Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISHNING GENDER XUSUSIYATLARI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISHNING GENDER XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
26
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
Ta’lim-tarbiya / gender / kreativlik / gender tarixi / gender psixologiyasi / gender pedagogikasi / gender sotsiologiyasi.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Narullaeva Guli Nozimova

Ta’lim-tarbiya tizimida “gender” tushunchasi faqat qizlarga taalluqli emas, chunki u o‘z xususiyatiga ko‘ra o‘g‘il va qiz bolalar orasidagi munosabatlarni tavsiflab beradi. Gender farqlar shuni ifodalaydiki, unda biologik o‘ziga xoslik ijtimoiy-pedagogik mohiyat kasb etadi. Bu esa, o‘z navbatida, tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy-pedagogik tasniflash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Rivojlangan jamiyatlarda anatomik jins genderning asosi sifatida e’tirof etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISHNING GENDER XUSUSIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISHNING GENDER XUSUSIYATLARI Narullaeva Guli Nozimova

NamDU tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11055457 Annotatsiya. Ta'lim-tarbiya tizimida "gender" tushunchasifaqat qizlarga taalluqli emas, chunki u o'z xususiyatiga ko'ra o'g'il va qiz bolalar orasidagi munosabatlarni tavsiflab beradi. Gender farqlar shuni ifodalaydiki, unda biologik o'ziga xoslik ijtimoiy-pedagogik mohiyat kasb etadi. Bu esa, o'z navbatida, tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy-pedagogik tasniflash vositasi bo'lib xizmat qiladi. Rivojlangan jamiyatlarda anatomikjins genderning asosi sifatida e 'tirof etiladi.

Kalit so'zlar: Ta'lim-tarbiya, gender, kreativlik, gender tarixi, gender psixologiyasi, gender pedagogikasi, gender sotsiologiyasi.

Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko'zga tashlansada, biroq, bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo'lga kiritishlarini kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko'nikma, malakalarni o'zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi Biroq bu jarayonda gender masalasi aloxida e'tiborga molik

."Gender" atamasi 1968 yilda amerikalik psixolog olim Stoller tomonidan ilmiy iste'molga kiritilgan bo'lib, "jins" ma'nosini bildiradi. Jinsiy munosabatlar ilgari ham psixologiyada faol o'rganilgan bo'lsa-da, yangi atamaning paydo bo'lishi ijtimoiy fanlarda yangi oqimlarni yuzaga keltirdi. "Gender tarixi", "Gender psixologiyasi", "Falsafaning gender tomonlari", "Gender antropologiyasi", "Gender sotsiologiyasi", keyinchalik esa "Gender pedagogikasi" kabi fan tarmoqlari shakllandi. "Gender" tushunchasi, avvalo, erkak va ayol, o'g'il va qiz bolalar munosabatlarining ijtimoiy-psixologik hamda pedagogik tomonlarini qamrab oladi. Mazkur tushuncha yangi ijtimoiy qarashlar va madaniyatga bog'liqdir.

