INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
HUSHMUOMALALIK KATEGORIYASI VA HURMAT KONSEPTINING INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDAGI GENDER XUSUSIYATLARI Ismoilova Shodiya
Farg'ona davlat universiteti Ingliz tili kafedrasi o'qituvchisi
Ismoilova Husnida Valijon qizi Farg'ona davlat universiteti, Lingvistika: ingliz tili magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7195921 Annotatsiya. Ushbu maqolada muloqot jarayonida katta ahamiyatga ega bo'lgan hurmat konseptini bildiruvchi til birliklarinini asosiy xususiyatlarini aniqlash hamda ularning badiiy-estetik vazifalarini tahlil etilishi hamda ularning o'zaro farqi ko 'rib chiqilgan. Hozirgi zamon tilshunosligining mazkur muammoga doir qarash va ma'lumotlari tahlil qilingan.
Kalit so 'zlar: gender, gender tilshunosligi, nutq, muloqot usuli, stilistik bo'yoq, muloqot uslubidagi farqlar.
ГЕНДЕРНЫЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ КАТЕГОРИИ ВЕЖЛИВОСТИ И КОНЦЕПТА УВАЖЕНИЯ В АНГЛИЙСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ Аннотация. В данной статье рассматриваются выявление основных признаков языковых единиц, выражающих концепт уважения, что имеет большое значение в процессе общения, и анализ их художественно-эстетических функций и их взаимных различий. Проанализированы взгляды и данные современного языкознания по этой проблеме.
Ключевые слова: гендер, гендерная лингвистика, речь, способ общения, стилистическая окраска, различия в стиле общения.
GENDER CHARACTERISTICS OF POLITENESS CATEGORY AND RESPECT
CONCEPT IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES Abstract. In this article, the identification of the main features of the language units expressing the concept of respect, which is of great importance in the process of communication, and the analysis of their artistic and aesthetic functions and their mutual differences are considered. The views and data of modern linguistics on this problem have been analyzed.
Key words: gender, gender linguistics, speech, communication method, stylistic color, communication style.
KIRISH
Gender tushunchasi zamonaviy tilshunoslik paradigmasiga boshqa gumanitar fanlardan ko'ra ancha keyin kirib kelib, o'tgan asrning 60-yillarida atama sifatida shakllana boshladi. 1980-yillarga kelib, uning ilmiy tadqiqotlarda ishlatilishi keskin oshdi. Gender konseptini birinchi bo'lib amerikalik psixoanalitik Stoller qo'llagan. U gender konseptini ikkiga, ya'ni biologik (jins) va sotsiologik (gender) turlarga bo'lishni ma'qul ko'rganl. Biologiya va fiziologiya sohalari jins xususiyatlarini, psixologiya va sotsiologiya fanlari esa gender xususiyatlarini o'rganadi. Stollerning taklifi zamonaviy gumanitar bilimlar orasida gender tilshunosligi deb nomlangan alohida yo'nalishning yuksalishiga olib keldi. O'zbek va chet el tilshunosligida hozirgi kunda gender mavzusi bo'yicha qator ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ammo hurmat kategoriyasining genderlik xususiyatlari ingliz va o'zbek tillarida hanuzgacha qiyoslab o'rganilmagan. G.A.Brandt gender - madaniyat ta'siri ostida bo'ladigan, ma'naviy
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
jihatdan ayol va erkaklarning nutqiy, hulq-atvoriy tomonlarini baholay oladigan xususiyatlar majmuidir, deb qaraydi[2].
TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI
N.L.Pushkaryova esa ushbu terminni quyidagicha izohlaydi: gender - jamiyatning hukmronlik o'tkazadigan va bo'ysunduradigan xususiyatlardan iborat bo'lgan munosabatlar va o'zaro harakatlar tizimidir [3]. Gender munosabatlari jamiyat ijtimoiy uyushmasining muhim elementi hisoblanadi. U kishilar orasidagi munosabatlarni aniqlaydi. Dunyo madaniyatlarida shaxsning hulq-atvori odatda jinsga nisbatan ajratiladi. Bu esa o'z o'rnida jamiyat talab etgan ma'lum ijtimoiy qonuniyatlarga ayollar va erkaklarning rioya qilishlarini bildiradi.
Ye.I.Goroshko gender xususiyatlar nutq, hulqatvor, ayol va erkaklarning jamiyat modellarini qabul qilishda o'z aksini ko'rsatadi, deb ta'rif beradi4. O.A.Voronina Goroshkoning fikrini boshqa so'zlar bilan ifodalab, quyidagi ta'rifni qo'shib qo'yadi: gender tadqiqotlarining asosiy uslubiyati ayol va erkaklarning jamiyatdagi genderlik roli va munosabatlari orqali tasdiqlangan hukmronlik va ustunlik tahlili hamdir [5].
