Научная статья на тему 'XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA AHOLINI ZILZILAGA TAYYORLASH METODLARI'

XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA AHOLINI ZILZILAGA TAYYORLASH METODLARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
8
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mercalli intensivligi / aftershoklar / gipotermiya / magnitude / prefektura / seysmik ketma-ketlik / Интенсивность Меркалли / афтершоки / гипотермия / магнитуда / префектура / сейсмическая последовательность

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Bekmirzayev Diyorbek Abdugapparovich, Qosimov Elbek Alisherovich, Ismoilov Axror Maxamadibragimovich

Maqolada xorijiy davlatlarda sodir bo‘lgan kuchli zilzilalarni o‘rganishlar tahlili va mamlakatimizda kuchli zilzilalarning muddatli prognozlari asosida seysmik xavfsizlikni ta’minlash muammolari hamda ularni hal etish bo‘yicha taklif, tavsiyalar keltirilgan. Kuchli zilzilalar oqibatlari, ularning davlatlarga ta’siri tahlil etilgan. Bundan tashqari mamlakatimizda seysmik prognoz ma’lumotlari asosida aholini va hududlarni kuchli zilzila keltirib chiqaradigan birlamchi hamda ikkilamchi og‘ir oqibatlardan samarali muhofazalashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF PREPARING POPULATION FOR EARTHQUAKE BASED ON FOREIGN EXPERIENCES

В статье представлен анализ исследований сильных землетрясений, произошедших в зарубежных странах, и проблем обеспечения сейсмической безопасности на основе долгосрочных прогнозов сильных землетрясений в нашей стране, а также предложения и рекомендации по их решению. Анализируются последствия сильных землетрясений и их влияние на страны. Кроме того, на основе данных сейсмического прогноза в нашей стране разработаны предложения и рекомендации, направленные на эффективную защиту населения и регионов от первичных и вторичных тяжелых последствий, вызванных сильным землетрясением.

Текст научной работы на тему «XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA AHOLINI ZILZILAGA TAYYORLASH METODLARI»

UDK 550.34

XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA AHOLINI ZILZILAGA TAYYORLASH

METODLARI

Bekmirzayev Diyorbek Abdugapparovich DSc., O'zRFA M.T. O'rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

email: diyorbek [email protected]

Qosimov Elbek Alisherovich PhD., O'zRFA M.T. O'rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti email: elbekqosimov [email protected]

Ismoilov Axror Maxamadibragimovich Mustaqil izlanuvchi, Namangan muhandislik-qurilish instituti

email: [email protected]

Anatotsiya. Maqolada xorijiy davlatlarda sodir bo'lgan kuchli zilzilalarni o'rganishlar tahlili va mamlakatimizda kuchli zilzilalarning muddatli prognozlari asosida seysmik xavfsizlikni ta'minlash muammolari hamda ularni hal etish bo'yicha taklif, tavsiyalar keltirilgan. Kuchli zilzilalar oqibatlari, ularning davlatlarga ta'siri tahlil etilgan. Bundan tashqari mamlakatimizda seysmik prognoz ma'lumotlari asosida aholini va hududlarni kuchli zilzila keltirib chiqaradigan birlamchi hamda ikkilamchi og'ir oqibatlardan samarali muhofazalashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Аннотация. В статье представлен анализ исследований сильных землетрясений, произошедших в зарубежных странах, и проблем обеспечения сейсмической безопасности на основе долгосрочных прогнозов сильных землетрясений в нашей стране, а также предложения и рекомендации по их решению. Анализируются последствия сильных землетрясений и их влияние на страны. Кроме того, на основе данных сейсмического прогноза в нашей стране разработаны предложения и рекомендации, направленные на эффективную защиту населения и регионов от первичных и вторичных тяжелых последствий, вызванных сильным землетрясением.

