Научная статья на тему 'КОНЦЕПТЫ "ПРОСТРАНСТВО" И "ВРЕМЯ" В ФОЛЬКЛОРНОМ ЖАНРЕ РУССКОЙ ЧАСТУШКИ'

КОНЦЕПТЫ "ПРОСТРАНСТВО" И "ВРЕМЯ" В ФОЛЬКЛОРНОМ ЖАНРЕ РУССКОЙ ЧАСТУШКИ Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

20
10
Читать
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
концепт / пространство / время / частушка / фольклорное слово.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ниетбай Шарипович Каримходжаев, Ю Юлдашбаева

Статье рассматривается способы вербализации концептов «пространство» и «время» в русских частушках.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
Предварительный просмотр
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «КОНЦЕПТЫ "ПРОСТРАНСТВО" И "ВРЕМЯ" В ФОЛЬКЛОРНОМ ЖАНРЕ РУССКОЙ ЧАСТУШКИ»

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

NUTQ MADANIYATINING GENDYER XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada nutqni gender jihatdan tadqiq etish orqali nutq madaniyatini shakllantirishda gender xususiyatning o'ziga xosligi bayon etiladi.

Kalit so'zlar: Genderologiya, lingvistik genderologiya, jins, madaniy nutq, erkak va ayollar nutqi, nutq madaniyati.

АННОТАЦИЯ

В данной статье описывается специфика гендерного признака в формировании культуры речи путем гендерного исследования речи.

Ключевые слова: гендерология, лингвистическая гендерология, гендер, культурная речь, мужская и женская речь, культура речи.

This article describes the specifics of the gender trait in the formation of speech culture through gender research of speech.

Keywords: genderology, linguistic genderology, gender, cultural speech, male and female speech, speech culture.

Genderologiyaning faollashib borayotganligi va bu borada tadqiqotlarning paydo bo'lishi uning nutq madaniyatiga daxldorligi bilan e'tiborni tortadi va bu borada tadqiqotlarning yuzaga kelishida bir omil bo'lib xizmat qiladi. Negaki, nutq va nutq madaniyati erkak hamda ayollar jinsida o'zining tafovutlari bilan ajralib turadi. Erkak va ayol nutqida lison va kalomning tasarruf etilishi ularning jinsiy tafovutlari, binobarin, ijtimoiy mavqelariga daxldorligi bilan ham farq qiladi. Erkak yoki ayolning makon va zamondagi mavqei, oila va jamiyatdagi o'rni, qanday kasb-kor bilan mashg'ulligi, jamiyatdagi nufuzi hamda darajasi va hakozo sharoitlar ularning nutqiga ta'sir etmay qolmaydi. Qolaversa, ularning yosh xususiyatlari, masalan, bolalik, o'smirlik, yoshlik, o'rta yoshlik va keksalik jihatlari ham lison va kalomning irod etishida iz qoldirishi tabiiy hol. Keksa yoshli inson o'smirdek so'zlasa va tilda o'smir istifoda etgan til

Hikmatxon Ahmedova

Qo'qon DPI katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

unsurlarini ishlatsa, qolipga sig'maydi yoki qiz bola ayollar

May, 2023

istifoda etadigan til unsurlarini o'z nutqida qo'llasa, kulgiga qolishi mumkin. Shuning uchun bularni bir xillikka keltirish mumkin emas. Nutq madaniyati bilan bog'liq sifatlar makon, zamon, psixologik muhit, muloqot qamrovi, dialekt va boshqa obyektlarning ta'siri natjasida shakllanadi hamda individual nutq uslubi sifatida qaror topadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Nazariy jihatiga ko'ra shuni ta'kidlash o'rinliki, XX asrning 60-70 yillarida G'arbda xotin-qizlar harakati keng tarqalishi natijasida tilshunoslik ko'pgina ijtimoiy fanlar qatori gender tadqiqotlari bilan bog'liq fanlar doirasiga ham kira boshladi.[1:2] Vaqt o'tishi bilan til va aloqa sohasidagi gender tadqiqotlari tadqiqotchilar e'tiborini tobora jalb qildi. Rus tilshunosligida mustaqil ilmiy yo'nalish - gender lingvistikasi, deb ham ataladigan lingvistik genderologiya shakllandi. Bu yo'nalishda ilk tadqiqotlar Y.I.Goroshko, Y.A.Zemskaya, A.V.Vahobov, N.V.Teliya, T.B.Kryuchkova, A.V.Kirilina va boshqalar tomonidan amalga oshirildi.

