INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING GENDER MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH
IMKONIYATLARI Xilolaxon Tojiboyeva
O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktor o'rinbosari, pedagogika fanlari
doktori (DSc), katta ilmiy xodim https://doi.org/10.5281/zenodo.10014980
Bugungi kunda globallashuv natijasida ta'lim-tarbiya jarayonining mazmuni va tashkiliy shakllari jahon tajribalari asosida zamonaviy talablarga mos tarzda muntazam takomillashtirilishi zarurligiga alohida e'tibor qaratildi. Shunga ko'ra, bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash tizimi oldiga muhim vazifalar qo'yildi.
Bo'lajak o'qituvchining kasbiy kompetentliligi undagi professionalizmning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda bo'lajak o'qituvchining nazariy va amaliy tayyorgarligi uyg'un tarzda namoyon bo'ladi. Kasbiy kompetentlilik shakllanmagan taqdirda o'qituvchi o'z faoliyatini talab darajasida amalga oshira olmaydi. Amaldagi mavjud yondashuvlarga ko'ra o'qituvchining professionalizmi yaxlit tarzda intellektual, hissiy, harakatli -irodaviy holatlarini ifodalaydi. Chunki mazkur holatlar o'qituvchi faoliyatining barcha yo'nalishlarini o'zida mujassamlashtiradi. Ayniqsa uning darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatni amalga oshira olishi va mahorati ushbu tizimda yaqqol namoyon bo'ladi.
Madaniyat jamiyat hayotining ko'plab yo'nalishlarida keng ko'lamda namoyon bo'ladi. U shaxsning gender xususiyatlari bilan bog'liq holda xulq-atvoriga ta'sir ko'rsatadi. Jamiyat hayoti bilan bog'liq bo'lganligi uchun ham gender munosabatlar madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Madaniyat - lotincha so'z bo'lib, shaxsni shakllantirish, ta'lim-tarbiya berish, rivojlantirish, qadrlash kabi ma'nolarni bildirib, turli tillarda, turli vaziyatlar va kontekstlarda qo'llaniladi. Madaniyat tushunchasi keng ko'lamli tushuncha bo'lib, unda insoniyat tarixiga xos bo'lgan ko'plab hodisalar o'z ifodasini topadi.
Bugungi kunga qadar mutaxassislar madaniyat hodisasining to'laqonli tavsifini yarata olmaganlar. Buning asosiy sababi, uning serqirraligidadir. Amerikalik madaniyatshunoslar Alfred Kreber va Klayd Klakxon[1] 100 yilga yaqin muddat ichida chop etilgan manbalardan madaniyatga oid tavsiflarni to'plab, uni ta'riflashga harakat qilganlar.
P.S.Gurevich[2] ning fikricha, madaniyat shaxs turmush tarzining chuqurligi hamda o'lchab bo'lmasligini ifodalaydigan hodisadir. Madaniyat ham insonning boshqa faoliyat turlari kabi serqirradir. Shuning uchun ham har bir mutaxassis madaniyatning biror bir qirrasini ochishga harakat qilgan.
Madaniyat tushunchasini nafaqat madaniyatshunoslar, balki faylasuflar, psixologlar, sosiologlar, tarixshunoslar, etnograflar va pedagoglar ham o'rganadilar. Har bir soha mutaxassislari madaniyatni o'z yo'nalishlariga xos bo'lgan metodlar va usullar yordamida tadqiq etadilar.
Bugungi kunda fanda gender va jins tushunchalari ham o'zaro farqlanmoqda. Jins tushunchasi shaxsning anatomik-fiziologik xususiyatlarini farqlash maqsadida qo'llaniladi. Shu nuqtai nazardan yondashganda barcha insonlar ayol va erkak sifatida o'zaro alohida-alohida jinslarni ifodalaydi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, biologik nuqtai nazardan jinslar o'zaro
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
farqli jihatdan ko'ra, ko'proq umumiylikka ega. Baland bo'ylilik, barvasta qaddi-qomat, gavdaning og'irligi ko'proq erkaklarga xos belgilardir.
