Научная статья на тему 'ERKAK VA AYOL NUTQIDA MUROJAAT SO‘ZLAR SEMANTIKASI'

ERKAK VA AYOL NUTQIDA MUROJAAT SO‘ZLAR SEMANTIKASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1787
157
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
murojaat so‘zlar / murojaat shakllari / erkaklarga xos murojaat so‘zlar / ayollarga xos murojaat so‘zlar / semantika. / reference words / forms of reference words / masculine reference words / feminine reference words / semantics.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ko‘Chimova, Parizod To‘Lqin Qizi

Ayollar va erkaklar muloqot madaniyati о‘ziga xos xususiyatga ega. Ular nutqining farqli xususiyatlari borasida tilshunoslikda bir qancha ishlar amalga oshirilgan bо‘lib, ayrim xalqlarda ayollar nutqi alohida tadqiqot sifatida maydonga kelgan. Ushbu maqolada erkak va ayollarga xos murojaat so‘zlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SEMANTICS OF REFERENCE WORDS IN MALE AND FEMALE SPEECH

The culture of communication between women and men is unique. A lot of linguistic work has been done on various features of their speech, and in some countries, women’s speech has become a separate study. The article analyzes the reference words of men and women.

Текст научной работы на тему «ERKAK VA AYOL NUTQIDA MUROJAAT SO‘ZLAR SEMANTIKASI»

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

ERKAK VA AYOL NUTQIDA MUROJAAT SO'ZLAR SEMANTIKASI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-683-688

Ko'chimova Parizod To'lqin qizi

O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, o'qituvchi e-mail:parizod.kuchimova.96@bk.ru tel:+998903474437

ANNOTATSIYA

Ayollar va erkaklar muloqot madaniyati o'ziga xos xususiyatga ega. Ular nutqining farqli xususiyatlari borasida tilshunoslikda bir qancha ishlar amalga oshirilgan bo 'lib, ayrim xalqlarda ayollar nutqi alohida tadqiqot sifatida maydonga kelgan. Ushbu maqolada erkak va ayollarga xos murojaat so'zlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: murojaat so'zlar, murojaat shakllari, erkaklarga xos murojaat so'zlar, ayollarga xos murojaat so'zlar, semantika.

SEMANTICS OF REFERENCE WORDS IN MALE AND FEMALE

SPEECH

ABSTRACT

The culture of communication between women and men is unique. A lot of linguistic work has been done on various features of their speech, and in some countries, women's speech has become a separate study. The article analyzes the reference words of men and women.

Keywords: reference words, forms of reference words, masculine reference words, feminine reference words, semantics.

Ming yillardan beri bir turga mansub bo'lgan erkak va ayol bajaradigan vazifasi, jamiyatda tutgan o'rni jihatidan bir-biridan farqlanar ekan, tilshunoslik nuqtayi nazaridan ham bu ikki jins o'zaro ajralib turadi. Xususan, lisoniy va nolisoniy birliklarning ularga nisbatan qo'llanishi hamda ularning lisoniy hamda nolisoniy birliklarni qo'llashlarida bu ikki jins vakillarida sezilarli farqlar kuzatiladi. Ko'pgina lisoniy va nolisoniy birliklar u yoki bu jinsga tegishli ekanligi bilan gender xoslanishga ega.

Ayollarda mantiq urg'usi juda faol qo'llanadi, pauza esa erkaklar nutqiga nisbatan juda qisqa bo'ladi. Ayollar va erkaklar nutqida qo'llanuvchi leksemalar ham o'ziga xos ahamiyatga ega. Tildagi yangilanish jarayonlari ayollarga nisbatan

683

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

erkaklar tomonidan tez qabul qilinib, ilmiy va kasb-hunarga oid yangi leksemalar erkaklar nutqida ko'proq va faolroq. Shuningdek, ayollar kundalik turmushda neologizmlardan unumli foydalangan holda, rasmiy muloqotda undan qochishga harakat qilishadi.

Ayol kishi tabiatan nafosat sohibalari bo'lganligi sababli, suhbat jarayonida ham jozibador va bo'yoqdor leksemalarni, shaxsiy munosabat ifodalovchi so'zlarni, ijobiy bo'yoqdor so'zlarni ko'proq qo'llaydi. Suhbat predmeti biroz bo'rttirilgan holda bo'ladi. Emotsional holatlar: hayratlanish, sevinish, qo'rqish, nafratlanish, xafa bo'lish kabi ruhiy-fiziologik jarayonlarni ularda kuzatishimiz mumkin.