Annotation. The article presents the analysis of studies of strong earthquakes that occurred in foreign countries and the problems of ensuring seismic safety based on long-term forecasts of strong earthquakes in our country, as well as suggestions and recommendations for their solution. The consequences of strong earthquakes and their impact on countries are analyzed. In addition, proposals and recommendations aimed at effective protection of the population and regions from the primary and secondary severe consequences caused by a strong earthquake have been developed in our country based on seismic forecast data.

Kalit so'z. Mercalli intensivligi, aftershoklar, gipotermiya, magnitude, prefektura, seysmik ketma-ketlik

Ключевые слова. Интенсивность Меркалли, афтершоки, гипотермия, магнитуда, префектура, сейсмическая последовательность

Keywords. Mercalli intensity, aftershocks, hypothermia, magnitude, prefecture, seismic sequence

Kirish: So'nggi yillarda mamlakatimizda seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohalarini rivojlantirish hamda soha tashkilotlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish bo'yicha keng ko'lamli kompleks

chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bugungi kunda bu sohalardagi islohotlarni izchil davom ettirish, aholining seysmik xavfsizligini ta'minlashning yangi usullarini joriy qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohalarini rivojlantirish bo'yicha bir qator hukumat qarorlari ishlab chiqilgan, jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PF-144-son Farmoniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi [1]. Konsepsiyaning asosiy maqsadi O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash to'g'risida"gi Qonuni hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4794-son qarori ijrosini ta'minlash hisoblanadi [2]. Shu bilan birga, mamlakatimiz hududi seysmik faol zonalarda joylashganligi sababli seysmik xavfning oldini olish, aholi va hududlarni seysmik xavfdan himoya qilish, bu borada kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek sohada aniq maqsadga yo'naltirilgan dasturlarni va ilmiy tadqiqotlarni doimiy amalga oshirib borish zarurati mavjud.

Metodalogiya, muhokama: 2023-yil 6-fevralda Turkiyaning janubiy va markaziy qismida hamda Suriyaning g'arbiy qismida zilzila sodir bo'ld [3]. Gaziantep shahridan 34 km (21 mi) g'arbda Turkiya vaqti bilan soat 04:17 da (UTC 01:17) da sodir bo'lgan zilzilaning magnitudasi kamida 7,8 va maksimal Mercalli intensivligi XI (ekstremal). G'ayrioddiy kuchli 7,7 magnitudali ikkinchi zilzila asosiy silkinishdan to'qqiz soat o'tgach sodir bo'ldi. Zilzila markazi Qahramanmarash viloyatining shimoliy shimoli-sharqidan 95 km (59 mi) uzoqlikda joylashgan [4]. Zilzila mintaqada keng ko'lamli vayronagarchilik va minglab odamlarning o'limiga sabab bo'ldi. Asosiy zilzila tufayli yetkazilgan talofatlar bo'yicha Turkiya tarixida sodir bo'lgan eng kuchli zilzila bo'lib, hatto 1939-yilgi Erzincan zilzilasini ham ortda qoldirdi [5]. Xuddi shunday magnitudali zilzila 1668-yilgi Shimoliy Anadolu zilzilasi bo'lgan edi [6]. Zilzila, shuningdek, 1822-yildan buyon Suriyada sodir bo'lgan eng halokatli zilziladir [7]. Mazkur zilzila 2010-yilda sodir bo'lgan Gaiti zilzilasidan beri dunyodagi eng halokatli zilzila, shuningdek, Levantda qayd etilgan eng kuchli zilzilalardan biri hisoblanadi. Zilzila kuchi Isroil, Livan, Kipr va Turkiyaning Qora dengiz sohillarigacha sezilib, tizimli zarar yetkazdi [8].