Erkak va ayollar orasidagi asosiy farq ishlab chiqarishda bajaradigan rollarida namoyon bo'ladi. Bugungi kunda psixologiya, sosiologiya kabi pedagogikada ham gender asosiy tushunchalardan biri hisoblanadi. Gender tushunchasi fanga ingliz tilidan kirib kelgan bo'lib, grammatik tuqtai nazaridan jins, tur kategoriyasiga to'g'ri keladi. Ushbu atama ijtimoiy, biologik jins tushunchasini farqlash maqsadida qo'llanilgan. Biologik farqlar bilan bir qatorda erkaklar va xotin-qizlarning ijtimoiy rollari ham mavjud. Mazkur farqlar xulq-atvor va xis-tuyg'ularda ham yaqqol namoyon bo'ladi. Ijtimoiy munosabatlarning ifodalanishi uchun gender tushunchasi qo'llanilmoqda.
Erkaklar va ayollar faqat anatomik xususiyatlari bilan farqlanib qolmaydilar, balki ular gender xususiyatlariga mos keladigan ijtimoiy rollarni ham bajaradilar. Xotin-qizlar va erkaklar orasidagi biologik farqlar muhim emas, bu farqlarga jamiyat tomonidan taqdim etiladigan madaniy hamda ijtimoiy munosabatlar muhim ahamiyatga ega. Uch guruhdagi xususiyatlar genderning tavsifini oydinlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega: biologik mansublik, jinsga xos rolli stereotiplar, jamiyat talablari asosida erkaklar va ayollar amal qiladigan xulq-atvor hamda o'zaro munosabat me'yorlari.
A.V.Krillina[3]ning ta'biricha, gender - jamiyat va madaniyat rivojlanishining mahsuli bo'lib, u institutsional hamda konvensiya bilan qat'iylashtirilgan an'anaviy xarakterga ega tushunchadir.
Barcha madaniy-ijtimoiy hodisalar kabi gender ham vaqt bilan bog'liq holda jarayonli o'zgaruvchan xarakterga ega. Gumanitar fanlar uchun gender umumiy ilmiy kategoriya sifatida xizmat qiladi. Shuning uchun ham gender yondashuv prinsiplari barcha gumanitar sohalar kabi pedagogikada ham birday qo'llaniladi. Biroq gender prinsiplari pedagogikaning o'ziga xos jihatlari va metodlari bilan bog'liq holda amal qiladi.
Shuning uchun ham erkak va ayollar orasidagi o'zaro o'xshashliklar va farqli jihatlar gender tadqiqotlarning asosiy predmeti hisoblanadi. Bu tasavvurlar maskulinlik va feministik nazariyada o'z ifodasini topgan. Tadqiqotchilar ushbu dalillarni ijtimoiy ong maxsuli sifatida baholaydilar.
Shu nuqtai nazardan yondashganda gender tadqiqotlar muayyan tasavvurlar hamda shaxslararo munosabatlarni o'rganadi. Muayyan shaklga mansublik hamda shaxsiy ekspressiv modelga xos stereotiplar, shaxsning xulq-atvori va bahosi, muayyan jinsga mansublikni ifodalovchi konstruksiyalar shaxsning genderga oid qarashlarini boyitish nuqtai nazaridan ahamiyatlidir.
Muayyan jamiyatga mansub bo'lgan gender tiplar haqidagi tasavvurlar aniq tarixiy davr uchun xosdir. Gender stereotiplar shaxsning yoshligidan boshlab, ijtimoiylashish jarayonida shakllanadi. Bunda jamiyatda qaror topgan madaniy xulq-atvor me'yorlari, shaxslararo madaniy munosabatlar, urf-odatlar va muhit alohida ta'sir ko'rsatadi. Ijtimoiylashish mahsuli sifatida alohida ijtimoiy rollarni o'zlashtirish ko'nikmalari namoyon bo'ladi. Turli bosqichlarda ijtimoiylashish omili sifatida kiyimlar, so'z vositasida amalga oshirilgan murojaatlar, ota-onalarning talablari, o'yinchoqlar, xalq og'zaki ijodi va yozma badiiy adabiyot namunalari, radio, televideniya, kino, maktab ta'limi, tengdoshlari va sinfdoshlarining fikrlari, ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni ko'rsatish mumkin.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
Gender maskulinlik va feministlik rollarga bo'linadi. Gender rollar xotin-qizlar va erkaklarning o'ziga xosligini namoyon qiluvchi ko'rsatkich hisoblanadi. Turli davrlarda hamda turli madaniyatlarda gender rollarning namoyon bo'lishi uning madaniyat mahsuli ekanligini ko'rsatadi.