Adabiyotlarda gender tushunchasining bir necha xil talqini mavjud. Jumladan, faylasuflar uni quyidagicha tavsiflaydilar: "Gender" inglizcha so'z bo'lib, jinsga mansublikning ijtimoiy jihatlari ma'nosini anglatadi.... Bu tushuncha erkaklar va ayollar o'rtasida nafaqat biologik farqni, balki jamiyatning jinsiy taqsimotida ijtimoiy va madaniy tavsiflarning butun majmuini hisobga oladi. Erkaklar va ayollarga tegishli ijtimoiy bog'liqlik, xulq-atvor va kutilgan natijalarni ifodalaydi". Sotsiologlar esa, gender tushunchasiga quyidagicha yondashadilar: "Gender" ijtimoiy, biologik holat bo'lib, erkak va ayolning jinsiy munosabatlari majmuasi hisoblanadi". Psixologlar ham gender tushunchasiga o'ziga xos tarzda yondashganlar: "Psixikaning gender asoslari jins va u bilan bog'liq ijtimoiy stereotiplar, shaxsning psixologik ko'rinishidir". Olimlar orasida bu xususiyatlarning qaysi biri tug'ma, qaysi biri esa ta'lim va tarbiya jarayonida rivojlanganligi to'g'risida keskin munozaralar bormoqda. O'g'il va qiz bolalarning har bir xalq madaniyatida har xil tarbiyalanishi tufayli, ular maktabga kelgan davrdan boshlab jinslarning psixologik farqlari ma'lum bo'ladi. Bu farqlar orasida psixologlar (A.Ye.Taras, 2002) qizlar o'g'il bolalardan matematik va vizual qobiliyatlari bilan ustunroq deb ta'kidlashadi. O'g'il bolalarda qizlarga qaraganda o'ziga ishonch hissi kuchliroqdir. Qiz bolalar bir xillikka asoslangan qiziqarsiz faoliyatni yengilroq qabul qilishadi. O'zgaruvchan muhitga tez moslashishadi. O'g'il bolalar har bir holatni umumiy tarzda baholashsa, qizlar yaxshilab tekshirib, o'rganib, keyin unga baho berishadi". Pedagogik ma'noda gender - o'g'il va qiz bolalarning murakkab ta'limiy sotsiomadaniy birligi bo'lib, ularning xatti-harakati, mentaliteti va emotsional xususiyatlari, o'quv faoliyatidagi o'zaro teng va farqli jihatlarini o'z ichiga oladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Ta'lim-tarbiya tizimida "gender" tushunchasi faqat qizlarga taalluqli emas, chunki u o'z xususiyatiga ko'ra o'g'il va qiz bolalar orasidagi munosabatlarni tavsiflab beradi. Mazkur tushuncha ta'lim jarayonida o'g'il va qiz bolalarning jinsiy mansubligiga asoslanib taqsimlangan o'quv faoliyatining bajarilishini ifodalaydi. Pedagogikada bunday yondashuvning qaror topishi o'g'il va qiz bolalarga istiqbolda - mikrosotsiumda ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-axloqiy jihatdan o'zligini namoyon qilish imkonini beradigan ko'nikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir. Gender pedagogikasiga oid tadqiqotlar o'g'il va qiz bolalarga kelajakda ijtimoiy hayotda erkak va ayol sifatida qanday mavqeni egallash lozimligini o'rgatishga yo'naltirilishi kerak.

Bugungi kunda pedagogika fanida erishilayotgan eng muhim yutuqlardan biri gender tenglik va farqlar asosida ta'lim berish imkoniyatlarining ochilayotganligidir. Bu hodisa ta'limni gumanitarlashtirish nuqtai nazaridan ham alohida qimmatga ega.

Gender atamasi o'g'il va qiz bolalar orasidagi farq tushunchasini anglatadi. Mazkur so'zning ijtimoiy ma'nosi esa aksariyat hollarda o'g'il va qiz bolalarning anatomik farqlarini ifodalaydi.

Antropolog Margaret Mid gender farqlar va o'xshashliklarning biologik emas, balki ijtimoiy, psixologik hamda pedagogik jihatdan hisobga olinishi lozimligini ta'kidlab kelmoqda[29]. Gender farqlar va o'xshashliklarning butun tavsifi ta'lim jarayonida o'zgarib, rivojlanib boradi. Uni o'zgartiruvchi asosiy vosita tarbiyalanuvchilarning jinsiga mos ravishda differensiatsiyalashtirilgan aqliy hamda jismoniy mehnatdir. Ijtimoiy-pedagogik omillar sifatida tarbiyalanuvchining toifasi, yoshi e'tirof etilmoqda. Gender farqlar va o'xshashliklarni hisobga olgan holda tashkil etiladigan ta'lim jarayonida tarbiyalanuvchining ijtimoiy tajribasi aniq hisobga olinishi lozim.

Genderni belgilashga nisbatan mavjud yondashuvlar va nuqtai nazarlarning xilma-xilligiga qaramay, ikkita konsepsiyani ajratib ko'rsatish mumkin. Bu konsepsiyalar quyidagilardan iborat:

1) genderning ijtimoiy tuzilishi nazariyasi;

2) gender tizimi nazariyasi.

Genderga ijtimoiy jihatdan bo'lgan yondashuv quyidagilardan iborat bo'ladi: biologik nuqtai nazardan jins muayyan jamiyatda qaror topgan jinsga xos bo'lgan vazifalar va o'g'il hamda qiz bolalarning o'ziga xos xatti-harakatlari, o'zaro hamkorligining ijtimoiy me'yorlari bilan bog'liq bo'lgan turli-tuman ko'rinishlari. O'g'il va qiz bolalarning o'zaro hamkorligi tushunchasi I.Goffman tomonidan kiritilgan bo'lib, o'g'il va qiz bolalarning ma'naviy-madaniy qiyofalarini ifodalaydi. Ushbu yondashuvga muvofiq ravishda gender muayyan jamiyatda qaror topgan ijtimoiy munosabatlarning o'lchovi sifatida namoyon bo'ladi.