Zikr qilinganidek, til vositalarini tanlashda turli omillar kabi jinsning ham qanday ta'sir ko'rsatishini o'rganish tilshunoslikda yangi tadqiqot sohasi hisoblandi. Bizningcha, nutqni gender jihatdan tadqiq etish orqali nutq madaniyatini shakllantirishda gender xususiyatning o'ziga xosligi borasida muayyan tizim yuzaga keltirilsa, lingvokultrologiyaning boyishi hamda mukammallashiga olib keladi.

Shpu o'rinda sal orqaga qaytib, "gender" tushunchasiga izoh berish zaruriyati paydo bo'ladi. "Dastlab bu atama tarix, tarixshunoslik, sotsiologiya va psixologiyada qo'llanilib, keyinchalik tilshunoslikka qabul qilingan. Olimlarning aniqlashicha, odamda ikki xil jins mavjud: biologik jins va ijtimoiy-madaniy jins. Biologik jinsiy aloqa - erkak organizmini ayoldan ajratib turadigan anatomik, fiziologik, biokimyoviy va genetik xususiyatlar majmui bo'lib, u erkak kishini ayoldan farqlashdir. Gender tushunchasiga kelsak, fanda gender tabiatining yagona ko'rinishi hali ham mavjud emas. So'zning o'zi o'zbek tilida ham yetarli tarjimaga ega emas. Uning imlosi va talaffuzi ingliz tilidan olingan. Shuning uchun ingliz tilidagi "gender" so'zining ma'nosi va ahamiyatini tushunish muhimdir. V.K.Myullerning inglizcha-ruscha lug'atida jins tushunchasi ikki ma'noga ega: birinchisi - "grammatik jins" va ikkinchisi - "gender" o'yin belgisi,[2] deb tushuntiriladi. T.de Loreti turli mamlakatlar lug'atlarida "gender" toifasining ma'nosi bo'yicha kichik ekskursiya qiladi. Ingliz tilining (The American Heritage Dictionary of English Language) lug'atida "gender" so'zi birinchi navbatda tasniflash atamasi, jumladan, morfologik xususiyat ("grammatik gender") sifatida belgilanadi. Ushbu lug'atda "gender" so'zining yana bir ma'nosi