Ayollar va erkaklar muloqot madaniyati o'ziga xos xususiyatga ega. Ular nutqining farqli xususiyatlari borasida tilshunoslikda bir qancha ishlar amalga oshirilgan bo'lib, ayrim xalqlarda ayollar nutqi alohida tadqiqot sifatida maydonga kelgan. Bunday farqlanish muhim ahamiyat kasb etib, muloqot madaniyatida muhim o'rin tutadi. O'zbek tilshunosligida keyingi yillardagi tadqiqotlarda oz bo'lsa-da, bu haqda yoritib o'tilgan. Jumladan, S.Mo'minov, Sh. Iskandarovalarning ilmiy tadqiqotlarida buni ko'rish mumkin. Muloqotning jins jihatidan xoslanishi muhim ahamiyat kasb etib, sotsiolingvistikaning o'rganish muammolaridan biri sanaladi. Murojaat shakllarini jins jihatidan tahlil qilganda, erkak va ayol kishilarning nutqida qo'llaniladigan murojaat shakllari hamda erkak va ayol kishiga nisbatan qo'llaniladigan murojaat shakllari tarzida tahlil qilish lozim.

Murojaat shakllari obyektning aniq yoki noaniqligiga ko'ra ikki turga ajratiladi:

a) mavhum murojaat shakllari (ey, hoy, sen, siz);

b) konkret murojaat shakllari.

Murojaatning bu turida ism, laqab, taxallus, insonga xos bo'lgan belgi-xususiyat bildiruvchi leksik, insonni atovchi nominativ birliklar murojaat shakli vazifasini bajaradi.

#gft # ^Tf^i ^T TfT f\\ [^TOT ^TT, 2013: 20]"

Tarjimasi. Ey bobu! Siz suvratni hali boshlamabsiz ham-ku, qog'oz oppoqligicha turibdi. - Hozircha seni tushunishga harakat qilayapman [Krishn Chandar, 2011: 12].

Tahlil: "Babu"so'zi Hindiston yarim orolida erkaklarga nisbatan hurmat belgisi sifatida ishlatiladi. Ayrim madaniyatlarda babu murojaati yaqin insoniga muloyim munasabatda bo'lishni bildiradi. Hurmat qo'shimchasi "ji" qo'shilib. Babuji hosil

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

qilinadi. Bu so'z Hindistonning shimoliy va sharqiy qismlarida otasini hurmat qilganda ishlatiladi. Babuji har qanday hurmatli oqsoqolga yoki erkakka hurmat atamasi sifatida ham ishlatilishi mumkin. Ba'zi Hindiston zamindorlari mulklarida Babu yoki Babu Shri unvoni uning hukmdorlari tomonidan ishlatilgan. Ko'pgina shohliklarda qirol oilasi a'zolari va qirollarning qarindoshlari ham ushbu nomdan foydalanganlar. Shuningdek, babu odamni ismini chaqirganda hurmat ko'rsatish uchun uning ismiga qo'shimchalar sifatida ishlatiladi, masalan: "Mohan babu, iltimos, bu erga kelishingiz mumkinmi?". Bengal tilida babu yoki babushona so'zi kengroq qo'llaniladi, ya'ni go'dak, ayniqsa yosh bolalarga tegishli. Ushbu jumlada ko'rinib turibdiki, murojaatning abstrakt hamda konkret shakli ishlatilgan. Ya'ni ey murojaat shakli abstrakt hamda bobu murojaati konkret hamda u erkaklarga nisbatan ishlatiladi.

Erkak kishiga nisbatan qo'llanuvchi nomlar orasida, ota semasini ifodalovchi leksik birliklar, ayniqsa, alohida e'tirof etiladi. Otaga yaqin oila a'zolari tomonidan murojaat qilinganida, odatda, uni ismini aytib chaqirish hurmatsizlik hisoblanadi. Eriga otasi, dadasi, dadajonisi, bobojonisi, buvasi, bovasi deb murojaat qilishda "farzandlarining otasi", "hurmat", "yosh pog'onasining yuqori bosqichiga mansublik" va "qarindoshik", "yaqinlik" kabi semalar namoyon bo'ladi.

