Научная статья на тему 'AYOL VA ERKAKLAR NUTQIDAGI XUSHMUOMALALIKNING VERBALLASHUVI. GENDER XUSHMUOMALALIKKA ASOSLANGAN EVFEMIZMLARNING SHAKLLANISHI (INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA)'

AYOL VA ERKAKLAR NUTQIDAGI XUSHMUOMALALIKNING VERBALLASHUVI. GENDER XUSHMUOMALALIKKA ASOSLANGAN EVFEMIZMLARNING SHAKLLANISHI (INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
192
87
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sotsiolingvistika / kirish so‘z / tilshunoslik / evfimizm / gender tilshunoslik / evfemiya hodisasi / pragmatik omil / Sociolinguistics / introduction / linguistics / euphemism / gender linguistics / euphemism / pragmatic factor.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xushmamatova, Aminaxon Rustam Qizi

Ayol va erkak nutqidagi kirish so‘zlar, bo‘sh sifatlar, qo‘shimchalar va qarg‘ish va qo‘pol so‘zlardan foydalanish muammosining dolzarbligi. Sotsiolingvistikaning hayotimizdagi o‘rni, erkak va ayol tiliga e`tibor qilish, va natijada bu masalani ijtimoiy lingvistikada ham ularning yutuqlaridan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqish zarurati paydo bo‘ldi. Ushbu masalalarni yoritib borish ushbu mavzuning o‘zbek va ingliz ijtimoiy lingvistikasi va gender tilshunosligi uchun dolzarb ekanligini ko‘rsatadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE VERACITY OF POLITENESS IN THE SPEECH OF WOMEN AND MEN. FORMATION OF EVFEMISMS BASED ON GENDER POLITENESS (EXAMPLE OF ENGLISH AND UZBEK)

The urgency of the problem of the use of introductory words, empty adjectives, adjectives and curses and vulgar words in female and male speech. The role of sociolinguistics in our lives, the need to pay attention to the language of men and women, and as a result, the need to reconsider this issue in sociolinguistics based on their achievements. Coverage of these issues shows that this topic is relevant for Uzbek and English sociolinguistics and gender linguistics.

Текст научной работы на тему «AYOL VA ERKAKLAR NUTQIDAGI XUSHMUOMALALIKNING VERBALLASHUVI. GENDER XUSHMUOMALALIKKA ASOSLANGAN EVFEMIZMLARNING SHAKLLANISHI (INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA)»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

AYOL VA ERKAKLAR NUTQIDAGI XUSHMUOMALALIKNING VERBALLASHUVI. GENDER XUSHMUOMALALIKKA ASOSLANGAN EVFEMIZMLARNING SHAKLLANISHI (INGLIZ VA O'ZBEK TILLARI

MISOLIDA)

Xushmamatova Aminaxon Rustam qizi

O'zDJTU Filologiya fakulteti, Ingliz tili funksional leksika kafedrasi o'qituvchi-stajyori,

ANNOTATSIYA

Ayol va erkak nutqidagi kirish so'zlar, bo'sh sifatlar, qo'shimchalar va qarg'ish va qo'pol so'zlardan foydalanish muammosining dolzarbligi. Sotsiolingvistikaning hayotimizdagi o'rni, erkak va ayol tiliga e^tibor qilish, va natijada bu masalani ijtimoiy lingvistikada ham ularning yutuqlaridan kelib chiqib qayta ko'rib chiqish zarurati paydo bo'ldi. Ushbu masalalarni yoritib borish ushbu mavzuning o'zbek va ingliz ijtimoiy lingvistikasi va gender tilshunosligi uchun dolzarb ekanligini ko'rsatadi.

Kalit so'zlar: Sotsiolingvistika, kirish so'z, tilshunoslik, evfimizm, gender tilshunoslik, evfemiya hodisasi, pragmatik omil

ABSTRACT

The urgency of the problem of the use of introductory words, empty adjectives, adjectives and curses and vulgar words in female and male speech. The role of sociolinguistics in our lives, the need to pay attention to the language of men and women, and as a result, the need to reconsider this issue in sociolinguistics based on their achievements. Coverage of these issues shows that this topic is relevant for Uzbek and English sociolinguistics and gender linguistics.

Keywords: Sociolinguistics, introduction, linguistics, euphemism, gender linguistics, euphemism, pragmatic factor.