May, 2023

262

"jins tasnifi; jins"[3] deya izohlanadi. "Ingliz tilining Amerika merosi lug'ati"da jinsning yana bir ma'nosi "vakillik", deya izohlanadi. Demak, jins biologik jinsning ijtimoiy munosabati emas, balki har bir shaxsning o'ziga xos ijtimoiy munosabatlar nuqtai nazaridan namoyon bo'lishidir. T.de Loretining so'zlari bilan aytganda, gender tizimi jamiyatdagi shaxslarga qadriyatlar (identifikatsiya, nufuz, ijtimoiy ierarxiyadagi maqom)ni yuklovchi tasavvurlar tizimi ham sotsiokultural konstruksiya hamda semiotik vositadir" [4:3] Demak, gender omili insonning nutqiga ta'siï etib, uning kishilararo muloqotlarida madaniy nutq darjasi qay holatda ekanligini ham belgilab bera oladi. Yana shuni qo'shimcha qilish ham mumkinki, bir xil jinslarning bir xil yoshda ekanligida yoki, bir xil makon zamonda istiqomat qilishlari ularning nutq madaniyatining bir xil bo'lishiga olib keladi, deya hukm chiqarish ham to'g'ri emas. Qishloqda nash'-u namo topayotgan ayol bilan shaharda - informatsiyalar keng tarqalgan muhitda nafas olayotgan ayolning nutqida, madaniy nutqning ishlatilishida tafovut bo'lishini inkor etib bo'lmaydi. Erkaklar haqida ham shu fikni aytish mumkin. Zero, jinsiy madaniyatda jins insonning biologik va anatomik xususiyatlari bilan chambarchas bog'lanib, me'yoriy xarakteriga ega bo'ladi. Shunga ko'ra, gender ierarxiyasi va jinsga asoslangan xatti-harakatlar tabiatan belgilanmaydi, balki jamiyat tomonidan "quriladi", ijtimoiy nazorat va madaniy an'ana^ institutlari tomonidan belgilanadi. Shuningdek, gender munosabatlarni ijtimoiylikning muhim jihati sifatida qarab, uning tizim xususiyatlarini maxsus ifodalaydi va nutq subyektlari o'rtasidagi munosabatlarni tuzadi, deb qarash o'rinli bo'ladi. Shu bilan birga gender munosabatlari tilda madaniy jihatdan aniqlangan stereotiplar shaklida belgilanib, shaxsning xulq-atvori, jumladan, nutqida va uning lisoniy ijtimoiylashuvi jarayonlarida iz qoldiradi.

Og'zaki va yozma nutq hosil qilishda gender omili til vositalarini tanlash va birlashtirishga bevosita ta'sñ ko'rsatadi. "Bu til sathida namoyon bo'ladigan erkak va ayol nutqi o'rtasida ma'lum farqlar mavjudligini, ya'ni so'z boyligi (erkaklar va ayollar lug'atini tashkil etish xususiyatlari), fonetika, morfologiya, imlo, sintaksis kabi til hodisalari bilan xarakterlanadi" [5]

Ayrim misollarga murojaat etaylik. Abduqayum Yo'ldoshning bir hikoyasi bor. Hikoya bir talaba tomonidan bayonlanadi. Unda yozilishicha, yigitcha xali talaba bo'lmagan chog'larida qo'shnilaridan biri shahardan kelinchak tushiradi. Kelinchak shunaqangi nazokat bilan chiroyli so'zlaydiki, yigitchaning bayon etishicha, uning so'zlarini eshitib o'tirish kishiga zavq-u shavq bag'ishlaydi. Oradan yillar o'tadi. Bayonchi shaharda o'qiydi va shu yerda qolib ketadi. Onda-sonda uyiga kelganda ham, kelinchakka duch kelmaydi. Yoshi ulg'ayib, bir kuni uylariga kelganida, ko'chada shang'illab, og'zida bodi

May, 2023

263

kirib, shodi chiqayotgan ayolni ko'rib qoladi. Bu - o'sha o'smirligida havas bilan qaragan, muomalalari yoqimtoy bo'lgan, tilidan bol tomib gapiradigan kelinchak edi. Qishloq muhiti, shu makonda so'zlashuvchilar ishlatiladigan sheva so'zlari, varvarizm hamda vulgarizmlar kelinchak nutqida allaqachon qaror topib bo'lganligini ko'rsatadi. Demak, har bir ayol yoki erkak nutqning shakllanishi yoki qayta shakllanishiga makon va zamonning ta'siri bo'ladi. Yoki Abdulla Qahhorning "Bemor" hikoyasida bir martagina nutq irod etgan norasida qizaloqning shu nutqini esalaylik: "Xudoyo, ayamdi daydiga davo beygin". Bu nutqni madaniy nutq deb hisoblab bo'lmasa-da, makon va zamonning, ayni chog'da jinsning kishi nutqidagi leksemalarning uyushuviga aloqasi katta ekanligini ko'rsatadi.