Ma'no va tushunchasiz til mavjud bo'lmaydi. Kishilar o'z murojaat va munosabatlarida ana shu ma'noga asoslanadilar. Aks holda til o'z vazifasini bajara olmaydi, u o'zining asosiy vazifasini faqat ma'no va tushunchalar tufayli bajaradi, har qanday xabar, ma'lumot ma'no hamda tushuncha asosida shakllanadi va yuzaga chiqadi. Inson va jamiyatning o'zi ham ma'no va tushunchalar, til va nutq tufayli mavjuddir. Agar "...jamiyatning barcha a'zolari uchun umumiy va tushunarli til bo'lmasa, jamiyatdagi ishlab chiqarish to'xtaydi, jamiyat sifatida yashash tugaydi va u parchalanib ketadi" [Qurbonova M., 2014: 43]. Demak, insonning inson va jamiyatning shakllanish jarayonida ham tilning o'rni katta va shuning uchun ko'p olimlar "inson va jamiyat paydo bo'lishi jarayonidagi zaruriy komponentlardan biri til va nutqning shakllanishi bo'ldi" deb hisoblashadi.

Murojaatning mazmunan har xil shakllanishi - quvonch, qo'rqinch, gina, iltifot, nafrat kabi ma'no ottenkalari qo'shilgan holda ifodalanishi - eng avvalo ijtimoiy muhit va sharoitdan kelib chiqadigan munosabatga bog'liq. Til esa ana shu munosabatni qanday bo'lsa o'shanday, asliga mos holda ro'yobga chiqishi uchun vosita bo'ladi.

Odatda, murojaat shakli haqida gapirilganda, eng avval, tinglovchi nazarda tutiladi. Aslida bu murojaatning ikkinchi obyektidir. Tinglovchi ham ijtimoiy -

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

mantiqiy obyekt sifatida, ham lingvistik obyekt sifatida bir-biriga to'la mos tushadi: tinglovchi - sen, ya'ni ijtimoiy shaxs sifatida - o'zga. Buning nutqdagi ifodalanishi -mantiqiy-grammatik shakllanishi ham o'zga, ya'ni ikkinchi shaxs, birlik yoki ko'plik. Bu ijtimoiy o'zga - grammatik ikkinchi shaxs so'zlovchining ziddi bo'lib, u fikr qabul qiluvchi sifatidagi ijtimoiy figuradir - nutq va u orqali ifodalanayotgan fikr unga qaratilgan.

Yuqorida keltirilganlardan kelib chiqqan holda Krishan Chandarning "Bir qizga ming oshiq" romanida keltirilgan misollarga e'tiborimizni qarataylik. Tadqiqot jarayonida asarda uchragan murojaat so'zlarini erkaklarga nisbatan ishlatiladigani hamda ayollarga nisbatan ishlatiladiganlarga bo'lib o'rganib chiqildi.

Asarda keltirilgan erkaklarga nisbatan ishlatilgan murojaat so'zlar:

sMQd F £ RM^ 3fT ^Tf ^T fQHT ^t

^TdT ^T, 2013: 37]

Tarjimasi. Bolaligida rassomlikka qattiq qiziqardi, biroq otasi roybahodur Shri bo'lgani bilan zamona tizgini inglizlar qo'lida edi [Krishn Chandar, 2011: 33].

Tahlil: Ray - bu hukmdorlarga nisbatan ishlatilgan tarixiy unvon. Hindiston qit'asida ko'plab hukmdorlar va shahzodalar tomonidan ishlatilgan. Telugu tilidagi variant Rao. Mo'g'ullar hukmronligi davrida hindu yoki sihlar boshlig'iga unvon berish paytida shaxs nomiga Raja yoki Rai so'zlari qo'shilgan. Mo'gullarga unvon berish Dehli sultonlaridan meros bo'lib qolgan. Rai erkaklarga, ayollar uchun Rani murojaati qo'llaniladi.

Ray Sahib va Rai Bahadur rahbarlik xizmati uchun berilgan sharaf unvonlari bo'lgan. Ularga ulkan kuch beriladi hamda ularning feodal mulklari mahalliy hokimlarga teng bo'lgan. Yuqorida berilgan Shri murojaat so'zi ham hurmat ma'nosida ishlatiladi. Bu so'z insonga bo'lgan hurmatni yanada kuchli ifodalaydi. Ushbu so'z ayollarga nisbatan ham erkaklarga nisbatan ham qo'llaniladi.