J.Lakoffning ta'kidlashicha, muomala jarayonida ayollar yuqori darajadagi empatiya va o'z suhbatdoshiga nisbatan moslashib ketish kabi xislatlar bilan farqlanadi, o'z suhbatdoshining mulohazalarini diqqat bilan tinglab, muloqot jarayonida ustun bo'lishga harakat qilmaydi. Erkaklar esa suhbat chog'ida yana ham jizzakiroq, sharoitni nazorat qilishga intiladilar, o'zaro kelishishga harakat qilishadi, deb biladi. U shuni ham ta'kidlaydiki, ingliz tilida qayd etilgan xususiyatlarga qo'shimcha qilgan holda, ayollar tasdiq so'roq gapga tushuvchi intonasiya qo'llash o'rniga ko'tariluvchi intonasiyadan, semantik jihatdan chuqur ma'noga ega bo'lmagan leksika, odatiy ayollar faoliyatini tasvirlaydigan maxsus o'zlashtirma so'zlardan, so'zlayotgan nutqni kuchli his-hayajon ma'nolarni ifodalovchi til vositalari va modal yuklamalardan keng foydalanishadi. Erkaklar esa undov so'zlar qo'llamasliklari, stilistik bo'yoq darajasi kam va haqorat ma'nosi kelib chiqadigan jargonli leksikani juda ko'p ishlatishlarini ham qo'shib qo'yadi[6].
Muloqot uslubidagi farqlar ayollar va erkaklar orasidagi munosabatlarda paydo bo'ladigan muammolarni aniqlashtirmaydi. Ya'ni, munosabatlarda ruhiy muammolar, ya'ni sevgidagi yoki e'tibordagi omadsizlik, chin dillik, xudbinliklar ba'zan aks etadi. Va ular siyosiy va iqtisodiy tengsizliklarning natijasidir. Ammo aytib o'tilgan xususiyatlar asossiz ifodalanishi ham tez-tez uchrab turadi. Demak, ayol va erkak borliqni turlicha qabul qiladi va baholaydi. Nutqiy muomalaning gender o'zgaruvchanligi tilning turli sathlarida, ya'ni fonetik, leksik, grammatik, semantic sathlarda namoyon bo'ladi. Gender munosabatlar faqatgina kodlangan ko'rinishda ishlatilmay, balki nutq hodisasining mavzular majmui va xususiyatini yuzaga keltiradi. «Hurmat» konseptining milliy madaniy xususiyatlarini o'rganishda genderlik xususiyatlarni aniqlash katta ahamiyat kasb etadi. «Hurmat» konseptining qiyosiy chog'ishtirish yondashuvi orqali nafaqat konsept nazariyasi o'rganiladi, balki qiyoslanayotgan tillarning madaniyati, dunyoqarashi va urf-odatlari ham talqin etiladi. Hurmat kategoriyasiga tegishli genderlik xususiyatlarning leksik sathda aks etadigan misollar bilan aytib o'tilgan fikrlarni izohlashga e'tiborimizni qaratsak:
1.-1 am too bad, On the off chance that I sounded like o pompous ass in there. It was fair such a
- No, you were superbly right, Edward. Why on soil ought to they have chosen me? -Honey, you'd likely make a extraordinary envoy or ambassadress, or ...
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
- I (Mary) still can't accept it.
- You're energized around this, are not you?
- Of course I am. Wouldn't you be?
- It may be a incredible honor, honey, I am beyond any doubt, it isn't one they would offer delicately [1].
TADQIQOT NATIJASI
Yuqorida keltirilgan er-xotin orasidagi suhbatda, oilada, odatda, erkak kishidan pastroq pog'onaga ega bo'lgan ayol endilikda teng huquqli va o'zining fikrini to'g'ridan-to'g'ri o'ziga ishongan holda ifoda etyapti, erkak esa aksincha, ayol kishining ko'nglini og'ritib qo'ymaslik maqsadida «I'm sorry, honey» ifoda vositalari va tasdiq so'roq gapdan foydalanib, o'z nutqini yumshatishga harakat qilyapti.
2. Chanqab ketdim. Sovuq suvyo'qmi?
Saltanat: «Voy tavba», kichkina bolaga o'xshaysiz-a, ko'chadan suv-suv bo 'lib keldingizku. Ana ayvonga chiqing, sovigan choy bor [2].