Zilziladan keyin 2109 dan ortiq aftershoklar kuzatildi. Seysmik ketma-ketlik yoriqlarning sayoz surilishi natijasida yuzaga kelgan. 18-fevral holatiga ko'ra, jami 47 100 dan ortiq o'lim qayd etilgan. Bundan Turkiyada 40 600 nafar, Suriyada esa 6 400 nafar [9-10]. Qish bo'roni qutqaruv ishlariga to'sqinlik qildi. Vayronalar ustida qor yog'ib, harorat keskin pasayib ketdi. Hududlardagi sovuq havo harorati tufayli tirik qolganlar, ayniqsa vayronalar ostida qolganlar uchun gipotermiya xavfi ehtimoli katta. Zilzila taxminan 84,1 milliard AQSh dollari miqdorida zarar keltirib, tarixda qayd etilgan eng qimmat tabiiy ofatlardan biriga aylandi.

2024-yil 1-yanvar dushanba kuni Yaponiyaning g'arbiy sohillarida sodir bo'lgan bir qator kuchli zilzilalar sodir bo'ldi. Zilzila natijasida uylarga zarar yetgan va tsunami xavfi e'lon qilindi. Yaponiya Meterologiya agentligi (JMA) Yaponiyaning Xonsyu oroli g'arbiy tomonidagi Noto mintaqasida mahalliy vaqt bilan soat 16:06 da 5,7 magnitudali silkinishdan boshlangan jami 20 ga yaqin zilzilalar sodir bo'lgani haqida xabar berdi [14].

Shundan so'ng atigi to'rt daqiqadan so'ng 7,6 magnitudali kuchli zilzila, keyin soat 16:18 da 6,1 magnitudali silkinish, 16:23 da 4,5 magnitudali, 16:29 da 4,6 magnitudali va 16:32 da 4,8 magnitudali zilzila sodir bo'ldi.

Yangi yil kuni yuz bergan tabiiy ofat Ishikava prefekturasida kamida 168 kishining hayotiga zomin bo'lgan, yana 660 dan ortiq odam jarohatlangan va 323 nafar odam bedarak

yo'qolgan. Yetti qavatli bino yon tomoniga qulab tushgan. Suzu shahridagi ibodatxona butunlay vayron bo'lgan. Qishloqlarda uylar vayron bo'lgan, tashlab ketilgan mashinalar yo'ldagi ulkan yoriqlarga botib qolgan [15-16].

Ko'rinib turibdiki yuqorida keltirib o'tilgan ikki davlatlarda so'nggi yillarda bo'lib o'tga zilzilalarning talofati va qurbonlari tubdan farq qiladi.

Xorij tajribalarini o'rganish jarayonida, xususan Yaponiya, AQSH, Xitoyda yevropaning seysmik faol mintaqasiga kiruvchi aksariyat mamlakatlarida zilzila bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarda to'g'ri harakatlanishga o'rgatishga elektron ta'lim platformasidan, undagi innovasion ishlanmalardan keng foydalaniladi. Xususan, Yaponiyada mobil ilovalar juda ko'p yo'nalishda yaratilgan bo'lib, ulardan biri mamlakatda tez-tez uchraydigan tabiiy ofatlar haqida ma'lumot berish uchun mo'ljallangan. Masalan: zilzilalar, vulqon portlashlari va sunamilar. Ushbu dastur Yaponiyada tabiiy ofatlar qanday kutilayotganini, ularning xavf darajasini va ularda to'g'ri harakatlanish choralarini bilishga yordam beradi. Jumladan, zilzila bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarda ishlatiladigan oddiy iboralarni, shuningdek, bunday vaziyatlarda to'g'ri harakatlanish qoidalari oldindan o'rgatiladi. Bundan tashqari, Yaponiyada Wi-Fi tarmog'iga bepul ulanishni ta'minlovchi nuqtalarga ulanish yo'lga qo'yilgan. Bu esa o'z navbatida fuqarolarning zilzila vaqtida to'g'ri harakatlanishni o'rganishlarida mustaqil ta'lim olish imkoniyatini yanada oshiradi.

Shuningdek, AQSHda ham mobil ilovalardan keng foydalanish yo'lga qo'yilgan bo'lib, maktablarda o'quvchilarni o'qitish, oilalar va jamiyatni jalb qilish, aholini tayyorlash maqsadida zilzila vaqtida to'g'ri harakatlanishga o'rgatish maqsad qilib olingan. Hozirda o'qitishda o'qish qobiliyatini yaxshilash uchun SMS audio xizmatidan ham foydalanish samaradorligi sinovdan o'tkazilmoqda[19].