Ta'kidlash lozimki, gender munosabatlar tahlili mohiyatan jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy, ma'rifiy sohalardagi jinslararo munosabatlarining aniq manzarasini ifodalaydi.

Gender farqlar bilan bir qatorda gender o'xshashliklarni ham hisobga olgan holda ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish muhim ahamiyatga ega.

Gender o'xshashlik - o'g'il va qiz bolalar orasidagi aqliy-intellektual, madaniy, ma'naviy, ijtimoiy o'xshashlikni ifodalaydi. Qiz va o'g'il bolalar orasidagi o'xshashlik ularning o'zaro hamkorligi jarayonida vujudga keladigan umumiy xususiyatlarning pedagogik-psixologik interiorizatsiyasiga xizmat qiladi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, gender jinsga bog'liq emas, balki ta'lim-tarbiya, ijtimoiy muhit yordamida vujudga keladigan o'xshashliklarga bog'liq.

Gender farqlar shuni ifodalaydiki, unda biologik o'ziga xoslik ijtimoiy-pedagogik mohiyat kasb etadi. Bu esa, o'z navbatida, tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy-pedagogik tasniflash vositasi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

bo'lib xizmat qiladi. Rivojlangan jamiyatlarda anatomik jins genderning asosi sifatida e'tirof etiladi.

Gender sohasidagi tadqiqotlarda bir jinsning ikkinchi jinsga nisbatan ierarxiyasi, yetakchiligi va hukmronligidan voz kechish g'oyasi ifodalanishi lozim. Aks holda, jinslararo tenglik va o'ziga xoslik pedagogik jihatdan ta'minlanishi kerak. Bugungi kunga kelib shu narsa tan olinganki, hech qanday boshqa tadqiqot va ta'lim strategiyalari Yevropada, jumladan Amerikada akademik ta'lim tuzilmalarining o'zgarishiga bu qadar kuchli ta'sir ko'rsata olmagan.

S.Bemning gender modeli nazariyasi gender mansublikni shakllantirishning o'ziga xos yo'lini taklif etadi: "men" ajratish - "men" konsepsiyasini gender chizmasiga assimilyatsiya qilish.

Bolalarda gender o'xshashlik 7 yoshda namoyon bo'ladi. Mutaxassislar, ayniqsa, o'quv dasturlari va adabiyotlarning mualliflari buni albatta hisobga olishlari lozim. K.Millet bir yarim yoshdan boshlab bolada gender mansublik namoyon bo'la boshlaydi, degan g'oyani ilgari suradi. Bu esa gender mansublik elementlarini passiv tarzda ongsiz o'zlashtirish mexanizmlari bilan bog'liqdir, biroq shu davrdan boshlab bolada o'zlik, ya'ni jinsiy mansublikka asoslangan "men" qaror topa boshlaydi. Bolaning xatti-harakatlari, o'g'il va qiz bolaning o'ziga xosligi ustuvor tushunchalar asosida shakllana boshlaydi [29].

Ta'limda gender tenglik tamoyillarining o'yin mashg'ulotlari va erkin faoliyat ko'rsatish muhitida amalga oshirilishi ta'minlanadi. Bunda o'zaro hurmat va muloyimlik ustuvorlik qiladi. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o'zaro hamkorlikda o'zgarishlarni rejalashtiradilar, muvaffaqiyatlarni nazorat qilib rag'batlantiradilar, mavjud muammolarni muhokama qilib, ularni hal etish choralarini izlaydilar. Shuning uchun ham ta'lim jarayoni ochiqlik, moslashuvchanlik, ilg'or tajribalardan foydalanish va muqobil yechimlarni izlashni taqozo etadi. Bu esa tanqidiy fikrlash, ijod erkinligi va insoniy sifatlarni qadrlashga undaydi.

Ota-onalar tomonidan boshlangan o'g'il va qiz bolalarni ijtimoiy shakllantirish jarayonini, ularga xos bo'lgan faoliyat to'rini qaror toptirish maktabda, birinchi navbatda, mehnat darslarida davom ettiriladi.

Tarbiyalanuvchilarua gender tenglik va farqlar asosida ta'lim-tarbiya berishda tarbiyachining shaxsiy namunasi, nutqi, xatti-harakatlari alohida ahamiyatga ega. Tarbiyalanuvchilar genderning turli shakllari to'g'risidagi ma'lumotga ega bo'lishlari uchun maqsadga muvofiq keladigan axborot muhiti yaratilishi zarur. O'quv jarayonida gender tenglik va farqlarni hisobga olgan holda interfaol ta'lim metodlarini qo'llash, ko'rgazmalar, stendlar, plakatlar, audio hamda videovizual vositalardan foydalanish imkonini beradigan ta'lim muhitini yaratish lozim.