"dfT Hlf!" -dTir d TOHt £ "^H" ^dT^tT tTQF ^t, ^Td ^ST, 2013: 41]

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Tarjimasi. Yo'q, og'a, - dedi Laychiy g'oyat jiddiy ohangda, - bu pulni qaytarib yuboring, darrov qaytarib yuboring. - Shunday deb Laychiy shiddat bilan eshikni ichkarisidan yopib oldi.[Krishn Chandar, 2011: 36].

Tahlil: Jumlada keltirilgan murojaat so'zi konkret murojaat shakli

hisoblanadi. Uning so'zma-so'z tarjimasi aka. Ushbu murojaat so'zi qarindosh urug'chilikda ishlatiladi, bu so'z orqali notanish odamga ham murojaat qilinadi.

"онфст^ are ч^ этнт, ^i^cidl ч^ этнт, ci^" ш^кл ч^ этнт...." ci ^т^ н ян- it, эд" я htni ^t ныш |ti '^шгт

^ о

hm ^^i f^t i" ч^" этн я"!'

о

Tarjimasi: Hoy ko'zoynak taqqan janob, bir anna xayr qiling! Hoy soyabon tutgan xonim, bir anna xayr qiling! Hoy soqolli sardorjiy bir anna xayr qiling.

Tahlil: Janob murojaat shakli suhbatdoshning ismini yoki familiyasini talab qilmaydi. Keksa odamlar, erkaklarga, teng yoki oqsoqollarga murojaat qilinadi.

"онфс^ to ч^ этэтнт, ai^ci^i ч^ этэтнт ст^ ш^тг^г ч^ этнт...." tfr^ н яти r?r it,я ^t|ч htht^t hldi<h ^r r?r iti

^sr, 2013: 91]

Tarjimasi. Hoy ko'zoynak taqqan janob, bir anna xayr qiling! Hoy soyabon tutgan xonim, bir anna xayr qiling! Hoy soqolli sardorjiy bir anna xayr qiling.

Xonim - erkakning ayolga murojaatining muloyim shakli bo'lib, ijtimoiy mavqeni anglatuvchu murojaat so'z hisoblanadi [Krishn Chandar, 2011: 90].

Yuqorida keltirilgan misollardan ko'rishimiz mumkin-ki, Krishan Chandarning "Bir qizga ming oshiq" romanida ko'rib chiqilgan misollarda murojaat so'zlarining turlari o'rganib chiqildi. Ularga ko'ra, ijtimoiy mavqeni anglatuvchi, erkalashni, kesatiqni, hurmatni anglatuvchi hamda unvonni anglatuvchi o'xshatishlar topildi va jins bo'yicha ishlatilishi ajratib olindi.

REFERENCES

1. Курбонова М. Гeндeролингвистик тадкик; янги парадигма сифатида // УТА, 2014. №2.

2. Сафаров Ш., Боймирзаeва С. Гeндeр тилшунослиги ва матн тадкики //Хорижий филология, 2006. №4.

3. Кришан Чандар. Бир кизга минг ошик;. (Амир Файзуллаев таржимаси) // Жа^он адабиёти (3-сон). - Тошкент: Узбекистон, 2011.

687

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

4. ^SIl d^T ^TT ^T^dl df fcedT 2013.

5. Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. - М ., 1960.

6. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10

7. Nasirova, S. A. (2020). CONCEPTS OF ФШ CHINESE DREAM" AND Щ ^ Ш ^ ^ " COMMUNITY OF THE ONE FATE OF HUMANITY"-A LINGUISTIC AREA. Journal of Central Asian Social Studies, 7(01), 05-14.

8. Abdullaevna, N. S. (2020). Lexical-semantic and cognitive specifics of political discourse (based on Si Jinping's speeches). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(5), 1086-1092.

9. Nasirova, S. A., Hashimova, S. A., & Rikhsieva, G. S. (2021). THE INFLUENCE OF THE POLITICAL SYSTEM OF CHINA ON THE FORMATION OF SOCIAL AND POLITICAL TERMINOLOGY. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 10-17.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.