Bundan tashqari, Turkiya, Yaponiya, Koreya mamlakatlarida aholini zilzila bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarda to'g'ri harakat qilishni ta'minlash maqsadida bir qator izlanishlar olib borilmoqda. Misol qilib oladigan bo'lsak, aholining barcha qatlamini zilzilaga to'g'ri harakatlanishga amaliy tayyorlashda mobil zilzila simulyatorlardan keng foydalanib kelinmoqda. Bu esa o'z navbatida aholining zilzila bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarda to'g'ri harakat qilish bo'yicha amaliy ko'nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, bugungi kunda mamlakatimizda aholining barcha qatlamini kuchli zilzila bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarda to'g'ri harakatlanishga tayyorlashning ta'sirchan va samarali mexanizmini yaratish, amaldagi mavjud tizimni yanada takomillashtirish, samaradorligini oshirish maqsadida bir qancha takliflar keltirilgan bo'lib, ulardan:

- maktabgacha ta'lim muassasalari va umum ta'lim maktablarida zilzila vaqtida to'g'ri harakat qilish tartibi to'g'risida alohida mavzularni kiritish, mavzu yuzasidan o'tkaziladigan nazariy va amaliy mashg'ulotlarda audio-video materiallardan foydalanishni yo'lga qo'yish;

- multimediya vositalaridan keng foydalangan holda aholining barcha qatlami uchun taqdimotlar, animatsion roliklar va o'yinlar orqali zilzilaga tayyorlashning interfaol usullaridan samarali foydalanish;

- ta'lim muassasalarining barchasida - O'zini, o'zaro bir-birini va o'zgani qutqarish yo'nalishlari bo'yicha - O'quv trevogalarini berish orqali zilzila vaqtida to'g'ri amaliy harakatlanishga tayyorlash, jismoniy va ruhiy jihatdan tizimli ravishda tayyorlab borishni yo'lga qo'yish va h.k.

Kutilayotgan natija: Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohalarini rivojlantirish bo'yicha bir qator ishlab chiqilgan hukumat qarorlari ijrosini ta'minlash kompleks chora-tadbirlarni bajarilishini o'z ichiga oladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, mamlakatimizda aholining barcha qatlamini hamda taklif qilinayotgan maktabgacha ta'lim, maktab, oliy ta'limda shu kabi darslarni tashkil etish, bundan tashqari mustaqil ravishda maxsus platforma va dasturlar yaratilishi natijasida fuqarolarni xavfsizligini ta'minlash, turli xildagi ko'ngilsizliklar, salbiy oqibatlarini oldini olishga erishish mumkin. Bundan tashqari kutilmagan zilzila vaqtida odamlarni betalofat olib chiqish hamda ularni ruxiy, psixologik nuqtai nazarda tayyorlashga erishiladi.

Xulosa: Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, bugungi kunda mamlakatimizda aholining barcha qatlamini kuchli zilzila bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarda to'g'ri harakatlanishga tayyorlashning ta'sirchan va samarali mexanizmini yaratish, amaldagi mavjud tizimni yanada takomillashtirish, samaradorligini oshirish maqsadga muvofiq.

Aholining barcha qatlamini bilim doirasini kengaytirish, zukkolikka, noxush hodisa va turli vaziyatlarda o'z xatti-harakatlarini to'g'ri boshqarish, erkin, xushyor, ziyraklikni oshirishga va jabirlanuvchilar sonini kamaytirishga olib keladi.

ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PF-144-son Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4794-son qarori.

3. Subramaniam, Tara; Mogul, Rhea; Renton, Adam; Sangal, Aditi; Vales, Leinz „February 6, 2023 Turkey-Syria earthquake news" (inglizcha). CNN (6-fevral 2023-yil). Qaraldi: 7-fevral 2023-yil.