Aziz va Saltanatning suhbati ularning o'zaro munosabatini aniq qilib ko'rsatib turibdi. Bunda er hukmini o'tkazadigan sharoitda emas, u imperativ konstruksiya ishlatmayapti, aksincha, umumiy so'roq gapga bo'lishsiz ma'no beruvchi «yo'qmi» so'zi Saltanatga nisbatan hurmatini ko'rsatib turibdi. Ammo Saltanat turmush o'rtog'ining hurmatiga yetarlicha javob bermayapti, «Voy tavba» so'z birikmasi turmush o'rtog'iga nisbatan bo'lgan hurmatsizlik ko'rsatkichidir.
3. - Will you? - inquired Angela.
-Mightn't harmed - this once, - reacted Thomas lightly.
- What will you are doing with the kids? ... may be so - in the event that we are not gone as well long. And so it was chosen that Tomas and Angela would acknowledge welcome to the Sommerses' party [ 3].
Yuqoridagi misolda, Tomas va Anjela Sommers oilasi tomonidan uyushtirilayotgan kechaga taklif qilingan. Tomas taklifni rad etmaslik maqsadida «may» modal fe'lining yumshatish shakli «might», ya'ni o'tgan zamonida qo'llab, «not» inkor yuklamasi orqali Anjelaga hurmati yanada chuqurligini ifodalagani ko'rinib turibdi, qiz esa «may be» modal fe'li bilan o'z fikrini yumshattiryapti.
4. -Dadasi, shu kechayana otamni tush ko'rdim...
Dadam betoqat bo'lib turganiga qaramay, xotirjam javob qildi:
- Ha, Husanpochcham yaxshi odam edilar...[4]
Yuqoridagi misolda esa er kayfiyati yo'qligini bilintirmay «ha» so'zini ayolining ko'nglini ko'tarish maqsadida qo'llab, ayol esa dadasi murojaati bilan erkakka nisbatan o'zaro hurmatini ko'rish mumkin. Murojaatning dadasi so'zi bilan ifodalanishi o'zbek turmush tarzining milliy madaniy xususiyatiga kiradi.
Hurmat kategoriyasidagi genderlik farqlar esa leksik sathda aniqlanganidek, sintaktik sathda ham aks etishi mumkin. Masalan:
5. - Care for a sandwich? - Thane was asking. - I'm not very hungry, - she overseen [1].
6. - Something off-base? - he inquired, - you're a million away. - I figure, I'm fair not much great at partying, - she answered [2].
Inglizlarda biror bir narsa taklif qilinganda «would you like», «what would you say to» kabi savol shakllari (nutq etiketi qoliplari) hurmat kategoriyasini o'zida aks ettiradi, ammo 5- va 6-misollarda, ingliz erkaklari tomonidan asosan to'liq bo'lmagan gaplar qo'llanishi ingliz
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
adabiyotida uchrab turadi. Bunda aynan aytib o'tilgan nutq etiketi qoliplarining shakli buzilsa ham, unda hurmat ma'nosi saqlanib qolgan. Ingliz ayollari esa buyruq konstruksiyali yoki to'liq bo'lmagan gaplariga javoban suhbatdoshiga nisbatan bo'lgan hurmatini aynan «really» va «just» so'zlaridan foydalanib gaplarni to'liq konstruksiyasidan foydalanishlarini ko'rsatyapti. Ingliz va o'zbek adabiyotlarida erkak kishi ayol kishi tomonidan hurmat qilinishini ko'plab misollarda guvohi bo'lishimiz mumkin. Ayol kishi ko'pgina vaziyatlarda erkak kishining ko'nglini ko'tarish, unga nisbatan hurmatini ko'rsatish maqsadida umumiy so'roq gap konstruksiyasidan foydalanadi. Masalan:
7. - Yana suzib kelaymi? - dedi onam uning ko'ziga tikilib.
- Ertalabga qolsin! - Bobom tovoq tagini yalarkan, tushuntirdi. - Go'janing sovug'i ja ichishli bo'ladi [5].
8. Ra'no: Yana choy ichasizmi? Anvar: Keyinroq ichaman [4].
9. -1 am making a sandwich. Would you care for one? - inquired Roselyn.
- Pop and I ate, much appreciated. In the event that you have got more water, I may stand a drink, though, - replied Jerome.
- Beyond any doubt, how is the teacher doing?
- He is taking a nap. - Favor his heart. - Roselyn stopped to open the fridge [5].
