Научная статья на тему 'O’ZBEK AYOLLARI NUTQINING LINGVISTIK TAHLILI'

O’ZBEK AYOLLARI NUTQINING LINGVISTIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
758
131
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvokulturologiya / ayollar nutqi / nutqning madaniyligi / psixolingvistika / gender xususiyatlar. / lingvoculturology / women’s speech / speech culture / psycholinguistics / gender characteristics.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dildora Rustam Qizi Ho’jamberdiyeva, Qodirjon Abdurasulovich Mo’ydinov

Mazkur maqolada lingvokulturalogiya sohasining tarixi va tadqiq jihatlari yoritib beriladi.Ayollar nutqining lingvokulturologik jihatlari tahlil qilinadi.O’zbek adabiyotining badiiy asarlaridagi ayol qahramonlar nutqidan misollar keltiriladi.Ayollar nutqidagi ijobiy va salbiy jihatlarga e’tibor qaratiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUISTIC ANALYSIS OF UZBEK WONEN’S SPEECH

This article describes the history and research aspects of the field of linguocultul studies.Analyzes the linguoculturological aspects of women’s speech.Examples are given from the speeches of female heroes in works of Uzbek literature.Emphasis is placed on the positive and negative aspects of women’s speech.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK AYOLLARI NUTQINING LINGVISTIK TAHLILI»

O'ZBEK AYOLLARI NUTQINING LINGVISTIK TAHLILI

Dildora Rustam qizi Ho'jamberdiyeva

Chirchiq davlat pedagogika instituti o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 1-kurs talabasi

Ilmiy rahbar: Qodirjon Abdurasulovich Mo 'ydinov

Mazkur maqolada lingvokulturalogiya sohasining tarixi va tadqiq jihatlari yoritib beriladi.Ayollar nutqining lingvokulturologik jihatlari tahlil qilinadi.O'zbek adabiyotining badiiy asarlaridagi ayol qahramonlar nutqidan misollar keltiriladi.Ayollar nutqidagi ijobiy va salbiy jihatlarga e'tibor qaratiladi.

Kalit so'zlar: lingvokulturologiya, ayollar nutqi, nutqning madaniyligi, psixolingvistika, gender xususiyatlar.

This article describes the history and research aspects of the field of linguocultul studies.Analyzes the linguoculturological aspects of women's speech.Examples are given from the speeches of female heroes in works of Uzbek literature.Emphasis is placed on the positive and negative aspects of women's speech.

Keywords: lingvoculturology, women's speech, speech culture, psycholinguistics, gender characteristics.

Inson paydo bo'libdiki, til uning muloqotiga xizmat qiladi.Insonning jamiyatdagi o'rnini ham til belgilaydi. Rus adibi B.Dovlatov e'tirof etganidek:,,Inson shaxsiyatining 90% ni til tashkil etadi''. Til qachon vujudga kelganligi haqida aniq ma'lumotlar yo'q. U hozirga qadar o'rganilib ,tadqiq etilib kelinmoqda.Tilni o'rganuvchi sohalar majmuyi tilshunoslik hisoblanadi.Bugungi tilshunoslik zamonaviy yo'nalishlar bilan boyib bormoqda.Masalan psixolingvistika, etnolingvistika, lingvokulturalogiya, sotsiolingvistika, kompyuter lingvistikasi kabi sohalar tilshunoslikning muayyan yo'nalishlarini o'rganmoqda. Ushbu sohalar bir-biriga uzviy bog'liq hisoblanadi. Etnolingvistika va psixolingvistikani lingvokulturologiyasiz tasavvur etib bo'lmaydi.

Lingvokulturologiya-tilshunoslikning mustaqil yo'nalishlaridan biri bo'lib,20-asrning 90-yillarida vujudga kelgan.Lingvokulturologiya lotinchadan lingua -,,til''va cultus -,,ta'zim qilish, hurmat qilish " ma'nolarini anglatadi.Tadqiqotchi olimlarning qayd etishlaricha „lingvokulturologiya" atamasi V.N.Teliya rahbarligida Moskva

ANNOTATSIYA

LINGUISTIC ANALYSIS OF UZBEK WONEN'S SPEECH

ABSTRACT

KIRISH

frazeologik maktabi (Y.S.Stepanova, A.D.Arutyanov ,V.V.Vorobyov, V.Shaklien, V.A.Maslov) tomonidan olib borilgan izlanishlar bilan bog'liq ravishda paydo bo'lgan.