Xovsted [4]ning ta'kidlashicha, gender rollardagi farqlar turli madaniyatlarda gender rollarning farqlanishi orqali namoyon bo'lib, ular muayyan madaniyatdagi maskulistik va feministik darajalar orqali ifodalanadi. Maskulistik madaniyatdagi shaxslar yutuqlarga erishishning yuqori motivasiyasiga ega bo'ladilar. Ular hayot mazmunini ko'plab ishlarni bajarish, doim band bo'lishda ko'radilar. Feministik madaniyatga mansub shaxslar esa, oilaviy hayot bilan ko'proq band bo'lib, o'zlari bajaradigan rollarda tenglikka erishishni istaydilar. Buni Daniya, Finlyandiya, Norvegiya, Shvesiya kabi davlatlarning fuqarolari misolida ko'rish mumkin.
Xovsted [4]ning fikriga ko'ra, erkaklik - bu milliy madaniyatning atributi bo'lib, u ijtimoiy qadriyatlarning qat'iyatlilik (ishonch) va materializm bilan tavsiflanadigan darajasini ifodalaydi[4; 39-b.].
Ayollik esa, milliy madaniyatning tarkibiy qismi bo'lib, boshqalarga nisbatan munosabat va e'tibor darajasini namoyon qiladi.
Erkaklar xotin-qizlar va erkaklarning ijtimoiy rollari sezilarli darajada farqlanadigan jamiyatlarda etakchi kuch hisoblanadi. Aksincha, xotin-qizlar bilan erkaklarning ijtimoiy rollari teng bo'lgan jamiyatlarda ayollikka ustuvor o'rin ajratilib, ular qadriyatlar tizimida hayot sifati etakchi o'rin egallab, atrofdagilar bilan ijobiy munosabat tajribasi hosil bo'ladi, ma'naviy-axloqiy yo'nalishlar ustivorlik qiladi.
Aql-idrok va xayrixohlik qadrlanadi, intellektual rivojlanish jadallashadi. Qulaylikka ustivor o'rin ajratiladi. Uydagi va oiladagi qadriyatlar ishdagi muvaffaqiyatni ta'minlaydi.
Bunday madaniyatlarda maskulinlik va feministlik asosiy faoliyat uslubi sifatida gender olamning manzarasini ifodalaydi. Maskulinlik va feministlik omillarining ajratilishida biologik va ijtimoiy jinsdagi farqlar etakchi o'rin egallaydi. Jinslarning farqlanishi tabiiy hamda ijtimoiy taraqqiyotning asosiy rivojlanish ko'rsatkichidir. U o'zining maqsadga yo'naltirilgan funksiyalariga ega.
Erkaklar va ayollar rollarining tarixiy jihatdan farqlanishi o'ta chuqur omil hisoblanib, har ikkala jinsning muhim jihatlari va obrazini ommalashtirishga xizmat qiladi.
Madaniyat nuqtai nazaridan yondashganda bo'lajak o'qituvchilar o'z faoliyatida qiz bolalar bilan o'g'il bolalarning har biri gender o'ziga xosligini namoyon qilish mkoniyatiga ega bo'lishini ta'minlashlari zarur. Bunday yondashuv ularning kasbiy moslashishlarini ta'minlaydi.
REFERENCES
1. Kroeber A., Kluckhohn Cl. Culture. A Critical Review of Concept and Definition. — New York, 1952.
2. Gurevich P.S. Kulturologiya : ucheb. dlya vuzov / P.S. Gurevich. - M. : Proekt, 2003. -336 s. B.128
3. Кирилита A.B. Исслeдoвaниe гeндeрa в лингвистичeских таучных дисциплитах / A.B. Кирилита // Гeндeрнoe o6pa3oBaH^ в OTCTeMe высшeй ш^лы: ^стоянте и nepcneKTOBbi : MaT-лы мeждунaр. тауч.-npaKT. шнф. - №aHoBo, 2003. - С. 132-136.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
4. Hofstede G. Masculinity and Femininity: The taboo dimension of national cultures, 1998. SAGE Publications Inc. 238 p.