7- va 8-misollarda ayollar nutqida umumiy so'roq gapda «yana» kuchaytiruvchi ravish yordamida gap yumshatilyapti. Erkaklar nutqida modal ma'noga ega bo'lgan -roq affiksi «keyin» ravishiga qo'shilgan holda shu bilan birga ingliz tilidagi (9) misolda esa «if you have..., I could ...» gap konstruksiyasini qo'llash orqali hurmat kategoriyasi ifodalanyapti. Izlanishlar natijasida o'zbek madaniyatining yana bir gender xususiyatiga tegishli misollarga guvoh bo'ldik. Bu xususiyat faqat erkaklarga xos bo'lib, bunda erkak o'zidan past pog'onaga ega bo'lgan ayoldan biror-bir narsa so'raydi. Gapning morfologik strukturasi esa otning takrorlanish usuli bilan yasaladi. Masalan:
9. Yo'ldosh: Saltanatxon, choy-poyga ovora bo'lmang, men atigi bir minutga kirdim, xolos. Ishim ziq. Har qancha tinib ketganingda ham ... maktabdoshingni ko'rsang, odam shoshib qolar ekan, ...
Saltanat: Rahmat, - dedi go'yo ortiqcha, noo'rin gapning oldini olmoqchi bo'lganday [6].
10. - Qizlarni ozod qo'yibsan, yaxshi, - dedi Maxdum Nigor oyimga. Biz-ku shu xabarni kutib turgan edik. Shunday bo'lgandan keyin non-poningni to'g'rilab turmaysanmi...
- Axir o'zingiz kechagina men xamir qilay desam koyidingiz, - dedi Nigor oyim [7]. Misollardan ko'rinib turibdiki, otning takrorlanish shakli yordamida otlarning leksik ma'nosiga hurmat ma'nosi qo'shilyapti.
MUHOKAMA
Hozirgi zamonda ijtimoy iqtisodiy, ta'lim va professional faoliyatda ayollar va erkaklar mavqei tobora tenglashib ketmoqda. Modomiki, jamiyatda ayollarning erkaklarga nisbatan teng o'ringa ega bo'lish sa'y-harakatlari va o'tmishdagi butunlay erkaklarga tegishli bo'lgan ish harakatlarni ayollar teng holatda o'zlarining vazifalari sifatida qarashsa ham muloqot davomida ayol va erkak ishlatadigan til vositalarida sezilarli darajada farqlar mavjudligini qo'rib chiqdik. D.Tannen «You just don't understand» kitobida shunday fikr beradi: suhbat - ayollar uchun munosabatlarni yaqinlashtirish va rivojlantirish vositasi bo'lsa, erkaklar uchun esa jamiyatda o'z mustaqilligi, mavqeini ushlay bilish tartib-qoidalariga rioya qilish xususiyatlarini namoyon
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
qilishdir [1]. Biroq bizning kuzatuvlarimiz natijasida quyidagi xulosaga keldik: erkaklar ijtimoiy mavqei nuqtai nazaridan ayollardan ko'ra balandroq pog'onada ekanligini ko'rsatish o'rniga ayollarga nisbatan hurmati baland, suhbat davomida ayollar o'zini qulay his etish imkonini yaratib berishga intilishlari ma'lum bo'ldi. Shunday qilib, gender munosabatlar jamiyatdan ahamiyatga molik bo'lgan darajada o'zgarib borib, muayyan universal qolipga ega emasligi ma'lum bo'ldi. Xulosa qilib aytganda, gender tilshunosligida ayollar va erkaklar nutqining farqlari bo'yicha talaygina ma'lumotlar yig'ilgan bo'lib, ko'pgina tilshunoslar ishlarida ayollar erkaklarga qaraganda e'tiborga molik bo'lgan til shakllarini qo'llashi va ularning nutqi o'zgaruvchanligi (variativ) tadqiq qilingan. Erkaklarning nutqi til o'zgarishlariga og'zaki nutqni jalb qila turib faollik bilan ko'nikma hosil qiladi.
Tahlillar shuni ko'rsatadiki, ingliz tilida ayollar nutqida ayollar nutqi of course, really, just, honey, tavba, dadasi, yana kabi aniq lisoniy vositalar bilan erkaklar nutqi esa qisqalik, qo'pollik, afzal ko'rish kabi xususiyatlar bilan bir-biridan farqlanadi. Bizning fikrimizcha, ayollar va erkaklar nutqini aniq qilib chegaralab bo'lmaydi. Shu bilan birga, genderlik xususiyatlarni xam ma'lum soni ayollar nutqiga va boshqalari erkaklar nutqiga xos deb aytish qisman noo'rin. Chunki ayollar va erkaklarning lisoniy nutq shakllarini tanlashga turli omillar, ya'ni har bir shaxs etnik kelib chiqishi, irqiy tegishliligi, dini, yoshi, kasbidan ta'sir qiladi.