ASOSIY QISM

Lingvokulturologiya til va madaniyatning o'zaro aloqasini, uzviy bog'liq jihatlarini,tilda aks etadigan xalq madaniyatining ko'rinishlarini tadqiq etadi. Lingvokulturologiyaning ayollar nutqiga xos bo'lgan jihatlari alohida e'tiborga molikdir.Ayollar nutqidagi madaniylik inson ruhiyatiga so'z bilan ta'sir o'tkazish lingvokulturologiyaning o'ziga xos jihatlaridan biri sanaladi.Ushbu sohada ayollar nutqi haqida gap ketganda,bevosita gender tafovutlariga to'xtalib o'tish maqsadga muvofiqdir.Nutq uslublari,nutqiy xulq-atvor ko'rinishlari,nutqiy muomala modellarining tanlanishi ayol va erkakning nutq jarayonidagi eng muhim farqlanish jihatlari hisoblanadi.Mazkur holatda uslub deganda lingvistik xususiyatlar majmuyi tushuniladi-fonetik,ritm,intonatsiya,morfologik,sintaksis,leksik xususiyatlar erkak yoki ayollarga xos nutqiy xulq-atvor bilan tasvirlanadi.Ayollar erkaklarga nisbatan tezroq ,ko'proq ,ifodali gapirishlari mumkin.Ayollar so'zning oxirini ''yutib yuboradilar'',erkaklar esa,aksincha,ayollar o'ziga xos ohangda so'zlashishi mumkin.Shuningdek,ayollar nutqiga ularning qaysi millat vakilasi ekanliklari ham o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi.Masalan G'arb ayollari savol berib suhbatni davom ettirishga suhbatdoshiga dalda berishga,suhbatni qisqa javoblar bilan qo'llab turishga moyil bo'ladilar.Sharq ayollarining nutqi G'arb ayollari nutqidan ba'zi xususiyatlari bilan farqlanadi.Kattalarga hurmat,shirin muaomilalilik,andisha,hayo va hamiyatlilikning beqiyos darajasi ularning nutqini bezovchi xususiyatlar hisoblanadi.Ayollar nutq madaniyligida bir holat borki,ayollar qarshi jins vakillariga nisbatan bo'ysinuvchanlik xarakteriga egadirlar.Abdulla Qodiriyning ,,O'tkan kunlar" romanidagi Oftob oyim nutqida bu holat yaqqol namoyon bo'ladi:

-Siz muvofiq ko'rgan bir ishka qarshi tushib ra'yingizni qaytarolmayman,chunki nima bo'lganda ham sizning otaliq ismingiz bor,ham ko'broq ixtiyor sizning qo'lingizdadir''-,deya Mirzakarim qutidorning qizlarini Otabekka berish taklifiga ko'nadi.Ayollar nutqidagi ushbu xususiyat turg'un emasligi bilan ham ajralib turadi.Aynan shu romandagi Otabekning volidasi O'zbek oyim obrazi bo'ysinuvchanlik xususiyatidan ancha yiroq qahramondir.Zero,Otabekni ikkinchi bor uylashga majburlar ekan ,Yusufbek hojining shoshma deyishiga qaramay:

-Siz shu kungacha barcha ixtiyorni o'g'lingizga topshirib ,bolani bola qilmadingiz bir xudbin qildingiz.O'g'ul o'stirish bir turda bo'lmas deya keskin fikr bildirishi yuqoridagi bo'ysinuvchanlik omilining tamoman ziddidir.Bundan kelib chiqilsa,bo'ysinuvchanlik omili ham fe'l-atvorga va ayolning oiladagi mavqeyiga ham bog'liq ekanligini ko'rishimiz mumkin.

Ayollar nutq intonatsiyasi erkaklarnikiga qaraganda juda katta farq qiladi.Shu bilan bir qatorda o'zbek ayollari nutqiga xos aylanay,girgitton,o'rgilay, qoqindiq,kabi so'zlar ijobiy ma'no nozikligini ifodalovchi leksik vostilar sanaladi.Ular ko'proq keksa ayollar tomonidan qo'llanadi.Chunonchi:

l.Qo'shnilar ahvol so'rasa ,ularniyam o'ziniyam yupatadi: -Ha,endi keksalikda ,o'rgilay,lekin onamning oyoq og'rig'i faqat keksalikda emas. 2.-Kel-a, bo'yningda girgitton bo'lib ketay,seni qaysi shamol uchirdi,akam tirilib keldimi,haligina qovog'im uchib turgan edi,-dedi ammam.

