sifatlarini tarkib toptiradi. Uning imkoniyatlari kengayib borgan sari bilimlarni kashf etib boraveradi.

Frontal mashg'ulotlarda qo'yilgan mavzu asosan ma'lumot doirasida o'rgatiladi. Boladagi individuallikni hisobga olgan holda, ulardagi ehtiyojga alohida e'tibor berish zarur. Bolaning bilim doirasi uning qiziqishlari va shaxsiy ehtiyojlari asosida vujudga keladi. Lekin bolada o'zi xohlamagan sohaga nisbatan iqtidor mavjud bo'lishi ham mumkin va uni vaqtida yuzaga chiqarish kerak. Masalan, o'zga tilni o'rganishni bola xohlamaydi, ammo bu fa'oliyatga jalb qilinganda unda ijobiy yutuqlar ko'zga tashlanishi mumkin. Bu jarayon bolaga bilimni o'zining shaxsiy ehtiyojiga aylantirilganda sifatli amalga oshadi. Bolalardagi bilimdonlikka intilish ko'pincha 6-7 yoshda aniq ko'zga tashlanadi. NATIJALAR

Maktabgacha ta'limda integral loyihalardan barcha yosh guruhlarida foydalanish imkoni mavjud. Bunda tarbiyalanuvchilar ma'lum bir faoliyatga jalb qilinadi va uning xususiyatlarini mustaqil ravishda o'rganish uchun mikromuhit yaratiladi. Bola 6-7 yoshga kelib o'qish jarayonida murakkablashadigan axborotlarni qabul qilish va qayta ishlashga tayyor bo'ladi. Shuning uchun integrallashgan faoliyatlar boshqa ta'limiy faoliyatlardan farqli ravishda erkin tajriba tarzida o'tkaziladi. Chunki uyg'unlashgan turli yo'nalishdagi ma'lumotlardan iborat murakkab bilimlarni bolaning ongi va tafakkurida shakllanishi mustaqil tajribaga tayanadi. Integrallashgan mashg'ulot olib borayotgan tarbiyachi bunday mashg'ulot maqsadi va mohiyatini to'liq anglab yetishi zarur. Shundagina samarali natijaga erisha oladi. Xususan, bir fikrni ikkinchisi bilan aniq dalillarga tayanib bog'lab ketish talab qilinadi. Chunki bir fa'oliyat bilan shug'ullanayotgan bolani to'xtatib, ikkinchi bir fa'oliyatga o'tkazib ketib bo'lmaydi. Bu vaqtda, birinchidan, uning diqqati bo'linadi, fikrlari chalg'iydi, ikkinchidan, esa o'z mehnati mahsulini ko'rishdan mosuvo bo'lib qoladi. Bola o'zi bajargan vazifani natijasini ko'rishni xohlaydi, ma'lum bir yutuqqa erishishga intiladi. Bola uchun tarbiyachi beradigan rag'bat juda katta ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha yosh davridagi bolalarda raqobat muhitining ustunlik

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 2

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

mohiyati ham ana shunda. Bola shaxsida o'z-o'ziga nisbatan yuqori baho ko'proq ko'zga tashlanadi. Tarbiyachi-pedagog boladagi xulq-atvor bilan bog'liq kamchiliklarga e'tibor qaratishi, jamoada do'stona muhit yaratishda jonbozlik ko'rsatishi lozim.

Ta'limiy faoliyatni integrallashning afzalliklarini quyidagi rasmda aniqroq tushunish mumkin. (1-rasm)

MUNOZARALAR

Masalan, "Sirli o'rmoncha" maydonchasini sayr etish orqali bolalarda juda samarali bilimlarni hosil etish mumkin.

Birinchidan, bolalar sayr davomida hayvonlar, o'simliklar, tabiat boylikari, qushlar bilan tanishadilar va tabiat haqida o'zlarida aniq tasavvurlarni hosil qiladilar. Bu jarayonda bolalarda tabiat va undagi mavjudliklarga nisbatan mehr-muhabbat shakllanadi, tabiatni asrash naqadar zaruriyat ekanligi haqida tushuncha hosil bo'ladi.

Ikkinchidan, bolalardagi og'zaki nutq malakalari, xususan, dialogik va monologik nutq rivojlantiriladi. Bolalar o'z tajribalaridan kelib chiqqan holda hikoya tuzadilar, tabiat bilan bog'liq o'z tasavvur olamlarini kengaytirib boradilar.

Uchunchidan, har bir bolada yuzaga kelishi mumkin bo'lgan stress (hissiy zo'riqish) holatlarining oldi olinadi. Bolalar o'zlashtirishi qiyin bo'lgan ma'lumotlar o'yin tarkibiga joylashtiriladi. Natijada bola ortiqcha zo'riqishlarsiz yangi bilim doirasiga ega bo'ladi.

Bolalar nerv sistemasi juda egiluvchan bo'lganligi sababli ular ta'sirotga tez beriladilar. Mexanik xotira ularda hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi, assotsiatsiyalar ularda osonlik bilan sodir bo'ladi. Lekin shuni ham unutmaslik joizki, bolalarga birdaniga haddan tashqari ko'p bilimlarni o'rgatib bo'lmaydi. Bolalar xotirasida sistema yo'q, ular ko'p ma'lumotni bir-biriga aralashtirib yuboradilar. O'rgatilayotgan ma'lumotni kerakli miqdorda olish va uni bola tafakkuriga har tomonlama singdirish kerak.

Integratsiyalashgan mashg'ulotlar bolalarda yuqori faollikni tarbiyalaydi. Ularni tezkorlikka, ziyraklikka, nutqiy burrolikka, aqllilikka, savodxonlikka va hayotiy fa'oliyatlarini to'g'ri rejalashtirishga o'rgatadi. Muhimi bolalarda o'z fa'oliyatiga nisbatan qiziqish va mehrni uyg'otib, unda ma'naviy-ijobiy intilishlarni yuzaga keltiradi. Sog'lom kelajak sohiblaridan ana shunday komillik kasb etgan qiyofa talab qilinadi. [4] XULOSA

Ja'miyat rivojlanib borgani sayin yangi axborot-texnologiyalari takomillashib boraveradi. Shu bilan birgalikda ta'lim berish yo'llari ham o'zgarib, yangi usullarni topish majburiyati tug'iladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda dunyoqarashni shakllantirish murakkabligi bois hamisha ushbu soha vakillaridan doimiy izlanuvchanlikni talab qiladi. Integral loyihalash asosidagi ta'limiy faoliyat yo'nalishi esa bolalar bilish salohiyati va ijodiy sifatlarni yuksaltirishda muhim o'rin tutishiga ishonamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. J.Hasanboyev, X.To'raqulov, I.Alqarov, N.Usmonov "Pedagogika" Toshkent. 2011. 41-43-betlar

2. R.A.Mavlonova, N.H.Rahmonqulova "Boshlang'ich ta'limni integratsiyalashgan pedagogikasi" Toshkent - "ILM ZIYO" 2009-yil 5-6 betlar

3. https://uz.everaoh.com. "Bolalar bog'chasida integral darslar"

4. F.A.Boltayeva. The Essence of Integrating Innovative Technologies in Preschool Education. Pindus Journal Of Culture, Literature and ELT. 110 b https://literature.academicjournal.io/index.php/literature/article/view/256

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.