KIRISH

Hozirgi zamonaviy tilshunoslikda evfemizm hodisasini o'rganish, unga lingvistikaning yangi yo'nalishi rakursida shakllandi. Zamonaviy tilshunoslikda gender tushunchasi paydo bo'lib, bu yangi tushuncha orqali lingvistikada gender tilshunoslik yo'nalishi paydo bo'ldi. Bu yo'nalish ingliz tilida so'zlovchi jamiyatning ijtimoiy ongida yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Gender tilshunoslik yo'nalishi - ayol va erkak nutqidagi o'ziga xosliklarni, har bir jins vakili nutqidagi xususiyatlarni xushmuomalalik pozitsiyasi bilan o'rganishni taqozo etadi va erkak va ayol nutqidagi farqlar va o'xshashliklar bu yo'nalishning

739

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'rganish obyekti hisoblanadi. Bu soha ko'plab tilshunoslarning izlanishlari markazida turadi. Bularga E.A. Zemskaya, A.P. Martinyuk, R. Lakof, Dj. Koats kabi olimlarnng ishlarini misol qilishimiz mumkin. Evfemizmlar insoniyat nutqida qadimdan mavjud bo'lgan. Tildagi tabular so'z yasalish jarayonidagi baquvvat richag sifatida xizmat qilgan, natijada taqiqlangan so'zlar o'rnini yangi, maqbul variantdagi evfemizmlar egallagan. Lingvistik adabiyotlarda evfemizm tushunchasiga berilgan ko'plab izohlarni uchratamiz. Ularning tahlili shunday yakuniy xulosga olib keladi:evfemizmlar deb, nutqda nutqda qo'pol, istalmagan, ishlatilishi nojoiz bo'lgan tushunchalar o'rnida qo'llaniluvchi so'z va iboralarga aytiladi. Evfemiya muammosini ko'plab olimlarning ishlarida keng va sermahsul yoritilgan. Bunda olimlar sirasiga B.A. Larin, L.A.Bulaxovskiy, C.Silver va J. Neaman kiradi. Evfemiya hodisasini o'rganuvchi ingliz tilshunosi J.Neamanning ishlarini o'rganar ekanmiz, til va jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida evfemistik tezaruslar guruhlarining dolzarbligi turlicha bo'lgan. Evfemizmlarning eskirishida asosiy faktorlarga manaviy va ijtimoiy negizlarning xilmaxillashuvi kiradi. Shu bilan bir qatorda u yoki bu realiyalarning yo'qolishi, yoki aksincha yangi realiyalarning yaralishiga sabab bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Evfemizmlarning yaratilishida bir qator pragmatik omillarni ajratib ko'rsatish zarurdir. Pragmatik omillarning ajratib ko'rsatishning o'ziyoq so'zlovchini evfemizmlardan foydalanishga undaydigan asosiy turtki ekanligini takidlaydi. Gender xushmuomalalik tamoyili asosida yaratilgan evfemizmlar turli xildagi aqliy va jismoniy nuqsonlarni yanada yumshoqroq ifodalashda qo'llaniladi. Ushbu yangi tushunchaga izoh berar ekanmiz, nutqiy vaziyatlarda o'zini munosabatini bildirishda suhbatdoshiga nisbatan hurmatga asoslangan, irqiy kamsitilishni rad etadigan, erkak yoki ayol jinsining munosabatlarda ustunligini emas, balki har ikkala jinsga sabr toqat va muloyimlik bilan muomala qilishni, salbiy fikrlarni neytrallashtirishdan iboratdir. Gender tilshunoslik sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning asosiy qismi "ayollar masalasiga" bag'ishlangan. Bizning tadqiqotlarimiz doirasida o'rganilayotgan evfemizmlar asosan ayollar nutqiga xos bo'lgan, ayollarni tavsiflovchi evfemizmlardir. Shuni ta kidlash joizki, aynan ayollar o'z nutqida evfemizmlarni ko'proq ishlatishadi. R. Lakoffning aytishicha, ayollar - evfemizmlar borasida haqiqiy mutaxassislardir. Uning fikricha, ayollar nojo'ya yoki nomuqobil, qo'pol iboralarni ishlatishmaydi va bu o'z navbatida "ayollar tilini" o'rganish uchun yanada qiziqarli obyektga aylantiradi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Zamonaviy ingliz tilidagi gender xushmuomalalikni ifodalovchi evfemistik birliklarni izlash jarayonida ingliz tilidagi bazi bir manbalarni tahlil qildik. ("The Gazette", "The Oprah magazine", "People" jurnallari), shuningdek ayollarning tashqi ko'rinishi, ijtimoiy va boshqa sohalardagi faoliyatini ifodalovchi evfemizmlarni tavsiflash maqsadida yangi ingliz tilining izohli va maxsuslashtirilgan, til va mamlakatshunoslik yo'nalishidagi lug'atlariga murojaat qildik. Ananaviy umumiste'molda bo'lgan evfemizmlarningbadiiy adabiyotlarda, OAVda va reklamalarda uchratishimiz mumkin. Rus tilshunosi G.A. Vildanovaning fikricha, ayollarga xos jihatalrni xarakterlovchi evfemizmlarnitahlil qilishdan oldin ingliz tilida so'zlashuvchi jamiyatning o'ziga xos bo'lgan streotiplarini va ijtimoiy axloq normalarini inobatga olish zarurdir. Ayollarga negativ munsabatlarni bildirishda evfemiyalashgan birliklarni bir nechta tematik guruhlarga ajratdik.