-Ha ,balli azamat,necha kundan buyon ko'zim uchib ,yo'lpashsha aylanib yurgan edi,haytovur yaxshilikka ko'rinadi.Sen kelar ekansan balli-balli,-dedi pochcham.(G'.G'ulom ,,Shum bola'')

Ayollar nutqidan keltirilgan ba'zi jihatlar faqatgina ularning nutqiga xos bo'ladi.Ayollar muloqotga kirishishda,ya'ni salomlashish,hol-ahvol so'rashning uzun bo'lishi,bir xil fikrlarni takrorlash,hissiyotlarni ochiq ifodalash,boshqalarning gaplarini suhbatdoshiga yetkazish,tanishlarining gaplaridan foydalanish,suhbat chog'ida ma'noli so'zlarning qo'llanishi,erishilgan natijalarni 200%ga mubolag'a qilish,muloqot paytida pauzalarning deyarli bo'lmasligi, suhbatdoshning fikrini tez-tez bo'lishi ,jumlalarning uzun bo'lishi kabi holatlar kiradi.Muhtaram tilshunos olimimiz Siddiq Mo'minning ,,So'zlashish san'ati''kitobida rus tilshunoslari Vladimir Nalivkin va turmush o'rtog'i V.M. Nalivkinalarning ,,Farg'onadagi o'troq aholi ayollarining turmushiga doir ocherklar''asari haqida ma'lumot berib o'tilgan.Ushbu ocherklar to'plamida xalq orasidagi ,,Elakka chiqqan ayolning ellik og'iz gapi bor'' iborasi ilmiy jihatdan tadqiqi yoritib beriladi.Bu o'rganishlar natijasida ayollar qo'shnisining uyiga elak so'rab chiqib qolib ketishi bu ayollarga xos ko'p gapirish xususiyatini emas,balki suhbatdoshidan nimadir so'rashdan avval uning ruhiyatini o'rganishga bog'liq ekanligi ochib beriladi.Ayol suhbatdoshining kayfiyatini bilish uchun imkon qadar suhbatni cho'zishga harakat qiladi.Qo'shnisining harbiy xizmatga ketgan o'g'lidan tortib kichik qizining bo'yi yetib chiroyli qiz bo'lgani bilan suhbatni qizitib borishi ham alohida ahamiyatli hodisadir.Muddaoga birdan o'tmay hol-ahvol so'rab,suhbatdoshining ko'ngliga yo'l topgach:

-Esim qursin-a elakka chiqqandim-, deya maqsadini soddagina bayon etadi.Suhbatdan ko'ngli iligan qo'shnisi esa bu buyum o'ziga juda zarur bo'lsa-da uni berib yuboradi.Buning asl mohiyati ayol suhbat jarayonida suhbatdoshiga ruhiy ta'sir o'tkazib borishidadir.Agar suhbatdoshining kayfiyatidan ayolning ko'ngli to'lmasa so'ramoqchi bo'lgan buyumini so'ramasdan ham chiqib ketishi mumkin.O'tkir Hoshimovning ,,Dunyoning ishlari''asaridagi ,,Kaltakesakning dumi''hikoyasi shunday so'zlar bilan boshlanadi:

Ertalab tong otishi bilan onam darvozani lang ochib qo'yadi:farishta kirarmish.Hali

uyg'onmasimdan gangur -gungur suhbat boshlanadi.

-Yaxshi o'tiribsizmi ,poshsha oyi?

-Shukur aylanay.O'g'lingizdan xat bormi?

-Ikki haftadan buyon xat kelmayapti, ko'nglim g'ash.