O'g'il va qizlarga xos xislatlar shakllanishida o'quv jarayoni muhim ahamiyatga ega. Aniqlanishicha, bog'cha tarbiyachilari o'g'il bolalar nutqi va fikrini qizlarnikiga nisbatan ko'proq rag'batlantirar ekanlar. Hatto bog'cha tarbiyachilari qiz bola shikoyatiga ko'ra o'g'il bolalar arziga ko'proq quloq tutadilar. Buning natijasida qizlar ijtimoiy faollik zarurligini o'g'il bolalarga nisbatan tezroq anglab yetadilar.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida gender madaniyatni shakllantirish muhim ahamiyatga ega bo'lib, bolaning katta kishilar, boshqa jins vakillari bilan munosabatlarida qaror topadi. Shaxslararo munosabatlarga kirishish, mazkur jarayonda o'zining o'rnini bilish o'g'il va qiz bolalarda individuallikning turli sohalarini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi va ularning gender ijobiy yoki salbiy gender ijtimoiylashuvi uchun shart-sharoit yaratadi.

Tadqiqot natijalari ijtimoiy-madaniy an'analar vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarda gender madaniyatni shakllantirish samaradorligidan guvohlik beradi. Ijtimoiy-

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

madaniy an'analar (xalq og'zaki ijodi, badiiy madaniyat) san'at va madaniyatning tarkibiy qismi sifatida maktabgacha katta yoshdagi bolalarni tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. Ijtimoiy-madaniy an'analar vositasida makiabgacha katta yoshdagi bolalarda gender madaniyatni shakllantirish ma'naviyatsizlik va emotsional ojizlikka qarshi o'ziga xos immmunitet vazifasini bajaradi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari kreativligining tuzilmasiga asosan, o'g'il va qiz bolalarda kreativlikn rivojlantirishga ta'sir ko'rsatuvchi omillar tahlil qilindi Tadqiqot natijalari kreativlikning emotsional va motivatsion-shaxsiy komponentlari qiz bolalarda ko'proq namoyon bo'lishini ko'rsatdi.

Tahlillar asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarida kreativlikni rivojlantirishga gender yondashuvni tatbiq etishning quyidagi o'ziga xosliklari aniqlashtirildi:

1. Demokratlik. Bolalarga ta'lim-tarbiya berish va ijtimoiy hayotda ularning teng huquqligini ta'minlaydi, ular biri-biriga qarama-qarshi qo'yilmaydi, hamkorlik munosabatlari asosida birgalikda harakat qilishadi.

2. Tabiat bilan uyg'unlik. O'g'il va qiz bolalarning shaxsiy tengligi hayotiy faoliyat jarayonida ularning biologik va fiziologik o'ziga xosliklari va farqlarini inkor etilishini bildirmaydi. Farlarning qabul qilinishi o'z jinsining vakili sifatida ijtimoiy-madaniy faoliyatda maktabgacha katta yoshdagi bolalarning qobiliyatlarini to'liq namoyon qilishlari uchun ta'limning turli shakl, metod va vositalaridan foydalanishni talab etadi;

3. Vaqt me'yorlariga rioya qilish. Ta'limga gender yondashuvda tarbiyachi va ota-onalar harakatining birligi muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur qoida oila bilan o'zaro birgalikdagi faoliyat ta'lim va tarbiyaning maqsad, vazifalariga mos ravishda bolalarga talab va hurmatning birligi, bola huquqlarini hurmat qilishni talab etadi.

REFERENCES

1. O'. Asqarova Milliy g'urur T:-O'qituvchi 2003y ,210 b

2. Garifullin R.R. Psixologiya kreativnosti i iskusstva: uchebnoe posobie. - M.: Institut obщegumannыx issledovaniy, 2004. - 275 s.

3. Gender tadqiqoti asoslari kursi xrestomatiyasi: / rus tilidan qisqar. tarjima. Oliy o'quv yurtlari uchun. -Toshkent, O'zbekiston, 2003. - 411

4. Gettings, M. (2016). Putting it all together: STEAM, PBL, Scientific Method, and the Studio Habits of the Mind. Art Education, 69(4), 10-11.

5. F. Exsonova Boshlang'ich sinf o'quvchilarida kreativlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirish

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.