4. "Global CMT Catalog Search". Global Centroid Moment Tensor (2023-yil 6-fevral). 2023-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-fevral.

5. ISC (2022), ISC-GEM Global Instrumental Earthquake Catalogue (1904-2018), Version 9.1, International Seismological Centre, doi:10.31905/D808B825

6. Marco Bohnhoff; Patricia Martínez-Garzón; Fatih Bulut; Eva Stierle; Yehuda Ben-Zion "Maximum earthquake magnitudes along different sections of the North Anatolian fault zone". ScienceDirect. 2009-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-fevral.

7. Ghosh, Pallab. „Turkey earthquake: Where did it hit and why was it so deadly?". BBC News (2023-yil 11-fevral). Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.

8. Said-Moorhouse, L. "The earthquake in Turkey is one of the deadliest this century. Here's why". CNN International (2023-yil 9-fevral). Qaraldi: 2023-yil 9-fevral.

9. "SON DEPREMLER LÍSTESÍ KANDÍLLÍ/AFAD: Az once deprem mi oldu, ka9 §iddetinde? Deprem bolgesinde art9i sarsintilar devam ediyor!" (tr). Milliyet (2023-yil 13-fevral). Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.

10. "Deprem felaketinde can kaybi 31 bin 643'e yükseldi" (tr). Gazete Oksijen (2023-yil 13-fevral). Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.

11. Hubbard, Ben. "Live Updates: Erdogan Visits Quake Area as Death Toll Passes 11,600 in Turkey and Syria". The New York Times (2023-yil 8-fevral). 2023-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.

12. Aziz, Saba "Turkey earthquake rescue efforts complicated by bitter cold. What to know - National | Globalnews.ca". Global News (2023-yil 7-fevral). Qaraldi: 2023-yil 9-fevral.

13. Soylu, Ragip. "Turkey earthquake: Survivors trapped under rubble face hypothermia threat". Middle East Eye (2023-yil 6-fevral). Qaraldi: 2023-yil 9-fevral.

14. Satoshi Sugiyama, Tim Kelly "M7.4 quake strikes central Japan; tsunami reach Japan Sea Coast" (en). japantoday.com. Qaraldi: 8-aprel.

15. "Yaponiyada zilziladan 5 kun o'tib vayronalar ostidan ayol qutqarildi". daryo.uz. Qaraldi: 8-aprel.

16.https://www3.nhk.or.jp/news/html/20240108/k10014313221000.html

". nhk.or.jp. NJK. Qaraldi: 8-aprel.

17. Курбанов Б.Ю., Мустафоев АД. Узбекистонда кучли зилзилаларнинг муддатли прогнозлари aсосида сейсмик хавфсизликни таъминлаш муаммолари ва уларни х,ал этиш йуллари Фан, мухофаза, хавфсизлик Т.ФМИ, №1(8), 2022, 17-24 с.

18. Абдуллаева Г.А. Болалар хдёт хавфсизлигини таъминлашнинг самарадорлигини ошириш йуллари Фан, мухофаза, хавфсизлик Т.ФМИ, №1(8), 2022, 25-30 с.

19. Насирдинов Д.Э. —Ах,олини зилзилага тайёрлашда илгор хориж тажрибасидан фойдаланиш истик;боллари11 Республика илмий-амалий анжумани материаллари туплами 2022 й. 20 апрель Т: 231-232 б.

20.Ирискулов, Фарход, Захид Кадиров, and Диана Студенкова. "Возможности мультимедиа и её воздействия на аудиторию." Nordic_Press 1.0001 (2024).

21. Кодиров, З. З., Ирискулов, Ф. С., Пулатов, А., & Умурзаков, Х. (2018). МОДУЛЬНОЕ ОБУЧЕНИЕ В СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ. Экономика и социум, (4 (47)), 381-386.

22. Жураев, Т., Гойипов, У., & Ирискулов, Ф. (2017). Методическая компетентность педагога. Role of the using innovative teaching methods to improve the efficiency of education/Moscow, 1, 104-107.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.