-Unaqa bo'lsa erta-indin o'zi kirib keladi.Meni aytdi dersiz.Ushbu misol ham yuqoridagi fikrimizga yorqin dalil bo'la oladi.Chunki ayol kishi imkon qadar suhbatdoshining ko'nglini ko'tarishga,ruhiyatini jonlantirishga harakat qiladi.Ayolning ayolligi ham so'z sehrini bilishida va har qanday tarang vaziyatni ijobiy tarafga o'zgartira oladigan nutqiy salohiyat yetukligining sohibasi ekanligidadir.Ayollarning fe'l-atvorlarida ijobiy xislatlar bilan birgalikda salbiy xislatlari ham nutqlarida namoyon bo'lishiga duch kelamiz.Ayollar nutqlarining yana bir jihati shundaki, qarg'ish so'zlar erkaklar nutqiga qaraganda juda ko'p ishlatiladi.Bu qarg'ishlarning katta qismida o'lim tilash ma'nosi anglashiladi.Masalan,bo'yning uzulgur,kafaning lahadda chirigur,go'ringda ilon qopgur,tusingni yel olgur kabi qarg'ish so'zlar ayollar nutqida keng qo'llanadi.Afsuski, bu hodisa nutq madaniyligiga katta zarar yetkazadi.Ayollar nutq madaniyligiga putur yetkazadigan muhim omillardan yana biri maydagaplik,chaqimchilik,g'iybat,gap tashish va mubolag'a,yolg'on unsurlarining nutqda keng foydalanilishidir.O'qimishli,mutolaa zavqini his etadigan ayollar nutqi yuqoridagi salbiy hislatlardan holiroq bo'lishi kuzatiladi.O'zbek ayollari nutqida erkalash sifatlari ham mislsiz o'rin tutadi.Olimlarning tadqiqotiga ko'ra,erkalashlar og'riq qoldiruvchi vosita hisoblanar ekan.Bunday paytda qon aylanish yaxshilanib, qondagi kislarod miqdori 10-15 %ga oshar,qon bosimi mo'tadillashib nafas olish yengillashar ekan.Ayollar farzandalariga murojaat qilayotgan paytlarida bolajonim,boquvchim,ertam egasi,ko'zlarim nuri,borlig'im,deb murojaat qilishadi.Ushbu erkalashlarning zamirida ertangi kunga da'vat g'oyasi namoyon bo'ladi .Bunday murojaatlarni eshitib voyaga yetgan farzand ruhiyati ham mukammal bo'ladi.Ayollar nutqi insonni shaxs sifatida tarbiyalashi va uning ruhiyatiga ijobiy ta'sir o'tkazishi bilan ham lingvokulturologik sohaning o'rganilishi zarur bo'lgan dolzarb mavzularidandir.

Ayollar nutq madaniyatini o'rganishda muallif ular nutqidagi alohida jihatlarga e'tibor qaratish kerak deb hisoblaydi.Nutqning madaniyligini saqlab qolishdagi omillar ko'rib chiqilishi lozimligi ta'kidlanadi.Ayollar nutq madaniyligiga zarar yetkazuvchi g'iybat,chaqimchilik,qarg'ish so'zlardan foydalanishdan cheklanish tavsiya etiladi.Xulosa sifatida gender tilshunosligini o'rganish bilan bir qatorda ayollar nutqini ham tadqiq etish joiz.

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Sh.Usmanova ,,Lingvakulturalogiya" darslik,Toshkent 2019.

2. Abdulla Qodiriy ,,O'tkan kunlar'', ,,Yangi asr avlodi''.Toshkent 2018.

3. O'tkir Hoshimov ,,Dunyoning ishlari''

4. S. Mo'minning ,,So'zlashish san'ati" Farg'ona nashriyoti 1997.

5. Q.Mo'ydinov ,,O'zbek tili sud nutqi leksikasi", ,,Nodirabegim".Toshkent 2020.

6. Муйдинов, К. (2021). ХУКМ СУЗИНИНГ ТИЛ ВА НУТКДА ИФОДАЛАНИШИ. Academic research in educational sciences, 2(11), 1253-1258.

7. Икрамов, Р. А., & Муйдинов, К. А. (2021). ХУКУК ТИЛИ ВА НУТКИ. Academic research in educational sciences, 2(9), 719-727.

8. Муйдинов, А. (2021). ЁШЛАРНИ ТУРЛИ ТАХДИДЛАРДАН ХИМОЯ КИЛИШДА АЖДОДЛАР МЕРОСИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ АХАМИЯТИ. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(2), 132-137.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.