Shuni ham ta'kidlash lozimki, badiiy adabiyotlar tahlillarida ayollar va erkaklar orasidagi nutq faoliyati xususiyatlari quyidagilarda aks etgan:
a) badiiy adabiyotlarda ayol va erkakning jamiyatdagi o'rni;
b) ayol va erkak nutqining fonetik jihatdan qo'llanilishi;
v) ayol va erkak nutqining grammatik jihatdan qo'llanilishi; g) ayol va erkak nutqida leksik vositalar qo'llanilishi. XULOSA
Ingliz badiiy adabiyotidan olingan ba'zi misollarda ayol dominantasi aks etgan, erkak ayolning fikrini rad eta olmas holatlari uchradi. Ingliz madaniyatida bunday holat odatiy hisoblanib, o'zbek madaniyatida bunday holatlar uchramaydi. Ingliz badiiy adabiyotidan olingan misollarda o'zbek ayollarining nutq faoliyatidagi e'tiborga molik ana bir xususiyatining guvohi bo'ldik. Bunda ayollar nutqida suxbatdoshiga nisbatan hurmat, sabrlilik, bir-birini o'zaro tushunishga intilish strategiyalari namoyon bo'lgan. Xulosa qilib shuni ta'kidlash joizki, mazkur tillarda ayollar nutqida ifodalanayotgan hurmat erkaklar nutqiga qaraganda kuchli ifoda etilishi hamda ayollar hurmatga doir jumlalarni to'liq va uzunroq tuzishlari aniqlandi.
REFERENCES
1. Brandt G.A. Priroda jenshini kak problema: Konsepsiya femenizma. // «Obshestvennie nauki i sovremennost'», 1998, № 2.
2. Voronina O.A. Sosiokul'turnie determinanti razvitiya gendernoy teorii v
3. Rossii i na Zapade. // «Obshestvennie nauki», 2000, №4. -S. 12-14.
4. Pushkaryova. N.L. Chto takoe gender? // Gendernaya teoriya i poznanie: materiali nauchno prakticheskoy konferensii. Siktivkar. 2005.
5. Qodiriy A. Mehrobdan chayon. - T.: «O'qituvchi», 1959.
6. Hoshimov O'. Ikki eshik orasi. - T.: «Sharq», 1996.
7. BO, I. T. N. O. R., & TAVSIYALAR, Y. A. M. R. Ortiqov-Farg 'ona davlat universiteti o 'qituvchisi. FARG 'ONA DAVLAT UNIVERSITETI, 128.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
8. Abdumalik o'g'li, O. R. Cultural Comparison of Uzbek and English Language Speech Styles.
9. Soxibovna, M. G. (2022, August). THE ROLE OF LINVOCULTUREME IN THE STUDY OF NATIONAL AND CULTURAL FEATURES OF SPEECH UNITS. In INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS. (Vol. 1, No. 3, pp. 48-52).
10. Ismoilova, S., & Xalilova, G. (2022). RESEARCH ON THE ISSUE OF QUESTIONS IN LINGUISTICS. Development and innovations in science, 1(1), 17-19.
11. Usmonova, D. (2022). TO STUDY THE IMPORTANCE OF TRANSPOSITION OF WORD CATEGORIES IN ENGLISH. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VAILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 1(10), 128-131.
12. Мирзаева, Д. И. (2017). АНАЛИЗ ДИСКУРСА УЧЕНИЯ И
ИЗУЧЕНИЯ. Актуальные научные исследования в современном мире, (4-2), 73-75.
13. Mirzayeva, D. (2019). THE CONCEPT OF" FRIENDSHIP" IN UZBEK AND ENGLISH LINGUISTIC CULTURE. Мировая наука, (11), 29-32.
14. Mirzaeva, D. I. (2020). THE ROLE OF PAREMIOLOGY IN THE LANGUAGE SYSTEM. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(6), 245-251.
15. Ravshanovna, G. N. (2022, April). THE STUDY OF THE MEANING OF THE WORD TOLERANCE IN OTHER LANGUAGES. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE (Vol. 1, No. 3, pp. 8-9).
16. Ravshanovna, G. N., & Anvarovna, Y. D. (2022, May). INGLIZ VA OZBEK TILLARIDAGI TURIZMDAGI ATAMALARNING LINGVOKULTUROLOGIK JIHATLARI. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE (Vol. 1, No. 3, pp. 14-17).
17. Ismoilova, S. (2022). SO'ROQ GAPLARNI O'QITISH VA O'RGANISHNI METODIK TASHKILLASHTIRISH YUZASIDAN TAKLIFLAR VA MASALALAR. Science and innovation, 1(B5), 266-270