1. Baholash xarakterini ifodalovchi evfemizmlar. Bu guruhga kiruvchi evfemizmlar xushomaddan yiroq bo'lgan holda, jamiyatning ayol xulq ayol atvoriga, oilaviy holatiga bo'lgan munosabatini bildiruvchi leksik birliklar kiradi. Bunday birliklar hammaga tanish bo'lib, "no better than should be" yoki "not all she should be" hayotga yengil qarovchi ayollarga nisbatan ishlatiladi. Bunday baholovchi xarakterdagi evfemizmlar kinoya bilan birga qollaniladi. Misol uchun, "on the shelf" - eskirgan yoki qolib ketgan tovar manosida kelib, turmush qurmagan, kech oila qurmoqchi bo'lgan ayol manosida, "fishingfleet" (baliq ovi - flotiliya) turmush qurish yoshidagi qizlarning oila qurish maqsadida chet elga ketib qolishini ifodalashda, "wallflower"1 - tashqi ko'rinishi jozibador bo'lmagan yosh qizlarga nisbatan qo'llaniladi.

2. Jismoniy kamchliklarni yashirish uchun ishlatiladigan evfemizmlar.

Bu guruhga mansusb evfemik birlikar juda ko'p bo'lib, bunga ayollarning chiroyiga, qomatiga, yaxhshi ko'rinishiga bo'lgan kuchli intilishini sabab qilsak bo'ladi. Ayollardagi ortiqcha vazn yoki "semizlik" kabi muammolar tilda mazkur muammolarni ifodalovchi evfemizmlarni shakllanishiga sabab bo'ldi. Bunday evfemizmlarga "full-figured", "ample", "well-built", "filled out", "pleasantly plump", "big boned" kabilar misol bo'ladi. 2Shuningdek, "of classic proportions" -klassik proportsiyalar sohibasi, ya ni qomati mukammal ayollarga nisbnatan ishlatiladi. Savdo sotiq sohasida ham mahsulotni xarid qilishga undash yoki mijozni jalb qilish uchun yuqorida misol keltirilgan evfemizmlar keng qo'llaniladi. Katta o'lchamli kiyimlarni sotishda, to'ladan kelgan ayollarga kiyimlarni mohirona taklif

1 Neaman J., Silver C. Book of Euphemisms. London, 1999. P.40.

2 Abdurahmonov X., Mahmudov N. So'z estetikasi. - Toshkent: Fan, 1981.

741

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

qilish, o'lchamni kattaligini mohirona ifodalash uchun mos birliklarni qo'llay olish talab etiladi. Masalan, "mature figure", "queen size", "fullsize" kabilarni ham misol keltirsak bo'ladi.

3. Jismoniy fiziologik jarayonlar va tana a'zolarini ifodaluvchi evfemizmlar. Bu guruhdagi evfemizmlar bir qator so'zlarni o'rni almashtirgan holda yoki tabulashgan birliklarni o'rniga ishlatiladigan yoki istalgan ijtimoiy jamiyat nutqida uchratamiz. Ularning paydo bo'lishida manaviy qattiqo'llik va uyat sabab bo'lgan. Quyida misollar bilan tanishamiz. "anticipating", "expecting" kabilar misol bo'ladi. Tanadagi fiziologik holatlarni anglatishda "bedewed", "wetness" singari evfemizmlar yoki "a lady night get "bedewed" but she didn^t sweat" singari misollarni uchratamiz.3 Evfemizmlar qo'llanilish doirasi va nutq egasining muomala madaniyati, so'zlovchi va tinglovchining salohiyatidan kelib chiqqan holda rang tanlanadi. Nafaqat so'zlashuv jarayonida, balki badiiy adabiyotda ham evfemizmlarning keng tarqalganiga guvoh bo'lamiz. Bu tilning mano mazmun imkoniyatlarining ko'pligini anglatadi. Endilikda evfemik birliklar faqatgina yozuvchi yoki shoirlar, jurnalistlar asarlarida ifodalanibgina qolmay, shu tilda muloqot qiluvchilarning, qaysi jins vakili bo'lishidan qafiy nazar, nutqida o'z aksini topsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Evfemizmlar xushmuomalalik va yuksak saviyali muloqot madaniyatining mahsulidir. Bu o'z navbatida har bir so'zlovchini tilning go'zal va boy imkoniyatlarini ko'rsatib berishga undaydi.

REFERENCES

1. Abdurahmonov X., Mahmudov N. So'z estetikasi. - Toshkent: Fan, 1981.

2. Bondaletov V. Sociolinguistics-М.: Просвещение, 1987.

3. Bruce Tillit «Speaking naturality , Communication skills in American English " ,1985:66p

4. Qakici Dilek. (2011). Gender and Language. Ondokuz Mayis University, Egitim Fakultesi, ingiliz

5. Cameron, Deborah and Coates, J. (1985) Some problems in the sociolinguistic explanation of sex differences. Language and communication 5:143-51.

6. Coates " Language and gender " 1997;251-252p.

7. Dale, S. (1980) Man made language. New York & London: Routledge & Kegan Paul.

8. Drass, K. (1986) 'The effect of gender identity on conversation'. Social Psychology Quarterly 49/4: 294-301

3 Fedden,S Jenny,A Gravielle,(2018) Non-Canonical Gender systems. Oxford University press.

742

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.