Nutq o'z tabiatiga ko'ra nafaqat antropotsentrik, balki androtsentrik, ya'ni birinchi navbatda, dunyoning erkaklar ko'rinishini aks ettiruvchi vositalardan hisoblanadi. A.V.Kirilina ta'kidlaganidek: "Androtsentrizm xristian va musulmon madaniyatlarida faoliyat ko'rsatadigan barcha tillarga xos bo'lgan, turli tillarda turli xil intensivlik darajasida namoyon bo'ladi, shuning uchun poetikada adabiy ish, jins va taktikani hisobga olish kerak" Ana shu nuqtai nazarga ko'ra nutq madaniyati ham erkak yoki ayol so'zlash uslublarida bir-biridan tafovutlanadi. Erkak va ayollar nutqida lisonlarning kelishiga grammatik nuqtai nazardan qaralganida, erkaklar nutqida mustaqil so'z turkumlaridan ot hamda fe'llar, son va ravishlar, alohida so'z guruhlaridan undov so'zlar ko'proq istifoda qilinishi kuzatilgan. Bundan tashqari, erkaklar nutq madaniyatida sodda gaplarning bir bosh bo'lakli sodda gaplar, to'liqsiz gaplar, buyruq gaplar, qisman ergashgan qo'shma gaplar ko'p ishlatilishi aniqlangan. Ana shu gaplar tarkibida polisemantik so'zlar, etiket so'zlar, onomimlar, sinonimlar, chegaralangan leksikaning ayrim ko'rinishlari ham qatnashadi. Ayollar nutq madaniyatida esa, asosan olmoshlar, fe'llar, yuklamalar ishtirok etar ekan. Sintaktik tomondan qaralganida, moslashuv va bitishuv birikmalar, sodda yig'iq gaplar, atov gaplar, bir bosh bo'lakli gaplarning ayrim turlari, uyushiq bo'lakli gaplar, ajratilgan izoh bo'lakli gaplar, his-hayajon gaplar, qisman buyruq gaplar, undov gaplar ishtirok etadi. Badiiy asarlar matnining turli gender darajalari erkak va ayol nutqini lingvistik, stilistik tahlil qilishda ko'rinadi. Shu jihatdan qaralganida, yozma nutq madaniyatining badiiy asarlaridagi in'ikosi juda ko'p holatlarga aniqlik kiritadi.

XULOSA

Umuman olganda, "gender" atamasi "ayol"ga qarshi "erkak"ning ijtimoiy, madaniy va psixologik jihatlarini tasvirlash uchun ishlatilgan, ya'ni jamiyatdagi insonlar, ayol va erkak mavqeini belgilaydigan o'ziga xos va muhim xususiyatlar, stereotiplar va rollarni

May, 2023

264

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

shakllantiradigan narsalarning barchasini o'zida mujassam qiladi. [6:2] REFERENCES

1. Grigoryan A.A. Sostoyanie i perspektivti gendernoy lingvistiki na zapade v kontse XX—nachale XXI vekov: Avtoref. dis... kand. yur. nauk. - Volgograd.: IGU, 2005. -

2. https://cyberleninka.ru/article/n7kommunikativno-pragmaticheskie-aspekty-proyavleniya-ekspressivnosti-v-muzhskih-i-zhenskih-korotkih-elektronnyh-soobscheniyah

3. https://en-academic.com/dic.nsf/enwiki/

4. Grigoryan A.A. Sostoyanie i perspektivti gendernoy lingvistiki na zapade v kontse XX—nachale XXI vekov: Avtoref. dis... kand. yur. nauk. - Volgograd.: IGU, 2005. -

5. Xrestomatiya po kursu «Osnovti genderntix issledovaniy» I.CHkalova. - M.: MTSGI, 2000.

6. Grigoryan A.A. Sostoyanie i perspektivti gendernoy lingvistiki na zapade v kontse XX—nachale XXI vekov: Avtoref. dis... kand. yur. nauk. - Volgograd.: IGU, 2005. -

S.2.

S.3.

S.2.

May, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.